Научная статья на тему 'CHOLG’UDA IJRO ETISHNI O’RGATISH'

CHOLG’UDA IJRO ETISHNI O’RGATISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
194
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Cholg’u / estetik / individual / kuy / emotsional / badiiy / obraz / metod. / instrumental / aesthetic / individual / melodic / emotional / artistic / image / method.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abdullayeva, Elmiraxon Mamatisoq Qizi

Ushbu maqolada musiqa ta’limida ish boshlayotgan ayrim yosh mutaxassislar yetarli darajada o’rgatish tajribasiga ega emasligi sababli ish faoliyatida qator qiyinchiliklarga duch keladilar, cholg’uda ijro etishni o’rgatishni nimadan boshlash kerak, turli ijro etish usullarini qanday o’rgatish kerak kabilar xaqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING TO PLAY IN THE INSTRUMENT

In this article, some young professionals who begin their musical education face a number of difficulties in their work due to the lack of pedagogical experience, how to start learning to play an instrument, how to teach different performance techniques, etc.

Текст научной работы на тему «CHOLG’UDA IJRO ETISHNI O’RGATISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

CHOLG'UDA IJRO ETISHNI O'RGATISH

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-5-2-202-207

Abdullayeva Elmiraxon Mamatisoq qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining Tarix fakulteti II oliy ta'lim 4-kurs talabasi,

Andijon viloyati Buloqboshi tuman XTB ga qarashli 31- umumiy o'rta ta'lim

Ushbu maqolada musiqa ta 'limida ish boshlayotgan ayrim yosh mutaxassislar yetarli darajada o'rgatish tajribasiga ega emasligi sababli ish faoliyatida qator qiyinchiliklarga duch keladilar, cholg 'uda ijro etishni o 'rgatishni nimadan boshlash kerak, turli ijro etish usullarini qanday o 'rgatish kerak kabilar xaqida so 'z boradi.

Kalitso'zlar: Cholg'u, estetik, individual, kuy, emotsional, badiiy, obraz, metod.

In this article, some young professionals who begin their musical education face a number of difficulties in their work due to the lack of pedagogical experience, how to start learning to play an instrument, how to teach different performance techniques, etc.

Keywords: instrumental, aesthetic, individual, melodic, emotional, artistic, image, method.

Bugungi kunda yurtimizda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga e'tibor kuchaydi, an'analarning tiklanishi musiqa san'atida ham o'z ifodasini topmoqda. Ajdodlarimizdan meros bo'lib kelayotgan va hozirda yaratilayotgan mazmunan boy asarlarni keng targ'ib qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratildi. O'zbekistonda jamiyat musiqiy madaniyatini rivojlantirib borish respublikamizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha 2017-2021-yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasining negizlaridan birini tashkil qiladi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san'at sohasini rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilg'or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san'at muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama q o'llab-quvvatlash masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda. Bugungi kunda musiqa san'ati insonlarga va ayniqsa, yoshlarga ko'tarinki ruh berishi, ularni ijodkorlikka, bunyodkorlikka yo'naltirishi bilan ahamiyatlidir. Shuning uchun

maktabining musiqa va tarix fanlari o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mamlakatimizda musiqa san'atini rivojlantirish, yosh iste'dodlarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishga katta ahamiyat berilmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

«Cholg'u ijrochiligi» sinfida milliy musiqiy qadriyatlarimizni chuqur o'rganish, milliy xalq kuylarini alohida yuksak badiiy did bilan ijro etish malakalarini takomillashtirishga alohida e'tibor beriladi. Darslar jarayonida ta'limning tarbiya bilan mushtarakligiga erishish maqsadida, talabalar yuksak axloqiylik, milliy ong, milliy tuyg'u, milliy iftixor, Vatanni sevish va ardoqlash hislarini tarbiyalab borish ham asosiy vazifalardan hisoblanadi.Yosh mutaxassisning o'zi cholg'uda ijro etishni a'io darajada o'zlashtirgan bo'lsa ham, ba'zida o'rgatish ishiga kelganda no'noqlik qilib qoladi. Tarbiyalash ishi barcha o'quv predmetlarini o'rganish jarayonida amalga oshirilib, o'quvchilarda keng dunyoqarash, yuksak ahloqiy va estetik ong, mehnatga katta munosabat bilan qarash sifatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Cholg'uda ijro etishni o'rgatishdagi dars o'tish jarayoni ta'lim-tarbiya ishini amalda qo'llash uchun keng imkoniyat yaratib beradi. Bu imkoniyatlardan biri-ijro etishni o'rgatish jarayonining yakka dars shaklida olib borilishidadir. Unda o'qituvchi va o'quvchining turli mazmundagi suhbat va fikr almashuvi uchun qulay sharoit tug'iladi. O'quvchi bilan darsni yakka tarzda o'tish (individual) usuli o'qituvchiga talabaning dunyoqarashi, fanlarni o'zlashtirish darajasini to'g'ri aniqlab tarbiyaviy ta'sir o'tkazishga katta yordam beradi. Cholg'uda ijro etishni o'rganish ko'p mashq qilishni talab etadi. Buning uchun o'quvchi mashg'ulotlarga muntazam ravishda tayyorlanishi lozim. Bu esa o'quvchining o'rganish va o'zlashtirish faoliyatini ma'lum darajada tartibga soladi. Cholg'uda ijro etishni o'rgatish jarayoni o'quvchilarni estetik tarbiyalash ishi bilan chambarchas bog'liqdir. Xalqimizning boy mazmunga ega bo'lgan klassik asarlari hamda zamonaviy kompozitorlarning musiqa asarlari bilan yaqindan tanishishi estetik tarbiyani amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. O'quvchilarning estetik qarashlarini shakllantirish ishini dars mobaynida biror kuyni tahlil qilib, ijro etish misolida ham kuzatish mumkin.

Bunda o'quvchilarga kuyning tuzilishi va jozibasi tushuntirib boriladi. Bevosita ijro etish harakatlarini o'rgatishni ham estetika asosida olib borish zarur. Masalan, ijro etish harakatlari qo'pol va beo'xshov emas, balki nozik va chiroyli bo'lishi kerak. Bu jarayonda estetik tarbiya ishini amalga oshirishning mavjud bo'lgan shakllaridan yana biri yetuk sozandalar ijrolarini magnit lentasi yoki video yozuvidan tinglab o'rganishdir. O'quvchilar musiqa asari bilan turli vaziyatlarda tanishadilar va asarning badiiy obrazini asta-sekin tushunish ko'nikmasi hosil bo'lib boradi. Shu

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

asosda musiqaga muhabbat, qiziqish va ehtiyoj tug'iladi. Bu jarayonga rahbarlik qilish ishi o'qituvchidan o'ziga xos alohida mahoratni talab etadi. O'qituvchi faqat qoida va metodlarni bilibgina qolmay, balki pedagogik san'atni to'la egallagan bo'lishi kerak. O'rgatish ishining tarbiyaviy va rivojlantirish xarakteriga ega ekanligini quyidagi yo'nalishlarda ko'rish mumkin:

Emotsional ruhning ahamiyati, musiqa, doimo to'lqinlantirishi, hayajonlantirishi, quvonch baxsh etishi, qiziqishini uyg'otishi kerak, ijro etish uchun kerakli bo'lgan harakatlarni taqqoslash, tahlil etish, baho berish, o'z ijrosini tinglab, nazorat qilish (musiqa asarining xarakterini to'g'ri ochib berish, badiiy ijro xatolarini tuzatish), o'quvchilarning ijro etishdagi mustaqilligini rivojlantirish (asarni mustaqil tahlil qilib ijro etish, ijrochilikdagi usullarni mustaqil aniq qo'llay olish, notanish kuyni eshitib, so'ngra ijro eta olish va boshqalar), ijodiy izlanish sifatlarini rivojlantirish (kuydagi quvonch va g'amginlikni ko'rsata bilish, notanish musiqa ijrosini mustaqil talqin eta bilish).

Agar cholg'uda ijro etishni o'rgatishning dastlabki bosqichlarida musiqaga bo'lgan estetik munosabat aniq ko'rsatmalar asosida shakllantirilsa, keyingi bosqichlarda o'quvchilarning mustaqil ishlash va ijodiy ko'nikmalarni shakllantiradigan talablar qo'yib boriladi.

Estetik munosabatni rivojlantirishda quyidagilarga ahamiyat berishni taqozo etiladi: Kuyning yo'nalishi, usuli va tonalligini eshitib, seza bilish, ijro etishning ifodaliligi, sozanda tashqi ko'rinishining va harakatlarining musiqa xarakteriga mosligi, ijro etishga ijodiy yondoshish, boshqa sozandalarning ijro etish sifatlarini to'g'ri baholay olish va boshqalar.

Yuqorida aytib o'tilganidek, cholg'uda ijro etishni o'rgatish jarayoni asosan individual shaklda amalga oshiriladi. Biroq, tajribadan shu narsa ma'lumki, dars paytida mazkur cholg'u sinfidagi barcha talabalar dars jarayonini kuzatishlari yaxshi natija beradi. Bunda ular o'z tengdoshlarining ijrosi bilan tanishib, ijro paytida yo'l qo'yilayotgan xatolarni takrorlamaslik hamda ijroga to'g'ri baho berish choralarini ko'rishga imkoniyat tug'iladi. Ta'lim-tarbiya jarayoni aniqlik va tartibni talab etadi. Fanning maqsadi mana shu tartibni ochib berishdir. Shu sababli pedagogika fani va uning tarmoqlari ta'lim-tarbiyaning maqsad va mazmunidan kelib chiqqan holda o'quv tarbiya ishlariga mos vosita, shakl va metodlarini ishlabchiqadi.

Cholg'uda ijro etishni o'rgatish tajribasidan shu narsa ma'lumki, metodik jihatdan to'g'ri tashkil etilgan darslar o'quvchining ongiga, sezgi va irodasiga ijobiy ta'sir etibgina qolmay, xatto ularda ma'lum kayfiyat hosil etib, ko'zlangan maqsadga erishishda intizom, mehnatsevarlik va o'z faoliyatiga talabchanlik bilan qarash kabi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sifatlarni ham shakllantiradi. Darsda turli misollardan foydalanish esa o'qituvchidan darsga ijodiy yondoshish va maxsus tayyorgarlikni talab etadi. To'g'ri tanlangan misol o'zining realligi bilan o'quvchilarda haqiqiy ishonch uyg'ota oladi.

Cholg'uda ijro etishni o'rgatish jarayonidagi tarbiya ishining xususiyati va asosi nimalardan iborat? Tarbiyaning asosi bu-birinchi navbatda, o'rgatish ishi o'quv materiallarining va dasturlarining g'oyaviy-nazariy jihatdan yuksak darajada bo'lishidir. Bundan tashqari, tarbiya ishi tarbiyachining shaxsiga, uning ahloqiy sifatlariga va bilimiga ham bog'liq. O'quvchilar ijobiy sifatlarni o'z o'qituvchilaridan o'rganadilar. Shu sababli o'qituvchi o'ziga nisbatan o'ta talabchan, intizomli va bilimdon bo'lmog'i kerak.

Ijro etishni o'rgatish jarayonidagi tarbiya ishi ijodiy xarakterga egadir. O'quvchilarning psixologiyasiga ta'sir etishda o'qituvchi talabalarning o'zlariga suyanishi kerak.

Shunday qilib, ijro etishni o'rgatish jarayonida faqat ko'nikmalar o'zlashtirilibgina qolmay, balki tarbiyaviy vazifalar, jumladan o'quvchilarda keng dunyoqarash, ahloqiy sifatlar, bilim olish qobiliyatlari rivojlantiriladi.

Demak, ijroni o'rgatishishi tarbiyaviy xarakterga ega. O'rgatish va tarbiyalash ishlarining uzviy birligini har bir o'qituvchi o'z mashg'ulotlarida muntazam qo'llashi zarur. O'rgatish va tarbiyalash ishlarining birligi komil inson shaxsini shakllantirishda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.

Xulosa qilib aytganda insonlar individual xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilishi ma'lum. Mutlaqo bir xil xususiyatli odamlar bo'lmaganidek, har bir o'quvchining xususiyatlari ham o'ziga xos va takrorlanmasdir. Ta'lim - tarbiyaning talablari esa barcha o'quvchilar uchun yagona bo'lib qolaveradi. Samarali natijaga erishish uchun o'quvchilarga nisbatan pedagogik vositalarni qanday qo'llash kerak? Ta'lim ishida o'quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish, shu xususiyatlar asosida ishni tashkil etish yuqoridagi savolga ma'lum darajada javob bo'lishi mumkin. Ta'lim jarayonida o'quvchilarga individual yondashish muammosi ijodiy xarakterga ega. Bu jarayonning har bir bosqichiga oldindan aniq ko'rsatma berib bo'lmaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi 30 Pedagogikada tarbiyalanuvchilarga individual yondashish masalasi ta'lim-tarbiya ishining barcha bo'g'inlarini o'z ichiga oladi. Individual yondashishning mohiyati o'quvchi oldiga qo'yilgan umumiy tarbiya vazifasining har bir o'quvchiga, uning barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda pedagogik ta'sir ko'rsatish orqali amalga

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

oshirilishishidir. Amalda xulqi, xarakteri, salohiyati turlicha bo'lgan o'quvchilarni uchratish mumkin. Bazi o'quvchilarning qobiliyatlari yoshlik chog'laridanoq sezilsa, boshqalarida qobiliyatni aniqlash ancha vaqt talab etadi. Ayrim o'quvchilar sho'x, o'yinqaroq bo'lib, ko'p narsaga qiziqsalar, boshqalari vazmin, bosiq bo'ladilar. O'quvchilarning xarakter va xulqlari qanday bo'lishidan qat'iy nazar ularga o'qituvchining e'tibori talab etiladi. O'quvchilarga induvidual yondashish birinchi, navbatda ularda ijobiy sifatlarni mustahkamlash va salbiylarini yo 'qotishga qaratiladi. O'quvchilarning salbiy sifatlarini o'qituvchi vaqtida sezib, bartaraf etish choralarini ko'rishi, kelajakda o'quvchini qayta tarbiyalashdek qiyin ishning oldini oladi. Tarbiyada individual yondashish samaradorligini oshirishda o'quvchi xarakteridagi ijobiy sifatlarga tayanish foydali, degan fikr avvaldan ma'lum. Masalan, cholg'uni o'rganayotgan o'quvchida biror usul boshqalariga nisbatan yaxshi rivojlangan deylik, Repertuar tanlashda o'qituvchi o'quvchining xuddi shu sifatlarini hisobga olishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu o'quvchidagi kamroq rivojlangan sifatlarga e'tiborsizlik bilan qarash, degani emas. Aksincha, o'quvchilardagi ijobiy sifatlardan unumli foydalanish ularda kamroq rivojlangan sifatlarni ishga solish va mukammallashtirishga yordam beradi.

REFERENCES

1. SH.N.RAHIMOV, SH.S.YUSUPOV. «CHOLG'U IJROCHILIGI» fanidan 5141000 «Musiqiy ta'lim» bakalavriat yo'nalishi talabalari uchun mustaqil ishlarni bajarish bo'yicha o'quv qo'llanma. (2011)

2. Z.M.YAKUBOV. CHOLG'U IJROCHILIGI (g'ijjak cholg'usi ) (5111100-musiqa ta'limi mutaxassisligi, Oliy o'quv yurtlari musiqa yo=nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma). (2021).

3. A.Nazaryan, G.Israilov. ORKESTR SINFI (Estrada cholg4i ijrochiligi) O 'zbekiston Respublikasi Oliy va o 'rta maxsus la 'lim vazirligi tomonidan 5150700 -Cholg'u ijrochiligi: Estrada cholg'u ijrochiligi ta 'lim yo 'nalishi uchun o 'quv qo 'llanma sifalida tavsiya etilgan (2017).

4. Elmiraxon Mamatisoq Qizi Abdullayeva (2021). DARS, UNING TURLARI VA TUZILISHI. Scientific progress, 2 (3), 843-852.

5. Sabina Ziyadxon Qizi Miskinova (2022). BOLALARDA CHOLG'U MUSIQA IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISH. Academic research in educational sciences, 3 (3), 1066-1071.

6. Elmirahon Mamatisoq qizi Abdullayeva. (2021). HISTORY AND TODAY'S SIGNIFICANCE OF THE SHANGHAI COOPERATION

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ORGANIZATION. Journal of Central Asian Social Studies, 2(01), 201-208. https: //doi.org/10.37547/i cass/volume02issue01-a29

7. Abdullayeva, E. (2021). THE HISTORY AND PRESENT OF THE BEAUTIFUL AND UNIQUE ANDIJAN. 36ípHUK HayKoeux npa^ SCIENTIA. BHnyneHO Í3 https://ois.ukrlogos.in.ua/index.php/scientia/article/view/10538

8. Abdullayeva, E. (2021). OMEYAD XALIFALIGI TARIXI. 36ipHUK HayKoeux npa^ AörOZ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.39

9. Abdullayeva, E. M. Q., & Abdullayeva, M. M. (2021). History of Dashti Kipchak Uzbeks. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(4), 260-265. https://ijmmu.com/index.php/ijmmu/article/view/2550

10. Kholmatova Feruza Muhammad Umar Kizi. (2022). METHODOLOGY OF TEACHING STUDENTS TO ARTISTIC PERCEPTION OF PAINTING WORKS IN FINE ARTS CLASSES. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(02), 125-135. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crip-03-02-21

11. Akhmedov Mukhomod-Umar Bakhridinovich. (2022). THE IMPORTANCE OF FOLK APPLIED ART IN THE FORMATION OF YOUTH CREATIVE ACTIVITY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(02), 142-156. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crip-03-02-23

12. Khalimov Mokhir Karimovich. (2022). ELEMENTS OF STUDENT SPACE IMAGINATION IN THE TEACHING OF GRAPHIC SCIENCES AND METHODS OF USING IT. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(02), 103116. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crip-03-02-19

13. Fayzullaevich, A. S. (2021). The use of the artistic traditions of uzbek folk art in the lessons of fine art. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 54-61.

14. Jabbarov, R., & Rasulov, M. (2021). FURTHER FORMATION OF STUDENTS' CREATIVE ABILITIES BY DRAWING LANDSCAPES IN PAINTING. 36ipHUK HayKoeux npa^ AörOZ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.09

15. Jabbarov, R. (2019). Formation of Fine Art Skills by Teaching Students the Basics of Composition in Miniature Lessons. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 285-288. doi:http://dx.doi.org/10.52155/iipsat.v17.1.1424

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.