Научная статья на тему 'MIKROMАTNLARNING LISONIY XUSUSIYАTLАRI'

MIKROMАTNLARNING LISONIY XUSUSIYАTLАRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
575
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lison / lisoniy birliklar / lingvistika / matn / mikromatn / makromatn / stilistika / uslub / uslubshunoslik / publisistik uslub / badiiy uslub / mazmuniy o`q / kompozitsion butunlik. / the concept of language / linguistic units / linguistics / text / microtext / macrotext / stylistics / style / journalistic style / artistic style / content axis / compositional unity.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — D. Turdaliyeva, N. Abbasova, N. Hamidova

Ushbu mаqolа, аvvаlo, lison tushunchаsi hаqidа mа’lumot berib, so’ngrа mаtn tushunchаsi, mаtnning turlаri: mikro mаtn vа mаkro mаtn hаqidа umumiy mа’lumotlаrni o’z ichigа olаdi. Shuningdek, mikromаtn mavzusigа аlohidа to’xtаlib, uning qo’llаnilishi, hаjmi, tilshunoslik sohаsidаgi аhаmiyаti vа stilistikаdаgi o’rni hаqidа bаtаfsil mа’lumot beriladi. Mikro mаtn lingvistik jihаtdаn hаm tаhlil etilаdi vа nаzаriyаlаr turli mаnbаlаrdаn vа uslublаrdаn olingаn misollаr orqаli yoritilаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUISTIC FEATURES OF MICROTEXTS

This article, first of all, provides information about the concept of language, and then includes general information about the concept of text, types of text: microtext and macrotext. It also focuses on the field of microtext and gives detailed information about its usage, size, significance in the field of linguistics and its role in stylistics. The microtext is also analyzed linguistically, and theories are illustrated through examples from a variety of sources and styles.

Текст научной работы на тему «MIKROMАTNLARNING LISONIY XUSUSIYАTLАRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MIKROMATNLARNING LISONIY XUSUSIYATLARI Turdaliyeva Dilfuzа Soloxidinovnа

PhD, Qo'qon Davlat pedagogika instituti doktoranti Abbasova Nargiza Kabilovna

Farg'ona davlat universiteti, Chet tillari fakulteti, Ingliz tili kafedrasi, katta o'qituvchisi,

Hamidova Naziraxon Ne'matjon qizi

Farg'ona Davlat Universiteti, Lingvistika, ingliz tili fakulteti, 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7309392 Annotatsiya. Ushbu mаqolа, avvalo, lison tushunchаsi hаqidа mа'lumot berib, so'ngra mаtn tushunchаsi, mаtnning turlari: mikro mаtn vа mаkro mаtn hаqidа umumiy mа 'lumotlarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, mikromatn mavzusiga alohida to'xtalib, uning qo'llanilishi, hajmi, tilshunoslik sohasidagi ahamiyati va stilistikadagi o'rni haqida batafsil ma'lumot beriladi. Mikro matn lingvistik jihatdan ham tahlil etiladi va nazariyalar turli manbalardan va uslublardan olingan misollar orqali yoritiladi.

Kalit so^zlar: lison, lisoniy birliklar, lingvistika, matn, mikromatn, makromatn, stilistika, uslub, uslubshunoslik, publisistik uslub, badiiy uslub, mazmuniy oq, kompozitsion butunlik.

ЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ МИКРОТЕКСТОВ Аннотация. В dannou cmambe cnanana дaются сведения о понятии языт, a 3ameM включaются общие сведения о понятии meKcma, eudax meKcma: микротекст и MaxpomeKcm. Кроме того, спeциaльnо рaссмaтривaeтся тeмa микротeкстa и дaeтся подробnaя иnформaция о его использовanии, рaзмeрe, зnaчenии в облaсти языкозnanия и роли в стилистике. Микротекст тaкжe подвeргaeтся лингвистическому anaлизу, a теории иллюстрируются примeрaми изрaзличnых источников и стилей.

Ключевые слова: язык, языковые единиы, языкоnanиe, текст, микротекст, мaкротeкст, стилистиш, стиль, методология, публицистический стиль, художественный стиль, ось содeржanия, композиционное целое.

LINGUISTIC FEATURES OF MICROTEXTS Abstract. This article, first of all, provides information about the concept of language, and then includes general information about the concept of text, types of text: microtext and macrotext. It also focuses on the field of microtext and gives detailed information about its usage, size, significance in the field of linguistics and its role in stylistics. The microtext is also analyzed linguistically, and theories are illustrated through examples from a variety of sources and styles.

Key words: the concept of language, linguistic units, linguistics, text, microtext, macrotext, stylistics, style, journalistic style, artistic style, content axis, compositional unity.

KIRISH

Dunyo tez sur'atlarda, jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Shuningdek, til ham. Tilshunoslar tomonidan kundan kunga turli til xususiyatlari topiladi, keng ommaga taqdim etilishidan oldin ushbu lisoniy birliklar o'rganilib, tahlil qilinmoqda. Albatta, barcha izlanishlarning natijasi va samarasi, avvalo, insoniyatning foydasi uchun, uning erkin muloqot qila olishi, ham yozma, ham og'zaki nutqda qisqa va lo'ndalikka shuning bilan birgaaniqlikka erishishi uchun xizma qiladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Yuqorida keltirilgan mavzuning tahlili ham aynan hozirgi davr tilshunosligida kattaahamiyat kasb etib borayotgan mavzularning biri hisoblanadi. Avvalo, ko'pchilikka biroz notanish tuyulishi mumkin bo'lgan "lisoniy" so'zining lug'aviy ma'nosini tahlil qilaylik.

Ushbu so'zni ko'pchilik mashhur arbob, turkiy tillarning rivojiga beqiyos hissa qo'shgan Alisher Navoiyning arab tilida bitilgan "Lison ut-tayr" nomli dostonida eshitgan va uning "Qush tili" deb tarjima qilinishi ham ko'pchilikka sir emas.

METOD VA METODOLOGIYA

Biroq, asli arab tiliga mansub bo'lgan ushbu so'zni ma'nosi o'zbek tilidagi "til" so'zidan ko'ra kengroq va salmoqliroqdir.

"lison" so'ziga O'zbek tilining izohli lug'ati kitobida quyidagicha ta'rif berilgan.

Lison- til

-Rusiya xalqi xat va lison o'rganmoqqa bizni taklif qilsa, murodi yomon emasdir, — dedi Furqat. (S. Abdulla, «Mavlono Muqimiy»)

Men Bobur Mirzoga kichikligidan ilm o'rgatdim, lison o'rgatdim. (P. Qodirov, «Yulduzli tunlar»)

Lisoniy- tilga oid, tilga tegishli

Misol uchun: Lisoniy birliklar

Bunday lisoniy vositalar poetik matnda ikki tomonlama yo'naltirilgan bo'lib, birinchidan, go'zallik tushunchasining darajasini orttiradi. (O'TA)

Demak, lisoniy so'zining zamonaviy ma'nosi "tilga oid" degani ekan. Zamonaviy tilshunoslikda esa bu so'z ko'pincha "lingvistik" so'zi bilan almashadi va o'ziga xos va mos ma'no kasb etadi.

Shunday qilib, yuqoridagi mavzumizning nomini "Mikromatnlarning lingvistik xususiyatlari" deb aytsak ham bo'ladi, shunda mavzuning asl mohiyati yanada zamonaviy ahamiyat kasb etadi.

Ko'pchilikka ma'lum bo'lganidek, matn tilshunoslikning alohida sohasi, yo'nalishi sifatida shakllandi va muttasil rivojlanib kelmoqda, yangidan yangi nazariy umumlashmalar qilinmoqda.

Avvalo, shuni ta'kidlash lozimki, matn tushunchasini material jihatdan belgilash va ta'riflashda mutaxassislar o'rtasida turlicha fikrlar mavjud. Ayrim tilshunoslar faqat yozma shakldagi yahlit nutq yoki nutq parchasini matn deb hisoblaydilar. Matnni lingvistik tadqiqot ob'yekti sifatida o'rgangan I. R. Galperin esa:

"Matnning ontologik va funksional belgilarini namoyon etadigan yetakchi jihatlardan biri sifatida yozma hujjat tarzida reallashadigan tugallanganlik" ekanini alohida ta'kidlab ko'rsatadi. Uning fikricha, matn yozuvda qayd etilgan nutqiy asardir.

TADQIQOT NATIJASI

Umumiy qarashlardan xulosa qilsak, matn gapdan ko'ra yirikroq hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq ko'rinishidir. Matn hajm belgisiga ko'ra ikkigaajratiladi: Minimal matn (mikromatn) vamaksinial matn (makromatn). Shuni ham aytib o'tish kerakki, ayrim adabiyotlarda matn hajm jihatidan uchgaajratilgan: kichik, o'rta va katta hajmli matnlar.

Endi fikr yuritaylik, qanday matnlar mikromatnlarga misol bo'la oladi. Bunga javob topish uchun esa biz matnning eng asosiy lisoniy xususiyatlaridan biri bo'lgan stilistika, ya'ni uslubshunoslik xarakteriga o'z e'tiborimizni qaratmog'imiz lozim.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Stilistika sohasiga ko'ra, telegramma, ma'lumotnoma, ariza, ishonch xati, tushuntirish xati hamda vaqtli matbuotda chiqadigan e'lon va kichik xabarlar kichik hajmdagi matnlar sanaladi va ular publitsistik uslubning birliklari hisoblanadi va o'zida ulkan mazmunni jamlashiga qaramasdan ularning hajmi bir nechta gap yoki jumladan oshmaydi.

Aytaylik, ma'lum bir voqea yuz berdi. Ma'lum bir aholi punktida, meteorit parchalari tushdi. Ommaviy axborot vositalarida ushbu ma'lumotlar turli xil talqinlarga ega bo'lishi mumkin:

Misol uchun:

"Bugun noyob voqea yuz berdi! Murashino qishlog'ining aholisi, erta tongda uyg'onganida, yerga mayda toshlar yoyilganligini ko'rishdi. Endi kichkina qishloq aholisigaasfalt yo'llar kerak emas. Murashinoga sayyohlik turlarini tashkil etishga qaror qilindi. Har bir inson g'ayrioddiy tabiiy hodisaning afzalliklaridan bahramand bo'lishi mumkin!"

Yoki, aksincha:

"Bugun Murashino qishlog'ida tosh yog'ingarchilik bo'lib, ushbu hodisahosilgajiddiy zarar yetkazdi va mahalliy aholining uylariga sezilarli darajada ziyon yetdi. Ayni paytda uylarning holatini tiklash bo'yichamuhim chora-tadbirlar ko'rib chiqilmoqda, odamlar o'zlarining odatiy hayotlariga qaytish uchun tartib o'rnatishga harakat qilishmoqda".

Ushbu mikromatnlar jurnalistik uslubining lug'ati bilan boyigan bo'lib, ijtimoiy ahamiyatga ega va hissiyotlargaasoslangan ekspresiv xarakterga ega. Bu shuni anglatadiki, ushbu yo'nalishda ijobiy va salbiy baholarga ega so'zlar mavjud. Bundan tashqari, ma'ruzachi odamlar tomonidan osongina qabul qilinadigan har qanday analog va metaforalardan foydalanadi.

MUHOKAMA

Yoki mikromatnni badiiy uslub tomonidan talqin etiladigan bo'lsa, biror mavzuni yoritishga bag'ishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal vaaforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she'r va she'riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat yaxlit bir butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi bog'lamalar, bog'lovchilar va sintaktik vositalar birlashtirib turadi. Masalan:

Talantsiz yozuvchi tovuqqa o'xshaydi. Yong'oqdek tuxum tug'adi-da, qaqog'lab olamni buzadi/(O'.Hoshimov) Yoki:

Sevgi nima? Insoniyat paydo bo'ptiki, shu savol ustida bosh qotiradi. Ammo javob topolmaydi. Agar inson sevgining barcha sir-asrorlarini bilganida edi, uning modeli - qolipini yaratgan bo'lardi. Sevgi hech qanday qolipga sig'magani uchun ham sirli vaabadiydir (O'.Hoshimov).

Yuqorida mikromatn deb atash mumkin bo'lgan ikkita parchani keltirildi. Tarkiblanish jihatidan birinchisi ikkita gapdan tuzilgan. Mazmunni birlashtirishga xizmat qiladigan hech qanday sarlavha berilmagan. Bu vazifa tovuq va u bilan bog'liq so'zlarga yuklatilgan (tovuq-tuxum-qaqog'lamoq). Iste'dodsiz yozuvchi birinchi gapda tovuqqa o'xshatilmoqda. Ikkinchi gap esa bu o'xshatishni to'laroq izohlash yoki sababini ko'rsatish uchun keltirilgan. Ya'ni, iste'dodsiz yozuvchi tovuqqa o'xshatildi, ammo tovuqning qaysi sifat va xususiyatiga? Muallif munosabati ikkinchi gapda tugal ifodasini topgan. Matn butunligini ta'minlashda tovuq-tuxum-qaqog'lamoq so'zlari mazmuniy o'q vazifasini bajarmoqda. Keyingi kichik hajmli matnni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

oladigan bo'lsak, ushbu matnning ichki mazmuni savol shaklidagi sarlavha orqali oshkor qilingan. Matn 4 ta gapdan tashkil topgan. Butunlikni ta'minlayotgan vositalar sirasiga izchil va tugal ohang, ammo bog'lovchisi, agar bog'lovchisi va matnning mazmuniy o'qini tashkil qiluvchi sevgi so'zi kiradi. Demak, masala savol shaklida qo'yilyapti va unga matn orqali javob berilyapti. Ya'ni, Sevgi nima? Sevgi - sirli vaabadiy tushuncha.

O'tkir Hoshimovning "Daftar hoshiyasidagi Bitiklar"turkumiga kiritilgan Sadoqat deb nomlanuvchi lavhada boshqacharoq holatni ko'rishimiz mumkin.

Qadim zamonda bir yurt bor ekan. Xalqi mehnatkash, podshosi odil, hayoti tinch, turmushi farovon ekan. Boshqa bir mamlakatning shohi g'ayrligi kelib, o'sha yurtni bosib olmoqchi bo'pti. Biroq daf'atan hujum qilishga jur'at etolmay, o'sha yurtga o'z xufiyasini yuboribdi. «Qanday qilib bo'lmasin, podshoning ishonchiga kirasan, yurtning sir-asrorini bilib kelasan» debdi.

Xufiya o'sha yurtga boribdi. Vaqti kelib, chindan ham podshoning ishonchiga kiribdi, mulozimlaridan birigaaylanibdi. So'ng, o'z mamlakatiga qaytib borib, shohiga «Bu yurtni olib bo'lmaydi!» debdi. «Nima, qal'asi mustahkammi?»-deb so'rabdi shoh. «Gap qal'ada emas»,-debdi xufiya. «Bo'lmasa gap nimada o'zi?»-debdi shoh darg'azab bo'lib. Shunda xufiya o'zi guvoh bo'lgan bir voqeani aytib beribdi:

-Bir kuni o'shapodsho shikorga chiqdi. Yonida qirq nafaryigiti ham bor edi. Men ham ularga qo'shildim. Podsho uchqur bir kiyik ortidan ot qo'ydi. Hammamiz unga ergashdik. Kiyik cho'qqiga qarab yugurdi. Podsho ham uning ortidan ot surib ketaveradi. Bir mahal kiyik cho'qqi tepasiga etganda tubsiz dara ustidan sakradi-da, narigi cho'qqiga o'tib ko'zdan g'oyib bo'ldi. Podsho noiloj jilov tortib, ortidan tushdi. Terlab ketgan edi. Yonidan ro'molcha chiqarib, peshonasini artmoqchi bo'lgan edi, nogahon shamol kelib, ro'molchani daraga uchirib ketdi. SHunda qirqyigitninghammasi o'zini tubsizjarlikka otdi. Qanchasiparcha-parcha bo'lib ketdi. Qanchasi mayib-majruh bo'ldi. Omon qolgan bir yigit ro'molchani olib chiqib, podshoga topshirdi.

Uyurtda bunaqayigitlar ko'p. Bunaqayurtni engib bo'lmaydi...

Mazkur matn sadoqat haqida, Vatanga, yurtga vafodorlik haqida bitilgan kichik hajmli asardir. Biz matnning nima haqda ekanligini dastlab sarlavhadan bilib olamiz. Bu so'z mikromatnning ichida boshqa qaytarilmaydi, lekin sarlavha sifatida kelgan shu so'z matnning ham motivatsion yaxlitligini ham kompozitsion butunligini ta'minlashga xizmat qilmoqda. Shunga ko'ra yozuvchi mazmuniy o'qni nom darajasiga ko'tarish orqali maqsadiga to'la erishgan deyishimiz mumkin. Ammo, shuni aytib o'tish kerakki, hamma nomlar ham bunday vazifani bajaravermaydi.

Ba'zi mutaxassislar ba'zan bittagina gap ham mikromatn tushunchasiga teng kelishi mumkin degan fikrni ilgari surishgan. Masalan:

"Bahor..."

Bu jumlada «ona tabiatning jonlanishi», «maysalarning asta bosh ko'tarishi, ya'ni hammayoqning ko'm-ko'k tusga kirishi», «atrof-muhitning go'zallikka burkanishi», "bahoriy iforning yoyilishi" kabi yashirin mazmun mavjuddir. Lekin bu tipdagi ko'rinishlarni tom ma'noda matn deb atash mumkin emas. Chunki matn struktural jihatdan gapdan ko'rayirikroq sintaktik butunlik. Demak, u gaplardan tashkil topishi kerak. Yashirin mazmun sifatida havola qilinayotgan ma'nolar so'zning ma'no strukturasi bilan bog'liq. Mazkur gap o'zidan keyin keladigan izohlovchi yoki kengaytiruvchi gaplar bilan bir butunlik hosil qilgandagina matn

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

deyish til jihatidan to'g'ri bo'ladi. Agar yashirin mazmunga qarab xulosa chiqaradigan bo'lsak, istalgan so'zni matn deyishimiz mumkin bo'ladi. Masalan, ona, vatan, muhabbat kabi so'zlarni oladigan bo'lsak, bu so'zlarning ham moddiylashmagan yashirin ma'nolari mavjud va ular mazkur so'zlarni talaffuz qilishimiz bilanoq, ko'z oldimizda u yoki bu tarzda namoyon bo'ladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, mikromatn lingvistika va uslubshunoslikda ulkan ahamiyatga ega soha bo'lib, uning asosiy lisoniy xususiyatlaridan biri insonlarga axborotlarni qisqa va lo'nda, shuningdek ixcham hajmda yetkazishdan iboratdir. Albatta, matnning yozma va yoki og'zaki ekanligi, qaysi uslubda bo'lishligi, shuning bilan birga matndagi so'zlarning estetik jihati, badiiy bo'yoqdorlik darajasi ulkan ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. Galperin I.R. Tekst kak ob'ekt lingvisticheskogo issledovaniya. M., 1981.

2. O'zbek tili stilistikasi, T., 1983; Qo'ng'urov R., Begmatov E., Tojiyev Yo., Nutqmadaniyati vauslubiyatasoslari. T., 1992.

3. O'zbek tilining izohli lug'ati 198I.

4. Уткир Дошимов. Дaфтaр x,ошиясидaги 6rn^Knap. -Т.: Шлрк;, 2005.

5. To'xsonov M. Mikromatn va uning kommunikativ yahlitligi // O'zbek tili vaadabiyoti, I990, 5 - son, 66 - 69 - betlar.

6. Yo'ldashev M.Badiiy matnning lingvopoetik tadqiqi.Filol.fan.dokt...dis.-Toshkent, 2009.3

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.