Научная статья на тему 'MUSIQA TA’LIMI ORQALI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNING ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA MILLIY MUSIQA OHANGLARNI BOLA TARBIYASIDAGI O‘RNI'

MUSIQA TA’LIMI ORQALI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNING ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA MILLIY MUSIQA OHANGLARNI BOLA TARBIYASIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
61
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
milliy / ko‘p asrlik / yuksak ma’naviyat / ilmiy-ijodiy izlanishlar / urf-odat / azaliy / dunyo / meros / durdona / nomoddiy / jahon / zo‘r

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ulug‘bek Karimovich Rahmonov

Musiqa ta’limi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning estetik kompetentligini rivojlantirishda milliy musiqa ohanglarini bola tarbiyasida tutgan o‘rni va uning ahamiyati haqida ma’lumotlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA TA’LIMI ORQALI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNING ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA MILLIY MUSIQA OHANGLARNI BOLA TARBIYASIDAGI O‘RNI»

MUSIQA TA'LIMI ORQALI MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNING ESTETIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA MILLIY MUSIQA OHANGLARNI BOLA

TARBIYASIDAGI O'RNI

Ulug'bek Karimovich Rahmonov Farg'ona davlat universiteti

Annotatsiya: Musiqa ta'limi orqali maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning estetik kompetentligini rivojlantirishda milliy musiqa ohanglarini bola tarbiyasida tutgan o'rni va uning ahamiyati haqida ma'lumotlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: milliy, ko'p asrlik, yuksak ma'naviyat, ilmiy-ijodiy izlanishlar, urf-odat, azaliy, dunyo, meros, durdona, nomoddiy, jahon, zo'r

THE ROLE OF NATIONAL MUSIC MUSIC IN CHILD EDUCATION IN DEVELOPING AESTHETIC COMPETENCE OF CHILDREN IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS THROUGH MUSIC

EDUCATION

Ulugbek Karimovich Rahmonov Fergana State University

Abstract: Information about the role and significance of national music in the upbringing of children in the development of aesthetic competence of children in preschool educational organizations through music education is covered.

Keywords: national, centuries-old, high spirituality, scientific and creative research, tradition, centuries-old, world, heritage, masterpiece, intangible, world, excellent

Bola shaxsini shakllantirish jarayonida musiqa muhim o'rin tutadi. Musiqa bolaning ongi va bilim darajasini kengaytiradi, uni hayotni aks ettiruvchi boy ijrolar dunyosiga olib kiradi, hissiy bilish faoliyatini, hayotga faol munosabatini o'stiradi, san'atga muhabbat uyg'otadi, didni o'stiradi. Musiqa tinglaganda shaxsiy mulohazalarning paydo bo'lishiga, o'z fikrini aytish ehtiyojining tug'ilishiga yordam beradi, unda harakat manba paydo bo'ladi va ijrochilik mahoratini o'stiradi. Bolaning musiqaviy faoliyati, ya'ni musiqa asarlarni idrok etish, ularning ijro etilishi orqali qo'shiq aytish, raqsga tushish, biron bir musiqa cholg'u asbobi orqali ko'rsatib berish kabi xilma-xil ijodiy ko'rinishlarda namoyon bo'ladigan faoliyat paydo bo'ladi. Musiqa mashg'uloti eng avvalo, bolalarga muhabbat va qiziqishni o'stirishga

ITFVE^^Hl 393 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

yullangandir. Bolada tinglangan musiqa, qo'shiq, raqsga nisbatan tug'ilgan hissiy javob ularni yaxshiroq tushunishga va egallashga yordam beradi, musiqa asarlarning nafaqat, aqliy, balki ahloqiy va ma'naviy rejada ham tarbiyaviy ahamiyatini kuchaytiradi1. Bu qiyin va uzoq muddatli mehnat talab qiladigan bolada musiqa, qo'shiq aytish, musiqa ting-lashga e'tibor paydo bo'lgandan boshlab, unda asarning mazmuni va shakli o'rtasidagi bog'liqlik aloqani tushunishga, uni ifodali ijro etish-gacha davom etadigan jarayondir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bola-larni musiqa mashg'uloti orqali, musiqa tinglash, qo'shiq aytish, musiqali ritmik harakat, raqs, musiqaga oid ma'lumot berish, bolalar musiqa cholg'u asboblari bilan tanishtirish, musiqaviy ta'limiy o'yinlar bilan tanish-tiriladi. Bola ijrochilik malakalarini egallar ekan, u ma'naviy boyiydi, unda badiiy mahoratni xis qilish, musiqa usullarini sezish qobiliyati o'sadi. Yakka ijrochilik ko'rinishlarini izlashga undaydi, asarning mazmu-niga va ko'rinishiga o'z munosabatini ifodalashga yordam beradi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning musiqali rivoj-lanishida musiqa mashg'ulotlari yetakchi o'rin tutadi. Mashg'ulotlar turli xil musiqali faoliyat turlarini o'z ichiga oladi. Bolalar bunday faoliyat bilan shug'ullanib, musiqani idrok qilishning dastlabki ko'nikmalarini va shuningdek, musiqali ijrochilik ko'nikmalarini hosil qilishadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida musiqa tarbiya alohida ahamiyat kasb etib, muntazam ravishda olib boriladigan tarbiya jarayonining bir qismini tashkil etadi. Musiqa, qo'shiq, milliy musiqa, bola tarbiyasiga benihoyat katta ta'sir ko'rsatib, ularda yuqori darajadagi badiiy, ma'naviy zavq va didni shakllantiradi, go'zallikni musiqa orqali idrok etishda yetakchi o'rin o'ynaydi2. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga musiqa tarbiya ber-ishda musiqa tinglash, vokal, ya'ni qo'shiq ijrochiligi, milliy musiqa asboblari, bastakor va kompozitorlar hayoti, ularni ijodlari, musiqaga oid ma'lumotlar berish, musiqaviy ritmik xarakat va raqs asoslari bilan tan-ishtirish, bolalarda ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlanitirish, musiqa vositalari orqali bolalar tarbiyasini shakllantiish kabi vazifalar amalga oshiriladi. "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturda maktabgacha ta'limda musiqiy tarbiya metodikasi fanining nazariy jihatlari asoslab berilgan. Maktabgacha ta'limda musiqa tarbiyasi metodikasi o'quv fanini o'zlashtirish uchun zarur bo'lgan birlamchi ma'lumotlar yoritilgan. Ushbu dastur maktab-gacha yoshdagi bolalarga musiqa tarbiyasini olib borishda musiqa mashg'uloti-ning maqsadi va vazifalari, davlatimiz tomonida shu soha bo'yicha qabul qilingan Farmon va Qarorlarning mazmuni, maqsadi, shaxsning kamolatini rivojlantirishda musiqa tarbiyasining o'rni, musiqa mashg'ulotlarini xususiyatlari va tuzilishi, musiqa

1 U.K.Rahmonov, Yoshlarni ma'naviy ruhda tarbiyalashda baxshichilik san'atining o'rni. ORIENTAL ART AND CULTURE SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. ISSN:2181-063X. VOLUME 3 ISSUE 1. MARCH 2022.

2 U.K.Rahmonov, O'zbek xalq musiqa san'atining XVI-XIX asrlar rivojidagi ilhombaxsh ohanglari. SCIENCE AND INNOVATION international scientific journal. ISSN:2181-3337. VOLUME 1, ISSUE 7. 11.11.2022

rfciyfl^^B 394 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

o'qititsh metodikasining tutgan o'rni haqidagi umumiy ma'lumotlami o'z ichiga olgan.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida boshqa mashg'ulotlar qatorida bola-larning idroki, tafakkuri, iste'dodi va qobiliyatini rivojlantirishda musiqa mashg'ulotlarining o'rni alohida. Bu mashg'ulot turi bolajonlarning musiqaga qiziqishlarini o'stirishi, ularda musiqaviy ko'nikma va malakalarni shakllantirish, musiqa tinglash, musiqali ritmik harakatlar, raqs, qo'shiq aytish, bolalarni cholg'u asboblari bilan tanishtirish, musiqiy-ta'limiy o'yin va musiqaga oid ma'lumotlarni singdirishdan iborat. Shuningdek, bu mashg'ulot bolajonlarning san'atga bo'lgan ehtiyojlarini o'stirish, bastakorlar va kompozitorlar tomonimdan yaratilgan kuy, musiqa asarlarini qadrlash, ularni ijodiy izlanishga yo'naltirish va qobiliyat-larini rivojlantirishga zamin yaratadi. Shu bilan birga milliy urf-odatlarimizni, ko'p asrlik tarixga ega bo'lgan musiqa madaniyatimizni, sozanda, xonandalar ijodini qadrlashga va e'zozlashga o'rgatadi. O'rgatiladigan musiqa asarlari har bir bola shaxsini yoshiga mos tarzda olib borish va uni navbatdagi ta'lim bosqichiga puxta tayyorlashni ta'minlashdan iboratdir. Musiqa mashg'ulotlarida bolalarning hayoti va sog'ligini himoyalash, ta'lim-tarbiya jarayonida ularning tafakkuri, tasavvuri, iqtidori, iste'dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bilan birga mustaqil o'rganishlarga, fikrlashlariga, ijodkorlikka, o'z shaxsini hurmat qilishlariga, o'zlariga ishonch tuyg'usini shakllantirish hislatlari boyitiladi, shu bilan birga musiqa asarlari bolalarni ma'naviy-ma'rifiy ruhda tarbiyalash, milliy musiqa merosimizni, o'zbek xalq musiqa ijodidagi bolalar o'yin va raqslarini o'zlashtirishlariga katta yordam beradi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning musiqaga va musiqa faoliyatiga munosabatlarini shakllantirishda, ularning iste'dodlarini hisobga olgan holda ijodiy faoliyatga jalb qilish zarur3. Musiqa rahbari o'z mashg'ulotida bolalarga musiqa san'atini o'rgatar ekan, ularning ma'lum bilim va malakalarini egallashlariga yordam beradi. Har bir bolada ijodiy musiqaviy tasavvurlarni, uni idrok qilishni, ifodalashni, qo'shiq, o'yin, raqsda o'zida yo'q tuyg'ularni o'stirish ishtiyoqini namoyon qilishga erishishi kerak.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida musiqa mashg'ulotlarini yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsion va elektron tizimlarga asoslangan va ta'lim sohasida xorijiy mamlakatlar tajribasini o'rgangan holda musiqa mashg'ulotlarini olib borish davri bo'lmoqda. Bu ta'lim metodlari va texnologiyalari maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini har tomonlama intellektual, ijtimoiy, kommunikativ, axloqiy, madaniy-ma'rifiy didlarini shakllantirishda, jismoniy sifat va aqliy salohiyatlarini uyg'otish, bolani nutq, savod, o'qish va chet tillarni o'zlashtirishlarida alohida vazifa bo'lib xizmat qiladi.

O'zbek xalqi juda qadimiy va boy madaniyat tarixiga ega. Uning an'anaviy-

3 U.K.Rahmonov. Yoshlarni ma'naviy ruhda tarbiyalashda baxshichilik san'atining o'rni. Humanity and Science an International Multidisciplinary Virtual Conference. Conhgres-2022 Malaysian. 02.05.2022.

ITiy^^^BI 395 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

mumtoz musiqa, tomosha va so'z san'atining sarchashmalari miloddan oldingi davrlarga borib taqaladi. O'tmishda O'zbekiston zaminida yashagan xalqlar yuksak darajada taraqqiy topgan musiqiy-madaniy an'analar sohibi bo'lib kelganlar. Ana shu musiqiy-madaniy an'analar o'zida ifodalangan manbalar asrlar osha bizgacha yetib kelgan. Xonanda va sozandalar ijodining jonli namunalari xalq og'zaki ijodi va yozma adabiyot asarlarida, ilmiy va tarixiy manbalarda o'z aksini topgan. Ma'lumki, har bir millatning madaniy taraqqiyoti qaysi bir davrga mansub bo'lishidan qat'iy nazar mazkur xalqning iqtisodiy, ilm-fan, adabiyot va ma'naviyati bilan bir qatorni o'zining o'tmishi va hozirgi kunini ifodalaydigan musiqa san'ati sohalarida erishilgan yutuqlar bilan chambarchas bog'liq. Har bir xalqning ma'naviy ravnaqi esa, avvalo uning umumbashariy madaniyatga qo'shgan hissasi bilan o'lchanadi va qadrlanadi. Ana shu nuqtai nazardan o'zbek xalqimiz ham jahon ilm-fan va musiqa madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissasi borligini e'tirof etish joizdir4. Asrlar davomida xalqimiz qalbidan mustahkam o'rin olib, uning jon ozig'i bo'lib kelgan milliy musiqa ijrochiligi hozirgi kunimizda xalqimiz ongi va tafakkurini shakllanishida milliy mafkuramiz uchun bebaho ma'naviy qadriyatlardan biridir.

Bolalar tarbiyasida ularning har tomonlama barkamol bo'lishlari, dunyoqarashi keng, vatanparvarlik ruhi yuqori, ajdodlarimizga munosib avlodlar bo'lib yetishishlari uchun barcha sharoitni yaratmoq zarur. Musiqa inson ruhiyatiga ta'sir ko'rsata oluvchi eng kuchli quroldir. Qadimdan mutafakkir olimlarimiz, musiqashunoslarimiz, psixologlarimiz musiqa ohanglari yordamida bolalarni tarbiyalash eng samarali usullardan ekanini ko'p bora ta'kidlab kelishgan. Darhaqiqat, musiqa san'ati insonni shaxs sifatida shakllanishiga ta'sir qiladi, agar u haqiqiy, xalqning qalbidan joy olgan, milliy musiqa san'ati bo'lsa albatta. Ayniqsa, o'zbek xalq musiqa san'ati jahondagi eng mukammal, qadimiy va betakror san'atlardan biri sifatida tan olingan. Butun dunyo o'zbeklar san'atiga, milliy musiqasiga qiziqish bildirib turgan, uni chuqur o'rganishga kirishgan va undan hayratini yashira olmay turgan bir vaqtda, bizlar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida musiqa mashg'uloti orqali farzandlarimizni tarbiyalashda boshqa xalqlarning musiqalaridan reja asosida foydalanish ham maqsadga muvofiqdir. Bo'lajak musiqa rahbarlari yoki xodimlarining mumtoz asarlarimiz, milliy kuy va qo'shiqlarimiz borasidagi amaliy va nazariy bilimlari yuksak darajada bo'lishiga sharoit yaratish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Xalqimiz azaldan tinglab kelayotgan tarix ohanglarining bizgacha yetib kelishi va ularning turlicha uslubda sayqal topishida milliy musiqa san'atining o'z o'rni va alohida qimmati bor. Madaniyatimizning barcha rivojlanish davrlarida milliy musiqa san'atimiz xalqimiz qalb qo'ri, ko'ngil davosi sifatida bebaho ma'naviy ozuqa bo'lib xizmat qilib

4 Tursunova L. "The role of makom artin the spiritual upbringing of youth"akademicia An international Multidisciplinaryn Research Journal.Pages 143

ficiv^^^BI 396 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

kelmoqda. Chunki, milliy musiqa san'ati azal-azaldan o'zbek xalqining nafaqat ma'naviy hayoti, balki kundalik turmush tarzi bilan chambarchas bog'lanib kelgan. O'zbek milliy musiqa san'ati o'zining jozibadorligi, tarbiyaviy ahamitga egaligi hamda uning zaminida kuchli falsafay mazmun va bir biriga o'xshamas, qaytarilmas kuy tizimlariga egaligi bilan jahon xalqlari san'atidan ajralib turadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. U.K.Rahmonov, Yoshlarni ma'naviy ruhda tarbiyalashda baxshichilik san'atining o'rni. ORIENTAL ART AND CULTURE SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. ISSN:2181-063X. VOLUME 3 ISSUE 1. MARCH 2022.

2. U.K.Rahmonov, Sozandalar san'atida milliy cholg'ularning o'rni. ORIENTAL ART AND CULTURE SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. ISSN:2181-063X. VOLUME 3 ISSUE 2. JUNE 2022

3. U.K.Rahmonov, O'zbek xalq musiqa san'atining XVI-XIX asrlar rivojidagi ilhombaxsh ohanglari. SCIENCE AND INNOVATION international scientific journal. ISSN:2181-3337. VOLUME 1, ISSUE 7. 11.11.2022

4. U.K.Rahmonov. Yoshlarni ma'naviy ruhda tarbiyalashda baxshichilik san'atining o'rni. Humanity and Science an International Multidisciplinary Virtual Conference. Conhgres-2022 Malaysian. 02.05.2022.

5. Rahmonov Ulug'bek Karimovich. ORIENTAL ART AND CULTURE. Bolalarning barkamol etib shakllantirishda musiqa ta'limining o'rni. Scientific methodical journal. 02.04. 23. 857-863.

6. Rahmonov Ulug'bek Karimovich. INTERNATIONAL JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH IN EDUCATION TECHNOGY AND MANAGEMENT. THE IMPORTANCE OF FOKLJRE SONGS IN THE DEVELOPMENT OF MUSICAL PERFORMANCE. Multidiscirplinary, Open Access, Peer-Reviewed Journal. 284-290. 15.03.2023.

7. Rahmonov Ulug'bek Karimovich. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi jurnali. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida milliy musiqani o'rni.

8. Rahmonov Ulug'bek Karimovich. ORIENTAL ART AND CULTURE. Ijrochilik san'atiningmusiqa madaniyatidagi o'rni. Scientific methodical journal. 587593. 02.04.2023.

9. Rahmonov Ulug'bek Karimovich. INTERNATIONAL JOURNAL OF ADVANCED RESEARCH IN EDUCATION TECHNOGY AND MANAGEMENT PERFORMER OF THE SONG IN THE DEVELOPMENT OF MUSIC WORLDWIDE IMPORTANCE. Multidiscirplinary, Open Access, Peer-Reviewed Journal. 258-273. 19.04.2023.

397

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

10. U.K.Rahmonov, A.Soliyev. "Sozandalik san'atining barmoqlardagi nolasi" INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION for participation in the scientific-online conference. CANADA, OTTAWA 23.12.2022.

11. U.K.Rahmonov, A.Soliyev, Qo'g'irchoq san'ati o'yinini musiqa madaniyati hayotda tutgan o'rni. ORIENTAL ART AND CULTURE SCIENTIFIC METHODICAL JOURNAL. VOLUME 3 ISSUE 4. DECEMBER 2022.

12. U.K.Rahmonov, A.Soliyev Doira musiqa cholg'u asbobini ijrochlikda o'rni. ORIENTAL ART AND CULTURE SCIENTIFIC-METHODICAL

13. K.Rahmonov, A.Soliyev. Tomosha san'atida qo'g'irchoq teatrining o'rni. SCIENCE AND INNOVATION international scientific journal. ISSN:2181-3337. VOLUME 1, ISSUE 7. 24.10.2022.

14. A.R.Soliev. "Vatan tuyg'usi". BECT PUBLICATION. So'ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi ilmiy ommabop jurnali. 2022 yil. 12 iyun 2-son.

15. A.R.Soliev. A.Nurmuxammadjonov. "O'zbekiston Resprublikasi madxiyasi tarixiga bir nazar" Uzluksiz ta'lim. Maxsus soni. ISSN-2091-5594. 2022 yil.

16. M.Jabborova.A.R.Soliev, "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuv-chilar ongida milliy musiqa ohanglariga moyillikni shakllantirishda milliy g'oyalarning o'rni. SCIENCE AND INNOVATION/ INTERNFTIONAL SCIENTIFIC JURNAL. ISSN: 2181-3337. 20220 yil. 1-son.

18. A.R.Soliev. "Musiqa ta'limida innovatsion g'oyalarni qo'llashda noan'-anaviy darsliklarning o'rni. Ilmiy - amaliy anjkman. FDU. 5.10. 2022 yil.

19. Tursunova L. "The role of makom artin the spiritual upbringing of youth"akademicia An international Multidisciplinaryn Research Journal.Pages 143

20. Tursunova L. "Tools influeng the formatin of the innhtellectual kulture of youth" International Journal of Academik Pedagogikal Research (IJAPR). Pages 154.

21. Tursunova L. "The impac of the global environmenjt and its spiritual factors on the musikal culture of youth" the amerncan journal of social science and education innovations proudly presented to. Pages 145.

22. Tursunova L. "Socio- Philosophical Essence, Kontent And Functions of hthe Conctpt of yoth musical Culture" Current research Journal of Pedagogics. Pages 7

23. Tursunova L. "Functions of musical culture in the formation of a spiritual world view". World Bulletin of Social Sciences (WBSS) Available Online at: http:www.scholarexpress.net Vol. 6, January,2022 ISSN: 2749-361X

24. Tursunova L. "The role of makom artin the spiritual upbringing of youth". "Academicia an international multidisciplinary research journal". http://saarj.com Vol. 10 Issue 11, November 2020 Impact Factor: SJIF 2020 = 7.13. ISSN: 2249-7137

398

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.