Научная статья на тему 'Munavvarqori Abdurashidxonovning yangi milliy ta’lim tizimi tashkil etilishidagi xizmatlari va pedagogik qarashlari'

Munavvarqori Abdurashidxonovning yangi milliy ta’lim tizimi tashkil etilishidagi xizmatlari va pedagogik qarashlari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1078
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
milliy-ozodlik harakati / ziyoli qatlam / eski-an’anaviy maktab / usuli-savtiya / o’rta maktab / dorilfunun / dunyoviy fanlar / rus tili / imtihon / o’quv dasturi / darsliklar / pedagogik yondashuv va metodlar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mahliyo Abdukarim Qizi Kubayeva, Nigora Shuhrat Qizi Muhammadqulova

Maqolada jadidchilik harakatining buyuk namoyondalaridan biri Munavvar qori Abdurashidxonovning bugungi milliy dunyoviy uch bosqichli ta’lim tizimining poydevori hisoblanuvchi yangi usuldagi boshlang’ich va o’rta maktablar, oliygohlarni tashkil etishdagi xizmatlari, ularda yo’lga qo’yilgan ta’lim-tarbiya jarayoni, eski-an’anaviy ta’lim dargohlaridan farqli va yutuqli jihatlari, o’quv dasturi va darsliklaridagi pedagogik yondashuvlar haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Munavvarqori Abdurashidxonovning yangi milliy ta’lim tizimi tashkil etilishidagi xizmatlari va pedagogik qarashlari»

Munavvarqori Abdurashidxonovning yangi milliy ta'lim tizimi tashkil etilishidagi xizmatlari va pedagogik qarashlari

Mahliyo Abdukarim qizi Kubayeva Nigora Shuhrat qizi Muhammadqulova feruzerkayev97 @gmail. com Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Annotatsiya: Maqolada jadidchilik harakatining buyuk namoyondalaridan biri Munavvar qori Abdurashidxonovning bugungi milliy dunyoviy uch bosqichli ta'lim tizimining poydevori hisoblanuvchi yangi usuldagi boshlang'ich va o'rta maktablar, oliygohlarni tashkil etishdagi xizmatlari, ularda yo'lga qo'yilgan ta'lim-tarbiya jarayoni, eski-an'anaviy ta'lim dargohlaridan farqli va yutuqli jihatlari, o'quv dasturi va darsliklaridagi pedagogik yondashuvlar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: milliy-ozodlik harakati, ziyoli qatlam, eski-an'anaviy maktab, usuli-savtiya, o'rta maktab, dorilfunun, dunyoviy fanlar, rus tili, imtihon, o'quv dasturi, darsliklar, pedagogik yondashuv va metodlar

Munavvarqori Abdurashidkhanov's services and pedagogical views in the establishment of a new national education system

Mahliyo Abdukarim kizi Kubayeva Nigora Shuhrat kizi Muhammadkulova feruzerkayev97@gmail. com Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after

Alisher Navoi

Abstract: In the article, one of the great exponents of the Jadidism movement, Munavvar Qori Abdurashidkhanov, services in the establishment of new-style primary and secondary schools, universities, which are considered the foundation of today's national secular three-level education system, and the education established in them process, different and successful aspects of the old-traditional educational institutions, pedagogical approaches in the curriculum and textbooks are discussed.

Keywords: national-liberation movement, intelligentsia, old-traditional school, usuli-savtia, secondary school, dorilfunun, secular sciences, Russian language, exam, curriculum, textbooks, pedagogical approach and methods

Erur maktab maorifning makoni,

Zamonidur tuning yoshlik zamoni.

Kishi qilg 'ay kishini ushbu maktab,

Bitirgay har ishini ushbu maktab.

(Munavvarqori Abdurashidxonov)

Munavvar qori Abdurashidxonov - O'rta Osiyo "Milliy istiqlol" ozodlik harakatining yo'lboshchisi, jadidlarning ma'naviy otasi, yangi usuldagi milliy maktab asoschisi, hozirgi milliy matbuot, jurnalistika, teatr, oliy o'quv yurtlarining yuzaga kelishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan buyuk tarixiy shaxs, ajoyib hikoya va she'rlar muallifidir. Atoqli jadidshunos, adabiyotshunos olim Begali Qosimovning keltirishicha: "Munavvar qori Abdurashidxonov nomini 30-yillarda Turkiyadagi Mustafo Rashid Posho, Ozarbayjondagi Mirzo Fathali Oxundzoda, Qrimdagi Ismoilbek Gaspirali nomlari qatoriga qo'ygandilar" XIX asr oxiri - XX asr birinchi yarmida xalqimiz boshiga tushgan chorizm va yaqinlashib kelayotgan bolshevizm balolaridan qutulish, ularga qarshi ko'tarilgan ommaviy noroziliklar (Vabo isyoni, Mardikorlikka qarshi qo'zg'alon), dindorlarning mutaassibligi, aholining savodsizligi singari qator-qator yechimini, yechuvchisini kutayotgan muammolar, Munavvar qorini yoshlikdanoq qiynagan. U o'z davrining yetuk ziyolilaridan bo'lib yetishdi va bu ko'rguliklarga ko'nmaslikning (zotan, o'sha zamonning aksar odami bu zulm-qullikni taqdirdan deb bilar, o'z yozuqlarini tahlil ham qilmasdi), Hurriyatga chiqishning yagona yo'lini ma'rifatda, ta'lim-tarbiyada deb bildi. Zero, bunday murakkab vaziyatda kuch bilan, qurol bilan kurashib bo'lmasligi unga ayon edi. Xalqni ilmga, o'zlikni anglashga da'vat etish, jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish, elni ozod, obod ko'rish faol ziyoli qatlamning ozrusi, ustuvor maqsadi edi. Bu, avvalambor, amaldagi eski ta'lim tizimidan voz kechib, yangicha ta'lim tizimini barpo etishni taqozo qilardi, teatrni, gazeta-jurnallar, badiiy asarlar mutoalasini aholi ongiga, turmush tarziga singdirib yuborishni talab etardi. Shu orqaligina avomni millat, xalq darajasiga ko'tarish, milliy g'ururni uyg'otish, istiqlol uchun kurashga otlanish mumkinligiga ko'pgina millat fidoyilari qatori Munavvar qori ham qattiq ishonardi. Buyuk jamiyat arbobi shu orzu-niyatlar ro'yobi uchun butun hayoti, kuch-quvvati, aql-zakovatini safarbar etdi, hatto jonini ham ayamadi. Bu yo'lda Munavvar qoriga otasi Abdurashid Sotiboldixon, onasi Xosiyat otin, akasi A'zamxon domlalarning o'z uylarida maktab ochganlaridan ruhlanish, Turkiya (Ziyo Ko'kalp, Tavfiq Fikrat, Ziyo Poshsho), Qrim (Ismoil Gaspirinski) va Misr (Jamoliddin Afg'oniy, Muhammad Abdo) jadidlari bilan aloqada bo'lish, rus, ozarbayjon, tojik, turk tillaridagi adabiyot, Shekspir, Shiller, Volter, Deni Didro asarlaridan bahramandlik, xorijiy o'lkalardagi turmush tarsi bilan tanishuv, qadimgi islom tamaddunini tiklash ishtiyoqi qanot bo'ldi. Hozirda dunyo mamlakatlarining aksariyatida amalda bo'lgan uch bosqichli ta'lim tizimining milliy shakliga Munavvar qori Abdurashidxonov asos soldi. Bu tizim to'rt yillik boshlang'ich maktablar, ikki yillik o'rta maktablar (Rushdiya maktablari deb

nomlangan) va oliygohlar (hozirgi O'ZMU, SamDU, chet el dorilfununlariga o'qishga yuborish)ni o'z ichiga olardi. Islom Karimov tashabbusi bilan 2009-2017-yillarda amalda bo'lgan "9+3" o'n ikki yillik majburiy ta'limdan so'ng oliy o'quv yurtlarida o'qitishning tarixiy ildizlari Munavvar qori tashkil etgan tizimga borib taqaladi. U 1901-yilda Toshkentning Tarnovboshi mahallasida ilk usuli-savtiya, ya'ni tovush usulli maktabni ochishga muvaffaq bo'ladi. Bu mashaqqatli ishda turkistonlik, toshkentlik, qrimlik va tatar muallimlar uni qo'llab-quvvatlashadi. Yangi maktab o'quvchilari juda qisqa vaqt, ya'ni olti oydayoq xat-savod chiqarar edilar, eski an'anaviy maktablarda esa alifboni bu jarayon besh yilgacha cho'zilgan. Darslar ona tilida tashkil etilgan, ustoz va o'quvchilar munosabati demokratiya tamoyillariga asoslangan edi. Maktabning yana bir yutug'i shundaki, unda diniy va dunyoviy bilimlar uyg'unlikda o'rgatilgan. Vaholangki, o'sha davrda amaldagi ta'lim tizimi o'quvchilar yoshi, ta'lim davomiyligi ahamiyat kasb etmaydigan, aniq va tabiiy fanlarni o'qitish taqiqlangan, arab tilini, kitoblar mazmunini deyarli bilmaydigan mudarrislar dars beradigan, moliyasi mustamlakachilar sherikchilik qilayotgan vaqf daromadlari bilan kifoyalanadigan, o'qitishdagi ko'pdan-ko'p cheklovlar, murakkab talablar tufayli bor yaxshi kadrlar ham chet elga bosh olib ketayotgan, ta'lim tili arab tili etib belgilangan maktab-madrasalardan tashkil topgan edi. Munavvar qorining o'zi Turkestanskie vedomosti" gazetasi muxbiri bilan bo'lgan suhbatda shunday deydi: "...madrasalarda fanlarni uzoq muddat o'qishimga qaramay, men hayot uchun zarur bo'lgan ko'p narsani ola olmadim. Ana o'shanda madrasalarda yillar davomida o'qitiladigan bilimga tez, oson va yengil olib boradigan yo'lni topish haqidagi fikrga keldim. Men yangi qo'llanmali, fundamental zamonaviy pedagogika as osida kichik maktab-madrasalarni tashkil etishni xohlardim" "Xoniya", "Na'muna" deb nomlangan bunday maktablarda imtihonlar ham o'zgacha ruhda o'tgan.Imtihonga o'quvchilarning ota-onalari, din peshvolari, shoirlar, adiblar, jadid ziyolilari, ma'rifatparvar boylar Munavvar qorining rasmiy taklifiga binoan tashrif buyurishgan, o'z bilim-iste'dodini namoyish eta olgan bitiruvchilar boylar tarafidan moddiy rag'batlantirilgan. Munavvar qori Abdurashidxonov "Adibi avval" - alifbo darsligi (1907-yilda chop etilgan, darslik orqali harf tanish juda oson bo'lgani sababli boshqa jadid maktablarida, hatto rus-tuzem maktablarida o'qitilgan), "Adibi soniy" - O'qish kitobi (1907), "Yer yuzi", "Havoyiji diniya", "Til saboqlari" (1925), "Tajvid", "Sabzazor" (badiiy asarlar to'plami) kabi darslik-qo'llanmalar muallifi hamdir. Ustozning 4 yillik boshlang'ich maktablar uchun tuzgan umumiy o'quv dasturiga binoan, 1-sinfda "Adibi avval" darsligi asosida savod chiqarilgan, o'qish, yozish, sodda hisob-kitoblar o'rgatilgan. 2-sinfda "Adibi soniy", "Havoyiji diniya" (Yuzdan katta sonlar va arifmetik amallar kitobi) o'qitilgan. 3-sinfga o'tishgach, "Sabot-ul ojizin", Qur'on bilan tanishuv, "Tarixi anbiyo", "Nasihati atfol", Tajvid", "Arifmetika"(Shapochnikov, Volsov) darsliklari asosida ta'lim olishgan. 4-sinf o'quvchilari esa Qur'on, "Tarixi anbiyo", "Dahrun-

najot", "Nasihat" (R.Faxriddinov), "Hisob masalasi", "Dur - ul shifohiya" kitoblarini, arab, fors, rus tillarini o'rganishgan. Beriladigan bilimlar bolalar yoshiga mos ravishda yildan yilga murakkablashib va ko'payib borgan. Bu maktablar asosida o'lkamizning boshqa hududlarida ham jadid maktablari tashkil etilgan. Munavvar qori o'lkamizda birinchi bo'lib hozirgi milliy dunyoviy o'rta maxsus ta'limning tamal toshlari hisoblanmish ikki yillik "Rushdiya" maktablarini ochdi. Undan andoza olib sovetlar "Lenin maktabi", "Muxtoriyat maktabi"ni ochishdi. O'rta maktabning asosiy maqsadi o'quvchilarni ta'limning keyingi bosqichlariga tayyorlash edi. Mahmudxo'ja Behbudiy oliygohlar ochilishi haqidagi bir suhbatda ushbu maktab haqida shunday deydi: "Toshkentdagi Munavvar qorining maktabi Turkistonda yaratilajak oliy tahsilga zamin bo'lishi mumkin". Boshlang'ich maktablardan farqli "Rushdiya" maktablari pullik bo'lgan, har bir bola uchun ota-onalar 50 tiyindan 1,5 so'mgacha ixtiyoriy to'lov qilishgan. 1912-yildan boshlab Munavvar qori tashkil etgan maktablarda oshkora yo'sinda islom tarixi, turkiylar tarixi, husnixat, siyosiy geografiya fanlari o'qitilgan. Ustoz o'zga tillarni o'rgatishga ham alohida e'tibor bergan. Mustamlaka millatlar tilimizni yuzaki bilsa kifoya deb hisoblovchi hukumatning jadid maktablarida rus tili o'qitilishiga keskin qarshi bo'lishiga qaramay Munavvvar qori bu maqsadiga ham juda ko'p qiyinchiliklar bilan bo'lsa-da erishadi. Sirdaryo viloyat 1-tuman xalq o'quv yurtlari inspektorining yozishicha: "Faqat Munavvar qorida rus tilini o'rgatish uchun ruxsat bor. Uning maktabi rus tili o'qitiladigan yagona maktabdir" Chunki, ustoz "Dushmaningni yengmoqchi bo'lsang, uni yaxshilab o'rgan", naqliga rioya qilgan. Ustoz boshchiligida tuzilgan "Ko'mak"(1909), "Doril ojizin"(1913) xayriya jamiyatlari ko'plab yoshlarning tahsilni xorijda (asosan, Germaniya va Turkiya) davom ettirishlarida moddiy, ma'naviy tirgak bo'lgan. Munavvar qori Abdurashidxonovning sa'y-harakatlari natijasi o'laroq tashkil topgan birinchi milliy oliy o'quv yurti - Musulmon xalq dorilfununi bugungi oliygohlarimizning dastlabki na'munasi edi. U zot bu dargohga o'z tashabbusi bilan rahbarlik qildi, kadrlar, jihozlar, darsliklar bilan ta'minladi. Bu oliygohda keyinchalik - 1928-yilda "televizor", "televideniye"ni kashf qilishdi. Islom Karimov ta'kidlaganidek: "Toshkent universiteti 1920-yilda Rossiyadan kelgan "bolshevoylar" vakillari tomonidan emas, balki 1928-yilda fidoyi ma'rifatparvar Munavvar qori Abdurashidxonov tashabbusi bilan Turkiston xalq milliy dorilfununi sifatida faoliyat boshlagan... Bu tarixiy voqea universitet peshtoqiga alohida lavha qilib yozib qo'yishga munosib" Shunga ko'ra, O'zbekiston Milliy universitetining tavallud sanasi haqli ravishda Musulmon xalq dorilfunun tashkil etilgan sana, ya'ni 1918-yil 12-may etib belgilandi.

Maorif fidoyisining "Adibi soniy" deya nomlangan o'qish, adabiyotga kirish darsligida fanniy va axloqiy darslar doirasidagi turfa xil mavzular (havo, bulut, yil, oy, kun, asr, fasllar, hayvonlar, qushlar, suv, quruqlik; ilm olish, odob o'rganish, ota-onaga, birodarga muhabbat, to'g'rilik-yolg'onchilik, isrof-saxovat-baxillik singari)

sodda, ravon, aniq yoritilgan, mavzu so'ngida esa hikoyat yoki she'riy parchalar keltirilgan. "Iskandar ila Arastu", "Lofchi", "Ikki yo'ldosh", "Hajjoj ila darvesh", "Bola qurboni" hikoyatlari shular jumlasidan. Ular ixcham bo'lishiga qaramay har biri yirik ma'no, yuksak odob, tarbiya na'munalarini tashiydi. Asarning hamd, salovat bilan boshlangani, qurilishi, didaktik ruhda yozilgani Hazrat Navoiyning "Hayrat ul-abror" asarini yodga solidi. Asardan ko'rinadiki, kichik-kichik tarixiy va hayotiy voqealardan, xulosa, chiqara borish negizida bolalarda bilim bilan birga chiroyli tarbiya ham shakllanib boradi. Muallif maktab haqidagi parchada aytadiki, "Onalar bolalarini 6-7 kunligida beshikka soladilar, ko'krak tutib tarbiya qiladilar, 6-7 yoshida esa maktabga beradilar, ustozlar bolani ko'krak kuchlari bilan tarbiya qiladilar, 1-beshik tanani, 2-beshik aqlni, ruhni o'stirishini hisobga olsak, bola uchun 2-beshik, ya'ni maktab ahamiyatliroqdir, zero, aqlsiz tanadan hech kim manfaatdor emas" Arastu va Iskandar haqidagi hikoyatda esa Iskandar shoh ustozi Arastuni hammadan ham ko'proq e'zozlashining sababini mana bunday izohlaydi: "Otam go'yoki mani osmondan yerga tushirdi, ammo, ustodim ilm va odob o'rgatub, martaba va izzatimning ortmog'iga sababchi bo'ldi, shu uchun ustozimni otamdan ortiq izzat qilurman". Ushbu jumlalar bilan maktab hamda ustozlarning hayotimizda nechog'lik katta ahamiyat kasb etishlarini ixcham, badiiy va ulug'vorona tasvirlagan edi.

Ikkinchi renessansdan so'ng ko'p o'tmay mutaassib shaxslar talabi bilan ta'limdan chetlatib qo'yilgan aniq va tabiiy fanlarning o'rganilishi, o'qitilishi ham Munavvar qori Abdurashidxonov nomi bilan bevosita bog'liq. U o'zi tashkil qilgan maktablar o'quv dasturiga insoniyat hayotining uzviy qismi bo'lmish ushbu fanlarni kiritadi, bu "qilmishi" uchun nafaqat rus hukumatining, balki chalasavod ulamolarning ham qattiq qarshiliklariga uchraydi. Ammo o'z yo'lida olg'a davom etib, 3-4-sinflarga geografiya o'qitishga mo'ljallangan "Yer yuzi" darsligini ishlab chiqadi. Unda Yer, Quyosh, Oy singari samo jismlarining shakli-shamoyili, harakatlari, globus, xaritadan tortib quruqlik, suvlar, qit'alar, o'sha davr siyosiy xaritasidagi davlatlar va o'lkalar joylashuvi, chegaralari, iqlimi, relyefi, demografiyasi, shaharlari, taraqqiy topgan sohalari, boshqaruv shakli kabilar to'g'risida o'z davri uchun judayam qimmatli, muhim ma'lumotlarni beradi. Asar tilida qisqa, aniq, tushunarli, obrazli bayon uslubini tanlaydi. Sayyoramizni bunday tasvirlaydi: "Yer - tarbuz yoki apelsinga o'xshash yumaloqdir. Yer hech narsaning ustida turmas, balki Allohi Taoliyning otilgan to'p zambaragiga o'xshash havo orasida yurub turodur. Yer yumalag'anda arobaning g'ildirag'iga o'xshab o'z o'qining atrofida yumalanur." Shu sahifaning ostida muallimlarga mavzuni Yerning harakatlarini turli vositalar (olmani yerdan yumalatish, dumidan ip bog'lab boshdan ko'rsatish, unga chiroq tutib kecha va kunduz hosil qilish) yordamida ko'rgazmali, amaliy tushuntirish lozimligini uqtiradi. Yana bir o'rinda quruqlikdagi relyef shakllari(ata, yarim ata, tog', tepa, dara, dola, burun, sohil, yonar tog', cho'l)ni tushuntira turib, mavzuning murakkabligini hisobga olib yozadi: "ushbu

darsning har birini xarita, kurrayi musannalardan, rasmlardan ko'rsatib o'qutmak va har bir jumlasini durust savol qo'yub so'ramak muallim afandilarg'a muhavvaldur". Ko'rinadiki, Munavvar qori ko'rgazmali qurollardan foydalanilganda dars jarayoni yanada samarali bo'lishini allaqachon o'z faoliyatida isbotlagan. Osiyoda 9 ta, Yevropada 25 ta, Afrikada 16 ta, Avstraliyada 4 ta, Shimoliy Amerikada 4 ta, Janubiy Amerikada 11 ta mustaqil davlatni sanaydi, ularning davlat boshqaruv shaklini, siyosiy tuzumini ta'riflaydi. Davr geosiyosatidan boxabarlik, uni o'rgatish dunyo ta'lim tizimining ajralmas muhim bo'lagi hisoblanadi, Munavvarqori buni ham nazardan chetda qoldirmagan.

Xulosa o'rnida aytish joizki, Munavvar qori Abdurashidxonov zamonaviy milliy ta'lim tizimiga - maktab, litsey, kollej, oliy o'quv yurtlariga tom ma'noda poydevor qurdi, biz ta'lim dargohlarini tashkil etishda uning tarixiy tajribalariga tayangan holda, u barpo etgan muassasalardan na'muna oldik va olishimiz kerak ham. Dastur va qo'llanmalar tuzishda ham uning asarlariga murojaat qildik. Millat jonkuyari Munavvar qori maorif sohasidagi faoliyati, izlanishlari natijasida avvalboshda o'z oldiga ko'ndalang qo'ygan ta'lim va tarbiyani uzviylikda olib borish, ta'limni demokratlashtirish, insonparvarlikka, milliy o'zlikni anglashga 2, o'qitishni tizimli, uzluksiz va bosqichma-bosqich tashkil etish, adabiyotlar oqimini yoshga nisbatan mo'ljallash, o'quv dasturiga hayotda asqotadigan fanlarni qo'shish, chet tillarini o'rgatish, imtihonlarni baholash tizimini yo'lga qo'yish, ta'lim berishning amaliy, ko'rgazmali metodlaridan foydalanish, o'quvchilarni kuzatuvchanlikka, keng fikrlashga, nutqini ifodali bayon qilishga o'rgatish, millatga, hurriyatga cheksiz muhabbat ruhida tarbiyalash kabi muhim, dolzarb masalalarga baholi qudrat yechim topdi. Yo'lda sobitlik, juda katta mehnat, bemisl zakovat, buyuk iroda, butun boshli umr millat taqdiri uchun baxshida qilindi. Buyuk ustozning xalqni ma'rifatli qilish orqali istiqlolga erishish yo'lida qilgan benazir xizmatlari har qancha e'tirofga sazovor. Uning yosh avlodni uyg'onishga, mehnat qilishga, ilm o'rganishga da'vat etish zaruriyatidan yozgan quyidagi misralari go'yo biz uchun (barcha davrlar yoshlari uchun) atalgandek yangraydi:

Ko'kdan bulut yomg'ir sochar, suvlar oqar, o'tlar o'sar, Qushlar uchar, oziq izlar, butun dunyo tinmay ishlar. Siz ham turing, ey o'rtoqlar, Yurt obro'sin yoshlar saqlar. ("Yalqovlik yovimizdir" she'ridan)

Foydalanilgan adabiyotlar

1. M.Abdurashidxonov "Tanlangan asarlar" Nashrga tayyorlovchi Sirojiddin Ahmedov Toshkent: Ma'naviyat, 2003

2. "Munavvarqori Abdurashidxonov" Jadidlar to'plami 8-qism Muallif Sotimjon Xolboyev Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2022

3. M.Abdurashidxonov "Xotiralarimdan" (Jadidchilik tarixidan lavhalar). Toshkent: Sharq, 2001

4. Sotimboy Xolboyev "Milliy universitetning taixiy ildizlari va tashkil topishi" Toshkent: Sharq, 2003

5. Asqar Zunnunov "Pedagogika tarixi" Toshkent: Sharq, 2004

6. Xolboy Ibragimov, Shahzoda Abdullayeva "Pedagogika nazariyasi" Toshkent: Fan va texnologiya, 2008

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.