Научная статья на тему 'MAKTAB O'QUVCHILARI TARBIYASIDA MUSIQA MADANIYATI FANINING AHAMIYATI'

MAKTAB O'QUVCHILARI TARBIYASIDA MUSIQA MADANIYATI FANINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
216
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa / san`at / qadriyat / meros / madaniyat / musiqa asbobi / kompozitor / musiqiy asar / metodika / faoliyat / ijodiy yondashuv. / музыка / искусство / ценность / наследие / культура / музыкальный инструмент / композитор / музыкальное произведение / методология / деятельность / творческий подход

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mamajonov Ulug’bek Maxammattolibovich

Ushbu maqolada o’quvchilarda musiqa haqidagi bilimlarni tizimli ravishda o’zlashtirish, malaka va ko’nikmalarini shakllantirish, birinchi navbatda bolalarda hissiy ta’sirchanlikni va ma’naviy dunyosini shakllantirish, musiqaga qiziqishni oshirish, azaliy an`analarimizni tobora to’laroq tiklash, moddiy va ma`naviy durdonalarimizni, shu jumladan, musiqiy merosimizni mufassal o’rgana borish kerakligi bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЗНАЧЕНИЕ пРЕДМЕТА МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ В ВОСпИТАНИИ ШКОЛЬНИКОВ

В данной статье необходимо систематически осваивать у учащихся музыкальные знания, формировать у них умения и навыки, прежде всего парализовать эмоциональную чувствительность и духовный мир детей, повышать интерес к музыке, постепенно восстанавливать наши древние традиции, материала и утверждается, что необходимо детально изучать наши духовные шедевры, в том числе и наше музыкальное наследие.

Текст научной работы на тему «MAKTAB O'QUVCHILARI TARBIYASIDA MUSIQA MADANIYATI FANINING AHAMIYATI»

Mamajonov Ulug'bek Maxammattolibovich,

Andijon davlat pedagogika instituti "Tasviriy san'at va musiqa ta'limi" kafedrasi o'qituvchisi

MAKTAB OQUVCHILARI TARBIYASIDA MUSIQA MADANIYATI FANINING AHAMIYATI

UO'K: 372.878 DOI: 1Q.34920/SO/VOL_2Q23_ISSUE_11_5

mamajonov u.m. maktab o quvchilari tarbiyasida musiqa madaniyati fanining ahamiyati

Ushbu maqolada o'quvchilarda musiqa haqidagi bilimlarni tizimli ravishda o'zlashtirish, malaka va ko'nikmalarini shakllantirish, birinchi navbatda bolalarda hissiy ta'sirchanlikni va ma'naviy dunyosini shakllantirish, musiqaga qiziqishni oshirish, azaliy an'analarimizni tobora to'laroq tiklash, moddiy va ma'naviy durdonalarimizni, shu jumladan, musiqiy merosimizni mufassal o'rgana borish kerakligi bayon etilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: musiqa, san'at, qadriyat, meros, madaniyat, musiqa asbobi, kompozitor, musiqiy asar, metodika, faoliyat, ijodiy yondashuv.

мамажонов у.м. значение предмета музыкальной культуры в воспитании школьников

В данной статье необходимо систематически осваивать у учащихся музыкальные знания, формировать у них умения и навыки, прежде всего парализовать эмоциональную чувствительность и духовный мир детей, повышать интерес к музыке, постепенно восстанавливать наши древние традиции, материала и утверждается, что необходимо детально изучать наши духовные шедевры, в том числе и наше музыкальное наследие.

Ключевые слова и понятия: музыка, искусство, ценность, наследие, культура, музыкальный инструмент, композитор, музыкальное произведение, методология, деятельность, творческий подход._

mamajonov u.m. the importance of the subject of music culture in the education of schoolchildren

In this article, it is necessary to systematically master the knowledge of music in students, to form their skills and abilities, first of all, to paralyze children's emotional sensitivity and spiritual world, to increase interest in music, to gradually restore our ancient traditions, material and it is stated that it is necessary to study our spiritual masterpieces, including our musical heritage in detail.

Key words and concepts: music, art, value, heritage, culture, musical instrument, composer, musical work, methodology, activity, creative approach.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 1 (132)

Kirish.

Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan inson shaxsiyatining rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan va murakkab qirralaridan biri bo'lib, atrofdagi go'zal narsalarni to'g'ri idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi.

Musiqa inson hayotiga kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lib, o'quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy-g'oyaviy tarbiyalash-ning muhim vositasidir. Milliy madaniyatimizning bobokaloni Abu Nasr Farobiy bu fan to'g'risida shunday degan edi "Musiqa odam ruhining yo'ldoshidir"1. Musiqa insonga tez ta'sir etuvchi emotsional hissiyotini aktiv rivojlantiruvchi vositasidir. Musiqa inson ruhiyatini ajralmas qismi bo'lib hisoblanadi. Inson ma'naviyatining tarkibiy qismi bo'lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash, musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo'lib turadi.

Mavzuning dolzarbligi.

Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so'ng, tariximiz o'tmishimiz hamda o'zligimizga yaxshiroq nazar sola boshladik. Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va madaniy merosiga, san'at olamida kerakli o'rin tutgan musiqa san'atiga e4ibor yanada kuchaydi.

"Yoshlarimiz haqli ravishda vatanimizning kela-jagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo'lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g'urur va iftixor bag'ishlaydi.

Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ish-larimizni , xususan, ta'lim-tarbiya bo'yicha qabul qilingan umum-milliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur."

Bu o'rinda azaliy an'analarimizni tobora to'laroq tiklash, moddiy va ma'naviy durdonalarimizni, shu jumladan, musiqiy merosimizni mufassal o'rgana borish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Uni yosh avlodlar tomonidan ilmiy-nazariy asosla-rini o'rganish hamda amaliy-ijodiy jihatdan puxta o'zlashtirish uchun so'nggi yillarda barcha zaruriy shart-sharoitlar yuzaga keltirganini e tirof etish lozim.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini

1 Pedagogs international research journal www. pedagoglar.uz 63 volume-2, issue-1, january-2022 umumta'lim maktablarida musiqa madaniyati darsini o'tishning yangicha uslublari qobil voxidov

yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tad-birlar to'g'risida"gi PQ-112-son qarorida umumiy o'rta ta'lim muassasalarida quyidagilar belgilandi:

• o'quvchilarga milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasida kuy ijro etish ko'nikmalari o'rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to'g'risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi;

• musiqa fani uchun haftasiga belgilangan bir o'quv soati hamda unga qo'shimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etish amaliy to'garaklari va fakultativ darslari o'tkaziladi;

• mazkur qarorda milliy cholg'ulardan kamida bittasida, 2023/2024 o'quv yilidan bosh-lab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo'lish musiqa fani o'qituvchilari uchun maj-buriy hisoblanadi;

• musiqa fani uchun ajratilgan o'quv soatlari doirasida "Hayotimga hamrohdir cholg'u" shiori ostida cholg'u ijrochiligi dars mashg'ulotlari yo'lga qo'yiladi;

• notalar to'plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta'minlash umumta'lim makta-blarini darsliklar va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash tizimiga kiritiladi2.

Musiqa o'qituvchisi kasbi insondan doimo o'z shaxsini takomillashtirish, o'zining musiqiy qiziq-ishlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni talab etadi. Musiqa o'qituvchisi nafaqat o'z mutaxassis-ligi «sirlarini» a'lo darajada bilishi lozim, balki mak-tabda o'quvchilarning mafkuraviy dunyoqarash-larini, tushuncha va tasavvurlarini shakllantirishda lozim bo'lgan bilimlarga ega bo'lishi shart.

Musiqa o'qituvchisi: musiqa asbobini yaxshi chalishi, yoqimli ovozda kuylashi (darsda audio yozuvlardan foydalanishga to'g'ri keladi, ammo o'qituvchining jonli ijrosi bolalarda katta hissiyot hosil qiladi);

- nozik musiqiy did va rivojlangan musiqiy eshituv qobiliyatiga ega bo'lishi;

- musiqiy-nazariy bilimlar doirasiga ega bo'lishi;

- musiqiy asarlarni badiiy-pedagogik tahlil qila olishi;

- dirijyorlik malakalarini ko'rsata olishi;

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil

2 fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-son qarori. - https://lex.uz/uz/docs/-5849580

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)

- musiqani boshqa fanlar bilan uzviy bog'lay olishi;

- musiqa ta'limi va tarbiyasidagi yangi usul, vositalarni, zamonaviy texnologiyalarni egallashi va ulardan oqilona foydalana olishi katta ahamiyat kasb etadi.

Musiqa boshqa fan turlari bilan yaqin munosa-batlarda bo'lishi shubhasizdir. Ularning jonli alo-qalari musiqaga xos intonatsion asosi adabiyot bilan yaqinligi, ritmik uyushqoqligi she'riyat va raqs san'atiga o'xshashligi, asarlarining mutano-sib tuzilishi arxitektura shakllariga muvofiqligida ko'rinadi. Bunga qo'shib aytish lozimki, adabiyot, tasviriy san'at, haykaltaroshlik asarlari ko'pincha musiqiy asarlar uchun asos sifatida xizmat qiladi.

San'at mazmuni - hayot, atrofimizdagi voqelik, inson va uning ichki dunyosi o'y-fikr-lari, his-tuyg'ularidir. San'at inson faoliyatining boshqa turlaridan ko'ra badiiy obrazlarni yarat-ish orqali voqelikni o'zlashtiradi. U kishining his-siyoti va ongiga bevosita ta'sir qiluvchi shaklda olamni go'yoki yangidan yaratadi. Lekin, musiqa o'qituvchisi hayotni, hodisalar va narsalarni nusxa qilib ko'chirmaydi. U biror obrazga xos bo'lgan eng umumiy, tipik xususiyatlarni saralab olib, ularning hammasini tushunib olib, obraz qiyofasini o'zgartiradi, so'ng uni turli fanlarga bog'liq tomon-lari rasm, she'r, musiqa asari shaklida gavdalanti-radi. Albatta, har qanday san'atkorning asari mual-lifning shaxs asoratini o'z ichida saqlab qoladi. Chunki, tashqi dunyoning obyektiv materiali san'atkorning ongida alohida qayta ishlab chiq-ilib, original, o'ziga xos ijod bo'lib qayta vujudga keladi. Biroq, shu bilan birga har bir ijodiy asar jamoat ongining mahsuloti deb ham hisoblanadi. Negaki, u muayyan bir ijtimoiy psixologiya, mam-lakat, tarixiy hodisa bilan bog'liq bo'ladi. Badiiy ijodiyotning ijtimoiy tomoni shunda namoyon bo'ladiki, inson o'z zamondoshlari hamda xalqi o'tmishi va odamzod bilan aloqadorligini badiiy obrazlar orqali his etadi. Haqiqiy san'at abadiy badiiy qadriyatlar ijod qilar ekan, xuddi avlodlarn-ing uzluksiz bog'liqligini amalga oshiradi.

Odam qulog'iga chalinadigan tovushlar tabi-atda cheksizdir. Shov-shuvli, taqillagan, shitirla-

gan, g'ichirlagan kabi tabiiy tovushlar "shovqinli" tovushlar deyiladi.

Musiqada musiqaviy tovushlardan foydalaniladi va uning asosiy vositasi, aniqrog'i, ifodalash vosi-tasi hisoblanadi. Musiqaviy tovushlar tabiati sun'iy bo'lib, o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ular musiqa madaniyatining ko'p asrli taraqqiyot jarayonida saralab olinib, muayyan tizimga uyushtirilgan. Ushbu musiqaviy tovushlar tizimi musiqiy fikrni ifodalash, musiqiy obrazni tasvirlash uchun xizmat qiladi.

Tadqiqotning maqsadi.

"Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqa-tli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o>nimizga keladigan yoshlarning ma'naviy duny-osini shakllantirishda ularning xizmatlari naqa-dar beqiyos ekanini o'zimizda yaxshi tasavvur qilamiz"2.

Musiqa madaniyati fanini o qitishda fanlararo bog'liqlik tomonlarini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilish.

Musiqa o'qituvchisi nafaqat o'z mutaxassis-ligi «sirlarini» a'lo darajada bilishi, balki maktabda o'quvchilarning mafkuraviy dunyoqarashlarini, tushuncha va tasavvurlarini shakllantirishda lozim bo'lgan bilimlarga ega bo'lishi shart.

- musiqiy-nazariy bilimlar doirasiga ega bo'lishi;

- musiqiy asarlarni badiiy-pedagogik tahlil qila olishi;

- musiqani boshqa fanlar bilan uzviy bog'lay olishi;

- musiqa ta'limi va tarbiyasidagi yangi usul, vositalarni, zamonaviy texnologiyalarni egallashi va ulardan oqilona foydalana olishi katta ahamiyat kasb etadi.

Musiqa o'qitish metodikasi pedagogika-psixologiya fanlarning sohalari bilan uzviy bog'liqdir. Bu esa zamonaviy hayotimizda jami-yat oldida turgan vazifalar, umumta'lim makta-blari va o'qituvchilar oldiga qo'yiladigan talab-

1 Shovqinli: Masalan: doyra, nog>a, baraban, tarelka, qöshiq tovushlari. Urmanova Lola Akbarovna "Musiqa nazariyasi"Oliy ta'lim muassasalari uchun o'quv qo'llanmaToshkent 2012. 4-b

2 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -Toshkent: Ma'naviyat, 2008.81-b

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ I СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 1 (132)

lar, o'quvchilarning yosh xususiyatlari, maktabda musiqiy ta'lim-tarbiyaning maqsad va vazifalarini aniqlash, ularning rivojlanish istiqbolini belgilash imkoniyatini beradi.

Metodika o'z oldida turgan muammolarni hal etishda ham psixologiyaga tayanadi. Masalan, musiqa idroki, ijodiy va musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun bola ruhiyati, ongi, tafakkuri, xotirasi, tasavvuri qonuniyatlari, uning ko'rinishlari, rivojlanish bosqichlari haqidagi bilimlarga, musiqiy qobiliyat, inson faoliyati nima ekanligi xususidagi tushunchalarga ega bo'lishi shart.

Musiqa o'qitish metodikasi umumiy ta'limning murakkab va ko'p qirrali maqsadlarini hamda musiqa ta'lim-tarbiyasi vazifalarini samarali hal etish uchun pedagogika va psixologiya fanlari bilan bir qatorda musiqashunoslik ilmi va musiqa ijrochiligi sohalariga ham tayanadi.

Mavzu bo'yicha boshqa olimlar ilmiy asarlari qisqacha tahlili.

Musiqa haqida Ibn Sino o'zining besh asarida yozgan. Bu "Kitob ash-shifo", ("Shifo kitobi") nomli ko'p jildlik qomusiy asarning musiqa haqidagi bo'limidir. Ibn Sinoning ta'rificha san'at, jumladan, musiqa fandir. Bundan san'atning "aql bilan idrok etish" yoki "buyumlarning bilish" mohiyati kelib chiqadi. Ibn Sino musiqaning tarbiyaviy mohiyat-ini alohida ta'kidlab o'tgan1. Bunda san'at vositasi orqali estetik didni tarbiyalashga asosiy e'tibor qaratilgan. Buyuk olim ta'kidlaydiki, shaxsni har tomonlama kamol toptirish uchun ikki tomon-lama-jismoniy barkamollik uchun jismoniy mashq-lar, ma'naviy rivojlanishi uchun musiqa va boshqa san'at turlari orqali ta'sir o'tkazish lozim.

Buyuk allomalar keng dunyoqarash, ko'p qirrali ilmga ega bo'lishlari bilan bir qatorda hunarga, kasbga ham mehr qo'ygan insonlar sifatida tar-ixdan joy olganlar. Forobiy ham o'z navbatida nazariy jihatdan musiqashunos, amaliy jihatdan taniqli bastakor, xalq uchun yaqin va qadrdon siymo sifatida nom chiqargan ustozlardan bo'lgan. U o'zining «Musiqa haqida so'z» asarida musiqa tarixi, nazariyasi, musiqa asboblari, bastakorlik va ijrochilik san'ati bo'yicha o'z davri uchun mukam-mal ma'lumotlar bera olgan. Ko'pchilik yevropalik arabshunos olimlarning ta'kidlashlariga qara-ganda, Forobiyning musiqa haqidagi fikr va mulo-

1 Jonmatova X. Abu Ali Ibn Sino ta'lim tarbiya to'g'risida. -T.: Fan, 1980. - 81-b.

hazalari, asarlari, unga qadar musiqa haqida yara-tilgan asarlardan nafaqat o'zining ustunligi, balki originalligi, noyobligi va yangi nazariyalar bilan to'ldirilganligi sababli, butun Sharq va Yevropa musiqa taraqqiyotiga qo'shilgan ulkan ulushdir.

Forobiy musiqani, insonda yuksak axloq namu-nalarini shakllantiruvchi, unda estetik did va go'zallik tuyg'ularini uyg'otuvchi va hatto inson sihat-salomatligiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi vosita deb ta'riflaganligi bizga ma'lum.

Maqolaning ilmiy mohiyati.

VI 11-XII asarlarda Sharqshunoslik tarixida "Sharq yoki musulmon renessansi" davri deb nom olgan davr Sharqda o'rta asrlardagi barcha taraqqi-yotlarning eng yuksak cho'qqisi hisoblanadi. Abu Yusuf Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy, Abu Nasr ibn Muhammad al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar shu davrning ajoyib vakillari bo'lganlar. Al-Forobiyning musiqaga bag'ishlangan "Kitob ul-musiqiy al-Kabr" ("Musiqa haqida katta kitob")2 asarida yozilishicha musiqa haqidagi fan amaliy va nazariy sohalardan iborat. Birinchisi musiqiy asboblar yordamida musiqiy asarlarni ijro etishga oid. Ikkinchisi esa ohanglarning kelib chiqishi va musiqiy asarlarni yaratilish qonunlarini o'rganadi. Forobiyning ta'biricha3 san'at, shu jumladan, musiqa ilohiy ne'mat emas, balki inson ijodining mahsulidir. Uning vazifasi insonga o'z intellektual va axloqiy sifatlarini takomillashtirishda foydali bo'lishidan iborat.

Musiqashunoslik ilmining musiqiy tarixiy-nazariy fanlar mazmuni o'quvchilarga musiqiy san'at xususiyatlarini yetkazish yo'llarini topishga, ularga hayotning musiqiy obrazlarda aks etishi, musiqiy ifoda vositalarining ahamiyatini tushunti-rishda, musiqiy asarlarni badiiy tahlili metodlari va texnologiyalarini aniqlashda yordam beradi. Musiqa tarixi, asosiy yo'nalishlar, uslub va janrlarn-ing rivojlanishi, yirik kompozitorlarning o'ziga xos ijod yo'li haqidagi bilimlar maktab o'quvchilarining musiqiy didini tarbiyalash, ularning dunyoqarash-ini kengaytirishga asos bo'ladi.

2 Tashmatova Azatgul. Ijrochilik san'ati tarixi. Musiqa oliy ta'lim muassasalari uchun darslik. - Toshkent: «Musiqa» nashriyoti, 2017. - 34-b.

3 Xayrullayev M.M. Abu Nasr Forobiy, - T.: 1966.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)

Tadqiqotning obyekti.

Umumiy musiqa ta'limi jarayonida musiqiy estetik tarbiyani takomillashtirish o'quvchilar tin-glaydigan asarlar mazmuni va ushbu musiqaga nisbatan munosabatiga bog'liq. Shunday bo'lsa-da, yuqoridagi holatlar asosida o'quvchilarning xalq musiqasiga nisbatan qiziqishlarini yetarli darajada shakllantirish jarayoniga bo'lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Turli ta'lim bosqichlarida turli darslarni o'qitish jarayonida, har xil vositalar orqali o'quvchilarni estetik tarbiyalash masa-lalariga qaratilgan ilmiy-uslubiy ishlar mavjud. Ammo, boshlang'ich sinflar musiqa darslari jaray-onida o'quvchilarning savodxonligini shakllantirish notalar vositasida oddiy qo'shiqlarni kuylay olish masalasida nisbatan adabiyotlar oz. Musiqa savodi bilan tanishtirish asosiy ta'lim mezoni bo'lib, o'quvchilarni ijro etilayotgan asarning yaratilish tarixi, muallifi, asarning shakli, mantiqiy mazmuni, undagi obrazlar uyg'unligi, asarni tuyg'u-obrazli idrok qilish, unga munosabat bildirish, og'zaki yoki yozma tavsiflash kabi asarning mazmunini anglash, estetik ta'sirini his etishga qaratilgan harakatlar kamdan-kam o'qituvchilarning ish faoli-yatida kuzatilmoqda.

Ma'lumki, musiqa o'qituvchisi o'quv tarbiya ish-larini baravariga olib boradi. O'quvchilarni musiqa san'ati orqali tarbiyalashda o'qituvchining yaxshi sozandalik mahorati, yaxshi ovozga ega bo'lishi nota o'qish, turli vositalardan oqilona va o'rinli foydalana olishi, so'z mahorati, o'quvchilarni qobil-iyatlarini oshira bilishi muhim. Jonli ijro (cholg'u asboblarda chalish, qo'shiq kuylash) aytilgan kuy-qo'shiq sinfda o'quvchilarga o'zgacha ruhda ta'sir etadi, kayfiyatlarini ko'taradi. Musiqa o'qituvchisi bulardan tashqari darslarni kuzatib borishi lozim. Doimiy kuzatishlar sababli o'qituvchi pedagogik mahoratini oshirib boradi.

Tadqiqotda qo'llanilgan usullar.

Har bir ijrochilik sinfi: yakka kuylash, dirijyor-lik, musiqa asbobi bo'lg'usi muallimda o'quvchilar bilan ishlashda ularda ovozni saqlash va rivojlanti-rish, xor bilan ishlash, musiqiy asarni ifodali ijroda ko'rsata olish - o'quvchilarda musiqaga ijodkor-lik hisini o'stirish malakalarini shakllantirish bilan metodikaga o'z hissasini qo'shadi.

Musiqa o'qitish metodikasi fanining asosiy tus-hunchalari "tarbiya-ta'lim» - «rivojlantirish» va ularning o'zaro bog'liqligidir.

Tarbiya - pedagogikada tarbiya deganda bolalar, o'smirlar, yoshlarning jismoniy, ma'naviy kuchlarini rivojlantirish, ularning dunyoqarashini shakllantirish tushuniladi.

Musiqa hayotni aks ettirishi, hayot bilan bog'liqligi, uning musiqa ijodkori, ijrochisi va tin-glovchisining hayotiy qarashlariga bog'liqligi musiqani tarbiya vositasiga aylantiradi. Musiqiy tarbiya jarayonida o'quvchida axloqiy, aqliy, estetik jismoniy sifatlar tarkib topadi.

Ta'lim - bilimlar majmuasini o'zlashtirish jaray-onidir. Xususan, musiqiy ta'lim o'quvchilarni turli musiqiy faoliyatlarga o'rgatish, musiqiy tasavvur, bilim, malaka va ko'nikmalar berish va bu bilim-larning o'quvchilar tomonidan o'zlashtirishi jaray-onidir.

Rivojlantirish - eng oddiy, sodda musiqiylik ko'rinishlaridan murakkablariga qarab takomillash-ish. Boshqacha aytganda, musiqiy qobiliyatlarning o'sishi va shakllanishi jarayoni rivojlanishni hosil qiladi.

O'quvchilarga musiqiy ta'lim berish, ularni tarbiyalash va rivojlantirish ishlari yaxlitlikda olib borilishi musiqa pedagogikasining eng muhim qonuniyatlaridir.

Musiqa o'qitish tamoyillari.

Musiqa o'qitish tamoyili (prinsiplari) - bu musiqiy ta'lim-tarbiya jarayoniga qo'yiladigan talablar yig'indisidir.

Musiqa o'qitish metodikasi pedagogika fani sifatida uning umumiy qonuniyatlariga bo'ysunadi va umumdidaktik tamoyillarga asoslanadi:

• tarbiyalovchi ta'lim;

• ilmiylik, tizimlilik va izchillik;

• musiqiy materialning qulayligi va bolalar yoshiga mosligi;

• ko'rgazmalilik;

• tasavvur, bilim, malaka va ko'nikmalarning mustahkamliligi;

• o'quvchilar musiqiy faoliyatining faolligi, mustaqilligi;

• musiqiy tarbiyaning hayot bilan bog'liqligi.

Mazkur tamoyillar o'qituvchi hamda o'quvchilar

tomonidan bajariladigan barcha ta'lim komponent-lari - dars mazmuni, metodlari, dars tuzilishidagi asosiy talablar va yo'nalishlarni belgilab beradi.

Shu bilan bir qatorda musiqa o'qitish metodikasi o'zining xususiy tamoyillarini ham ilgari suradi. Bulardan: emotsionallik va onglilikning

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 1 (132)

birligi hamda badiiylik va texnikaning birligi tam-oyillarini ko'rib chiqamiz.

Emotsionallik va onglilikning birligi tam-oyili. Bu tamoyilning zarurligi musiqa san'ati va uni idrok etishning o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Musiqani idrok etishni rivojlantirish undan olingan hissiy taassurotlar, uning ifoda vositalarini anglashni talab etadi. Musiqiy asarni tinglashdan olingan hissiy ta'sirni ong bilan qabul qilish uning mazmunini tushunishga, o'quvchilarda musiqiy tajriba to'plashga yordam beradi. O'quvchilarning fikri, kechinmalari, hissiyotlarini boyitadi, musiqan-ing ta'sirini kuchaytiradi. Mazkur tamoyilni musiqa o'qitishda qo'llash o'quvchilarda ijro etilgan asarga baho berish qobiliyatini o'stiradi va shu asosda ularning qiziqishi, musiqiy didi, ehtiyojlari tarbi-yalanadi.

Badiiylik va texnikaning birligi tamoy-ili. Musiqiy asarni badiiy va ifodali ijro etish uchun ma'lum bir malaka va ko'nikmalar talab etiladi. Masalan, qo'shiqni o'rganish jarayon-ida o'quvchilarda vokal-xor malakalari shakllan-tiriladi. Bolalar cholg'ularida ijro etish uchun ham birgalikda chalishning eng oddiy usul va yo'llarini o'quvchilar egallashlari lozim. Bunda ijrochilik malakalari badiiy vazifalarga, ya'ni musiqiy asar obrazi, kayfiyatining yorqin, ifodali yoritilishiga qaratil-gan bo'lishi talab etiladi. Bunda musiqiy asarning badiiy ijrosiga erishish maqsad bo'lib, malaka va ko'nikmalarni egallash shu maqsadga yetishishda vositadir.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Bu tamoyillar o'quvchilarda musiqiy qobiliyat-larni, musiqaga qiziqishni, did va musiqa madani-yatini rivojlantirishga qaratilgan.

Musiqiy qobiliyatlar, ularning turlari, max-sus (ijrochilik, bastakorlik) va umumiy musiqiy qobiliyatlar, ularning rivojlanish shart-sharoitlari masalalari ko'plab tadqiqot o'tkazgan olimlardan (B.Teplov, V.Myasishev, B.YAvorskiy, V.Petrushin va h.z.), pedagoglar (L.Barenboym, V.Beloborodova, YU.Aliev, N.Vetlugina), musiqashunoslar (B.Asafev, A.Alekseev va b.) tomonidan keng o'rganib chiqil-gan. Hozirda ham bu muammolar o'z dolzarbligini saqlab kelmoqda.

Mutaxassislar musiqiy eshituv, ritm hisi, musiqiy xotirani musiqiy qobiliyatlarning asosiy ko'rinishlari deb belgilaydilar.

Musiqiy eshituv qobiliyati - bu tovushning baland-pastligi, kuchi, tembri va davomiyligini his etishdir.

Musiqiy ritm tuyg'usi - musiqadagi vaqt-o'lchovli harakatni, uning ifodaviyligini his etish, aniq ijro etish qobiliyatidir.

Musiqiy xotira - bu musiqiy asarni tez va uzoq vaqt yodda eslab qolish qobiliyati. Bu qobiliyat-lar umumlashma nom bilan musiqiy pedagogika amaliyotida musiqiylik deb ham yuritiladi. Ammo musiqiylik 3 ta qobiliyat bilan cheklanmaydi. Musiqiylikning asosini musiqadagi ifodaviy maz-mun, obrazni tushuna olish, unga hissiy muno-sabat ko'rsata olish qobiliyatlari ham hosil qiladi. Darsda o'quvchilarni musiqani diqqat bilan tin-glash, asarlarni qiyoslash, taqqoslash, eng yorqin va idrok etilgan asarlarga baho bera olishga o'rgatish, musiqa ijrochiligi uchun lozim bo'lgan malaka va ko'nikmalarga o'rgatish - musiqiy qobil-iyatlarni rivojlantirish demakdir.

«O'quvchining musiqiy madaniyati» tushun-chasi keng qamrovli bo'lib, quyidagilarni o'z ichiga oladi:

• o'quvchining ijtimoiy-badiiy shaxsiy tajri-basi - axloqiy estetik qarashlari, hissiyotlari, did va ehtiyojlari;

• o'quvchining musiqiy rivojlanganligi -musiqa san'atiga qiziqishi, musiqaga emotsional munosabati, musiqiy kuzatuvchanligi, turli xil badiiy musiqa namunalariga bo'lgan ehtiyoji;

• o'quvchining musiqiy bilimlari - musiqani idrok va ijro etish uchun lozim bo'lgan tasavvur, bilim, malaka va ko'nikmaga egaligi, san'at va hay-otga hissiy munosabati, rivojlangan musiqiy-este-tik didi, musiqaga bo'lgan tanqidiy saralash muno-sabatlari.

Natija va amaliy misollar.

Musiqa haqidagi bilimlarni tizimli ravishda o'zlashtirish, malaka va ko'nikmalarni shak-llantirish, birinchi navbatda, bolalarda hissiy ta'sirchanlikni, musiqaga qiziqishni rivojlantirishga qaratilgan bo'lishi lozim. «Tarbiyaning eng oliy ko'rinishi - tuyg'ular tarbiyasi» deb yozadi qozoq shoiri M. Shoxonov1.

Umumta'lim maktablarida musiqa ta'limi aniq ishlab chiqilgan tizim asosida olib boriladi. Bu tizim o'zaro bog'langan tarbiyaviy, ta'limiy va rivo-jlantiruvchi vazifalarni o'z ichiga oladi.

1 Aytmatov Ch., Shoxonov M. Cho'qqida qolgan ovchining ohi-zori. - Toshkent: «Sharq» nashriyot-matbaa konserni bosh tahririyati. 1998.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)

Tarbiyaviy vazifalarga o'quvchilarda musiqaga bo'lgan qiziqish va muhabbatni, musiqa bilan muloqotda bo'lish ehtiyojini tarbiyalash, ularda estetik hislarni, badiiy did, axloqiy sifatlar va dun-yoqarashlarni tarbiyalash kiradi.

Ta'limiy vazifalarga o'quvchilarni musiqa tin-glash, jamoa bo'lib kuylash, bolalar cholg'ularida chalish, musiqa savodi, musiqa - ritmik harakatlar bajarish kabi turli musiqiy faoliyatlarga o'rgatish; ularni o'zbek xalqi va jahon musiqa madaniyatin-ing nodir asarlari bilan tanishtirish, ularga musiqa haqida, kompozitorlar va ijodkorlar, cholg'ular, qo'shiqchilik ovozlari, janr, uslub, shakllar va hokazo haqida bilim-tasavvur va malakalar berish kiradi.

Rivojlantiruvchi vazifalar o'quvchilarda musiqiy - ijodiy qobiliyatlarni, musiqiy idrok va diqqatni, tasavvur, musiqiy eshituv va xotirani, kuylash ovozlari, musiqiy asar haqida ijodiy fikr yurita olish va unga baho berish malakalarini hosil qilishni nazarda tutadi.

O'quvchilarga musiqiy ta'lim berish tarbiyalov-chi va rivojlantiruvchi bo'lishi lozim. Bu musiqiy pedagogikaning muhim talablaridan biridir.

Musiqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari uning mazmuni va shaklini belgilaydi.

Musiqa darsi - maktabda musiqa o'qitishni tashkil etishning asosiy shaklidir. Maktabda musiqiy to'garaklar, fakultativ mashg'ulotlar olib boriladi, ammo dars hamma bolalarni yalpi tarzda qamrab olishi sababli o'z ahamiyatini yo'qotmaydi.

Musiqa darslari bir qator xususiyatlariga ko'ra boshqa fanlardan farq qiladi:

birinchidan - musiqa darslari boshqa maktab fanlaridan o'zining badiiyligi, bolalarda emot-sional tuyg'u va kechinmalar uyg'otishi bilan ajralib turadi. Musiqa ayniqsa, bolalarning aqliy va axloqiy rivojiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ijobiy his-tuyg'u insonning aqliy faoliyatini o'stiradi. Fiziologlarning aytishicha, bola aqliy rivojining kaliti uning hissiyoti sohasida turadi. Musiqa mashg'ulotlari bolalarning badiiy qobili-yatlarini rivojlantirib, ularda ijodiy kuch, tasav-vur, fantaziyani uyg'otadi. Qadimdan ma'lumki, badiiy ijodiy tasavvur bilan ilmiy fikrlash o'rtasida katta bog'liqlik bor. V.Belinskiy aytganidek: «Ilm va san'at mazmuni bir. Olim fikrlar tizimi asosida ishontiradi, ijodkor - obrazlar bilan. Ammo ikka-

lasi ham bir xil ishontiradi»1. Musiqiy asardan olin-gan emotsional ta'sir o'qituvchining ifodali ijrosi, mimika, harakat, so'z orqali yanada kuchayadi. Butun dars musiqa bilan «sug'orilgan» bo'lishi lozim. Musiqa-bolalar-o'qituvchi - darsning asosiy bo'g'inlaridir.

ikkinchidan - u musiqa tarixi, nazariyasi va ijro-chiligiga doir turli namunalardan kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodi, musiqa tahlili va adabiyoti elementlaridan iborat;

uchinchidan - musiqa darsi o'quvchilar tomoni-dan bajariladigan turli musiqiy faoliyatlarni o'z ich-iga oladi. Boshlang'ich sinflarda kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodi, ritmik xarakterlar, bolalar cholg'ularida ijro, ijodkorlik kabi faoliyatlar qo'llanilsa, o'rta sinflarda dars asosan to'rtta faoli-yat: tinglash, kuylash va musiqa savodi va musiqa ijodkorligi asosida olib boriladi.

Hozirda amalga tatbiq etilgan bu yangi dastur mavzuli tuzilishiga ega, ya'ni yil, chorak va dars mavzulari, musiqaning «tili», boyligi, o'ziga xos mazmuni, musiqa san'atining boshqa san'atlar - rang tasvir, adabiyot, raqs bilan bog'liqligini muayyan ketma-ketlik asosida yoritib beradi.

Darsda o'quvchilar o'zbek xalq musiqasi, o'zbek kompozitorlarining yorqin ajoyib asarlari va jahon musiqasining namunalari bilan tanishadilar. O'zbek mumtoz musiqa merosining nodir asarlari bilan tanishish va o'zlashtirish o'quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirishning asosi bo'lib xizmat qiladi.

Xulosa.

O'quvchilarda musiqa idrokini rivojlantirish o'qituvchidan turli metod va usullardan oqilona foydalanishni talab etadi. Musiqa qonuniyat-lari, musiqa san'ati xususiyatlari oddiy janrlar-dan murakkablariga qarab bosqichma-bosqich o'zlashtirilishi ta'minlanishi musiqaning tarbiyaviy ta'sirini kuchaytiradi. Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va madaniy merosiga, san'at olamida kerakli o'rin tutgan musiqa san'atiga e'tibor yanada kuchaydi. Bu o'rinda azaliy an'analarimizni tobora to'laroq tiklash, moddiy va ma'naviy dur-donalarimizni, shu jumladan, musiqiy merosimizni mufassal o'rgana borish nihoyatda muhim ahami-yat kasb etmoqda. Uni yosh avlodlar tomonidan ilmiy-nazariy asoslarini o'rganish hamda amaliy-ijodiy jihatdan puxta o'zlashtirish uchun so'nggi

1 Umurov Нотам. Adabiyotshunoslik nazariyasi. -Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 1 (132)

yillarda barcha zaruriy shart-sharoitlar yuzaga keltirgani etirof etish lozim.

Musiqa tarbiyasi estetik tarbiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Inson shaxsini shakllantiruv-chi yetakchi omillardan biri - ta'lim-tarbiyadir. Estetik tarbiya esa uning tarkibiy qismi sifatida go'zallikning mohiyati, estetik va axloqiy hissiyot-larning birligi, san'atning xalqchilligi to'g'risidagi ta'limotga suyanib, bolalarning obyektiv dunyo haqidagi bilimini kengaytiradi va chuqurlashti-radi, ijodiy qobiliyatini va iste'dodini o'stiradi hamda ularda yuksak ma'naviy fazilatlarning tarkib topishiga yordam beradi. Odatda, estetik tarbiyaning maqsadi bolalarda estetik his-tuyg'u va fikr-larni rivojlantirish, go'zallikni ko'ra bilish va ular-dan zavqlana olishdan iborat, deb tushuniladi.

Aslida estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari bu bilan chegaralanib qolmaydi, Bolalarni go'zallik va xunuklikni, yuksaklik va tubanlikni, shodlik, kul-fatni anglash va ko'ra bilishga o'rgatadi. Estetik tarbiya umuminsoniy va milliy qadriyatlar qaror topishiga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, his-tuyg'ulariga, tasavvuriga, e'tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulq-atvoriga ta'sir o'tkazadi.

Musiqa san'ati estetik tarbiyaning muhim omili sifatida shaxs shakllanishiga kuchli ta'sir etadi. Oil-ada, bog'chada, maktabda musiqa mashg'ulotlarini maqsadga muvofiq tarzda uyushtirish, yosh avlod-ning ichki dunyosini boyitish va san'atni to'g'ri tushunishdagi samarali yo'ldir. Musiqa san'ati inson hayotining ilk yillaridanoq uning hamrohiga aylanib, umumiy madaniy rivojlanishiga salmo-qli hissa qo'shadi. Musiqa inson umrining doimiy yo'ldoshi. Stendalning aytishiga ko'ra, musiqa -san'at turlari ichida insonning yuragiga chuqur kirib, uning ichki kechinmalarini aks ettirishga qodirdir. «Musiqa san'atning ifodali turi tizimiga kiradi. Musiqa ham voqea- hodisalarni ifodali aks ettiradi. Ammo u me'morchilikdagi kabi fazo va moddiy ashyo o'lchovlari bilan belgilanmaydi. Musiqa ko'rish orqali emas, balki eshitish vosita-sida idrok qilinadi. Musiqa mavzui o'z xususiyatiga ega bo'lib, inson va voqelikdagi barcha tomonlarni qamrab ololmaganligi uchun, eng avvalo, inson ichki ma'naviy dunyosini, uning tuyg'u va kayfi-yatini ifodalaydi... musiqa voqelikning his-tuyg'uli qiyofasini yaratadi».

Kelajak jamiyat a'zosining insoniy va ijobiy fazilatlari aynan bolalikdan boshlab shakllana boradi. Aynan shu davrda musiqa ijobiy sifatlarni

shakllantiruvchi vosita hisoblangan. Musiqa ash-ula va raqs tarkibida ham vujudga keladi va key-inchalik badiiy ijodning mustaqil turiga aylanadi, o'ta o'ziga xos badiiy ifoda «til»iga ega bo'lib, maxsus ishlab chiqilgan va tanlab olingan tovush-lar ana shu «til»ning manbaidir.

Albatta, musiqa shaxsni shakllantirishning, uning ijobiy fazilatlarining yo'nalishlarini o'z-o'zidan belgilab bermaydi. Tarbiyaviy ta'sirning eng muhim tomonlari musiqiy asarning g'oyaviy mazmuniga bog'liqdir. Ana shu bilan musiqiy-estetik tarbiyaning vazifalari belgilanadi.

Demak, bolalarning estetik, musiqiy hamda shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishda musiqa san'atining o'rni beqiyosdir. Musiqa kishiga har tomonlama ta'sir ko'rsatar ekan: kuy va uning musiqiy ifodasi kishining hissiyotiga chuqur ta'sir qilib, unda har xil hislarni uyg'otadi, turlicha kay-fiyatlarni hosil qiladi. Qo'shiqning matni, g'oyaviy mazmuni faqat hissiyotga emas, balki tinglovchi-larning ongiga ham ta'sir qilib, ularni hayajon-lantiradi va fikrlashga majbur etadi. Kishilarda asarda aks etgan ma'naviy muammolarga nisbatan muayyan munosabat uyg'otadi. Bunday ta'sir g'oyat murakkab va kuchlidir.

Uzluksiz ta'lim tizimida maktabgacha ta'lim muhim o'rin egallaydi. Hozirgi kunda maktabgacha ta'lim muassasalarining ahamiyati uzluksiz ta'limning oldingi bosqichi sifatida muhim rol o'ynamoqda. Shuning uchun har bir fanning alo-hida o'qitilish ahamiyati oshib bormoqda. Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi har bir fanning asosiy vazifasi bolalarni fikrlash va o'ylashga o'rgatishdir.

O'zbekistonning jamiyat hayotini bar-cha jabhalaridagi amalga oshiriladigan tub o'zgarishlarning negizi milliy, ma'rifiy an'analarimizning zaminini yanada mustahkam-lash, zamon talablari bilan uyg'unlashtirish orqali dunyoning zamonaviy ilg'or o'qitish usullari bilan boyitishga asosiy urg'u berildi. Bu esa o'z navba-tida ta'lim tizimining moddiy texnika va axborot bazasini mustahkamlash, o'quv - tarbiya jarayo-nini yuqori sifatli o'quv adabiyotlari va ilg'or peda-gogik texnologiyalar bilan ta'minlanishini taqozo etadi. Shu sababli ham musiqa sohasida ham ped-agog kadrlarni tayyorlash jarayonida ularning kasb mahoratini ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida shakllantirish bugungi kunning muhim talabi sifa-tida qo'yilmoqda.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 11 (132)

с МАКТАБ ТАЪЛИМИ / ШКОЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 41 и

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: Ozbekiston, 2016.

2. Urmanova L.A. Musiqa nazariyasi. Oliy ta'lim muassasalari uchun o'quv qo'llanma. -Toshkent: 2012. 4-b

3. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - Toshkent: Ma'naviyat, 2008.81-b

4. Mannopov S. O'zbek xalq musiqa madaniyati. - Toshkent: Yangi avlod, 2004.

5. Buyuk siymolar, allomalar. - T: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1995.

6. Yo'ldashev S.Q. Musiqa tarbiyasi va ta'limning rivojlanishi. - T.: 1995.

7. Omonullaeva D. Umumta'lim maktablarida mu1siqa ta'lim tarbiya konsepsiyasi.

8. Soipova D. Musiqiy va musiqiy nazariy bilimlarni o'zlashtirish jarayonini takomillashtirish. - T.: 2005.

9. Xasanov А. Musiqa va estetik tarbiya. - T.: O'qituvchi, 1993.

10. Ibrohimov O.A. O'zbek xalq musiqa ijodi. Metodik tavsiyalar, 1-qism. - Toshkent: 1994.

11. Qoraboyev U. Madaniy tadbirlar. - T.: 2009.

12. Qoraboyev U. O'zbekiston bayramlari. - T.: O'qituvchi, 1991.

13. Nurmatova M.A. «Musiqa o'qitish metodikasi va maktab repertuari» fani buyicha ma'ruza matnlari. - Urg.: 2007.

14. Omonullaev D., Yormatov Sh. Ibragimov. nporpaMMbi lkz oбщeбрaзoвaтeльныx шшл no My3biKe.

15. http://www.tdpu.uz

16. http://www.pedagog.uz http://www.ZiyoNet.uz.

17. Pedagogs international research journal www.pedagoglar.uz 63 volume-2, issue-1, january-2022 umumta'lim maktablarida musiqa madaniyati darsini o'tishning yangicha uslublari qobil voxidov

18. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-son qarori. - https://lex.uz/uz/docs/-5849580

19. Jonmatova X . Abu Ali Ibn Sino ta'lim tarbiya to'g'risida. - T.: Fan, 1980. - 81-b.

20. Tashmatova Azatgul. Ijrochilik san'ati tarixi. Musiqa oliy ta'lim muassasalari uchun darslik. - Toshkent: «Musiqa» nashriyoti, 2017. - 34-b.

21. Xayrullayev M.M. Abu Nasr Forobiy. - T.: 1966;

22. Aytmatov Ch., SHoxonov M. Cho'qqida qolgan ovchining ohi-zori. - Toshkent: «Sharq» nashriyot-matbaa konserni bosh tahririyati, 1998.

23. Umurov HoTaM. Adabiyotshunoslik nazariyasi. - Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 1 (132)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.