Научная статья на тему 'LUTFIY VA ZAMONDOSHLARI IJODIDA TURKONA OHANGLAR'

LUTFIY VA ZAMONDOSHLARI IJODIDA TURKONA OHANGLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
337
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Suyarova Pokiza Anvar Qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada mavloni Lutfiy ijodida turkiy an’analarning o‘ziga xos shaklda qo‘llanilish badiiy mahorati ochib berilgan. Lutfiy she’rlari uning zamondoshlari Atoyi, Sakkokiy g‘azallari bilan taqqoslanib, shoirning so‘zlarni qay darajada mohirona tanlash, badiiy tasvir vositalaridan o‘rinli foyda olish usullari tahlillar asosida ko‘rsatib berilgan hamda xulosa chiqarilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TURKISH MELODIES BY LUTFIY AND HIS CONTEMPORARIES

This article reveals the artistic skill of using Turkish traditions in a unique way in the work of Mawlani Lutfi. Lutfiy's poems are compared with the ghazals of his contemporaries Atoyi and Sakkokiy, and the poet's skillful choice of words, methods of obtaining appropriate benefits from the means of artistic imagery are shown on the basis of analysis and a conclusion is drawn.

Текст научной работы на тему «LUTFIY VA ZAMONDOSHLARI IJODIDA TURKONA OHANGLAR»

LUTFIY VA ZAMONDOSHLARI IJODIDA TURKONA OHANGLAR

Suyarova Pokiza Anvar qizi

ToshDO�TAU OTAT 3-kurs,

pokizasuyarova@gmail.com +998881323031

Ilmiy rahbar: fil.fan.dok., dotsent v.b. Umarova Sohiba.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8265995

Qabul qilindi: 18.08.2023

Crossref DOI: 10.24412/cl-37059-2023-08-37-44

UDK: 801.82

Annotatsiya: Ushbu maqolada mavloni Lutfiy ijodida turkiy an�analarning o�ziga xos shaklda qo�llanilish badiiy mahorati ochib berilgan. Lutfiy she�rlari uning zamondoshlari Atoyi, Sakkokiy g�azallari bilan taqqoslanib, shoirning so�zlarni qay darajada mohirona tanlash, badiiy tasvir vositalaridan o�rinli foyda olish usullari tahlillar asosida ko�rsatib berilgan hamda xulosa chiqarilgan.

Kalit so�zlar: Mavlono Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy, g�azal, bayt, gul, yor, oshiq, qizil.

Abstract: This article reveals the artistic skill of using Turkish traditions in a unique way in the work of Mawlani Lutfi. Lutfiy's poems are compared with the ghazals of his contemporaries Atoyi and Sakkokiy, and the poet's skillful choice of words, methods of obtaining appropriate benefits from the means of artistic imagery are shown on the basis of analysis and a conclusion is drawn.

Key words: Maulana Lutfiy, Atoyi, Sakkoki, ghazal, bayt, flower, yor, love, red.

KIRISH.

XIII-XIV asrda yashab o�tgan turkigo�y shoirlar adabiyot, san�at va madaniyatni boyitilishiga munosib hissa qo�shishgan. Alisher Navoiydek �shams ul-millat� ijodining takomillashuvi, yuksak cho�qqiga ko�tarilishida Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy, Gadoiy kabi shoirlarning ta�siri katta bo�lgan. She�riyatining eng yetuk namoyondalaridan biri, o�z zamonasining �malik ul-kalomi� deya e�tirof qilingan, turkigo�y shoir Mavlono Lutfiyning ham turkiy xalqlar she�riyatiga qo�shgan hissasi beqiyosdir.

TADQIQOT OBYEKTI VA METODLARI.

"F.D. Artamoshina Lutfiy, Atoyi, Sakkokiylar ijodidagi arab, fors, turk tili unsur( element)larini qiyosiy o�rganib, ularni foiz hisobida quyidagi jadvalda yoritib beradi".

1-jadval.

Mualliflar Umumiy hisobda Takror hisobga olinmagan holatda

Arab-fors unsurlari Turk unsurlari Arab-fors unsurlari Turk unsurlari

Lutfiy 42-48 52-58 39-51 49-61

Atoyi 57 43 63-59 31-37

Sakkokiy 50-57 43-50 58 42

(Devoni Shayxzoda Atoyi, 2008, 7- 8-b).

Berilgan jadvaldan ko�rishimish mumkinki, Lutfiy, Atoyi va Sakkokiylar ona tili- turk tilidan o�z asarlarida keng foydalanishgan. Lutfiy g�azallarida turkona ohanglar juda keng tarzda tarannum etiladi. Bu an�analarni ko�rish maqsadida, biz Lutfiyning o�z zamondoshlari Atoyi, Sakkokiylarni o�zaro solishtirish maqsadida ba�zi bir g�azallarini keltirishni maqsad deb topdik.

Lutfiyning g�azalidagi baytni ko�rib chiqamiz.

Yuzungdin lola rang eltib uyolib, shaharga kirmas,

Aning bo�ynin kishi bog�lab kelturmog�uncha sahrodin. ( Lutfiy, 1960, 82-b.)

Mazmuni: Bizga ma�lumki, lola gullarning sarasi, bahor faslining eng tarovatli va manzarali gullaridan biri. Shoir ushbu baytda oshiq tilidan yoriga, �Sening qizil yuzingdan lola uyalib, shaharga kirmaydi. Qachonki, biror kishi uni bo�ynidan bog�lab olib kirmaguncha, ungacha u uyalib, sahroda yuradi� . Bizga ma�lumki, lola guli dashtliklarda o�sadigan o�simlik. Shoir bundan mohirona foydalanib, uning dashtda o�sishining sababini, shaharda uning yori borligi uchun deya mubolag�a bilan tasvirlamoqda. Lutfiy bu baytni turkona an�ana hisoblangan yorni eng chiroyli guldan ham ustun qo�yish tamoiliga o�zgacha yondoshgan holda go�zal tashbex, tashxis va mubolag�a bilan boyitgan.

Lutfiy baytlariga hamohang, turkiygo�y shoirlarda biri Atoyining badiiy g�azallaridan birini ko�ramiz.

Jamoling vasfini qildim chamanda,

Qizordi gul uyottin anjumanda. (Atoyi, 2008, 24-b)

Mazmuni: �Lirik qahramon-shoir gulzorga kiradi, shunchaki, gulzor emas, gullarning anjumani- yig�ilishi, har bir gul o�zini namoyish qiladi. Shu payt, shoir yorini gullarga ta�riflagan ekan gullar uyatdan qizarib ketdi. Aslida, ular qizil emas edi, ma�shuqaga qaraganda xunukroq ekanligidan qizarib, uyalib ketdi� -deydi shoir. Gulzordagi gullarga nisbatan tashxis-shaxslantirish san�atini qo�llagan.

Ma�lum bo�ladiki, baytlarda tashxis san'atidan unumli foydalanib, turkona an'ana hisoblangan yorni gulga qiyoslash hattoki, guldan ham oliyroq maqomga ko�targanini ko�rishimiz mumkin.

Mavlono Lutfiy g�azalidagi baytni ko�ramiz.

Yig�larmen eshikingda, ochilmas ne bobdin?

Yomg�ur yog�arda qoida, chun fathi bob erur. ( Lutfiy, 1960, 29-b.)

Mazmuni: Oshiq yorning eshigi oldida shunchalar kuyib, oh urib yig�lasa ham yorning rahm eshigi oshiq uchun ochilmadi. Lirik qahramon � oshiq yorga nima sababdan men shuncha yig�lasam ham sening eshiklaring ochilmadi, Axir yomg�ir yog�gandan keyin eshiklar ochilishi kerak ediku " deya murojaat qiladi. Bizga ma�lumki, insoniyat uchun yomg�ir hayot va mo�l- ko�lchilik ramzi hisoblanadi. Insonlar yomg�ir yog�ishini o�zgacha mamnuniyat bilan kutib olishgan. Yomg�ir yog�sa mo�l-ko�lchilik eshiklari ochiladi. Yuqoridagi baytda shoir shu narsaga ishora qilmoqda. Lutfiy yomg�ir bilan bog�liq naqldan foydalanib, o�ziga xos tarzda ya'ni tabiat hodisasiga zid voqea bilan tasvirlaydi.

Atoyining g�azalidagi bayt:

Eshigingni ochayin yig�lamoqdin,

Ki yomg�ir yog�sa fathi bob derlar. (Atoyi, 2008, 80-b.)

Mazmuni: Oshiq yorning ko�yida shunchalik mubtalo bo�lib yig�lamoqdaki, bu ko�z yoshlari yorining rahm eshigini ocha oladi, bu go�yoki, yomg�ir yog�gandan so�ng eshiklar ochiladi degan naql bilan barobardir.

Ko�rishimiz mumkinki, shoirlar xalq orasidagi naqldan foydalanib, tashbeh-o�xshatish san�atining go�zal namunasini yaratadi. Lutfiy ushbu naqldan, o�ziga xos tarzda ya'ni tabiat hodisasiga zid voqeani yonma-yon tasvirlab, oshiq holatini ifodalaydi.

Lutfiy g�azalidan bayt:

Ko�z qon sochar irningni ko�rub damba-dam, ey jon,

Og�zingizni tilab topmayu bo�ldum adam, ey jon. ( Lutfiy, 1960, 89-b.)

Mazmuni: �Ey jon, sening sadafdek tishlarini ko�rib, mening ko�zimdan qon sochilar, men og�zingizni xohlagan edim lekin uni topmasdan nobud bo�ldim, ey jon�-deya shoir ma�shuqaga yuzlanadi. Ushbu baytda shoir sening tishlaringni ko�rib, ko�zim qon sochar deya mubolag�a-bo�rttirish san�atidan unumli foydalagan.

Atoyi g�azalidan bayt:

Shakar og�zing tamannosi vujudi bog�laymi deb,

Adam yo�lida yuz kuydi Atoyi yo�q gumon birla. ( Atoyi, 2008, 80-b.)

Mazmuni: �Shakar og�zing istagida vujudini bog�layman deb Atoyi, gumon ham qilib bo�lmaydigan ishga, yo�qlik yo�lida yuz marta kuyadi�. Atoyi yo�qlik yo�lida yuz marta kuydim deya mubolag�a san�atini qo�llaydi.

Shu misralarga hamohang, yana bir turkigo�y shoir Sakkokiy g�azalidagi baytni ko�ramiz:

Ko�ngul shakar bikin og�zing ko�rub adam bo�ldi,

Aytmading bir og�iz, e faqiri hech qora. (Sakkokiy, 1958, 23-b.)

Mazmuni: Ko�ngul sening og�zingdan chiqqan shakar so�zingdan yo�qlik sari yuzlandi, Agar sen bir og�iz so�z aytmaganingda, bu faqir qora tortmas edi" Ushbu baytda Allohning birgina " Kun" yaral so�zidan bu dunyo yaralgani, agar bu so�z aytilmasa, bu dunyoda hech bir narsa qora tortmasligi- yaralmasligi kerak edi.

Bu baytlarda ham shoirlar yorining og�ziga yetishish orzuyida ekanligini ta�riflaydilar. Ushbu baytlarda ham mubolag�a san�ati qo�llanadi. Shoirlar ushbu baytlarda bu narsaga yetishishlari mumkin emasligini, hatto bir xil � adam so�zi bilan ifodalaydi. Bu ham o�ziga xos bir turkiy ohang-an�ana hisoblangan.

Lutfiy g�azalidan bayt:

Sehr ishin Kashmir eli g�amzangdin o�rgansa kerak,

Kim, jahon ichra bo�lubtur ul bu fanda muqtado. ( Lutfiy, 1987, 15-b.)

Mazkur baytda Lutfiy yorining ko�z qarashi bilan insonni o�ziga sehrlab olishini quyidagicha izohlaydi: � Sening sehr qilish qobilyatingni Kashmir eli, sening ko�z bilan ishora qilishingdan o�rgansa kerak. Kim bu sohada jahon ichra ergashtiruvchi bo�libdi ya�nikim bu ishda jahonda sendan o�tadigan inson yo�q�. Shoir yorining sehr qilishda Kashmir elidan ham o�tishini aytib mubolag�a san�atini qo�llaydi.

Atoyi g�azalidan bayt:

Ko�zlaring ne turfa sohirlardururkim, tez boqib,

Jumla Kashmir elining sehrini botil qildilar. (Atoyi, 2008, 66-b.)

Mazmuni: �Ko�zlaring qanday ajablanarli sehrgardurkim, bir boqishdayoq sehrlab qo�ydi, Kashmir elining sehrgarlarininig sehri bekor qildi�. Atoyi ham Lutfiy singari yorining bir qarashdayoq maftun aylashini mubolag�a yo�li bilan ifodalagan.

Sakkokiy g�azalidan bayt:

Jodu ko�zini Kashmir eli xalqi ko�rubon,

Tuttuq dedilar, seni musallam bu fan ichra. ( Sakkokiy, 1958, 21-b.)

Ushbu baytning tahlili: �Sening jodu ko�zingni Kashmir xalqi ko�rishi bilan bu sehrgarni tutdik dedilar, senga sehr borasida taslim bo�ldilar�.

Mazkur baytlardan ko�rishimiz mumkinki, yorning bir qarashda sehrlashi bu sehrgarlikda Kashmir elining jodusidan ham o�tkirroq deya ta�riflash turkiy adabiyotimizda o�ziga xos bir an�ana sanalgan. Bu yo�nalishda Lutfiyning, Atoyi va Sakkokiylarning barakali ijod qilganligini ko�rishimiz mumkin.

Lutfiy g�azalidan bayt:

Yuzungni ko�rub gul xijil o�lg�oni jihatdin,

Gohi qizorur, gohi ishi xanda digulmi? ( Lutfiy, 1960, 94-b.)

Mazmuni: Oshiqning sevikli yori gulllar orasiga kiradi. Gullar yorning yuzini ko�rib hijolat bo�ladi ya�niki oshiqning yori shunchalar go�zalki, gullar uni oldida hech narsa emas va gullar bu holatdan gohi qizarib, gohi kulib nima qilishni bilmay qoladi. Lutfiy bu baytda gullarga nisbatan tashxis san�atini qo�llab, gullarni jonlantiradi.

Sakkokiy g�azalidan bayt:

Bo�stonda gul yuzungni ko�rub ko�p o�ftonib,

Yuzi qizordi ko�rdum aning infiolini. (Sakkokiy, 1958, 39-b.)

Mazmuni: Oshiqning ma�shuqasi bo�stonga kiradi. Bo�stondagi gulllar yorning yuzini ko�rib, ko�p uyaladi. Gullar hayajonlanganidan yuzlari qizarib, ketadi�.

Yuqoridagi baytlardan ko�rishimiz mumkinki, shoirlar tabiatdagi birgina gullarning qizarishini shunchaki qizarish emas balki ma�shuqaning oldida xunukligidan uyalish ekanligini isbotlab beradi. Bu narsa turkiy adabiyotda o�ziga xos bir an�ana deyarli barcha shoirlarimizda bu o�xshatishni ko�rishimiz mumkin. Bir-biriga zamondosh hisoblangan Mavlono Lutfiy va Sakkokiy ham bu o�xshatishdan unumli foydalanishgan. Ularning ijodi haqida buyuk o�zbek shoiri Alisher Navoiy juda yuksak baho bergan: �Turk alfozining bulag�osidan Mavlono Sakkokiy ba Mavlono Lutfiykim, birining shirin abyoti ishtihori Turkistonda beg�oyat va birining latif g�azaliyoti intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdurur�. (Sakkokiy, 1958, 8-b.) Bundan bilishimiz mumkinki, Navoiy Lutfiy va Sakkokiyni o�ziga ustoz sifatida bilib, ularning ijodidan ma�lum darajada foydalanganligini ko�rishimiz mumkin.

Lutfiy g�azalidan bayt:

Nordek yanoqing shavqida jonlar bari afgor erur,

Ko�nglum qachon topsun murod, �bir noru ming bemor erur!� ( Lutfiy, 1960, 46-b.)

Mazkur baytda shoir turkiy adabiyotda an�ana hisoblangan yorning yanog�ini nor ya�ni anorga qiyos etadi. Xususan, yorning anordek qizil yanog�i shavqida barcha ko�ngullar majruh- xasta bo�ladi, qachonki ko�nglum murodiga yetsa o�shanda ham � bir qizil yanog�i ming bemor qiladi�. Lutfiy ushbu baytlarida, � bir noru ming bemor erur� deya irsoli masal (she�rda maqol, matal, hikmatli so�zlarni muayyan maqsadda qo�llash) hamda �nordek yanog�ing� deb tashbex san�atidan mohirona foydalangan. Lutfiy yuqoridagi baytning birinchi misrasiga tasdiq o�laroq, ikkinchi misrasida maqol qo�llagan.

Sakkokiy g�azalidan bayt:

Nor yanoqing orzusida jonni bemor aylama,

Hech yo�q erkan yozuqum meni giriftor aylama. (Sakkokiy, 1958, 23-b.)

Mazkur baytda, Sakkokiy ham an�anani davom ettirgan holda, yor yanog�ini anorga qiyos etadi. � Qizil yanog�ing orzusida jonimni bemor aylamagin, meni hech qanday gunohim yo�q, meni asir aylamagin�. Sakkokiy bu baytda � nor yanoqing� so�zi bilan tashbeh va yozuqum, giriftor so�zlari orqali tajnis san�atini yuzaga keltirgan.

Ko�rinadiki, yorning birgina yanog�ini tasvirlashda Lutfiy tashbex, irsoli masaldan, Sakkokiy esa tajnis, tashbex san�atidan foydalanib, yor yanog�ini qizillikda anorga qiyos etgan jumlalarni ko�rishimiz mumkin.

Lutfiy g�azalidan bayt:

To zulfingizda bog�ladim zunnor tarsolar bikin,

Iymonim ortar dam-badam, bu ne ajab zunnor erur. ( Lutfiy, 1960, 46-b.)

Bizga ma�lumki, tarso bu g�ayridin degan ma�noni bildiradi. Zunnor esa musulmon bo�lmagan g�ayridinlar bog�lab yuradigan kamar. Mazkur baytda, � Oshiq yorining kokili yo�lida tarsolar kabi zunnor bog�laydi lekin bu qanday zunnor ediki oshiqni iymonini sustlashtirish o�rniga dam-badam orttiradi�. Bu baytda �Shayx Sa�non� qissasi ham nazarda tutilmoqda. Shayx Sa�non ham tarso qizi ishqida zunnor bog�laydi. Bu voqeani bayt ichiga singdirib o�tish ham Lutfiyning so�z qo�llashdagi o�zgacha bir mahoratini ko�rsatadi.

Sakkokiy g�azalidan bayt:

Ko�p musulmondin qo�yub tarso bo�lurni kavlasang,

Sen bu kundin so�ngra hech zulfingni zunnor aylama. (Sakkokiy, 1958, 23-b.)

Mazmuni: �Musulmonlikdin qo�yib, g�ayridin bo�lishni kavlasang, sen o�sha kundan boshlab, soch o�rimingni zunnor kabi kamar aylama�.

Turkiy adabiyotda ko�proq yor ko�yida g�ayridin bo�lishlik to�g�risida so�z borganda, ko�proq Shayx Sa�non qissasi tilga olinib o�tiladi. Yuqoridagi baytlar ham buni isbotlaydi.

Lutfiy g�azalidan bayt:

Pistadek og�zingga shakar dedilar,

G�ayb sirin ne muxtasar dedilar. ( Lutfiy, 1960, 34-b.)

Mumtoz adabiyotda o�ymoqdakkina, kichik og�izli qizlar go�zal hisoblangan. Bu baytda ham og�izni pistaga qiyoslash orqali uning kchik ekanligi ifodalangan. �Pistadek kichik og�zingga shakar dedilar, Hech kimga ko�rinmaydigan bu joyni qisqa dedilar�. Oshiq o�zicha yorini og�zini ko�rmoqchi edi. Lekin u shunchalik kichik ekanki qayerdaligini hech kim bilmadi.

Sakkokiy g�azalidan bayt:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ul pista yanglig� og�zingu la�ling mayin ko�rub,

Yoqut dedi tashna jigarlar sharobni. (Sakkokiy, 1958, 64-b.)

Mazmuni: "La'ling mayini- yu, pista kabi og�zingnini ko�rib, tashna bo�lgan jigarlar, sharobni yoqut dedi". Ushbu baytda Sakkokiy ham yorning og�zini kichikligini ifodalashda pista so�zidan foydalanganini ko�rishimiz mumkin.

Yuqoridagi baytlarda shoirlar mubolag�a san�atini qo�llab, turkiy ohang hisoblanuvchi yorning yanada go�zal ekanligi isbotlash uchun uning og�ziga nisbatan pista so�zi orqali chiroyli o�xshatishni yaratadi.

Lutfiy g�azalidan bayt:

Eshiking itlari ko�p Lutfiydin qilar faryod,

Kim uyqu bo�ldi harom oning ushbu joyinda. ( Lutfiy, 1987, 20-b.)

Mazmuni: �Eshiging oldidagi itlar Lutfiydan ko�p faryod chekadi chunki shoir yorining eshigi oldidan bir dam nari ketmaydi, ushbu joyda u uchun uyqu harom bo�ladi�.

Sakkokiy g�azalidan bayt:

Eshiging itlari Sakkokiydan qilur faryod,

Kim uyqu bizga harom o�ldi ushku boyinda. (Sakkokiy, 1958, 16-b.) Mazmuni: Eshiging oldidagi itlar Sakkokiydan faryod qiladilar, xuddi shu kunlar boisidan bizga uyqu harom boldi�.

XULOSA.

Yuqoridagi baytlardan ma�lum bo�ladiki, Lutfiyning g�azallaridagi o�ziga xos turkona ohangdorlik, ta�sirchanlik va samimiylik kabi xususiyatlari o�sha davrdagi zamondoshlari ijodiga ham katta ta�sir ko�rsatgan. Lutfiyning lirikasidagi asarlarininig aksariyati sof turkiycha bo�lib, o�quvchi uni tushuna olishi uchun aksariyat hollarda lug�at ham shart bo�lmaydi. Lutfiy devonidagi g�azallar g�oyaviy jihatdan oshiqona, diniy-tasavvufiy va ma�rifiy mavzularda yozilishi bilan birga sodda, ravon, tushunilishi oson bo�lgan she�rlar ekanligi ularni turkiy an�analar davomi ekanligini ko�rsatadi. Lutfiyning ijodi to�g�risida ko�plab fikr-mulohazalarni bildirish mumkin. Demak, shoirning ijod yo�li o�ziga xos bir mahorat maktabi, keyin davr ijodkorlari uchun ilhom manbayi hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug�ati I. (1983). Toshkent:O�zSSR. Fan.

2. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug�ati II. (1983). Toshkent: O�zSSR. Fan.

3. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug�ati III. (1984). Toshkent: O�zSSR.Fan.

4. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug�ati IV. (1985). Toshkent: O�zSSR.Fan.

5. Atoyi. (2008). Devoni Shayxzoda Atoyi. Toshkent: Fan.

6. Lutfiy. (1987). Sensan sevarim.Toshkent: G�afur G�ulom nomidagi Adabiyot va san�at.

7. Lutfiy. (1960). Tanlangan asarlar. Toshkent:O�zSSR. Davlat badiiy adabiyot.

8. Sakkokiy. (1958). Tanlangan asarlar. Toshkent:O�zSSR. Davlat badiiy adabiyot.

9. �������, �.�. (2011). ��������� ������� ����������� ��������� ��������� �����������. ������� ������������ ���������������� ������������.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.