Научная статья на тему 'MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK MUSIQASI ME’ROSIDA BASTAKORLIK IJODIYOTINING O’RNI'

MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK MUSIQASI ME’ROSIDA BASTAKORLIK IJODIYOTINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
359
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Sho’ro davri / o’zbek bastakorlik ijodiyoti / turkumlar / SHarq musiqasi / cholg’u kuylar / monodika / polimonodika. / Soviet era / Uzbek compositional creativity / series / Eastern music / instrumental melodies / monodic / polymonodic.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — A. Juramirzayev, M. O’Rinboyeva, D. Abduqodirova, I. Maxmudov

O’zbek musiqasi me’rosiga nazar tashlaydigan bo’lsak, o’zbek musiqasi ijodida bastakorlik ijodi muhim o’rin tutadi. Bunda xalqimizning me’rosi hisoblangan qo’shuiqlarimizni, hamda buyuk mutafakkir, shoirlarimizning g’azal – she’rlarini qo’shiqqa aylantirib, xalqimizga yetkizib berib kelayotgan bastakorlarimizning o’rni beqiyos. Ulardan tashqari hozirda ham yosh bastakorlarimiz, ularni uslublaridan foydalanishib, xalqimizga turli qo’shiqlarni yetkizib kelishmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF COMPOSITION IN THE HERITAGE OF UZBEK MUSIC IN THE YEARS OF INDEPENDENCE

If we look at the heritaage of Uzbek music, compositional creativity occupies an important place in the creation of Uzbek music. The role of our composers, who have turned our songs, which are considered the heritage of our people, and the ghazals and poems of our great thinkers and poets into songs, is incomparable. In addition to them, even now our young composers, using their styles, bring various songs to our people.

Текст научной работы на тему «MUSTAQILLIK YILLARIDA O’ZBEK MUSIQASI ME’ROSIDA BASTAKORLIK IJODIYOTINING O’RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MUSTAQILLIK YILLARIDA O'ZBEK MUSIQASI ME'ROSIDA BASTAKORLIK

IJODIYOTINING O'RNI Juramirzayev Abrormirza Anvarjon o'g'li

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti talabalasi O'rinboyeva Mo'tabarxon Anvarjon qizi

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti talabalasi Abduqodirova Donoxon Abdulhakim qizi

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti talabalasi Maxmudov Ismoiljon Isroilovich

Namangan davlat universiteti Axborot resurs markazi xodimi. https://doi.org/10.5281/zenodo.7296673

Annotatsiya. O'zbek musiqasi me'rosiga nazar tashlaydigan bo'lsak, o'zbek musiqasi ijodida bastakorlik ijodi muhim o'rin tutadi. Bunda xalqimizning me'rosi hisoblangan qo'shuiqlarimizni, hamda buyuk mutafakkir, shoirlarimizning g'azal - she'rlarini qo'shiqqa aylantirib, xalqimizga yetkizib berib kelayotgan bastakorlarimizning o'rni beqiyos. Ulardan tashqari hozirda ham yosh bastakorlarimiz, ularni uslublaridan foydalanishib, xalqimizga turli qo'shiqlarni yetkizib kelishmoqda.

Kalit so'zlar: Sho'ro davri, o'zbek bastakorlik ijodiyoti, turkumlar, SHarq musiqasi, cholg'u kuylar, monodika, polimonodika.

РОЛЬ КОМПОЗИЦИИ В НАСЛЕДИИ УЗБЕКСКОЙ МУЗЫКИ В ГОДЫ

НЕЗАВИСИМОСТИ

Аннотация. Если рассматривать наследие узбекской музыки, то важное место в творчестве узбекской музыки занимает композиционное творчество. Несравнима роль наших композиторов, превративших в песни наши песни, считающиеся достоянием нашего народа, и газели, и стихи наших великих мыслителей и поэтов. Кроме них, и сейчас наши молодые композиторы, используя свои стили, несут в наш народ различные песни.

Ключевые слова: советская эпоха, узбекское композиционное творчество, серия, восточная музыка, инструментальные мелодии, монодия, полимонодия.

THE ROLE OF COMPOSITION IN THE HERITAGE OF UZBEK MUSIC IN THE

YEARS OF INDEPENDENCE

Abstract. If we look at the heritage of Uzbek music, compositional creativity occupies an important place in the creation of Uzbek music. The role of our composers, who have turned our songs, which are considered the heritage of our people, and the ghazals and poems of our great thinkers and poets into songs, is incomparable. In addition to them, even now our young composers, using their styles, bring various songs to our people.

Keywords: Soviet era, Uzbek compositional creativity, series, Eastern music, instrumental melodies, monodic, polymonodic.

KIRISH

Qariyb 15 asrlik tarixi, muayyan uslubiy tamoyillari, shaklan va mazmunan beqiyos an'analarga ega, milliy musiqiy tafakkurimizga asos zaminini tashkil etuvchi - o'zbek bastakorlik ijodiyoti Sho'ro davrida bir chekkaga surib qo'yilgan edi. Istiqlol sharofati bilan,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

uzoq va yaqin o'tmish bastakorlari tomonidan yaratilgan hayratomuz sadolar yana xalqimiz musiqiy tafakkuriga qaytib kelmoqda.

TADQIQTO MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Xususan, so'nggi o'n yillikda G'anijon Toshmatov, Orif Qosimov, Muxammadjon Mirzayev, Muxtorjon Murtazoyev kabi to'ng'ich avlod bastakorlarimiz qatori, Orifxon Hotamov, Fattoxxon Mamadaliev, Ne'matjon Qulabdullayev, Salohiddin To'xtasinov, G'ulomjon Hojiqulov, Baxtiyor Aliyev, Tursunboy va Halimjon Jo'rayevlardek ikkinchi bo'g'in vakillari va ayni Mustaqillik davrida ijodining sermahsulligi bilan intilayotgan kenja avlodga mansub - Abduxoshim Ismoilov, O'lmas Rasulov, Ahmadjon Dadayev, Rihfatilla Qosimovlarning badiiy yuksak asarlari nafaqat O'zbekiston, balki butun Osiyo, Evropa va hatto Amerika Qo'shma SHtatlarida xam o'z muxlislarini topmoqda. To'ng'ich avlod vakillaridan Fattohxon Mamadaliyev katta hofiz, O'zbekiston Davlat konvatoriyasi professori bo'laturib, 1990 yillar davomida asl o'zbek bastakorlik ijodiyotining an'analaridan biri, musiqa merosimizning ommaviylashib ketgan namunalari orasida - ko'p qismli turkumlar yaratish an'anasini tikladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Bastakor tomonidan 8 qismli «Miskil» ya'ni Muqimiy, Sakkokiy, Furqat, Miskin, Ulfat va Turob To'la she'rlariga, 8 qismli «Ushshoq» ya'ni Uvaysiy, Furqat, Navoiy, Ogahiy, Gavhariy g'azallariga, 1 qismli «Nasrullo» ya'ni Navoiy, Fattohxon Mamadaliev va Ulfat she'rlariga mualliflik turkumlari tuzilgan bo'lib, bunda SHashmaqom sho'balariga xos va ayniqsa Farg'ona-Toshkent maqom yo'llariga mos turkumlashuv tamoyillarga tayangan. Mazkur asarlarda birinchi asosiy ko'rinishlar ketidan zaruriy yo'nalishda - qashqarcha, soqiynoma va ufar turkumidagi mikrotsikllar kiritilgan. Fattohxon Mamadaliyevning «Munojot» va

«Savti Fattohxon» deb nomlangan turkumlari esa nisbatan ixchamroq shakllarda bo'lib, ikkalasida ham faqat Alisher Navoiy merosidangina foydalanilgan va pirovardida ijodkor yaxlit, teran va serqirra badiiy umumlashma yaratishga muvaffaq bo'ladi. Ardoqli hofiz Orifxon Hotamov 1925 yil tug'ilgan. O'nlab ayrim-ayrim kuy, qo'shiq va ashulalar muallifi sifatida tanilgan. Bulardan, «Ahbobi bilan» - S.Abdulla she'ri, «Firoqingizda» va «Sensan sevarim» - Lutfiy she'ri, «Qaro bo'lubdir» va «Qoshi yosin mu deyin» - Navoiy g'azallari singari durdona asarlar - avvalroq yaratilganiga qaramay ayni mustaqillik davrida keng doiralarda quloch yozdi. Hozirgi kunga kelib, «Sensan sevarim» qo'shig'i o'zining asl nusxasi va estrada «Nola» guruhi talqinida yangrab, bu sohada ham o'ziga xos yangi bir yo'nalishga asos soldi.

Orifxon Hotamov so'nggi yillarda bir qator turkumli asarlar yaratmoqda. Xoja Ahmad Yassaviy bitiklariga bastalangan - «Bildingizmu», «Umring eldek o'tar», «Dunyom mening» va «Sahovat yo'q» deb nomlangan asarlar, hassos shoir Chustiyning «Indamaslar olami» to'plami asosida jami 14 qismli majmua - ana shular jumlasidandir. Istiqlol sharofati bilan bastakor izchil diniy mavzularga murojaat etmoqda. Ahmad Yassaviy bilan bir qatorda, Sulaymon Boqirg'oniyning «Darmondin ortiq», Huvaydoni «Hayron bo'la qoldim», «Darji yo'q», Haziniyni «Ul sho'xi sitamgarlar» she'rlari asosida yaratilgan ashulalar shular jumlasidandir. Orifxon Hotamovning erkaklar ovozi «Aylamish», «Yaxshi dilbarsiz» va ayniqsa aralash ovozlar «Rahm aylading», «Bahona qilib» uchun yaratgan duetlari an'anaviy monodiyani boyitdi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Yuqoridagi asarlar ichida - xalqimizda Hakim ota, Qul Sulaymon nomlari bilan keng yoyilgan Boqirg'oniy she'riga yaratilgan ashula Orifxon Hotamovning ijodiy uslubini anglashda qulay bir vositadir. Zero, bunda bastakorning deyarli barcha asarlariga xos intonatsion erkinlik yaqqol namoyon bo'ladi. Bastakorlarimizning keyingi, ya'ni kenja avlod

vakillari ijodining nisbatan sermaxsulligi hamda janrlar qamrovi kengroq ekanligi bilan diqqatga sazovordir. Bularning aksariyati O'zbekiston Davlat konservatoriyasida 1972 yili ochilgan «Sharq musiqasi» kulliyotining «An'anaviy ijrochilik» kafedrasida Faxriddin Sodiqov, Mahmud Muhammedov, Orif Alimahsumov, Turg'un Alimatov kabi ustozlarda tahsil ko'rishgan. Shu bois, eng iste'dodlilari mohir sozanda ba'zan xonandachilik bilan bir qatorda, bastakorlik ijodiyotiga ham dadil qadamlar bilan kirib kelishdi.

O'lmas Rasulov 1951 yilda tug'ilgan. Sozanda-g'ijjakchi, bastakor va so'nggi yillarda xonanda sifatida ham tanilmoqda. Uning asarlarini quyidagicha tasniflash mumkin;

1. Mumtoz shoirlarning g'azal, ruboiy va boshqa shakllardagi she'riy matnlariga yaratilgan an'anaviy ashula yo'llaridagi asarlar Hofiz SHeroziyni «Bishukuyat boz»; Alisher Navoiyni «Vaslidi darmoni yo'q», «Yaxshi qol», «Kerak erdi» va boshqalar, Zahiriddin Boburni «G'unchadek ko'nglim», «Ko'rgay- men», Boborahim Mashrabni «Dilbari xush, adoyiman»; Nozikbibi Xo'qandiyni «Ey, kofiri faranj», Doiyni «Shiru shakar» kabi asarlarni ko'rishimiz mumkin. XIX-XX asr she'riyati namunalariga yaratilgan erkin shakldagi ashula va qo'shiqlar - «Parvona» Mahzuna she'ri, «Taronai sho'x» va «Shiru shakar» M. G'afforova she'ri, «Kuyla, bulbul» Zulfiya, «Muhabbatning saroyi...», «Yupatgay kimlar...» Abdulhamid CHo'lpon she'ri, «Majnuntol», «Malohat» Toshpo'lat Hamid she'ri, «Kel, go'zalim», «Aytmadim», «Baxtimiz taronasi» S.Salimov she'ri, «Kulgimizdan yangrasin olam» E.Vohidov she'rlariga yozilgan.

2. Lirik, ommabop, raqsbop cholg'u kuylar - «Taxayyul», «Xayol», «Qarashma», «Noz», «Seni eslab...», «Ko'ngil navosi», «Visol,», «Diydor». «O'zbektelefilm» studiyasida yaratilgan - «Layli va Majnun», «Bobur», «Kecha va kunduz», «Iztirob» va boshqa ko'p qismli badiiy filmlarga maxsus bastalangan kuylar, qo'shiqlar, ashulalar.

3. Turli ansambllar uchun yaratilgan turkum tarzidagi asarlar. Mazkur avlodga mansub bastakorlar orasida Abduxoshim Ismoilov 1952 yilda tug'ilgan - yuksak ijro mahorati, ijodiy sermahsulligi va seruslubligi bilan ajralib turadi. Turli yillarda u O'zbekiston Davlat konservatoriyasining «An'anaviy ijrochilik» kafedrasida ta'lim bergan. O'zteleradiokompaniyasi qoshidagi «Maqom» ansamblining badiiy rahbari, shu bilan birga, u mohir Abdurahmon Xoltojiyev, Abdulaxad Abdurashidov kabi sozandalar ishtirokidagi «O'zbek virtuozlari» ansambli tashkilotchisidir.

MUHOKAMA

Ijodiy izlanishlarini asosan ommabop qo'shiqlar «Bo'lmas», «Tog'liq qiz» kabilardan boshlab, keyinchalik quyidagi yo'nalishlarda shaklan xilma-xil va janr jihatidan keng qamrovli asarlar yaratmoqda:

1. O'zbek mumtoz shoirlari she'rlariga yaratilgan shaklan yirik ashulalar - Hofiz Sheroziyni «Dilingga g'amzadan», «Yorsan», «Osmonda ham yo'q», «Munavvar qil»; Navoiyni «Ayriliq», «Yor emas», «Sarvinoz», «Taraxxum etmading»; Gadoiyni «Unutma»; Bobur: «Sensiz mushkuldir»; Fuzuliyni «Uyg'onmasun»; Ogahiyni «Yorima ayting»; Furqatni «Sayyora» va boshqa asarlar.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

2. Sof cholg'u monodik asarlar - «Nargiz» ud sozi uchun, «Manzur» manzur yoki dutor uchun va boshqalar.

3. Sof cholg'u polimonodik asarlar - aksari g'ijjak va sozandalar ansambli uchun: «Bazm kuyi», «Dil nolasi», «Kamon nidosi», «Xolim so'rma», «Qalb sadosi», «Gullola», «Hayoli qiz», «Visol» va boshqalar.

4. O'zbek cholg'ularining kamer nay, xonun, g'ijjak va doiradan iborat tarkibiga mo'ljallangan va har bir soz imkoniyatlarini to'la ochib beruvchi asarlar - «Mustaqillik», «Favvora», «To'yona» va boshqalar.

5. Tabiatan qo'shiqsimon, biroq soz g'ijjak va ansambl ijrosida badiiy ta'sirchanligi ortib boruvchi asarlar - «Uchrashuv», «Qo'shiq» va boshqalar.

6. Muayyan xonandaga mo'ljallanib, uning ijro imkoniyatlarini kashf etuvchi asarlar. Aytaylik, O'zbekiston xalq artisti G'ulomjon Yoqubov talqiniga moslangan «Yo ohumiding», «Zilola», «Insonni inson urmasin», «Mehnatim», «Majnuntol», «Oshiqnoma», «Sog'inib», «Sen o'zing», «Sevaman», «Toshkentim», «Xotirot», «Uchramasang yaxshi bo'lardi», «CHiroyli», «Qaraysan» kabilar ayni shulardandir.

XULOSA

O'lmas Rasulov va Abduhoshim Ismoilovlarning ijodiy barkamolligi, o'zigagina xos bastakorlik uslubi, badiiy-mantiqiy echimlarini puxta egallab ulgurganliklarining asosiy sabablari qatori uzluksiz ijrochilik faoliyatlarini maqom mulkimiz talqini bilan izchil bog'layotganliklari, ijodkor-salaflari asarlarini keng targ'ib etayotganliklarini qayd etish lozim. Zero, bunday ibratomuz tamoyillar istiqlol yillaridagina tanilib, muhimi - kasbdoshlar va keng tinglovchilar doirasida tan olina boshlayotgan bir qator navqiron bastakorlarimiz uchun ham odat tusiga kirayotganligi quvonarlidir.

REFERENCES

1. A.Jabborov, S.Begmatov, M.Azamova "O'zbek musiqasi tarixi" - Toshkent, "Fan va texnologiya" 2018.

2. N. Yuldasheva, N. Raxmatova "O'Zbek musiqa adabiyoti" - Toshkent - «iqtisod -moliya» - 2016.

3. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" - Davlat milliy nashriyoti - Toshkent - 2003.

4. N.Yuldasheva, N.Raxmatova "O'zbek musiqa adabiyoti" - Toshkent «Iqtisod-moliya» -2016.

5. Farg'ona davlat universiteti san'atshunoslik fakulteti "Musiqa ta'limi kafedrasi o'qituvchisi Ulug'bek Rahmonov "O'zbek musiqa adabiyoti" fanidan o'quv qo'llanma.

6. Oydin Abdullayeva "CHOLG'SHUNOSLIK" «Musiqa» nashriyoti Toshkent - 2018.

7. Bahrom Madrimov "O'ZBEK MUSIQA TARIXI" - Toshkent 2015.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.