Научная статья на тему 'BO‘LAJAK PEDAGOG TARBIYACHILARNI KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH JARAYONLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH TIZIMI'

BO‘LAJAK PEDAGOG TARBIYACHILARNI KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH JARAYONLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
uzluksiz ta’lim pedagogik jarayon / kasbiy bilim / kasbiy bilim / individual yondashuv / maktabgacha ta’lim

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ashurova Oygul Anvarjonovna, Axmedova Tamilla Raxmonovna

Maqolada uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish samaradorligi ko‘p jihatdan pedagog tarbiyachilarning kasbiy tayyorgarligi, ya’ni ularning professionalligi, pedagogik jarayon subyektlaridan biri sifati haqida ma’lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK PEDAGOG TARBIYACHILARNI KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH JARAYONLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH TIZIMI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

BO'LAJAK PEDAGOG TARBIYACHILARNI KASBIY PEDAGOGIK FAOLIYATGA TAYYORLASH JARAYONLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH TIZIMI 1Ashurova Oygul Anvarjonovna, 2Axmedova Tamilla Raxmonovna

1Pedagogika va Psixologiya fakulteti, "Maktabgacha ta'lim" kafedrasi o'qituvchisi

2FarDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11045962

Annotatsiya. Maqolada uzluksiz ta'lim tizimidapedagogikjarayonlarni tashkil etish va boshqarish samaradorligi ko'p jihatdan pedagog tarbiyachilarning kasbiy tayyorgarligi, ya'ni ularning professionalligi, pedagogik jarayon subyektlaridan biri sifati haqida ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: uzluksiz ta'lim pedagogik jarayon, kasbiy bilim, kasbiy bilim, individual yondashuv, maktabgacha ta'lim

Аннотатция. Эффективность организации и управления педагогическими процессами в системе непрерывного образования во многом определяется профессиональной подготовкой педагогических работников, т. е. их профессионализмом, качеством одного из субъектов педагогического процесса.

Abstract. The effectiveness of the organization and management ofpedagogical processes in the system of continuing education is largely determined by the professional training of teaching staff, i.e. their professionalism, the quality of one of the subjects of the pedagogical process.

Uzluksiz ta'lim tizimida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish samaradorligi ko'p jihatdan pedagog tarbiyachilarning kasbiy tayyorgarligi, ya'ni ularning professionalligi, pedagogik jarayon subyektlaridan biri sifatida talabalar faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning samaradorligini ta'minlash boshqaruvchining bilim, ko'nikma va malakalari darajasiga bog'liq bo'ladi. Shunday ekan, ta'lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni ilmiy asoslarda tashkil etish va boshqarish sohasidagi zamonaviy talablar oliy ta'lim muassasalari talabalarini kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlari samaradorligini oshirish mexanizmlarini uzluksiz takomillashtirib borishini taqozo etadi. Bu, o'z navbatida, oliy ta'lim muassasalarida talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi tadbirlarni samarali tashkil etishni nazarda tutadi. Shuningdek, pedagog tarbiyachilar muntazam ravishda o'zining kasbiy bilim, ko'nikma va malakasini rivojlantirib borishi, pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish yo'nalishidagi tushunchalarini kengaytirishi, fan va texnika yutuqlarini, zamonaviy pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini o'zlashtirib borishi uchun oliy ta'lim muassasalarida zaruriy shart-sharoitlarni yaratish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Oliy ta'lim muassasalarida talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlari samaradorligini oshirish tizimi asosiy komponentlariga davra suhbatlari, seminar-treninglar, tadbirlar, konferensiya, ekskursiya, mustaqil ta'lim, pedagogik amaliyot, kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash jarayonlari hamda tarbiyaviy munosabatlar jarayonlarini kiritish mumkin.

Oliy ta'lim muassasalarida talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlari samaradorligini oshirish tizimi. Bunda ma'lum bir jarayon mazmunan ikkinchi, uchinchi va boshqa barcha jarayonlarga ham ta'minlovchi, ham to'ldiruvchi, ham mustahkamlovchi jarayon sifatida xizmat qilishi zarurati belgilangan. Talabalarga o'zini-o'zi kasbiy rivojlantirishi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiluvchi ushbu tizim komponentlarini turli darajalarga ajratib bo'lmaydi, ya'ni mustaqil ta'lim va o'zini o'zi tarbiyalash jarayonlari sifatida xizmat

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

qiluvchi mazkur jarayonlarning birortasini ham birinchi yoki ikkinchi darajali toifaga ajratish mumkin emas.

Demak, oliy ta'lim muassasalarida talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlari samaradorligini oshirish tizimi nafaqat bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish yo'nalishidagi kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish, balki ularning o'zini o'zi rivojlantirish va professional kompetentlilik yo'nalishidagi ehtiyojlarini qondirishga yo'naltirilgan uzluksiz jarayon, ya'ni oliy ta'lim tizimida talabalarning kasbiy ahamiyat kasb etuvchi shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi o'zaro ta'sir jarayonlari tizimi sifatida qaralishi zarur.

Bunday yondashuvda talabalarning kelgusida pedagogik faoliyati jarayonlarida amalga oshirishi zarur bo'lgan funksional vazifalarning mazmunmohiyati va ahamiyatini mustaqil anglash, o'z faoliyatini o'zi tahlil qilish va baholash, shuningdek, o'zini o'zi shaxsiy rivojlantirish ehtiyojlarini faollashtirishga yo'naltirilishi zarur. Shundagina mazkur tizimda bo'lajak kompetentli o'qituvchi shaxsining ma'naviy boyishi hamda ijodiy salohiyatining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar vujudga keladi.

Tajribalarga asoslanib, bu tizimning eng asosiy maqsadi o'qituvchilar shaxsi va kasbiy faoliyatiga qo'yilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy talablar bilan ta'limni modernizatsiya qilish, yangilash hamda ta'lim muassasasini rivojlantirish bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy talablar va muammolar o'rtasidagi muvofiqlikni ta'minlashdan iborat bo'lishi zarurligi aniqlandi.

Bizning fikrimizcha, oliy ta'lim muassasalarida talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlari samaradorligini ta'minlashga qaratilgan tizim tadqiqiy va tahliliy yo'nalishda bo'lishi, bo'lajak o'qituvchilar uchun zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishga imkoniyatlar yaratishi, ijodiy hamkorlikni ta'minlashga qaratilishi, shaxsiy imkoniyatlarni takomillashtirish uchun zaruriy psixologik muhit sifatida xizmat qilishi zarur. Shuning uchun oliy ta'lim muassasalarida talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimni yangi amaliyot sifatida, ya'ni bo'lajak tarbiyachi pedagoglar faolligini ta'minlash asosida kasbiy kompetentliligini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan o'zaro ta'sir tizimi, mustaqil va ijodiy ta'limiy muhitni tashkil etishning yana bir shakllari sifatida ko'rib chiqilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Ta'lim tizimini modernizatsiya qilish va yangilash ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar bilan belgilanadi. Shunga asosan, oliy ta'lim muassasalarida talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimda bo'lajak tarbiyachi pedagoglar o'zini-o'zi rivojlantirish yo'nalishidagi shaxsiy ko'nikmalarini shakllantirish zaruriyati kun sayin rivojlanib bormoqda.

Demak, oliy ta'lim muassasalarida talabalarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimda bo'lajak o'qituvchilarning hamkorligini ta'minlovchi, ularni psixologik va fiziologik jihatdan rivojlantirish, ma'naviy boyitish hamda intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan jarayonlarni tashkil etishga asosiy e'tiborni qaratish zarur.

Mazkur zaruriyatdan kelib chiqib, bo'lajak o'qituvchilarda shakllantirilishi zarur bo'lgan asosiy ko'nikmalar sifatida quyidagilarni ajratib ko'rsatish mumkin:

• kasbiy ahamiyatga ega bo'lgan tahliliy mulohazalarni ifodalovchi refleksiv ko'nikmalar;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

• vaziyatlarga ko'ra pedagogik jarayon subyektlari sifatida o'quvchilar faolligini ta'minlash va faoliyatini muvofiqlashtirish ko'nikmasi;

• qulay ta'limiy muhitda vujudga kelayotgan vaziyatlarning pedagogik jarayon samaradorligiga salbiy ta'sirining oldini olish ko'nikmasi;

• muloqotga kirishish va axborot almashinish ko'nikmasi;

• o'zini o'zi boshqarish va shaxsiy rivojlantirish ko'nikmasi;

• axborotlar to'plash, tahlil qilish va obyektiv baholash, ularni qayta ishlash va oqilona foydalanish ko'nikmasi va hokazo.

REFERENCES

1. Рустамов Л.Х. Узлуксиз педагогик амалиётни ташкил этиш технологияси: Методик кулланма. ТДПУ. Тошкент - 2013. 12-14

2. Jalolov A. // Kasb qanday tanlanadi //. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010. - 62 b.

3. Аулова Н.С. Формирование готовности будущих менеджеров к профессиональной деятельности в современных социально экономических условиях: дис.. канд. пед. наук. - Барнаул. 2005. - 227 с.

4. Форобий. «Фозил одамлар шахри». - Т. Абдулла ^одирий номидаги Халк мероси. 1993. Б. 182.

5. Рахимов С. Абу Али ибн Сино таълим ва тарбия хакида. - Тошкент, Укитувчи, 1967. -75-бет.

Урта Осиё педагогик фикр тараккиётидан лавхалар. - Т.: 1996. Б

6 Ashurova, O. A. (2021). AESTHETIC EDUCATION AS A FACTOR OF

PROFESSIONAL TRAINING OF PRESCHOOL TEACHERS IN A PEDAGOGICAL UNIVERSITY. Theoretical & Applied Science, (5), 425-427.

Qo'shimcha adabiyotlar

1. Ashurova, O. (2021). Analysis of foreign experience on the development of eco-aesthetic culture of future preschool education specialists. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 1478-1484.

2. Ashurova, O. A. (2021). SOCIO-HISTORICAL TRADITIONS OF DEVELOPMENT OF ECOESTHETIC CULTURE OF PRESCHOOL EDUCATIONAL PROFESSIONALS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(05), 46-52.

3. Ashurova, O. (2021, December). THE IMPORTANCE OF AESTHETICITY OF ECOLOGICAL CONSCIOUSNESS AND CULTURE IN THE ACTIVITIES OF PRESCHOOL EDUCATIONAL PROFESSIONALS. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 88-90).

4. Anvarjonovna, A. O. (2021). Factors for the Development of Ecoesthetic Culture of Future Preschool Educational Professionals. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(5), 162-164.

5. Anvarjonovna, A. O. (2021, December). Methodological Foundations for Development of Aesthetic Culture Teacher of Preschool Education. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES (Vol. 2, pp. 254-258).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS"

_April 25, 2024

6. Anvarjonovna, A. O. (2021, December). Methodological Foundations for Development of Aesthetic Culture Teacher of Preschool Education. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES (Vol. 2, pp. 254-258).

7. Anvarjonovna, A. O. (2021). AESTHETIC CULTURE OF THE EDUCATOR. In Interdisciplinary Conference of Young Scholars in Social Sciences (pp. 253-255).

8. AO Anvarjonovna - Emergent Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL),2022 TECHNOLOGY OF DEVELOPMENT OF ECOESTHETIC CULTURE OF FUTURE SPECIALISTS OF PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS(7-12)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.