Научная статья на тему 'NEMIS EPOSI “NIBELUNGLAR QO’SHIG’I” VA UNING VUJUDGA KELISHI'

NEMIS EPOSI “NIBELUNGLAR QO’SHIG’I” VA UNING VUJUDGA KELISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
doston / tarix / folklor / Burgundiya / “Nibelungs qo‘shig‘i” / feodal xulq-atvori

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umida Xasan Qizi Qurbonova

Nemis xalqi boy adabiy an’anaga ega bo‘lib, o‘z tarixini doston va hikoyalar orqali avloddan-avlodga o‘tkazib keladi. Ushbu maqola muhim nemis dostoni "Nibelungenlied" va uning tarixiy bosqichlariga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NEMIS EPOSI “NIBELUNGLAR QO’SHIG’I” VA UNING VUJUDGA KELISHI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

NEMIS EPOSI "NIBELUNGLAR QO'SHIG'I" VA UNING VUJUDGA

KELISHI

Umida Xasan qizi Qurbonova

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Email: umidaqurbonova3 83@gmail .com

ANNOTATSIYA

Nemis xalqi boy adabiy an'anaga ega bo'lib, o'z tarixini doston va hikoyalar orqali avloddan-avlodga o'tkazib keladi. Ushbu maqola muhim nemis dostoni "Nibelungenlied" va uning tarixiy bosqichlariga qaratilgan.

Kalit so'zlar: doston, tarix, folklor, Burgundiya, "Nibelungs qo'shig'i", feodal xulq-atvori

Barchamizga ma'lumki, barcha dunyo mamlakatlarining tillari, ayniqsa ada-biyoti bir-biri bilan qadim-qadimlardan beri uzviy bog'langan va asrlar davomida bu bog'liqlik davlatlar o'rtasidagi aloqalarning paydo bo'lishi va rivojlanishiga sababchi bo'lgan. Bugungi kunda o'zbek adabiyotining boshqa davlatlar bilan aloqalari tobora yuksalib taraqqiy etmoqda. Shulardan biri Yevropaning har tomonlama rivojlangan davlatlaridan biri bo'lgan Germaniya davlati hisoblanadi. Bunga misol qilib, ham o'zbek, ham nemis tillarida paydo bo'layotgan yangi lug'atlarni olishimiz mum-kin.Shu o'rinda, nemis epic turiga to'xtalib o'tish o'rinli bo'ladi. O'n uchinchi asr boshlarida, Avstriyada Tuna daryosining atroflariga no'malum ruhoniy bir necha asrlar davomida nemis xalqlarining og''izdan og'izga o'tgan ertaklari va dostonlarini to'plash maqsadida sayohatga chiqadi. Keyinchalik, qadimgi Islandiya qo'lyozmalarida ham xuddi shunga o'xshash xalq og'zaki ijodi namunalari topilgan. Shu tariqa, bizning davrimizgacha "Nibelungenlied",ya'ni "Nibelunglar qo'shig'i' dostoni yetib keldi va o'rta asrlarda nemis epikasi kirib keldi. Bugungi kunda eng ta-niqli epik turga mansub nemis dostoni "Nibelunglar qo'shig'i" o'rta asrlarda mashxur bo'lgan. Doston deyarli 800 yil avval yozilgan bo'lib, hozirgacha 35 qismdan iborat qo'lyozma nusxalari saqlanib qolgan va bu dostonning keng jozibadorligini ta'minlaydi. "Nibelunglar qo'shig'i" dostoni 2 qismdan iborat. Birinchi qism yosh shahzoda Zigfridning qahramonliklari, Burgundiya malikasi Kriemhilda bilan uchrashuvidan boshlanib , Burgundiyalik vassal Hagen tomonidan Zigfridning o'ldirilishi bilan tugaydi.

"Nibelunglar qo'shig'i" fojeaviy yakunga ega doston hisoblanadi. Unda yovu-zlik, yaxshilik va yer yuzida go'zallikni poymol etuvchilar faol rol o'ynaydi. Eposda

April 23-24, 2024

571

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

niderlandiyalik shahzoda Zigfrid ezgulik urug'ini sepuvchi qahramon sifatida gav-dalantiriladi va u xoinlik qurboni bo'ladi. Mardlikda tengsiz, hatto ajdarni o'ldirib uning qonida cho'milgan, Nibelunglar xazinasiga ham ega chiqqan Zigfrid Burgundi-ya qiroli Gyunterning singlisi Krimhildaning go'zaligidan xabar topgach, u sohibja-mol malikaning qalbini zabt etishga oshiqadi va Vorms shahriga yo'l oladi. Ayni o'sha vaqtda Qirol Gyunter ham uzoq Islandiyaning go'zal malikasi Brunhildaga oshiq va uni qalliqlikka olish niyatida yurar edi. Zigfriedning Krimhildaga oshiqligi va uning qo'lini so'rab kelishi Gyunter uchun ayni muddao bo'ladi. Chunki Brunhilda faqatgina go'zallik sohibasi bo'lib qolmay, balki tengsiz qudratga ega jangchi ham edi. U o'zini musobaqalarda yenga olgan odamgagina turmushga chiqishini aytgan, lekin juda ko'plab shahzodalar-u qirollar bu shartni bajara olishmasdi. Dostonda Brunhildaning g'ayrioddiy kuchi haqida alohida ta'kidlab o'tilgan. Ayniqsa, muallif uning har bir qurolining vazni va ta'siriga alohida urg'u bergan: "her armor is carried by four men (437); her sharp lance is made of half a ton of metal, and three men carry it with great difficulty (441-443). " Ya'ni, uning zirhlarini to'rt kishi olib yurgan; uning o'tkir nayzasi yarim tonna metalldan yasalgan va uni 3 kishi juda katta qiyinchilik bilan ko'tarib yurgan. Yoshligida ajdarhoni o'ldirib, uning qonida cho'milganligi boisidan tengsiz kuchga ega bo'lgan, shu bilan bir vaqtda Nibelunglar qirolini o'ldirib, undan ko'rinmas qiluvchi qalpoqchani olib qo'ygan Zigfridgina bu shartni bajara ol-ishini Gyunter va uning sodiq vassali Hagen yaxshi bilar edi. Shu sababli, bundan foydalanib qolishmoqchi bo'lishadi va Zigfried ham Krimxilda uchun ularning sharti-ga rozi bo'ladi. Ular Islandiyaga yo'lga chiqishadi va bir yil davomida harbiy musobaqalarda qatnashib, Gyunterning o'rniga Zigfrid musobaqaga kirishib Brunhildani kurashda yengadi. Zigfrid Brunhildani nikoh kechasida ham yengadi: ya'ni uning qizlik kamarini va uzugini yechib olishga muyassar bo'lib, uni Gyunterga topshiradi. Kelishuvga ko'ra, Zigfridning xizmatlari evaziga Gyunter singlisi Krimxildani unga xotinlikka topshiradi va o'zi u bilan qonlari bilan ont ichib og'a-ini tutinishadi. Ora-dan yillar o'tadi. Kelin-kuyovlar baxtiga qirolichalarning janjali raxna soladi. Oxir-oqibat, buyuk qirol oilasi fojeaviy yakunga yuz tutadi. Kunlardan bir kun Brunhilda va Krimhilda oz erlarining nimaga qodirliklari haqida bahslashib qolishadi. Krimhilda jahl ustida Brunhildaga uning birinchi nikoh kechasida sodir bo'lgan voqeaning sirini oshkor etadi va buning dalili sifatida qizlik kamarini hamda uzukni ko'rsatadi. Brunhilda alamdan nafasi tiqiladi. Uning nazarida, bu sharmandalikni qonli qasosgina yuvishi mumkin edi. Burgund qirolichasining sha'nini himoya qilib, yovuz Hagen chiqadi. Hagen Krimhildaning ishonchidan foydalanib, Zigfridning nozik joyini, ya'ni u ajdarho qonida cho'milgan vaqtda, lipa daraxtining bargi tushib, qon tegmay qolgan joyini bilib oladi. Hagen va Gyunter atayin ov uyushtirishadi va ov vaqtida

April 23-24, 2024

572

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Hagen Zigfridni xoinlarga xos o'ldiradi, Krimhildadan Zigfrid tomonidan bir vaqtlar topilgan Nibelunglar xazinasini tortib olinishi va uni Reyn daryosiga cho'ktirilishi bevani xunlar qiroli Etselga turmushga chiqishigacha olib boradi. Judolikka va taqdirga tan bergan odamdek Krimhilda o'z akasini o'ldirishni buyuradi, yarador Hagen boshini o'zi tanasidan judo qiladi. Krimhildaning yovuzligi Etselni ham daxshatga soladi va uning o'zini ham o'ldirtiradi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, "Nibelunglar qo'shig'i"da ritsar romanlaridan farqli o'laroq, feodal munosabatlar emas, o'rta asrlardagi haqqoniylik, dunyoning nayrang, makr-hiyla, qonli qasos, o'z shon-shuhrati uchun kurash va yovuzlikdan iborat ekan-ligi ko'ratiladi. Zigfrid va Krimhilda mana shunday yovuzlikning dostondagi ramzi bo'lgan Hagen von Trope sababli o'sha davr qurboni bo'lganlar.

REFERENCES:

1. Karimov Sh. Nemis adabiyoti tarixi darslik. - T.: MUMTOZ SOZ, 2010,8. b. https://lib.iizpi.uz/pluginfile.php/18573/mod resource/content/0/Karimov Sh Nemis

adabiyoti tarixi darslik 2010.pdf

2. Gudmund Schütte. The Nibelungen Legend and Its Historical Basis. - The Journal OT English and Germanic Philology. Jul.. 1921. vol- 20. N0- 3 (Jul.,1921), pp 291327. https://www.istor.org/stable/27702587

3. Sodiqov D.K. Nemis eposi "Nibelunglar qo'shigi" va uning vujudga kelishi. - Science, Research, Development No26. pp. 249-252. http://xn--e1 aai fpcds8ay4h.com.ua/pages/view/1314

4. Anat Koplowitz-Breier. Politics and Representation of Women in the Nibelungenlied. Revista de Filologia Alemana, vol. 15, 2007, pp. 9-25. http://www.redalyc.org/articulo.oa?id=321827631001

573

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.