Научная статья на тему 'ERTAK ATAMASINING PAYDO BO‘LISH TARIXI VA UNING XALQ OG‘ZAKI IJODIDAGI O‘RNI'

ERTAK ATAMASINING PAYDO BO‘LISH TARIXI VA UNING XALQ OG‘ZAKI IJODIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1079
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
epik / motiv / o‘tirik / ir / istiloh

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sevinch Zayniddin Qizi G‘Afforova

Ertak xalq og‘zaki badiiy ijodining eng qadimiy, ommaviy, hajman yirik, katta-yu kichiklar uchun baravar qiziqarli bo‘lgan janridir. Ular uzoq o‘tmishda ibtidoiy ajdodlarimizning mifologik dunyoqarashi, qadimiy urf-odatlari, marosimlari asosida paydo bo‘lgan. Ijtimoiy davrdan to bugungi kunga qadar ertak istilohining shakllanishida turli qarashlar mavjud bo‘lib, quyida ular xususida to‘xtalib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ERTAK ATAMASINING PAYDO BO‘LISH TARIXI VA UNING XALQ OG‘ZAKI IJODIDAGI O‘RNI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH

ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ERTAK ATAMASINING PAYDO BO'LISH TARIXI VA UNING XALQ

OG'ZAKI IJODIDAGI O'RNI

Sevinch Zayniddin qizi G'afforova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

Ertak xalq og'zaki badiiy ijodining eng qadimiy, ommaviy, hajman yirik, katta-yu kichiklar uchun baravar qiziqarli bo'lgan janridir. Ular uzoq o'tmishda ibtidoiy ajdodlarimizning mifologik dunyoqarashi, qadimiy urf-odatlari, marosimlari asosida paydo bo'lgan. Ijtimoiy davrdan to bugungi kunga qadar ertak istilohining shakllanishida turli qarashlar mavjud bo'lib, quyida ular xususida to'xtalib o'tiladi.

Kalit so'zlar: epik, motiv, o'tirik, ir, istiloh

Ertaklarning mustaqil janr sifatida qaror topishi real voqea va hodisalar, olam haqidagi ibtidoiy tushunchalar xayoliy formada ifodalangan davrdan boshlangan. Chunki bu davrda konkret voqea hodisalar, urug' va qabilalar turmushi bilan bog'liq miflar, an'anaviy urf-odatlar o'z kuchi va maishiy vazifasini yo'qotib, kishilar ongida g'aroyib narsa bo'lib anglashila boshlagan edi. Ana shu real voqea va hodisalarning badiiy talqini ertak tarkibidagi epic motivlarni yuzaga keltirgan. Ertak motivlarining dastlabki namunalari ta'limiy-didaktik xarakterda bo'lib, keyinchalik ijtimoiy-maishiy mohiyat kasb etgan.

Ertaklarda, odatda, xalqning maishiy turmushi va oliyjanob insoniy fazilatlari haqidagi orzu-o'ylari xayoliy va hayotiy uydirmalar vositasida bayon etiladi. Ertak terminining shakllanishida turli davrlarda turlicha qarashlar mavjud bo'lib, ular quyidagilar:

1. Ertak termini Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'oti-t-turk" asarida "etuk" tarzida qo'llangan: "Etuk - hikoya,ertak; biror maqsadni shohga bildirish, hikoya qilish uchun ham bu so'z qo'llanadi. Asli bir narsani hikoya qilishdan olingan"1.

2. "Ertak" so'zi "er", aslida "ir" ("yir", "jir") so'ziga o'xshatishni bildiruvchi "tak" qo'shimchasining qo'shilishidan tarkib topgan bo'lib, qo'shiqqa o'xshash degan ma'noni anglatadi. Negaki, ertaklarning sajli boshlanmasi qo'shiqqa o'xshab ketadi. Shuningdek, ba'zi ertaklar tarkibida she'riy qismlar ham uchrab turadi. Bu o'rinda "Musicha", "Yoriltosh" ertaklarini eslash kifoya. Lekin ertakda

1 Mahmud Koshg'ariy. Turkiy so'zlar lug'ati(Devonu lug'oti-t-turk). III tomlik. I tom. -T.: Fan, 1960. -B.98

ANNOTATSIYA

UZBEKISTAN

www.caajsr.uz

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

she'riy parchalar uchrashi odatiy hol emas. Shu sababli ertak xalq nasri namunasi hisoblanadi. "Ir yo yir" Alisher Navoiy zamonida ham og'zaki hikoya yo doston ma'nolarini anglatganki, bu xususda u shunday ma'lumotni yozib qoldirgan:

Ey yirov, sen ham ishingni ko'rguz, Yotug'on birla ulug' irni tuz . Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Navoiy tilga olayotgan "ulug' ir" birikmasi aslida doston ma'nosida bo'lib, uni yotug'on [hozir do'mbira] jo'rligida yirov [baxshi] ijro etgan. Yirov yoki jirov hozir ham xalq an'anaviy dostonlari ijrochisini anglatadi. Qolaversa, usmonli turklarda iztek va boshqirdlarda hozir qo'llanilayotgan irtek, ya'ni nasr va nazmdan iborat doston istilohi, o'sha tarixiy qatlamni hamon ifodalab turibdi. Bu orqali esa Navoiy qalamiga mansub "ulug' ir" doston janrining qadimiy ekvivalenti ekanligi asoslab berilgan.

3. Navoiy o'z asarlarida "cho'rchak" istilohini qo'llaydi hamki, "ir" doston atamasidan farqli ravishda ertak termini xususiyatlariga mos keladi:

Habibim husni vasfin uyla muhlik anglakim bo'lg'ay,

-5

Qoshinda qissai Yusuf bir uyqu keltirur cho'rchak . Shunisi ahamiyatliki, Navoiy qo'llagan "cho'rchak" istilohi hozir Toshkent muzofotida "cho'pchak" va uyg'urlarda "cho'chek" shakllarida fonetik o'zgarishga uchragan holda iste'moldadir.

4. Jonli xalq tilida ushbu termin viloyatlar kesimida farqlanib, ertangi bo'lib o'tgan, qadimgi zamonlardan "qilinajak hikoya" ma'nosida Namangan viloyatining Janubiy qismida "ertangi" deb yuritilsa, matal shaklida - Samarqand, Farg'ona va Surxondaryoda, varsoqi shakli - Xorazmda, ushuk -Buxoroda, cho'pchak - Toshkentda, yana boshqa bir qator maskanlarda hikoya, hikoyat, og'zaki hikoya, o'trik yoki o'tirik, afsona deb yuritiladi.

Demak, hayot haqiqati bilan bog'liq bo'lib, fantastic hamda hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g'oya tashuvchi og'zaki hikoyalar ertak deb ataladi va yuqoridagi manbalarga tayangan holda,insonni yaxshilikka yetaklovchi, uning orzu-umidlari aks etgan epic birlik asrlar davomida o'xshash terminlar asosida atalib kelingan va bugungi kun folklorshunosligida "ertak" ilmiy istiloh sifatida qabul qilinib, muqim muomaladadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Afzalov M. O'zbek xalq ertaklari haqida T : "FAN"1964, 21 b.

2. Chicherov V.I Russkoe narodnoe tvorchestvo. M., 1950 C. 272-276.

2 Qarang: Mallayev N.M. Navoiy ijodiyotining xalqchil negizi. T. 1980, 130-b.

3 Alisher Navoiy. MAT. 20 tomlik 4 tom T., 1989 225-b

660

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH

ISSN: 2181-2489 VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

3. Imomov K , Mirzayev T. , Sarimsoqov B. , Safarov O. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. T. : "O'qituvchi", 1990

4. Imomov K. O'zbek xalq prozasi. T .: "FAN", 1981, 22-b.

5. Mahmud Koshg'ariy. Turkiy so'zlar lug'ati(Devonu lug'oti-t-turk). III tomlik. I tom. -T.: Fan, 1960. -B.98

6. Pomerantseva E.M. russkaya skazki.M., 1963 C.4

7. Qarang: Mallayev N.M. Navoiv ijodiyotining xalqchil negizi. T. 1980, 130-b.

8. https://www.indianj ournals.com/ii or.aspx?target=ij or: aca&volume=10&issue=5&a

9. https : //www.indianj ournals.com/ij or.aspx?target=ij or: aca&volume=11 &issue=2&a rticle=067

rticle=148

UZBEKISTAN

www.caajsr.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.