Научная статья на тему 'OILAVIY MAROSIM QO‘SHIQLARINI O‘RGANISHNI TO‘GARAK VA MILLIY BAYRAMLAR ASOSIDA AMALGA OSHIRISH'

OILAVIY MAROSIM QO‘SHIQLARINI O‘RGANISHNI TO‘GARAK VA MILLIY BAYRAMLAR ASOSIDA AMALGA OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
952
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
XALQ OGʻZAKI IJODI / XALQ QOʻSHIQLARI / ALLALAR / LAPARLAR / MAVSUMIY QOʻSHIQLAR / AYYOM VA MAROSIM QOʻSHIQLARI / HAYIT VA BAYRAM QOʻSHIQLARI / MARSIYALAR / XALQ QOʻSHIQLARINING TARKIBI / YAKKA IJRO / JAMOA BOʻLIB KUYLASH / MUSIQA TINGLASH / MUSIQA ASBOBLARI / MA’NAVIY-AXLOQ / FAZILAT / MILLIY TARBIYA

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Umurova M.Yo.

Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanini oʻqitish jarayonida oʻquvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarni oilaviy marosim qo‘shiqlari vositasida shakllantish, vatanparvarlik tuygʻusini rivojlantirishning pedagogik asoslari haqida fikr-mulohazalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPLEMENTATION OF LEARNING FAMILY CEREMONIAL SONGS BASED ON CIRCLE AND NATIONAL HOLIDAYS

In the process of teaching the science of music culture in general secondary schools, opinions are expressed about the pedagogical foundations of the formation of spiritual and moral qualities of students through family ritual songs, and the development of a sense of patriotism.

Текст научной работы на тему «OILAVIY MAROSIM QO‘SHIQLARINI O‘RGANISHNI TO‘GARAK VA MILLIY BAYRAMLAR ASOSIDA AMALGA OSHIRISH»

Umurova M. Yo.

Buxoro davlat universiteti "Pedagogika" kafedrasi o'qituvchisi

O'zbekiston Respublikasi

OILAVIY MAROSIM QO'SHIQLARINI O'RGANISHNI TO'GARAK

VA MILLIY BAYRAMLAR ASOSIDA AMALGA OSHIRISH

Annotasiya: Umumiy o'rta ta'lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o'qitish jarayonida o'quvchi-yoshlarning ma'naviy-axloqiy fazilatlarni oilaviy marosim qo'shiqlari vositasida shakllantish, vatanparvarlik tuyg'usini rivojlantirishningpedagogik asoslari haqida fikr-mulohazalar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Xalq og'zaki ijodi, xalq qo'shiqlari, allalar, laparlar, mavsumiy qo'shiqlar, ayyom va marosim qo'shiqlari, hayit va bayram qo'shiqlari, marsiyalar, xalq qo'shiqlarining tarkibi, yakka ijro, jamoa bo'lib kuylash, musiqa tinglash, musiqa asboblari, ma'naviy-axloq, fazilat, milliy tarbiya.

Umurova M. Yo. teacher

"Pedagogy" department of Bukhara State University

Republic of Uzbekistan

IMPLEMENTATION OF LEARNING FAMILY CEREMONIAL SONGS BASED ON CIRCLE AND NATIONAL HOLIDAYS

Abstract: In the process of teaching the science of music culture in general secondary schools, opinions are expressed about the pedagogical foundations of the formation of spiritual and moral qualities of students through family ritual songs, and the development of a sense ofpatriotism.

Key words: folklore, folk songs, allas, lapars, seasonal songs, ayom and ritual songs, Eid and holiday songs, marches, composition of folk songs, solo performance, collective singing, listening to music, musical instruments, spiritual morality, virtue, national education.

Maktabda musiqa talimi jarayonida oilaviy marosim qo'shiqlarini o'rganishda birgina musiqa darslari bilan kifoyalanib qolmaslik kerak. Demak, musiqiy ta lim - tarbiyaning faol shakllaridan o'rinli foydalanish joizdir. Xususan, dars jarayonida, ya'ni sinfdan tashqari musiqa to'garaklarida o'quvchilar ansambllarini tuzish va turli xil bayramlarda o'z konsert dasturi bilan ishtirok etish shunday ahamiyat kasb etadi. Shunga ko'ra o'q uvchilarning sinfda, ya'ni musiqa darslari jarayonida o'rgangan qo'shiqlarni, olgan bilimlarini chuqurlashtirishi va malakalarini mustahkamlash ko'p hisobdan

sinfdan tashqari vaqtlarda bajarish mumkin bo'lgan musiqa mashg'ulotlari orqali amalga oshiriladi.

Musiqa to'garaklari faoliyati xuddi ana shu nuqtai nazardan hxam samaralidir. Binobarin undan ko'zlangan maqsad va vazifalar quyidagilarni tashkil etadi:

- O'quvchilarga musiqa vositasida marosim qo'shiqlarga bo'lgan qiziqishlarini tarkib toptirish;

- Musiqa to'garaklari jarayonida va milliy bayramlar asosida o'quvchilarni milliy musiqaga bo'lgan badiy ehtiyojning qondirish;

- O'quvchilarga milliy musiqa orqali ta'lim - tarbiya berish jarayonida zaruriy bilim va malakalarni shakllantirish.

Bunday tadbirlarning zamirida o'ziga xos musakkabliklari mavjud. Ular musiqa to'garaklari va milliy bayramlarni tashkillashtirish uchun zarur bo'lgan darslar va qo'llanmalardan tartib va ijrochilar uchun cholg'ular kiyim libosini hozirlashdan iboratdir.

Maktabda qoshiqchilik to'garaklarini tashkillashtirishda avvalom bor maxsus shart - sharoit va imkoniyatlar yaratiladi. Bunda ansambil mashgulot uchun maxsus xona ajratiladi, texnik vosetalar xozirlanadi.

Oilaviy marosimlarni madx etuvchi vedio va audio kasetalar albatta bo'lishi shart, shu bilan birga, xonani maqsadga muofiq bo'lgan yana turli boshqa anjom va bezaklar bilan jixozlash mumkin. Bunday tadbirlarni amalga oshirishda to'garak a'zolarini faol qatnashuvini taminlash lozim, zeroki bu o'quvchilarni yana maqsad va do'stona ijodiy jamoaga birlashtirish uchun katta tarbiyaviy ahamyatga egadr.

Badiy rahbar to'garak mashg'ulotlarini o'tkazar ekan, o'quvchilarga har tomonlama bilim berishga, o'rganilayotgan har bir qo'shig'ining tub manosini anglab yetishga e'tiborini qaratilganligi muhimdir. Bunga xususan, o'rganilishi kerak bo'lgan musiqiy asarlarning tarbiyaviy ahamyati qo'shiqlardagi xalqimizning orzu - istaklari, dunyoqarashi xis tuygularini o'quvchilar ongiga singdirishda dastlab eng oddiy usullardan kichik - kichik xonishdagi xalq qo'shiqlarini o'rganishdan boshlamog'i muhimdir. Shu bilan birga qo'shiqni buzmasdan to'g'ri aytishga o'rgatish ashula aytish ko'nikmalarini asta - sekin mustahkamlay borish o'quvchilarning o'zlari kuylaganda o'z tuyg'ularini ifoda qila olishlari juda muhimdir.

O'qituvchi mashg'ulot davomida har bir o'rganilayotgan qo'shiqning mazmuni bilan muntazam ravishda tanishtirib borish lozim.

Bi lag u zu

(Xalq qo 'shiqlardan namuna)

O'qituvchi o'quvchilarga qoshiqni o'rgatish jarayonida ashula ohangiga quloq solishni, qo'shiqni qichqirmasdan, ifodali qilib aytishga xarakat qilishlikni o'rgatadi. Qo'shiqning mazmuni bilan tanishtiradi. Yurtimizda bugungi kunda xalqimiz tomonidan yaratilgan ko'plab marosim qo'shiqlari har - xil folklor tanlovlari ko'riklari va madaniy hayotimizda to'g'ridan - to'g'ri yoshlarimiz tomonidan ijro etib kelinmoqda. Ana shunday marosim qo'shiqlaridan biri xalqimiz tomonidan to'ylarda bazimlarda ijro etib kelinayotgan kuy qo'shiqlaridir. Bu qo'shiqlarda xalqimizning qadimgi xis tuyg'ularini, to'y marosimlarda kelin va kiyovga, xatna to'ylarida esa to'y bo'ladigan o'spiringa nisbatan xazil - mutoyiba bilan sug'orilgan yoqimli ohanglarni aks etganini koramiz.

Bu kabi qo'shiqlarda yoshlik, go'zallik ramzi, xazil - mutoyba va payrovi so'zlar maxsus nashrlarda chop etiladi. O'qituvchi bu kabi qo'shiqlar orqali o'quvchilarni go'zallikka bo'lgan urf-odatlarimizga bo'lgan. Bu tanga bo'lgan muhabbat his tuyg'ulari shakllantiradi.

Go'zallikka, urf-odatlarimizga, Vatanga bo'lgan muhabbat tuyg'ularni shakllantirishga milliy bayramlarimizning ahamiyati juda kattadir. Bu bayramlarda o'zbek xalqining asrlar davomida shakllanib kelgan betakror mavsum va marosimlar bilan bog'liq bo'lgan go'zal mazmunli va shaklan milliy urf-odatlarini namoyish etish orqali, o'quvchilarning axloqiy madaniyatini, vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki maktabda bayramlarga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish o'qituvchi hamda o'quvchilardan ma'lum darajada madaniyatli bo'lishni talab etadi. Shuni aytish

kerakki, o'zbek xalqi tarixi va hayotida bayramlar ko'plab mavjud. Bular mehnat, madaniyat, oilaviy, diniy yo'nalishlarga ega bo'lgan bayramlardir.

Mamlakatimizda mustaqillik shabadalari esa boshlagan dastlabki kunlardanoq xalqimizning madaniy-ma'naviy merosiga, milliy qadriyatlariga chuqur e'tibor qaratila boshladi. Shuni aytish kerakki, dunyodagi hamma mamlakatlarda bayramlar ko'p, ammo mustaqillik, istiqlol, ozodlik tufayli O'zbekiston o'z xalqining, o'z millatining o'z taqdirini qo'lga kiritdi. Mustaqillik bayramining ahamiyatini so'z bilan ifoda etish qiyin. Uni har bir o'quvchi yuragidan his etishi lozim. Chunki mustaqillik bayrami xalqimiz uchun eng muhim bayramdir.

O'zbekiston mustaqilligini asosiy ona diyor, ona xalq, ona tilini sevish, ulug'lash, asrab avaylash tuyg'usi tashkil etadi. Inson o'z Vatanida kamol topar ekan, Vatanga muhabbat tuyg'usi bilan yashaydi. Shining uchun ham har bir o'qituvchi o'quvchilarga muswtaqil O'zbekiston, uning bayrog'I, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasi haqida ma'lumot berishiva ularni elim deb, halqim deb yashashga da'vat etishi lozim. Ona-Vatanga bo'lgan muhabbat, uni urf-odat va marosimlarini sevish, e'zozlash hamda uning ravnaqiga har bir o'quvhcining o'z hissasini qo'shishga erishish muqaddas burchidir.

Mustaqillik bayrami kechalarini o'tkazishda dasturning mazmuni va tuzilishiga qarab milliy va zamonaviy qo'shiqlar, sherlar, raqslar galma - gal ijro etiladi. O'zbekiston mustaqilligi bayramini jozibali va qiziqarli o'tishi, o'quvchilarni onadiyorga milliy urf - odatlarga, milliy qo'shiqlarga o'zbek xalqiga bo'lgan mehr - muhabbatni oshuradi.

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Navro'z, mustaqillik kuni, O'zbekiston konustitutsyasi "Mexrijot" bayramlari bilan bir qatorda respublikamizda "xosil bayrami", "paxta bayrami", "xovli to'yi", ramazon va qurbon xayiti bayramlarini qilish qobilyatini o'tkazish odat tusiga kirgan. Bu bayramlarga ijro etiladigan barcha musiqiy kuy va qo'shiqlar qatorida oilaviy marosimlar bilan bog'liq qo'shiqlarni ijro etilishi avvalombor o'zining tarbiyaviy axamyati bilan bir qatorda, o'quvchilarimizni milliy an'analarimizdan xabardor qiladi, tarixiy obidalarga, bobolari ruxi ufurib turgan asari - atiqalarga hurmat ila munosabatga bo'lishlikka undaydi. Kelajagimiz bo'lgan yosh avlod milliy, qadriyatlarimizni qadrlashga undaydi, ularni vatanga muxabbat ruxida tarbiyalaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Akbarov I.A. Musiqa lug'ati. Toshkent G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti 1987 yil

2. Karamatov F.M. "O'zbek xalq musiqa merosi" XXasrda I-kitob.Toshkent G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti. 1978 yil

3. Komil Ochil. Qaldirg'ochni ko'ndirgan qo'shiq. "Zarafshon" Samarqand 1993

4. Amonullayev "Darslikka xalq merosini o'rganish". Boshlang'ich ta'lim 1993

5. Sarimsoqov B."O'zbek merosi va folklori. Toshkent "Fan" 1986 yil

6. Mirzayev T. va boshqalar. O'zbek folklor ocherklari. Toshkent "Fan" 1998

yil

7. Ortiqov O. R. TALABALAR MA'NAVIY AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISHDA "QOBUSNOMA" ASARIDAN FOYDALANISH //Conferencea. - 2023. - С. 1-5.

8. Ortiqov O. R. GLOBALLASHUV JARAYONIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI //Scientific progress. - 2021. - Т. 1. - №. 5. - С. 160-165.

9. Umurova M. Y., Rustamova D. I. LATE XIX AND EARLY XX CENTURY THE ART OFMUSIC AND SINGING IN BUKHARA //Экономика и социум.

- 2022. - №. 4-1 (95). - С. 588-592.

10. Umurova M. Y. MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALAMI MAKTAB TA'LIMIGA MOSLASHTIRISH METOD, VOSITA VA USULLARI //Экономика и социум. - 2021. - №. 12-1 (91). - С. 639-642.

11. Umurova Marifat Yoshiyevna THE ROLE OF THE CREATIVE HERITAGE OF EASTERN THINKERS IN THE FORMATION OF THE SPIRITUAL AND MORAL OUTLOOK AND MUSICAL PERCEPTION OF YOUNG PEOPLE Umurova Marifat Yoshiyevna 2021/4/23 102-104

12. Umurova M. Yo. THE IMPORTANCE OF USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN SPECIAL EDUCATIONAL SCHOOLS //Vestnik nauki i obrazovaniya. - 2020. - №. 22-2. - S. 24-26.

13. U. M. Yoshiyevna - O'quvchilarda vatanparvarlik tuyg'sini shakllantirishda badiiy adabiyot va musiqaning roli - Central Asian

14. Sharipova S. X., Jumaeva D. T. BUYUK SARKARDA-AMIR TEMURNING PEDAGOGIK QARASHLARI //Экономика и социум. - 2022.

- №. 12-1 (103). - С. 314-1317.

15. Abdullayev Q. F., Sharipova S. X. QADIMGI PANDNOMALARDA OILA TARBIYASI MAZMUNI //Экономика и социум. - 2022. - №. 4-1 (95). - С. 7-11.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.