Научная статья на тему 'NATAN MALLAYEVNING O„ZBEK ADABIYOTIDA TUTGAN O„RNI'

NATAN MALLAYEVNING O„ZBEK ADABIYOTIDA TUTGAN O„RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NATAN MALLAYEVNING O„ZBEK ADABIYOTIDA TUTGAN O„RNI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

NATAN MALLAYEVNING O'ZBEK ADABIYOTIDA TUTGAN O'RNI

A. Ch. Temirova

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o'qituvchisi, O'zbekiston

Olimning ilmiy faoliyatini o'rganish tadqiq etish xususan uning navoiyshunoslikka qo'shgan hissasi, ilmiy merosini o'rganish bugungi kunda dolzarb masala sanaladi. Filologiya fanlari doktori, professor Hamidjon Homidiy ta'kidlaganidek Natan Murodovich Mallayev ilmiy tadqiqot ishlarida jo'nlikdan, olimlik-u murabbiylikda nopoklikdan, do'stlar-u hamkasblar bilan hamkorlik va munosabatda tamagirlikdan, obro' orttirish yoki mansab egallash uchun laganbardorlikdan yiroq, poktiynat, zamonamiz allomalaridan biri edilar.

Zabardast olim Natan Murodovich Mallayev 1922-yili ziyoli oilasida tug'ilgan. Bolalik yillari Toshkentda o'tgan Natan Mallayev 29-maktabning yetti yillik o'qishni tugatgach, xotin - qizlar pedbilim yurtida tahsil oladi. Natan Mallayevning bolalik va o'smirlik paytlari og'ir sinovlarga to'la o'tgan. U Ikkinchi jahon urushi davrida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining O'zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan. Olim faoliyati davomida o'qituvchilikdan tortib professorlikkacha bo'lgan yo'lni bosib o'tgan. Ayni paytda Natan Mallayev o'z zamonining allomasi Maqsud Shayxzoda ilmiy rahnamoligida xorazmlik mashhur shoir, yetuk tarixchi va mohir tarjimon Shermuhammad Munis (1778-1829) hayot yo'li hamda ijod usuli mavzuida ilmiy ish yoza boshlaydi. Natan Mallayev aspirantura yillari Xorazm pedagogika instituti va Toshkent dorulfununi (hozirgi Milliy universitet)da tolibi ilmlarga o'zbek adabiyoti tarixidan ma'ruzalar o'qidi. Ilmiy ish himoyasi 1948-yilda ro'y berdi, ana shu yildan e'tiboran Natan Mallayev o'z taqdirini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti bilan bog'ladi. Hali 1948-yilda Natan Mallayev endi 26 yoshga to'lgan navqiron yigit edi, ana shu yosh muallim o'zining butun kuchini o'rta maktab va oliy o'quv yurtlari uchun darsliklar yozishga dastrular tuzishga, xrestomatiyalar yaratishga baxshida etdi. Ana shu harakatlarning samarasi o'laroq 1953-yili olimning 8-sinflar uchun "O'zbek adabiyot tarixi" darsligi nashr yuzini ko'rdi. Bu darslik shu tariqa qirq yilga yaqin amalda bo'ldi, to'g'ri ushbu darslik mualliflari tarkibiga I.Ismatov va professor G'.Karimovlar kiritilgan. Filologiya fanlari doktori, professori Begali Qosimov bir suhbatda ta'kidlaganidek, "Yaqin 30 yil davomida adabiyotshunoslarning butun bir avlodi Mallayev darsliklaridan saboq olib voyaga yetdi" . Bu gapni nafaqat Qosimov, balki mashhur shoir-u adiblarimiz Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, O'tkir Hoshimovlar ham ushbu darslikning yuksak qadrini aytib o'tgan edilar O'zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov bir suhbatda shunday degan edi: "Nafaqat mening darslarimni tinglagan talabalar, balki o'zim va men tengi olimlar ham shu darslikdan ko'p foyda olganmiz". Shuning o'zi mazkur kitobning ulkan ma'rifiy-amaliy va ilmiy qimmatini ko'rsatadi.

389

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

Natan Mallayevning avestoshunoslikka qo'shgan hissasi soha vakillari tomonidan munosib baholanib, olim "Birinchi o'zbek avestoshunosi" sifatida e'tirof etilgan. Zeroki, ustoz "Avesto" ning yaratilish tarixi, yodgorlikning tarkibiy qismlari, mohiyati ancha izchil, asosli tahlil qilgan.

Adabiyotshunos olim Natan Mallayev butun umrini o'qish-o'rganish izlanish yo'lida sarf etgan. Mehnatlari samarasi o'laroq mumtoz adabiyotning turli jabhalariga aloqador kitob risola qo'llanma darsliklarni nashr etilgan olimning navoiyshunoslik sohasiga qo'shgan hissasi ilmiy ahamiyatga molik. Uning quyida kitoblari keltirilgan:

1. "Navoiy lirika".

2. "O'zbek adabiyoti trixi"

3. "Asrlar e'tirofi va ta'zimi"

4. "So'z san'atininggultoji"

5. "Navoiy vaxalq og'zaki ijodi"

6. "Navoiy ijodining xalqchil negizi"

7. "Navoiy va Abdurahmon Jomiy"

8. "Navoiy va anti dunyo"

9. "Genial shoir vamutafakkir"

N.Malayev "Genial shoir va mutafakkir " Risola buyuk o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning 578 yilligiga bag'ishlanadi. Unda Navoiy yashagan davr, Navoiyning hayoti va faoliyati haqida lo'nda ma'lumot beriladi, shoir lirikasi, "Xamsa" va boshqa asarlarining muhim xususiyatlari yoritiladi hamda Navoiyning jahon adabiyoti taraqqiyotida tutgan o'rni qayd qilinadi

Risolaga Navoiy hayoti va faoliyatining muhim sanalari, Navoiy yaratgan asarlar ro'yxati, Navoiy haqida yaratilgan ilmiy-ommabop asarlar bibliografiyasi va Navoiy nomi bilan atalgan muhim joylar ro'yxati ilova qilinadi. Risola keng kitobxonlarga, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida foydalanishga mo'ljallangan.

O'sha yillari metindek irodali N.M. Mallayev qizg'in ijodiy ish bilan band bo'ldi. ketma-ket "Turkiston viloyati gazetasi" sahifalarida, "G'azal janri taraqqiyotida Navoiyning o'rni", "Majolis un-nafois" Sharq tazkiranavisligida yangi bosqich" singari masalalarga doir turkum tadqiqotlar yaratdi. Sadriddin Ayniyning "Qisqacha tarjimai holim"ini, Sotim Ulug'zodaning "Rudakiy" dramasi. Jomiy "Bahoriston"idan bir necha faslni zo'r mahorat bilan o'zbek tiliga tarjima qilgan. Muttasil ilmiy-ijodiy ishlarni olib borgan.

Natan Murodovich Mallayevning "Navoiy ijodiyotining xalqchil negizi" asarida Navoiy va xalq san'ati hamda Navoiy va xalq poetik ijodi masalalari haqida bahs yuritiladi. Bu masalalar Navoiy ijodiyotini, uning adabiy merosini yanada to'laroq va mukammalroq bilib olishga xizmat etadi. Adabiyot o'qituvchisi Navoiy mavzunni o'tar ekan, ulug' shoir va mutafakkir ijodiyotining hayotiyligi va xalqchil negizini chuqurroq yoritishi, muammoli masalalarga ham, kichik hayotiy lavha va detallarga ham katta e'tibor berishi kerak. Shu bilan birga, Navoiy asarlarini, xususan «Farhod va Shirin»ni matnini o'rganishda o'quvchilarni mustaqil ravishda hayot lavhalariga doir parchalarni aniqlash va tavsiflashga,

390

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

etnografiyaga, xalqning urf-odati va an'analariga doir materiallarni, xalq poetik ijodi namunalarini to'plash va sharhlashga o'rgatish lozim. [2. 6-b].

Risolalariyu darsliklarida xalq og'zaki ijodi bilan yozma adabiyotning o'zaro ta'sir munosabatiga alohida e'tibor berib kelayotgan olim endi Navoiy va xalq og'zaki ijodi muammosi bilan shug'ullana boshladi. Natijada, "Xazoyin ul-maoniy"da folklor izlari", "Xamsa"ning xalq og'zaki ijodiga ta'siri", "Navoiy dostonlarining folklor variantlari" singari keng qamrovli muhim masalalar adabiyotshunoslikda birinchi dafa qiyosiy-tipologik tarzda tekshirildi. Xususan, XVIII asrda yashab o'tgan, ijodiy merosi o'sha yillari hali o'rganilmagan adibi Umar Boqiy tomonidan Navoiy dahosidan fayz topib yaratilgan "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" qissalarining o'ziga xos xususiyatlari: ularda bir tomondan, an'anaviy syujet, obrazlarning mutlaqo yangicha talqini, ayni paytda har ikki asarning til va uslub, badiiy-tasviriy vositalarining qo'llanilish jihatidan ayricha badiiylikka ega ekanligi chuqur ilmiy tahlil qilingan. Ana shu uzluksiz zahmatlar, yangi-yangi topqirliklar natijasida "Alisher Navoiy va xalq og'zaki ijodi" nomli katta tadqiqot yuzaga keldi va O'zbek hamda rus tillarida alohida monografiya sifatida nashr qilindi. Olim kitobda ko'plab sarchashmalarga, G'arb va Sharq olimlarining kuzatishlariga suyanib, "Xamsa" dostonlarida tasvirlangan mavzu hamda timsollarning asl negizi - folklor motivlarini aniqlab, tahlil qilib umumlashtirilgan bo'lsa, ikkinchi tomondan esa, besh asr davomida o'zbek va qardosh xalqlar og'zaki ijodida Navoiy haqida yaratilgan hikoyat, rivoyat, naqllarni qiyosan o'rgangan, "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" dostonlarining xalq kitoblari shaklida, ertak tarzida og'izdan-og'izga ko'chib yurgan variantlarini tadqiq etgan

Natijada, muallif adabiyotshunosligimizda hali o'rganilmagan bir muammoni yechishga muvaffaq bo'lgan. Keng ilmiy jamoatchilik olimning salohiyati, qudratiga har jihatdan tan berdi va u ana shu monografiyasi uchun filologiya fanlari doktori (1978) ilmiy darajasini olishga muyassar bo'ldi Professor N.M.Mallayev mazkur tadqiqoti bilan o'zbek adabiyotshunosligida yangi bir yo'nalish - o'zbek mumtoz adabiyoti va xalq og'zaki ijodining o'zaro ta'siri yo'nalishini kashf etdi. Uning ushbu asaridan so'ng safdoshlari, shogirdlari, yosh olimlar og'zaki ijod bilan adabiyot munosabatining jihatlarini o'rgana boshladilar. "Lutfiy va folklor" "Bobur va xalq og'zaki ijodi", "Hozirgi o'zbek adabiyotida folklor an'anasi" singari bir qancha risolalar yuzaga keldi.

References / Adabiyotlar

1. Natan Mallayev "Genial shoir va mutafakkir"

2. Natan Mallayev "Navoiy ijodiyotining xalqchil negizi"

391

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.