Научная статья на тему 'NAZORAT ISHLARINI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI'

NAZORAT ISHLARINI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

232
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — R. B. Usmonova

O„quvchining fan bo„yicha olgan bilimini sinovdan o„tkazish va yozma savodxonligini baholash jarayonida nazorat ishlarining samarali natija berishi anʼanaviy talim texnologiyasida bir necha bor o„z isbotini topgan. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan umumtaʼlim maktablarida ingliz tili fanidan chorak yakuni yoki nimchoraklarda nazorat turi sifatida matn yaratish o„quv dasturi asosida yo„lga qo„yilgan. Yozma ish o„quvchining imloviy va punktuatsion nutq meʼyorlarini o„zlashtirish darajasini tekshirishga mo„ljallangan nazorat turi hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAZORAT ISHLARINI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI»

g

NAZORAT ISHLARINI TASHKIL ETISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O'RNI

R. B. Usmonova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Chirchiq, O'zbekiston

O'quvchining fan bo'yicha olgan bilimini sinovdan o'tkazish va yozma savodxonligini baholash jarayonida nazorat ishlarining samarali natija berishi an'anaviy talim texnologiyasida bir necha bor o'z isbotini topgan. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan umumta'lim maktablarida ingliz tili fanidan chorak yakuni yoki nimchoraklarda nazorat turi sifatida matn yaratish o'quv dasturi asosida yo'lga qo'yilgan. Yozma ish o'quvchining imloviy va punktuatsion nutq me'yorlarini o'zlashtirish darajasini tekshirishga mo'ljallangan nazorat turi hisoblanadi. Ko'zlangan maqsadiga ko'ra yozma ishlar quyidagicha tavsiflanadi:

1. Orfografik xarakterdagi yozma ishlar;

2. Nazariy bilimlarni mustahkamlaydigan yozma ishlar;

3. Nutq o'stirish xarakteridagi yozma ishlar;

4. Ijodiy fikrlash doirasini kengaytirishga yo'naltirilgan yozma ishlar. An'anaviy ta'limda o'qituvchilarga nazorat ishlarini o'tkazish uchun

"Diktant va bayonlar to'plami" kitoblari manba sifatida xizmat qiladi. Tanlangan yozma ish matni ingliz adabiy tili qoidalariga to'la mos, mantiqiy jihatdan tugallangan, ma'lum yosh doirasidagi o'quvchi uchun tushunarli, semantik va grammatik jihatdan shakllangan, bog'lanishli matn bo'lishi shart. O'qituvchi matnni sintagmalarga bo'lib, ifodali tarzda o'qiydi, o'quvchilar esa ayni shu matnni qog'ozga tushiradilar yoki matnga ijodiy yondashgan holda o'z munosabatlarini bildiradilar.

Bu usulda nazorat yozma ishlarini tashkil etish hozirgi rivojlanayotgan ta'lim tizimida joriy etilgan ilg'or pedagogik metod talablariga javob bera olmaydi:

Birinchidan, boshlang'ich sinfni bitirgan o'quvchilarining yozish ko'nikmasi shakllangan bo'ladi. O'qituvchidan yozma ishni o'qish jarayonida so'zlarni aniq va ravon talaffuz qilish talab etiladi. Shuning uchun ham an'anaviy usulda nazorat ishlarini tashkil etish o'quvchining imloviy savodxonligiga u qadar katta ta'sir o'tkazmaydi. Nazorat ishi o'tkazishdan ko'zlangan maqsadlardan biri, aynan o'quvchi husnixati ustida ishlash va orfografik xatolarni bartaraf etishdan iboratdir.

Ikkinchidan, 9-sinf o'quvchilarining mantiqiy va kreativ

October 20, 2023

fikrlash doiralari ancha keng bo'lgani sababli yozma ish matnini yozish ular uchun zerikarli mashg'ulotday tuyilishi mumkin. Chorak yakunida o'tkaziladigan tekshiruv yozma ishlari bilan bir qatorda ijodiy yozma ishlar ham borligini unutmaslik lozim. Ijodiy yozma ishlar o'quvchidan tanlangan mavzu bo'yicha mustaqil fikrlashni talab etadi. Ijodiy yozma ishlar o'tkazish o'quvchilarning ongli ravishda fikrlashlariga yordam beradi, faolligini oshiradi, og'zaki va yozma nutqini to'g'ri shakllanishiga, lug'at boyligining oshishiga, nutqni to'g'ri va aniq tuza olish ko'nikmalarining rivojlanishiga ko'maklashadi. Sinf taxtasiga yozma ish matnida qo'llash uchun kalit so'zlar yozib qo'yiladi. Har bir o'quvchi ma'naviy dunyoqarashi va intellektual salohiyatidan kelib chiqqan holda yozma ish matnini shakllantiradi. Yozma ishning bu turi yuqori sinf o'quvchilari uchun ayni muddao.

Ta'lim tizimida joriy etilgan yangi pedagogik texnologiyalarga tayangan holda nazorat ishi darslarini tashkil etishning yana bir turi sifatida quyidagi texnologiyadan foydalanishni tavsiya etgan bo'lar edik. Sinfdagi o'quvchilarga kamida ikki variantda oldindan tayyorlangan matnlar beriladi, yoki maktabning informatika xonasida mavjud kompyuterlarga o'qituvchi tomonidan tayyor matnlar avvaldan kiritib qo'yiladi. Matnda ataylab bir nechta o'rinlarda imloviy, ishoraviy va uslubiy xatolarga yo'l qo'yiladi. Gaplar orasidagi mazmuniy bog'lanish buzilgan holatlar kuzatiladi. Matndagi ayrim so'zlarning ranglari qora qalin harflar bilan yoziladi. Matn oxirida esa o'quvchining shaxsiy xulosasi uchun joy qoldiriladi.

Har bir o'quvchi matn bilan tanishib chiqqach, ularga grammatik topshiriqlar beriladi.

1. Matndagi qaysi so'zlar imlosida xatoga yo'l qo'yilgan?

2. Matnda ajratib ko'rsatilgan so'z va so'z birikmalarining sinonimini toping?

3. Globallashuv davrida inson ma'naviyatida qanday o'zgarishlar sodir bo'lmoqda?

4. Matndan kelib chiqib, o'z shaxsiy mulohazalaringizni yozma bayon eting.

O'quvchilar yozma ish matnini diqqat bilan o'qib chiqqandan so'ng,

topshiriqlarni ketma-ketlikda bajarishlari talab etiladi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, yozma ishni tekshirish jarayonida o'qituvchi asosiy e'tiborni 3 va 4-topshiriqlarga qaratishi lozim. Chunki o'quvchining ijodiy fikrlash qobiliyati, ma'naviy dunyoqarashi va imloviy savodxonligi aynan ushbu topshiriqlarni bajarish jarayonida yaqqol ko'rinadi.

Ta'lim tizimidagi o'zgarishlar, darsga noan'anaviy usulda zamonaviy yondashuvlar o'qituvchini ham zamonaviy fikrlashga, o'quvchidan doimo bir qadam oldinda yurishga undaydi.

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

665

g

я

Darslarni bu tarzda tashkil etish o'quvchidan ijodiy munosabat bildirishni, keng dunyoqarashni va, albatta, imloviy savodxonlikni talab etadi. Axborot kommunikatsiyalari rivojlangan bir davrda nazorat darslarini bu tarzda tashkil etish odatiy darslarga qaraganda samaraliroq bo'ladi, degan umiddamiz. Bu bilan darsda o'qituvchining vazifasini kamaytirib, o'quvchining faolligini oshiramiz.

Biz yuqorida noan'anaviy usulda nazorat ishi yozishning eng sodda usullarini ko'rsatib o'tdik. O'quvchilarning aqliy salohiyati va o'qituvchining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda darsga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritishi mumkin. Masalan, topshiriqlarni murakkablashtirish yoki o'tilgan mavzularga moslashtirish, ularni og'zaki tarzda bajariladigan topshiriqlarga almashtirish, savollar sonini ko'paytirish kabi bir qancha amallarga almashtirsa bo'ladi.

Yozma ish darslaridan keyingi soatda o'quvchilar bilan xatolar ustida ishlash darslari o'tkaziladi. O'quvchilar imloviy, ishoraviy xatolar bilan bir qatorda nutqiy xatolarga ham yo'l qo'yadilar. Nutqiy xatolarga noo'rin tanlangan so'zlar, mantiqan to'g'ri shakllanmagan gaplar, morfologik shakllarni noto'g'ri qo'llash kabi holatlar kiradi. Bunday nutqiy xatolarni o'rganish, shuningdek, ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to'g'rilash va oldini olish uchun zamin hozirlaydi.

Nutqiy xatolar, asosan, quyidagi uch turga bo'linadi: lug'aviy-uslubiy, morfologik-uslubiy, sintaktik-uslubiy.1

1. Lug'aviy-uslubiy xatolar. a). Bir so'zni qayta-qayta ishlatish. Bunday xatoning kelib chiqishiga sabab, birinchidan, o'quvchi so'zni ishlatishga kam e'tibor beradi va faol lug'atidagi so'zdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o'quvchining so'z boyligi kam, sinonimlarni bilmaydi, takrorlanadigan so'zlar o'rniga olmoshlardan foydalana olmaydi. b). So'zning ma'nosini yoki ma'no qirrasini tushunmaslik natijasida uni aniq ma'nosida ishlata olmaslik. Bunday xato bolaning nutqi yaxshi rivojlanmaganligi, so'z boyligining kamligi sababli yuzaga keladi. Leksik xatolar xilma-xil bo'lgani uchun uni to'g'rilash va tushuntirish usullari ham turlicha, ammo bunday xatolarning oldini olishning umumiy yo'li bor: bu yaxshi nutqiy sharoit yaratish, ko'proq badiiy asar o'qish, leksik bazani boyitish, lug'atlar ustida ishlash darslarini tashkil etish, so'zlarni yangi ma'no qirralarini o'quvchilarning faol nutqida qo'llashiga erishishdir.

2. Morfologik-uslubiy xatolarga so'z shaklini, so'z o'zgartuvchi va so'z yasovchi qo'shimchalarni noto'g'ri qo'llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi. Bunday xatolar, asosan, sheva ta'sirida vujudga keladi. Shuning

б.

К.Крсимова, С.Матчонов, Х. Fуломова, Ш.Иулдошева, Ш. Сариев Ora тили укитиш мете

October 20, 2023

g

m

uchun dars davomida o'qituvchining ham, o'quvchining ham adabiy tilda muloqot qilishiga erishish bunday xatolarni oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

3. Sintaktik-uslubiy xatolarga so'z birikmasi va gap tuzishga oid xatolardir. O'quvchilar insho yozish davomida so'zlashuv uslubiga xos bo'lgan belgilardan juda ko'p foydalanishadi. Esse yozishda, asosan, ilmiy va badiiy uslubga xos bo'lgan ifoda yo'sinidan foydalanish zarurligini o'quvchi ongiga singdirish lozim.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, nazorat ishlari faqat o'quvchining olgan bilimini sinovdan o'tkazish va baholash bilan chegaralanmay, o'quvchining lingvistik va nutqiy kompetentligini ham oshirishga xizmat qilsin. Yozma ishlarni faqat ma'lum muddat oralig'ida emas, balki har bir darsning 5 daqiqasini aynan o'quvchining mantiqiy fikrlash doirasini kengaytiruvchi matnlar yaratishga ajratish lozim. Chunki zamonaviy gadjetlar hayotimizni har bir jabhasiga kirib kelgan ayni zamonda savodsizlik avj olayotgani yashirib bo'lmaydigan haqiqat ekanligini barchamiz bilamiz. O'quvchilarning ko'p vaqti ijtimoiy tarmoqlarda o'tishi ham bor gap. Ular o'zlari yaratgan "sun'iy alifbo"da o'zaro muloqot qiladilar. Amaldagi imlo qoidalarini o'quvchi ongiga singdirish va undan kundalik turmushimizda maqsadli foydalana oladigan avlodni shakllantirish esa ta'lim tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri sanaladi.

REFERENCES

1. Бонк H. А., Котий Г. А., Лукянова H. A. Учебник английского языка. - M.: Деконт, 1999. - 456 с.

2. Лернер И. Я. Дидактические основы методов обучения Текст. / И. Я. Лернер.-М.: Педагогика, 1981. -186 с.

3 Щерба Л.В. Фонетика французского языка. -М.: Просвишение,1948.- стр.

4 Usmanova Z.I. Zamonaviy ta'limning negizi. Til va adabiyot ta'limi. Toshkent, -2022. №2, 15-17.

5. Achilova, E. S. (2022). ARTISTIC PSYCHOLOGY ON THE EXAMPLE OF THE WORK "SPRING DOES NOT RETURN". AnInternational Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1991-1994

6. ACHILOVA, E. (2022). SUJET, OBRAZ, USLUB XUSUSIYATLARI. Til va adabiyot ta'limi, 3(1), 26-27

7. Achilova, E. (2022). O'tkir Hoshimovning "Urushning so'nggi qurboni" hikoyasidagi psixologik tasvir. Til va adabiyot ta'limi,

190-199.

1(1), 40-42

October 20, 2023

gL

8. ACHILOVA, E. (2021). O'TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA BADIIY PSIXOLOGIZM MUAMMOSI. "XALQ TA'LIMI", 5(1), 88-91.

9. Saitkulova, N., & Suleymanova, N. K. (2023). Akademik mobillik borasidagi muammolar va ularning yechimlari. PEDAGOG, 6(6), 53-59.

10. Rahmonovna, S. N. (2023). Mustaqil ta'limni tashkil etish asosida talabalarning akademik mobilligini rivojlantirish mazmuni. Journal of Integrated Education and Research, 2(8), 100-104.

11. Zulfiya Khojabayevna Kabulova. (2023). The History of Pedagogy as a Teaching Subject. Web of Teachers: Inderscience Research, 1(7), 153-157.

12. E'tibor, M. (2022). The Expressions of Facial Somatism "Head" in English Idioms. PEDAGOGS jurnali, 6(1), 353-356.

13. Jontoshevna, S. S. (2023). Methodology of Teaching Foreign Language or English to Cadets. Academia Science Repository, 4(04), 483-490.

14. Makhliyo, S. (2021). The syntactical classification of phraseological units with the lexeme "money". Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 2), 236-240.

15. Tenelbayev, R. (2023, September). Different Types of Writing in Teaching and Learning Process. In Proceedings of International Educators Conference (Vol. 2, No. 9, pp. 104-108).

16. Avezimbetova, A. J., & Tenelbayev, R. (2022). The Effectiveness of Using Writing Techniques in Teaching B2 Level Learners. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(6), 414-417.

17. Usmonova, R., Omonova, M., & Bobojonova, Z. (2020). Using innovative methods of teaching foreign languages. Academic research in educational sciences, (3), 692-696.

18. Usmonova, R. (2023). Teaching Listening: Problems and Solutions. Interpretation and researches, 1(10).

19. Khonsaidova, M. (2023). Transformative Learning: Promoting Learners'critical-Thinking Skills and Knowledge by Enhancing Applicable Approaches in Education System. GOLDEN BRAIN,, 1(26), 127-131.

20. Makhamadalievna, K. M. (2021). Integrated skills: basic analyses of writing skill. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 2(1), 13-16.

21. Azim, A. Y. Animals' Conception in Malay and Uzbek Culture.

22. Yuldashev, A. A. (2022). Relations of Language and Culture. Academic research in educational sciences, 3(10), 888891.

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

668

g

m

23. Fotima, K. (2023). Xorijiy til o 'rganuvchi talabalarda yozuv kompetensiyasini rivojlantirish. Involta Scientific Journal, 2(3), 113-115.

24. Maxamatxo'jaeva, G. U. (2022). Ozbek tiliga ingliz tilidan ozlashgan va o'zlashayotgan sozlar haqida bazi mulohazalar. Results of National Scientific Research International Journal, 1(8), 46-49.

25. Maxamatxo'jayeva, G., & Siddiqova, I. (2023). O'zbek tiliga ingliz tilidan o'zlashgan va o'zlashayotgan so'zlar haqida ba'zi mulohazalar. Til va adabiyot ta'limi, 3, 91-92.

26. Shuxratova, Z. S. (2023). Frazeologiyaning nazariy asoslari va o'rganilish tarixi. UzACADEMIA, 3(26), 160-165.

27. Shuxratova, Z., & Sadullayeva, N. (2023). Ingliz media matnlarida frazeologik birliklarning ifoda etilishi new york times gazetasidagi frazeologizmlar misolida. Til

va adabiyoti ta'limi, 2, 44-43.

28. Shirinoy Ortykalikizi Yusupova. (2023). Pedagogical Fundamentals of The Innovative Approach to Education in the Digital World. Web of Teachers: Inderscience Research, 1(8), 21-24.

29. Usmonova, R. (2020). Improving Listening Skill in Foreign Languages. International Engineering Journal for Research and Development, 5(1), 197-204.

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.