MUSIQA SAN'ATIDA ESHITISH SEZGISINING TURLARI VA
AHAMIYATI
Sohibaxon Muhammadjonovna Asqarova
QDPI
Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqa san'atida eshitish sezgisining turlari va ahamiyati, musiqiy eshitish qobiliyati turlari, musiqiy eshitish qobiliyatining tarkibiy qismi, polifoniyani his etish, garmoniyani his etish, tembr-dinamikani his etish, musiqiy-eshitish tasavvuri, metroritmikani his etish, harakat hissi haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: musiqiy eshitish qobiliyati turlari, polifoniyani his etish, garmoniyani his etish, tembr-dinamikani his etish, musiqiy-eshitish tasavvuri, metroritmikani his etish, harakat hissi
TYPES AND IMPORTANCE OF THE SENSE OF HEARING IN THE ART
OF MUSIC
Sahibakhon Muhammadjonovna Askarova
KSPI
Abstract: This article discusses the types and significance of auditory perception in the art of music, the types of musical hearing, the component of musical hearing, the sense of polyphony, the sense of harmony, the sense of timbrodynamics, musical-auditory imagination, the sense of metrorhythm, the sense of movement are discussed in this article.
Keywords: types of musical hearing, sense of polyphony, sense of harmony, sense of timbrodynamics, musical-auditory imagination, sense of metrorhythmicity, sense of movement
Musiqa san'atida eshitish sezgisi asosiy hisoblanadi. Musiqiy eshitish qobiliyati -musiqani to'la-to'kis qabul qila olish qobiliyatidir. Fiziologik jihatdan eshitish - bu eshitish organlari orqali tovush tebranishlarini qabul qilishdir. Tovushlar tashqi quloq orqali eshitish nervlari (3000 ta atrofida deb hisoblanadi, bitta oktavaga 300-400 ta to'g'ri keladi) vositasida o'rta va ichki quloqdan o'tib, bosh miyadagi eshitish analizatorlariga yetib boradi. Shuningdek, analizatorlar ayrim musiqa cholg'ularining chalinishi (skripka, alt, damli cholg'ular), ff da ovoz chiqarish va odamning gapirishi va kuylashi jarayonida bosh miya suyagining tebranishi orqali ham ovoz qabul qiladi. Musiqiy eshitish qobiliyati ovoz past-balandligi, kuchi, tembri va davomiyligini yaxshi ilg'aydi.[1]. Eshitish sezgisining chegaralari: eng past tovushlar «do»
subkontraktavagacha 16 gerts (1 soniyada 16 ta tebranish) atrofida tebranish chastotasiga, eng yuqorilari - yettinchi oktavaning «mi bemol» 20000 gerts (1 soniyada 20000 ta tebranish) atrofida. Mazkur chegara diapazonidan tashqaridagi tovushlar (infratovushlar - pastdagi va ultratovushlar - yuqoridagi) umuman qabul qilinmaydi. Musiqiy eshitish qobiliyati past-balandlik, kuch, tembr o'zgarishlarini o'rta registrda yaxshiroq ilg'aydi. Bunda musiqachilar 5-6 sent (butun tonning 1/20 qismi atrofida: 1 sent - butun tonning 1/100 qismi atrofida) va bir detsibel (tovush kuchi balandligi birligi) balandlikdagi o'zgarishlarni farqlay oladilar.
Musiqiy eshitish qobiliyati quyidagi turlarga ega: mutlaq, nisbiy va ichki eshitish qobiliyati.[1]
Mutlaq eshitish - musiqiy tovushlarning mutlaq balandligini etalonlari (masalan, kamerton) bilan solishtirmagan holda aniqlash qobiliyati. Lekin barcha buyuk musiqachilarda ham bunday qobiliyat bo'lmagan. Masalan, Vagner, Shuman, Meyerber, Chaykovskiy, Grig bunday iqtidorga ega emas edi, biroq yaxshi rivojlangan nisbiy eshitish iqtidoridan muvaffaqiyatli foydalanganlar. Ma'lumki, Motsart, List, Skryabin mutlaq eshitish qobiliyatiga ega bo'lgan. Shuningdek, sozlovchi eshitish qobiliyati (B. Teplov atamasi) ham mavjud. U texnik faoliyat 18 natijasi bo'lib, ovoz balandligidagi minimal (2 sentgacha) o'zgarishlarni ham farqlay olish qobiliyatidir. Nisbiy yoki interval eshitish - kuy, intervallar, akkordlardagi tovushlar o'rtasidagi tovush balandligini sezish, aniqlash, ijro etish qobiliyatidir. Nisbiy eshitishda odam biror bir nota yoki akkordni aniqlashi yoki ijro etishi uchun hech bo'lmasa bitta tovush haqida aniq tasavvurga ega bo'lishi va undan boshqasini keltirib chiqarishi, topishi kerak. Ba'zan yaxshi nisbiy eshitishni soxta mutlaq eshitish deb ham atashadi. Odam o'z ovozi yoki kamerton tovushining eng past yoki eng baland ovozini yodda tutadi va shunga tayanib, o'zi eshitgan boshqa tovushlarni aniqlaydi. Ichki eshitish -musiqaning butun tarkibiy qismini xayolan tasavvur qilish (notalarga qarab yoki xotira bo'yicha)qobiliyati. Psixologik tomondan musiqiy eshitish qobiliyati -musiqiy axborotning tashqi akustik ifodalanishining tahlili va sintezi, uning emotsional bahosini ifodalab berishning o'ziga xos mexanizmidir. Bu bilan bog'liq tarzda ritm, lad, kuy, ko'povozlik, tembrni his etish va boshqa eshitish turlari farq qilinadi. [2]
Musiqiy eshitish qobiliyatining yana bir muhim tarkibiy qismi umumiy musiqiylik hisoblanadi. Bu musiqa va musiqiy kechinmalariga emotsional munosabatda ifodalanadi. Musiqiy eshitish qobiliyati musiqiy faoliyat jarayonida rivojlanib boradi. Mutlaq eshitish qobiliyati bundan mustasno, negaki uni maxsus mashqlar orqali takomillashtirishning iloji yo'q. Bilvosita yo'l bilan, ya'ni tembr yoki ovozning ma'lum holati va boshqalar orqali tovush balandligini aniqlashga yordam beruvchi «soxta» mutlaq eshitishni (B.Teplov atamasi) rivojlantirish mumkin. Musiqiy eshitish qobiliyatini rivojlantirish uchun maxsus mashg'ulot darsi - solfedjio ishlab chiqilgan. [1]
Shuningdek, musiqiy eshitish qobiliyatining zonaviy tabiati ham mavjud. Bu nazariya N.Garbuzov tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur nazariyaga ko'ra, tovush, tembr, lad, dinamika, ritm o'zining turli zonasiga ega. Masalan, butun ton oralig'i (b.2) 200 sent miqdoriy ko'rsatkichga ega bo'ladi. Biroq 190 va 210 sent ham b.2 bo'ladi, faqat boshqa zonada. [3]
Kuyni, bir ovozlikni his etish. Aynan kuyni, bir ovozlikni his qilish tufayli xoh royal, xoh karnay yoki dutorda ijro etilgan kuyni biz tanib olamiz. Bu qobiliyat interval va lad hissini o'z ichiga oladi. Musiqiy eshitish qobiliyatini rivojlantirish bo'yicha solfedjiolash jarayonida interval hissiga emas, balki lad hissiga ko'proq tayanib mo'ljal olishadi. Lad hissi negizida vengriyalik kompozitor va pedagog Zoltan Kodayning kuy 19 hissini rivojlantirish tizimi yaratilgan. Bu tizim «nisbiy (relyativ) lad solmizatsiyasi tizimi» deb nom olgan (tizimda turli belgilar va bo'g'in nomlari qo'llanadi). Kuyni, bir ovozlikni his qilish qobiliyati ko'proq ashulachilar, torli va puflab chalinadigan cholg'u sozandalarida oson va tabiiy rivojlanadi. Fortepiano chalishni o'rganishda uslubiyotchilar mashq etilayotgan asar kuy yo'llarining vokalizatsiyasini, kuylanishini yoki ularni bo'rttirib chalishni tavsiya etadilar.
Polifoniyani his etish. Musiqiy eshitish qobiliyatining bu turi tarbiyasi bir vaqtning o'zida ikki yoki undan ortiq ovozning musiqa to'qimasidagi harakatini eshita olish qobiliyatiga bog'liq. Mumtoz polifoniyani eshitish qobiliyati musiqachiga jamoaviy ijroda boshqa partiyalarni eshitishga yordam beradi. Masalan, u pianinochiga asosiy kuy dan tashqari boshqa barcha faktura unsurlarini - bas harakati, jo'rovozni, polifonik asarda esa nafaqat yuqori ovozlar, balki qolgan barcha ovozlarni eshitish imkonini beradi. [1]
Garmoniyani his etish Garmoniyani eshitish qobiliyati - tovushlar muvofiqligiga (interval va akkordlarga) tayanuvchi musiqiy hisdir (B. Teplovga ko'ra). Agar polifonik his va uning rivojlanishi musiqani gorizontal bo'yicha eshitish qobiliyatiga bog'liq bo'lsa, garmonik sezgi tovushlarni vertikal bo'yicha eshita olish qobiliyatiga aloqador bo'lib, pianinochilarda yaxshiroq rivojlanadi. Pianinochi asarning tub garmonik ma'nosiga qancha yetib borsa, - deydi atoqli pianinochi Lev Oborin, - uning ijrosi shu qadar ruhiy chuqurlashadi. Bu so'zlar boshqa barcha musiqa mutaxassislariga ham taalluqlidir.
Tembr-dinamikani his etish. Tembr - bu tovushlar bo'yoqdorligi. Dinamika -tovush kuchi. Tovush dinamikasi, ya'ni uning jaranglash kuchi to'g'ridan-to'g'ri tembr bilan bog'langan. Ijro bo'yoqdorligiga musiqa cholg'usining tembr imkoniyatlaridan foydalana olish hisobiga erishiladi. Ular esa, o'z navbatida, musiqachi-ijrochining o'z qo'lida bo'lgan kichik dinamik gradatsiyalarga bog'liq. Tembr hissi turli musiqa cholg'ularining jaranglanishini muntazam eshituvchi orkestr sozandalarida yaxshi rivojlangan bo'ladi. Simfonik orkestr o'zining yigirmadan ortiq turdagi musiqa cholg'ulari bilan birgalikda boy rang-barang ovoz palitrasini qamrab oladi.
Musiqachining kasb malakasi ko'p jihatdan tembr-dinamik his rivojlanganligi, uning aniq va tiniqligiga bo'liq bo'ladi. [1]
Musiqiy-eshitish tasavvuri Musiqiy-eshitish tasavvuri - tovush past-balandligi harakatini eshitish va uni miyada gavdalantirish qobiliyatidir (B.Teplov). Ichki eshitish va musiqiy-eshitish tasavvuri tushunchasi tashqi ovozlarga tayanmagan holda musiqani eshitish va boshdan kechirish qobiliyati bilan bog'lanib ketadi. Bu qobiliyat musiqiy xotira va musiqiy tasavvur negizining asosini tashkil etadi.
Metroritmikani his etish. Metroritmikani his etish - musiqaning vaqtga bog'liq xususiyatidir. U ijroda va tinglashda nafaqat eshitish, balki harakat tabiatiga ham egadir. Metroritmika hissi turli uzunliklarning uzluksiz ketma-ketligi bilan bog'liq. Ular go'yo bir tekis ritmik harakatlarni nisbatan kichik impulslar bilan to'ldirib turadi. Ritm hissi rivojlantirish juda qiyin bo'lgan qobiliyatlardan biridir.
Harakat hissi. Nozik, aniq, tez va epchil harakat qila olish ham yuqori baholanuvchi qobiliyat hisoblanadi. Bu kuchli musiqiy eshitish qobiliyati, mustahkam musiqiy xotira va yaxshi ritm hissidir. Barcha cholg'ularda ijro etish san'ati badiiy obraz va texnik mahorat bir butunligiga asoslanadi. Asarni ijro etishda texnik mukammallikka erishish, harakat jarayonlarini mustahkamlashning eng yaxshi usuli -asta-sekin, aniq chalishni mashq qilishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Musiqa psixologiyasi (ma'ruzalar kursi): O'quv qo'llanma /Tuzuvchi-muallif R.G'.QODIROV. - T.: Musiqa, 2005. -80 bet.
2. Vilyunas V.K. Psixologiya emotsionalbnbix yavleniy. M., 1976.
3. Petrushin V.I. Muzikalnaya psixologiya. M., 1997.
4. Sohibaxon, Askarova. "PECULIARITIES OF ORGANIZATION OF MUSICAL-RHYTHMIC ACTIVITY IN MUSIC CULTURE CLASSES." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 11.3 (2023): 536-539.
5. Asqarova, S. "MUSIQIY TA'LIMIDA ABU ALI IBN SINO MEROSIDAN FOYDALANISH." Interpretation and researches 1.1 (2023).
6. Asqarova, S., and M. Xayitboyeva. "UMUMTA'LIM MAKTABIDA XOR TO'GARAGI MASHG'ULOTLARINI TASHKIL ETISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI." Interpretation and researches 1.1 (2023).
7. Мaдaминoв, Н. "БОЛАЛАРНИ УЗБЕК ХАЩ ЧОЛЕУ АСБОБЛАРИ ВОСИТАСИДА ИЖОДКОРЛИГИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ." Oriental Art and Culture 3.4 (2022): 782-787.
8. Aскaрoвa, Cox^axoH MyxaMMa^oHoBHa. "ОСОБЕННОСТИ ПЕВЧЕСКОГО МАСТЕРСТВА ШКОЛЬНИКОВ В ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ." Oriental Art and Culture 4.1 (2023): 874-878.
9. Askarova, S. M. "THE MUTUAL INFLUENCE OF MUSIC AND SPEECH ON THE AFFECTIVE (EMOTIONAL) SPHERE OF STUDENTS." Экономика и социум 12-1 (91) (2021): 93-96.
10. AXMEDOVICH, TURDIEV SHAVKAT. "Use of Pedagogical Technologies in Conducting." JournalNX 7.1: 149-151.
11. Djumaboyeva, M. Sh. "MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA MUSIQIY SAVODXONLIK MALAKALARINI SHAKLLANTIRISHDA O'QITUVCHINING O'RNI." Interpretation and researches 1.1 (2023).
12. Tursinovich, Nosirov Dilmurod. "STRATEGIES FOR THE FORMATION OF VOCAL HEARING AS WELL AS THE DEVELOPMENT OF VOCAL SKILLS." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 12.03 (2023): 97-103.
13. Shodiyeva, G. "MUSIQA MASHG'ULOTLARIDA AXBOROT KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH." Interpretation and researches 1.1 (2023).
14. Tillakhujayev, O. "THE SCIENCE OF MUSIC AND THE ROLE OF KNOWLEDGE OF MUSIC LYRICS IN THE FORMATION OF THE MUSICAL CULTURE OF YOUNG PEOPLE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 175-178.
15. Sabirovna, Rasulova Saida. "MUSIQA O 'QITISH DARSLARIDA DIDAKTIK PRINSIPLAR." Conferencea (2022): 44-47.
16. Fozilov, Kakhramon. "MUSICAL THEORETICAL LEGACY." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.
17. Madaminovich, Fozilov Qahramon. "METHODS OF INCREASING THE STUDENTS'COMPETENCE THROUGH THE CREATIVITY OF RUSSIAN COMPOSERS IN MUSIC LESSONS." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 132-136.
18. Ибраева, К. Е., and С. М. Аскарова. "ИНСТРУМЕНТАЛЬНОЕ ИСПОЛНИТЕЛЬСТВО КАК ВИД ХУДОЖЕСТВЕННО-ТВОРЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЧАЩИХСЯ." Oriental Art and Culture 4.2 (2023): 578-586.
19. Kobilova, Ezozxon Bakirovna. "Classical music and youth education." Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities 12.9 (2022): 126-130.