Научная статья на тему 'NISHOTIY IJODIDAN BIR G„AZAL TAHLILI'

NISHOTIY IJODIDAN BIR G„AZAL TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

11
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NISHOTIY IJODIDAN BIR G„AZAL TAHLILI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

NISHOTIY IJODIDAN BIR G'AZAL TAHLILI

M. Shomurodova

Qarshi davlat universiteti talabasi, O'zbekiston

O'zbek mumtoz adabiyoti XVIII asr Xorazm adabiy muhitining yirik namoyondalaridan biri Muhammadniyoz Nishotiydir. U o'ziga xos badiiyatga ega lirik asarlari bilan o'z davri adabiyotida muhim o'rin tutgan. Nishotiy she'riyatda Hazrat Mir Alisher Navoiy, Lutfiy, Muhammad Fuzuliy kabi buyuk shoirlar izidan borib, ularning ijodiy g'oyalarini davom ettirgan va bir qancha mashhur g'azallariga muxammaslar bog'lagan. Bizgacha shoirning "Husn-u Dil" dostoni, "Qushlar munozarasi" singari asarlari bilan bir qatorda latif lirik asarlari ham yetib kelgan. She'rlari "G'azaliyot va muxammasoti Nishotiy", "Bayozi mutafarriqa", "Bayozi majmuayi ash'or" kabi manbalarda jamlangan. Nishotiyning nazmiy merosi 38 ta g'azal, 2 ta muxammas, 12 ta taxmis (shundan 11 tasi Navoiy, bittasi Fuzuliy g'azaliga), 1 qasida va 1 musaddasdan tashkil topgan. Ta'kidlash joizki, mumtoz adabiyotda shoir badiiy mahoratini bor bo'y basti ila namoyish qiluvchi an'anaviy janr bu, albatta, g'azaldir.

Ayniqsa, shoir g'azaliyotidagi so'z qo'llash mahorati o'quvchi diqqatini tortadi.

Quyida shoir qalamiga mansub g'azallardan biri bo'lmish "Bu kecha erdi Nishotiy ayshim ul mahro' bila..." deya boshlanuvchi g'azali badiiyati va misralarda qo'llangan so'zlarga diqqat qilib, shoir ijod olamiga chuqurroq kirishga harakat qilamiz:

G'azal matla'si quyidagicha: Bu kecha erdi nishotiy ayshim ul mahro' bila, Shodlig'din gohi yig'lab, goh edim kulku bila. [1:411] Mazmuni:

Ushbu kecha "nishotiy"(sevinchli, nash'ali) ayshim ul "mahro"'(oyyuz; ma'shuqa) bilan edi. Shodligimdan gohi yig'lab, gohi "kulku"(kulgi ma'nosida) bilan birga edim.

Mazkur baytda shoir so'zdan shu qadar o'rinli foydalanadiki, natijada bir baytning o'zida bir nechta badiiy san'atlar yaqqol namoyon bo'ladi. Xususan, 1-misraga diqqat qiladigan bo'lsak, misrada "nishotiy" so'zining faqat shoir taxallusini bildiribgina qolmay, asl lug'aviy ma'nosi bo'lmish, arabcha "sevinch, xursandchilik" ma'nolarini ham ifoda etadi. Bu bilan esa shoir o'quvchini bir muncha "shubxaga solish"ga muvoffaq bo'lib iyhom san'atining go'zal namunasini yaratadi. Bundan

458

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

tashqari baytda tanosub (nishotiy, shodlig', kulku), tazod (kulku, yig'i) san'atlari qo'llanganining ham guvohi bo'lamiz.

Vah, na tunkim onda pinhon erdi yuz qadri barot, Balki hamrang erdi yaldodek ikki gisu bila. [1:411] Mazmuni:

Ey voh, bu qanday tunki unda yuz "qadri barot"(islom dinidagi muqaddas "Qadr" va "Baroat" kechalari) yashirin va "yaldo"(qishning eng uzun va qorong' u kechasi)dek "ikki gisu" (ikki o'rim soch) bilan bir xil tusda edi.

Baytda "tun", "qadri barot", "yaldo" so'zlari qo'llanishi tanosub san'atini yuzaga keltirgan bo'lsa, "yaldodek" so'zi orqali tashbeh san'ati namoyon bo'lgan.

Keyingi baytda shoir yor(ma'shuqa) bilan yuz ko'rishish holatini quyidagicha tasvirlaydi:

Shodlig' ashkin oqizdi mohi ro'yim yuz ochib, Ko'zlarimdin dard gardin yuvdi andoq suv bila. [1:411] Mazmuni:

Oy yuzligim yuzini ochib, (ko'zimdan) shodlik "ashk"(ko'z yosh)ini oqizdi va ko'zlarimdan oqqan shu suv (ko'z yoshiga ishora) bilan dard-u g'am guborini yuvib yubordi.

Baytda tanosub (ko'z, ashk, ro', yuz), tazod (shodlig', dard) kabi badiiy san'atlar qo'llangan.

Hayratim man'ig'a gohi tishlabon la'li labin, Ziynatafzo aylar erdim la'lin ul inju bila. [1:411] Mazmuni:

Unga (yorga) tikilib qilgan hayratimni taqiqlash uchun yorim gohida "la'li lab"(qizil lab)ini tishlardi. Bu bilan esa men yor labini "ul inju"(qimmatbaho tosh; misrada tish ma'nosida) bilan ziynatlardim.

Shoir yorning goh-gohi labini tishlaganda nogahon ko'rinuvchi "inju"(tish)larini ham betakror tasvirlaydi. Ushbu baytda lab, tish so'zlari o'rnida "la'l", "inju" so'zlarining to'g'ridan to'g'ri qo'llanishi istiora she'riy san'atining go'zal namunasidir.

Jannat oyin bazmi ayshi ichra ham ulfat edim, Vusmalig' abro' bila, ham nargisi jodu bila. [1:411]

Mazkur baytda oshiq ma'shuqasini "Jannat oyi", "vusmalig' abro'"(o'smali qosh), "nargisi jodu"(jodu ko'z) deya ta'riflab, u bilan aysh bazmida birga bo'lganini ifoda etadi. Baytda "aysh", "bazm", "ulfat" so'zlari mazmunan jamlanib, tanosub san'atini hosil qilgan.

Xush dimog' erdim bu oqshom tonggacha ishrat bo'lub,

459

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

Sunbuli mushkin bila, xol-u xati xushbo' bila. [1:411] Mazmuni:

Bu oqshom to tonggacha aysh-ishrat bo'lib, "sunbuli mushkin" (qora soch ma'nosida), "xol-u xat"(yuzdagi qora xol va uning ustidagi mayin tuk)i xushbo'y bilan "xush dimog'"(sarmast) edim. Mazkur baytda tanosub( oqshom, tong; sunbul, xol-u xat) va shu jumladan "tong" va "oqshom" so'zlari kun chiqish va kun botish payti ma'nosida tazod san'atini yuzaga keltirgan.

G'azalning butun tasviriy go'zalligi va badiiy g'oyasi uning maqta'sida yanada oydinlashadi:

Subhning anvori yanglig' shomi g'aflatdin qutor, Qo'ymag'il, yo Rab, Nishotiydek mani uyqu bila. [1:411] Baytda oshiq to'g'ridan to'g'ri Allohga murojaat qilib, uni "subh"(erta tong) nurlari misoli g'aflat shomidan qutqarishini va o'zini Nishotiydek uyqu bilan qoldirmasligini so'raydi.

Xulosa o'rnida aytishimiz mumkinki, Muhammadniyoz Nishotiy g'azaliyoti hajman yirik bo'lmasa-da, mazmunan ancha salmoqlidir. Bu esa Muhammadniyoz Nishotiy birgina g'azali xususidagi ojizona kuzatishlarimiz, xolos. Kelgusida bu mavzu doirasida olib boradigan izlanishlarimiz shoir lirik merosini imkon qadar kengroq tadqiq qilishga asos bo'ladi deb o'ylaymiz.

References / Adabiyotlar

1. Nishotiy. Husn va dil. Doston. She'rlar. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1967.

2. Nishotiy. Tanlangan asarlar. - Toshkent: O'z.SSR davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 1960.

3. O'zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. III tom. - Toshkent: Fan nashriyoti, 1978 Recai Kiziltun5. Muhammed Niyaz Nisati. DIVAN. - Ankara: Fenomen yayincilik, 2019.

460

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.