Научная статья на тему 'Musiqa madaniyatining rivojlanishida urma zarbli musiqa asboblarining roli'

Musiqa madaniyatining rivojlanishida urma zarbli musiqa asboblarining roli Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
616
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
musiqa madaniyati / urma zarbli asboblar / nog’ora / doira / litavrlar / usul / ritm / musiqiy xarakter / musiqa tarixi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nurali Sherali O’G’Li Sharipov

Avlodlar ruhi bilan bog’lovchi muhim omil musiqada urma zarbli musiqa asboblari xisoblanadi. Jahon xalqlari musiqa madaniyatida urma cholg’u asboblarning o’rni beqiyosdir. Urma zarbli musiqa asboblari musiqiy asarning ritmini his qilishga mayoq vazifasini o’tay oladigan tanho lider asbob hisoblanadi. Urma cholg’ularning zarbu-usullaridagi xilma-xil sadolari, inson ruhiyotiga ta’sir qiluvchi ilohiy qudratga ega ekanligi qadimdan ma’lum. Ehtimol, ularning inson hayotiga chuqur kirib borganligi ham, shu sabablidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Musiqa madaniyatining rivojlanishida urma zarbli musiqa asboblarining roli»

Musiqa madaniyatining rivojlanishida urma zarbli musiqa

asboblarining roli

Nurali Sherali o'g'li Sharipov Navoiy davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Avlodlar ruhi bilan bog'lovchi muhim omil musiqada urma zarbli musiqa asboblari xisoblanadi. Jahon xalqlari musiqa madaniyatida urma cholg'u asboblarning o'rni beqiyosdir. Urma zarbli musiqa asboblari musiqiy asarning ritmini his qilishga mayoq vazifasini o'tay oladigan tanho - lider asbob hisoblanadi. Urma cholg'ularning zarbu-usullaridagi xilma-xil sadolari, inson ruhiyotiga ta'sir qiluvchi ilohiy qudratga ega ekanligi qadimdan ma'lum. Ehtimol, ularning inson hayotiga chuqur kirib borganligi ham, shu sabablidir.

Kalit so'zlar: musiqa madaniyati, urma zarbli asboblar, nog'ora, doira, litavrlar, usul, ritm, musiqiy xarakter, musiqa tarixi

The role of percussion instruments in the development of

musical culture

Nurali Sheraliyevich Sharipov Navoiy State Pedagogical Institute

Abstract: Percussion musical instruments are considered an important factor connecting with the spirit of generations in music. Percussion instruments have an incomparable place in the music culture of the peoples of the world. Percussion musical instruments are a solitary leading instrument that can serve as a beacon to feel the rhythm of a musical piece. It has been known for a long time that the various sounds of percussion instruments have a divine power affecting the human psyche. Perhaps this is the reason why they have penetrated deeply into human life.

Keywords: music culture, percussion instruments, drum, circle, timpani, method, rhythm, musical character, music history

Jahon xalqlari musiqa madaniyatida, jumladan, Markaziy Osiyo musiqiy hayotida urma zarbli cholg'ularning o'z o'rni bor. Urma cholg'ular uzoq tarixga ega bo'lib, ular asrlar davomida umumjamiyat rivojlanishining barcha bosqichlarida takomillashib, mukammallashgan shaklda bizgacha yetib keldi.

Ilk nomusiqaviy cholg'ularning "Morfologik" va "Ergologik" ta'rifi: Urma cholg'ularning zarbu-usullaridagi xilma-xil sadolari, inson ruhiyotiga ta'sir qiluvchi

ilohiy qudratga ega ekanligi qadimdan ma'lum. Ehtimol, ularning inson hayotiga chuqur kirib borganligi ham shu sabablidir.

Odamzodning muntazam harakatlari muayyan usuliy tartibni tashkil etganligi natijasida urma cholg'ularning paydo bo'lishini ta'minlagan deyish mumkin. Urma cholg'ular sadolari yordamida inson ruhiy olamiga tegishli tahsirlarni o'tkazib kelishgan. Borliqning insonga ta'sirida insonning ichki ritmik-usuliy harakatlari ham muhim ahamiyatga egadir.

Ritm madaniyati hayot boshlang'ich asoslaridan biri bo'lib, tarbiya jarayonida alohida o'rin egallaydi. Ritm muayyan shaxsiy yoki jamoaviy harakatlar mukammallashuvining boshlang'ich nuqtasi hisoblanadi.

Ritm - musiqada ma'nodorlik, o'tkirlik, aniqlik, ta'sirchanlik asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Etnopsixolog B.Teplovning ta'kidlashicha, ritm hissiyoti musiqada ichki a'zolar bilan yondosh aloqadorlikda bo'lsa ham, u hali musiqaviy usuliy chekinmalaridan tashkil topmasdan faqatgina uning paydo bo'lishiga muhim sharoit yaratadi, xolos. Ya'ni, ritm musiqada muayyan his tuyg'u, zavq, hayajon maromini boshqaruvchi hodisa hisoblanadi. Demak, ritm hissiyoti nafaqat harakat, balki tabiiy tuyg'ularning mavjudligi bilan ahamiyatlidir. O.Apraksina ritm hissiyotini biror bir musiqiy faoliyat [xoh u qo'shiq, xoh cholg'ulardagi ijro yoki musiqa bastalash bo'lsin] uning amaliyotisiz bo'lishi mumkin emasligini ta'kidlaydi. S.Saidiy va A.Nazarovlarning fikrlariga ko'ra, "Ritm - ibtidoiy inson hayotining asosiy qat'iy turkumi bo'lib, jamoa faoliyatini birlashtiruvchi, unga uyg'unlik bag'ishlovchi yagona vosita hisoblangan. Ritm -nafaqat ijtimoiy jihatdan eng yuqori oliy shakliy vazifa, balki undan ham kengroq ma'naviy vazifalarni bajarib, insonni avlodlar ruhi bilan bog'lovchi muhim omil hisoblanadi".

Madaniyatning tobora rivojlana borishi natijasida odamzodga "Chapak", "Qars", "Tepgi", ijrosi turli xil rasm-rusm, urf-odatlar ifodasi sifatida jalb etilib, bir necha musiqiy ritmlar negizini tashkil etgan, desa ham bo'ladi. Qars ijrolari yakka, guruhli tusda, hatto erkaklarning yog'och-tayoq qurollarida, qars - sado chiqarish uslublari turli xil bahodirona raqslarda ijro maqomini bajarish vazifasini ado etgan.

"So'nggi Ashel" davrida ibtidoiy odamlarning urma cholg'ulari tarkibida "kunda cho'p", "qovoq-cho'p", "bambuk", "paqqildoq" kabi cholg'ular o'rnida qo'llanilgan ashyolar ham mavjud bo'lgan. Bunday ashyolar yordamida erkaklar tomonidan turli ritmlar ijro etilib kelingan.

Nog'ora cholg'usining tarixi (morfologik genezis): Ma'lumki, Markaziy Osiyo xalqlari orasida eng qadimgi va keng tarqalgan urma cholg'ulardan biri nog'oradir. Bu cholg'uning asta-sekin mazkur xalqlar, ularning qavm va qabilalari orasida paydo bo'lib, tarqalib ketishida ayollarning o'rni va xizmati katta bo'lgan. Muzlik bosqichi davrida yevropaning "Mustye" (fransiya g'ori) davrida g'orlar ichida yashab, o'z uy

yumushlarini shu yerning o'zida bajarishgan. Ayollar cholg'u yasash maqsadida emas, balki kiyim tayyorlash maqsadida xayvon terisiga ishlov berganlar, so'ngra uni xumsimon katta yog'och kundaga quritish uchun tashlab qo'yganlar. G'orlardagi quruqlik va issiqlik tahsirida yog'och kundalarga terining yelimsimon moddasi yopishib qolishi natijasida qurishi ham tezlashgan. Oqibatda, kovak kundaga yopishgan teri haqiqiy nog'orasimon sas chiqarib, diqqatni jalb etgan holda urma cholg'u mavqeini egallab qolgan. Demak, jahon hamjamiyatining eng sevimli va sozlarining ilk piri hisoblangan "hog'ora"- cholg'usi ayollar tomomidan tassodifan paydo bo'lgan cholg'u hisoblanib, uning tarixiga 100- ming yil bo'lib o'tdi va morfologik genezisi tariximizda muhrlandi deyish mymkin. Xuddi shunday kiyimga mo'xtojlik davrida yuzaga kelgan deyish ham mumkin.O'zbekistonning Surxondaryo viloyati Teshiktosh g'oridan topilgan toshdagi haykalcha tasviri nog'ora cholg'usining Mavorounnahr zaminida ham keng qo'llanilganligidan dalolat beradi.

Litavralar ( yunon tilidan poli- ko'p va taurea-baraban) - ma'lum balnadlikka ega bo'lgan urma zarbli cholg'u. Litavra mis qozon shaklida bo'lib, ustiga teri qoplangan. Teri vintlar yordamida tortilib yo bo'shatilib, ma'lum tovushga sozlanadi. Litavra tastlab Osiyo xalqlari orasida paydo bo'lib, Yevropada 15-asrda kelgan. Litavraning katta, o'rta va kichik turlari bor. Ular kontr oktavadan tortib birinchi oktavaga qadar richaklarda (kalkilar) tortilib sozlanadi. Zamonaviy Litavralar esa elektron havo bosimi yordamida ham sozlanadi. Notalar eshitilishiga nisbat oktava yuqori yoziladi.

Simfonik orkestrda bir necha Litavralar (kamida ikkita) qo'llaniladi. Litavraning sozi musiqa asarining boshlang'ich qismida va kompozitorning ko'rsatishi bo'yicha asar o'rtalarida kelishi mumkin. Bunday holda Litavra uchun pauza berilib, sozi o'zgartiriladi.

So'ngi davrda mexanizasiyalashtirilgan Litavralar qo'llanila boshlandi. Sozlanish jarayoni avtomatik holatda qo'l va oyoq pedal yordamida bosib yo aks holatigacha tushirib sozlanadi. Sozlanishida xromatik notalar aks ettirilgan misli termometrsimon o'rnatgich yuzidan soatsimon yo (azimut) quruviga o'xshash strelkalarning yurgizishida sodir bo'ladi. Misol; do, do-diyezd, re, re - diyezd va hokazo. Har bir nota yo diyezd, bemol ustiga strelka borgunga qadar sozlanadi. Ushbu juda tez sozlanish imkoniyatiga ega bo'lganiga sabab ayrim kompozitorlarning asarlarida 4-ham sanoqqa teng pauzadan so'ng boshqa tonallikda tranpozitsiyalangan asar Litavra solasi bilan boshlab berishi jarayonlari ham kam emas. Shu bois Litavralarning takomillashtirilgan nushalari kashf etildi.

Asar oralig'ida Litavra boshqa pardaga sozlanishi lozim bo'lsa, partiturada uning partiyasi yoziladigan nota chizig'iga qisqacha P - (pauza) deb yoziladi.

Litavra ikki tayoq yordamida chalinadi. Ushbuning uchi yumshoq qilinib ishlangan mato o'ramasidan iborat maxsus tayoqchalar bilan urib chalinadi. Tovushi

katta nog'ora tovushiga o'xshash. Simfonik orkestrda Litavra yakka ijro qilishda qo'llanilib, pastki bas akkordlarini to'la eshitilishiga ko'maklashadi.

Simfonik orkestr partiturasida Litavralar notasi Aerofonlar guruhidan so'ng, mis puflama cholg'u asboblar tagida yoziladi.

Xullas qilib shuni aytish joyizki, nog'ora (zamonaviy mexanizasiyalantirilgani-Litavraning avlodi) cholg'usining tarixiga 100.000 yil bo'lib o'tgan bo'lsa-da, an'anaviy tuzilishi o'z ergologiyasiga nisbat hozirgi kunga qadar farqiyati o'z muncha yo bir xillikni tashkil etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Болта-Зода, С. С. (2022). Об эффектном влияние теории, в создании музыкального произведения. Science and Education, 3(12), 864-870.

2. Болта-Зода, С. С. (2022). Использования метода кластер в теории музыки. Science and Education, 3(12), 829-836.

3. Болта-Зода, С. С. (2022). Теоретические основы построения музыки. Science and Education, 3(12), 844-850.

4. Болта-Зода, С. С. (2022). Повышение или понижение основных ступеней, знаки альтерации. Science and Education, 3(12), 878-884.

5. Болта-Зода, С. С. (2022). Полифонический кондукт к строфической форме в музыке. Science and Education, 3(12), 837-843.

6. Саидий, С. Б. (2022). Сложный принцип формообразования в изоритмическом сложений музыки. Science and Education, 3(11), 962-969.

7. Болта-Зода, С. С. (2022). Основные направления возбуждения мелкой моторики по направление музыки. Science and Education, 3(10), 582-590.

8. Болта-Зода, С. С. (2023). Модуляционные эффекты музыкального произведения. Science and Education, 4(1), 563-569.

9. Болта-Зода, С. С. (2023). Теория магнитных эффектов других голосов многоголосной музыки. Science and Education, 4(1), 577-582.

10. Болта-Зода, С. С. (2022). Взаимодействие теории и гармонии музыки. Science and Education, 3(12), 851-856.

11. Холиков, К. Б. (2023). Проект волевого контроля музыканта и во производимость музыкального произведения. Science and Education, 4(7), 189197.

12. Холиков, К. Б. (2023). Сложная система мозга: в гармонии, не в тональности и не введении. Science and Education, 4(7), 206-213.

13. Холиков, К. Б. (2023). Аксоны и дендриты в развиваемшийся музыкально психологического мозга. Science and Education, 4(7), 159-167.

14. К.Б. Холиков. Проблематика музыкальной эстетики как фактическая сторона повествования. Science and Education 3 (5), 1556-1561.

15. К.Б. Холиков. Проблема бытия традиционной музыки Узбекистана. Science and Education 3 (5), 1570-1576

16. К.Б. Холиков. Холиков, К. Б. (2021). Характер музыки и результат смысловое содержание произведения. Scientific progress, 2(4), 563-569.

17. К.Б. Холиков. Место творческой составляющей личности преподавателя музыки и её роль в обучении детей общеобразовательной школе. Science and education 3 (8), 145-150

18. К.Б. Холиков. Отличие музыкальной культуры от музыкального искусства в контексте эстетика. Science and Education 3 (5), 1562-1569.

19. Холиков, К. Б. (2021). Характер музыки и результат смысловое содержание произведения. Scientific progress, 2(4), 563-569.

20. К.Б. Холиков. Значение эстетического образования и воспитания в общеобразовательной школе. Science and Education 3 (5), 1549-1555

21. Холиков, К. Б. (2023). Рост аксонов в развиваемшийся музыкально психологического мозга в младшем школьном возрасте. Science and Education, 4(7), 223-231.

22. Холиков, К. Б. (2023). Абстракция в представлении музыкально психологического нейровизуализации человека. Science and Education, 4(7), 252-259.

23. Холиков, К. Б. (2023). Сравнение систематического принципа музыкально психологического формообразования в сложении музыки. Science and Education, 4(7), 232-239.

24. Холиков, К. Б. (2023). Фокус внимания и влияние коры височной доли в разучивании музыкального произведения. Science and Education, 4(7), 304-311.

25. Холиков, К. Б. (2023). Измерения непрерывного занятия и музыкальная нейронная активность обучения музыкального произведения. Science and Education, 4(7), 312-319.

26. Холиков, К. Б. (2023). Музыкально педагогические приёмы по улучшению освоения учебного материала в школе. Science and Education, 4(7), 338-344.

27. Холиков, К. Б. (2023). Музыкальность и музыкальная память, непроизвольная перенос энергии к эффективному получении знания, на занятиях музыки. Science and Education, 4(7), 296-303.

28. К.Б. Холиков. Звукообразование, вокально-хоровые навыки, дикция -совокупность правильного пения. Science and Education 3 (2), 1175-1180.

29. Холиков, К. Б. (2023). Измерение эмоции при разучивании музыки, функция компонентного процессного подхода психологического музыкального развития. Science and Education, 4(7), 240-247.

30. Холиков, К. Б. (2021). Эффективные способы изучения музыкальных элементов в школьном обучении. Scientific progress, 2(4), 108-113.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.