Научная статья на тему 'BO‘LAJAK PEDAGOG-TARBIYACHILARNI TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH – PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA'

BO‘LAJAK PEDAGOG-TARBIYACHILARNI TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH – PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagogik jarayon / kasbiy bilim / kasbiy bilim / individual yondashuv / maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish / «Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish»

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ashurova Oygul Anvarjonovna, Nabijonova Zuhra Nodirbek Qizi

Maqolada Pedagogik OTM.larda bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish ularda kasbiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, pedagogik jarayon samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi metodik asoslarni modernizatsiya qilish ustuvor vazifalardan biri hisoblanishi haqida ma’lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK PEDAGOG-TARBIYACHILARNI TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH – PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

BO'LAJAK PEDAGOG-TARBIYACHILARNI TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH - PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA 1Ashurova Oygul Anvarjonovna, 2Nabijonova Zuhra Nodirbek qizi

^edagogika va Psixologiya fakulteti, "Maktabgacha ta'lim" kafedrasi o'qituvchisi.

2 FarDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11045936

Annotatsiya. Maqolada Pedagogik OTM.larda bo'lajak pedagog-tarbiyachilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish ularda kasbiy bilim va ko'nikmalarni shakllantirish, pedagogik jarayon samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi metodik asoslarni modernizatsiya qilish ustuvor vazifalardan biri hisoblanishi haqida ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: pedagogik jarayon, kasbiy bilim, kasbiy bilim, individual yondashuv, maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish, «Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish»

Аннотатция. Педагогический ВУЗ в статье дается информация о том, что совершенствование системы подготовки будущих педагогов-воспитателей является одной из приоритетных задач формирования у них профессиональных знаний и умений, модернизации методических основ, служащих повышению эффективности педагогического процесса.

Abstract. Pedagogical university in the article. Information is provided that the improvement of the training system for future teachers is one of the priorities for the formation of their professional knowledge and skills, the modernization of methodological foundations that serve to increase the effectiveness of the pedagogical process.

O'zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida maktabgacha ta'limni isloh qilish, unga yangicha yondashuvlarni olib kirish bilan birga ilg'or xorijiy tajribani ham o'rganish, rivojlangan davlatlarning kadrlar tayyorlashdagi pozitsiyasini tadqiq etish va samaradorlik jihatdlarini mahalliylashtirish masalalari dolzarblik kasb etmoqda.

O'zbekiston Respublkasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan bolalar tarbiyasiga o'z ishini puxta biladigan, malakali va har bir bolaga individual yondasha oladigan pedagog kadrlarni jalb qilgan holda, ularni go'dakligidan ongi va tafakkurini to'g'ri shakllantirib bormasak, kelajakda yuksak saviya, bilim, ma'naviyatga ega bo'lgan barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlod tarbiyasining birinchi va muhim bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratmoqda. Mazkur yondashuv asosida maktabgacha ta'lim tizimida ko'pgina islohotlar amalga oshirilmoqda, ularning barchasi tarbiyalanuvchilar va tarbiyachi-pedagoglar manfaatlari yo'lida xizmat qilishi va maktabgacha ta'lim sifatini tubdan yaxshilashga qaratilmoqda.

Maktabgacha ta'lim tizimiga qo'yilayotgan talablar uning pedagogik jihatlarini tubdan yangilash, maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta'lim - tarbiya ishlarini yangi sifat pog'onasiga ko'tarish, shuningdek, jahon andozalariga mos kadrlarni tarbiyalashni vazifa qilib qo'ymoqda. Shu bois ham yosh avlodning aqliy ma'naviy, axloqiy, jismoniy va estetik jihatdan hayotga tayyor shaxslar bo'lib yetishishlari jamiyat taraqqiyotining muhim shartlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Bu esa, o'z navbatida, ularni tarbiyalovchi mutaxasislarni tayyorlashda nazariy va amaliy yondashuvni talab qiladi. Shunday ekan, bo'lajak pedagog-tarbiyachilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish ularda kasbiy bilim va ko'nikmalarni shakllantirish, pedagogik jarayon samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi metodik asoslarni modernizatsiya qilish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni sifatli ta'lim bilan ta'minlash uchun ta'lim jarayonini modernizatsiyalash nihoyatda zarur hisoblanadi. Buning uchun bolani ijtimoiy hayotga tayyorlashga xizmat qiladigan barcha pedagogik texnologiyalarni uyg'unlashtirish va o'zaro mujassamlashtirish talab etiladi. Maktabgacha ta'limning sifati ta'limning keyingi bosqichlarida bolalarning bilimlarni sifatli o'zlashtirishlarini kafolatlaydi. Buning uchun maktabgacha ta'lim muassasalarini modernizatsiyalashga oid yagona talablarni ishlab chiqish, ushbu talablar sifatli ta'lim va tayanch ko'nikmalarni hosil qilishni nazarda tutadi. Bu talablar asosida bolalarga ta'lim berish erta bolalik davridan boshlanadi va uzluksiz davom etadi. Maktabgacha ta'limni individuallashtirish tamoyili o'zida bir qator talablarni mujassamlashtiradi. Bu esa o'ziga xos tabiiy jarayon hisoblanadi. Jamiyatning rivojlanishi barobarida shaxs faoliyati ham ko'proq darajada individuallashtiriladi va uning mavqei o'zgaradi. Agar mamlakat va jamiyat qanchalik rivojlangan bo'lsa, unda har bir inson alohida qadrlanadi va o'z o'rniga ega bo'ladi.

Ma'lumki, maktabgacha ta'lim tavsiya xarakteriga ega bo'ladi. Jamoatchilikning tasavvurida bolalar bog'chasi ijtimoiy institut hisoblanmaydi. Shuning uchun ham u bolalarning qatnashi va muayyan bilimlarni o'zlashtirishlari uchun qulay hisoblanadi. Modernizatsiyalash doirasida maktabgacha ta'limning sifati uzluksizlik nuqtai nazaridan yondashgan holda tahlil qilinadi. Bu jarayonda barcha bolalar uchun teng imkoniyatga ega bo'lgan dastlabki bilim va tushunchalar shakllantiriladi. Buning uchun maktabgacha ta'limni modernizatsiyalash nihoyatda zarur hisoblanadi. Maktabgacha ta'limning yangi sifati manfaatdor taraflarning davlat buyurtmasiga javobi hisoblanadi. Buning uchun, birinchi navbatda, maktabgacha ta'limning sifati aniq namoyon bo'lishi lozim. Sifatni baholashning boshqa variantlari ham mavjud. Agar ta'lim xizmatlari iste'molchilarida ta'limning yangi sifatiga ehtiyoj mavjud bo'lmasa, pedagoglar modernizatsiyalashgan ta'lim sharoitida ishlash layoqatiga ega bo'lmaydilar. Shuning uchun ham maktabgacha ta'limning yangi sifatiga bo'lgan ehtiyoj modernizatsiyalashning harakatlantiruvchi omili hisoblanadi. Darhaqiqat, maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish, barkamol avlod ta'lim tarbiya jarayonining tarbiyachilar tomonidan to'g'ri tashkil etilishini ta'minlashda tarbiyachilarning kasbiy mahorati hamda ularning malakasini oshirish jarayonini samarali tashkil etish muhim hisoblanadi.

Globallashuv davrida maktabgacha ta'lim sohasidagi muhim vazifalarni quyidagicha talqin etish mumkin:

- milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga mos va taraqqiyotni rag'batlantiruvchi darajadagi ta'limni joriy etish;

- ta'lim muassasalari va ta'limiy xizmat iste'molchilari o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish;

- iste'molchi va ta'lim muassasasi o'rtasidagi raqobatbardoshlikni yanada kuchaytirish;

- bola tarbiyasiga ijtimoiy jamoatchilikni jalb etish.

Yuqoridagi vazifalarni hal etishda, albatta, milliy ta'lim modelining muhim tarkibiy qismi bo'lgan pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi alohida o'rin tutadi. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi pedagog kadrlar tomonidan yangi ma'lumotlarni o'zlashtirish, bilim, ko'nikma va malakalar olishning bosh manbai hisoblanadi. Shuning uchun ham, aynan mazkur tizim, ma'lum ma'noda, ta'lim tizimi xodimlarining sohada amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlariga tayyorligi uchun mas'ul va shu bois unga alohida e'tibor qaratilmoqda. Darhaqiqat, fikrimizning davomi sifatida 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini keltirishimiz mumkin. Mazkur strategiyaning «Ta'lim va fan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

sohasini rivojlantirish» yo'nalishida uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish kabi vazifalar belgilab berilgan

REFERENCES

1. Ashurova, O. A. (2021). AESTHETIC EDUCATION AS A FACTOR OF PROFESSIONAL TRAINING OF PRESCHOOL TEACHERS IN A PEDAGOGICAL UNIVERSITY. Theoretical & Applied Science, (5), 425-427.

2. Ashurova, O. (2021). Analysis of foreign experience on the development of eco-aesthetic culture of future preschool education specialists. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 1478-1484.

3. Ashurova, O. A. (2021). SOCIO-HISTORICAL TRADITIONS OF DEVELOPMENT OF ECOESTHETIC CULTURE OF PRESCHOOL EDUCATIONAL PROFESSIONALS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(05), 46-52.

4. Ashurova, O. (2021, December). THE IMPORTANCE OF AESTHETICITY OF ECOLOGICAL CONSCIOUSNESS AND CULTURE IN THE ACTIVITIES OF PRESCHOOL EDUCATIONAL PROFESSIONALS. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 88-90).

5. Anvarjonovna, A. O. (2021). Factors for the Development of Ecoesthetic Culture of Future Preschool Educational Professionals. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(5), 162-164.

6. Anvarjonovna, A. O. (2021, December). Methodological Foundations for Development of Aesthetic Culture Teacher of Preschool Education. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES (Vol. 2, pp. 254-258).

7. Anvarjonovna, A. O. (2021, December). Methodological Foundations for Development of Aesthetic Culture Teacher of Preschool Education. In INTERNATIONAL CONFERENCE ON MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES (Vol. 2, pp. 254-258).

8. Anvarjonovna, A. O. (2021). AESTHETIC CULTURE OF THE EDUCATOR. In Interdisciplinary Conference of Young Scholars in Social Sciences (pp. 253-255).

9. AO Anvarjonovna - Emergent Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL),2022 TECHNOLOGY OF DEVELOPMENT OF ECOESTHETIC CULTURE OF FUTURE SPECIALISTS OF PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS(7-12)

10. MaKTaGrana emgaru 6o.na.nap pHBO^naHumura KyuHnagHraH ^aB.aT gacrypnapu. - T., 2008.

11. «Bona^OH» Ta^HH gacTypu. - T., 2010

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.