MUSIQA MAKTABLARINING OVOZ SOZLASH DARSLARIDA MAQOM PARDALARI VA NAMUDLARDAN FOYDALANISH
Ulug'bek Azimjon o'g'li Burxonov [email protected] Ilmiy rahbar: Azizjon Nabijonovich Talaboyev O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Maqom xonandalarini tarbiyalashda ilk qadamlar ustoz-shogird an'analaridan yoki ko'p hollarda bolalar musiqa va san'at maktablaridan boshlanadi. Har ikki holatda ham ustozlardan ulkan mehnat hamda mashaqqat talab qilinadi. Xususan, xonandalik havasidagi bolaning ijro mahoratini oshirishda avvalo ovozi ustida ko'p va xo'p ishlash zarurdir. Ushbu jarayonda bugunga kelib ba'zi muammolar ko'zga tashlanib qolayapti. Chunonchi, musiqa maktablaridagi "Ovozni yo'lga qo'yish" darslarida aynan milliy ohanglarga tayangan ovoz sozlash mashqlarining yo'q ekanligi hamda ovoz sozlash darslarida ko'p hollarda Yevropa vokal darslaridagi namunalardan foydalanish bora-bora yosh ijrochida an'anaviy ijrodan uzoqlashish holatlarini yuzaga keltirayotgandek... Ushbu maqolada keltirilgan ovoz sozlash masalasidagi fikrlar va ma'lumotlar maqom xonandaligi yo'nalishida tahsil berayotgan pedagoglar va bo'lajak maqom xonandalari uchun qiziqarli va foydali degan umiddaman.
Kalit so'zlar: maqom, xonanda, ovoz sozlash mashqlari, maqom xonandasi
USING CURTAIN CURTAINS AND SAMPLES IN VOICE ADJUSTMENT
LESSONS OF MUSIC SCHOOLS
Ulugbek Azimjon oglu Burkhanov [email protected] Scientific supervisor: Azizjon Nabijonovich Talaboyev Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: The first steps in the education of maqam singers begin with the teacher-disciple tradition or, in most cases, children's music and art schools. In both cases, great work and effort is required from teachers. In particular, in order to improve the performance skills of a child who is interested in singing, it is necessary to work hard on his voice. Some problems are still visible in this process. For example, the lack of tuning exercises based on national melodies in music school lessons and the use of samples from European vocal lessons in tuning lessons in many cases lead to situations where the young performer is increasingly moving
I icclT^^^^H 344 http://oac.dsmi-qf.uz
away from traditional performance. I hope that the ideas and information on voice tuning presented in this article will be interesting and useful for teachers studying in the field of status singing and future status singers.
Keywords: status, singer, voice tuning exercises, status singer
Maqom ijrochiligiga kiruvchi asarlar ijrochidan katta diopozonli ovoz talab etishi sir emas. Bunday ovozni shakllantirish uchun turli ovoz mashqlaridan foydalaniladi. Musiqa maktablaridagi pedagoglar turli bilim dargohlarini tamomlaganliklari hamda turlicha qarashga ega ekanliklari, shuningdek, ushbu yo'nalish uchun aniq tartiblangan o'quv qo'llanma yo'qligi boisidan ovoz yo'lga qo'yish darslariga turlicha yondashadilar. Shaxsan o'zim kuzatgan ko'p o'qituvchilar bolalar bilan odatda vokal mashqlari asosida ishlaydilar. Mehnat faoliyatimning ilk yillarida o'zim ham o'quvchilarim bilan aynan shunday mashqlar bilan ovoz sozlaganman. Bu jarayon avvaliga hech qanday musiqiy bilimga ega bo'lmagan, eshitish hamda pardani his qilish qobiliyati yaxshi rivojlangan bolada qoniqarli natija berayotgandek xulosa bergan. Bola notalami toza "bosadigan", unli tovushlar bilan yaxshi mashg'ulot olib borilgani vajidan og'iz artikulyatsiyasi ko'ngildagidek ishlaydigan bo'ladi. Kichik sinf uchun berilgan asarlar ijrosi boshida sizni qoniqtiradi va siz shu yo'sin ishlashda davom etasiz. Yuqori sinfga o'tgani va asarlar hajmi kattalashgani sayin muaamolar ham bo'y ko'rsata boshladi. O'quvchi ovoz sozlash mashqlaridagi tekislikka, tonlarning aniq ijrosiga ko'nikkani sababli ovoz milliy ohanglarga egilmay, maqom asarlaridagi nola yoki qochirimlarning nozik pardalarini his etmay qola boshladi. Bu vaziyatning yechimi sifatida zamonaviy metodlar va milliy qadriyatlarni uyg'unlashtirish kerak deb hisoblayman. Qaysiki, ustoz-shogird an'analaridagi ba'zi uslublarni ovoz sozlash darslariga olib kirish orqali.
Xalqimiz milliy musiqa san'atining asrlar davomida saqlanib kelishida ustoz-shogird an'anasining o'rni beqiyosdir. Maqom xonandaligi amaliyotida ham aynan ushbu an'ana asosiy rol o'ynab kelmoqda. Xonandalik ishtiyoqidagi shogird ustozidan nafaqat xonandalik sir-sinoatlarini balki, kiyinish, muomala madaniyati singari ijtimoiy odoblarni ham o'rgangan. Ota-onalar o'z farzandlarini o'smir paytida biror kasbga yo'naltirganlar. O'g'il bolalarda esa o'smirlik davrida ovoz o'zgarish pallasi boshlangan ya'ni, ovoz mutatsiyasi jarayoni kechayotgan bo'ladi. Bu paytda bo'lajak xonandalar ko'lami jihatidan kichikroq ashulalarni o'rganib, ko'proq soz chalish amaliyotini oshirishga harakat qilishadi. Aynan mana shu ko'lami katta bo'lmagan asarlar maqom xonandalari uchun ko'pincha ovoz sozlash mashqi vazifasini bajarib beradi.
Bilamizki, ovoz sozlash mashqlari bizga Yevropa musiqasidan kirib kelgan. Ijrochi biror konsert yoinki teatrda sahnaga chiqib, o'z nomerini ijro etib ketavergan. Bu esa albatta xonandadan soz holatdagi ovozni talab qilgan. Xonandalar sahnaga
I ícclT^^^^H 345 http://oac.dsmi-qf.uz
chiqish oldidan ovozlarini qizdirish uchun turli ovoz sozlash mashqlari ishlab chiqishgan. Xatto, har bir vokalistning o'z mashqlari ham bo'lgan.
Bizning ashulachilik amaliyotimizda sahna "rol"ini to'y-hashamlar bajarib bergan. Xonandalar o'z iste'dodlarini shunday marosimlarda namoyish etishgan. Bir xonanda o'z repertuaridagi salmoqli, o'zining butun imkoniyatlarini ko'rsata oladigan yirik shakldagi asarlarini ijro etishdan avval aynan kichikroq asarlarni pastgi registrlarda kuylab ovozini qizdirib olgan. Ashula pardalari sekin-asta ko'tarilib, xonanda o'zininig mukammal ijro holatiga yetib brogan. Aynan shu jarayon bizda ovoz sozlash vazifasini bajarib bergan.
Xo'sh, nega aynan bu ikki holatga to'xtalib o'tildi? Bugungi kunda yuqorida ta'kidlaganimiz musiqa maktablaridagi "an'anaviy xonandalik" yo'nalishida ovoz sozlash darslaridagi muammoni aynan mana shu ikki unsur bilan hal qilinishi samaraliroq nazdimda. Bu masalada O'zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyevning "Maqom alifbosi" nomli o'quv qo'llanmasi musiqa maktablari uchun ajoyib darslik vazifasini bajarib kelmoqda. "Har bir qoshiq, kuy muayyan maqom mavzusi va ladiga asoslangan holda bastalangan. Solfedjio qilib kuylash uchun berilgan gammalar kuylarning ladlari asosida tayyorlangan."1 Ovoz sozlash darslarida maqom ladlariga tayanib yaratilgan mashqlar yoki namudlar (Namud - tojikcha "ko'rinish", "kelish" ma'nosidagi so'z bo'lib, muayyan kuy yoki ashulaning ma'lum qismini boshqa ashula yo'llari tarkibidagi ko'rinishi demakdir)2 ohangi kabi turli usullardagi mashqlar yosh maqom xonandalari uchun ovozni to'g'ri sozlash va rivoj topishida ajoyib turtki vazifasini bajaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. I. Rajabov "Maqomlar" Toshkent 2018.
2. O. Ibrohimov "Maqom asoslari" Toshkent 2018.
3. S. Matyakubova "Maqom solfedjiosi" Toshkent 2013.
4. M. Tojiboyev "Maqom solfedjiosi" Toshkent 2018.
5. Sh. Matyoqubov "Maqom xonandaligida ovoz sozlash" maqola Toshkent 2022.
6. I. Rajabov "Maqom masalalariga doir" Toshkent 1964.
7. Rasulova, Saida Sabirovna, and Orif Tursunovich Tillahojayev. "PECULIARITIES OF TRAINING MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 4 (2021): 14-17.
8. Tillaxo'jayev, O. "FORMATION OF INTERNATIONAL VIRTUE IN STUDENTS THROUGH STUDYING THE LIFE AND CREATION OF
1 M. Tojibyev. "Maqom alifbosi" Toshkent 2018. 3-bet
2 Rajabor I. "Maqomlar" Toshkent 2006 y. 182-bet
[MH^M
346 http://oac.dsmi-qf.uz
COMPOSER SULAYMON YUDAKOV." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 122-127.
9. Askarova, S. "Great Song Genre in the Ethno Music of Uzbek Folk Music." JournalNX 7.05 (2021): 131-134.
10. Muhammadjonovna, Asqarova Sohibaxon. "THE ROLE AND ROLE OF MUSIC IN THE FORMATION OF THE SPIRITUAL AND AESTHETIC PERFECTION OF YOUNG STUDENTS." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 106-109.
11. Asqarova, Sohibaxon, and Muslimaxon Muhammadjonova. "O 'YIN TA'LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK VOSITASI SIFATIDA." Scientific progress 2.2 (2021): 317-321.
12. Askarova, S. "DEFECTS IN THE VOICE OF PUPILS AND WAYS TO ELIMINATE IT." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 418-420.
14. Askarova, S. "SPECIFIC ASPECTS OF STUDENTS'SINGING SKILLS DURING ADOLESCENCE." Open Access Repository 9.11 (2022): 216-218.
15. Asqarova, S. "XOR VA XORSHUNOSLIK FANI DARSLARIDA KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH." Eurasian Journal of Academic Research 2.7 (2022): 62-65.
16. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).
17. Eminjanovna, Shodiyeva Gavhar. "IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF HEARING ABILITIES OF NATIONAL MUSIC IN STUDENTS." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 47-50.
347
http://oac.dsmi-qf.uz