Научная статья на тему 'MUSIQA SAN’ATINING BOLA KAMOLOTIDAGI O‘RNI HAMDA TARAQQIYOT YO‘LI'

MUSIQA SAN’ATINING BOLA KAMOLOTIDAGI O‘RNI HAMDA TARAQQIYOT YO‘LI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
14
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
san’at / musiqa / folklor / estetik zavq / ohang / kompozitorlik ijodi / janr

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Muxtaramxon Ulug’bek Qizi Rustamova, S.Azizov

Ushbu maqolada musiqa san’atining o‘ziga hos xususiyatlari, bola kamolotidagi o‘rni hamda taraqqiyot yo‘li haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA SAN’ATINING BOLA KAMOLOTIDAGI O‘RNI HAMDA TARAQQIYOT YO‘LI»

MUSIQA SAN'ATINING BOLA KAMOLOTIDAGI O'RNI HAMDA

TARAQQIYOT YO'LI

Muxtaramxon Ulug'bek qizi Rustamova Qo'qon ixtisoslashtirilgan san'at maktabi Ilmiy rahbar: S.Azizov O'z DSMI Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqa san'atining o'ziga hos xususiyatlari, bola kamolotidagi o'rni hamda taraqqiyot yo'li haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: san'at, musiqa, folklor, estetik zavq, ohang, kompozitorlik ijodi,

janr

THE ROLE OF MUSIC IN CHILD DEVELOPMENT AND THE WAY OF

DEVELOPMENT

Mukhtaramkhan Ulug'bek kizi Rustamova Kokand Specialized Art School Scientific advisor: S.Azizov Fergana regional branch of UzSIAC

Abstract: This article provides information about the unique characteristics of the art of music, its place in the development of a child, and the path of development.

Keywords: art, music, folklore, aesthetic pleasure, melody, composer's creativity, genre

San'at olamida musiqaning o'ziga hos o'rni va ahamiyati mavjud. Boshqa san'at turlari ya'ni rassomchilik, me'morchilik, xaykaltaroshlik, adabiyot, teatr, raqs kabilar bilan bir qatorda musiqa inson kamolotida muhim o'rin tutadi. Musiqa san'ati asarlari ham o'z navbatida ma'naviy boyliklar hisoblanadi va kishilarga estetik zavq bag'ishlaydi, ularga ma'naviy ozuqa bo'ladi va ma'naviy dounyosin shakllantirishga xizmat qiladi. Musiqa inson hayoti davomida unga doimo hamrohdir. Musiqa sadolari ostida qilingan mehnat unumli va zavqli, musiqa sadolari ostida olingan dam maroqli bo'ladi. Kishilar bayram, to'y-tomoshalari hamda, fojiali motam marosimlari ham musiqa bilan o'tishi bejiz emas.

Musiqa san'ati boshqa san'at turlari kabi qadimiydir. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yashagan odamlar tabiatdagi musiqiy va shovqin tovushlarni farqlay bilganlar va kuylashni o'rganganlar. Asta-sekin dastlabki cholg'u sozlarini yaratganlar. Hozirgi kungacha sozlar takomillashib bugingi kunga yetib keldi, ulardagi ijro uslublari ham

rfciyfl^^B 269 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

ustoz-shogird an'analari asosida otadan o'g'ilga ustozdan shogirdga, ajdodlardan avlodlarga bezavol yetib keldi. rivojlanib boyib bordi. Xalq orasidagi musiqiy qobilyatlarga ega bo'lgan kishilar ajoyib musiqa asarlari yaratib musiqa san'atini boyitganlar.

Musiqa san'ati paydo bo'lgandan boshlab to bugungi kungacha ikki yo'nalish asosida rivojlangan deyish mumkin.

Birinchi yo'nalish - xalq musiqiy ijodi.

Ikkinchi yo'nalish - kompozitorlik ijodi.

O'zbek xalq musiqa ijodi namunalarini ijtimoiy hayotda tutgan o'rni va bajarayotgan vazifalariga ko'ra quyidagi ikki asosiy guruhga ajratiladi:

a) Ijro etilishi ma'lum sharoit va vaziyatlar bilan shartlangan kuyqo'shiqlar (oilaviy, mavsumiy, mehnat);

b) Istalgan "vaziyat" yoki erkin mavzuli kuy - qo'shiqlar (qo'shiq, terma, lapar, yalla). Bunda birinchi guruh mazmunini mehnat jarayoniga bog'liq aytimlar, oilaviy marosim, mavsumiy marosim va mehnat qo'shiqlari tashkil etsa, ikkinchi guruh tarkibi o'z ichiga qo'shiq, terma, lapar, yalla, ashula kabi aytimlarni qamrab oladi.

Qadimda xalq orasida ham xonanda va sozandalar yetishib chiqqan hamda hurmatga sazovor bo'lgan. Ular tomonidan kuy va qo'shiqlar yaratilgan. Bu asarlar nota yozuvi bo'lmaganligi sababli og'izdan-og'izga o'tib bizgacha yetib kelgan. Yaratilgan asarlarning muallifi noma'lum bo'lgani sababli bu asarlarni xalq musiqiy ijodining mahsuli deb ataldi. Ma'lumki yaratuvchanlik, ijod, insonlarga xos xususiyat. Har bir avlod kuy va qo'shiqlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritgani uchun bu asarlarga nisbatan xalqniki degan fikr asoslidir.

Kompozitorlik ijodi esa nota yozuvi paydo bo'lgandan so'ng rivojlanib bordi. Kompozitorlar o'z asarlarini nota bilan yozadilar. Bu yerda muallif aniq bo'lgani sabab ularning asarlari xalq musiqiy ijodi namunalaridan ajralib turadi.

Har bir san'at turining o'z janrlari bo'lgani kabi musiqa san'atining ham o'z janrlari bor. «Janr» so'zi frantsuz tilidan olingan bo'lib, "san'at asarining turi" degan ma'noni bildiradi. Masalan, rassomchilikda portret, natyurmort, peyzaj kabi, adabiyotda esa hikoya, qissa, roman, ruboiy, g'azal kabi janrlar bor. Musiqa san'ati janrlari ikki xil:

1. Xalq musiqa ijodi janrlari.

2. Kompozitorlik ijodi janrlari.

Masalan o'zbek musiqasida xalq musiqa ijodi janrlari quyidagilardir: qo'shiq, maqomlar, dostonlar, aytimlar, katta ashula va boshqalar. Kompozitorlik ijodi janrlariga quyidagilar kiradi: opera, balet, simfoniya, sonata va boshqalar. Xalq musiqa ijodi va kompozitorlik ijodini solishtirganda xalq ijodi balandroq turishini e'tirof etish zarur. Chuki jarnlar takomillashuvida Xalq musiqa ijodi muhim manbaa vazifasini

270

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

o'taydi. Xalq ijodi doimiy ravishda kompozitorlarga namuna, mezon bo'lib kelgan. Kompozitorlik ijodi xalq musiqiy merosi namunalari ta'sirida rivojlangan.

Har bir xalqning o'z musiqa san'ati bor. Boshqa san'at turlari bilan bir qatorda musiqa ham xalq ma'naviy taraqqiyotining ko'zgusi hisoblanadi. Musiqa san'ati asarlarida xalqning hayoti, turli davrlardagi ijtimoiy turmushi, urf-odatlari, din-diyonati, ahloqi haqidagi qarashlar o'z aksini topgan. Bir so'z bilan aytganda musiqa san'ti ma'lum bir xalqning ma'naviy dunyosi in'ikosidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimjonovich, X.U.B. (2023). QADIMIY KUYLAR VA ULARNI TASHKIL ETUVCHI QISMLAR. Scientific Impulse, 1(7), 74-81.

2. Xuramov, U.B.K. (2022). MUSIQA ASARLARIDAGI DAVRIYA TURLARI. Oriental Art and Culture, 3(4), 198-204.

271

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.