Научная статья на тему 'YOSHLARNI MA’NAVIY-AHLOQIY RUHDA TARBIYALASHDA MUSIQA SAN’ATINING TUTGAN O‘RNI'

YOSHLARNI MA’NAVIY-AHLOQIY RUHDA TARBIYALASHDA MUSIQA SAN’ATINING TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
43
142
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
maqom / soz / ansanbl / duet / folklor / navo / orkestr / qo‘shiq

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shaxrizoda Dilshodjon Qizi Sharofiddinova

Ushbu maqolada o‘zbek milliy musiqa san’atining vujudga kelish jarayonlari, rivojlantirish bosqichlari hamda musiqaning yoshlar ma’naviyati va tafakkuriga ta’siri haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI MA’NAVIY-AHLOQIY RUHDA TARBIYALASHDA MUSIQA SAN’ATINING TUTGAN O‘RNI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 2 / April 2023

YOSHLARNI MA'NAVIY-AHLOQIY RUHDA TARBIYALASHDA MUSIQA

SAN'ATINING TUTGAN O'RNI

Shaxrizoda Dilshodjon qizi Sharofiddinova Farg'ona davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek milliy musiqa san'atining vujudga kelish jarayonlari, rivojlantirish bosqichlari hamda musiqaning yoshlar ma'naviyati va tafakkuriga ta'siri haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: maqom, soz, ansanbl, duet, folklor, navo, orkestr, qo'shiq

THE ROLE OF MUSIC IN SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF

YOUTH

Shahrizoda Dilshodjon kizi Sharofiddinova Fergana State University

Abstract: The article highlights the features of the development of national musical art, the stages of its evolution and the impact on the consciousness and spirituality of the younger generation.

Keywords: makom, ensemble, duet, folklore, melody, orchestra, song

Yoshlarni ma'naviy-ahloqiy ruhda tarbiyalashda musiqa san'atinig o'rni jonli ifodasi, ayni paytda yangi buyuk davlat bunyodkori bo'lmish jamiyatimizning ruh quvvati va jon ozig'idir. Hozirga ayni kunlarida o'zbek an'anaviy musiqasiga e'tibor yanada kuchaydi. Milliy qadriyatlarimizni, urf-odatlar va marosimlarimizning tiklanishi musiqa sohasida ham sezilarli o'zgarishlarga sabab bo'ldi. Qadimiy milliy musiqamizdagi boy badiiy-tasviriy vositalar bilan bir qatorda, yangi janr va turlarini o'zlashtirish natijasida o'zbek musiqa san'ati yana ham yuksak darajaga ko'tarildi. Shu boisdan respublika miqyosida ko'plab ko'rik-tanlovlar tashkil qilinmoqda. Turfa mahalliy an'analar va xilma-xil ko'rinishlarni o'z ichiga olgan o'zbek musiqa merosi shu kunga qadar ikki asosiy qatlamda yetib kelgan bo'lib, biri «xalq musiqasi» yoki «musiqiy folklor», yana biri esa «mumtoz-kasbiy» yoki «ustozona» musiqa deb yuritilib kelmoqda. Ularning har qaysisi badiiy barkamol aytim hamda cholg'u namunalaridan iborat. Ayni vaqtda qadimiy va boy musiqiy merosimiz yangi davrlarda qaror topgan bastakorlik an'analarini ham o'zida mujassam etgan holda rivoj topmoqda. Bunda, avvalo, benazir musiqiy folklorning serjilo va rang-barang turlari namoyon bo'ladi.

483

http://oac.dsmi-qf.uz

Yurtimizda yangidan-yangi islohotlarni joriy etilishi munosabati bilan azaliy xalqchil qadriyatlari tiklanmoqda, shu jumladan badiiy-musiqiy merosimizni atroflicha o'rganish va undan bahramand bo'lish uchun yetarlicha imkoniyatlar vujudga kelmoqda. Endilikda eski mafkura tobeligi ostida e'tiborsizlik oqibatida anchayin susayib qolgan, ayrim hollarda esa unutilayozgan o'ziga xos milliy musiqiy qadriyatlarimiz qaddini rostlamoqda. Turfa mahalliy an'analar, badiiy barkamol aytim hamda cholg'u kuylaridan iborat xalq musiqa ijodiyoti durdonalari nufuzli xalq tantanalari va muhim sanalarga bag'ishlangan bayramlarda tarannum etilmoqda. Milliy va ma'naviy merosimiz asrlar mobaynida xalqimizning bebaho xazinasi sifatida ko'nglimizni nurafshon etadi, bizni hayotning g'am-anduhlaridan yiroq etib, go'zal va yoqimli xatti-harakatlarga chorlaydi. Mumtoz kuylar, milliy musiqiy durdonalar insonni ruhiy kamolotga, go'zal tuyg'ularni qalban his etishga, ma'naviy barkamol bo'lishga o'rgatadi. Ta'kidlash joizki, yosh avlodni har jihatdan kamol toptirish uchun ularda estetik tarbiyani yuksaltirish, milliy va jahon musiqa durdonalaridan bahramand etish maqsadida Davlatimiz tomonidan samarali ishlar olib borilmoqda. Musiqaning ma'naviy - ahloqiy tarbiyaviylik xususiyatiga odatda ikki xil yondashiladi. Birinchidan, musiqa harakatlantiruvchi va poklovchi ma'naviy-ahloqiy hodisa. Ikkinchidan, musiqa - ko'ngilochar va ermakka asoslangan manfaatdorlik manbai. Har ikkala yondashuvda ham musiqaning tarbiya jarayonlaridagi ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Chunki, masalaga ratsional yondashadigan bo'lsak, har qanday musiqa ma'naviy hodisaga aylanmagani kabi barcha musiqalar ham oddiygina manfaatdorlik manbai bo'lavermaydi. Chinakam musiqa madaniyat va ma'naviyat mulki sifatida tarbiya jarayonlariga yanada yaqinlashadi. Musiqaning tarbiyaviylik xususiyati uni tinglash, his etish, munosabat bildirish kabi ma'naqiy estetik madaniyat tizimi orqali izohlanadi. Bugungi kun musiqasi dunyodagi sodir bo'layotgan hamma jarayonlarning aksi, insonni va insoniyatni turli tashqi ta'sirlardan, ba'zan o'z-o'zidan ma'naviy, ruhiy, ijtimoiy va jismoniy taraflardan ozod bo'lishda yagona yo'li hamda inson madaniyati-ning tadrijiy rivojini beruvchi imkoniyatidir. Yangi musiqa yangi san'at kabi ma'lum bir vaqtda paydo bo'lmagan, u avvalgilarning davomi. Lekin, ba'zi bir hollarda ayrim estrada musiqa namunalari yoshlarning ahloqiy olamiga zo'rlik bilan ta'sir ko'rsatishga urinmoqda. Ular asosan G'arb musiqasi namunalari yoki ularga taqliddir. Hozirgi davr ultra musiqasining ayrim turlari, ya'ni "bit", "rok", "rep", "pop" yoshlarni ma'naviy-ahloqiy qashshoqlikka, tubanlikka boshlamoqda. Bunday bema'ni va behayo musiqalarning ba'zi «namunalari» bizga ham yetib kelgan. Bunday bema'ni va behayo musiqalarning ba'zi «namunalari» bizga ham yetib kelgan. G'arb musiqasining shiddat bilan yoshlarimiz hayotiga va ongiga kirib kelishini ayni paytda yangilik sifatida qabul qilsak ham, ularning fe'l-atvorida jiddiy burilish yasalayotganligi hozirgi kunda haqiqatdir. G'arb musiqiy janrlarining yoshlar

I ihSi^^Bl ^84 http://oac.dsmi-qf.uz

tarbiyasi, yashash tarziga mos kelayotganini inkor eta olmaymiz. Ularning ta'bi, didi shuni talab qilayapti. Lekin, jazavaga tortuvchi, bir xil so'zlarni ko'p takrorlayveradigan, bir xil ritmga asoslangan musiqani ko'p tinglaydigan yoshlar, shubhasiz milliy-likdan yiroqlashadi. Ularning ongu shuuriga shovqin-suronli musiqa shu darajada o'rnashadi-ki, natijada yurishturishi ham o'zgara boshlaydi. Shu boisdan yoshlarda to'g'ri ma'naviy-ahloqiy estetik didni, insonning ma'naviy dunyosini boyituvchi haqiqiy go'zal musiqaga muhabbatni tarbiya-lash, yangi inson - mustaqil davlat quruvchisini kamol toptirish uchun kurash jamiyatimizning muhim vazifasidir. Chunki, kishilar ongi va ma'naviy-ahloqiy olamiga musiqa san'atining ta'sir kuchi nihoyatda kattadir. Madaniy jamoatchiligimiz, avvalambor musiqashunos olimlar, ustoz san'atkorlar, kompozitorlar, yozuvchi va jurnalistlar, ko'p sonli san'at ixlosmandlari bunday masalalar yuzasidan o'z fikrini ochiq bildirib borishi, shu tariqa yoshlarimizga to'g'ri tarbiya berishimiz ilmiy ziyoli murabbiylarni vazifasidir. Milliy musiqaning tarbiyaviy ta'sir kuchini, ahamiyatini oshirish uchun ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Unga misol uchun O'zbekiston xalq hofizi Hasan Rajabiy quyidagicha javobini kel-tirish mumkin: "Milliy qadriyatlarimizni, tilimizni, musiqiy asarlarni bolaning eng kichik yoshidan qulog'iga singdirib borilsa, u maktab yoshiga yetgan paytda o'z ongini ancha boyitgan hisoblanadi. Bog'cha yoshidagi bolalarga ovqatlanish, o'ynash mahalida dam-badam quloqqa malol kelmaydigan tarzda milliy musiqiy ohanglar eshittirilib borilishi kerak. Hatto, eski o'zbek adabiy tili, ya'ni mumtoz shoirlarimiz ishlatgan so'zlardan bir qanchasini o'rganib olish yo'llari ham bor. Bolalarda narsa-hodisani o'ziga tez qabul qiluvchi aql-idrok asta-sekin rivojlanib boradi. Biz nima uchun A.Navoiyni tushunmaymiz, chunki shoir ijodiga murojatni 11-12 yoshlarda boshlaymiz. Agar bolaga 2-3, 4-5 yoshidan boshlab mumtoz musiqamizni singdirib borsak, u yoshi ulg'aygan lahzada maqomni, lirik qo'shiqlarni ensasi qotib qabul qilmas edi. Shu alfozda maktabni bitirib olguncha ongi, tafakkuri rivojlanib boradi. Maktab yoshidagi bolalarga musiqani tinglash soatlarini joriy qilish lozim. Tinglash madaniyati, his qilish malakasi shakllangan bola hech qachon o'z milliy musiqasini chetga surib qo'yib, ajnabiylar san'atiga mehr qo'ymaydi. Bu an'ana maktabdan kollej va litseylarga, oliy o'quv yurtlariga o'tsa deyman"-deb fikr bidirigan edi. Musiqa san'ati boshqa san'at turlari kabi o'zida hayotni aks ettiradi. Yoshlarga musiqa sirlarini, mazmun-mohiyatini teran o'rgatib borish ularning yetuk san'at darg'alari bo'lib har tomonlama uyg'un kamol topishlarida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Kuy-qo'shiqqa mehr-muhabbat bolalikdan boshlanishi lozim. Musiqa va san'atning hayotbaxsh ta'siri yoshlar hayotida o'zgacha o'rin tutadi. Bola darsdan bo'sh vaqtida o'zi xohlagan musiqa turi bilan shug'ullanishi natijasida kelgusi kasbi uchun zamin tayyorlaydi, qalbida odamiylik, ezgulik kabi olijanob fazilatlar bo'y ko'rsatadi. Musiqani nafaqat maxsus o'quv maskanlari, musiqa maktablari va to'garak mashg'ulotlarida, balki oilada ham o'rganish uchun yaxshi muhit yaratish

lozim. Buyuk faylasuflardan biri Platon musiqaning inson hayotidagi o'rni haqida to'xtalib, "Yaxshi musiqa butun dunyoni jonlantiradi, qalbni qanot bilan ta'minlaydi, tasavvurot va yangi g'oyalar tug'ilishiga yordam beradi", - degan edi. Hayotbaxsh kuy-qo'shiq eshitgan, go'zal va yoqimli ohang tinglagan keksa-yu yosh ruhiyatida mamnunlik aks etadi, qalbida ezgu tuyg'ular shakllanadi. Axloq, odob tarbiyasida o'tib ketgan imkoniyatlarni qayta, ko'ngildagidek tiklab bo'lmaydi. Yaxshi tarbiya ko'rgan bolalargina bilim olishga ixlosi bo'ladi, jamiyatda ham o'zining munosib o'rnini topa oladi. Jamiyatimiz uchun bilimli, fan asoslarini chuqur egallashga vijdonan intiladigan yoshlar kerak. Bunday fazilatlar yetuk ahloq va odob zaminidagina shakllanishi mumkin. O'quvchi yoshlarda burch, vatan va millat oldidagi mas'uliyatni his qilish, qonunlarga rioya etish singari fazilatlarni ham shakllantirish kerak. Yoshlarning shaxs sifatida kamol topishiga salbiy ta'sir etadigan muhitni bartaraf etish ham tarbiyaviy ishlar tizimiga kiradi.

Yoshlar ma'naviy-axloqiy ruhda tarbiya berishda musiqa san'atinig o'rni, shu jumladan butun jamoatchilik manfaatdor bo'lgan umumdavlat ishidir. Tarbiya-ta'lim ishlari davlat tomonidan bajarilishi ham istiqbol ehtiyojlari bilan taqozo etgan hayotiy zaruratdir. Bolalik chog'idan farzadlarimizga to'g'ri musiqiy ta'lim berish, yosh avlod qalbi va ongida ezgu g'oyalarni shakllantirish, ularni Vatanga muhabbat, milliy qadriyat-larimizga hurmat, fidoyilik ruhida tarbiyalash uchun respublika bo'yicha ko'p sonli musiqa maktablari, etnografik jamoalar, xor to'garaklari o'rni alohidadir. Bugungi kunda bolalar musiqa va san'at maktablarida ta'lim oluvchi o'quvchilar soni tobora ko'payib bormoqda. Musiqa ta'lim tizimini zamon talablariga moslashtirishga davlatimiz tomonidan jiddiy e'tibor qaratilib kelinmoqda. "Bolalar musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yaxshilash" bo'yicha davlatimiz tomonidan Qarorlarning qabul qilinishi soha rivojiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Soha rivoji uchun qabul qilingan Qarorlarda yosh avlodning iste'dodini har tomonlama kamol toptirish va madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlarni milliy va jahon musiqalari, tasviriy san'atining yuksak namunalaridan keng bahramand bo'lishi uchun zarur sharoitlar yaratish, bolalar musiqa va san'ati maktablarini rivojlantirish hamda zamonaviy moddiy texnik bazasini shakllantirish borasida qat'iy chora-tadbirlar belgilanganligi bilan e'tiborli bo'ldi.

Yoshlarni ma'naviy-ahloqiy ruhda tarbiyalashda musiqa san'atining tutgan o'rni respublikamiz ijtimoiy-siyosiy hayotida ro'y berayotgan tub islohotlar bilan bog'liq holda ravnaq topmoqda. Buning uchun davrning o'ziga xos qiyinchiliklarini yengib o'tish, ayni paytda xalqimizning ko'p asrlik milliy musiqiy merosi durdonalariga teran bog'lanish lozim bo'ladi. Zotan, musiqiy meros namunalarining ma'naviy-ijtimoiy hayotimizdagi o'rni, yosh avlod tarbiyasi, qolaversa, butun xalqimizniig o'zligini anglash jarayonida ham ahamiyati beqiyosdir. Milliy mafkuramizning eng muhim nuqtalaridan birini tashkil etayotgan musiqiy meros namunalarini targ'ib-

I îhSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

tashviq etish ishlariga e'tibor berish, ular asosida tuzilgan yangi o'quv dasturlarini ta'lim tizimiga joriy etishni va ta'lim tizimida chuqur islohotlar amalga oshirish, maxsus musiqa maktablar faoliyatiga jiddiy e'tibor qaratmoq lozim. Yoshlarni ma'naviy-ahloqiy ruhda tarbiyalashda musiqa san'atini to'laligicha yosh avlod ongiga yetkazish, musiqiy ta'lim tizimini takomillashirish, yoshlar madaniy saviyasini yuksaltirish, ular orasidan iste'dodli yoshlarni tanlab olish, o'quvchilarning milliy va jahon san'atining yuksak namunalaridan keng bahramand bo'lishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yoshlarning turli Xalqaro tanlovlarda ishtirokini ta'minlash vazifalari bugungi kunning dolzarb masalalari qatoridan joy oldi deb o'ylaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. U.K.Raxmonov. For Publication of Paper Entiled"The Role and lmportance of Music Clubs in The Leisure of Young People"in Volume 2, of Journal of Pedagogical lnventions and Practices. ISSNn Online: 2770-2367. Lmpact Factor:5.392. 24.11.2021. LIBRARY of congress.

2. U.K.Raxmonov.Texas Journal of Multidisciplinary Studies https:zienjournals.com. ISSN NO: 2770-0003 Date of Publication: 20-10-2021. "Improving The Practical Training of Students in The Context of Education Modernization.

3. U.K.Raxmonov. Tukish Online Journal of Qualitaivelnguiry (TOJQI) Volume 12, lssue 10, October 2021:534-3539. "The Role Of Organizing Music Clubs ln Social Life". EdtgElrBogra KLIZLJ DEMIR.

4. U.K.Raxmonov. Humanite Congress-lnternational Multidisciplinary Virtual Conference Hosted From Lyon, France. December 5 th 2021. THE ROLE OF THE SPIRITUAL ENVIRONMENT IN THE PENETRATION OF POP MUSIC IN UZBEKISTAN. Ln an "Humanite Congress-2021"

5. Tursunova L. "Socio- Philosophical Essence, Kontent And Functions of hthe Conctpt of yoth musical Culture" Current research Journal of Pedagogics. Pages 7

6. Tursunova L. "Yangi taraqqiyot bosqichida yoshlar tarbiyasida musiqa san'ati va madaniyatining ahamiyati" "Uzluksiz ta'lim" ilmiy-uslubiy jurnal. ISSN:2091-5594

7. Tursunova L. Priznaniye o mejdunarodnom folklornom festivale «Velikiy shelkoviy put», provedyonnom v gorode margilan ferganskoy oblasti. "Problemi sovremennoy nauki i obrazovaniya" 2019 g. 109 str. ISSN 2304-2338

8. Tursunova L. "Functions of musical culture in the formation of a spiritual world view". World Bulletin of Social Sciences (WBSS) Available Online at: http:www.scholarexpress.net Vol. 6, January,2022 ISSN: 2749-361X

9. A.R.Soliyev. "Vatan tuyg'usi" BECT PUBLICATION. So'ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi ilmiy ommabop jurnali. 2022 yil. 12 iyun 2-son.

10. A.R.Soliyev. A.Nurmuxammadjonov. "O'zbekiston Resprublikasi madxiyasi tarixiga bir nazar" Uzluksiz ta'lim. Maxsus soni. ISSN-2091-5594. 2022 yil.

11. M.Jabborova.A.R.Soliyev, "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuv-chilar ongida milliy musiqa ohanglariga moyillikni shakllantirishda milliy g'oyalarning o'rni. SCIENCE AND INNOVATION/ INTERNFTIONAL SCIENTIFIC JURNAL. ISSN: 2181-3337. 20220 yil. 1-son.

488

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.