Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY LIRIKASI NATAN MALLAYEV TALQINIDA'

ALISHER NAVOIY LIRIKASI NATAN MALLAYEV TALQINIDA Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1789
90
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalq og‘zaki ijodi / ilhom / asar / munosabat / g‘azal / mohiyat / doston / mifologiya / folklore / inspiration / work / attitude / gazelle / essence / epic / mythology.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Anora Cho‘Yan Qizi Temirova, Nodira Djoxongirovna Xolikova

Ushbu maqolada Natan Mallayev talqininidagi Navoiyning ayrim lirik asarlari tadqiq etiladi, shoirning sermahsul ijodiga folklorning ta’siri haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ALISHER NAVOI LYRICS IN THE INTERPRETATION OF NATAN MALLAYEV

The article examines some of Navoi's lyric works as interpreted by Nathan Mallaev and discusses the influence of folklore on the poet's fruitful work.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY LIRIKASI NATAN MALLAYEV TALQINIDA»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022

ALISHER NAVOIY LIRIKASI NATAN MALLAYEV TALQINIDA

Anora Cho'yan qizi Temirova

Toshkent viloyati, Chirchiq davlat pedagogika institute Gumanitar fanlar fakulteti II

bosqich magistranti

Ilmiy rahbar: Nodira Djoxongirovna Xolikova

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Natan Mallayev talqininidagi Navoiyning ayrim lirik asarlari tadqiq etiladi, shoirning sermahsul ijodiga folklorning ta'siri haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: xalq og'zaki ijodi, ilhom, asar, munosabat, g'azal, mohiyat, doston, mifologiya

ALISHER NAVOI LYRICS IN THE INTERPRETATION OF NATAN

MALLAYEV

ABSTRACT

The article examines some of Navoi's lyric works as interpreted by Nathan Mallaev and discusses the influence of folklore on the poet's fruitful work.

Keywords: folklore, inspiration, work, attitude, gazelle, essence, epic, mythology.

KIRISH

Xalq ijodiyoti san'atkorlarga ilhom, kuch-quvvat va mahorat bag'ishlaydi. Xalq ijodidan bahramand bo'lmagan biror buyuk san'atkorni tasavvur etib bo'lmaydi. Soz san'atkorlarining folklor asarlaridan ijodiy foydalanishi yozma adabiyotning taraqqiysiga, shu bilan birga, xalq asarlarining saqlanib qolishi va yangicha umr ko'rishiga xizmat qiladi. Ayni chog'da yozma adabiyot ham xalq ijodiyotining ravnaqi va takomiliga faol ta'sir etadi. Chinakamiga xalq ommasiga mansub bo'lgan og'zaki ijodiyot bilan yozma adabiyotning o'zaro munosabati va bir-biriga ta'siri mana shundaydir.Demak, so'z san'ati tarixi folklor bilan boshlanadi, u yozma adabiyotning vujudga kelishiga zamin, uning taraqqiyotiga boy ma'naviy-badiiy manba sifatida xizmat qiladi, ayni chog'da, yozma adabiyotga ham folklorning takomiliga samarali ta'sir etadi.

ASOSIY QISM

So'z san'atining - folklor va yozma adabiyotning shakllanishi va taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatlar va tipologik hodisalar bilan birga, har bir xalq folklori va

247

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

yozma adabiyotining shakllanishi va takomili o'ziga xos zamin, sharoit, xususiyat va ichki qonuniyatlarga ham egadir. O'zbek xalqi boy va qadimiy og'zaki va yozma adabiyotga ega. U jahon madaniyati xazinasiga «Alpomish», «Go'ro'g'li" dostonlari, ajoyib ertak va qissalar hamda «Xazoyin ul-maoniy», «Xamsa" va «Boburnoma» kabi buyuk obidalarini qo'shdi.

O'zbek madaniyatining ildizlari juda qadim zamonlarga, barcha O'rta Osiyo xalqlari uchun mushtarak bo'lgan madaniyat yodgorliklariga borib taqaladi. Qadimgi O'rta Osiyo ilk sivilizatsiya beshiklaridan biri bo'lgan. Urta Osiyo aholisi sun'iy sug'orishga asoslangan dehhonchilik, hunarmandchilik, san'at sohalari, shaharlar qurish, me'morchilik, ilm-fan va boshqa sohalarda katta yutuqlarga erishgan. Asrlar osha bu ko'hna tarixning ayrim nodir yodgorliklari bizga qadar saqlanib qolgan, olimlar qadimiy madaniyatning yangi-yangi noyob obidalarini kashf etmoqdalar.

O'rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi zamonlarga oid ayrim og'zaki adabiyot yodgorliklari ba'zi bir manbalar orqali bizga qadar saqlanib holgan. Bu yodgorliklar miflar, afsonalar, hahramonlik eposi, qo'shiq, lirik she'r va boshqalardan iborat. Ulardan ba'zilari O'rta Osiyo xalqlarining og'zaki va yozma adabiyoti hamda san'atida chuqur iz qoldirgan. Jumladan, «Kitobi Jamshid», «Rustami Doston» va boshqalar bunga misol bo'la oladi. O'zbek xalq dostoni «Oysuluv» esa obraz, syujet va kompozitsiya jihatidan qadimgi hahramonlik eposi «To'maris» va qisman «Shiroq»ha monand keladi.

O'zbek xalq og'zaki ijodida hozirga qadar o'nlab mifologik va afsonaviy obrazlar yashab kelmoqda. Kishilarni halokatdan qutqaruvchi suv xudosi Hubbi (Erhubbi) shunday obrazlardandir. Bundan tashqari, ayrim qadimgi shaharlarning bino bo'lishi va nomi haqida ham shu kunga qadar turli afsonalar hikoya qilinadi. Mifologik, afsonaviy qahramonlar obrazi tasviri amaliy san'atda ham mujassamlangan. Xorazm, Zarafshon, Surxon vodiysi va boshha joylarda topilgan san'at yodgorliklari Mitra, Kayumars, Anaxita kabi mifologik-afsonaviy qahraminlarni eslatadi.

Alisher Navoiy xalq og'zaki ijodiga ma'naviy va badiiy xazina deb qarab, unga doimo murojaat qilar, xalq asarlarining syujet va kompozitsiyasidan, obrazlar sistemasi va san'atkorlik sirlaridan o'rganar, ilhom olar va bahramand bo'lar edi. U xalq ijodini sevib, undan bahramand bo'lgan qalam ahllarini doimo kadrlar edi. Masalan, «Majolisun-nafois»da shoir Mirzo Hoji Sug'diy hahida so'zlar ekan, bir baytida xalq maqolini o'rinli ishlatganini alohida ta'kidlaydi va shoirni taqdirlaydi: «Mirzo Hoji Sug'diy ham Samarkandlig'dur. Va ul mulukning odamizodalaridandur. Agarchi ba'zi mahalda garib nimalar tab'idin bosh urar erdi, bu baytda xiyli so'z rangi va choshnisi borkim:

O'xshatti qomatingga sanubarni bog'bon, Bechora bilmas ermish alifdin tayog'ni.

Bugina masalni yaxshig'ina bog'log'oi uchun umid ulkil Tengri taolo anga rahmat qilmish bo'lg'ay»

Navoiy xalq poetik ijodiyotini bilmagan yoki uni mensimagan, xalq she'riyatidan ta'lim va bahra olmagan nozimlarni qattiq horalaydi, tanqid qiladi.

Bu jihatdan xususan «Hayratul-abror"ning muqaddima boblaridan bo'lgan XV bob diqqatga sazovordir. Bob shunday nomlanadi: «Bir necha so'z ul ma'nidakim, so'zdagi ma'ni joni dururkim, so'z qolibi onsiz hol ne durur jonsiz va ani topmoq ishini kishi bilmas, balki ani topqon kishi topilmas va ahli gazof noin soflig'ig'a munsif bo'lmoq, balki o'z gazofig'a insof berib, alarning uzrin qilmoq» [1].

deb baholagan shoir, o'z ruhiy holati va istaklarini ifodalab, shoirlar davrasi, mushoira va may bazmini qo'msagani, turkcha qo'shiq kuylamoqchi bo'lganini aytadi:

Biroq ba'zan shoirning orzusi ushalmaydi, u qalbiga yaqin kishilarni topolmaydi, bekaslikdan shikoyat qiladi va shoirman deb bong urgan maza-matrasiz misralarni nazmga tizgan, xalq ijodiyotidan bebahra, xalq ma'naviyatidan yiroq nozimlarni qattiq horalaydi:

U mana shunday «san'atpardoz»larning kerilishi, izhori fazl qilishi va in'om-ehson tama qilishlaridan yanada qattihroq ranjiydi.

Alisher Navoiy o'z lirikasida hayot voqealarini rostgo'ylik bilan tasvirlagan, kitobxonga ma'naviy-badiiy zavq-shavq bergan, uning fikri va didini takomillashtirgan ijodkor. Natan Mallayev esa o'z o'rnida Navoiy siymosini XX asr o'zbek kitobxoniga ko'p jihatdan yetkazib berishda, uning she'rlaridagi ramziylik va mohiyatni anglatishda eng kata hissa qo'shgan adabiyotshunosdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. ^aööopoB, H. (2021). MaoHHH axnHHHHr coxuökupohh.

Shoirlarni g'avvos, ma'noni so'z gavhari: «Ul kishi so'z bahrida g'avvos erur, Kim guhari ma'ni anga xos erur», -

Turk surudi bila solib qo'lum, Qilsam ayada qaytulugum, qaytulum. Ul qila olmasa hamovozlik, Qilsa ayolg'u bila dameozlik.

...Anglamayin so'zda tuyuq bahrini, Qaysi tuyuq, balki qo'shiq bahrini. Lafzlari bemaza, tarkibi sust, Nosara ma'niyu ado nodurust [3].

XULOSA

2. Сирожиддинов, Ш. Юсупова Д., Давлатов О. (2019). Навоийшунослик.

3. Юсупова, Д. (2013). Узбек адабиёти тарихи (Алишер Навоий даври). Укув кулланма

4. Холикова, Н. (2020). Узбек мумтоз адабиётида хотин-кизлар образининг бадиий тадрижи (Ширин образи мисолида). Academic research in educational sciences, (3).

5. Kholikova, N. D. (2020). The genesis and poetic evolution of character Shirin. Alisher Navoi and the XXI centure.

6. Djokhongirovna, K. N. (2020). The period of national awakening in uzbek poetry echo of the treasure voice of the nation. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 4045-4054.

7. Холикова, Н. (2020). 9-синф адабиёт дарсида ширин образини генезисига кура урганиш. Science and Education, ^(Special Issue 2).

8. Kholikova, N. (2020). POETIC FEATURES OF UZBEK POETRY OF THE NATIONAL AWAKENING PERIOD. Theoretical & Applied Science, (4), 615-623.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.