Научная статья на тему 'Munavvar Qori Abdurashidxonovning pedagogikaga qo’shgan hissasi'

Munavvar Qori Abdurashidxonovning pedagogikaga qo’shgan hissasi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1514
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
jadid / Vatan / maktab / darslik / xalq / bilim / mustamlakachilik / imtihon / ozodlik / adabiyot / hikmatlar / ilm-fan

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maftunaxon Umidjon Qizi Tursunaliyeva, Namunaxon Bahodir Qizi Turabova

Ushbu maqolada Vatan va millat fidoyisi, mustamlakachilikni ayovsiz fosh qiluvchi ma’rifiy, siyosiy arbob, tolmas kurashchi, jadidchilik harakatining yirik namoyandasi va jadid maktablari uchun yozgan yangi tovush usulidagi darsliklar muallifi Munavvar Qori Abdurashidxonovning ommaning ilm olishi yo‘lidagi jonkuyarliklari, ochgan maktablari hamda ushbu maktablar uchun yaratgan dars-liklari haqida ma’lumotlar berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Munavvar Qori Abdurashidxonovning pedagogikaga qo’shgan hissasi»

Munavvar Qori Abdurashidxonovning pedagogikaga

qo'shgan hissasi

Maftunaxon Umidjon qizi Tursunaliyeva Namunaxon Bahodir qizi Turabova Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Vatan va millat fidoyisi, mustamlakachilikni ayovsiz fosh qiluvchi ma'rifiy, siyosiy arbob, tolmas kurashchi, jadidchilik harakatining yirik namoyandasi va jadid maktablari uchun yozgan yangi tovush usulidagi darsliklar muallifi Munavvar Qori Abdurashidxonovning ommaning ilm olishi yo'lidagi jonkuyarliklari, ochgan maktablari hamda ushbu maktablar uchun yaratgan dars-liklari haqida ma'lumotlar berildi.

Kalit so'zlar: jadid, Vatan, maktab, darslik, xalq, bilim, mustamlakachilik, imtihon, ozodlik, adabiyot, hikmatlar, ilm-fan

Contribution of Munavvar Qori Abdurashidkhanov to

pedagogy

Maftunakhan Umidjon kizi Tursunaliyeva Namunakhon Bahadir kizi Turabova Tashkent State University of Mother Uzbek and Literature named after Alisher

Navoi

Abstract: In this article, Munavvar Qori Abdurashidkhanov, a devotee of the country and the nation, an enlightener who brutally exposes colonialism, a political figure, an indefatigable fighter, a major representative of the Jadid movement, and the author of textbooks for Jadid schools, Munavvar Qori Abdurashidkhanov, who opened schools and provided information about the textbooks created for these schools.

Keywords: past, Motherland, school, textbook, people, knowledge, colonialism, exam, freedom, literature, wisdom, science

Munavvar qori Abdurashidxonov Vatan va millat fidoyisi, mustamlakachilikni ayovsiz fosh qiluvchi tolmas kurashchi, jadidchilik harakatining yirik namoyandasidir. U "usuli savtya" maktabiga ixlos bilan qarab, chor hukumati Turkiston o'lakasidagi aholini qanday ma'naviy-ma'daniy uzlatda saqlayotganini va undan qutulish choralari faqat maktab ta'lim-tarbiyasidagi keskin islohotga

bog'liqligini to'g'ri tushungan holda chor hukumatning mustamlakachilik boshqaruv usuliga qarshi kurashda faollik ko'rsatadi va mana shu maqsad yo'lida Toshkentda ilg'or fikrli ziyolilar va turli guruhlardan iborat "Turon" jadidlar jamiyatini tashkil etadi.

Munavvar qori maktab tahsilidan so'ng Germaniyada o'qib, ziroat ilmining yetuk mutaxassisi bo'lib yetishgan. Ibrohim Orifxon o'g'li Yorqin shunday yozadi: "Tarixni shaxslar yaratadi. Tarix tarjimai hollardan, ayniqsa, atoqli kishilarning tarjimai hollaridan iboratdir deydilar. Menimcha, biz ham Turkiston tarixining o'tgan asr so'ngidan boshlangan uyg'onish davrini Munavvar qori yaratdi va Turkiston tarixining jadidchilar davri boshidan oxirigacha Munavvar qorining tarjimai holidan iboratdir desak yanglishmaymiz" ("Yosh Turkiston" jurnali, 1934-yil, yanvar, 50-son).

Munavvar qori o'z mahallasidagi masjidda imon-qori lavozimida ilk bor mustaqil faoliyat yuritib, xalqqa islomiy va dunyoviy ilmlarni yoyadi. Mana shu muqaddas dargoh - Alloh taoloning uyida ongi-tafakkuri takomil topadi, millat dard-u alami, hol-ahvolidan to'la xabardor bo'ladi. Ma'lumki, tarixan shu davr xalqimizda chor Rossiyasining mustabid mustamlakachilik zulmi kuchayishi evaziga iqtisodiy-siyosiy, ma'daniy-ma'naviy qashshoqlik, mutaassiblik, ma'rifatsizlik kuchaygan edi. Shuningdek, qadim an'anaviy boshlang'ich, o'rta maktab va oliy madrasa ta'limi o'z taraqqiyoti yo'lidan chiqib, davr talabidan orqada qolgan payt edi. Bularga javoban Turkiston hamda butunrossiya musulmon ziyolilari orasida yangicha ijtimoiy-siyosiy, ma'daniy-ma'rifiy dunyoqarash, uyg'onish, ya'ni jadidchilik harakati paydo bo'lib, jaholatga qarshi ma'rifat shiori ostida bo'y ko'satdi.

Munavvar qori bu yangi diniy va dunyoviylikka asoslangan harakatning mazmun-mohiyati va maqsad-vazifalarini juda erta anglab, o'z hovlisida ochgan to'rt yillik "savtiya", ya'ni tovush usuli maktabi eski an'anaviy maktablarga mutloq raqobatda bo'lgan yangi jadid maktabini ochadi. Shu o'rinda Munavvar qori jadidchilikni hozirgi tushunchadagi islohotchilik, ishbilarmonlik hamda tadbirkorlikdan boshladi desak,xato bo'lmaydi.Munavvar qori maktabida diniy va dunyoviy ilmlar o'zaro uyg'unlikda yonma-yon o'qitiladi. O'quvchilar tezda savod chiqarib ravon o'qish hamda yozish qobiliyatiga ega bo'ladilar. Munavvar qori maktabidan andoza olgan jadid maktablari nafaqat Turkiston, hatto undan tashqarida ham birin-ketin ochilib,tezlik bilan yoyila boshladi.

Munavvar qori birgina maktab bilan cheklanmay,yana bir necha xususiy jadid maktabini ochadi. U yanada oldinga qadam tashlab, birinchi bo'lib, ikki yillik "Rushdiya" jadid maktabini ochib,hozirgi milliy dunyoviy o'rta maxsus ta'limga asos soladi. Bu maktab ham juda keng miqyosda boshqa joylarda tez rivojlanadi. Hatto "Lelin maktabi", "Muxtoriyat maktabi" deb nom beriladi. Munavvar qorining ikki bosqichli maktabi va boshqa jadid maktablarini ma'rifatga muhtoj xalq ,ayniqsa,

ilg'or ruhdagi yangi zamonaviy va muruvvatli boylar qo'llab-quvvatlaydi. Munavvar qori Abdurashidxonovning ikki bosqichli jadid maktablari pulli bo'lgan, har bir bola uchun ota-onasi o'z imkoniyatiga ko'ra, ixtiyoriy ravishda 50 tiyindan bir yarim so'mgacha to'lov qilishi lozim bo'lgan. Ammo, xursandchiligidan 3 so'mdan ko'p to'lov qilganlar ham bo'lgan.

Xullas, jadid maorifining moddiy asosini xalqning o'zi ta'minladi. Munavvar qori jadid maktablari uchun dastur va darsliklarni ham ilk bor o'zi ishlab chiqadi. Masalan, "Adibi avval", - Alifbo darsligi (1907), "Adibi soniy" (1907), "O'qish kitobi", "Yer yuzi", 3-4-sinflar uchun "Geografiya" darsligi (1908)", "Havojiyi diniya", "Til saboqlari" (1925) darsliklari, "Tajvid" - Qur'oni karimni o'qish qoidalari va "Sabzavor "adabiy to'plami va boshqa shu kabilar. Bular qayta-qayta chop etilib, juda keng tarqaladi. Ammo bu osonlikcha yuz bermadi. Munavvar qori va umuman jadidlar o'ta jiddiy ikki qarama-qarshi ijtimoiy -siyosiy kuch bilan to'qnash keladi. Birinchisi, mustamlakachilik siyosati bo'lsa, ikkinchisi, shu siyosatga itoatda bo'lgan mahalliy ulamo va ziyolilar orasidagi ba'zi bir jaholatparastlik bo'ladi.

Aslida, Munavvar qori va boshqa jadidlar islomning sof, ma'rifat va ilm-fan dini ekanligini himoya qilib,ochiq tanqidiy fikrlar bilan jadid matbuotida maqolalar e'lon qiladilar.Masalan, Munavvar qori 1906-yil 14-iyunda "Taraqqiy" gazetasida bosilgan "Bizning jaholat -jahli murakkab" maqolasida "Ko'p dindoshlarimizni ko'ramizki, o'z farzandlarini aslo maktabga bermay, dunyo va oxirat saodati o'lg'an ilm va maorifdin mahrum qilmoqdan hech bir ibo qilmaslar", deb yozadi.

Munavvar qori hamda uning hammaslaklarining asosiy maqsadlaridan biri va eng muhimi, mutaassiblashib, davr talablariga javob bermaydigan xalq maorifini butunlay isloh qilib,yangi zamon talablariga xos xalq va millat manfaatlariga mos diniy va dunyoviylikka asoslangan boshlang'ich, o'rta maxsus va oliy ta'lim tizimini yaratishdan iborat bo'lgan. Bu o'rinda Munavvar qori Abdurashidxonovning ishbilarmonlik, tashabbuskorlik va siyosatdonlik sa'y-harakatlari muhim ahamiyatga ega bo'lib, hozirgi zamon uch bosqichli milliy ta'lim tizimiga asos solganiga tarix guvoh va tarixiy haqiqatdir. Munavvar qori ko'p tarmoqli jadidchilik harakatining barcha sohalari shakllanib rivoj topishida o'zining salmoqli o'rniga ega bo'lib tarix zarvaraqlarida qoldi.

Munavvar qorining "Yalqovlik yovimizdir"degan she'rini oladigan bo'lsak unda nafaqat bolalarni balki, barcha katta-yu kichikni o'z yovi-dushmani bo'lgan yalqovlikdan uyg'otib ishlashga, ishbilarmonlikka bizni ham chorlab turibdi.Ushbu she'riy merosning zamonaviy mazmun-u da'vati butun milat va xalqimizni chorak kam bir asrlik kommunistik g'aflat uyqusi asoratlaridan to'la to'kis tozalash, o'zlikni anglash, xullas, uchinchi Milliy uyg'onish - Renessansni yaratishga chorlaydi.

YALQOVLIK YOVIMIZDIR

Qo'zg'olingiz, ey o'rtoqlar! Keldi bizga ishlash chog'I,

Biz barchamiz yosh ishchimiz, ishxonamiz-maktab bog'i.

Turing, tezroq ish boshlaylik, yalqovlikni biz tashlaylik!

Ko'kdan bulut yomg'ir sochar,suvlar oqar,o'tlar osar,

Qushlar uchar, oziq izlar,butun dunyo tinmay ishlar.

Siz ham turing, ey o'rtoqlar, yurt obro'sin yoshlar saqlar.

Tanballikdir bizga dushman, ishlamoqning zamonidir,

Tinib turmas "yoshman" degan, ish insonning bir jonidir.

Tirik bo'lsang, qo'zg'ol, o'rtoq, qo'lga ishni tez ol, o'rtoq!

Jannat kabi go'zal yurting yig'lab, sendan ish kutadir,

Senda ko'rgach ishsizlikni, hasrat chekib, qon yutadir.

Tur o'rningdan, och ko'zingni, ayt yovvinga so'ng so'zingni.

Yoving kimdir, bilasanmi? Nodonlikdir, yalqovlikdir,

Yovga qarshi kurashmaslik - qo'rqoqlikdir, anqovlikdir.

Ish qilichin, tur, qo'lga ol, yovga qarshi chindan qo'zg'ol!

Ma'lumki, Munavvar qori va uning safdoshlari qalbida armonlari ko'p edi. Bu kabi armon-u orzular vaqti kelib qaror topishi tarixiy qonuniyatdir. Buning uchun Munavvar qori aytmoqchi, yalqovlikni tashlash lozim.Chunki yalqovlik insonlar uchun dushman sanaladi.

Xulosa shuki,Munavvar qori Abdurashidxonov o'zi yetakchi bo'lgan milliy uyg'onish - jadidchilik harakatining jamoat va siyosat, ma'daniyat va ma'rifat arbobi sifatida hozirgi milliy adabiyot, matbuot, jurnalistikaning yuzaga kelishi va rivojlanishiga kattagina hissa qo'shgan atoqli va buyuk tarixiy shaxs edi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qosimov.B. "Milliy uyg'onish: jasorat, ma'rifat, fidoyilik"- T:Ma'naviyat. 2002.

2. Abdurashidxonov.M. "Xotiralarimdan" (Jadidchilik tarixidan lavxalar).-Toshkent:Sharq. 2001.

3. Abdurashidxonov M. "Tanlangan asarlari"(Nashrga tayyorlovchi S.Axmedov).- T.:Ma'naviyat. 2003.

4. Haydarov.S.A. Tarix darslarida san'at asarlaridan foydalanishning usullari. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 9296. 2023

5. Aslonov.I.N. "Boburnoma" badiiy - Psixologik tasvir muammosi ob'ekti sifatida. O'zMU xabarlari. Toshkent -№1/5. 2022.

6. Aslonov I.N. "The Problem of Artistic - Psychological Image in Boburnoma" Eurasian Scientific Herald. Volume 7| ISSN: 2795-7365. April, 2022.

7. Aslonov.I.N. "Appearance of Zahiriddin Muhammad Bobur in Boburnoma" Central Asian journal of theoretical and applied sciences Volume: 03 Issue: 06 | ISSN: 2660-5317 Jun 2022.

8.Sattorov.V.N Umumiy pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES,3, 710-719. 2023

9.Sattorov.V.N. Umumiy pedagogika fanini o'qitishda inovatsialar. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES,3, 734-745 2023.

10.Sattorov V.N.. Methods of shaping the culture of the teacher. Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning. vol 3 no.02. 36-41. ISSN (online): 2776-0995 2022

11.Sattorov.V.N Indicators of Pedagogical Competence and its Effectivenss. International Journal of Inclusive and Sustainable Education. vol 2 no.02. 86-88. ISSN(e): 2833-5414 2023

11. Arapbaeva.D.G, Amirova.B.I. Personal Psychological Adaptation and its Characteristics. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION. VOL. 2. NO 2. -P. 68-70. 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.