Научная статья на тему 'ESTETIKASI SHAXS KAMOLATI VA RIVOJLANISH VOSITALARI'

ESTETIKASI SHAXS KAMOLATI VA RIVOJLANISH VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
2404
101
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
estetika / yunon / bilim / go‘zallik / yuksaklik / go‘zallik / hissiyot / dunyoviy.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Zoxid Xushvaqtov

Ushbu maqolada estetikaning eng birinchi tarixi, uning ahamiyati, uning asosiy mezonlari haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ESTETIKASI SHAXS KAMOLATI VA RIVOJLANISH VOSITALARI»

ESTETIKASI SHAXS KAMOLATI VA RIVOJLANISH VOSITALARI

Zoxid Xushvaqtov

O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti "Ijtimoiy gumanitar fanlar va huquq"kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada estetikaning eng birinchi tarixi, uning ahamiyati, uning asosiy mezonlari haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: estetika, yunon, bilim, go'zallik, yuksaklik, go'zallik, hissiyot, dunyoviy.

KIRISH

Estetikada shaxs kamolati avvalo uning individualligi bilan bog'liq bo'lib bu jarayonlar shaxsning san'at bilan rivojlanish yoki san'atga oshufta bo'lishligini ko'rsatadi. "Estetika" (Yunon. aisthetikos - his qilinadigan) iborasi dastlab olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (u G'arbiy Evropa falsafiy tafakkurida muhim o'rin tutgan Volf maktabi namoyondasi hisoblanadi)ning "Estetika («Aesthetica»)" nomli ikki tomlik asari (1750-1758 y.y.)da muomalaga kiritilgan. Baumgarten estetikani bilishning yuksak darajasi hisoblangan mantiqdan farqli o'laroq, hissiy bilishning quyi darajasidagi fan sohasiga tegishli deydi. Uning fikricha, mantiqiy mushohada aniq tasavvurlarga, estetik mushohada esa noaniq va mavhum tasavvurlarga asoslanadi. Buning birinchisi - aql muhokamasiga, ikkinchisi - did muhokamasiga tegishlidir. Biroq, insonning universum bilan munosabati avval estetik mushohada orqali ro'y beradi, so'ngra mantiqiy mushohada orqali amalga oshadi. Shunga ko'ra, estetikaning predmeti - go'zallik, mantiqniki - haqiqatdir.

Go'zallikda avvalo shaxs o'zini ko'radi va rivojlanadi ya'ni rivojlanish bosqichida shakllanadi.Tabiiyki savol tug'iladi inson nimani go'zal deb biladi, yaratgan vositalari orqalimi yoki yaratilgan tabiiy vositalar orqalimi. Yaratuvchanlik funksiyasi. Bu funksiya yangi ko'rinishdagi iqtisodiyotning estetik asoslariga, tadbirkorlik faoliyatiga estetik tus berishga, bunyodkorlikni namoyon etishga imkon beradi Ayniqsa, go'zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali insonni ma'naviy jihatdan yuksaltirishga xizmat qiladi. Shu o'rinda qadriyatlar avvalo rivojlanish bosqichida va bugungi holda namoyon bo'lishda qanday ko'rinadi.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Bugungi kun ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha sohalarida estetikaning u yoki bu tamoyili ustuvor yo'nalish sifatida ko'zga tashlanadi. Ayniqsa, iqtisodiyot va bozor munosabatlarida go'zallikni qiymat kasb etuvchi mexanizmga aylanishi tamoyili sohaga estetik tamoyillar kirib kelayotganligini ko'rsatadi. "Falsafa. Qomusiy lug'ati"da "prinsip" tushunchasining ma'nosi "turli ahamiyatga ega bo'lgan faktlar va bilimlar majmuining asosi, poydevori; har qanday xatti-harakat, xulq-atvor va faoliyatning boshlang'ich qoidalari" deb izohlangan. Ushbu izoh estetika fanining prinsiplariga xos mazmunni ham anglatadi. Odatda, estetikaning quyidagi an'anaviy prinsiplari mavjud. Bular:

1.Uyg'unlik (garmoniya) tamoyili;

2.YAxlitlik (butunlik) prinsipi;

3.Ifodalilik (obrazlilik) prinsipi;

4.Maqsadga muvofiqlik prinsipi.

Ushbu prinsiplar orasida estetik munosabatlarda ko'proq ko'zga tashlanadigan uyg'unlik va maqsadga muvofiqlikning mohiyati haqida quyidagi fikrlarni aytish mumkin.

Nemis faylasufi Georg Gegel maqsadga muvofiqlik prinsipini go'zallik va san'atning o'zaro aloqadorligida ko'radi. U go'zallikni maqsadga muvofiqlik bilan bog'liqligini tahlil qilib, bu bog'liqlikning asosida tashqi va ichki qarama-qarshiliklar markaziy o'rin egallashini uqtiradi. Garchand, predmetlarning shakliy go'zalligida mutanosiblikni muhim element deb hisoblasada, Gegel uning xususiyati faqat geometrik asosdangina iborat emasligini ta'kidlaydi.

Go'zallik faqat san'atda namoyon bo'lsa u avvalo shaxsga qanday ma'naviy ozuqa beradi. Ma'naviy go'zallikni anglash uchun his qilish buni teran anglash yoki tafakkur qilish kerakligini anglash mumkin. Odatda, fanga tegishli qonunlar hodisalarning hamma xususiyatlarini emas, balki hodisalardagi umumiylikni aks ettiradi va undagi mustahkam barqarorlikni ifodalaydi. Biroq, hodisalar ayni bir vaqtda bir-biriga o'xshaydi va bir-biridan farq qiladi. Xususan, voqelikni estetik o'zlashtirishning oliy shakli bo'lgan san'atga umumiy va xususiy qonunlar tegishli bo'lib, ularga badiiy ijod jarayoni ham, san'atning ijtimoiy olami ham taa'luqlidir. Ular san'atning antropologik, genetik va genoseologik mazmunini ochib berishga xizmat qiladi.

Estetikada avvalo shaxs kamolotida san'at asarining ham o'rni boshqacharoq hisoblanadi.Ya'ni san'at asari avvalo u estetik zavq bera olishi kerak.

Shellingning fikriga ko'ra, san'at asarining o'ziga xos belgisi «onglanmaganlikning cheksizligi» hisoblanadi. San'atkor o'z tabiatidangina kelib

chiqib ijod etar ekan, badiiy asar u aytishni hoxlagandan ortiq narsani o'z ichiga oladi. Zero san'atkor o'z asariga asar g'oyasiga kirmagan yana «qandaydir cheksizlikni» ixtiyorsiz ravishda singdiradi. Bu cheksizlikni «cheklangan aql» qamrab ololmaydi. Ana shu onglanmaganlikning cheksizligidan Shelling go'zallik tushunchasini keltirib chiqaradi: go'zallik cheksizlikning cheklanganlikdagi ifodasi. Go'zallik san'atning asosiy xususiyati. Go'zalliksiz san'atning mavjud bo'lishi mumkin emas. San'atkor hissiy go'zallik g'oyasini anglaydi shu g'oyani sezilarli qiluvchi narsa bilan biriktiradi. Dahoning vazifasi olam uyg'unligida Xudodagi oliy go'zallikni ko'ra bilishdir.

San'at taraqqiyotini Shelling asta-sekinlik bilan uning jismiylikdan qutilib borishida ko'radi. Chunonchi, Yunon haykaltaroshligida ruhiy jihat jismda o'z ifodasini topgan. Haykallar ilohiy mavjudotlar tushunchasini beruvchi va shuning barobarida san'atning maqsadini belgilovchi qadimgi Yunon mifologiyasiga asoslangan. Yangi davrda ana shu vazifani nasroniylik bajaradi. Rangtasvir, nojismiy narsalardan, qay darajadadir ruhiy bo'lgan bo'yoq va jilodan foydalana borib, tobora yangi davr san'atiga aylanib bormoqda. Rassom uchun eng muhimi-ma'naviy go'zallikni aks ettirish. Shunday qilib, Shelling nazdida san'at taraqqiyotining barcha jarayonlari xissiylikdan ma'naviylikka o'tish harakatidan ruhning materiya ustidan g'alaba qozonib borishidan iborat.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xegelning fikriga ko'ra, san'atning ibtidosi - me'morlik; u ramziy shaklga kiradi, zero his etiluvchi material g'oyadan ustun turadi, shakl va mazmun muvofiqligi yo'q. Bunda me'mor foydalanadigan noorganik material ma'naviy mazmunga bir shior, xolos. Haykaltaroshlikda, nisbatan san'atning yuksak turi sifatida, inson vujudida erkin ma'naviylik o'z aksini topadi. Bunda g'oya ruhga munosib ifoda bilan singishib ketadi, his etiluvchi qiyofa va g'oyaning to'liq uyg'unligi kuzatiladi haykaltaroshlik san'atning mumtoz shakli bo'lib, unga yaqini-rangtasvirdir. Uning tasviriy vositasi moddiy substrat (tosh, yog'och va h. k.) emas, balki rangin yuza, jiloning jonli tovlanishi. Rangtasvir moddiy jismning his etiladigan makondagi to'laligidan qutiladi, zero u birgina yassilik bilan o'lchanadi. Makondan to'liq qutilish musiqada ro'y beradi. Uning materiali tovush, tovushli jismning tebranishi. Material bu yerda makoniy emas, zamoniy ideallik tarzida namoyon bo'ladi. Musiqa hissiy mushohada chegarasidan chiqib, faqatgina ichki kechinmalar doirasini qamrab oladi.

Nihoyat so'nggi, romantik san'at - she'riyat yoki so'z san'atida tovush o'z holicha hech qanday ma'no anglatmaydigan belgi sifatida yuzaga chiqadi. Poetik

tasviming asosiy unsuri shoirona tasavvur. She'riyat (badiiy adabiyot) hamma narsani tasvirlay oladi. Uning materiali jo'ngina belgi emas, ma'no sifatidagi, tasavvur sifatidagi tovush. Biroq material bunda erkin, o'z holicha emas, balki ritmik musiqiy qonunlarga binoan shakllanadi. She'riyatda go'yo san'atning hamma turlari bir-bir takrorlangandek; epos sifatida u tasviriy san'atga mos - xalqlar tarixini boy obrazlar va rangtasvirli manzaralar bilan bafurja hikoya qiladi; u lirika sifatida -musiqa, zero u qalb holatini aks ettiradi; nihoyat u dramatik she'riyat sifatida mazkur ikki san'atning birligi, zero harakatdagi, ziddiyatli manfaatlar, insoniy xarakterlar orasidagi kurashni ko'rsatadi. Shuningdek, Xegel nafosatshunoslikning asosiy mezoniy tushunchalar, ideal va boshqa muammolar borasida ham teran fikrlar bayon etadi. Umuman, olmon mumtoz estetikasi insoniyat tafakkuridagi muhim taraqqiyot bosqichi sifatida katta ahamiyatga ega.

Ovro'pa norasional estetikasining asosiy g'oyalari (Shopengauer, Nitsshe). Olmon mumtoz estetikasida ratsionalizm o'zining yuksak cho'qqisiga ko'tarilgan bo'lsa, undan keyingi ba'zi falsafiy ta'limotlar noratsionallik asosida ish ko'rdilar. Ana shu noratsionallik yo'nalishining dastlabki yirik namoyandalaridan biri buyuk olmon faylasufi Artur Shopengauer (1788-1860)dir.

Shopengauerning nafosat falsafasi asosan «Olam ixtiyor va tasavvur sifatida» deb nomlangan yirik asarida bayon etilgan. Faylasuf san'at bilan fanni bir-biriga solishtirar ekan, san'atni narsalarning asoslanish qonunidan mustaqil tarzda «mushohada qilish turi» deb ataydi. Estetik mushohada ob'ekti alohida narsa emas, balki asoslanish qonuni harakati ostidan olingan g'oya aflotuncha ma'nodagi g'oya. Uni aql bilan emas, fahm (intuitsiya) yordamida payqash mumkin. San'atning fandan ustunligi ham ana shunda. Shu ma'noda Shopengauer «g'oya»ni «tushuncha»ga qarshi qo'yadi. Tushuncha fanga zarur, san'at uchun esa befoyda. San'atning maqsadi-g'oyani in'ikos ettirish. San'at turlarining farqi esa ulardagi ifoda materiali bilan belgilanadi. «San'atning mohiyati shundaki, — deydi Shopengauer, — unda bir hodisa minglab hodisa uchun javobgar», u muhim voqea-hodisani olib, nomuhimini tashlab yuboradi. Obraz-mushohadali g'oya, u tushunchadan farqli tarzda, son-sanoqsiz alohida narsalarning o'rnini mantiqiylik hamda mavhumiy umumiylik vositasida emas, balki fahmiy (intuitiv) idrok va tasavvur yo'li bilan egallaydi.Intiutiv idrok shakllanishida avvalo mehr va muhabbat tuyg'ularini his qilish mumkin yoki anglatish mumkin bo'lgan holatlar sifatida ko'riladi.

Freyd san'atning mavjudligini yuqorida tilga olingan sublimatsiya nazariyasi bilan izohlaydi. «Odamlarning kundalik hayotini kuzatish shuni ko'rsatadiki, - deydi Froyd, - ko'plar o'z jinsiy intilishlarining katta qismini kasbiy faoliyatlariga o'tkazib Yuborishga erishadilar... Bunda mazkur intilishlar sublimatsiyaga uchraydi, ya'ni o'z

jinsiy maqsadlaridan chekinib, endi jinsiy bo'lmagan, ijtimoiy jihatdan Yuksak maqsadlar tomon yo'naladi».

San'at, Freydning fikriga ko'ra, tush kabi, onglanmaganlik o'zini nisbatan ravshan va bevosita ko'rsatadigan soha. San'at timsollarida onglanmaganlik nazorat (senzura) uchun ma'qul keladigan ramziylik shakllarini oladi. Voqealik ijod jarayonida salbiy (negativ) kuch sifatida ishtirok etadi: u onglanmaganlikning erkin va to'g'ridan to'g'ri ifodalanishiga to'sqinlik qiladi. Xayolot (fantaziya)ni Freyd badiiy ijodning asosi deb hisoblaydi. Xayolotning manbai esa - onglanmaganlik, inson ruhiy kuchlarining ombori. Real hayot bilan kelisha olmagan, jamiyat tomonidan ta'qiqlangan intilishlar o'zini xayolotda va xayolot asosida vujudga keladigan san'atda namoyon qiladi.

Shu o'rinda shuni takidlash kerakki shaxs kamolatida aynan bir san'atni yoki san'at asarini ko'rsatib bo'lmaydi, shaxs xayolati yoki tafakkuri erkinlik istar ekan eng avvalo ma'lum u ruhiy kechinmalari fantaziyalari in'ikosi sifatida keng ko'lamli art madaniyatlar ham unga ijobiy yoki salbiy ta'sir qilish mumkin.

Globallashuv jarayonlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, go'zallikni amaliy-pragmatik jihatdan ahamiyati katta ekanligi yanada oydinlashadi. Chunki, hozirgi kunda tinchlikni barqarorlashtirish, ekologik xavfning oldini olish, davlatlararo va etnik nizolarga chek qo'yish, ommaviy qirg'in qurollarini ishlab chiqarishni yo'q qilish, terrorizm, genotsid va giyohvandlikning tarqalishiga yo'l qo'ymaslik kabi umumbashariy muammolarga aylanib bormoqda. Endilikda texnogensivilizatsiyani ham go'zallik qonunlari asosida tashkil etishga katta ehtiyoj sezilmoqda.

Texnogen sivilizatsiya eng avvalo insonni nome'yorda fikrlashidan kelib chiqadi bu eng avvalo shaxsga darajalar xilma-xilligi va ranglar xilma-xilligini anglashda yordam beradi.

XXI asrda olamni bilish, voqelikni estetik o'zlashtirish bilan bir qatorda uni qadriyat sifatida e'zozlashga alohida e'tibor berilmoqda. Endilikda odamlarning yaratuvchanlik faoliyati yuksalishi barobarida estetik qadriyatlarga nisbatan munosabati tubdan o'zgarmoqda. Bu o'z navbatida inson mohiyatan eng oliy qadriyat ekanligi, inson manfaatlarining ustuvorligini ta'minlash barcha islohot va evrilishlarning bosh maqsadiga aylanganligi bilan belgilanadi.

Texnika rivojining ko'p yillik tarixi bizning texnik bilimlarimiz, ixtirochilik, konstruktorlik qobiliyatimiz fan, inson ehtiyojlari, yashash muhiti rivojiga muvofiq doimiy mukammalashib borishini ko'rsatmoqda. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi sanoat va texnika taraqqiyoti bilan bog'liqdir. U industrial sivilizatsiya yoki texnogen jamiyati deb atalmoqda. Texnogen olam, sivilizatsiya bevosita fan, texnika, «ratsionallik» singari tushunchalar bilan bog'liqdir. Texnika yordamida inson

tabiatni, o'z-o'zini, jamiyatni tubdan o'zgartiradi. Inson va jamiyat "texnosfera"da joylashgan bo'lib, texnika bir joyda to'xtab turmaydi. Texnika innovatsiyasi i nson hayotini to'xtovsiz o'zgartirib turuvchi katalizator - harakatga keltiruvchi sifatida inson ongidan joy oldi. Mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ijtimoiy hayotga, iqtisod, siyosat va mafkuraga kirib keldi. "Inson va mashina" munosabatlari tobora yangicha mazmun kasb etib bormoqda.

XULOSA

Texnika insoniyat tomonidan yaratilgan barcha yutuqlarni o'ziga singdirib, inson qudrati va aqliga xizmat qilishi lozim. Har qanday rivojlangan texnika ham ijtimoiy masalalarni insonsiz hal eta olmaydi. Biroq, taraqqiyot taqdirini ma'naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma'naviy barkamollik va mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Texnik taraqqiyotni, uning jamiyatdagi o'rni va rolini to'xtatish, inkor etish mumkin emas. Shunday ekan, texnogen sivilizatsiyada inson texnogen madaniyat-fan amaliyoti, texnikaning yangidan-yangi shakllari, ularni ishlata bilish uquvi va mahoratiga ega bo'lishi taqozo etiladi.

REFERENCES

1. Abdikadirova, N. S., Nurillaeva, D. S., Ganijanovna, M., Azamova, S. R. J., Bobomuradov, B. K., & Kutlimuratov, I. K. (2021). Football in Uzbekistan: Law, Leisure and Sociology. PSYCHOLOGY AND EDUCATION,, 58(1), 1995-2002.

2. Тангриев, А. Т., & Дачев, О. В. (2019). Национальный спорт в вузе. Наука, техника и образование, (11 (64)), 69-71.

3. Игамбердиев, О. Р. (2021). Футбол тугаракларида шугулланувчи 4-5 синф укувчиларини жисмоний тайёргарлигини ошириш. Фан-спортга, 54-56.

4. Дачев, О. В., & Ирисбоев, М. Т. (2021). Уровень подготовки специалистов по футболу в узбекистане. Проблемы педагогики, (1 (52)), 85-87.

5. Нурматов, М. Х. (2021). Эффективность и надежность тактической деятелности квалифицированных футболистов. Фан-спортга, 16-17.

6. ШУКУРОВА, Ш. (2019). Мини-футбол буйича аёллар жамоаларида амалга оширилган стандарт вазиятлар тахлили. Фан^портга, (2), 44-47.

7. Хамдамов, Р. М., & Курязов, Р. (2022). Особенности совершенствования технических элементов у футбольных вратарей. POLISH SCIENCE JOURNAL, 7(46), 152-155.

8. Моргунова, И. И. (2020). Определение спортивной пригодности детей для занятий спортивной гимнастикой. Фан^портга, (5), 75-78.

9. Пахрудинова, Н. Ю., & Хасанова, Г. М. (2020). Модификация занятий физической культурой в вузе посредством использования оздоровительно-развивающих видов гимнастики. Вестник науки, 3(4), 25-30.

10. Musaev, B. В., & Umarov, M. N. (2022). Correlation analysis of the integral preparedness of 12-17 years-old gymnasts. Eurasian Journal of Sport Science, 2(1), 20-26.

11. Хайтметов, И. С. (2021). Ёш гимнастикачи кизларнинг хореогрифия машклари оркали махсус харакат тайёргарлигини ривожлантириш. Fan-Jamiyat, 13-15.

12. Xasanovich, U. X. About prognostic value of indicators of motor abilities in young gymnastes.

13. Улезко, И. В. (2021). Бадиий гимнастикада спортчи кизларнинг предметлар билан узаро хдракатининг индивидуал биомеханик хусусиятлари (сифатлари, имкониятлари). Academic research in educational sciences, 2(1).

14. Abdikadirova, N. S. (2020). Mechanisms of forming youth leisure organization. modern education systems in the usa, the eu and the post-soviet countries.

15. Sabirdjanovna, A. N. (2020). Mechanisms of forming a system for organization of leisure of youth of modern Uzbekistan. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 469-476.

16. МАХАМАДЖОНОВ, Ф. (2019). Оценка структуры соревнователъной деятельности юных футболистов 13-17 лет. Фан-Спортга, (1), 6-11.

17. Тулаганов, А. А. (2021). Ёш футболчиларнинг уйин давомидаги чап ва оёкда бажариладиган техник-тактик харакатларини тахлил килиш. Фан-спортга, 5758.

18. Khojaniyozov, В. I. (2021). Teaching wrestling as anational sport in higher educational universities. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(7), 259-266.

19. ХОЛИКрВ, Б. (2020). Малакали курашчиларни тайёрлашда техник усулларни бажариш сифатининг урни. Фан-Спортга, (5), 41-43.

20. Шукуров, М. Н. (2021). Курашшиларнинг организмига кластерланган махсус тайерлов техник машкларининг таъсири. Наманган Давлат Илмий Ахборотномаси, 366-369.

21. Tajibayev, S. (2020). Improvement Of Technical And Tactical Movements Of Wrestlers On The Basis Of Differential Approach, Taking Into Account The Morphological Characteristics. Scienceweb academic papers collection.

22. Kholikov, B. K. (2021). Optimization of the ratio of physical and technical-tactical training of qualified kurash wrestlers. Eurasian Journal of Sport Science, 7(2), 185-190.

23. Umarov, D. H. (2018). Technique of development of special endurance. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 6(5).

24. Умаров, Д. Х. (2017). Влияние занятий бадминтоном на организм. In Актуальные проблемы физической культуры и спорта (pp. 76-77).

25. Вафоев, Б. Р., Частоедова, А. Ю., & Яхшиева, М. Ш. (2018). Использование мультимедийных средств в спортивной тренировке. Образование и воспитание, (4), 75-77.

26. Частоедова, А. Ю. (2021). Совершенствование навыков выполнения сложнокоординационных движений у юных гимнасток с использованием мультимедийных технологий.

27. Bobomurodov, A. E. (2021). The specific features of agility in preschool children. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 2027(06), 101111.

28. Muradov, F. M. (2021). Development of coordination skills in children aged 6-7 years with disabilities through action games. Eurasian Journal of Sport Science, 7(2), 92-97.

29. Mukhsinov, S. N. (2021). Improvement to the means and methods of developing special physical preparation of young handball players as well as controling the level of preparation. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 2027(06), 143-152.

30. ХОЛМУРОДОВ, Л. (2021). Мактабгача ёшдаги болаларнинг жисмоний сифатларини ривожлантириш. Фан^портга, (1), 46-49.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.