Научная статья на тему 'NUTQIY XATOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI'

NUTQIY XATOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
18337
932
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq / nutqiy xato / gap

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Muhayyo Zaripovna Abdiyazova, Bahorgul Yusupovna Mametova

Bugungi kunda chet tillarini o’rganish zamon talabiga aylanayotgani ona tilini mukammal o’rganish va bilishni taqozo etadi. O’z ona tilisini mukammal bilgan, hech qanday xatolarsiz yoza va gapira oladigan odam, shak-shubhasiz hamma yerda qadrlanadi. Ushbu maqola tildagi nutqiy xatolarga bag’ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NUTQIY XATOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021 _ISSN: 2181-1601

NUTQIY XATOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI

Muhayyo Zaripovna Abdiyazova Bahorgul Yusupovna Mametova

Xorazm viloyati Qo'shko'pir tuman 27-umumiy o'rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot

fani o'qituvchilari

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda chet tillarini o'rganish zamon talabiga aylanayotgani ona tilini mukammal o'rganish va bilishni taqozo etadi. O'z ona tilisini mukammal bilgan, hech qanday xatolarsiz yoza va gapira oladigan odam, shak-shubhasiz hamma yerda qadrlanadi. Ushbu maqola tildagi nutqiy xatolarga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: nutq, nutqiy xato, gap

Nutqiy xatolarga noto'g'ri (noo'rin) tanlangan so'zlar, noto'g'ri tuzilgan gaplar, morfologik shakllarni noto'g'ri ishlatish kiradi.

Boshlang'ich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, chunki ularni to'g'rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy ma'lumot yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam ish olib borish uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni o'rganish, shuningdek, ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to'g'rilash va oldini olish uchun zamin hozirlaydi.

Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi: lug'aviy-uslubiy, morfologik- uslubiy, sintaktik-uslubiy.

Boshlang'ich sinflarda lug'aviy-uslubiy xatolar ko'proq uchraydi. Bunday xatolarga quyidagilar kiradi:

1. Bir so'zni qayta-qayta ishlatish. Bunday xatoning kelib chiqishiga sabab, birinchidan, o'quvchi so'zni ishlatishga kam e'tibor beradi va faol lug'atidagi so'zdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o'quvchining so'z boyligi kam, sinonimlarni bilmaydi, takrorlanadigan so'zlar o'rniga olmoshlardan foydalana olmaydi.

Agar o'qituvchi bir so'zni qayta-qayta ishlatmaslik uchun uning ma'nodoshlaridan yoki shu so'z o'rniga olmoshlardan foydalanish kerakligini yaxshi tushuntirsa, kichik yoshdagi o'quvchi matnni e'tibor bilan o'qib, takrorlarini nisbatan tez tuzata oladi.

2. So'zning ma'nosini yoki ma'no qirrasini tushunmaslik natijasida uni aniq ma'nosida ishlata olmaslik. Bunday xato bolaning nutqi yaxshi rivojlanmaganligi, so'z boyligining kamligi sababli yuzaga keladi.

Leksik xatolar xilma-xil bo'lgani uchun uni to'g'rilash va tushuntirish usullari ham turlicha, ammo bunday xatolarning oldini olishning umumiy yo'li bor: bu yaxshi

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021 ISSN: 2181-1601

nutqiy sharoit yaratish, o'qilgan va qayta hikoya qilingan matnni til tomondan tahlil qilish, matndagi so'zlarning ma'no qirrasini tushuntirishdir.

3. Morfologik-uslubiy xatolarga so'z shaklini, so'z o'zgartuvchi va so'z yasovchi qo'shimchalarni noto'g'ri qo'llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi.

Sintaktik-uslubiy xatolarga so'z birikmasi va gap tuzishga oid xatolar kiradi. Bunday xatolar juda xilma-xildir.

Kompozitsion, mantiqiy va dalillarni noto'g'ri bayon qilish nutqiy xato hisoblanmaydi.

Tipik kompozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan rejaga mos kelmasligi, ya'ni voqea, kuzatishlarni bayon etishda izchillikning buzilishi kiradi.

Inshoga tayyorgarlik vaqtida o'quvchilar kuzatish, material to'plash, dalillarni tanlashda tartibsiz, rejasiz ish tutsalar, hikoyani qanday boshlash, keyin nimalar haqida yozish va uni qanday tugatishni aniq ko'z oldilariga keltira olmaydilar, natijada kompozitsion xatoga yo'l qo'yadilar. Bunday xato hikoya mazmunini to'liq qamrab ololmaslik, materialni o'z o'rniga joylashtira olmaslik natijasidir. Inshoni rejali, izchil yozish ko'nikmasi murakkab ko'nikma bo'lib, u o'quvchilarda muntazam bajariladigan mashqlar yordamida asta shakllana boradi.

Mantiqiy xatolar:

1. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur bo'lgan so'z, ba'zan zarur lavha, dalil tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tushunish uchun o'quvchining insho yozish vaqtidagi ruhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin yozadi, ammo ishga berilib ketib, tez fikrlaydi, ya'ni u hikoya mazmunini biladi, ammo tez fikrlash va sekin yozish natijasida ayrim o'rinlar yozuvda aks etmay qoladi.

2. Mantiqiy izchillik buziladi. Masalan, Zavodda paxtadan ip qilinadi. Terimchi paxtani paxta terish mashinasida teradi. Bunday mantiqiy xatolarni o'quvchilar matnni qayta o'qish va tahlil qilish jarayonida oson to'g'rilaydilar.

O'quvchilar yo'l qo'ygan xatolarni guruhlash, ularning turlarini aniqlash va har bir xatoning kelib chiqish sabablarini o'rganish asosida nutqqa oid xatolarni to'g'rilash va ularning oldini olish tizimi ishlab chiqiladi:

1) nutqqa oid xatolarni o'quvchilar daftarida to'g'rilash;

2) sinf o'quvchilari uchun umumiy bo'lgan nutqqa oid xatolar ustida sinfda ishlash (buning uchun darsning 15-20 minutlik qismi ajratiladi va tekshirilgan insho va bayon tahlil qilinadi, o'quvchilarning yo'l qo'yilgan xatoni mustaqil ravishda topishga va uni to'g'rilashga imkon beriladi);

3) ayrim individual xatolar ustida darsdan tashqari vaqtda ishlash, xatoni topish, tushuntirish va to'g'rilash;

Ko'rsatilgan yo'nalishlarning hammasi har bir sinf o'quvchilari uchun, ayniqsa, III va IV sinf o'quvchilari uchun muvofiq keladi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021 _ISSN: 2181-1601

Nutqiy xatolarni to'g'rilash va oldini olish til ustida ishlash bilan bog'lab, maqsadga muvofiq holda uyushtiriladi.

Nutqiy xatolarni to'g'rilash. O'quvchilar og'zaki va yozma nutqida yo'l qo'ygan nutqiy xatolarni o'z vaqtida to'g'rilab borish zarur. O'quvchi yo'l qo'ygan xatosining to'g'ri variantini o'zlashtirsin, imkoni bo'lsa, xatoning kelib chiqish sababini tushunsin. Xatoni to'g'rilashning eng foydali usuli yo'l qo'ygan xatosini o'quvchining o'zi to'g'rilashi hisoblanadi, agar o'quvchi xatosini to'g'rilay olmasa, uni o'qituvchi to'g'rilaydi. Xato turiga qarab to'g'rilanadi: gap yoki so'z birikmasi qayta tuziladi, so'z boshqasi bilan almashtiriladi, zarur so'z qo'shiladi, ortiqchasi ustidan chiziladi.

Insho yoki bayonni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun darsning ikkinchi qismi - 20-25 minuti ajratiladi. O'qituvchi o'quvchilar insho yoki bayonni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan matnni o'qib beradi, mazmundagi, mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va nutqiy xatolar aniqlanadi. Yo'l qo'yilgan xatoni to'g'rilash yo'li tushuntiriladi. SHundan so'ng xato ustida birgalikda ishlanadi: o'qituvchi yo'l qo'yilgan xatoning bir turini to'g'rilash yuzasidan topshiriq beradi: «Noo'rin ishlatilgan so'zni boshqasi bilan almashtiring». Xatosi bor matnni o'qib yoki yozib beradi, o'quvchilar yo'l qo'yilgan xatoni topadilar, maqsadga muvofiq so'z bilan almashtirib, uni to'g'rilaydilar va tushuntiradilar.

Grammatikaga oid mavzuni o'rganishda o'quvchilar yo'l qo'yishi mumkin bo'lgan xatoning oldini olish uchun mazkur mavzu ularga qanday imkoniyatlar yaratishi tushuntiriladi. Masalan, «Olmosh» mavzusini o'rganganda, kishilik olmoshlarining takrorlangan so'zlar o'rnida qanday ishlatilishi o'quvchilarga misollar bilan tushuntirilsa, ular ham insho yoki bayon yozishda shunga rioya qiladilar.

O'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirishdagi muvaffaqiyat quyidagi uch asosiy omilga bog'liq:

1) so'zga e'tibor bilan munosabatda bo'lish, o'quvchilarning ko'p mutolaa qilishi, atrofidagi kishilarning to'g'ri va ifodali nutqi, ya'ni nutqiy sharoit;

2) bolalarning nutqiy tajribasi qanday tashkil etilishi;

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, tog'ri yozuv qoidalari o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmaydi. Buning uchun o'qituvchining nutqi mukammal bo'lishi va u xatolar ustida ishlashni o'quvchilarga o'rgatishi, o'quvchilarning ham og'zaki va yozma nutqini mukammal bo'lishiga undashi lozim.

REFERENCES

1. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturi, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining axborotnomasi, 7-maxsus son. T.: SHarq, 1999.

2. Boshlang'ich ta'lim bo'yicha yangi tahrirdagi davlat ta'lim standarti, Boshlang'ich ta'lim jurnali. Toshkent, 2005. №5. 5, 6, 8-9-betlar.

3. Boshlang'ich ta'lim bo'yicha yangi tahrirdagi o'quv dasturi, Boshlang'ich ta'lim jurnali. Toshkent, 2005. №5. 21- 33 - betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.