YURTIMIZDA FAOLIYAT YURITAYOTGAN MUZEYLARNING AHAMIYATI VA ULARNING TURIZMGA TA'SIRI
Akbaraliyeva Akramjon qizi Zilola
Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi akbaraliyevazilola34@gmail.com Ilmiy rahbar: Mavluda Abduvaliyevna Komiljonova Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi mavlyudadjurayeva1@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqola O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan muzeylar haqida. Muzeylar faqat madaniy ko'rgazmalar, ular bizni o'tmishga sayohat qilishga taklif qiladigan yollanma yulduzlardir. O'zbekiston muzeylari 130 yillik tarixga ega. Respublika bo'ylab muntazam harakatlanadigan 1200 dan ortiq turli yo'nalish va yo'nalishlar tashrif buyuruvchilarni quvontirmoqda. Muzeylar doimiy ravishda boyib, kengayib bormoqda.
Kalit so'zlar: muzey, eksponat, turistlar, tarix,dam olish kunlari
KIRISH
Tarixni anglashda uni kelajak avlodlarga qoldirishda muzeylar juda ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu boisdan O'zbekistonda 1990-yillardan keyin ko'plab muzeylar mamlakatning turli joylarida o'z ishlarini boshladi, ko'plab muzeylar butunlay yangidan barpo etildi, boshqalari kapital ta'mirdan chiqarildi. Zamonaviy muzeylarning ko'plarida tadqiqot va ta'lim-tarbiyaviy vazifalarning bir butunligi mujassamlashgan. Muzeyning o'ziga xos ilmiy ommaviy va tarbiyaviy shakllari -ekspozitsiya va ko'rgazmalardir. Zamonaviy ilmiy tasnifda muzey tur va sohalar bo'yicha farqlanadi. Ijtimoiy vazifasiga ko'ra ilmiy tadqiqot-ma'rifat (muzeyning asosiy qismini tashkil etadi, ba'zan ular xalq muzeyi, ommaviy muzey deb ham ataladi), tadqiqot (ilmiy tadqiqot institutlari qoshida o'ziga xos laboratoriya vazifasini o'tovchi) va o'quv muzeyiga bo'linadi. Sohalar bo'yicha tarix, qishloq xo'jaligi, tabiatshunoslik, san'atshunoslik, adabiyot, texnikaga oid va boshqa muzeylarga bo'linadi. Shuningdek, muzeyning memorial muzeylar, majmua o'lkashunoslik kabi turlari ham bor.
ASOSIY QISM
O'zbekistonda 350 dan ortiq muzey va muzey faoliyati bilan bog'liq ko'rgazma muassasalari mavjud.Madaniyat vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, ularning 90 tasi davlat muzeylaridir. Muzeylar xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek,
294
san'at asarlari jamlanadi, shu bilan birga yozma manbalar, qadimdan hozirgi davrgacha bo'lgan tarixiy qimmatga ega qo'lyozmalar saqlanadi.
MUZEY (yunoncha, musion - muzalarga bag'ishlangan joy) - tarixiy, moddiy va ma'naviy yodgorliklarni to'plash, saqlash, o'rganish va targ'ib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy ma'riiiy muassasalar. O'zbekistonda Muzeylar 19-asrning ikkinchi yarmida tashkil etila boshlagan va 20-asrning boshida O'zbekistonda faqat 3 muzey-Toshkent o'lkashunoslik muzeyi 1876 - yil, hozirgi O'zbekiston tarixi muzeyi, Samarqand xalq muzeyi 1896, hozirgi Akmal Ikromov nomidagi O'zbekiston xalqlari madaniyati va san'ati tarixi muzeyi, Farg'ona xalq muzeyi 1899, hozirgi Farg'ona viloyati o'lkashunoslik muzeyi, bor edi. Ularning to'plamlari kam, ekspozitsiyalarining ko'pi tasodifiy materiallardan tashkil topgan edi. Mustaqillik yillarida muzeylar va madaniyat yodgorliklari davlat ixtiyoriga o'tkazilib, muhofaza qilina boshlandi. Ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirilib, muzeylar uchun kolleksiyalar to'plash ishi yo'lga qo'yildi va ko'plab muzeylar tashkil etildi.
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yil 1 yanvar holatiga O'zbekistondagi muzeylar soni 127 nafarni tashkil etib, eksponatlar soni 12,17 milliondan oshgan va ularga 2021 yil davomida 5 million 100 ming kishi tashrif buyurgan. Qo'mitaning ma'lum qilishicha, O'zbekistondagi eng ko'p tashrif buyuruvchilarga ega bo'lgan top-5 muzeylari quyidagilar: Qoraqalpog'iston Respublikasi I.V. Savitskiy nomidagi davlat muzeyi - 48,3 ming kishi Temuriylar tarixi davlat muzeyi - 86,5 ming kishi Xivadagi "Ichan-Qala" majmuasi - 211,9 ming kishi Buxoro davlat badiiy me'morchilik muzey qo'riqxonasi - 399,4 ming kishi Samarqand davlat badiiy muzey qo'riqxonasi - 683,9 ming kishi Hozir bir qancha O'zbekistondagi taniqli muzeylarni ko'rib o'tamiz : Har yili 18-may kuni dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi. Uni nishonlash to'g'risidagi qaror 1977-yilda Xalqaro muzeylar kengashining navbatdagi yig'ilishida qabul qilingan.O'zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida soat 9:00 dan 18:00 gacha ochiq eshiklar kuni tashkil etiladi.
O'zbekiston Davlat San'at muzeyi
O'rta Osiyoda ilk bor tashkil etilgan badiiy muzey hisoblanadi. 1918-yilda Toshkent shahrida Xalq universiteti muzeyi sifatida asos solingan. Muzeyda O'rta Osiyoda yashab ijod etgan rassomlarning 250 ga yaqin san'at asarlari to'plangan. Muzey fondi 50 mingdan ortiq eksponatlarga ega.Binoning 4 tomoniga O'zbekistonda ishlab chiqarilgan zamonaviy oynalar o'rnatilgan, ular zallarni bir xilda mayin yoritib turishi san'at asarlarini tabiiy yorug'likda ko'rish imkonini beradi.
Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston Davlat San'at muzeyi
295
Respublikadagi yirik muzeylardan hisoblanadi. Nukus shahrida 1966-yilda tashkil topgan, 1984-yildan N.V.Saviskiy nomi bilan ataladi. Muzeyga taniqli etnograf, restavrator Igor Saviskiyning sa'y-harakati va u to'plagan qoraqalpoq xalq amaliy san'ati asarlari negizida asos solingan.Muzey eksponatlari monografiya (etud, chizgidan tortib to yetuk asarlar) tartibida to'plangani bilan qimmatli hisoblanadi. Unda barcha eksponatlar zich joylashgan, ekspozitsiyalarda to'plamni to'laqonli namoyishiga erishiga qarab joylashtirilgan.
"Afrosiyob" Samarqand tarixi muzeyi
Samarqand shahar tarixi muzeyi 1970-yilda tashkil etilgan. Muzey Afrosiyob shaharchasida - Samarqandning qadimiy, mo'g'ullar istilosigacha bo'lgan qismida joylashgan.Muzey ekspozitsiya zallarida miloddan avvalgi birinchi ming yillikning o'rtalaridan XIII asrning boshlarigacha bo'lgan shahar tarixini yorituvchi eksponatlar namoyish etilgan.Afrosiyob qazishmalaridan topilgan osori-atiqalar asosida O'rta Osiyoda musulmon uyg'onish davri tarixi va madaniyati eksponatlari o'rin olgan. Eksponatlar mavzusi Samarqandning IX-XIII asrlarga oid moddiy madaniyati tarixini yoritgan.
Amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi
1927 yilda O'zbekiston ustalarining eng yaxshi ijod namunalari ko'rgazmasi tashkil qilingan. So'ng, bu doimiy ko'rgazmaga aylantirilib, "O'zbekiston xalq xo'jaligi ko'rgazmasi" nomini oldi.1997 yilda sobiq ko'rgazma O'zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga o'tkazildi va "O'zbekiston amaliy san'at muzeyi" maqomiga ega bo'ldi.Muzey binosi xalq me'morligi va bezak san'atining nodir namunasi hisoblanadi. Uni qurish va bezashda Buxoro, Samarqand, Toshkent, Xiva va boshqalar shaharlardan kelgan ustalar qatnashgan, bino ganch va yog'och o'ymakorligi, naqqoshlik bilan jozibador bezatilgan. Termiz Arxeologiya muzeyi
2002 yili Termiz shahrining 2500-yillik yubileyi munosabati bilan rasman ochilgan. Undagi ko'plab eksponatlar arxeologik yodgorliklar va topilmalar bo'lib, hudud geografiyasi bilan bog'liq.Makedoniyalik Iskandarning bosqinidan to Yunon-Baqtriya podsholigining qulashigacha bo'lgan, o'zida mujassamlangan eksponatlar mavjud. Numizmatika ko'rgazmalar zalida numizmatikaga oid qimmatbaho buyumlar va topilmalar o'z o'rnini egallaydi. Ayvon ostidagi galereyada katta hajmdagi eksponatlar joylashgan. Kutubxonada 3700 dan ortiq qo'lozma, tarixiy adabiyot va badiiy kitoblar mavjud.
O'zbekiston Respublikasining "Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko'rish tartibi hamda shartlari to'g'risida nizom"ning 6-bandiga asosan: Bolalar va o'smirlarning madaniy-tarixiy merosdan foydalanish va ular bilan tanishish imkoniyatini kengaytirish maqsadida haftaning har
296
seshanba va juma kunlari 18 yoshgacha bo'lgan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchi ota-onalar (yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar) Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko'rish uchun davlat muzeylariga bepul kiritiladi.Shuningdek, Nizomda Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ko'rish uchun har yilning 2-8 sentabr kunlari tashkillashtirilgan "Muzeylar haftaligi" doirasida aholi davlat muzeylariga bepul kiritilishi ham belgilab qo'yilgan.Davlat muzeyiga 18 yoshga to'lmagan bolalar va aholining bepul kirishi hisobini yuritish Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus jurnal asosida amalga oshiriladi.Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ,jumladan, davlat muzeylarida turgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini bepul kirib ko'rish tartibi va shartlari bilan bog'liq qoidalari muzey hududining tashrif buyuruvchilar uchun tanishishga qulay bo'lgan joyiga o'rnatilgan bo'lishi kerak. XULOSA
Muhtasar qilib aytganda, ajdodlarimizdan meros bo'lib qolgan noyob yodgorliklarni asrab-avaylash, asrlar osha bizgacha yetib kelgan asori-atiqalarni saqlash hamda kelajak avlodga bus butun yetkazishda madaniy muassasa bo'lgan muzeylarning o'rni va ro'li beqiyos. Birinchi navbatda o'zimizning xalqimizni va bolalarni yoshlikdan qiziqtirib, ularga tariximizni o'rgatib davom ettirsak mubolag'a bo'lmaydi. Qachonki ichki turizm rivojlansa va ichki turizm uchun yaxshidan-yaxshi sharoitlar qilinsa, ana undan keyin boshqa mamlakatlardan turistlarni jalb qila olamiz. Muzeylarimizga ko'proq turistlarni jalb qila olsak ,madaniy merosimiz haqida ularga bilim bersak ham manan ham iqtisodiy jihatdan yurtimiz, jamiyatimiz yuksaladi.
REFERENCES
1. Axmedov J., Axmedova R. O'zbekiston tarixi davlat muzeyi faoliyati haqida // "Zamonaviy dunyoda dolzarb ilmiy tadqiqotlar" jurnali. 3(71)-son. 9-qism. Pereyaslav, 2021. P. 101-104.
2. Almeev R.V. O'zbekiston muzeylari va ularni rivojlantirishning ijtimoiymadaniy istiqbollari. Toshkent, 2017 yil.
3.https://uz.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekistondagi_muzeylar
4.http://www.ud.uz/uz/unique charming/masterpieces tashkent/1235/
5.https://legacy.uz/uz/ozbekistonda350-dan-ortiq-muzey-mavjud/
6.https://www.gazeta.uz/oz/2023/05/16/museums/
7.https://daryo.uz/2022/05/18/ozbekistondagi-eng-kop-tashrif-buyuruvchilarga-ega-top-5-muzeylar-royxati-elon-qilindi
297