Научная статья на тему 'MUSIQA TA’LIMI JARAYONIDA OILAVIY MAROSIM QO‘SHIQLARINI TUGARAKLAR VA MILLIY BAYRAMLAR ASOSIDA AMALGA OSHIRISH'

MUSIQA TA’LIMI JARAYONIDA OILAVIY MAROSIM QO‘SHIQLARINI TUGARAKLAR VA MILLIY BAYRAMLAR ASOSIDA AMALGA OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
46
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
marosim / qo‘shiq / uslub / meros / tarbiya ijod / ta’lim / madaniyat / yo‘ndoshuv / aytishuv / musiqa / professional / tarix

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sh.Turdiyev

Ushbu maqolada musiqa ta’limi jarayonida oilaviy marosim qo‘shiqlarini tugaraklar va milliy bayramlar asosida amalga oshirish borasida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA TA’LIMI JARAYONIDA OILAVIY MAROSIM QO‘SHIQLARINI TUGARAKLAR VA MILLIY BAYRAMLAR ASOSIDA AMALGA OSHIRISH»

MUSIQA TA'LIMI JARAYONIDA OILAVIY MAROSIM QO'SHIQLARINI TUGARAKLAR VA MILLIY BAYRAMLAR ASOSIDA AMALGA

OSHIRISH

Sh.Turdiyev Qo'qon DPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqa ta'limi jarayonida oilaviy marosim qo'shiqlarini tugaraklar va milliy bayramlar asosida amalga oshirish borasida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: marosim, qo'shiq, uslub, meros, tarbiya ijod, ta'lim, madaniyat, yo'ndoshuv, aytishuv, musiqa, professional, tarix

IMPLEMENTATION OF FAMILY CEREMONY SONGS IN THE PROCESS OF MUSIC EDUCATION BASED ON BIRTHDAYS AND NATIONAL

HOLIDAYS

Sh.Turdiyev Kokand SPI

Abstract: This article discusses the implementation of family ritual songs in the process of music education on the basis of festivals and national holidays.

Keywords: ceremony, song, style, heritage, upbringing, creativity, education, culture, approach, speech, music, professional, history

Maktabda musiqa ta'limi jarayonida oilaviy marosim qo'shiqlarini o'rganishda birgina musiqa darslari bilan kifoyalanib qolmaslik kerak. Demakke musiqiy ta'lim -tarbiyaning faol shakillaridan o'rinli foydalanish joizdir. Xususan dars jarayonidan, yani sinfdan tashqari musiqa tugaraklarida o'quvchilar ansambillarini tuzish va turli xil bayramlarda o'z konsert dasturi bilan ishtirok etishona shunday ahamyat kasb etadi. Shunga ko'ra o'quvchilarning sinfda, yani musiqa darslari jarayonida o'rgangan qo'shiqlarni, olgan bilimlarini chuqurlashtirishi va malakalarini mustaxkamlash ko'p xisobdan sinfdan tashqari vaqtlarda bajarish mumkin bo'lgan musiqa mashg'ulotlari orqali amalga oshiriladi. Musiqa tugaraklari faoliyati xuddi ana shu nuqtai nazardan xam samaralidir. Binobarin undan ko'zlangan maqsad va vazifalar quyidagilarni tashkil etadi:

O'quvchilarga musiqa vositasida marosim qo'shiqlarga bo'lgan qiziqishlarini tarkib topdirish.

ITFVE^^Hl 477 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Musiqa tugaraklari jarayonida va milliy bayramlar asosida o'quvchilarni milliy musiqaga bo'lgan badiy ehtiyojning qondirish.

O'quvchilarga milliy musiqa orqali ta'lim - tarbiya berish jarayonida zaruriy bilim va malakalarni shakillantirish.

Bunday tadbirlarning zamirida o'ziga xos musakkablik mavjud. Ular musiqa tugaraklari va milliy bayramlarni tashkillashtirish uchun zarur bo'lgan darslar va qo'llanmalardan tartib va ijrochilar uchun cholg'ular kiyim libosini xozirlashdan iboratdir.

Maktabda qo'shiqchilik tugaraklarini tashkillashtirishda avvalom bor maxsus shart - sharoit va imkoniyatlar yaratiladi. Bunda ansambil mashg'ulot uchun maxsus xona ajratiladi, texnik vosetalar xozirlanadi.

Oilaviy marosimlarni madx etuvchi vedio va audio kasetalar albatta bo'lishi shart, shu bilan birga, xonani maqsadga muofiq bo'lgan yana turli boshqa anjom va bezaklar bilan jixozlash mumkin. Bunday tadbirlarni amalga oshirishda tugarak a'zolarini faol qatnashuvini taminlash lozim, zeroki bu o'quvchilarni yana maqsad va do'stona ijodiy jamoaga birlashtirish uchun katta tarbiyaviy ahamyatga egadr.

Badiy raxbar tugarak mashg'ulotlarini o'tkazar ekan, o'quvchilarga xar tomonlama bilim berishga, o'rganilayotgan xar bir qo'shig'ining tub manosini anglab yetishga e'tiborini qaratilganligi muhimdir. Bunga xususan, o'rganilishi kerak bo'lgan musiqiy asarlarning tarbiyaviy axamyati qo'shiqlardagi xalqimizning orzu - istaklari, dunyoqarashi xis tuyg'ularini o'quvchilar ongiga singdirishda dastlab eng oddiy usullardan kichik - kichik xonishdagi xalq qo'shiqlarini o'rganishdan boshlamog'i muximdir. Shu bilan birga qo'shiqni buzmasdan to'g'ri aytishga o'rgatish ashula aytish ko'nikmalarini asta - sekin mustaxkamlay boorish o'quvchilarning o'zlari kuylaganda o'z tuyg'ularini ifoda qila olishlari juda muximdir.

O'qituvchi mashg'ulot davomida xar bir o'rganilayotgan qo'shiqning mazmuni bilan muntazam ravishda tanishtirib borish lozim. Aylansiy yor, aylansin Qoshlari qora aylansin Shaftalizor ichida Bodom qovoq aylansin Yaqqu - yaqqu, yaqqu - yaqqu, Yaqqu - yaqqu, yaqqu - yaqqu.

O'qituvchi o'quvchilarga qoshiqni o'rgatish jarayonida ashula ohangiga quloq solishni, qo'shiqni qichqirmasdan, ifodali qilib aytishga xarakat qilishlikni o'rgatadi. Qo'shiqning mazmuni bilan tanishtiradi. Yurtimizda bugungi kunda xalqimiz tomonidan yaratilgan ko'plab marosim qo'shiqlari xar - xil falklor tanlovlari ko'riklari va madaniy xayotimizda to'g'ridan - to'g'ri yoshlarimiz tomonidan ijro etib kelinmoqda. Ana shunday marosim qo'shiqlaridan biri xalqimiz tomonidan to'ylarda

rfccTii^^Bl 478 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

bazimlarda ijro etib kelínayotgan kuy qo'shiqlaridir. Bu qo'shiqlarda xalqimizning qadimgi xis tuyg'ularini, to'y marosimlarda kelin va kiyovga, xatna to'ylarida esa to'y bo'ladigan o'spiringa nisbatan xazil - mutoyiba bilan sug'orilgan yoqimli ohanglarni aks etganini ko'ramiz.

Bu kabi qo'shiqlarda yoshlik,go'zallik ramzi, xazil - mutoyba va payrovli rso'zlar maxsus letillarda vosop etiladi. O'qituvchi bu kabi qo'shiqlar orqali o'quvchilarni go'zallikka bo'lgan o'rop - odatlarimizga bo'lgan Bu tanga bo'lgan muxabbat xis tuyg'ulari shakillantiradi.

Go'zallikka, urf-odatlarimizga, Vatanga bo'lgan muhabbat tuyg'ularni shakillantirishga milliy bayramlarimizning ahamyati juda kattadir. Bu bayramlarda o'zbek xalqining asrlar davomida shakllanib keigan betakror mavsum va marosimlar bilan bog'liq bo'lgan guzal mazmunli va shaklan milliy urf - odatlarini namoyish etish orqali, o'quvchilarning axloqiy madaniyatini, vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki maktabda bayramlarga tayyorgarlik ko'rish va uni utkazish o'qituvchi hamda o'quvchilardan ma'lum darajada madaniyatli bo'lishni talab etadi. Shuni aytish kerakki, o'zbek xalqi tarixi va hayotida bayramlar ko'plab mavjud. Bular mehnat, madaniyat, oilaviy, diniy yunalishlargaega bo'lgan bayramlardir.

Mamlakatimizda mustaqillik shabadalari esa boshlagan dastlabki kunlardanoq xalqimizning madaniy-ma'naviy merosiga, milliy qadriyatlariga chuqur e'tibor qaratila boshladi. Shuni aytish kerakki, dunyodagi hamma mamlakatlarda bayramlar ko'p, ammo mustaqillik, istiqlol, ozodlik tufayli O'zbekiston o'z xalqining, o'z millatining o'z taqdirini qo'lga kiritdi. Mustaqillik bayramining ahamiyatini so'z bilan ifoda etish qiyin. Uni har bir o'quvchi yuragidan his etishi lozim. Chunki mustaqillik bayrami xalqimiz uchun eng muhim bayramdir.

O'zbekiston mustaqilligini asosiy ona diyor, ona xalq, ona tilini sevish, ulug'lash,asrab avaylash tuyg'usi tashkil etadi. Inson o'z Vatanida kamol topar ekan, Vatanga muhabbat tuyg'usi bilan yashaydi. Shining uchun ham har bir o'qituvchi o'quvchilarga muswtaqil O'zbekiston, uning bayrog'i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasi haqida ma'lumot berishiva ularni elim deb, halqim deb yashashga da'vat etishi lozim.

Ona-Vatanga bo'lgan muhabbat, uni urf-odat va marosimlarini sevish, e'zozlash hamda uning ravnaqiga har bir o'quvhcining o'z hissasini qo'shishga erishish muqaddas burchidir.

Mustaqillik bayrami kechalarini o'tkazishda dasturning mazmuni va tuzilishiga qarab milliy va zamonaviy qo'shiqlar, sherlar, raqslar galma - gal ijro etiladi.

O'zbekiston mustaqilligi bayramini jozibali va qiziqarli o'tishi, o'quvchilarni onadiyorga milliy urf - odatlarga, milliy qo'shiqlarga o'zbek xalqiga bo'lgan mehr -muxabbatni oshuradi.

ncTTni^^H] 479 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Navruz, mustaqillik kuni, O'zbekiston konustitutsyasi "Mexrijot" bayramlari bilan bir qatorda respublikamizda "xosil bayrami", "paxta bayrami", "xovli to'yi", ramazon va qurbon xayiti bayramlarini qilish qobilyatini o'tkazish odat tusiga kirgan. Bu bayramlarga ijro etiladigan barcha musiqiy kuy va qo'shiqlar qatorida oilaviy marosimlar bilan bog'liq qo'shiqlarni ijro etilishi avvalombor o'zining tarbiyaviy axamyati bilan bir qatorda, o'quvchilarimizni milliy an'analarimizdan xabardor qiladi, tarixiy obedalarga, bobolari ruxi ufurib turgan asari - atiqalarga xurmat ila munosabatga bo'lishlikka undaydi. Kelajagimiz bo'lgan yosh avlod milliy, qadriyatlarimizni qadrlashga undaydi, ularni vatanga muxabbat ruxida tarbiyalaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. E.Qobilova.Musiqa o'qitish metodikasi va maktab repertuari

2. The role of a music teacher in the process of educating Children's moral feelings Scopus(International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE)DOI:10.9756/INTJECSE/V14I6.240 ISSN: 1308-5581 Vol 14, Issue 06 2022

3. Forming A Sense Of Love For The Profession By Teaching Labor Song To 4thClass Students In Music culture Lessons Scopus Journal of Positive School Psychology Vol 78 fevral 2023

4. U.K.Rahmonov, A.A.Ergashev, D.Q.Suleymanova. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. "Bolalarning musiqiy ta'limi" O'quv qo'llanma. 2022 yil. Farg'ona.

5. Classical music and youth education Impact factor((Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities ISSN: 2249-7315 Vol. 12, Issue 09, September 2022 SJIF 2022 = 8.625 A peer reviewed journal)

6. Educationsinificance of teaching the history of Turkish Art and culture to students Impact factor Published by International journal of Social Sciences & Interdisciplinary Research, under Volume 12. 02 february 2023

480

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.