Научная статья на тему 'TA’LIM INTEGRATSIYASI JARAYONIDA TA’LIMNI BOSHQARISHNING PEDAGOGIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

TA’LIM INTEGRATSIYASI JARAYONIDA TA’LIMNI BOSHQARISHNING PEDAGOGIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
70
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim tizimi / boshqaruv / menejment / komponent / ta’lim subyektlari / uzluksiz ta’lim. / educational system / management / management / component / educational subjects / continuous education.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jurayeva, Shaxnoza Saatmuradovna

Bugungi kunda tа’lim tashkilotlarini boshqarishning o'ziga xos metodlari ishlab chiqarilmoqda. Tа’lim sifatini oshirish uchun e’tiborni avvalo tizimga qaratish kerak. Tа’limda boshqaruvga doir mummolarning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri jamiyat hamda iqtisodiyotning keskin оʻzgarib borishida. Qisqa qilib aytganda zamonaviy sharoitda eskicha boshqaruv tizimi bilan qolib ketish bu eng asosiy va katta muammolardan biri. Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish uchun dastlab boshqarish sohasida malaka oshirish yoki kadrlarni qayta tayyorlashdan оʻtkazish kerak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE PEDAGOGICAL FUNDAMENTALS OF EDUCATIONAL MANAGEMENT IN THE PROCESS OF EDUCATIONAL INTEGRATION

Today, special methods of managing educational organizations are being developed. In order to improve the quality of education, first of all, attention should be paid to the system. One of the main reasons for the emergence of management problems in education is the sharp changes in society and economy. In short, being stuck with the old management system in modern conditions is one of the main and biggest problems. In order to eliminate the above problems, it is necessary to improve the skills or retrain personnel in the field of management.

Текст научной работы на тему «TA’LIM INTEGRATSIYASI JARAYONIDA TA’LIMNI BOSHQARISHNING PEDAGOGIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

TA'LIM INTEGRATSIYASI JARAYONIDA TA'LIMNI BOSHQARISHNING PEDAGOGIK ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Jurayeva Shaxnoza Saatmuradovna

Oriental universiteti 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda ta'lim tashkilotlarini boshqarishning o'ziga xos metodlari ishlab chiqarilmoqda. Tа 'lim sifatini oshirish uchun e'tiborni avvalo tizimga qaratish kerak. Tа'limda boshqaruvga doir mummolarning vujudga kelishining asosiy sabablaridan biri jamiyat hamda iqtisodiyotning keskin o'zgarib borishida. Qisqa qilib aytganda zamonaviy sharoitda eskicha boshqaruv tizimi bilan qolib ketish bu eng asosiy va katta muammolardan biri. Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish uchun dastlab boshqarish sohasida malaka oshirish yoki kadrlarni qayta tayyorlashdan o 'tkazish kerak.

Kalit so'zlar: ta'lim tizimi, boshqaruv, menejment, komponent, ta'lim subyektlari, uzluksiz ta 'lim.

ABSTRACT

Today, special methods of managing educational organizations are being developed. In order to improve the quality of education, first of all, attention should be paid to the system. One of the main reasons for the emergence of management problems in education is the sharp changes in society and economy. In short, being stuck with the old management system in modern conditions is one of the main and biggest problems. In order to eliminate the above problems, it is necessary to improve the skills or retrain personnel in the field of management.

Key words: educational system, management, management, component, educational subjects, continuous education.

KIRISH

Uzluksiz ta'lim tizimida ta'lim jarayoni ishtirokchilari ehtiyojlari, shuningdek, fan, ta'lim, ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqib, raqobatbardosh bitiruvchilar tayyorlashda uzluksiz ta'lim tizimining asosiy komponentlari hisoblangan maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy ta'limdan keyingi ta'lim, maktabdan tashqari ta'lim hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarining integrativ tabiatiga mos ta'lim jarayonlari samaradorligini oshiruvchi texnologiyalami tanlash, hamda pedagogik jarayonlarda vujudga kelayotgan .muammolami o'rganish va ulami bartaraf etish mexanizmlarini ishlab chiqish bugungi kunning eng asosiy talablaridan bin hisoblanadi [2].

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Uzluksiz ta'lim tizimida tashkil etiluvchi pedagogik jarayonda subyektlaming ichla imkoniyatlarini harakatga keltiruvchi, tushunchalarini mustaqil ravishda rivojlantirishga ko'maklashuvchi, pedagogikaning "tarbiya"- "o'zini-o'zi tarbiya", "ma'lumot"-"mustaqil ma'lumot", "ta'lim"-"mustaqil ta'lim", "rivojlanish" va "tarbiyaviy munosabatlar" tushunchalari bir-birini to'ldlruvchi hamda bir-birini ta'minlovchisi sifatida shaxsning rivojlanishi hamda shaxsiy qobiliyatlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Shunday ekan, shaxsning rivojlanishida uning mustaqil faoliyati, ya'ni mustaqil ta'lim va mustaqil ma'lumotlar olishi hamda o'zini -o'zi tarbiyalashi muhim ahamiyatga ega ekanligini hamda uzluksiz ta'lim tizimining pedagogik jarayonlarida ta'lim oluvchi shaxsini rivojlantirishning asosi sifatida ta'lim - mustaqil ta'lim, tarbiya - o'zini-o'zi tarbiya, ma'lumot - mustaqil ma'lumot, rivojlanish va tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ulami yaxlit pedagogik jarayonning tarkibiy qismlari sifatida ajratib ko'rsatish mumkin [3].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

A.A.Bodalyovning fikricha, insonlar o'rtasidagi o'zaro ta'sir inson psixologiyasi va shaxsiy xususiyatlarini rivojlanishining eng asosiy omili bo'lib, mazkur jarayon ishtirokchilarining o'zaro teng harakatlari shaxslararo aloqalaming vujudga kelish sharti hisoblanadi [1]. Bizning fikrimizcha, uzluksiz ta'lim tizimida tashkil etiladigan va boshqariladigan pedagogik jarayonlarning komponenti sifatida quyidagilami inobatga olish zarur:

• subyektning faolligi va tashabbuskorligininrivojlanishi;

• shaxsning psixologik xususiyatlarining o'zgarishi;

• ma'naviy va madaniy tushunchalaming rivojlanishi;

• o'zini-o'zi anglash va o'zini-o'zi baholash ko'nikmalarining rivojlanishi;

• kasbiy kompetentlilik darajasini ortishi;

• hamkorlikdagi faoliyatni vujudga kelishi va unda axborotlar almashinuvi natijasida kasbiy faoliyatga psixologik moslashuvni vujudga kelishi [4].

Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslangan holda uzluksiz ta'lim tizimida ta'lim oluvchilar uchun tashkil etiladigan ma'ruza, seminar, amaliy mashg'ulot, to'garak mashg'ulotlari, ekskursiya, davra suhbati, uchrashuvlar, fanlar bo'yicha tashkil etiladigan musobaqa va tanlovlar, san'at festivallari, konferensiya va boshqa turli yo'nalishlardagi tadbirlar (pedagogik tahlil, o'zaro dars kuzatish, ustoz-shoglrd tizimi, maslahatlar)ni, o'quvchi, talaba va o'qituvchilaming o'zlari tomonidan amalga oshiriladigan mustaqil ta'lim, o'zini-o'zi tarbiya, mustaqil ma'lumot, mustaqil ishlami, shuningdek shaxslararo munosabatlar jarayonida bevosita vujudga keluvchi

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

tarbiyaviy munosabatlar jarayonini hamda pedagogik tajribasinov va pedagogik amaliyot jarayonlarini uzluksiz ta'lim tizimida tashkil etiladigan pedagogik jarayonlar deb aytishimiz mumkin. Mazkur jarayonlaming maqsadi, yo'nalishi, mazmunmohiyati va ahamiyatiga e'tibor qaratadigan bo'lsak ulaming o'zaro aloqadorligi va bog'liqligini, ya'ni ularda uzluksiz ta'lim tizimiga xos xususiyatlar mavjudligini ko'rishimiz mumkin, chunki pedagogik jarayonlar deb atalayotgan soddadan murakkabga qarab davom etayotgan jarayonlaming ixtiyoriy birining o'zgarishi ikkinchisi, uchinchisi va boshqalarining o'zgarishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi [5].

Xulosa qilib aytganda, rivojlanish dasturi ta'lim dasturini amalga oshirishni ta'minlovchi ta'lim muassasasi infratuzilmasidagi o'zgarishlarni tavsiflaydi. Ta'lim dasturi ta'lim maqsadlarining dolzarbligi, mazmunning innovatsionligi, qo'llanilayotgan ta'lim texnologiyalari va o'quv-uslubiy majmualarning zamonaviyligi, ya'ni ta'limning dolzarbligi va zamonaviyligini asoslaydigan barcha jihatlarni ochib berish mumkin. Rivojlanish dasturida ta'lim jarayonini sifat, qulaylik va samaradorlikni oshirish yo'nalishida ta'minlashning huquqiy, tashkiliy, moliyaviy, boshqaruv va moddiy sharoitlarini o'zgartirishga e'tibor qaratish zarur [6].

Ta'lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta'lim muassasasining faoliyat xususiyatiga ko'ra, pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag'batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish, maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyatidir. Bugungi kunda pedagogika faniga ta'lim muassasalarini boshqarish bo'yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Masalan, «ta'sir etish» tushunchasining o'rniga «o'zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo'llanilmoqda. Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta'sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Ta'lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi: Ta'limning normativ-huquiy bazasi rivojlantiriladi; Ta'lim muassasalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o'tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi.

• uzluksiz ta'lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o'zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo'li bilan boshqarib borilishi;

• moliya-xo'jalik faoliyatini olib borish hamda ta'lim jarayonini tashkil etishda o'quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta'minlanadi;

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

-akkreditatsiya yakunlariga ko'ra ta'lim sohasida faoliyat ko'rsatish huquqi beriladi [7]. Ta'lim menejmeti bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:

• ta'lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so'zi bilan aniqlanadigan ma'naviy o'lchovga ega;

• ta'lim menejmenti - bu fan va san'at (chunki bunda insonlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar katta rol o'ynaydi);

• menejment mazmunida o'z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o'zaro dialektik birligi;

• ta'limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi

Boshqaruv uslubi - bu ish uslublarining to'plami bo'lib, u o'zining faoliyatida ushbu boshqaruv apparatini qo'llaydi.

Menejment uslubi - bu rahbarni shaxsiy sifatlarining to'plami, rahbarni qo'l ostidagilar bilan munosabati, rahbarning o'z faoliyatida ishlatadigan uslubi va yo'llari, rahbarning xodimlarni amalda bilishidir.

Pedagogik Kengash - ta'lim muasasasasining boshqaruv organi hisoblanadi. ekalogik jamoa va uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari Shaxsni o'quvchilar jamoasida tarbiyalash va shakllantirish-barkamol shaxs tarbiyasining qoidasidir. Bola shaxsi faqat jamoadagina, uning ta"siridagina haqiqiy shaxs sifatida shakllanadi. Hozirgi sharoitda jamiyatning har bir a'zosi biror bir pedagogik jamoaning faol a'zosi bo'lishi zarur. Jamoa deb, muayyan ijtimoiy maqsad birligiga qaratilgan uch yoki undan ortiq kishilarning birlashmalari yoki tuzilmalariga aytiladi

Ta'lim muassasalarida o'quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog'liq barcha tashkiliy muvofiqlashtirish, o'qituvchi va tarbiyachilarning kasbiy mahorati va ijodkorliklarini o'stirish maqsadida pedagogik xodimlarni birlashtiruvchi pedagogik kengash faoliyat ko'rsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi 515-son qarori.

2. Djurayev R.X., Turg'unov S.T. Ta'lim menejmenti. -T.: Voris-nashriyot, 2006.

3. Qambarov J.X., Turdalieva M.M. Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini nazorat qilishni takomillashtirish masalalari. Zamonaviy ta'lim jurnali. 2014 yil. 7-son. -B. 19.

[8].

-259 b.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

4. Shamuratov R. Oliy ta'lim tizimi faoliyatini tashkil etish va boshqaruv jarayoni texnologiyalarini takomillashtirish., Namangan davlat universiteti ilmiy xabarnomasi: soni. 1: 8-son, 70.2019-modda.

5. Valijonov R. va boshq. Menejment asoslari. -T.: Sharq, 2002.

6. Najmiddin, I. (2023). THE INTEGRATIVE ROLE OF SCIENTIFIC KNOWLEDGE IN INFORMATION SOCIETY.

7. Азизходжаева Н.Н. Педагогические технологии и педагогическое мастерство. - Ташкент: Молия, 2002.23 b.

8. Бородина Н.В., Самойлова Е.С. Модульная технология в профессиональном образовании: Учебное пособие. - Екатеринбург.: УГППУ, 1998. -27 с.

9. Г.У. Раджабова Защита прав частных предпринимателей и роль малого бизнеса в инновационной экономике - Web of Scholar, 2018. - Т. 3. - №. 3. - С.3-5.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.