Научная статья на тему 'MUSIQA O‘QITUVCHISINING KOMPETENTLIK STATUSI'

MUSIQA O‘QITUVCHISINING KOMPETENTLIK STATUSI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
38
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kasbiy kompetentlik / klassifikatsiya / status / model / Shaxsiy fantaziya / Kommunikativ bog‘lanish / garmoniya / xis qilish / disgarmonik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilorom Namozova Tursunovna

Ushbu maqolada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini oshirish va ularni takomillashtirish halq ta’limi tizimidagi mavjud bo‘lgan qator qonun-qoidalar, talablar, sohalarning klassifikatsiyasiga bo’gliq muammolar va yechimlar qisman o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA O‘QITUVCHISINING KOMPETENTLIK STATUSI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

MUSIQA O'QITUVCHISINING KOMPETENTLIK STATUSI Dilorom Namozova Tursunovna

Tadqiqotchi Farg'ona davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7993833

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo'lajak musiqa o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini oshirish va ularni takomillashtirish halq ta'limi tizimidagi mavjud bo'lgan qator qonun-qoidalar, talablar, sohalarning klassifikatsiyasiga bo'gliq muammolar va yechimlar qisman o'rganilgan.

Kalit so'zlar: kasbiy kompetentlik, klassifikatsiya, status, model, Shaxsiy fantaziya, Kommunikativ bog'lanish, garmoniya, xis qilish, disgarmonik.

O'zbekistonning mustaqil taraqqiyot yillarida erishgan barcha-barcha yutuq va marralari, uning ulkan sur'atlar bilan o'sishi avvalo Konstitutsiyamizning hayotbaxsh qudrati va salohiyatini, unda mujassam bo'lgan prinsiplar, qoida va normalarning naqadar chuqur o'ylangani, har tomonlama mustahkam asosga ega ekanini yaqqol namoyon etadi.

Hozirgi vaqtda O'zbekistonning shiddat bilan o'sib, tobora rivojlanib borayotgan mamlakatga, inson, uning huquqlari, manfaat va erkinliklarini haqiqiy qadriyat deb biladigan demokratik, ijtimoiy - siyosiy va fuqarolik institutlariga ega bo'lgan mustaqil va suveren davlatga aylanishini ta'minlab bergan yana ko'plab hal qiluvchi omillarni misol keltirish mumkin.

Yuksak maqsadlarga erishishning hal qiluvchi omillaridan biri - bu mamlakatimiz aholisining ongu tafakkuri va dunyoqarashida yuz berayotgan o'zgarishlar, uning hayotga, mehnatga bo'lgan munosabati, tobora o'sib borayotgan siyosiy va huquqiy madaniyatidir.

Bizning eng katta tayanch va suyanchimiz, hal qiluvchi kuchimiz - bu yosh avlodimizdir. Bu - O'zbekistonda tashkil etilgan, dunyo miqyosida katta qiziqish va havas uyg'otayotgan mutlaqo yangi o'quv tizimida yuksak ta'lim-tarbiya olayotgan, eski asoratlardan, qarashlardan uzoq bo'lgan, zamonaviy kasb-hunarlarni o'zlashtirgan, mustaqil fikrlaydigan, ertangi kunga intilayotgan bizning farzandlarimizdir.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda musiqa san'atini rivojlantirish, farzandlarimiz musiqiy madaniyatini oshirishga qaratilga qator dastur va rejalar amalga oshirilmoqda.

"Biz oldimizga qo'yayotgan rejalarni amalga oshirishda odamlarimizning hissasi tobora ortib borayotganligi - ularning fikri, dunyoqarashi, hayotga, ishga munosabati qanchalik o'zgarganligining dalili, desak, also xato bo'lmaydi. Eng muhimi, bugun biz boshimizdan kechirayotgan tinch - osoyishta va barqaror hayotning qadrini oddiy odamlar hammamizdan ko'ra ko'proq biladi. Bilib qo'yinglar, bu - bizning eng katta boyligimizdir".

Mazkur mavzuning dolzarbligi bo'lajak o'qituvchilarning mutaxassislikka ixtisoslashganligi va o'z navbatida qaysi mutaxassislikka ixtisoslashganli asosida sinalgan hamda kashf qilinayotgan modellarni axtarib (qidirib) topish nuqtai nazaridan kelib chiqdi.

Musiqa o'qituvchisining kompetentlik statusining mohiyati uning musiqiy tarbiya bilan mashg'ul o'qituvchilarning kompetentligi (loyiqligi) masalasiga qaratilishi 2 jixati bilan yanada e'tiborga molik bo'ladi;

Biz o'rganayotgan ish-mavzu nazardan tutilmoqda.

O'qituvchining intellekt musiqiy bazasi darajasi o'qituvchining musiqiy ma'lumotliligini va bu ma'lumotlilikni erkin talqin qilinishi jihati. Shunga ko'ra mazkur ishning "tayanch

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

ustunlari" sifatida yuqoridagi jixatlarni diqqat markaziga qo'yish - ishning ham metodik va ham, - metodologik asoslarini tashkil qiladi.

Biz qarayotgan masala doirasida qator muammoli, lekin "ijodiy va ijobiy" ziddiyatlar yoki "nomutanosiblik" xolatlari kuzatiladiki, biz aynan ana shunday "nomutanosiblik" darajani aniqlab "kompitentlik statusini" yaratishimiz zarur bo'ladi. Shu o'rinda 2 ta masalani misol o'rnida talqin qilib ko'rsak.

O'qituvchi musiqani tushunadi, xis qiladi, badiiy jihatdan bir musiqa asarini kerakli darajada idrok eta oladi va shu idroki asosida, uni (musiqa asarini) falsafiy tasnifini ham bayon qilib berishi mumkin! lekin bu o'qituvchini musiqiy ma'lumoti yo'q! Biz xuddi shunday o'qituvchilarni "komponenti yo'q, komponentli emas! Degan iddao bilan ularni "maydondan chetlatishimiz shartmi?"

To'la yuqoridagi holatini teskarisi-aksi. Bu masala rakursida 1 va 2 holatdagi o'qituvchilarimizning "komponentlik" darajasiga odil va biz ham o'z navbatida komponent darajasida baholanishimiz yoki yondashishimiz zarur bo'ladi.

Biz izlanayotgan ushbu soha ya'ni komponentlik darajasini takomillashtirish metodlarini ishlab chiqarish, yaratish.

Bo'lajak musiqa o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini oshirish va ularni takomillashtirish halq ta'limi tizimidagi mavjud bo'lgan qator qonun-qoidalar, talablar, sohalarning klassifikatsiyasi kabi devoniy xujjatlar tizimiga ham bog'liq.

Keyingi masala, deylik, boshlang'ich sinf o'qituvchisi musiqa o'qituvchisidan alohida, ya'ni - "surpasi boshqa" sharoitida ish ko'radimi yoki "o'zaro - qo'ni-qo'shnichilik" asosida murosa qilishadimi? Maqsad - komil insonchali komil inson darajasiga yetkazishku axir? Bu muammoni hal qilishda biz integretsiya usulini taklif qilamiz. Komponentligi yo'q o'qituvchini musiqa o'qituvchisi o'rtasidagi faoliyatini, xarakat, maqsad va . . .. o'zaro garmoniyasini shakllantirib olish ham musiqiy tarbiyaning ma'naviy, ahloqiy, psixologik va pedagogik jihatlarini jamlaydi, natijada komponentlik binosi - obekti qad ko'taradi.

Ilmiy izlanishlarimizning eng e'tiborga molik tomonlaridan 1 tasi bu kreativlik tomoni xisoblanadi.

Ma'lumki kreativlik ijodiy jarayoniga qaratilgan umumiy kobilidiy sifatida o'rganilayotgan jarayondir. V.N.Drujinisi, D.B.Bogoyavlenskaya, YE.P.Ilin, D.J.Tilford, A.Moslou kabi psixologik tavsiyalari, ishlanmalari zamonaviy yosh kadrlarni mutaxassislik darajasini oshirishda e'tiborga molik tomonlar ko'rsatilmoqda. N.Kogin va A.Olaxlar taklif etilayotgan metodlar majmuasiga to'la qo'shilgan xolda uslublarni "Zaruriy faktlar" sifatida metodlar sbtrukturasini aniqlashda eng kerakli omil o'rnida talqin qilish mumkin;

- Shaxsiy fantaziya;

- Kommunikativ bog'lanish;

- Umuman san'at olamidagi garmoniyani xis qilish;

- Xar qanday disgarmonik xolatlarni yumshatish va xatto - yechish mumkinligini uqtirish;

- Millatlararo badiiy tafakkurni shakllantirish kabi izlanishlar bo'lg'usi musiqa o'qituvchilarini tayyorlashda dolzarb elementlar (xusurlar) xisoblanadi.

Musiqa o'qituvchilarini kompetentligi masalasi yuksak badiiy tuyg'ulardan "o'tib borib", yuksak ma'naviy, axloqiy agentlarni yaqqol bayon qilishi mumkin.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

"Titanik" kinofilmidagi kemadagi sozandalar matonati, samimiyliligi axilligi, fidoyilik darajalarining erkinligini kuzatib ko'rgandirsiz albatta! Bunday darajaga albatta!? Bunday darajaga haqqoniy yuksak komponentlik orqali erishish mumkin.

Bo'lajak musiqa o'qituvchisini tayyorlashda kompetentlik masalasi oxir oqibatida yuksak estetik tuyg'ining ham mavsumiy va ham - manbasi sifatida namayon bo'ladi. Natijada "xar qanday xukundan - "chiroyli" ni ajratish va aksincha - xunuklikni aniqlab olish mumkin. Kompetentlik mana shunday jihatlarni, xolat va tuyg'ularni o'ziga jamlagan holda shakllanib boradi. Hozirgi zamonaviy musiqa o'qituvchisidan, uning faoliyatidan "ijodiy jarayonning stili" deb anglanadigan faoliyat tizimini ham nazardan tushirib bo'lmaydi. Ijodiy stil, o'z navbatida mo'tadil metod xaqida namayon bo'lishi kerak.

Bo'lajak musiqa o'qituvchisini komponentligi uning gemprovizatsiya qilish qobiliyatining darajasiga ham bog'liq bo'ladi. Klassik xalq qo'shig'ini zamonaviy ommabop usulda talqin qilish, musiqa asarining yaratilish tarixiga mutlaqo putur yetkazmagan holda singdirish, o'rgatish kabilar muhim jixatlar xisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi 02.02.2022 yildagi PQ-112-son qarori.

2. O'zbekiston respublikasi musiqa madaniyati milliy o'quv dasturi. T. 2022 yil.

3. Muslimov N.A., va boshqalar. Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi/ Monografiya. - T.: "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2013.

4. Umumiy pedagogika. Qism 1: darslik / O.Musurmonova [va boshq.]. - Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2020. - 376 b.

5. Ibragimova G. N. Oliy ta'lim tizimida interfaol texnologiyalar vositasida talabalardagi ijodiy fikrlashni rivojlantirish //Sovremennoye obrazovaniye (Uzbekistan). - 4 .№ - .2017.

6. Kadirova, M. T. Kompetentlik yondashuvi nazariyasi va uning pedagogik mazmuniga doir qarashlar // Molodoy ucheniy. — 2020. — № 43 (333). — S. 343-345. — URL: https://moluch.ru/archive/333/74450/ (data obrasheniya: 18.11.2021).

7. Normuhammatovich, S. A. (2022). O'QUVCHILARDA MILLIY MUSIQA ESHITISH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI. Science and innovation, 1(B2), 259-263.

8. Sultonov, A. (2022). MUSIQIY IDROKKA TA'SIR ETUVCHI TRANSFORMATSION TENDENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING SAMARADORLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 314-323.

9. Namozova, D. T. (2021). MUSIQA DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH. Scientific progress, 2(2), 1313-1315.

10. Namozova, D., & Astanova, Z. T. (2022). BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA'LIMIDAGI ILK QADAMLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 260-264. 16. Namozova, D. (2022). BO 'LAJAK MUSIQA O 'QITUVCHILARINING KREATIV KOMPETENTLIGINI MUSIQA TARIXI FANINI O 'QITISH VOSITASIDA SHAKLLANTIRISH. Science and innovation, 1(B6), 942-950.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

11. Sultonov, A. (2022). MUSIQIY IDROKKA TA'SIR ETUVCHI TRANSFORMATSION TENDENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING SAMARADORLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 314-323.

12. Насритдинова, М. Н. (2022). МУСЩА ИНСОНИЯТГА НИМА УЧУН КЕРАК?. Science and innovation, 1(Special Issue 2), 577-580.

13. Nasritdinova, M. (2023). ARTPEDAGOGIK YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF OQUVCHILARINI AXLOQIY TARBIYASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MODELI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(2), 199-204.

14. Насритдинова, М. (2023). ARTPEDAGOGIK YONDASHUV ASOSIDA BOLAJAK MUSIQA TA'LIMI OQITUVCHILARINING IJODKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK TA'MINOTI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(4), 241-246.

15. Насритдинова, М. Н. (2023). УСТОЗ МУХТОР АШРАФИЙ МА^ОРАТЛИ ПЕДАГОГ СИЙМОСИДА ШОГИРДЛАРИ ХОТИРАСИДА МАНГУ БАРХДЁТ. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(2), 303-305.

16. Nurullayevna, N. M. Turg'unboyeva Muhlisa.(2022). THE ROLE OF PEDAGOGICAL ACTIVITY IN CREATING A NEW UZBEKISTAN ENLIGHTENED SOCIETY. BEST SCIENTIFIC RESEARCH, 1 (1), 238-241.

17. JoRayev Xamidjon, & Madina Nasritdinova (2022). DOIRA CHOLG'USIDA IJRO MAHORATINI YUKSALTIRISH (BOLALAR MUSIQA VA SAN'AT MAKTABLARI MISOLIDA). Science and innovation, 1 (C2), 26-28. doi: 10.5281/zenodo.663646

18. Madina Nurullaevna Nasritdinova (2023). INNOVATIVE PEDAGOGICAL MODEL OF DEVELOPMENT OF ARTISTIC-CREATIVE COMPETENCE OF FUTURE MUSIC TEACHERS ON THE BASIS OF ARTPEDAGOGICAL APPROACH. Science and innovation, 2 (B4), 711-716. doi: 10.5281/zenodo.7880424

19. Ibragimov, X., and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).

20. Ибраимов Х. И. Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога //Наука, образование и культура. - 2018. - №. 3 (27). - С. 44-46.

21. Ibragimovich X. I. O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - С. 209-214.

22. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.

23. Maxmutovna T. X. INFLUENCE OF MASS CULTURE ON THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE SPIRITUAL AND MORAL IMAGE OF THE YOUNG GENERATION //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2019. - Т. 7. - №. 12.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

24. Mahmutovna T. X. Ways to Form Immunity of Protection from" Public Culture" in Adolescent Students //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 3. - С. 115-117.

25. Makhmutovna T. K., Ibragimovna T. I. Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 6. - С. 165-171.

26. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.

27. Oglu, Abduganiev Ozod Tursunboy. "Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12, no. 7 (2021): 433-442.

28. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13).

29. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

30. Махмудов А. Х., Джураев Р. Х., Ахунжонов А. Т. Дидактический потенциал шахматной игры //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-2 (53). - С. 70-71.

31. Махмудов А. Х. ИНТЕНСИФИКАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ ПРЕДМЕТА «ШАХМАТЫ» ЧЕРЕЗ РЕШЕНИЯ ШАХМАТНЫХ ЗАДАЧ: 10.53885/ед. 2022.49. 38.098 Махмудов Абдулхалим Хамидович, д. 2 п. н, зам. директора Узбекского научно-исследовательского института педагогических наук им. Кары Ниязи, abdu-hm@ yandex. ru //Научно-практическая конференция. - 2022. - С. 766-768.

32. Джураев Р. Х., Махмудов А. Х., Фефелов В. С. Методология формирования учебно-творческого плана для компетентностной подготовки магистров //Педагогические науки. - 2012. - №. 1. - С. 84-90.

33. Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда замонавий ракамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуклари ва муаммолари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 97-99.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.