Научная статья на тему 'MUSTAQIL TA’LIM, TARBIYA PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL ETUVCHI QISMI'

MUSTAQIL TA’LIM, TARBIYA PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL ETUVCHI QISMI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarbiya”-“o‘zini-o‘zi tarbiya” / “ma’lumot”-“mustaqil ma’lumot” / “ta’lim”-“mustaqil ta’lim” / “rivojlanish” va “tarbiyaviy munosabatlar” / pedagogik tahlil / o‘zaro dars kuzatish / ustoz-shogird tizimi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Kazimov Jamshid Shamshidinovich

Ushbu maqolada o‘quvchi shaxsini rivojlantirishning asosi sifatida ta’lim mustaqil ta’lim, tarbiya o‘zini-o‘zi tarbiya, ma’lumot mustaqil ma’lumot, rivojlanish va tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni yaxlit pedagogik jarayonning tashkil etuvchi qismlari sifatida ajratib ko‘rsatish mumkinligi to‘g‘risida maьlumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSTAQIL TA’LIM, TARBIYA PEDAGOGIK JARAYONNI TASHKIL ETUVCHI QISMI»

MUSTAQIL TA'LIM, TARBIYA - PEDAGOGIK JARAYONNI

TASHKIL ETUVCHI QISMI

Kazimov Jamshid Shamshidinovich

Doctor of Philosophy in Pedagogical Sciences (PhD) Gosudarstvennogo pedagogicheskogo instituta imeni Mukimi,Kokand city, Uzbekistan https://doi.org/10.5281/zenodo.11210136

Annatatsiya. Ushbu maqolada o'quvchi shaxsini rivojlantirishning asosi sifatida ta'lim -mustaqil ta'lim, tarbiya - o'zini-o'zi tarbiya, ma'lumot - mustaqil ma'lumot, rivojlanish va tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni yaxlit pedagogik jarayonning tashkil etuvchi qismlari sifatida ajratib ko'rsatish mumkinligi to'g'risida mablumot berilgan.

Kalit so'zlar: tarbiya"-"o'zini-o'zi tarbiya", "ma'lumot"-"mustaqil ma'lumot", "ta'lim"-"mustaqil ta'lim", "rivojlanish" va "tarbiyaviy munosabatlar", pedagogik tahlil, o'zaro dars kuzatish, ustoz-shogird tizimi.

Pedagogik jarayonda sub'yektlarning ichki imkoniyatlarini harakatga keltiruvchi, tushunchalarini mustaqil ravishda rivojlantirishga ko'maklashuvchi, pedagogikaning "tarbiya"-"o'zini-o'zi tarbiya", "ma'lumot"-"mustaqil ma'lumot", "ta'lim"-"mustaqil ta'lim", "rivojlanish" va "tarbiyaviy munosabatlar" tushunchalari bir-birini to'ldiruvchi hamda biri-ikkinchisining, ikkinchisi-uchinchisining ta'minlovchisi sifatida shaxsning rivojlanishi hamda shaxsiy qobiliyatlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi [1, 222-b.].

Shunday ekan, shaxsning rivojlanishida uning mustaqil faoliyati, ya'ni mustaqil ta'lim va mustaqil ma'lumotlar olishi hamda o'zini-o'zi tarbiyalashi muhim ahamiyatga ega ekanligini hamda ta'lim-tarbiya jarayonlarida o'quvchi shaxsini rivojlantirishning asosi sifatida ta'lim -mustaqil ta'lim, tarbiya - o'zini-o'zi tarbiya, ma'lumot - mustaqil ma'lumot, rivojlanish va tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni yaxlit pedagogik jarayonning tashkil etuvchi qismlari sifatida ajratib ko'rsatish mumkin.

Olimning fikricha, insonning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etuvchi ta'lim - mustaqil ta'lim, tarbiya - o'zini-o'zi tarbiya, ma'lumot-mustaqil ma'lumot, rivojlanish va tarbiyaviy munosabatlar jarayonlari bilan bir qatorda, oilada, mahallada, ta'lim muassasasida va tengdoshlar o'rtasida vujudga keluvchi o'zaro ta'sir jarayonini ham pedagogik jarayon tashkil etuvchi qismi sifatida inobatga olish zarur.

O'zaro ta'sir - bu inson faolligining ko'rinishi sifatida, muloqotning interfaol shakli va individ faoliyatining ma'lum bir turi sifatida mustaqil ahamiyat kasb etuvchi jarayon [2, 234-b.].

O'zaro ta'sir jarayonida muloqot vujudga keladi va bunda inson o'zini-o'zi anglaydi, o'z ehtiyojini, shaxsiy hayotiy tushunchalarini, faolligini namoyon etadi. Buning uchun inson o'zining qaysi tizimga va qaysi jamiyatga xosligini anglashi zarur [3, 15-b.].

O'zaro ta'sir jarayonida ishtirok etayotgan inson nafaqat o'zini va shaxsiy xususiyatlarini, balki aniq holatni, vaziyatni ham o'zgarishiga ta'sir ko'rsatadi, bunda o'zaro ta'sir ko'rsatuvchi sub'yektlarning rivojlanishi amalga oshadi, shuningdek, o'zaro ta'sir jarayoni ham rivojlanadi [4, 149-b.].

A.A.Bodalyovning fikricha, insonlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir inson psixologiyasi va shaxsiy xususiyatlarini rivojlanishining eng asosiy omili bo'lib, mazkur jarayon ishtirokchilarining o'zaro teng harakatlari shaxslararo aloqalarning vujudga kelish sharti hisoblanadi [5, 17-b.].

T.P.Malkova va M.A.Frolovalarning tasdiqlashicha, o'zaro ta'sir jarayonida ishtirokchilar barcha yo'nalishlar bo'yicha teng darajada axborotlar bilan tabminlanadi va ularda tushunchalar, shaxsiy fikrlar tug'iladi. Bunday o'zgarishlarning xususiyati - bu axborotlar almashinish yo'li bilan o'zaro ta'sir ko'rsatish natijasida qo'lga kiritilgan integrativ natijadir .

Bizning fikrimizcha, pedagogik jarayon tashkil etuvchi qismi sifatida o'zaro ta'sir jarayonining ahamiyatini, ya'ni inson shaxsining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etuvchi quyidagi natijalarga o'zaro ta'sir jarayonida erishish mumkinligini inobatga olish zarur: sub'yektning faolligi va tashabbuskorligining rivojlanishi; shaxsning psixologik xususiyatlarining o'zgarishi; ma'naviy va madaniy tushunchalarning rivojlanishi; o'zini-o'zi anglash va o'zini-o'zi baholash ko'nikmalarining rivojlanishi; kasbiy kompetentlilik darajasini ortishi; hamkorlikdagi faoliyatni vujudga kelishi va unda axborotlar almashinuvi natijasida kasbiy faoliyatga psixologik moslashuvni vujudga kelishi.

O'zaro ta'sir shaxslararo munosabatlar (bevosita va bilvosita muloqot) jarayonida o'ziga xos ahamiyat kasb etadi, inson shaxsining rivojlanishida o'ziga xos ahamiyat kasb etuvchi o'zaro ta'sir tarbiyaviy munosabatlar jarayonida mavjudligi va ularning xususiyatlarini ham inobatga olinishi zarur.

Shaxslararo munosabatlarda o'zaro ta'sir jarayoni ishtirokchilari o'zaro ma'lum bir belgilangan munosabatda bo'ladilar, bu munosabatlar jarayonida ishtirokchilarning o'zaro ta'siri natijasida tarbiyaviy jarayon vujudga keladi va mazkur tarbiyaviy jarayonni tarbiyaviy munosabatlar jarayoni deb atashimiz mumkin.

Chunki tarbiyaviy jarayon - o'zaro ta'sir natijasida bir insonning tajribasini ikkinchi bir inson tomonidan egallab borish jarayoni bo'lib, u insonlarda shaxsiy xislatlarni shakllantirish va rivojlanish jarayonini boshqarish uchun zaruriy sharoit va imkoniyat yaratib beradi.

Olimning fikricha, tarbiyaviy munosabatlar insonlarning o'zaro tajriba almashinishi, tajribalarni o'zlashtirishi, qo'llashi, ular o'rtasidagi doimiy munosabat, ya'ni aloqalar tizimi bo'lib, inson-inson, inson-texnika-inson, inson-kitob-inson, inson-tabiat-inson, inson-san'at-inson kabi tarbiyaviy munosabatlar shaklida vujudga keladi va mazkur jarayonda inson ikkinchi bir insonga bevosita va bilvosita o'zining xatti-harakatlari bilan yoki vositalar yordamida ta'sir o'tkazishi mumkin, bu jarayon ixtiyoriy ta'lim muassasalaridagi rahbarlar bilan xodimlar, o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasidagi munosabatlarni ham qamrab oladi.

Tarbiyaviy munosabatlar insonlar o'rtasidagi doimiy munosabat (aloqalar) bo'lib, ular inson shaxsini rivojlantirishga, ya'ni mustaqil ma'lumot, mustaqil ta'lim olish va o'zini-o'zi tarbiyalashni shakllantirishga xizmat qiladi, shuningdek, bu pedagogik jarayon hisoblanadigan insonlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda turli shakllarda namoyon bo'ladi, ya'ni mazkur jarayonda ishtirok etayotgan ma'lum bir insonning bilimi, muomala va muloqot madaniyati, kiyinishi, gavda harakatlari, qobiliyati, fan-texnika, san'at va tabiatga bo'lgan munosabati hamda qiziqishi ikkinchi bir insonga va boshqa insonlarning faoliyatiga, ya'ni fikrlashi, tasavvuri va dunyoqarashining o'zgarishiga hamda tafakkurining rivojlanishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi [6, 55-b.].

Demak, pedagogik jarayon - bu shaxslararo munosabatlarda, bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsatish jarayonida (tarbiyaviy munosabatlar) insonlarning shaxsiy sifatlarining shakllanishi va rivojlanishiga, xatti-harakati va dunyoqarashining o'zgarishiga, tajribasining boyishi, bilim, ko'nikma va malakalarining shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qiladigan omillar majmuini tashkil qiluvchi ta'limiy muhit deb aytishimiz mumkin.

Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslangan holda o'quvchilar hamda pedagog xodimlar uchun tashkil etiladigan ma'ruza, seminar, amaliy mashg'ulot, to'garak mashg'ulotlari, ekskursiya, davra suhbati, uchrashuvlar, fanlar bo'yicha tashkil etiladigan musobaqa va tanlovlar, san'at festivallari, konferensiya va boshqa turli yo'nalishlardagi tadbirlar (pedagogik tahlil, o'zaro dars kuzatish, ustoz-shogird tizimi, maslahatlar)ni, o'quvchi va o'qituvchilarning o'zlari tomonidan amalga oshiriladigan mustaqil ta'lim, o'zini-o'zi tarbiya, mustaqil ma'lumot, mustaqil ishlarni, shuningdek shaxslararo munosabatlar jarayonida bevosita vujudga keluvchi tarbiyaviy munosabatlar (inson-inson, inson-texnika-inson, inson-kitob-inson, inson-tabiat-inson, inson-san'at-inson munosabatlari) jarayonini hamda pedagogik tajriba-sinov va pedagogik amaliyot jarayonlarini maktablarda tashkil etiladigan ta'lim-tarbiya jarayonlari deb aytishimiz mumkin.

Mazkur jarayonlarning maqsadi, yo'nalishi, mazmun-mohiyati va ahamiyatiga e'tibor qaratadigan bo'lsak ularning o'zaro aloqadorligi va bog'liqligini, ya'ni ularda tizimga xos xususiyatlar mavjudligini ko'rishimiz mumkin, chunki ta'lim-tarbiya jarayonlari deb atalayotgan jarayonlarning ixtiyoriy birining o'zgarishi ikkinchisi, uchinchisi va boshqalarining o'zgarishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

M.U.Dexqanovaning ta'kidlashicha, tizim - ma'lum bir ketma-ketlikda tartiblangan, nisbatan mustaqil, mantiqan o'zaro uzviy bog'langan va birgalikda umumiy funksiyani bajaruvchi elementlar majmuidir .

Tizim xususiyatlariga ko'ra o'zaro aloqadorlik, bog'liqlik, munosabatlar, integratsiya, yaxlitlik, tashkil etuvchi qismlar kabi tushunchalar orqali ifodalanadi hamda tizimning bir-biri bilan bog'liq bo'lgan, o'zaro ta'sir etuvchi tashkil etuvchi qismlarining majmui yaxlit ob'yektni tashkil etadi.

Tizim tashkil etuvchi qismlarining xususiyatlari va umumiy majmuasi integrativ tuzilishga ega bo'lib, mazkur tizimning asosiy omillari hisoblanadi, tizimning vujudga kelishida muhim ahamiyat kasb etuvchi mazkur omillar esa, tizimni tashkil etuvchi tashkil etuvchi qismlarning ko'pligi va ularning o'zaro ta'siri, bir-biri bilan o'zaro muvofiqligi hamda xususiyatlarining umumiyligi, ularning o'zaro ta'sir etishga yo'nalganligi hamda o'zaro kirishib ketish xususiyatlari bilan tavsiflanadi .

N.A.Muslimovning ta'kidlashicha, tizimlilik butun olamning umumiy xususiyatidir. Tabiat, jamiyat, inson faoliyati va fikrlashidagi tizimlilik bunga misol bo'la oladi. Ushbu umumiy xususiyatdan kelib chiqib, "tizimlilik" tushunchasini jarayonlar va borliqdagi hodisalarning tizim hosil qila olishi, tizimning mavjudligi, moddiy dunyoning hamda uni bilish shakllarining va demak, pedagogik faoliyatning ham tizimli qurilishga ega ekanligi to'g'risida xulosa chiqarish mumkin [6, 24-b.].

Tadqiqotlarda "tizim" tushunchasi juda keng qo'llaniladi, masalan, ta'lim tizimi, tarbiya tizimi, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari va metodlari tizimi va hokazo.

N.V.Kuzbminaning ta'kidlashicha, ijtimoiy tizimning turlaridan biri hisoblangan pedagogik tizim - insonlarga va yosh avlodga ta'lim va tarbiya berish, ta'lim jarayonini tashkil etish maqsadlariga xizmat qiluvchi turli strukturaviy va funksional bog'liq bo'lgan tashkil etuvchi qismlar majmuidan iboratdir.

Tadqiqotchining fikricha, pedagogik tizim umumiy maqsadlar yo'nalishida, funksional vazifalarni amalga oshirish va boshqarishda tashqi muhit bilan o'zaro ta'sir ko'rsatuvchi, alohida xususiyatlarga ega bo'lgan o'zaro bog'liq qismlarning yaxlit holda vujudga kelishidir.

REFERENCES

1. Kazimov J.Sh. Modern approaches to ensuring the quality and efficiency of educational processes in general secondary schools. // Public education. - Tashkent 2017-№4.-B 20-24.

2. Kazimov J.Sh., Introducing structured approach to organization and management of educational processes. // Eastern European Scientific Journal.- Germany, 2018-№5. - R 122126

3. Kazimov J.Sh. Organization and management of innovation processes in general secondary education institutions. // European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. - America, 2019-№3. - R 25-30.

4. Kazimov J.Sh. Sovremennyy podkhody k kachestvu i effektivnosti uchebno-vospitatelnyx protsesov v obshcheobrazovatelnyx scholax. // Sovremennyy kontseptsii nauchnyx issledovaniy XLVIII International Scientific Conference. - Russia, 2019-№2.- P.230-232.

5. Turg'unov S.T., Maqsudova L.A. Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish: Metodik qo'llanma. - Toshkent: Fan, 2009. - 155 b.

6. Sharifxo'jayev M., Abdullayev Yo. Menejment: Darslik. - Toshkent:

7. O'qituvchi, 2001. - 602 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.