Научная статья на тему 'MUZEY PEDAGOGIKASI VA AXBOROTLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI'

MUZEY PEDAGOGIKASI VA AXBOROTLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muzey / texnologiya / pedagogika / axborotlashtirish / virtual muzey / ta’lim / музей / технология / педагогика / информатизация / виртуальный музей / образование

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nigmatov Alisher Xayrulla O‘G‘Li

Mazkur maqolada hozirgi zamonda juda rivojlanayotgan muzey pedagogikasi va uni axborotlashtirish texnologiyasi, virtual muzeylar ularning ta'lim jarayonidagi o‘rni va afzalliklari haqida ma’lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MUSEUM PEDAGOGY AND INFORMATIZATION TECHNOLOGY

This article presents information about the museum pedagogy and technology of its informatization, the role and advantages of virtual museums in the educational process

Текст научной работы на тему «MUZEY PEDAGOGIKASI VA AXBOROTLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI»

MUZEY PEDAGOGIKASI VA AXBOROTLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI

Nigmatov Alisher Xayrulla o'g'li

Chirchiq davlatpedagogika universiteti "O 'zbekiston tarixi" kafedrasi o'qituvchisi

alishernigmatov911 @mail.ru

Annotatsiya: Mazkur maqolada hozirgi zamonda juda rivojlanayotgan muzey pedagogikasi va uni axborotlashtirish texnologiyasi, virtual muzeylar ularning ta'lim jarayonidagi o'rni va afzalliklari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: muzey, texnologiya, pedagogika, axborotlashtirish, virtual muzey,

ta'lim.

ПЕДАГОГИКА МУЗЕЯ И ИНФОРМАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ

Нигматов Алишер Хайруллоевич

Чирчикский государственный педагогический университет Преподаватель кафедры "История Узбекистана " alishernigmatov911@mail.ru

Аннотация: В данной статье представлена информация о развивающейся в настоящее время музейной педагогике и технологиях ее информатизации, о роли и преимуществах виртуальных музеев в образовательном процессе.

Ключевые слова: музей, технология, педагогика, информатизация, виртуальный музей, образование.

MUSEUM PEDAGOGY AND INFORMATIZATION TECHNOLOGY

Nigmatov Alisher Khayrullayevich

Chirchik State Pedagogical University Teacher of the Department "history of

Uzbekistan "

alishernigmatov911 @mail.ru

Annotation: This article presents information about the museum pedagogy and technology of its informatization, the role and advantages of virtual museums in the educational process.

Keywords: museum, technology, pedagogy, informatization, virtual museum, education.

KIRISH

O'zbekiston 1991-yilda mustaqillikka erishganidan so'ng madaniy sohada, shu jumladan, boy o'tmish merosimizni o'rganish, saqlash hamda uni keng xalq ommasiga targ'ib etish borasida katta o'zgarishlar yuz berdi.

Vatanimiz ijtimoiy hayotidagi o'zgarishlar, yangilanishlar qatorida O'zbekiston hududidagi muzeylar faoliyati qayta tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasining "Muzeylar to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1998-yil 12-yanvarda "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to'g'risida"gi Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-martda qabul qilingan "Muzeylar faoliyatini tubdan qo'llab-quvvatlash masalalari to'g'risida", 2014-yil 11-iyuldagi "Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" Qarorlari qabul qilinganligi ko'rishimiz mumkin. Mamlakatimiz hududida mavjud bo'lgan muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ularni xalqning ma'naviy-axloqiy kamolotida tutgan o'rnini yanada oshirish maqsadida "O'zbekmuzey" jamg'armasi tuzilgan. Hozir mamlakatimiz hududidagi turli muassasa, korxona, qurilish tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv xo'jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta'limi tizimida jami 1200dan ortiq muzeylar bo'lib, ularning eng yiriklari poytaxtda joylashgan. Shu bilan birgalikda o'nlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur san'at arboblarining uy muzeylari ham faoliyat ko'rsatib kelmoqda [1].

ADABIYOTLAR TAHLILI

O'zbekistan Respublikasi birinchi Prezidenta Islom Karimovning "Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat kilish - eng oliy saodatdir" nomli asarida "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, matematika, fizika, kimyo, sanoat, menejment - bo'larning hammasi kerak, albatta. Lekin, avvalambor tarixni bilish - bu hayotiy zarurat. Hayotni - bilish, biz qaysi asrda yashayotganimizni anglash - bu hammamizning burchimiz. Ya'ni, hayotdan oyog'i uzilgan, real vokelikdan uzoqlashgan odam xech qachon o'z maqsadlariga erisha olmaydi. Yerda yashaydigan odamning hayoti shu zamin, mana shu tuproq bilan bog'liq bo'lishi kerak, u shu tuproqni ko'ziga surib, uning ertangi kunini yanada obod qilishga xarakat qilib yashashi zarur", - ekanligi alohida ta'kidlangan. Bundan bilishimiz mumkinki, bizning tariximizni o'zida saqlab kelayotgan muzeylar faoliyatini chuqurroq tahlil qilib, tariximizni bilishimiz talab etiladi [2].

Muzeylarning ta'limiy-tarbiyaviy vazifasidan kelib chiqqan holda uning amaliy ahamiyatini oshirishga xizmat qiluvchi pedagogikaning yangi sohasi demakdir.

Muzey pedagogikasiga alohida ehtiyoj sezilmoqda, chunki hozirgi davrda turli yoshdagi bolalar bilan muzey va ta'lim muassasalari o'rtasidagi aloqa aniq bir maqsadga yo'naltirilmagan holda olib borilmoqda. Muzeylar o'sib kelayotgan yosh avlodni moddiy-ma'naviy merosga hurmat ruhida tarbiyalashda madaniy-tarixiy, tabiiy-ilmiy qadriyatlarni o'zida jamlaydigan ijtimoiy institut hisoblanadi. Shuning uchun ham muzey va maktablarning ta'lim sohasidagi faoliyatiga tizimli va dasturlashtirilgan holda yondashish talab etiladi.

Hozirgi zamon axborot va kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlari, global internet tarmogining paydo bo'lishi va insoniyatning ko'p qirrali faoliyatiga kirib borishi munosabati bilan yanada keskin ortib ketdi. Shu sababli muzeylarning virtual korinishlarini tashklil qilib yosh avlod vakillarini masofadan turib muzeylar faoliyati bilan tashkil etilishi kerakligi hozirgi kuning dolzarb muommolaridan biridir. Muzeylarni virtual ko'rinishda tashkil etish nafaqat yoshlar, balik chet ellik turistlarni ham o'ziga jalb eta oladi.

METODOLOGIYA

Muzey pedagogikasining o'ziga xos jihati - norasmiylik va ixtiyoriylik. O'qitishning o'ziga xos xususiyati sifatida o'quvchilarning o'z qobiliyatlarini maksimal darajada amalga oshirish va qiziqishlarini qondirishga imkon berishi aks etadi. O'quvchilarning muzey materiallari bilan ishlashini tashkil etish ularning fan, texnika, texnologiya, ijodiy sohada egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini integratsiyalash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Virtual muzeyni yaratish ikkita metodikaning - muzey pedagogikasi va zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslanadigan loyihalar metodi integratsiyasi natijasida yuzaga keladi.

Virtual muzey veb saytlarning shunday turiki, unda muzeydagi materiallar ko'rgazmasi amalga oshiriladi. Virtual muzeylarning afzalligi shundaki, ular eksponatlarni saqlash, himoyalash, keng, tez va osonlik bilan ommaga taqdim etishni internet texnologiyalari yordamida amalga oshiradi.

Birinchi veb-sayt muzeylari, ya'ni virtual muzeylar internetda 1991-yilda paydo bo'lgan. Dastlab virtual muzeylar haqiqiy muzeylarning saytlari bo'lgan bo'lsa, keyinchalik shaxsiy veb-sayt muzeylar paydo bo'la boshladi. Birinchi shaxsiy virtual muzeylar 1994-yilda paydo bo'lgan, lekin barcha rasm to'plamlari ham virtual muzey bo'la olmaydi. Virtual muzeylarning to'plamlari ikkita o'ziga xos xarakteristikaga ega bo'lishi kerak. Bu virtual turlar va eksponatlarning mukammallashgan qidiruvidir. Birinchi bo'lib virtual muzeylarning afzalligini ko'ra bilgan odam Microsoft firmasi rahbari Bill Geyts bo'lgan.

"Virtual ekskursiyalar" - real muzey ekskursiyalaridan farq qilib, o'quvchilarga muzey fondlariga virtual sayohat qilish imkoniyatini beradi. Bunda ular real hayotda ko'ra olmaydigan muzeylarga sayohat uyushtira olishadi. O'quvchilar virtual

muzeylarga sayohat qilish orqali ma'naviy merosning tarixiy ildizlarini anglaydilar, tarixiy, adabiy, san'at namunalarini bir butun, yaxlit ma'naviy meros sifatida tushunishga erishiladi. Demak, virtual muzeyi bilan o'quvchilaming mustaqil ishini tashkil qilish o'qituvchining yo^arn va kо'гsatmasi oгqali amalga oshirilishi umumta'lim fanlari dasturlariga muzey pedagogikasini keng targ'ib etishni talab etadi. Bu esa o'quv dastuгlaгiga muayyan о'zgartirisЫar kiгitilishiga olib keladi. Bunday ishlarni olib borish ancha samarali hisoblanadi. Tadqiqot doirasida quyidagi texnologik bosqichlar asosida "Arxeologiya" virtual muzeyi yaratildi va amaliyotga tatbiq etildi: izlanishga doir: O'zbekiston tarixi davlat muzeyi, Amiï Temuг va temurtylai taгixi davlat muzeyi hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi "Arxeologiya" muzeyi materiallari bilan tanishish, ularni davrlarga ajratish, arxeologik olimlar bilan uchrashish, arxeologik yodgorliklarga xarakteristika yozish, amaliy: virtual muzey fondini, ilmiy va badiiy qimmatga ega virtual muzey ekspozitsiyalarini, CMS tizimlari va HTML muharriri yordamida veb-saytni yaratish; tatbiqiy: yaratilgan veb-sayt muzeyni umumiy о'гta ta'lim maktablari o'quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Arxeologiya" virtual muzeyidan barcha guruhlarning tarbiyaviy soat mashg'ulotlari hamda "Odobnoma", "Vatan tuyg'usi", "Tarix", "Milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyat asoslari" fanlarini o'qitish jarayonida keng foydalanildi. "Arxeologiya" virtual muzeyidan foydalanishga doir faoliyat quyidagi algoritmik ketma-ketlikka asoslanildi: o'quvchilarga axborotlarni taqdim etish: o'quvchilarni virtual muzeydagi axborotlar bilan tanishtirish, guruh rahbarlari, fan o'qituvchilari mashg'ulotlar jarayonida virtual muzeyga o'quvchilarning sayohatlarini tashkil etishdi va axborotlar ustida ishlash jarayoni amalga oshirildi; o'quvchilarni faoliyatga jalb etish: yosh guruhlari bilan bog'liqlikda virtual muzeyga sayohat amalga oshirib bo'linganidan so'ng o'quvchilarga o'z taassurotlarini bayon, insho, esse, taqdimot, loyiha ko'rinishlarida ifoda etish uchun sharoit yaratildi.3]

Axborot texnologiyalarini ta'lim jarayonida qo'llashning pedagogik-psixologik omillari O'zbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2002 yil б iyunda qabo'l qilgan «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi [4] Qarori axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, barcha sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan baxramand bo'lishni kengaytirishga zamin yaratadi. Bu o'z navbatida muzeylar faoliyatini ham yanada rivojlantiradi. Muzeydan o'rin olgan eksponatlarni axborot resurslar markaziga joylashtirish va bu orqali masofaviy tanishish imkonini beradi.

Muzey eksponatlari va ularning tarixiga qiziqish uyg'otish muzeyning o'ziga ham tashriflarni ko'payishga sababchi bo'ladi.

Bilim olishning zamonaviy texnologiyasi sifatida o'rganish, muzey ekskursiyasi jarayonida masofaviy tanishishdan foydalanish bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir.

Masofadan turib tanishuvni rivojlantirish sohasida bevosita shug'ullangan va ishlayotgan, ushbu sohada ko'p yillik internetdan foydalanish tajribasiga ega bo'lgan jahonning yetuk olimlari tomonidan bajarilgan ishlarni tadqiq qilish natijalaridan keng foydalanish o'rinlidir.

Muzeyda o'quvchilar ko'proq erkinlik va mustaqillikni yoqtiradi. Ularga qo'l bilan ushlab ko'rish va eksponat bilan muloqotga kirishish imkoniyatini yaratish darkor, chunki aynan eksponat nusxalari, maketlari va mulyajlari o'quvchilar uchun hech narsaga tenglashtirib bo'lmaydigan o'quv materiali hisoblanadi. Shu bois ko'plab muzeylar o'z zallarida bolalar uchun eksponatlarning nusxalarini yasab, ularga predmetlarni sinab ko'rishga imkon yaratadi. Tarixiy shaxslar kiyimini kiyib ko'rish yoxud zadogon ayolning taqinchoqlarini taqib ko'rish, kulolchilik charxida ko'zalarni yasab ko'rish o'quvchida katta taassurot uyg'otadi.

Shu boisdan muzeylarda gologramma tizimini ham qo'llash mumkin. Golografiya (yun. holos — butkul, to'liq va ... grafil) — to'lqinlar interferensiyasidan foydalanib buyumning fazoviy (hajmiy) tasvirini hosil qilish usuli [5] hisoblanadi. Bu usullar orqali muzey eksponatlarini shakllantirish muzeyga tashrif buyuruvchilarni qiziqishini yanada ortirib, ular sonini ko'payishiga sabab bo'ladi.

Ogzaki ravishda materiallarni o'zlashtirish kursatkichi 10%, bo'lgan sharoitda muzeylarga ekskursiyasi bu jarayoni samarasini yanada oshiradi. Maktablarda muzeylar bilan tanishuv materialni ko'rgazmali shaklda taqdim etish lozim.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Ko'rsatmalilik - o'qitish va tarixiy bilimlarning o'rganishning ko'rsatmali usuli, o'qituvchi bayonining manbai va uni ko'rsatmali bo'lishi, uning o'quvchilardagi aniq, tayyor obrazlarga suyana bilishi, o'quv vositasi materialini bay on qilish vaqtida ko'rsatmali qurollardan foydalanish va ko'rsatmali qurollar vositasida o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish hamda ularning o'rganilayotgan tarixiy faktlarni, voqea va xodisalarni aynan o'zini yoki ularning tasvirlarini ko'rish yordamida o'rganishlari tushuniladi.[6]

Hozirgi kunda ko'plab xorijiy muzeylar teatrlashtirilgan sahnalardan foydalanmoqda. Bu ayniqsa, tarix va texnika muzeylarida samarali natija beradi. Mazkur tomoshalar bir guruh muzey xodimlarining ma'lum bir davrni o'zida aks ettiruvchi qahramonlar obraziga kirishi yoki ekskursovodlarning mavzu bo'yicha libos

kiyishi bilan namoyon bo'ladi. Bu sahnalar bolalarni jalb qilishda, ularning tarixiy tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

J. Ismailova ta'kidlab o'tganidek, umuman hozirgi zamonaviy muzeylar bolalar bilan ishlashning turli metodik usullarini ishlab chiqmoqda. Ularning soni va masshtabi juda keng bo'lib, har bir muzey o'zining xususiyati va faoliyati mazmunidan kelib chiqqan holda ish tutadi. Yangi yo'nalishdagi barcha loyiha va strategiyalar o'quvchilarning muzeyga bo'lgan qiziqishini orttiradi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi [7].

Ta'lim tizimida axborot texnologiyalarining jadal sur'atlar bilan joriy etilishi zamonaviy. texnologiyalarning qo'llanish sohalarini kengaytiradi. Ayni paytda ta'limda zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlanayotgan yo'nalishlarini alohida ta'kidlash mumkin. Ular quydagilar:

1. O'quv maqsadlaridagi dasturiy vositalarning imkoniyatlarini o'qitish vositasi, o'rganish asosi va axborotlarni qayta ishlash vositasi sifatida joriy etish.

2. O'quv-metodik majmualar yaratishda, o'quv-namoyish asboblari va kompyuter vositalari imkoniyatlarinish integratsiyasi.[8]

Bunday majmualardan foydalanish o'quvchiga o'rganilayotgan jarayon haqidagi axborotlarni jamlash, saqlash, jarayonlarning qonuniyatlaryni va moxiyatlarini ochib berishga yordam beradi. Zamonaviy texnologiyalar negizidagi o'quv-namoyish majmualarining o'qllanilishi individiual va jamoaviy eksperiment faoliyatni tashkil etishga zamin yaratadi. Bu esa, o'quvchida intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish va mustaqil bilim olish imkoniyatini yaratadi.

3. Multimedia tizimlarini yaratishda, kompyuterlar va audio-video axborotlarni uzatish vositalari imkoniyatlarining integratsiyasiga erishish. Bunday tizimlar o'zida dasturiy-apparat vositalar va asboblar majmuasini mujassamlashtirib, axborotning turli (matn, grafika, ovoz, tasvir) ko'rinishlarini birlashtiradi va foydalanuvchi bilan interfaol muloqotni tashkil etad.[9]

Multimedia tizimlaridan foydalanish, faol o'qitish metodlari va shakllarini joriy etishni ta'minlaydi, axborotlarning qabul qilinish darajasini oshiradi. Bu orqali yoshlarni tarixga qiziqishini yanada oshiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. B. Xodjayev. Muzey pedagogikasi: taraqqiyot tarix va istiqboli "PEDAGOGIKA" ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2016. 4-son. Bet-15-22.

2. Каримов И. А. Она юртимиз бах,ту икболи ва буюк келажаги йулида хизмат килиш - энг олий саодатдир / - Тошкент: «O'zbekiston» НМИУ, 2015. -110 бет.

3. B. Xodjayev. Muzey pedagogikasi: taraqqiyot tarix va istiqboli "PEDAGOGIKA" ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2016. 4-son. Bet-15-22.

4. https://lex.uz/docs/-6379056

5. www. wikipedia. org

6. Sa'diev A. O'zbekistan xalqlari" tarixini o'qitish. T. 1993. "O'qituvchi" 126-

bet

7. Исмаилова Ж. Музей педагогикаси: тарихи, бугуни ва истикболи // Узбекистон музейлари истикболи. - Тошкент: Akademnashr, 2013. - Б. 20.

8. N.A. Shermuxamedova, Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi. T. "Fan va texnologiya" nash, 2014, 403-407 betlar.

9. Нигматов, А. Х. (2021). МУЗЕЙНАЯ ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИИ ИНФОРМАТИЗАЦИИ. ББК 72 K 59, 79.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.