Научная статья на тему 'NAFOSAT FALSAFASIНИНГ TADQIQOT DOIRASI VA ESTETIK ME`ZONLARI'

NAFOSAT FALSAFASIНИНГ TADQIQOT DOIRASI VA ESTETIK ME`ZONLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

4352
1176
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nafosat falsafasi / estetika / badiiylik / sanʼat / estetik mezon / nazariya / konsepsiya / go‗zallik / uyg‗unlik / tabiat / ijod / estetik hissiyot / dizayn / философия эстетического / эстетика / художественность / искусство / эстетическая критерия / теория / концепция / прекрасное / гармония / природа / творчество / эстетическое чувство / дизайн.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Dilbar Salixovna Kadirova

Maqolada nafosat falsafasining tadqiqod doirasi, uning miqyosiyligi va qo‗llanish sohalari tahlil qilingan. Shuningdek, go‗zallik va uyg‗unlikning-maʼlum bir estetik meʼyor va estetik qonuniyatlar asosida vujudga kelishi, nafosatning yaratilishida estetik mezonlarning o‗rni va ahamiyati tadqiq qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье анализируются рамки изучения философии эстетического ее масштабы и области применения. Также обосновывается возникновение красоты и гармонии на основе определенных норм и законов эстетики, роль и значение эстетических критериев в создании прекрасного

Текст научной работы на тему «NAFOSAT FALSAFASIНИНГ TADQIQOT DOIRASI VA ESTETIK ME`ZONLARI»

NAFOSAT FALSAFASIHKHP TADQIQOT DOIRASI VA ESTETIK

MEZONLARI

Dilbar Salixovna Kadirova

O'zbekiston Milliy universiteti dilbarkadirova! @gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada nafosat falsafasining tadqiqod doirasi, uning miqyosiyligi va qo'llanish sohalari tahlil qilingan. Shuningdek, go'zallik va uyg'unlikning-ma'lum bir estetik me'yor va estetik qonuniyatlar asosida vujudga kelishi, nafosatning yaratilishida estetik mezonlarning o'rni va ahamiyati tadqiq qilingan.

Kalit so'zlar: nafosat falsafasi, estetika, badiiylik, san'at, estetik mezon, nazariya, konsepsiya, go'zallik, uyg'unlik, tabiat, ijod, estetik hissiyot, dizayn.

АННОТАЦИЯ

В статье анализируются рамки изучения философии эстетического ее масштабы и области применения. Также обосновывается возникновение красоты и гармонии на основе определенных норм и законов эстетики, роль и значение эстетических критериев в создании прекрасного.

Ключевые слова: философия эстетического, эстетика,

художественность, искусство, эстетическая критерия, теория, концепция, прекрасное, гармония, природа, творчество, эстетическое чувство, дизайн.

ABSTRACT

The article analyzes the framework of the study of aesthetic philosophy, its scope and scope. It also substantiates the emergence of beauty and harmony on the basis of certain norms and laws of aesthetics, the role and significance of aesthetic criteria in the creation of beauty.

Keywords: aesthetic philosophy, aesthetics, artistry, art, aesthetic criterion, theory, concept, beauty, harmony, nature, creativity, aesthetic sense, design.

Ma'lumki, Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin, ko'p o'tmay, u goh «go'zallik falsafasi», goh «san'at falsafasi» sifatida talqin etila boshlandi, chunki estetika go'zallikni san'atni, badiiy ijodni boshqalarni o'rganadi.

April, 2023

49

Baumgartenning bu boradagi hizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma'nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos - «oyestetikos» so'zidan «estetika» (olmoncha «estetik» - «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo'shliqni to'ldirdi1.

Nafosat falsafasining predmeti xususida ko'plar qarashlar mavjud.

Psixolog va faylasuf E.Meyman estetik tadqiqotning to'rtta yo'nalishini aniqladi:

1) estetik zavqni psixologik tahlili;

2) badiiy ijod nazariyasi;

3) alohida olingan san'at va badiiy asarlar tizimi;

4) umuman keng tushuniladigan estetik madaniyat sohasi.

B.Husanovning ta'kidlashicha: "Estetika predmeti, obekti va tadqiqot doirasiga

ega fan. Ma'lumki, barcha fanlar o'z predmetiga ega bo'lib, olamning mohiyatini bilish, borliqning mazmunini tushunish, voqelikni tasavvur qilishga qarab har bir fan o'z predmetini belgilaydi. Mohiyatan insonni paydo bo'lishi va voqelikni idrok qilish bilan bog'liq bo'lgan barcha qadriyatlar estetikaning predmeti bo'la oladi. Jumladan, tabiat va uning estetik xususiyatlari, san'at va uning badiiy obrazlardagi ifodasi, ijod jarayoni va uning qonuniyatlari, jamiyat va uning rivojlanish printsiplari estetikaning predmeti bo'lib xizmat qiladi"2.

Shuningdek, estetika fanining predmetiga: 1)Tabiatdagi go'zallik. 2) San'atda go'zallik. 3) Ijtimoiy hayotdagi go'zallik, (kundalik hayot, mehnat va estetik faoliyatlar) kiradi.

Demak, estetikaning tadqiqot doirasi miqyosiy va ko'pyoqlamalik ekan, estetika predmetini aniqlashda turli yondashuvlar mavjud. Estetika - ilm sifatida, shakllarda ifodalangan, mavjudlikning strukturaviy va semantik qonunlarini, ularni tushunish usullarini, hissiy anglashning xususiyatlari va uning inson, uning qobiliyati va maqsadlari bilan o'zaro munosabatini o'rganadi.

Estetik gnesologiyaga: hissiy bilish dunyoni anglashning birinchi bosqichi ekanligi, hissiy tajribasining o'ziga xos xususiyatlariga esa, ma'noni estetik intuitsiya va shaklni mohiyat orqali anglash kiradi.

Estetik aksiologiyaga: dunyoni qadriyatlar ko'rinishida o'zlashtirish kiradi.

Estetika bilan etikaning farqli tomonlari madaniyatdagi bilish usullari va funktsiyalarida ifodalanadi.

1 Qarang. A.Sher. "Estetika" Darslik. Toshkent. «O'zbekiston". 2014. 6-bet.

2 Falsafa. O'quv qo'llanma. Toshkent. "Mumtoz so'z". 2019. 519 b.

® ©

April, 20231

©

O

50

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-49-60

Estetika va din xususiga to'xtalsak, ular; estetik va mistik tajriba; qadriyatlar ierarxiyasi; ramzlar va belgilar; hamda, diniy badiiy asarlarni yaratilishida ifodalanadi.

Estetik bilimlar o'ziga xos va universaldir. Estetika san'atning paydo bo'lishi shartlarini, uning strukturaviy va farmal xususiyatlarini o'rganadi. Estetika go'zallikni va boshqa estetik kategoriyalar va ularning go'zallikka nisbatini, estetik hissiyot va uning o'ziga xos xususiyatlarini, san'at, dizayn, badiiy asar tuzilishi, janrlari, usullari, ifoda vositalari, badiiy ijod va idrok jarayonlarini, nosan'at ob'ektlar estetikasini (sport, moda, tabiat va b.), estetik tarbiya masalalarini, estetik madaniyat va uning o'rnini tadqiq etadi. Shuningdek, ushbu atamani kundalik hayotimizni barcha jabhalarida juda keng ma'noda ishlatilishini kuzatishimiz mumkin(masalan: interer estetikasi, spektakl estetikasi), ushbu tushuncha san'at asarlarining ham, kun -dalik buyumlarning ham, tabiat hodisalarining ham hissiy ifodali sifatini umumlashtiruvchi yagona printsipni bildiradi.

Demak, "Estetika" fanining maqsadi tabiat va san'atdagi go'zallikning o'ziga xos xususiyatlarini ochib berish va go'zallikni idrok etish xususiyatlarini tavsiflashdan iborat. Estetika atamasiga uning tarixi mobaynida qarashlar turlicha bo'lgan. Uni goh,"go'zallik falsafasi" goh, "san'at falsafasi" deb atashgan. Estetikani bir necha marta mustaqil fanlarga ajratmoqchi bo'lishgan. Masalan; estetik qadriyatlar nazariyasi, estetik idrok nazariyasi, san'at nazariyasi, lekin tajriba shuni ko'rsatdiki, ushbu nazariyalar o'zaro shunchalik chambarchas bog'liq ekanki, ularni ajratib tashlash, deyarli mumkin emas ekan. Hozirgi kunda estetika ko'proq sohaviy ko'rinishga ega. Masalan: musiqa estetikasi, dizayn estetikasi, landshaft estetikasi va

Estetikaning qo'llanilnish sohalarini quyidagicha tasniflash mumkin:

1) Fan, ilm sohasi. Estetika mustaqil fan sifatida mavjud, lekin ushbu atama boshqa fan sohalarida ham keng qo'llaniladi.

2) Faoliyatlar sohasi. Estetik faoliyat^ bilan amaliy shug'ullanayotgan inson, estetik qonuniyatlari bilmog'i, ula^a layoqati, didi, bo'lmoqg'i lozim. Faoliyat^ sohalari estetikasi ikkiga bo'linadi:

badiiy faoliyatlarda. Badiiylik bilan bog'liq sohalaming barchasi estetik qonuniyatlaг amal qiladi. San'at, dizayn, go'zallik industriyasi, kosmetalariya va b;

badiiy bo'lmagan faoliyatlarda. Mehnat estetikasi, iqtisod. marketing va b.

3) Estetik qiymat yoki baho ma'nosida (masalan hozirgi kunda landshaftlarning estetik bahosi, qiymati belgilanadi).

h.k.

April, 2023

4) Barcha sohalarda sifat darajasini belgilovchi omil sifatida (turli faoliyat nomlari, brend va logotiplarda).

5) Tarbiya sohasida.

Bu tasnifni yana davom ettirish mumkin, lekin, shuni alohida ta'kidlashimiz joizki, jamiyat rivojlangan sari estetikaga, go'zallikka bo'lgan talab oshib boraveradi.

Misol uchun iqtisodiyotda: tovarning asosiy ko'rsatkichi bu uning sifatidir. U inson faktori bilan bog'langan quyidagi ko'rsatkichlar bilan xarakterlanadi: - ishonchlilik ko'rsatkichi (uzoq vaqt xizmat qilishi, yaroqlilik) -ergonomik ko'rsatkichlar (gigienik, antropometrik, fiziologik va b. faktorlar), havfsizlik ko'rsatkichlari (ximoya vositalari), hamda, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatli muhitning mavjudligi ularning estetik ko'rsatkichlari (aniq ko'zga tashlanuvchi informatsion, shaklining samaraliligi, kompozitsiyasining yaxlitligi va boshqalar)ga alohida e'tibor berishni taqazo qiladi (inson avvalambor shakliga qarab tovarni tanlaydi, sotib oladi).

Shuningdek, san'at ham estetika fanining predmeti bo'lib xizmat qiladi. San'at nafaqat qator fanlar predmeti, balki inson dunyosi ontologiyasini, inson faoliyatining turli shakllarini qamrab olgan hodisadir. Keyinchalik, san'at muammolari ijtimoiy-madaniy hodisalar yig'indisida o'rganildi va uning fundamental ilmiy tadqiqotlar kompleksining predmeti ekanligi ijtimoiy - falsafiy tahlil etildi. Bu esa maxsus fan ya'ni - san'at falsafasi fanini vujudga keltirdi.

Estetika predmetining ko'p qirraliligi hatto qiyinchiligi, tadqiqotchidan fundamental bilimlarni (hech bo'lmaganda san'atshunoslik va barcha gumanitar fanlar sohasida) va yuksak badiiy tuyg'uni talab qilishi bilan uzviy bog'liqdir. Estetika hanuzgacha, har taraflama, eng murakkab, bahsli, ko'p mehnat talab qiladigan gumanitar fanlardandir. Bugungi kunda, u paydo bo'lgan paytdagidek, estetikaning diqqat markazida ikkita asosiy muammo bor: estetiklik va san'at va uning asosiy mohiyati. Ular bilan bog'liq terminlar deyarlik estetikaning kategoriyalari va metakategoriyalarini tashkil qiladi. Klassik estetikaning fenomenal muammolar sohasi va ularni anglatadigan atamalar va kategoriyalarning eng muhimlari quyidagilarda belgilanadi: estetik ong (shu jumladan estetik idrok, tasavvur, ilhom va boshqalar), estetik tajriba, estetik madaniyat (shu jumladan badiiy madaniyatning asosiy qonuniyatlari va tamoyillari, badiiy matn, badiiy til, san'at tipologiyalari), estetik tarbiya, o'yin, go'zallik, xunuklik, ulug'vorlik, fojiviylik, kulgililik, ideal, katarsis, zavq, mimesis, obraz, ramz, belgi, ifoda, ijodiy usul, uslub, shakl va mazmun, daholik, ijodkorlik va boshqalar.

April, 2023

52

Estetika fani nafosat va go'zallikni o'rganar ekan, tabiatda, jamiyatda va san'at asarlaridagi har qanday go'zallik va uyg'unlik- ma'lum bir estetik me'yor va tartibga rioya qilishni taqozo etishini kuzatamiz, o'z o'rnida, san'atning umumnazariy masalalarining ham o'z estetik mezonlari mavjuddir. Shunday qilib mezon (qadimgi yunon tilidan Kprrqpiov — ajratish qobiliyati, mulohaza vositasi, o'lcham) - daraja, belgi, asos, qo'yilgan talablarga muvofiq ravishda nimanidir baholash asosida qaror qabul qilish qoidasini anglatadi.

Biz san'atdagi estetik mezonlarni shartli ravishda quyidagi xususiyatlariga qarab tizimlashga harakat qildik; g'oyaviy-uslubiy (asar g'oyasi va uslubi), mantiqiy-shakliy (kompozitsiyasi, shakli, janri) sub'ektiv-ruhiy (badiiy obraz, ruhiy-hissiy jihatlar) strukturaviy-qurilmaviy va me'yoriy (garmoniya, ritm, proporsiya va b.), germenevtik-idrok qiluvchi(badiiy asarni idrok etish va tushunish), baholovchi-aksiologik (qadriyatlar, estetik kategoriyalar, estetik baho, estetik ideal), san'at antropologiyasi mezonlari (badiiy ijod jarayolari), san'at morfologiyasi (san'at turlarining xususiy mezonlari). Albatta bu tizimni yana davom ettirish mumkin, lekin shuni unutmasligimiz lozimki, ularning barchasi nisbiy-relyativistik va ma'lum darajada bifukrkatsiya (ikkilanish nuqtalarining mavjudligi)ga ega, lekin eng asosiysi ular san'at asarida badiiylikni, go'zallikni va uyg'unlikni yaratadi. Demak, estetik mezonlar bu- badiiylik mezonlari hamdir. Mezonlarning darajasi ma'lum bir me'yorlar bilan bog'liq. San'atda ular ritm, garmoniya, simmetriya va h.k.

Estetika san'at me'yorlarini, qonunlarini (estetikaning badiiy ijodga bo'lgan munosabatini) belgilash imkoniga egami? - degan savol tarixan ko'p baxslarga sabab bo'lib kelgan va estetika hamda san'at o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga nisabatan ham turli qarashlar mavjud:

1) klassitsizm nazariyotchisi N.Bualo (XVII asr) estetikani ijodkorga qoidalarni belgilab beruvchi fan sifatida ta'riflagan;

2) boshqa fransuz olimi I.Ten esa (XIX asr) esa, aksincha, san'at estetikaga qaraganda birlamchidir va u estetika faniga tadqiqot ob'ektini yaratib beradi deb hisoblagan .

Rus nafosatshunosi Borevning ta'kidlashicha, ijodkor mavzu, badiiy vositalar, obrazli fikr shakllarini tanlashda erkinlikka ega, biroq agar u nafosat qonunlarini buzsa, u holda uning asari san'at chegaralaridan chiqib ketadi. Biroq san'at qonunlari absolyut emas - ular tarixdan o'zgaruvchandir. Badiiy me'yorlar qat'iy va o'zgarmas tizimli bo'lgan, kanon (o'rta asr san'ati, klaassitsizm) shaklida namoyon bo'lgan davr va yo'nalishlar ham mavjud bo'lgan. Ayni vaqtda qoidalardan har qanday chekinish -

April, 2023

53

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-49-60

avvalgisidan kelib chiqqan holda mavjud bo'ladi. San'atdagi me'yorlar nafaqat invariantni, ya'ni takrorlanuvchi o'zgarmas tuzilmani (klassitsizmdagi yuksak uslub va uning atributlari) tan olish, balki boshqa varintlarning (realizm tizimidagi individual uslublar) mavjud bo'lishini ham qabul qilish demakdir. Quyida san'at tarixida shakllangan eng asosiy estetik mezonlarni keltiramiz.

Antik davr.

3. Nafosat falsafasida asosiy kontseptsiyalar va nazariyalar. eng Estetik tafakkur tarixidagi eng asosiy kontseptsiyalar va nazariyalarga to'xtalsak. Qadimgi Sharq.

> Birinchi bo'lib yozuvni kashf etilishi va giltaxtachalarga qamish qalamlar bilan ilk rivoyat va ilk nasihatlarni yozilishi. Somir.

> So'z san'atida diniy-falsafiy dostonlarning yaratilishi. Bobil.

> Go'zallikni hayotda deb bilish va uni foydalilik mezoni bilan o'lchanishi.

Misr.

> Zardusht «Avesto» gotlarini badiha yo'li bilan omma orasida qo'shiq qilib aytilishi.

> Fazo (kosmos) va tabiatning azaliy va abadiy go'zalligi; Dao.

> Xulqiy go'zallik muammosini o'rtaga tashlanishi va axloqiy-estetik ideal uning eng muhim belgisi ekanligi. Konfutsiychilik.

Antik davr.

> Go'zallikning garmoniya va sonlar proportsiyasi bilan uyg'unligi. Pifagorchilar.

> San'atning taqlidiy xarakteri. Demokrit.

> Go'zallik kategoriyasining nisbiyligi. Sofistlar. Gorgiy.

> Jahon falsafasida birinchi bo'lib antropologik yondoshuvga asos solinishi. Suqrot.

> Go'zallik nima degan savolning qo'yilishi. Aflotun.

> G'oyalar muammosini o'rtaga tashlanishi, asl go'zallik his etilguvchi narsalar dunyosida emas, u g'oyalar olamiga taalluqli ekanligi. Aflotun.

> San'atning asosi sifatida ilhomning mistik irratsional xususiyati. San'atning asosi mimesis ekanligi. Aflotun.

> Katarsis g'oyasigo'zallik va katarsisni tushunishda his qilishning ahamiyati. Arastu.

> Go'zallikni tartib, mutanosiblik va aniqlikda ko'rilishi.

Arastu.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-49-60

> Go'zallik masalasini o'z tadqiqotlar markaziga qo'yilishi. Arastu.

> Predmetlarda go'zallik va go'zallik va lazzat masalalari. Kleanf. Xrisipp.

> Dekoratsiya, erkaklarda go'zallik va ayollarda go'zallik. Tsitseron.

> Go'zallikning asosi sifatida mutanosiblik va maqsadga muvofiqlik. Vitruviy.

> Ulug'vorlik kategoriyasi va unda xayrat. Psevdo-Longin.

O'rta asrlar.

> Go'zallik bilan maqsadga muvofiqlikning qarama-qarshi qo'yilishi. Avgustin.

> Yorug'lik va nur mavjudligida go'zallikning tabiati. Dionisiy Areopagit.

Har bir narsa-hodisaning go'zalligi, uning o'z borlig'ini to'liq namoyon

etishiva mukammallikka erishuvi bilan bog'liqligi.Farobiy.

Insoniy go'zallikning bevosita qalb go'zalligi bilan belgilanishi. Ibn Sino.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

> Harakatdagi go'zallik, ko'rinishi jihatdan go'zallik, mohiyati jihatdan go'zallik ajratilishi. Isidor Sevilskiy.

> San'atning ma'rifat sifatida tushunilishi. Isidor Sevilskiy.

> Obraz muammosi. Endi u yuqori dunyoning ramzi, nusxasi sifatida emasligi.Vizantiya estetikasi.

> San'at avvalambor insonni barcha zarur narsalar bilan ta'minlaydi, (necessaria) keyin esa nafislikni(grata) tushunishga olib keladi. Gugo Sen-Viktorskiy.

> Estetika insonparvarlik tarbiyasining elementi sifatida. Vittorino da Feltre.

> San'atga ma'lum darajada lazzat, did va hissiyotlarni shakllantiruvchi omil sifatida qarash. Kozimo Raymondi, Lorentso Valla, Marsilio Fichino.

> San'atning lazzat olish yoki tarbiya vositasimi degan savolning qo'yilishi.

> Go'zallik va did haqidagi mulohazaning sub'ektik xarakteri. Nikolay Kuzanskiy.

> San'atni birinchi marta ijodkorlik, ya'ni tabiatda o'xshashi bo'lmagan o'ziga xos shakllarni ishlab chiqarish deb tushunilshi. Dunyo go'zaldir, lekin xunuklik go'zallikni ko'rishni imkonsizligidir. Nikolay Kuzanskiy.

> Go'zallikni mukammallik sifatida uni to'ldiradigan, lekin buzmaydigan dekoratsiya (ornamentum) tushunchasi orqali tasavvur qilishdan voz kechish. Leon Alberti.

> San'at dunyoda sodir bo'layotgan xunuk narsalarni yashiradi. Leon Alberti.

> Go'zaalik tushunchasini vizual idrok etish xususiyatlariga qadar toraytirilishi (ichki mazmun ham yuqori

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-49-60

baholagan). Go'zallikni anglashda uni xunuklikga qarama-qarshi qo'yilishi. Leonardo da Vinchi.

Yangi va eng yangi davr estetikasi.

> Go'zallik zinapoyasi, u jonsiz shakllarning go'zalligini ham, san'atning go'zalligini ham o'z ichiga oladi. Go'zallik tabiatan kelib chiqadi va u sog'liq va uyg'unlik bilan bog'liqligi. Sheftsberi.

> Go'zallikn idrok etishda aql emas, tuyg'ularning asosiy o'rin egallaydi deb hisoblanishi. Xatcheson.

> Go'zallikka manfaatsiz qarashlar xususidagi dastlabki fikrlar. Xatcheson.

> Ko'pchilikni ob'ektiv ravishda xursand qiladigan narsani go'zallik deb hisoblanishi. Xatcheson.

> San'atda taqlid asl nushadan go'zalroq bo'lishi mumkinligi. Xatcheson.

> Ulug'vorlik tushunchasining rivoj topishi va uning qo'rquv va daxshat bilan bog'lanishi. Byork.

> Estetik did muammosining vujudga kelishi. Devid Yum.

> Go'zallik va hissiyotning yaqin aloqasining e'tirof etilishi. Xatcheson.

> San'atga oddiy xayotda odam mahrum bo'lgan narsalaing o'rnini qoplash vositasi deb qarash. Ma'rifatparvarlik davri. Jan Batist Dyubo, Gelvetsiy.

> Go'zallikka bir tomondan uning nisbiyligi, boshqa tomondan ta'limning muhim elementi sifatida qarash, estetik did va daholik munosabatlarini o'rganish. Volter.

> Go'zallik ideali xususidagi qarashlar, san'atni oddiy taqlid sifatida idrok etish. Didro.

> Hissiy bilimlarni o'rganish strategiyasi. Baumgarten.

> San'atning tsiklik rivoji, ularning qadimiy, yuksak, go'zal va taqlidiy bosqichlari. Vinkelman.

> Estetikaga va uning fanga aylantirishning iloji yo'qligi va unga didning tanqidi,- deb qarash.Kant.

> Estetik mulohazalar (did) bilish ahamiyatiga ega emas, balki sub'ektning ob'ektga munosabatini belgilaydi,-deb qarash. Kant.

> Go'zallik va ulug'vorlik kategoriyalarini qarama-qarshi qo'yish, ulug'vorlikni matematik va dinamik xususiyatlari bo'yicha ajratish. Byork.

> Istehzoni ijodkorlikning zaruriy sharti sifatida tushunish. Shlegel.

> Istehzoning maqsadsiz o'yinga aylanishi.Shiller.

> Jozibadorlik, harakat go'zalligi tushunchasiga e'tibor

qaratilishi. Shiller.

April, 2023

> Mimezis g'oyasining rivojlanishi.Taqlidning odatga, odatning uslubga aylanishi haqida fikrlar. Allegoriya va simvolning qarama-qarshi qo'yilishi.Gyote.

> 4 ta eng asosiy estetik kategoriyalarning ajratilishi. Ular go'zallik, ulug'voorlik, kulgililik va fojeaviylik.San'atning harakatlantiruvchi kuchining fantaziya ekanligi. Zolger

> Estetikani din va falsafa bilan birga Mutloq g'oyaning uch bosqichdan biri sifatida san'at falsafasiga aylantirilishi.Gegel.

> Psixoanaliz.ongsizlikning sublimatsiyasi bo'lgan ijodkorlikka e'tibor qaratilishi. Freyd.

> Badiiy asar talqiniga semiotik yondashuv. R. Bart.

> Badiiy asar xalqqa, unimilliy ozodlikka olish chiqishga xizmat qilishi kerak. Anbar Otin.

> Millatni estetik tarbiya orqali uyg'otishni birinchi vazifa deb bilish. Cho'lpon.

> Estetikaning bir qator fundamental kategoriyalari transformatsion o'zgarishni boshidan kechirishi. Postmodernizm .

Demak, san'atda estetikaning asosiy qonuniyatlari ifodalansa, san'at ham, estetikada fanining asosiy tadqiqod doirasini tashkil etadi.

Estetik mezonlar -har bir davrning ijtimoiy, badiiy g'oyalari bilan bog'liq. Shuningdek, mezonlarni shakllanishi va anglashdagi muayyan me'yoriy unsurlar(garmoniya,ritm va b.) uning darajasini belgilaydi.

Normalar sekin-asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, ko'nikmalar, bilimlar orqali shakllanib boradi. Tabiatda, jamiyatda va san'at asarlaridagi har qanday go'zallik va uyg'unlik- ma'lum bir estetik me'yor va tartibga rioya qilishni taqozo etadi. Shunday qilib mezon - daraja, belgi, asos, qo'yilgan talablarga muvofiq ravishda nimanidir baholash asosida qaror qabul qilish qoidasi.Ularga amal qilish esa, har qanday sohada go'zallikni, jozibadorlikni yaratishda asos bo'lib xizmat qiladi.

YU. Borev san'atning kategoriyalarigaquyidagilarni kiritadi.

1) San'at gnesologiyasi kategoriyalari (badiiy obraz, metod, badiiy haqiqat, badiiy kontseptsiya).

2)San'at sotsiologiyasi kategoriyalari (xalqchillik, milliylik, umuminsoniylik).

3) San'at aksiologiyasi kategoriyalari (estetik ideal, qadriyatlilik, badiiylik, klassika).

4) San'at ontologiyasi kategoriyalari (badiiy asar,ommaviy va elitar san'at, uslub).

3 D.S.Kadirova Nafosat falsafasi. "Mumtoz so'z". 2022.57 bet.

April, 2023

57

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-49-60

5) San'at nazariy tarixi kategorilari (badiiy jarayon, yo'nalishlar, davrlar, an'analar, badiiy taraqqiyot va b.).

6) San'at antropologiyasi kategoriyalari (ijodkor, muallif, badiiy jarayon, badiiy muhit va b.)

7) San'atning ijodiy genetikasi kategoriyalari (fikr, eskiz, qoralama, variant).

8) San'at psixologiyasi kategoriyalari (qobiliyat, iste'dod,daho, ilhom, ijodiy fantaziya, badiiy tasavvur).

9) San'atni idrok etish kategoriyalari (retsipient, badiiy idrok, zavq, katarsis).

10) San'at morfologiyasi kategoriyalari (san'at turlari, janrlari, epos, lirika, drama).

11) San'at strukturasi kategoriyalari (badiiy matn, kontekst, badiiy matnning elementlari).

12) San'at semiotikasi kategoriyalari (belgi, kod, badiiy mazmun).

13) San'at ritorikasi kategoriyalari (metafora, metonimiya).

14) Badiiy asarni, badiiy ifodalarni tahlil qilish kategoriyalari.

15) San'at poetikasi kategoriyalari (badiiy olam, badiiy vaqt, makon, rang).

16) San'at germenevtikasi kategoriyalari (interpretatsiya, tushunish, empatiya).

17) Badiiy tanqidning nazariyasi va metodologiyasi kategoriyalari (baho, asarning badiiy darajasi, sotsiologik, tarixiy, taqqoslochi, biografik, genetik, strukturaviy tahlil, mikroanaliz, diqqat bilan o'qish)4.

Estetika atamasiga uning tarixi mobaynida qarashlar turlicha bo'lgan. Uni goh,"go'zallik falsafasi" goh, "san'at falsafasi" deb atashgan. Estetikani bir necha marta mustaqil fanlarga ajratmoqchi bo'lishgan. Masalan; estetik qadriyatlar nazariyasi, estetik idrok nazariyasi, san'at nazariyasi, lekin tajriba shuni ko'rsatdiki, ushbu nazariyalar o'zaro shunchalik chambarchas bog'liq ekanki, ularni ajratib tashlash, deyarli mumkin emas ekan. Hozirgi kunda estetika ko'proq sohaviy ko'rinishga ega. Masalan: musiqa estetikasi, dizayn estetikasi, landshaft estetikasi va

Estetik bilimlar o'ziga xos va universaldir. Estetika san'atning paydo bo'lishi shartlarini, uning strukturaviy va farmal xususiyatlarini o'rganadi. Estetika go'zallikni va boshqa estetik kategoriyalar va ularning go'zallikka nisbatini, estetik hissiyot va uning o'ziga xos xususiyatlarini, san'at, dizayn, badiiy asar tuzilishi, janrlari, usullari, ifoda vositalari, badiiy ijod va idrok jarayonlarini, nosan'at ob'ektlar estetikasini (sport, moda, tabiat va b.), estetik tarbiya masalalarini, estetik madaniyat va uning o'rnini tadqiq etadi. Shuningdek,

h.k.

4 Qarang. Борев.Эстетика. Учебник.Москва. 2002.С.481-482.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-49-60

ushbu atamani kundalik hayotimizni barcha jabhalarida juda keng ma'noda ishlatilishini kuzatishimiz mumkin(masalan: interer estetikasi, spektakl estetikasi), ushbu tushuncha san'at asarlarining ham, kundalik buyumlarning ham, tabiat hodisalarining ham hissiy ifodali sifatini umumlashtiruvchi yagona printsipni bildiradi.

Yuqoridagi fikr va mulohazalarni umumlashtirgan holda nafosat falsafasining tadqiqod doirasi va estetik mezonlariga quyidagicha xulosa qilamiz. Estetika" fanining maqsadi tabiat va san'atdagi go'zal-likning o'ziga xos xususiyatlarini ochib berish va go'zallikni idrok etish xususiyatlarini tavsiflashdan iborat. Estetika fani nafosat va go'zallikni o'rganadi, tabiatda, jamiyatda va san'at asarlaridagi har qanday go'zallik va uyg'unlik esa,- ma'lum bir estetik me'yor va mezonlarga, tartibga rioya qilishni taqozo etadi.

RFERENCES

1. A.Sher. "Estetika" Darslik. Toshkent. «O'zbekiston». 2014. 6-bet.

2.Falsafa. O'quv qo'llanma. Toshkent. "Mumtoz so'z". 2019. 519 б.

3.Ю.Борев. Эстетика. Москва «Высшая школа» 2002.С.15.

4. D.S.Kadirova . Nafosat falsafasi. "Memtoz so'z". 2022.57 bet.

5.Борев.Эстетика. Учебник.Москва. 2002.С.481-482.

6.Aesthetic ideal and aesthetic criterion. DS Kadirova 2021 ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research 11 3 1748-1760 South Asian Academic Research Journals

6.THE APPEARANCE OF NEW AESTHETIC CRITERIA IN MODERN ART Авторы Dilbar Salihovna Kadirova Дата публикации 2019 Журнал Scientific Bulletin of Namangan State University Том 1 Номер 12 Страницы 72-78. 8.Solihovna K. D., Amirovna Z. A. NON-ART OBJECTS ARE THE PHILOSOPHY OF SOPHISTICATION. AESTHETICS OF NATURE //World Bulletin of Social Sciences. - 2023. - Т. 20. - С. 94-97.

9.KADIROVA, D. (2023). ZINGIBER OFFICINALE L.-HISTORY AND STUDY. World Bulletin of Social Sciences, 20, 94-97.

10. Solihovna, K. D. (2021). Human beauty and art. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 2(5), 156-163.

11.Solihovna, D. (2021). Aesthetics of Images and Symbols. International Journal on Integrated Education, 4(10), 143-146.

12. Muxamedjanova, L. (2022). Amaliy etika va estetika O'quv

qo'llanma. https://scienceweb.uz/publication/4489

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-49-60

13. Г. М. Шадиметова (2022). УЗБЕК ХАЛКИ БАЙРАМЛАРИНИНГ ЭСТЕТИК ТАМОЙИЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (NUU Conference 2), 574-577. Г. М. Шадиметова (2022). УЗБЕК ХАЛКИ БАЙРАМЛАРИНИНГ ЭСТЕТИК ТАМОЙИЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (NUU Conference 2), 574-577.

14. 2. Агзамова, Н. Ш. АНТИВАКСЕРЫ: МОРАЛЬНАЯ ДИЛЕММА. Научный журнал" Академический вестник ЭЛПИТ, 5.

15. З. А. Абдуазимова (2022). ШАХС-ЭСТЕТИК ДИДИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ЭКО-ЭСТЕТИК МАДАНИЯТ. Academic research in educational sciences, 3 (NUU Conference 2), 110-114. doi: 10.24412/2181-13852022-2-110-114

16. А. И. Туляев (2022). СТРУКТУРА ДОСУГА ГАРМОНИЧНО РАЗВИТОГО ПОКОЛЕНИЯ ИНФОРМАЦИОННЫМИ И КОМПЬЮТЕРНЫМИ ТЕХНОЛОГИЯМИ. Academic research in educational sciences, 3 (NUU Conference 2), 507-511. doi: 10.24412/2181-1385-2022-2-507-511

17. Юсуфхон Авазхонов (2022). РУДАКИЙ АХЛОКДЙ КАРАШЛАРИДА КЕЛАЖАК АВЛОДЛАРГА ПАНДНОМАЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (NUU Conference 2), 226-231. doi: 10.24412/2181-13852022-2-226-231

18. Ражабов, Ш. (2022). КИБЕРМАКОНДА МАРКЕТИНГНИНГ ЭСТЕТИК Х,УСУСИЯТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(NUU Conference 2), 438-445.

April, 2023

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.