Научная статья на тему '“NAVOIY ERKIN IQTISODIY ZONASI”DA XORIJIY MAMLAKATLAR BILAN INVESTITSION HAMKORLIK (XITOY MISOLIDA)'

“NAVOIY ERKIN IQTISODIY ZONASI”DA XORIJIY MAMLAKATLAR BILAN INVESTITSION HAMKORLIK (XITOY MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
268
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
erkin iqtisodiy zona / kichik sanoat zonasi / Navoiy viloyati / investitsiya / investor / investitsiya muhiti / investitsiya lohiyasi / xorijiy investitsiyalar / investitsion hamkorlik / O`zbekiston-Xitoy qo`shma korxonalari. / free economic zone / small industrial zone / Navoi region / investment / investor / investment climate / investment project / foreign investments / investment cooperation / Uzbek-Chinese joint ventures

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Oripjonov, Xushkiyor

Ushbu maqolada “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida xorijiy mamlakatlar, xususan, Xitoy bilan amalga oshirilayotgan investitsion hamkorlik masalalalari yoritgan. Erkin iqtisodiy zona hududida tashkil etilgan O`zbekiston-Xitoy qo`shma korxonalari – “Telecom Innovetion”, “Navoi Hunan Pulp”, “Hayat Power Cable Systems”, “Navoi Cable Connector” faoliyatiga alohida to`xtalib o`tilgan. Shuningdek, investitson hamkorlikning kelgusidagi istiqolli yo`nalishlari xususida fikrlar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INVESTMENT COOPERATION WITH FOREIGN COUNTRIES IN THE "NAVOY FREE ECONOMIC ZONE" (THE EXAMPLE OF CHINA)

This article covers investment cooperation with foreign countries, particularly China, in the Navoi Free Economic Zone. Uzbek-Chinese joint ventures established in the Free Economic Zone – Telecom Innovation, Navoi Hunan Pulp, Hayat Power Cable Systems, Navoi Cable Connector. The sides also exchanged views on perspective directions of investment cooperation.

Текст научной работы на тему «“NAVOIY ERKIN IQTISODIY ZONASI”DA XORIJIY MAMLAKATLAR BILAN INVESTITSION HAMKORLIK (XITOY MISOLIDA)»

"NAVOIY ERKIN IQTISODIY ZONASI"DA XORIJIY MAMLAKATLAR BILAN INVESTITSION HAMKORLIK (XITOY MISOLIDA)

«

https://doi.org/10.5281/zenodo.7354711

ORIPJONOV Xushkiyor Ilmiy maslahatchi: f.f.d.(DSc) Nasirova S.A.

^ Abstract: This article covers investment cooperation with foreign

countries, particularly China, in the Navoi Free Economic Zone. Uzbek-Chinese joint ventures established in the Free Economic Zone - Telecom Innovation, Navoi Hunan Pulp, Hayat Power Cable Systems, Navoi Cable Connector. The sides also exchanged views on perspective directions of investment cooperation.

Key words: free economic zone, small industrial zone, Navoi region, investment, investor, investment climate, investment project,

Annotatsiya: Ushbu maqolada "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasida xorijiy mamlakatlar, xususan, Xitoy bilan amalga oshirilayotgan investitsion hamkorlik masalalalari yoritgan. Erkin iqtisodiy zona hududida tashkil etilgan Ozbekiston-Xitoy qo'shma korxonalari - "Telecom Innovetion", "Navoi Hunan Pulp", "Hayat Power Cable Systems", "Navoi Cable Connector" faoliyatiga alohida to xtalib o tilgan. Shuningdek, investitson hamkorlikning kelgusidagi istiqolli yo'nalishlari xususida fkrlar bildirilgan.

Kalit so^zlar: erkin iqtisodiy zona, kichik sanoat zonasi, Navoiy viloyati, investitsiya, investor, investitsiya muhiti, investitsiya lohiyasi, xorijiy investitsiyalar, investitsion hamkorlik, Ozbekiston-Xitoy qo 'shma korxonalari.

Navoiy viloyati boy tabiiy resurslarga, ulkan iqtisodiy salohiyatga ega.

Bu boylikni xalqimiz manfaati yo'lida ishlatish, yangi ish orinlarini

yaratishga alohida etibor qaratilmoqda.

Sh.Mirziyoyev.

Malumki, Navoiy viloyati mamlakatimizning yuksak taraqqiy etgan hududlaridan biri. Ayniqsa, viloyat tabiiy boyliklarning ko'pligi, sanoat salohiyatining yuqori ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Ana shu imkoniyatlarni hisobga olgan holda 2009-yilda Ozbekistondagi birinchi erkin iqtisodiy zona aynan Navoiy viloyati hududida tashkil etilgan edi1.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish va Navoiy viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi" Qaroriga muvofiq foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari "Navoiy" ElZga kiritildi, shuningdek, Navoiy, Zarafshon shaharlari, Karmana va Xatirchi tumanlari nomi bilan ataluvchi kichik sanoat zonalari barpo etildi2.

1 Musayev P., Musayev J. Ozbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. Darslik. -T.: Sharq NMAK, 2019. -104.b.

2 Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish va Navoiy viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi" Qarori.

Investitsiya - bu iqtisodiyotning yuragi. Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, qaysi bir davlat faol investitsiya siyosatini yuritayotgan bo'lsa, oz iqtisodiyotida barqaror o'sishga erishgan hisoblanadi. Ozbekiston iqtisodiyotiga xorijiy invetitsiyalarni keng jalb etishda mamlakatimiz hududidagi erkin iqtisodiy zonalar muhim ahamiyatga ega.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 15-may kuni "Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo'naltirilgan va import ornini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to,g,risida"gi Farmoni elon qilindi. Unga binoan, Navoiy viloyatining butun hududi erkin iqtisodiy zona deb belgilandi. Navoiy viloyatini EIZ sifatida rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari sifatida innovatsion faoliyatni rivojlantirish, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb qilish, kimyo va qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo'yicha klasterlar tashkil etish, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmlarini rivojlantirish keltirib otilgan.

Erkin iqtisodiy zonalarda xo'jalik yurituvchi subyektlar bir qator imtiyoz va preferetsiyalarga ega boladi. Xususan, "Navoiy" EIZ ishtirokchisi maqomini olgan korxonalar quyidagi tolovlardan ozod etiladi:

- yer solig i, daromad solig i, yuridik shaxslar mol-mulk solig i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to'lovidan;

- bo'sh mablag'larni yangi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va texnik, texnologik qayta jihozlash, kengaytirish, ishlab chiqarish binolarini qurish, oz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur xomashyo va materiallar xarid qilishga maqsadli yo'naltirgan holda oz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan uskunalar, xomashyo, materiallar hamda butlovchi buyumlar, mahsulot eksport qilinganda vujudga keladigan qo'shilgan qiymat solig'ining manfiy summasi qaytarilmasligi huquqi bilan bojxona tolovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlaridan tashqari);

- respublikada ishlab chiqarilmaydigan hamda belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro'yxatlar bo'yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida olib kiriladigan qurilish materiallari bojxona tolovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlaridan tashqari)3.

Yuqorida sanab o'tilgan imtiyozlar kiritilgan investitsiya hajmidan kelib chiqqan holda 3 yildan 10 yilgacha muddatga quyidagi tartibda taqdim etiladi:

300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar - 3 yil muddatga;

3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar - 5 yil muddatga;

5 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar - 7 yil muddatga;

10 million AQSH dollari va undan kop hajmdagi investitsiyalar keyingi 5 yil davomida daromad solig i va yagona soliq to'lovining amaldagi stavkalarini 50 foiz hajmda qollangan holda - 10 yil muddatga beriladi4;

"Navoiy" EIZda Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Italiya, Hindiston singari bir qator mamlakatlar bilan hamkorlikda investitsiya lohiyalari amalga oshirib kelinmoqda. Bu borada Xitoy sarmoyalari ham oz o'rniga ega. Xitoy O'zbekiston iqtisodiyotiga eng ko'p investitsiya kiritayotgan davlatlardan biridir. Mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokidagi 700 dan ziyod

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-maydagi "Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo'naltirilgan va import o'rnini bosdigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to,g,risida"gi Farmoni.

4 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-maydagi "Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo'naltirilgan va import o'rnini bosdigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni.

kompaniya va korxona faoliyat ko'rsatmoqda. O'tgan yillar davomida xitoylik sarmoyadorlar O'zbekiston iqtisodiyotiga qariyb 7,8 milliard dollar miqdorida investitsiya kiritgan5.

Bugungi kunda "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasida 19 ta korxona faoliyat yuritmoqda, ulardan 4 tasi Xitoy investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan. "Navoiy" EIZ tashkil etilganidan buyon jami 122 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilgan. Shundan 35% ga yaqini to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar hisoblanadi6.

"Navoiy" erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan O'zbekiston-Xitoy qo'shma korxonalari haqida MALUMOT7

/r Korxona nomi Faoliyat boshlagan yili Loyiha tashabbuskori Loyiha qiymati, mln. dollar Yaratilgan ish o'rinlari soni

"Telecom Innovations" Ozbekiston-Singapur-Xitoy QK 2010 "Servetechno PTE Ltd" (Singapur), "ZTE Ltd." (Xitoy) kompaniyalari, "Telmax Elektroniks" MCHJ va "Ozbektelekom" AK 4,87 40

"Navoi Hunan Pulp" O'zbekiston-Xitoy QK 2011 "Hunan Aloft Imp Exp. Co. Ltd" kompaniyasi (Xitoy) va "Navoiyazot" OAJ 4,2 54

"Hayat Power Cable Systems" O'zbekiston-Xitoy QK 2013 "Gulf Cable Trading Company" kompaniyasi (Xitoy), Olmaliq kon-metallurgiya kombinati OAJ Ba "Uzkabel" QK 20,5 50

"Navoi Cable Connector" O'zbekiston-Xitoy QK 2015 "Gulf Cable Trading Company" kompaniyasi (Xitoy) 10,2 100

"Navoiy" EIZ hududida faoliyat olib borayotgan O'zbekiston-Xitoy qoshma korxonalari haqida alohida toxtalib otamiz:

1. "Telecom Innovation" O zbekiston-Singapur-Xitoy qo shma korxonasi - korxonada raqamli televideniye uchun yillik quvvati 50 ming dona bo'lgan tyunerlar ishlab chiqariladi.

2. "Navoi Hunan Pulp" MCHJ QK - ayollar va bolalar uchun yuqori sifatli gigiyena mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona. Bu yerda 8 turdagi mahsulot tayyorlanib, ularning

5 www.uza.uz - O'zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy sayti

6 Development of Navoi Free Industrial Economic Zone in Uzbekistan. -Seoul.: Knowledge Sharing Program, 2010. -P.62.

7 Ushbu jadval Navoiy viloyati hokimligining www.navoi.uz rasmiy sayti malumotlaridan foydalanilgan holda muallif tomonidan tuzilgan.

barchasi olimlar tomonidan innovatsion ishlanmalar tomonidan ishlab chiqariladi. Qo'shma korxonada ishlab chiqarish jarayonida yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar yaratishda yuqori texnologiyalardan foydalaniladi. Ishlab chiqarish uchun xomashyo AQSH va Xitoydan import qilinadi.

Korxonaning ustuvor maqsadlaridan biri - ichki va tashqi bozorlarda yuqori sifatli import o'rnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulot turlarini yaratishdan iborat. Bundan tashqari ishlab chiqarish jarayoniga chet el investitsiyalarini jalb etish, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalardan samarali foydalanish, yangi ish o'rinlarini yaratishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradi.

"Navoi Hunan Pulp" qoshma korxonasida ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar davlat ro'yxatidan o'tgan guvohnomaga, mahsulot samaradorligi va xavfsizligini ta'minlovchi sertifikatga ega.

3. "Hayat Power Cable Systems" MCHJ QK - "Navoiy" EIZda 400 kV gacha bo'lgan tikilgan polietilen izolyatsiyali kuchlanish kabellarini ishlab chiqarishni tashkil etish to'g'risidagi investitsion loyihaga asosan tashkil etilgan. Qo'shma korxonaning ustav kapitali 18,8 mln. AQSH dollariga teng bo'lib, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati (50%), "Uzkabel" AJ (25%) va Xitoyning "Gulf Cable Trading Company" (25%) uning ta'sischilari hisoblanadi.

4. "Navoi Cable Connector" QK - Xitoyning "Gulf Cable Trading Company" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan ishlab chiqarish quvvati. E'tiborli jihati shundaki, ushbu qo'shma korxona 100% Xitoy investitsiyalari asosida faoliyat boshlagan. Korxonaning asosiy faoliyat yo'nalishi alyuminiy va alyuminiy qotishmalaridan elektr kabellari, shuningdek, yuqori voltli elektr uzatkich liniyalari uchun elektr kabellari ishlab chiqarish hisoblanadi8.

"Navoiy" erkin iqtisodiy zonasida Ozbekiston va Xitoy o'rtasidagi investitsion hamkorlik mamlakatlarning iqtisodiy imkoniyatlari darajasida emasligini aytib o'tish lozim. 10 yil davomida atigi 4 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilgan, xolos. Navoiy viloyatining tabiiy resurs salohiyatidan umumli foydalanish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash, investitsion jozibadorlikni yaratish, bu hududga xorijiy mamlakatlar, xususan, Xitoy sarmoyalarini keng jalb etish asosiy ustuvor masalalardan hisoblanadi.

"Navoiy" EIZda Xitoy investitsiyalarini quyidagi tarmoqlarga olib kirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

- qurilish materiallari sanoati;

- to' qimachilik sanoati;

- oziq-ovqat sanoati;

- farmasevtika sanoati;

- transport-logistika;

- kimyo sanoati;

- eletronika va elektrotexnika sanoati;

- quyosh panellari ishlab chiqarish.

Xulosa sifatida shuni ta'kidlash joizki, Navoiy viloyati - ulkan investitsiya maydoni hisoblanib, u yerga xorijiy sarmoyadorlar diqqatini jalb etish, investitsiyalar oqimini kengayitish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish asosiy vazifalarimizdan biridir. Jahonning eng yirik iqtisodiyotiga ega davlati - Xitoy bilan amalga oshiriladigan savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlik esa har ikki mamlakat manfaatlariga to'la mos keladi. Asosiysi, iqtisodiyotimiz rivojida, xalqimiz turmush sharoitini yanada yaxshilanishda xorjiy investitsiyalar asosida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining o'rni beqiyos va ulardan oqilona foydalanish bizning mas'uliyaliyatimizda bo'lishi darkor.

8 Karimov D. O'zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish istiqbollari. Magistrlik dissertatsiyasi. -T.: TMI, 2018.-B.38.

REFERENCES

1. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-dekabrdagi "Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to'g'risida"gi Farmoni.

2. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini kengaytirish va Navoiy viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risidagi" Qarori.

3. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-maydagi "Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo'naltirilgan va import ornini bosdigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to,g,risida"gi Farmoni.

4. Development of Navoi Free Industrial Economic Zone in Uzbekistan. -Seoul.: Knowledge Sharing Program, 2010.

5. Musayev P., Musayev J. Ozbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. Darslik. -T.: Sharq NMAK, 2019.

6. Jorayev A. Erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish. Bitiruv malakaviy ish. -T.: TMI, 2013.

7. Karimov D. Ozbekistonda erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish istiqbollari. Magistrlik dissertatsiyasi. -T.: TMI, 2018.

8. www.uza.uz - Ozbekiston axborot agentligining rasmiy sayti

9. www.navoi.uz - Navoiy viloyat hokimligining rasmiy sayti

10. www.feznavoi.uz - "Navoiy" erkin iqtisodiy zonasi direksiyasining rasmiy sayti

11. С Хашимова. О ЯВЛЕНИИ КОНВЕРСИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2022.

12. С.А.Насирова (2021). Политическая метафора (на примере материала по кадровой политике современной КНР). In Resent Scientific Investigation (pp. 69-73).

13. Хашимова, С. А. (2020). ОСОБЕННОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ РЕЗУЛЬТАТИВНЫХ ГЛАГОЛОВ ПРИ ПОМОЩИ СУФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In Страны. Языки. Культура: сборник материалов XI-й международной научно-практической конференции/Под ред. проф. Абуевой ННМахачкала: ДГТУ. 391 с (p. 361).

14. Хашимова, С. А. (2020). Особенности образования неодушевлённых существительных при помощи суффиксации в современном китайском языке. Modern Oriental Studies, 2(2), 3446.

15. Nasirova, S. A. (2019). Modification of semantics of social terms of the modern Chinese language. Opción: Revista de Ciencias Humanas y Sociales, (24), 260-273.

16. Хашимова, С. А. (2022). АГГЛЮТИНАТИВНАЯ ОСОБЕННОСТЬ СУФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 196-202.

17. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10.

18. Насирова, С. А. (2020). Генезис общественно-политической терминологии китайского языка через призму истории китайской дипломатии. Modern Oriental Studies, 2(2), 22-33.

19. Хашимова, С. А. (2022). О НЕКОТОРЫХ ОСОБЕННОСТЯХ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОГО АСПЕКТА КОММУНИКАЦИИ (НА ПРИМЕРЕ КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА). SO 'NGIILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 1(1), 85-91.

20. Хашимова, С. А. (2022, September). ОБРАЗОВАНИЕ ПРИЛАГАТЕЛЬНЫХ С ПОМОЩЬЮ АФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In E Conference Zone (pp. 5-10).

21. Abdullayevna, H. S. (2020). Peculiarities of the formation of animated nonsignificant using suffixing in the modern chinese language. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1504-1511.

22. Хашимова, С. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ ЧИСЛИТЕЛЬНЫХ ПРИ ПОМОЩИ АФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. World scientific research journal, 7(1), 20-23.

23. Насирова, С. А., Хашимова, С. А., & Рихсиева, Г. Ш. ВЛИЯНИЕ ПОЛИТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ КИТАЯ НА ФОРМИРОВАНИЕ ОБЩЕСТВЕННО-ПОЛИТИЧЕСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ. Ответственный редактор, 162.

24. NS Abdullayevna.±£mRfflm^¥ffl^: ШЩ^—^Ь- 87, 0

25. С.А.Насирова. Институт евнухов в древнем Китае: причины возникновения и особенности (2022). Фундаментальные и прикладные научные исследования: актуальные вопросы, достижения и инновации. С. 187-188.

26. NS Abdullayevna. Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии (2019). In КИТАЙСКАЯ ЛИНГВИСТИКА И СИНОЛОГИЯ 3,384,2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.