INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© F. Ahmedov1^_
1O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: mazkur maqolada muzeylar, ularning turlari, funksiyalari, maqsadi, marketingi, vazifalari, muzeylar faoliyatida xalqaro tajribalar, uni moliyalashtirish manbaalari, "terminologiya", "muzeografiya", "muzeologiya" kabi tushunchalar haqida so'z boradi.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot olib borilayotgan fan va texnologiyalarni talabalarda qay darajada o'zlashtira olish va ularni bu fanni o'zlashtirishdagi qulayliklar va qiyinchiliklarni o'rganishdan keyingi ta'sir qilishini tahlil qilish uchun 5 ta ilmiy maqoladan iborat korpus yaratildi. Yig'ilgan maqolalar 2020-2023 yillar oralig'ida xalqaro va milliy akademik jurnallarda chop etilgan. Bu maqolalar tahlil qilindi va qiyosiy tahlil olindi.
MAQSAD: mazkur muassasa tarixini o'rganish, tadqiq etish, aholini ayniqsa, yoshlarni bu sohaga bo'lgan qiziqishlarini oshirish va yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: hududlardagi muzeylarni rivojlantirish eng birinchi navbatda muzey ishini tashkil etish bilan boradi. [muzey ishini tashkil etish- bu boshqaruv subyektining muzey san'ati faoliyatini ta'minlash va uning ishiga maqbul natijalarga erishishga qaratilgan faoliyat] Bu o'rinda, yuqoridagi fikr-mulohazalarimizga xulosa sifatida quyidagilarni tavsiya etishimiz mumkin: birinchisi, muassasani resurslar (kadrlar, moliya, moddiy-texnik baza) bilan ta'minlash; ikkinchisi, muzeylar faoliyatida boshqaruvning natijadorlikka olib boradigan usullarini qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi.
XULOSA: zamonaviy muzeylarning maqsadi xalqni o'rganish va tarbiyalash uchun badiiy, madaniy yoki ilmiy ahamiyatga ega bo'lgan narsalarni to'plash, saqlash, sharhlash va namoyish etishdir. Zamonaviy muzeylarning ko'plariga tadqiqot va ta'lim-tarbiyaviy vazifalarning bir butunligi xos. Hozirda, tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, muzeylarda an'anaviy hunarmandchilik yarmarkalarini tashkil etish, ustalarning o'zlari yasayotgan ashyolarning tayyorlanish texnologiyasini namoyish etishlari va sotishlari yaxshi natija bermoqda. Muzeylarning hunarmandlarga xonalarni bepul ijaraga berishi tavsiya etiladi. Umid qilamanki, bu soha tez orada katta natijalarni qayd etadi.
Kalit so'zlar: muzey, san'at, madaniyat, funksiya, fond, marketing, fondreyzing, "terminologiya", "muzeografiya", "muzeologiya".
Iqtibos uchun: Ahmedov F. Muzeylarda turizimni tutgan o'rni va uni rivojlantirish. // Inter education & global study. 2024. №5. B.494-505.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
МЕСТО ТУРИЗМА В МУЗЕЯХ И ЕГО РАЗВИТИЕ
© Ф. Ахмедов1 н
^Государственный институт искусства и культуры Узбекистана, Ташкент_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье говорится о музеях, их видах, функциях, назначении, маркетинге, задачах, международном опыте музейной деятельности, источниках его финансирования, таких понятиях, как «терминология», «музеография», «музеология».
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: с целью анализа того, в какой степени студенты могут освоить изучаемую науку и технику, а также влияние легкости и сложности освоения этой науки после обучения, создан корпус из 5 научных статей.Сборник статей 2020-2023 гг., опубликованный в международных и национальных изданиях. академические журналы между годами. Эти статьи были проанализированы и получен сравнительный анализ.
ЦЕЛЬ: изучить и исследовать историю этого учреждения, повысить интерес населения, особенно молодежи, к этой сфере и устранить возникающие проблемы.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: развитие музеев в регионах, прежде всего, идет с организацией музейной работы. [организация музейной работы -деятельность, направленная на обеспечение деятельности музейного искусства субъекта управления и достижение приемлемых результатов его работы] Здесь в качестве вывода к нашим вышеизложенным замечаниям, можно рекомендовать следующее: во-первых, обеспечить учреждение ресурсами (кадрами, финансами, материально-технической базой); второе -целесообразно использовать методы управления, ведущие к эффективности деятельности музеев.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: цель современных музеев — собирать, сохранять, интерпретировать и демонстрировать предметы художественного, культурного или научного значения для изучения и образования людей. Для многих современных
v V I—у
музеев характерно сочетание исследовательской и просветительской задач. В настоящее время опыт показывает, что хорошие результаты дает организация ярмарок традиционных ремесел в музеях, на которых мастера демонстрируют и продают технологии изготовления собственных изделий. Музеям рекомендуется бесплатно сдавать помещения ремесленникам в аренду. Я надеюсь, что в этой области скоро будут большие результаты.
Ключевые слова: музей, искусство, культура, функция, фонд, маркетинг, сбор средств, «терминология», «музеография», «музеология».
Для цитирования: Ахмедов Ф. Место туризма в музеях и его развитие. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 494-505.
THE PLACE OF TOURISM IN MUSEUMS AND ITS DEVELOPMENT
© Farrux Ahmedov1H
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
1 State Institute of Art and Culture of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: this article talks about museums, their types, functions, purpose, marketing, tasks, international experiences in museum activity, sources of its financing, concepts such as "terminology", "museography", "museology".
MATERIALS AND METHODS: in order to analyze the extent to which students can master the science and technology they are studying, as well as the influence of the ease and complexity of mastering this science after training, a corpus of 5 scientific articles was created. A collection of articles 2020-2023, published in international and national publications. academic journals between years. These articles were analyzed and a comparative analysis was obtained.
AIM: to study and research the history of this institution, to increase the interest of the population, especially young people, in this field and to eliminate the emerging problems.
DISCUSSION AND RESULTS: The development of museums in the regions, first of all, goes with the organization of museum work. [the organization of museum work is an activity aimed at ensuring the activity of the museum art of the management subject and achieving acceptable results for his work] Here, as a conclusion to our above comments, we can recommend the following
The first is to provide the institution with resources (personnel, finance, material and technical base).
The secondly, it is appropriate to use management methods that lead to effectiveness in the activities of museums.
CONCLUSION: the purpose of modern museums is to collect, preserve, interpret and display objects of artistic, cultural or scientific importance for the study and education of the people. Many modern museums are characterized by a combination of research and educational tasks. Currently, experience shows that the organization of traditional craft fairs in museums, where masters demonstrate and sell the technology of making their own items, gives good results. It is recommended that museums rent out rooms to artisans for free. I hope this area will see big results soon
Key words: museum, art, culture, function, fund, marketing, fundraising, "terminology", "museography", "museology".
Muzey (qadimgi yunoncha: jouü£íov, musion - "muzalarga bag'ishlangan joy") -tarixiy, moddiy va ma'naviy yodgorliklarni to'plash, saqlash, o'rganish va targ'ib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy-ma'rifiy muassasa hisoblanadi. Muzey xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, san'at asarlari jamlanadi, shu bilan birga
For citation: Farrux Ahmedov. (2024) 'The place of tourism in museums and its development', Inter education & global study, (5), pp. 494-505. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha bo'lgan tarixiy qimmatga ega qo'lyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi.
Zamonaviy muzeylarning ko'plariga tadqiqot va ta'lim-tarbiyaviy vazifalarning bir butunligi xos. Muzeyning o'ziga xos ilmiy ommaviy va tarbiyaviy shakllari - ekspozitsiya, ko'rgazmalar. Zamonaviy ilmiy tasnifda muzey tur va sohalar bo'yicha farqlanadi. Ijtimoiy vazifasiga ko'ra ilmiy tadqiqot-ma'rifat (muzeyning asosiy qismini tashkil etadi, ba'zan ular xalq muzeyi, ommaviy muzey deb ham ataladi), tadqiqot (ilmiy tadqiqot institutlari qoshida o'ziga xos laboratoriya vazifasini o'tovchi) va o'quv muzeyiga bo'linadi. Sohalar bo'yicha tarix, qishloq xo'jaligi, tabiatshunoslik, san'atshunoslik, adabiyot, texnikaga oid va boshqa muzeylarga bo'linadi. Shuningdek, muzeyning memorial muzeylar, majmua o'lkashunoslik kabi turlari bor.
Zamonaviy muzeylarning maqsadi xalqni o'rganish va tarbiyalash uchun badiiy, madaniy yoki ilmiy ahamiyatga ega bo'lgan narsalarni to'plash, saqlash, sharhlash va namoyish etishdir. Shahar rahbarlarining fikricha, faol muzey jamoasini shaharning madaniy yoki iqtisodiy salomatligining o'lchovi va uning aholisining murakkabligini oshirish usuli sifatida ko'rish mumkin. Muzey mutaxassislari uchun muzey jamoatchilikni muzeyning fuqarolik huquqlari yoki ekologiya kabi vazifalari haqida ma'lumot berish usuli sifatida ko'rishi mumkin. Muzeylar, avvalo, bilimlar ombori. 1829-yilda Jeyms Smitsonning Smitson institutini moliyalashtirish vasiyatiga ko'ra, u "bilimlarni ko'paytirish va tarqatish uchun" muassasa tashkil qilmoqchi ekanligini aytdi.1
Muzey marketingi tushunchasi faqat chiptalarning narxini oshirish, muzey xizmatlarini takomillashtirish yoki reklama qilish bilangina chegaralanish degani emas, balki muzeydagi barcha ishlarni uyg'unlikda rivojlantirib ularni mazmunan boyitishdan iboratdir. Marketing birgina xodimning yoki marketologning ishi bilan qoniqib qolmasdan barcha muzey jamoasining birgalikda harakat qilishini talab qiladigan jarayondir. Muzeylar o'z faoliyatlarida jahon tajribasida mavjud bo'lgan barcha shakllardan foydalanishlari zarur. Respublika va xorijiy davlatlardagi yangi korxona va firmalar mahsulotining ko'rgazmali taqdimotini tashkil etish, reklama kompaniyalarini o'tkazish, suvenirlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo'llab-quvvatlash, muzeylarning turizm infrastrukturasiga ta'sirini kengaytirish shular jumlasidandir.
Muzey kommunikatsiyasini rivojlantirish, tomoshabinlar tashrifini kengaytirish, shu asosda uning daromadini oshirish muzey turizmining asosi sanaladi. Kommunikativ funksiyasiga ko'ra, muzeylar nafaqat tarixiy ahamiyatga molik balki, zamonaviy insonning jamiyat bilan uyg'unligini ta'minlab, ijtimoiy-madaniy jarayonlardagi faol ishtirokiga xizmat qiladi. Muzeylar faoliyat turlarini kengaytirish madaniy turizm resurslari talabgorligini oshiradi va nafaqat muzeyshunos kadrlar balki art menejerlar, dizaynerlar, rassomlar, san'atshunoslarni ish bilan ta'minlash imkoniyatini kengaytiradi. Bu haqda to'xtalinar ekan, "Aholi bandligini hal etishda turizmni rivojlantirish bo'yicha katta imkoniyatlarni ham ishga solishimiz lozim. Shu maqsadda yaqinda tashkil etilgan Turizm qo'mitasi o'z mablag'larini
1 "James Smithson Society" . Smithsonian Institution. Archived from the original on 20 October 2017. Retrieved 14 March 2018.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
va xorijiy sarmoyalarni xalqaro standartlarga mos keladigan infratuzilmalarni rivojlantirishga yo'naltirishi zarur"2.
Bu maqsadda Turizm qo'mitasi boshchiligida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi va Badiiy akademiya bilan kelishilgan holda, moddiy-madaniy meros obyektlariga kirishda art menejerlar, dizaynerlar, rassomlar, san'atshunoslar, dasturchilar hamkorligida QR3 kodlar va boshqa loyihalar ishlab chiqildi. Ushbu innovatsion ishlanmalar madaniy turizm faoliyatida o'z ahamiyatini ko'rsatib, Oybek uy-muzeyi, O'zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi muzeyi hamda I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston davlat san'at muzeyi amaliyotida joriy qilinmoqda4.
Ma'lumki, muzeylarning asosiy vazifasi ashyolarni to'plash, saqlash va namoyish etishdan iborat. Bugungi kunda muzeylar zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash orqali o'z eksponatlarining saqlanishini ta'minlashlari mumkin. Zero, aniq hisobga olish muzey boyliklarini ishonchli saqlash va ularga egalik qilish huquqini kafolatlaydi.
Muzey o'z daromadlarini bir necha omillar orqali oshirishi mumkin. Kirish chiptalarini, madaniy-ma'rifiy xizmatlar narxini toifalash, uzoq muddatli bolalar, o'quvchilar, oilaviy abonementlar kiritishi mumkin. Muzey ashyolari ko'rinishidagi suvenirlarni tayyorlash, turistlar uchun axborot-savdo markazi yaratib, unda buyumlarni sotish, ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzib, muzeyning emblemasi, eksponatlardan nusxalar tayyorlab savdoga qo'yishi mumkin. Agar muhofaza etish kafolatlansa, muzey eksponatlaridan ayrimlarini turli firmalarga reklama uchun ijaraga berishni ham qo'llash joiz5.
Tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, muzeylarda an'anaviy hunarmandchilik yarmarkalarini tashkil etish, ustalarning o'zlari yasayotgan ashyolarning tayyorlanish texnologiyasini namoyish etishlari va sotishlari yaxshi natija bermoqda. Muzeylarning hunarmandlarga xonalarni bepul ijaraga berishi tavsiya etiladi. O'zbekistonda bu borada dastlabki qadam Buxoro va Xiva
muzey-qo'riqxonasi tomonidan qo'yildi. Ammo bu tadbir hali keng yoyilmaganini ta'kidlash lozim.
Fondlarni tomosha qilishni xohlovchilarga muzey zaxiralarini ko'rsatish uchun ekskursiyalar tashkil etish ham yaxshi natija beradi. Restavratsiya va konservatsiyalashga oid ishlarni tomosha qilish ham tomoshabinlarda qiziqish uyg'otishi tabiiy. Muzey qoshida tashkil etilgan magazin va savdo shoxobchalari orqali muzey yo'l ko'rsatkichlari, taqvim-kalendarlar, kassetalar, kitoblar, emblemali suvenirlar sotilishini tashkil etish lozim. Muzeydagi savdo Amerika va Yevropa muzeylarida yaxshi yo'lga qo'yilganini ta'kidlash mumkin.
2 Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti, xalq farovonligining garovi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza. 2016 yil 7 dekabr. - Toshkent: "O'zbekiston» NMIU, 2017. - B. 20.
3 QR-kod (inglizcha. Quick Response Code — tez ma'lumot beruvchi kod; QR code qisqartmasi.) — matrik shtrix kodlar belgilari umumlashtirilgan. Denso-Wave Yaponiya kompaniyasi tomonidan 1994 yildan amaliyotga joriy etilgan. (https://ru.wikipedia.org/wiki/QR). 4https://www.gazeta.uz/ru/2018/08/26/art/ (Программа реновaции затронет три музея Узбекистана).
5 Соболева Н.А. Музейный сервис: пути развития. / Сборник. - Москва, 2004. - С. 25.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
XX asrning so'nggi o'n yilliklarida xorijiy mamlakatlarda muzey byudjetining shakllanishida ko'p kanalli tizim - davlat, jamoa, xususiy, korporativ, notijorat tashkilotlar mablag'lariga tayanmoqda. Davlat va nodavlat mablag'lari orasidagi tafovut turli mamlakatlarda farqlanib, homiylik, xayriya an'analari davlatning madaniyatda tutgan siyosatiga, soliq sohasidagi qonunchilik va boshqa omillarga muvofiq ishlab chiqilgan. Xorijiy muzeylarda 1970-yillarda paydo bo'lgan "mablag' topish" uslubi notijorat loyihalar uchun moliyaviy mablag'larni jalb etish bo'yicha ishlar majmuasini anglatadi. Zamonaviy texnologiyalar muzey fondreyzingini professional biznesga aylantirib, unga bag'ishlab ko'plab o'quv qo'llanmalar chop etilgan. Mazkur uslubning qaror topishida davlat muhim o'rin tutishi lozim. O'zbekiston qonunchiligida hozirdayoq shunday soliqlar tizimi yaratilganki, tijorat sektorining madaniyat loyihalari byudjetini shakllantirishdagi ishtiroki qatnashuvchilarning iqtisodi uchun manfaatlidir. Ammo bu omil hozircha sezilarli darajada samara berayotgani yo'q. Shunga qaramasdan soliq tizimi va qonunlar hali yanada takomillashtirishni kutmoqda. O'zbekiston Respublikasi ham asta-sekin muzeylarning byudjetdan tashqari ta'minotiga e'tibor qaratib, maxsus hukumat, viloyat va mahalliy loyiha, konkurslar o'tkazmoqda.
Hozirgi paytda jahonda ko'plab tashkilotlar maxsus madaniyat sohasida xayriya dasturlarini ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Ularning aksariyati turli fondlar tomonidan moliyaviy ta'minlanib, bu yordam grantlar sifatida beg'araz moliyaviy va moddiy yordam ko'rsatadi. O'zbekiston muzeylari ham turli fondlar bilan hamkorlik bobida yangi tajriba to'plamoqda. Xayriyadan farqliroq, homiylik madaniyat muassasasi va biznes orasidagi tijorat "bitimi"dir. Tijorat tizimining madaniy loyihalarga mablag' qo'yishining qator jihatlari mavjud. Homiylik eng avvalo reklama kompaniyasining ma'lum qismi sifatida, boshqa tadbirlar qatorida kompaniyaning ijtimoiy-madaniy hayotdagi ijobiy imidjini yaratishga xizmat qiladi.
O'zbekistonda 18-may - Xalqaro muzeylar kuni kuni hisoblandi vas hu kuni barcha muzeylarga kirish bepul bo'ladi. Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yil 1-yanvar holatiga O'zbekistondagi muzeylar soni 127 tani tashkil etib, ularga 2021-yil davomida 5100,0 ming kishi tashrif buyurgan. Mamlakatimizdagi eng ko'p tashrif buyuruvchilarga ega bo'lgan top 5 ta muzeylar: Qoraqalpog'iston Respublikasi I.V. Savitskiy nomidagi davlat muzeyi - 48,3 ming kishi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi - 86,5 ming kishi, Xivadagi "Ichan-Qala" majmuasi - 211,9 ming kishi, Buxoro davlat badiiy me'morchilik muzey qo'riqxonasi - 399,4 ming kishi, Samarqand davlat badiiy muzey qo'riqxonasi - 683,9 ming kishi tashrif buyurgan.
Madaniy meros agentligining 2023-yildagi statistik ma'lumotlariga ko'ra, respublikamizda 127 ta muzey faoliyat yuritib kelmoqda, shundan 49 tasi asosiy muzeylar (ulardan 6 tasi muzey-qo'riqxonalar) va 78 tasi filiallardir.
Muzeylarga so'ngi 12 oy davomida jami 4 488 061 nafar mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan. Shundan, xorijiy tashrifchilar soni 1 049 620 nafar, yakka tartibda tashrif buyurganlar soni 1 925 316 nafar, "Moziyga sayohat" dasturi doirasida "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolar va nogironligi bo'lgan shaxslar
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
soni 147 590 nafar, vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari va muassasalari xodimlari soni 102 804 nafar, o'quvchi va talabalar soni 809 696 nafar, keksa va yoshi ulug' otaxon-onaxonlar soni 453 035 nafarni tashkil etdi.
Muzeyning bo'lajak homiysini aniqlashi va undan foydalana bilishi har qanday fondreyzing kompaniyasining muhim jihatidir. Tajriba shuni ko'rsatadiki, haqiqiy homiyni qo'qqisdan uchrashuvlarda topib bo'lmaydi. Shuning uchun xorijiy muzeylar maxsus vaqt va mablag' ajratib, homiylarni jalb etish loyihalarini ishlovchi maxsus taraqqiyot bo'limlari tashkil etib, unga taklif etilgan mutaxassislar qo'shimcha moliyaviy manbalarni jalb etish bilan shug'ullanadilar.
Muzey "mablag' topish" uslubi bo'lajak homiylar - alohida yirik shaxs va kompaniyalar haqida axborot berishni yaratishdan boshlanadi. Unga homiylar faoliyati, qiziqishlari, homiylik an'analari, ularning imkoniyatlari, ma'muriyatlari haqidagi, qadriyatlaridagi talablari to'planadi. Axborotlar har chorak yoki yarim yilda qayta tekshiriladi, sababi shuki, daromadlari keskin kamaya boshlagan tijoratchi yoki kompaniyaga yo'l topishga harakatning ma'nisi yo'q. Aksariyat holatlarda agar tanlangan homiyning daromadi o'sayotgan bo'lsa, uning ma'lum muzey loyihasida ishtiroki, ayniqsa soliqlardan imtiyozlari bo'lsa, samarali bo'lishi mumkin. Homiylik ko'magi faqat moliyaviy ko'rinishda bo'lishi shart emas. U bolalarni muzeyga olib kelish uchun transport vositalarini ajratish, turli injenerlik va me'morchilik ishlari, huquqiy masalalarni hal etish shaklida ham ko'rsatilishi mumkin. Xorijiy muzeylarni moliyaviy ta'minlashda xususiy mulk egalari ham katta o'rin tutadi. Jismoniy va yuridik shaxslarning muzey faoliyatini qo'llash bo'yicha "a'zoligi" kundan-kunga keng yoyilmoqda. Bu tizimning an'anaviy turlari "Muzey do'stlari jamiyati", "Do'stlar klubi", "Homiylar kengashi" bo'lib, ular faoliyati muzeyning mijozlar bilan ishonchli munosabatlarini o'rnatishga qaratilgan. Muzey faoliyatining unumliligini ta'minlaydigan muhim omil uning xodimlaridir. Muzey boshqaruvi uslubi va uning ichki tashkiliy tizimi ishni eng unumli bo'lishini ta'minlashi lozim. Buning uchun muzey kollektivi yagona jamoani tashkil etib, undagi har bir shaxs o'z vazifa va majburiyatlarini aniq tasavvur etib, bajarishidan tashqari o'z g'oyalarini taklif etib, amalga oshirilishiga erishmog'i lozim. Holbuki, O'zbekiston uchun an'anaviy hol, muzey siyosati "tepadan tushirilib", oddiy xodim qabul qilinayotgan qarorlarga ta'sir etish imkoniyatiga deyarli ega emas. Albatta bu holat faqat bizga emas, sobiq sovetlar tizimida bo'lgan ko'pchilik yangi mustaqil davlatlar uchun ham odatiy holdir.
XIX asr oxiridagi tabiat tarixi muzeylari hayotni tasniflash va dunyoni talqin qilish uchun ilmiy intilishning namunasi edi. Tadqiqot va namoyish qilish uchun har bir bilim sohasi uchun barcha misollarni to'plash maqsad edi. 19-asrda Amerika kollejlari o'sib borar ekan, ular o'z talabalari uchun tabiiy tarix to'plamlarini ishlab chiqdilar. XIX asrning so'nggi choragida universitetlardagi ilmiy tadqiqotlar hujayra darajasida biologik tadqiqotlarga o'tdi va ilg'or tadqiqotlar muzeylardan universitet laboratoriyalariga ko'chdi.6 Smitson instituti kabi ko'plab yirik muzeylar hali ham tadqiqot markazlari sifatida hurmat
6 Steven Conn, "Museums and American Intellectual Life, 1876-1926", 1998, The University of Chicago Press, 65.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
qilinsa-da, tadqiqot ko'pchilik muzeylarning asosiy maqsadi emas. Muzey kollektsiyasini talqin qilish maqsadlari haqida munozaralar davom etayotgan bo'lsa-da, kelajak avlodlar uchun madaniy yodgorliklarni himoya qilish va saqlash bo'yicha izchil missiya mavjud. Eskirgan hujjatlar, artefaktlar, san'at asarlari va binolarning parchalanishini kechiktirish uchun saqlash ishlariga katta e'tibor, tajriba va xarajatlar sarflanadi. Barcha muzeylar madaniyat uchun muhim bo'lgan narsalarni namoyish etadi. Tarixchi Stiven Konn yozganidek, "Bu narsaning o'zini o'z ko'zingiz bilan va jamoat joyida, xuddi shunday tajribaga ega bo'lgan boshqa odamlar qurshovida ko'rish maftunkor bo'lishi mumkin."7
Muzey va galereyadagi kundalik tadqiqotlarimizdan tortib, biz qila oladigan har xil usullarni ko'rib chiqishimiz mumkin. Eng muhimi shundaki, bu fanlararo soha bo'lib, u boshqa akademik sohalardagi g'oyalarga tayanadi. Buning sababi, bu akademik tadqiqotning ba'zi sohalariga nisbatan nisbatan yangi sohadir. Bundan tashqari, akademik ta'lim sohasi sifatida u xalqaro miqyosda tez rivojlanmoqda. Bu qisman, keng ko'lamli fanlardan ko'plab akademiklarning muzeylar va De galereyalari hamda ular nima vakillik qilayotgani va qilayotgan ishlariga qiziqish bildirayotgani bilan bog'liq. Bu shuningdek, so'nggi yillarda, xususan, 1980-yillardan beri dunyo bo'ylab yuqori darajadagi muzeylar va san'at galereyalarining favqulodda kengayishi bilan bog'liq. Muzey va galereyani o'rganish kurslari va nashrlarining ko'payishining yana bir sababi, yuqorida aytib o'tganimizdek, ular o'z ichiga olgan muassasalarning xilma-xilligi bilan bog'liq. Muzeylar va galereyalar Luvr va Britaniya muzeyi kabi "universal" muzeylardan tortib, o'ziga xos shaxsiy kolleksiyalargacha bo'lishi mumkin.
Olimlar fikrlashlarining xilma-xilligi tufayli, ular muhokama qiladigan mavzularning ham o'zgacha. Ba'zi olimlarnining e'tiborini tashrif buyuruvchilarning ko'rgazma maydonida qanday harakatlanishi tortadi va qiziqish uyg'otadi. Shuningdek, ular xalq galereyalari millatning o'ziga xosligini ommaviy ifodalarini qanday qurishi yoki mustahkamlashi, ular qanday qilib "davlat shakllanishi" siyosiy jarayonlarining bir qismi ekanligi va ular "jamoat olimlari muzeylar va galereyalarni qanday faoliyat ko'rsatishi nuqtai nazaridan o'rganishdi.
Terminologiya muhim ahamiyatga ega: biz o'rganadigan "nomlash va ramkalash" deb ataladigan jarayonlar orqali akademik hayotdagi sohalarni aniqlaymiz. Ushbu tadqiqot sohasiga berilgan aniq nomlar har xil va turli mamlakatlarda, qisman ular turli xil fikrlash an'analariga asoslangan. "Muzey va galereyashunoslik" inglizcha atama bo'lib, u ham "akademik nazariya" hamda "amaliyot" (professionallar har kuni bajaradigan ishlar)ni o'z ichiga oladi, garchi biz ularni ajralmas deb hisoblasak ham. Muzeylar va galereyalarni o'rganish universitetlarda o'qitiladi va tadqiq qilinadi, biroq muzeylar va galereyalar o'zlarining to'plash, namoyish qilish, tadqiqot va nashr etish faoliyati orqali yangi bilimlarni teng darajada ishlab chiqaradi, almashadi va ruxsat beradi. Akademik o'rganish, kuratorlik va haqiqatan ham boshqaruv muzeylar va galereyalar nima uchun borligi, ular kim uchun, shuningdek, ularni qanday boshqarish kerakligi haqida mulohaza yuritishni va yangi g'oyalarni talab qiladi.
7 Steven Conn, "Museums and American Intellectual Life, 1876-1926", 1998, The University of Chicago Press, 262.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Fransuz tilida so'zlashadigan mamlakatlarda va Italiya kabi G'arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida ko'pincha "muzeologiya" va "muzeografiya" atamalari orasidagi farq amaliy va nazariy o'rganish o'rtasidagi farqni ko'rsatadi. Muzeyografiya odatda boshqa sohalar qatorida ko'rgazma dizayni, konservatsiya va kollektsiyalarni boshqarishni anglatuvchi "muzeologiyaning amaliy yoki amaliy jihatini" anglatadi (Desvallées va Mairesse 2010: 52). Ishlarni murakkablashuvi natijasida, Desvallees va Mairesse ta'kidlashicha, Markaziy va Sharqiy Yevropada abbat fransuz tilida so'zlashuvchilar "muzeografiya" deb ataydiganlar yoki ingliz tilida so'zlashuvchilar buni "amaliy muzeyshunoslik" deb ta'riflaydilar.
Tahlillar davomida muzeyning zaif tomonlari, imkoniyatlari, xavf-xatarlari va afzalliklari ko'rib chiqiladi, ya'ni muzey rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadigan ichki va tashqi omillar taqqoslanadi.
Ichki omillar — tashrif buyuruvchilar soni, kolleksiyalar, ko'rgazma faoliyati, tashrif buyuruvchilarga xizmat ko'rsatish, moliyalashtirish, daromad yaratish — muzeyning zaif tomonlari va afzalliklari bo'lishi mumkin.
Tashqi omillar — siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik ham qulay imkoniyatlar yaratishi, ham muzey rivojlanishi uchun xavf tug'dirishi mumkin.
Tahlil to'planganda muzeyga qarshi uning zaif tomonlari va tashqi xavf-xatarlari birlashib, muzey mavjudligiga haqiqiy xavf tug'diradimi yoki yo'qligini aniqlashga imkon beradi. Ichki va tashqi omillarning qiyosiy tahlili muzeyning o'tmishdagi ishlarining samaradorligi darajasini tushunishga, mavjud muammolarni aniqlashga va ularni hal qilish yo'llarini belgilashga imkon beradi. Muzey katta ilmiy tadqiqiy va tarbiyaviy ishlarni olib boradi: to'plamlarni butlaydi va o'rganadi; ilmiy hujjatlarni tayyorlaydi, muzey ashyolarini saqlash va ta'mirlash tartibini yaratadi, monografiya, katalog, yo'l-ko'rsatkichlar nashr etadi; zamonaviy muzeyshunoslik ishlab chiqqan ilmiy usul va metodologiya asosida ekspozitsiyalarda ilmiy tashviqotlar olib boradi. Tomoshabinlar bilan ishlashning eng muhim shakli ekskursiyadir. Muzey odatda tarixiy, badiiy, ilmiy yoki tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan buyumlar yoki artefaktlarni to'playdigan va saqlaydigan va ularni ommaga taqdim etadigan muassasa sifatida ta'riflanadi. Muzey o'z kolleksiyasini joylashtiradigan jismoniy makon uning binosi yoki inshooti deb nomlanadi.
Muzeylarning har xil turlari mavjud, ularning har biri o'ziga xos diqqat va maqsadga ega. Misol uchun muzey turlariga milliy tarix muzeylari, san'at muzeylari, ilmiy muzeylar va bolalar muzeylari kiradi. Muzeyning har bir turi dizayn va tashkil etishda o'ziga xos ehtiyoj va talablarga ega.
Muzeyni loyihalash va qurish jarayoni bir necha muhim bosqichlarni o'z ichiga oladi. Birinchidan, loyiha jamoasi muzeyning vazifasi, maqsadlari va vazifalarini belgilashi kerak, bu muzeyning joylashuvi, eksponatlari hamda dasturlash bo'yicha keyingi barcha qarorlarni boshqaradi. Keyinchalik, ular muzeyning umumiy kontseptsiyasi va qarashlarini, shuningdek uning tashkiliy tuzilishi va byudjetini belgilaydigan bosh rejani ishlab chiqishlari kerak. Bosh reja tasdiqlangandan so'ng, jamoa binoning o'zi uchun batafsilroq dizaynlar, jumladan, zamin rejalari, balandliklar va renderlar ustida ishlashni boshlashi mumkin. Va
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
nihoyat, qurilish boshlanishi mumkin, so'ngra eksponatlar va boshqa xususiyatlarni o'rnatish.
Muzeyning maqsadlari muassasadan muassasaga farq qiladi. Ba'zilar tabiatni muhofaza qilishdan ko'ra ta'limni afzal ko'radilar yoki aksincha. Misol uchun, 1970-yillarda Kanada Fan va Texnologiya Muzeyi o'z obyektlarini saqlab qolishdan ko'ra ta'limni afzal ko'rdi. Ular obyektlarni, shuningdek ularning funktsiyalarini ko'rsatdilar. Bir eksponatda bir xodim muzey yodgorliklarini yaratish uchun tashrif buyuruvchilar uchun foydalangan tarixiy matbaadan iborat edi.8 Ba'zi muzeylar milliy yoki davlat muzeyi kabi keng auditoriyani qamrab olishga intiladi, boshqalari esa LDS cherkov tarixi muzeyi yoki mahalliy tarix tashkilotlari kabi maxsus auditoriyaga ega. Umuman olganda, muzeylar saqlash va namoyish qilish uchun o'zlarining vazifalariga mos keladigan muhim ob'ektlarni yig'adilar. Muzeylar kelib chiqishi va konservatsiyasi masalalaridan tashqari obyektning avvalgi foydalanishi va holatini ham hisobga oladi. Masalan, diniy yoki muqaddas narsalar madaniy qoidalarga muvofiq muomala qilinadi. Xudoning ismi yozilgan yahudiy buyumlari tashlab ketilmasligi mumkin, balki ko'milishi kerak.9
Aksariyat muzeylar bog'langan artefaktlar bilan jismoniy aloqa qilishga ruxsat bermasa ham, ba'zilari interaktiv bo'lib, ko'proq amaliy yondashuvni rag'batlantiradi. 2009 yilda Angliyadagi Genrix VIII saroyi Xempton sud saroyi tashrif buyuruvchilar uchun interaktiv muhit yaratish maqsadida keng jamoatchilikka kengash xonasini ochdi. Muzey tashrif buyuruvchilarga 500 yillik ob'ektlar bilan ishlashga ruxsat berish o'rniga, nusxalar, shuningdek, replika kostyumlarini yaratdi. Kundalik harakatlar, tarixiy kiyim-kechak va hatto haroratning o'zgarishi tashrif buyuruvchini Tyudor hayoti qanday bo'lganligi haqidagi taassurotga soladi.10
Dunyo bo'ylab yirik professional tashkilotlar muzey nimadan iboratligi va ularning maqsadiga oid ba'zi ta'riflarni taklif qiladilar. Barcha ta'riflardagi umumiy mavzular jamoat manfaati va kolleksiyalarni saqlash, saqlash va talqin qilishdir. Xalqaro muzeylar kengashining muzeyning hozirgi ta'rifi (2022-yilda qabul qilingan): "Muzey moddiy va nomoddiy merosni tadqiq qiluvchi, to'playdigan, saqlovchi, sharhlovchi va namoyish qiluvchi notijorat, jamiyat xizmatidagi doimiy muassasadir. Omma uchun ochiq, ochiq va inklyuziv muzeylar xilma-xillik va barqarorlikni ta'minlaydi, ular axloqiy, professional va jamoalar ishtirokida ishlaydi va muloqot qiladi, ta'lim, zavqlanish, fikr yuritish va bilim almashish uchun turli xil tajribalarni taklif qiladi".11
Kanada muzeylar assotsiatsiyasining ta'rifi: "Muzey - bu asosan vaqtinchalik ko'rgazmalar o'tkazish uchun mavjud bo'lmagan va doimiy ravishda jamoatchilik uchun ochiq bo'lgan va jamoat manfaatlarini ko'zlab boshqariladigan notijorat, doimiy muassasa.
8 Babian, Sharon, CSTM: A History of the Canada Science and Technology Museum, pp. 42-45
9 "Holy Museology". Jewish Museum of Switzerland. 31 May 2022. Archived from the original on 13 December 2022. Retrieved 13 December 2022.
10 Lipschomb, Suzannah, "Historical Authenticity and Interpretive Strategy at Hampton Court Palace", The Public Historian 32, no.3, August 2010, pp. 98-119.
11 "ICOM approves a new museum definition". International Council of Museums. Archived from the original on 25 August 2022. Retrieved 29 August 2022.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
xalqqa, ashyolar va namunalarni yoki ta'lim va madaniy qadriyatlarni, shu jumladan badiiy, ilmiy, tarixiy va texnologik materiallarni saqlash, saqlash, o'rganish, talqin qilish, yig'ish va ommaga o'rgatish va foydalanish uchun ko'rgazmaga qo'yish"12.
Birlashgan Qirollik Muzeylar Assotsiatsiyasining ta'rifi: "Muzeylar odamlarga ilhom olish, o'rganish va zavq olish uchun kolleksiyalarni o'rganish imkonini beradi. Ular jamiyat uchun ishonchli bo'lgan artefaktlar va namunalarni to'playdigan, saqlaydigan va mavjud bo'lgan muassasalardir".
Amerika Muzeylar Alyansi bunday ta'rifga ega bo'lmasa-da, ularning akkreditatsiya dasturida ishtirok etish uchun akkreditatsiya mezonlari ro'yxatida muzey quyidagilarni ta'kidlaydi: "Qonuniy ravishda tashkil etilgan notijorat muassasasi yoki notijorat tashkiloti yoki davlat tashkilotining bir qismi bo'lishi; Mohiyatan ma'lumotli bo'lishi kerak. Rasmiy ravishda belgilangan va tasdiqlangan missiyaga ega bo'lish; To'plamlar yoki obyektlarni muntazam ravishda taqdim etish uchun rasmiy va tegishli dasturga ega; Eng kamida ikki yil davomida jamoatchilikka ochiq bo'lish, uning doimiy yig'ilishining 80 foizini tashkil etish; muzey bilimi va tajribasiga ega bo'lishi; uning faoliyatining samarali ishlashi uchun etarli moliyaviy resurslarga ega bo'lishi; Muzeylar uchun asosiy standartlarga javob berishini ko'rsatish; Asosiy hujjatlarni tekshirish dasturini muvaffaqiyatli yakunlang"13.
Qo'shimcha ravishda, Amerika Qo'shma Shtatlar qonunchiligida muzeyning huquqiy ta'rifi Muzey va kutubxona xizmatlari institutini tashkil etishga ruxsat beradi: "Muzey -asosan ta'lim, madaniy meros uchun doimiy asosda tashkil etilgan jamoat, qabila yoki xususiy notijorat muassasasini anglatadi. Yoki estetik maqsadlarda va professional xodimlardan foydalangan holda: jonli yoki jonsiz moddiy obyektlarga egalik qiladi yoki ulardan foydalanadi va ularni muntazam ravishda ommaga ko'rsatadi" (Muzey xizmatlari to'g'risidagi qonun 1976).14
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. "James Smithson Society" . Smithsonian Institution. Archived from the original on 20 October 2017. Retrieved 14 March 2018.
2. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti, xalq farovonligining garovi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza. 2016 yil 7 dekabr. - Toshkent: "O'zbekiston» NMIU, 2017. - B. 20.
3. QR-kod (inglizcha. Quick Response Code — tez ma'lumot beruvchi kod; QR code qisqartmasi.) — matrik shtrix kodlar belgilari umumlashtirilgan. Denso-Wave Yaponiya kompaniyasi tomonidan 1994 yildan amaliyotga joriy etilgan. (https://ru.wikipedia.org/wiki/QR).
12 "About Museums - Association of Manitoba Museums", www.museumsmanitoba.com. Archived from the original on 12 December 2021. Retrieved 12 December 2021.
13 "Eligibility". American Alliance of Museums. 25 January 2018. Archived from the original on 12 December 2021. Retrieved 12 December 2021.
14 "2 CFR § 3187.3 - Definition of a museum". LII / Legal Information Institute. Archived from the original on 12 December 2021. Retrieved 12 December 2021.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
4. https://www.gazeta.uz/ru/2018/08/26/art/ (Программа реновации затронет три музея Узбекистана).
5. Соболева Н.А. Музейный сервис: пути развития. / Сборник. - Москва, 2004. - С. 25.
6. Steven Conn, "Museums and American Intellectual Life, 1876-1926", 1998, The University of Chicago Press, 65.
7. Steven Conn, "Museums and American Intellectual Life, 1876-1926", 1998, The University of Chicago Press, 262.
8. Babian, Sharon, CSTM: A History of the Canada Science and Technology Museum, pp. 42-45
9. "Holy Museology". Jewish Museum of Switzerland. 31 May 2022. Archived from the original on 13 December 2022. Retrieved 13 December 2022.
10. Lipschomb, Suzannah, "Historical Authenticity and Interpretive Strategy at Hampton Court Palace", The Public Historian 32, no.3, August 2010, pp. 98-119.
11. "ICOM approves a new museum definition". International Council of Museums. Archived from the original on 25 August 2022. Retrieved 29 August 2022.
12. "About Museums - Association of Manitoba Museums". www.museumsmanitoba.com. Archived from the original on 12 December 2021. Retrieved 12 December 2021.
13. "Eligibility". American Alliance of Museums. 25 January 2018. Archived from the original on 12 December 2021. Retrieved 12 December 2021.
14. "2 CFR § 3187.3 - Definition of a museum". LII / Legal Information Institute. Archived from the original on 12 December 2021. Retrieved 12 December 2021.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HFarrux Ahmedov, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, "Madaniyat va san'at menejmenti" kafedrasi o'qituvchisi [Фаррух Ахмедов], [Farrux Ahmedov]; manzil: O'zbekiston, Toshkent shahri, Olmazor tumani Qora qamish 2/5 daxasi Muxbir ko'chasi 2 uy 18 xonadon; [адрес: Узбекистан, Ташкент, Алмазарский район, Каракамиш 2/5 даха, улица Мухбира, 2 дома, 18 квартира]; [address: Uzbekistan, Tashkent city, Almazar district, Karakamish 2/5 daha, Mukhbir street, 2 houses, 18 apartments.]