Научная статья на тему 'MUSIQА İJROCHİLİGİNİ TAKOMİLLASHTİRİSHNİNG AHAMİYATİ'

MUSIQА İJROCHİLİGİNİ TAKOMİLLASHTİRİSHNİNG AHAMİYATİ Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
15
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
Kаlit sо‘zlаr: musiqа ijrochiligi / musiyqiy meros / madaniyat va san’at / takomillashtirish. / Key words: musical performance / musical heritage / culture and art / landscaping.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — N.X. Sоbirоv

KİRİSH: mazkur mаqоlаdа musiqаnning inson tafakkuriga ta’siri haqida so‘z yuritilgan. Shu bilan birga milliy musiqa san’atimizning tarixiga qisqacha to‘xtalib, soha olimlarining fikrlari bayon qilingan. Musiqa ijrochiligini takomillashtirishning ahamiyatiga alohida urg‘u berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF IMPROVING MUSICAL PERFORMANCE

INTRОDUCTIОN: v etoy state rasskazyvaetsya o vliyanii music na chelovecheskoe mishlenie. Pri etom kratko zatragivaetsya istoriya nashego natsionalnogo muzykalnogo iskusstva i izlagayutsya mneniya uchenyx otrasli. Osoboe vnimanie udelyaetsya vajnosti uluchsheniya muzykalnogo ispolneniya.

Текст научной работы на тему «MUSIQА İJROCHİLİGİNİ TAKOMİLLASHTİRİSHNİNG AHAMİYATİ»

Original peper

MUSIQA iJROCHiLiGiNi TAKOMiLLASHTiRiSHNiNG AHAMiYATi

© N.X. Sobirov1^_

Uzbekistan davlat san'at va madaniyat instituti , Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KiRiSH: mazkur maqolada musiqanning inson tafakkuriga ta'siri haqida so'z yuritilgan. Shu bilan birga milliy musiqa san'atimizning tarixiga qisqacha to'xtalib, soha olimlarining fikrlari bayon qilingan. Musiqa ijrochiligini takomillashtirishning ahamiyatiga alohida urg'u berilgan.

MATERiALLAR VA METODLAR: musiqa ijrochisi va tinglovchisi sifatidagi o'z tajribalarimizdan foydalanib, kompozitorning ko'rsatmalariga amal qilib, asarni dastlabki eshitish yoki chalib ko'rishdanoq uning haqida ayrim, umumiy tasavvurlarga ega bo'lamiz. Biz asar va uni yaratgan kompozitor, u yashagan davr haqida qancha ko'p narsa bilsak, bu tasavvurlarimiz shunchalik ko'p ahamiyat kasb etadi.

MAQSAD: maktabgacha yoshdagi bolalarni qobiliyati va ijodkorligini rivojlantirish maqsadi juda muhimdir, chunki ularning ijodkorlik va san'atga va musiq san'atiga qiziqishlarini oshirish, tasavvur qobiliyatlarini rivojlantirish va dunyoni yangi ko'rinishlarda ko'rishga imkoniyat berish lozimdir.

MUHOKAMA VA NATiJALAR: yoshdagi bolalarni musiqa ijrochiligini takomillashtirishning ahamiyatiga alohida etibor va qobiliyati va ijodkorligini rivojlantirishning muhokama va natijalari juda ko'pdir. Bu turdagi faoliyatlar bolalarga turli turlarda fikrlash, ijodiy ishlash qobiliyatlari o'rgatadi. Quyidagi muhokama va natijalarni ko'rsatish mumkin:

XULOSA: Yangi O'zbekistonda milliy musiqa madaniyati va san'atini izchil o'rganish, ilmiy-fundamental jihatdan atroflicha tadqiq etish uchun shart-sharoitlar yaratildi. Endilikda musiqa ijrochiligini takomillashtirish ham dolzarb ilmiylik asosni va chuqur tahlil qilishni talab etmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirish muayyan darajada xalqimiz uchun yangi nodir musiyqiy asarlar yaratish uchun xizmat qilishini xulosa qilib aytish mumkin.

Kalit so'zlar: musiqa ijrochiligi, musiyqiy meros, madaniyat va san'at, takomillashtirish.

Iqtibos uchun: Sobirov N.X., Musiqa ijrochiligini takomillashtirishning ahamiyati.

//Inter education & global study. 2024. № 2.C. 148-154. doi: 10.24412/2992-90242024-2-148-154

BAMHOCTb ynyHWEHMfl My3blKAflbHOrO MCnOflHEHMfl

© H. X. Co6npoB1H

1 Государственный институт искусств и культуры узбекистана, Ташкент, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в этой статье рассказывается о влиянии музыки на человеческое мышление. При этом кратко затрагивается история нашего национального музыкального искусства и излагаются мнения ученых отрасли. Особое внимание уделяется важности улучшения музыкального исполнения.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: используя собственный опыт исполнителей и слушателей музыки, следуя указаниям композитора, мы с первого прослушивания или исполнения имеем некоторые общие представления о произведении. Чем больше мы знаем о произведении и композиторе, создавшем его, о времени, в котором он жил, тем важнее становятся эти идеи.

ЦЕЛЬ: цель развития способностей и творческих способностей детей дошкольного возраста очень важна, поскольку необходимо повысить их творческие способности и интерес к искусству и музыке, развить воображение и дать им возможность увидеть мир по-новому.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: проведено множество дискуссий и результатов, при этом особое внимание уделяется важности улучшения музыкальных способностей детей старшего возраста и развития их способностей и творческих способностей. Эти виды деятельности обучают детей разным типам мышления и творческим способностям. Можно показать следующее обсуждение и результаты:

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: в новом Узбекистане созданы условия для последовательного изучения национальной музыкальной культуры и искусства, научно-фундаментального комплексного исследования. Теперь улучшение музыкального исполнения также требует современной научной основы и глубокого анализа. Можно сделать вывод, что реализация этих задач в определенной степени служит созданию новых редких для нашего народа музыкальных произведений.

Ключевые слова: музыкальное исполнение, музыкальное наследие, культура и искусство, благоустройство.

Для цитирования: Собиров Н.Х. Важность совершенствования музыкальной деятельности / /Inter education & global study. 2024. № 2.С. 148-145. doi: 10.24412/2992-9024-2024-2-148-154

THE IMPORTANCE OF IMPROVING MUSICAL PERFORMANCE

© Nаvrо'zbek X. SQbirQv1B

1The Uzbekistan State Institute of Arts and Culture, Tashkent, Uzbekistan Аnnоtаtiоn

INTRОDUCTIОN: v etoy state rasskazyvaetsya o vliyanii music na chelovecheskoe mishlenie. Pri etom kratko zatragivaetsya istoriya nashego natsionalnogo muzykalnogo iskusstva i izlagayutsya mneniya uchenyx otrasli. Osoboe vnimanie udelyaetsya vajnosti uluchsheniya muzykalnogo ispolneniya.

MATERIALY AND METHOD: ispolzuya sobstvennyy opyt performers and listeners of music, sleduya ukazaniyam kompozatora, my s privogo proslushivaniya ili ispolneniya imeem nekotorye obshchie predstavleniya o proizvednii. Chem bolshe my znaem o proizvednii i kopozitore, sozdavshem ego, o vremeni, v kotorom on jil, tem vajnee stanovyatsya eti idei.

PURPОSE: tsel razvitiya kovnostyu i tvorcheskikh kovnostey detey doshkolnogo agerasta ochen vajna, poskolku neobhodimo vysit ix tvorcheskie kovnostiv i interes k iskusstvu i muzyke, razvit voobrajenie i dat im vozmojnost uvidet mir po-novomu.

DISCUSSION AND RESULTS: There are many discussions and results, with particular emphasis on the importance of improving the musical abilities of older children and developing their abilities and creativity. These activities teach children different types of thinking and creativity. The following discussion and results can be shown:

CONCLUSION: in the new Uzbekistan, conditions have been created for the consistent study of national musical culture and art, scientific and fundamental comprehensive research. Now, improving musical performance also requires modern scientific basis and in-depth analysis. We can conclude that the implementation of these tasks, to a certain extent, serves to create new musical works that are rare for our people.

Key words: musical performance, musical heritage, culture and art, landscaping.

For citation: Navro'zbek X. Sobirov The importance of improving musical activity // Inter education & global study. 2024. № 2.C. 148-154. doi:10.24412/2992-9024-2024-2-148-154

"Musiqa san'ati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir. San'at bilan oshno bo'lgan yoshlarning hayotga munosabati milliy urf-odat va umumbashariy qadryatlarga hurmati baland bo'ladi" - degan edi Sh.Mirziyoyev.

Ta'kidlash joizki, Yangi O'zbekistonda shu borada amalga oshirilayotgan tarixiy ishlar tufayli milliy musiqa san'atimizning ma'no-mazmuni, ongimiz, dunyo qarashimiz tubdan o'zgardi desak, mubolag'a aytgan bo'lmaymiz. Jonli ijrodagi davlat tadbirlari o'sib-ulg'ayib kelayotgan yangi avlod uchun musiqaning haqiqiy mohiyatini anglash uchun sabab bo'lmoqda. Endilikda yurtimizda musiqa ijrochiligini yanada takomillashtirish o'zining dolzarbligi bilan katta ahamiyat kasb etmoqda.

Musiqa inson hissiyotlariga kuchli ta'sir ko'rsatadigan muhim manbai hisoblanadi. Musiqa odamlarning hayotini, mavjudlikka bo'lgan munosabatini, musiqiy tovush ranglari orqali turli xil ichki tajribalarni aniq tasvirlaydi. Xalqimizning o'tmishi va bugungi kunini chuqurroq anglashga, milliy qadriyatlarimizga hurmat hissini shakllantirishda milliy

musiqa san'ati unsurlari muhim omildir. Qo'shiq tinglab mungga botasan, qo'shiq tinglab kayfiyating ko'tariladi.

Lekin qay holatda bo'lmasin yaxshi qo'shiq inson qalbida nurli tuyg'ular uyg'otadi. Yaxshi navo insonga inson ekanligini eslatadi, hayotga umid ko'zi bilan qarashga undaydi, faraxli kunlarga yetaklaydi. Yaxshi qo'shiq hamma vaqt milliydir, shuning uchun ham u sarhadlarni tan olmaydi. Millatning ruhi ramzida jahon kezadi. Garchi musiqa fanlarini o'qitish ko'proq amaliy ravishda olib borilsada, unda ko'proq o'qituvchilarning amaliy foaliyatiga tayanilsada, musiqa fanlarining yangi pedagogik texnalogiyalar va interfaol metodlaridan foydalanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari, nazariy bilimlari mavjud. Qo'shiqchiligimizda ming yillik moziydan kelayotgan haftalab kuylanadigan xalq dostonlari-yu eng ixcham qo'chiqlar, maqomu termalar mavjud, barchasida milliy ruh bo'rtib turadi. Bugungi o'zbek qo'shiqchiligining eng yaxshi namunalari asosan shu milliy zamindan ozuqa oladi.

Markaziy Osiyo xalqlarining musiqa merosi juda boy va qadimiy tarixga ega. Ularning an'analari bugungi kunda ham o'z badiiy va estetik qiymatini saqlab kelmoqda. An'ana uzoq o'tmish bilan yangi zamon musiqa madaniyatini bog'lab turish bilan birga uni yanada ilhomlantiruvchi quvvat, qudratli omil ekanligi haqida ko'p olimlar o'z asarlarida ta'kidlaganlari ma'lum. Hozirgi davrda musiqa merosidan, xalq kuy va qo'shiqlaridan ilhomlanib, undan zamonaviy musiqaning turli jabhalarida foydalanilmoqda. Bu o'rinda an'anaviy yo'nalishdan tortib, ommaviy estrada, kuy va qo'shiq, simfonik musiqa, opera, balet janrlarining yangicha yo'nalishlarda rivojlanish jarayonlarini e'tiborga olish joizdir. Qo'shiq xalqning ma'naviy hayoti bilan chambarchas bog'liq bo'lib, uning ichki kechinmalari, maishiy hayotini aks ettiradi. Merosni o'rganib chiqmasdan yangi musiqiy madaniyatni yaratish mumkin emas, deb yozadi V.A.Uspenskiy[1:5,6].

Musiqa eng murakkab san'at turlaridan hisoblanib, inson hayotida katta o'rin tutadi. Musiqa san'ati boshqa san'at turlaridan tubdan farq qiladi, u insonning hayolot dunyosiga ta'sir etadi va ongimizda turli obrazlar, fikrlar hamda tuyg'ularni uyg'otadi. Inson musiqani eshitish orqali qabul qiladi. Shu bois har bir musiqa asari kishilarda turlicha tasavvurni hosil qiladi. Musiqa asarlari kompozitorning shaxsiy dunyoqarashi, psixologiyasi, xarakteri va shaxsi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, har bir musiqiy asar takrorlanmas individuallikka egadir. Shu bilan birga kompozitorning yaratgan asarlari shu millat madaniyati, milliy an'analari va tarixiy davr bilan bog'liq bo'ladi. Har bir san'at turining rivoji ma'lum tamoyil, shakl va ifoda vositalari bilan ajralib turadi. Musiqa san'atining ifoda vositasi tovush va kuy yo'nalishi hisoblanadi. Kuy musiqada asosiy mezon bo'lib, kompozitorning ichki kechinmalarini ifodalaydi. Musiqa insonning his-tuyg'ularini ifoda etishga qaratilgani bois boshqa san'at turlaridan ko'ra ko'proq emotsional ta'sir kuchiga egadir. Musiqa san'ati - musiqiy cholg'u yoki inson ovozi orqali ijro etilgan tovushlarning tashkil etilgan va tartiblangan san'atidir. Musiqani idrok etish uchun inson o'zining tafakkuri, dunyoqarashi va iqtidoridan foydalanadi. Musiqa san'at turlari ichida muhim o'rin egallab, opera, balet, teatr kabi boshqa san'at turlariga ham katta ta'sir ko'rsatadi.

Musiqa faqat tinglash orqali hamda insonning his-tuyg'ulari vositasida qabul qilinishi bois, boshqa san'at turlaridan murakkabroqdir[2:7].

Shu sababdan ham biz musiqa asarlarini eshitar ekanmiz, dastlab asar haqida faqat umumiy tasavvurga ega bo'lamiz. So'ngra musiqa ijrosi va ijrochisi haqida ham ma'lum bir ma'lumotlarga ega bo'lamiz. Keyin esa, sekin-asta uning ijrochiligini tahlil qilamiz. Bu ijodiy sohada katta ahamiyat kasb etadi. Shu sabab ham qaysi davr bo'lmasin, musiqa ijrochiligi takomillashtirish faqat ijrochi eams, tinglovchining bahosiga ham bog'liq holda shakllanadi.

Musiqa ijrochisi va tinglovchisi sifatidagi o'z tajribalarimizdan foydalanib, kompozitorning ko'rsatmalariga amal qilib, asarni dastlabki eshitish yoki chalib ko'rishdanoq uning haqida ayrim, umumiy tasavvurlarga ega bo'lamiz. Biz asar va uni yaratgan kompozitor, u yashagan davr haqida qancha ko'p narsa bilsak, bu tasavvurlarimiz shunchalik ko'p ahamiyat kasb etadi. Dastlabki tinglash - asar ustidagi ishning birinchi bosqichidir. Keyingi vazifa - asarning barcha mayda-chuyda qirralarini sinchiklab qarab chiqish va uni tahlil qilishdir. Tahlil qilishdan maqsad, asar mazmuni haqidagi dastlabki tasavvurlarimizni chuqurlashtirish va kengaytirishdan iborat. Ijrochi bu ishlarning hammasini ijro texnikasini o'zlashtirish bilan bir vaqtda bajaradi, bundan ko'zlangan maqsad esa, asarni mukammal darajada ijro qilib, uning g'oya va mazmunini tinglovchilarga yetkazishdir[3:4].

Musiqa san'atidagi asosiy faoliyatlardan biri musiqa ijrochiligidir. Zo'r ijroni tinglab, lazzat, quvonch, ilhom tuyg'ularini his etamiz yoki yunonlar aytganidek, "katarsis" - ichki, ruhiy poklanish va yangilanish jarayonini boshdan kechiramiz. Ijrochi - bastakor, kompozitor va tinglovchini bog'lab turuvchi halqadir. Musiqiy ijrochilik san'atidagi farqlar musiqiy cholg'uning o'ziga xos xususiyatiga, yakkaxon va ommaviy ijrochilik shakli, musiqiy asarning janri va shakliy xususiyatiga, qolaversa, birinchi o'rinda ijodiy individuallik, ijrochining professional tayyorgarlik va mahorat darajasiga bog'liq. Ijrochi uchun tinglovchi psixologiyasini tushunish va his etish, estetika talablari va auditoriya kayfiyatini to'g'ri anglash, muallif fikrini mohirlik bilan etkazib berish, auditoriyani o'z irodasiga bo'ysundirish, tinglovchida go'zal estetik hissiyotlarni uyg'otish, ijodiy kayfiyat juda muhimdir[4:7].

Hozirgi zamon o'zbek musiqa ijodiyoti serjabha va ko'lami keng, usluban boy va rang-barang, rivojlangan va shiddatli jarayon sifatida gavdalanadi. Zotan, musiqiy madaniyatimiz juda qadim, betakror va noyob anoanalarga ega bo'lgani holda, zamona zayli bilan yangidan-yangi yo'nalish, shakl, janr, uslublar bilan yanada boyib bormoqda. Demakki, asrlar osha bizgacha yetib kelgan ardoqli navobaxsh merosimiz qatori bir necha avlod ijodkorlarining ko'rkam musiqiy anoanalari madaniy-maonaviy mulkimizga aylandi.

Har qanday san'at turi xar xil vositalar orqali hayotiy voqelikni aks ettirishga qodir ekan, so'nggi yuz yillik mobaynida O'zbekiston musiqasining rivojlanishi nechog'lik murakkab va o'zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarda kechganini yaqqol tasavvur qilish mumkin[5:14].

Qo'shiq tinglab mungga botasan, qo'shiq tinglab kayfiyating ko'tariladi, lekin qay holatda bo'lmasin yaxshi qo'shiq inson qalbida nurli tuyg'ular uyg'otadi. Yaxshi qo'shik insonga inson ekanligini eslatadi, hayotga umid ko'zi bilan qarashga undaydi, faraxli kunlarga yetaklaydi. Yaxshi qo'shik hamma vaqt milliydir, shuning uchun ham u sarhadlarni tan olmaydi. Millatning ruhi ramzida jahon kezadi. Qo'shiqchiligimizda ming yillik moziydan kelayotgan haftalab ko'ylanadigan xalq dostonlari-yu eng ixcham haqqonalar, maqomu termalar mavjud, barchasida milliy ruh bo'rtib turadi. Bugungi o'zbek qo'shiqchiligining eng yaxshi namunalari asosan shu milliy zamindan ozuqa oladi[6:17].

O'zbek xalqining musiqa madaniyati juda uzoq tarixga ega. Tarixiy taraqqiyot davomida xalq mumtoz musiqasi, an'anaviy kasbiy musiqa, xalq bastakorlik yo'llari, shuningdek, folklor - havaskorlik musiqiy merosi singari shaklan va usluban bir-biriga yaqin ijrochilik ko'rinishlari bir-birini to'ldirib keldi. Ushbu musiqiy merosimiz bugungi kunimizda ham ma'naviy madaniyatimizning bir bo'lagi sifatida namoyon bo'lmoqda [7:300]. Bobomiz Shayx Sa'diy: "Musiqa odam ruhining yo'ldoshidir", degan edi.

Al-Forobiy fikricha: "Musiqa - nodir san'at, ezgulikka yetaklovchi kuchdir" - deya yuksak ta'rif bera musiqa insonning intelektual mulki ekanligini alohida ta'kidlaydi. Forobiyning tabiricha sana't, shu jumladan, musiqa ilohiy ne'mat emas, balki inson ijodining mahsulidir. Uning vazifasi insonga o'z intellektual va axloqiy sifatlarini takomillashtirishda foydali bo'lishidan iborat[8:127]. Musiqa madaniyatimizning tarixiy tadqiqtot yo'nalishini olimlar quyidagicha tahlil qiladi. Sohaning zamon zayli (2018-yil)dan kelib chiqadigan kelajak yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

• o'zbek musiqa folklori va mumtoz kasbiy merosining xorijiy G'arb va Sharq mualliflari ijodidagi o'rnini aniqlash;

• O'zbek musiqasi retrospektiv tarixini yaratish;

• XX asr O'zbekiston musiqa madaniyatining jahon musiqasi tarkibidagi mavqeini o'rganish; mahalliy bastakorlik ijodiyoti tarixini yaratish;

• milliy musiqiy estetikasi, etika va psixologiyasini xalqimiz mentalitetiga bog'liq holda tadqiq etish;

• o'rta va oliy ta'lim tizimi uchun yangi davr darsliklarini yaratish[9:49].

Yangi O'zbekistonda milliy musiqa madaniyati va san'atini izchil o'rganish, ilmiy-fundamental jihatdan atroflicha tadqiq etish uchun shart-sharoitlar yaratildi. Endilikda musiqa ijrochiligini takomillashtirish ham dolzarb ilmiylik asosni va chuqur tahlil qilishni talab etmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirish muayyan darajada xalqimiz uchun yangi nodir musiyqiy asarlar yaratish uchun xizmat qiladi

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Ayxodjayeva. O'zbek musiqasi. Musiqa nashriyoti Toshkent 2023. - 182 b.

2. Alimdjanova N. Musiqa adabiyoti. - Toshkent.: Toshkent davlat milliy raqs va

xoreografiya oliy maktabi. 2022. - 115 b.

3. Fayziyev O., Rahimov Q. Musiqa asarlari tahlili. - Navoiy.: Alisher Navoiy, 2015. -155.

4. Qodirov R.G'. Musiqa psixologiyasi (ma'ruzalar kursi): - Toshkent.: Musiqa, 2005. -80 bet.

5. Mannopov S. О^Ьек xalq musiqa madaniyati. - Toshkent. Yangi asr avlodi, 2004. -150 b.

6. G'oyib B., Ermuhammad K. Yana kelar sen kutgan bahor.//jur. Guliston №10. 1989 y. O'zKMK nashriyoti. - 32b.

7. Xamidov Sh. Musiqa madaniyati va uning hayotdagi o'rni. Ta'lim va innovatsion tadqiqotlar (2021 yil Maxsus son). Buxoro (299-303).

8. Mahkamova Sh. Insoniyat evolyutsiyasida musiqa san'atining tutgan o'rni//jur. "Science and Education" Scientific Journal. - Toshkent. 2021. № 2. www.openscience.uz

9. G'ofurbekov T. O'zbekiston musiqa madaniyati. - Toshkent.:Elektron manba 2018. O'zDK.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Sobirov Navro'zbek Xakimjon о'у'И, v/b dotsent [ Собиров Наврузбек Хакимжон угли, докторант], [Navro'zbek X. Sobirov, associate professor]; manzil: Toshkent sh. Mirzo Ulug'bek tumani, Yalang'och dahasi 127 «A» uy. [адрес: Узбекистан, 117036, Ташкент, Мирзо Улугбекский район, Массив Ялангач, 127 «А» дом.], [address: Uzbekistan, 117036, Tashkent, Mirzo Ulugbek, Yalangoch Street, 127 "A".]; Sоbirоvnаvrо'zbek@gmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.