Научная статья на тему 'CHOLG’U IJROCHILIGIDA RITMNI HIS ETISH'

CHOLG’U IJROCHILIGIDA RITMNI HIS ETISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
54
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ritm / elementar nazariyasi / ovoz yo‘nalmalarini / kadanslar / modulyatsiya va og‘ishmalarni / akkordsiz tovushlar / metro-ritm / lad / musiqiy nutq elementlari

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — I.Abdullayev

Ushbu maqolada cholg‘u ijrochili hamda ijrochilikda ritmni his etish, ritmik bo‘linishlar va ularning turlari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHOLG’U IJROCHILIGIDA RITMNI HIS ETISH»

CHOLG'U IJROCHILIGIDA RITMNI HIS ETISH

I.Abdullayev

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada cholg'u ijrochili hamda ijrochilikda ritmni his etish, ritmik bo'linishlar va ularning turlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: ritm, elementar nazariyasi, ovoz yo'nalmalarini, kadanslar, modulyatsiya va og'ishmalarni, akkordsiz tovushlar, metro-ritm, lad, musiqiy nutq elementlari

FEEL THE RHYTHM IN THE PERFORMANCE OF AN INSTRUMENT

I.Abdullayev

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article deals with the sense of rhythm, rhythmic divisions and their types in instrumentalist and performance.

Keywords: rhythm, elementary theory, sound directions, cadences, modulations and deviations, non-chord sounds, metro-rhythm, cadence, elements of musical speech

Musiqaviy tovush materialini shakllantirishda "ritm" eng muhim rol o'ynaydi. Tor ma'noda olganda "ritm" tushunchasi orqali tovush cho'zimlarining uyushib kelgan izchilligi tushuniladi.

Talabalarga o'taladigan har bir mavzularning izchilligini ko'rib chiqadigan bo'lsak, musiqiy bilimlarni yuksak darajada egallashlari uchun nazariy bilimlarini yanada chuqurroq egallashlari ijro etadigan cholg'u kuyini mustaqil taxlil qila olishlarida ko'mak beradi. Musiqaning elementar nazariyasi kursida talabalar musiqiy nutqning elementlari (metro-ritm, lad va boshqalar) haqidagi dastlabki ma'lumotlarni oladilar. Garmoniya kursida esa musiqa asarining garmonik negizini, ya'ni akkordlarning funksional aloqalar iasosidagi ketma-ketligini va ovoz yo'nalmalarini, kadanslar, modulyatsiya va og'ishmalarni, akkordsiz tovushlarni o'rganadilar. Musiqa asarlari tahlili kursida esa musiqiy jumlalarning va umuman, musiqa asarining tuzilishi, ya'ni uning shakli - o'rganish ob'ekti bo'lib xizmat qiladi. O'z - o'zidan ma'lumki, musiqa asari shaklini uning mazmunidan ajratib, alohida qarab chiqish mumkin emas. Shuning uchun, tahlil kursida musiqa asarining ifoda vositalari, ya'ni musiqiy nutq elementlari ham o'rganiladi. Musiqa nazariyasi va garmoniya kurslaridan farqli o'laroq, musiqiy nutq elementlari ularning rivojlanish jarayonida, bir-birlari bilan o'zaro aloqalari bilan bog'liq holda qarab chiqiladi. Musiqa asarlarini eshitar

ITFVE^^Hl 68 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

ekanmiz, dastlab asar haqida faqat umumiy tasavvurga ega bo'lamiz. Musiqa asari ko'z o'ngimizda ma'lum bir vaqt jarayonida namoyon bo'lib boradi, keyin esa, sekin-asta uning ayrim qirralari ham to'liq tizimga joylashadi. Ko'z o'ngimizda badiiy obraz yuzaga keladi. Hayotni sinchiklab kuzatuvchi ijodkor-kompozitor o'zini to'lqinlantirayotgan fikr va his tuyg'ularni tinglovchilarga yetkazish va ular bilan muloqot qilish vositasi sifatida bu badiiy obrazni yaratgan.

O'zaro bog'lanib ketma-ket keladigan tovushlar cho'zimi "RITM" deyiladi.

"RITM" (Yun. Rythmos - bir tekis oqim) - musiqa asaridagi tovushlarning uzun qisqaliklari jihatidan bo'lgan munosabatlari. Har bir musiqa asarining o'ziga xos ritmi bor. Musiqiy tovush bilan ritm chambarchas bog'liq bo'ladi; ritmsiz kuy bo'lishi mumkin emas. Ritm turlariga metr va o'lchovlar kiradi. O'zbek xalq kuylari va raqslari, ayniqsa, doira usullari ritmning rang barangli jihatidan juda boy va murakkabdir.

"RITMIK BO'LINISh" - ikki va uning ko'paytirilishi asosida bo'linish. Asosiy bo'linish 2 o'lchovida: butun nota - 2 ta yarimtalik, 4 ta choraktalikka, 8 ta nimchoraktalikka, 16 ta o'noltitalikka, 32 ta o'ttiz ikkitalikka, 64 ta oltmish to'rttalik notaga bo'linishidan iborat. Ayrim hollarda ritmik bo'linich normal hold abo'lmaydi. 2 nota 3 hissaga bo'linib - triol, 4 ta 5 hissaga bo'linib - kvintol, 6 ta nota 7 hissaga bo'linib - septol, va h. k. bo'ladi.

Musiqa ijrochisi va tinglovchisi sifatidagi o'z tajribalarimizdan foydalanib, kompozitorning ko'rsatmalariga amal qilib, asarni dastlabki eshitish yoki chalib ko'rishdanoq uning haqida ayrim, umumiy tasavvurlarga ega bo'lamiz. Biz asar va uni yaratgan kompozitor, u yashagan davr haqida qancha ko'p narsa bilsak, bu tasavvurlarimiz shunchalik ko'p ahamiyat kasb etadi.

Ijro davrida talabaning ritmnihis qilishi katta ahamiyat kasb etadi. Ritmni his qilmaydigan kishi umsiqachi bo'lishi mumkin emas. Biroq ritmni his qilish darjasi ham bor. Ritmni his qilish talabaning nota matni bilan birinchi marta tanishayotgan davridanoq sanab chalish,metronomdan foydalanish orqali rivojlantirilishi mumkin. Tovush kuchini his etish va kerakli kuchdagi tovushni hosil qilish malakasi ham dars jarayonida takomillashtirilishi zarur. Asarda uchraydiga forte, piano, metssoforte, metssopiano, pianissimo, fortissimo, sforsando, subitopiano, kreshendova diminuendokabi dinamik belgilarga rioya qilish lozim bo'ladi. Bunda har bitta dinamik belgiga mos tovush kuchini hosil qilishda murakkabliklar tug'ilishimumkin. O'qituvchi har bitta talabaga o'z dinamikasini topishiga yordam berishi kerak. Ijroetilayotgan asarlarni qismlarga va qismlarni jumla va frazalarga bo'lish orqali musiqaningshakli aniqlanadi va har frazani alohida, keyin frazalarni qo'shish orqali musiqiy jumla hosil qilinadi. Bir nechta musiqiy jumladan esa asarning qismi paydobo'ladi. Yangi asarlarni o'zlashtirish jarayonida har bitta fraza, jumla uchun alohida tovush kuchi talab etilishi mumkin.

69 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Toshmuhammedov M. G'ijjak darsligi T., Darslik, 1999y.

2. H.Nurmatov. Qashqar rubobi. Toshkent., O'quv qo'llanma, 2003y.

3. Yo'ldoshev T. Ud darsligi. T., Darslik, 2008y.

70

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.