Научная статья на тему 'TURKISTONDA JADID DIDAKTIKASINING PAYDO BO'LISHI VA ABDULLA AVLONIYNING TA'LIM MUHITIDA TUTGAN O'RNI'

TURKISTONDA JADID DIDAKTIKASINING PAYDO BO'LISHI VA ABDULLA AVLONIYNING TA'LIM MUHITIDA TUTGAN O'RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
245
113
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jadid / didaktika / darslik / ta'lim / tabiiy fanlar / usuli jadid / maktab / o'quvchi.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Oydin Abduraximovna Akramova

Turkiston o'lkasida jadid ma'rifatparlari tomonidan yangi usul maktablarining ochilishi, hamda bu maktablarda o'qitilishga mo'ljallangan darsliklarining yaratilishi jadid didaktikasining paydo bo'lishiga zamin yaratdi. Bu maqolada jadid didaktikasining paydo bo'lishi va Abdulla Avloniyning jadid didaktikasiga qo'shgan hissasi tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TURKISTONDA JADID DIDAKTIKASINING PAYDO BO'LISHI VA ABDULLA AVLONIYNING TA'LIM MUHITIDA TUTGAN O'RNI»

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8

TURKISTONDA JADID DIDAKTIKASINING PAYDO BO'LISHI VA

ж

>

ABDULLA AVLONIYNING TA'LIM MUHITIDA TUTGAN O'RNI

I )>*

Oydin Abduraximovna Akramova

Toshkent viloyati Bo'stonliq tuman 2-son IDUM Ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7295338

P-<\ > Cj )><#

>4> >

Annotatsiya: Turkiston o'lkasida jadid ma'rifatparlari tomonidan yangi usul maktablarining ochilishi, hamda bu maktablarda o'qitilishga mo'ljallangan darsliklarining yaratilishi jadid didaktikasining paydo bo'lishiga zamin yaratdi. Bu maqolada jadid didaktikasining paydo bo'lishi va Abdulla Avloniyning jadid didaktikasiga qo'shgan hissasi tahlil qilinadi.

Tayanch tushunchalar: jadid, didaktika, darslik, ta'lim, tabiiy fanlar, usuli jadid, maktab, o'quvchi.

; > щ УУ > >

Jadidchilikning asl mohiyati maorifni tubdan isloh qilish uchun qaratilgan harakat hisoblanadi. Ma'lumki "jadid" so'zi "yangi", "yangilik" degan ma'nolarni

m?

anglatadi. Insoniyat tarixida jamiyatga kirib kelgan yangiliklar doimiy to'siqlar, qarshiliklarga uchraganligi sir emas. Jadid ma'rifatparvarlari tomonidan ta'limda bo'ladigan jamiki o'zgarishlar xalq tomonidan osonlikcha qabul qilinmagan. Albatta, bu to'siqlar har qanday ma'rifatparvarning hayotini hatarga qo'yib, turli to'siqlardan qo'rqmay olg'a intilishida, o'zida kuch topib yo'lida davom etishida kuchli sabr

va

. . , , . . .. , . ......

matonat talab etgan. Insonning ham jisman, ham ma'nan yuksalish davri qiyinchiliklarda toblanib, komillik sari yetaklagani bor haqiqatdir.

XX asr boshlarida Turkiston o'lkasiga kirib kelgan jadidchilik harakati namoyondalari tomonidan ta'lim va tarbiya tizimining tubdan o'zgartirilishi millat ijtimoiy hayotining yaxshilanishiga ham turtki bo'ldi. Sababi, xalq ancha savodli va ma'rifatli bo'la boshladi. Turkistonga ilk jadid maktablarining ochilishi asli qrim-tatar millatiga mansub Ismoilbek G'aspirali va uning faoliyati bilan bog'liq. Ismoilbek G'aspirali ma'lum bir tartib-qoidalar asosida yangi usul maktablarining tashkil J-jt etilishini tavsiya etadi:

i >í> Ы p

11>-M-

qilinishi;

i •>: h

-

sinfda (maktabda) bolalar soni o'ttiztadan oshmashgi;

bolalar faqat ikki daf a — yoz va qish boshlaridagina maktabga qabul

I :

har bir muallimda ko'pi bilan 3-4 sinf bo'lishi;

agar maktab uch sinfdan iborat bo'lsa, darslar ketma-ket muayyan

jj

uyg'unlikda qo'yilmog'i;

♦ ¡>

>q ] i )> >

a I

WiW к/

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8

❖ 7-9 yoshdagi bola uzluksiz 7-8 soat o'qiy olmaydi. Uning uchun 5 soat

kifoya.

❖ har darsdan so'ng 10 daqiqa tanaffus; Juma va bayram kunlari dam olinishi;

J > | > ;

❖ o'n oy o 'qishdan so 'ngyozning issiq kunlarida ta 'til bo 'lishi;

❖ dars o'quvchini zeriktirmasligi va boshqalarga e'tibor qaratilgan edi. G'aspirali "usuli jadid" bilan o'qitishning qoidalarini qo'yidagicha

tushuntiradi:

s! J^SW^ i** У

> butun alifboni birdan o'rgatish og'ir;

> ibtido (boshda) uch, besh harf o'rgatib borish osondir;

> birinchi darsdan shogirdlari yozishni boshlamasliklari darkor;

> darslar muayyan soatlarga, qismlarga ajratilib o'rgatilishi lozim;

> o'quvchi bir darsni o'zlashtirmaguncha ikkinchisiga o'tilmasligi kerak;

> harflar bilan tanishtirganda, ular haqida kengroq ma'lumot berilgani ma'qul;

> bolalarni har olti oyda imtihon qilish;

> yil oxirida sinfdan sinfga o'tkazish,

. . .

ri'vlacbtirmciíTcmlcirni cirifHci nrJHiricb VrVvHci tutilciHi Т~)ягс1яг Ьяг vil Ьяг biri

o'zlashtirmaganlarni sinfda qoldirish ko'zda tutiladi. Darslar har xil va har biri

yarim soatdan bir soatgacha boiishi mumkin. Darslar orasida tanaffuslar bo'lmog'i kerak.

Bu qoidalar orqali Ismoilbek G'aspirali shu davrgacha bo'lgan pedagogik fikrlarni to'liq tahlil qilib, maktab tartib-qoidalariga kiritganligi ma'lum. Uning didaktikasidan ko'zlangan maqsad, avvalo, o'quvchining ta'lim olishi uchun uning fiziologik, psixologik jihatlari ham e'tiborga olinishi ko'zda tutilgan edi. Shu maqsadda ta'lim tamoyillari to'g'ri va reja asosida tanlangan edi. G'aspiralining jadid usulidagi maktab tartib-qoidalari Turkiston ma'rifatparvarlari tomonidan o'rganib chiqildi va amaliyotda joriy etildi. Jadid usulidagi maktablarning vujudga kelishi bilan ta'limda dunyoviy fanlarning ham kiritilishi yuzaga keldi. An'anaviy ta'lim berish usullarida o'zgartirishlar kiritildi. Asosan, tabiiy fanlarning kiritilishi, hamda ona tili va adabiyot fanlarining o'qitilish usullarining rivojlantirilishi bunga misol bo'la oladi. Jadid pedagoglari o'z darsliklarini yangicha yondashuv asosida yaratib,

J-jt

r-w /~i vn I n 14 /~i n ■ i n /~l n n i т i /~1 n I n n /~l 1 I nf Inml nrlnn 1 /~l 1 /~l m ' i"-i T^ íi +1Л n

o'z darslarida undan foydalandilar. Jumladan, jadid ma'rifatparlarining yetakchi

ш

vakillaridan biri Mahmudxo'ja Behbudiy "usuli jadid" maktablari uchun bir qancha

darsliklar yozdi. "Muxtasari tarixi islom", ("Islomning qisqacha tarixi"), "Madxali

i 1 > ^ > jo'g'rofiya umroniy" ("Aholi jo'g'rofiyasiga kirish"), "Muxtasari jo'g'rofi rusiy"

¡ >»•

("Rossiyaning qisqacha jo'g'rofiyasi"), "Amaliyoti islom" kabi kitoblari yangi usul maktablarida qo'llanildi.

Jadid pedagoglarining aksariyati darslik yaratish va maktab ochish ishini amalga

__UJ„JJ1__T7J.4._____M/"V!____.!! M/"V___4.J1JÜ !!T_________1 „1__JM M/"v!„1__1, 4-J1J„J______-CJ M

oshirdilar. Fitratning "O'quv", "Ona tili", "Imlo masalalari", "O'zbek tilining sarfi",

j¿ Г j*

>q )> d )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8

"O'zbek tilining nahvi", "Adabiyot qoidalari" kabi darsliklari, Saidrasul

#

Saidazizovning "Ustodi avval", Munavvar qori Abdurashidxonovning "Adibi avval", "Adibi soniy", Ali Asqar ibn Bayramali Kalininning "Ta'limus soniy" kabi darslik va qo'llanmalari jadid maktablarida darslik sifatida foydalanildi. Is'hoqxon Ibratning "Lug'ati sittati al-sina" nomli lug'at kitobi shu davrda nashrdan chiqdi. Mazkur lug'at jadid pedagoglar tomonidan ochilgan maktablarda rus tilini o'rganishda birdan-bir darslik-qollanma sifatida foydalanib kelindi. Tilshunoslik sohasida Is'hoqxon Ibrat

! Ш-

ancha mukammal "Jome'ul-xutut" ("Yozuvlar majmuasi") nomli asarni yaratdi. Bu asarda muallif yozuvlarning tarixiy taraqqiyotni yoritib berishga harakat qildi. Xat-savod chiqarishga bag'ishlangan "San'ati Ibrat qalami Mirrajab Bandiy" risolasi, "Ilmi Ibrat" nomli she'rlar to'plami kabi ma'rifatparvarlik ruhi bilan yug'rilgan risola va kitoblari nashr etildi. Bunday darsliklarning ta'lim maydonida yuzaga kelishi yangi davr didaktikasining yuksalishiga zamin yaratdi.

Jadid pedagoglaridan Munavvarqori Abdurashidxonov darslarda, asosan,

^Jnin,,;,!,,,; rrn ,Ai D^Knj;,,

ko'rgazmali qurollardan foydalanishni yo'lga qo'ydi. Mahmudxo'ja Behbudiy, hamda

Abdurauf Fitrat yozma va og'zaki nutq o'stirish usullarini qo'llaganligini, Abdulla Avloniy dars jarayonida ifodali o'qish turlari va texnik vositalardan foydalanganligini ko'rish mumkin. Jadid pedagogikasining yorqin vakili Abdulla Avloniyning didaktik

»

faoliyatida ta'limning takomillashuv jarayoni kuzatildi. Abdulla Avloniy bolaga ta'lim

berish bilan birga tarbiya masalasiga ham alohida yondashuv zarurligini

ta'kidlaydi.Ta'lim va tarbiyani bir vaqtda amalga oshirish kerakligini aytadi. Bunda

oila tarbiyasining o'rni beqiyos ekanligini hayotiy misollar orqali o'rganib, tahlil qilib

beradi. Abdulla Avloniy xalqning quyi qatlami vakillarini ham o'qitish kerakligini, ..... .. „ , , , ,

ularning ilm olishi uchun zarur imkoniyatlarni yaratish maqsadida bu sohada

tashkiliy ishlarni amalga oshiradi. Jumladan, Avloniy jamiyatning ziyoli vakillari: Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydulla Xo'jaev, Toshpo'latbek Norbo'tabekov, Karim Norbekovlar bilan hamkorlikda "Jamiyati xayriya"ni tashkil etadi. Bu jamiyat Turkiston o'lkasida ochilgan birinchi rasmiy jamiyat hisoblanadi. "Jamiyati xayriya" tashkiloti haqida o'sha davr nashrlarida, jumladan, "Vaqt" gazetasida, keyinroq esa "Sadoyi Turkiston" gazetalarida xabarlar bosilib chiqdi.

Bu jamiyatning asosiy maqsadi kambag'al oilalar farzandlarini bepul o'qitish va

A W 1 ll П 1ЧЛ 1 /л'лштт /41ivr»11 nt4 V\ll П-1Л m 1 11 Inn 1"4 тгп-nm r»/l1lll пт rrv + rrnn in n 1 r+n l-\ I r>1- I 1 r> Il I I 11 T J

ularni o'quv qurollari bilan ta'minlash, yangi ochilayotgan maktablar uchun yangi

ш

darsliklar yaratish va maktablarni yangi darsliklar bilan ta'minlash, yosh avlod ichidan eng iqtidorlilarni tanlab olib, ularni chet eldagi nufuzli ta'lim dargohlarida o'qish uchun jo'natish, yoshlarga stipendiyalar ajratish masalalariga yo'naltirilagan.

iw-

>*

Bu tashkilot qoshida "Turkiston kutubxonasi" shirkati ham tashkil etiladi. Bu shirkatning asosiy maqsadi yangi darsliklar nashr etish, chet eldan yangi nashrdagi darsliklarni sotib olish va Turkiston maktablariga arzon narxlarda tarqatish masalalari bilan shug'ullanishdan iborat edi. Turkiston o'lkasida yaratilgan deyarli barcha

u>,* ^ t<ns

WiW к/

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

>q )> q )> :>

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8

darsliklar "Turkiston kutubxonasi" muassisligida bosmadan chiqarilgan. Mazkur

#

>

darsliklarning oxirgi betida muallifi, narxi va qayerdan sotib olish mumkinligi haqida to'liq ma'lumot berib borilgan. "Jamiyati xayriya" tashkiloti o'lkadagi barcha ziyoli, ma'rifatli boy qatlam vakillarini o'z oldiga birlashtirgan. Ular orqali moddiy ta'minot amalga oshirilgan.

Abdulla Avloniy "usuli jadid" maktablari uchun to'rt qismdan iborat "Adabiyot yoxud Milliy she'rlar" hamda "Birinchi muallim", "Turkiy Guhston yoxud Axloq", "Ikkinchi muallim", "Maktab gulistoni" kabi darslik va o'quv qo'llanmalarini yaratdi.

О 11./

1904-yilda Avloniy Toshkentning Mirobod tumanida yangi usuldagi maktab ochdi. Maktabning o'quv jihozlarini o'zgartirdi, o'z qo'li bilan doska partalar yasadi. Maktabga qabul qilingan bolalarning asosiy qismi kambag'al oila vakillari edi. Bu maktabning dovrug'i butun Toshkentga tarqaldi. Abdulla Avloniyning ilk o'quvchilaridan biri, Toshkent davlat universitetida uzoq yillar faoliyat yuritgan taniqli pedagog, marhum Yusuf Tohiriy o'zining 1966-yil 10-noyabrda "Toshkent

«íT^Aini11 „matnr^n "ТЛ^п^ mnrnKKi', rick iiAmlnnímn mnnjnni i D, ,

oqshomi" gazetasida "Dono murabbiy" deb nomlangan maqolani chop ettirdi. Bu

maqolada muallif ustozi Abdulla Avloniyning Mirobod tumanida tashkil etgan maktabi haqidaga shunday deb yozadi:

"Shaharning qarama-qarshi chekkasida, temiryo'l ishchilari istiqomat qiladigan

»

m?

Mirobodda yangi tipdagi maktab ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez orada bu maktabning fazilatlari haqidagi shov-shuvlar, uning muallimi Avloniyning dovrug'i butun shaharga tarqaldi. Hammaning tilida: "Miroboddagi maktab 6 oyda o'qish-yozishni o'rgatarmish, jo'g'rofiya, hisob, tabiatni o'rganish degan darslar o'qitilarmish",- degan gap yurardi. Bizga juda sirli tuyulgan bu maktabni va uning

oqiulamiisn ,- degan gap yuiaidi. Bizga juda sini tuyulgan uu makiauni va uning donishmand muallimini ko'rishga oshiqardik. Nihoyat, bir kuni uch-to'rttamiz borishga jazm qildik. Maktab pastakkina, nimqorong'u bo'lib, masjid yo'lagiga joylashgan edi. Xonaning tepasida yorug'lik uchun qoldirilgan tuynukdan qish va bahorda qor bilan yomg'ir ham tushib turardi. Lekin xonada o'quvchilar va domlaning shogirdlari ko'p edi. Xayolimizda domlaning allaqanday bir sirli tomoni bor edi. Bizni qotmagina, kichik jussali, qorachadan kelgan, istarasi issiq, cho'qqi soqol bir kishi kutib oldi. Bu nomi tilga tushgan Avloniy edi. O'qishga qabul qilindik. Ko'p o'tmay ko'z oldimizda yangi bir dunyo ochilganiga to'la ishonch hosil qildik. J-jt

1 1 1Л ГГ 1 1 ImV 1Л 1"Ч n T Г1 I n 11 l-\ /Л1Ч m n 1 /--f n 1л rr n ПГ>+-|ЛГ>1> Т 71 1 f rtn 11 l-\ '1 pnl П1" lintv»

Bolalarimizning oldi bir necha yildan beri maktabga qatnab yurgan bo'lsalar ham

ш

mirobodliklar oldida uyalib qoldik. Ular o'qish-yozishda, hisob masalalarini hal etishda, tabiat hodisalaridan xabarlari bilan hammamizni lol qoldirishdi. Ayni

4 > ^^

zamonda bizning eski maktabimiz bo'shab, Miroboddagi Abdulla Avloniy maktabi

iw-

>*

bizdan borgan bolalar bilan liq to'ldi. Shu tariqa, bu maktab tobora shuhrat topib bordi".

Bu maqoladan ko'rinib turibdiki, Avloniy maktabida o'quvchilar yangi usulda o'qitilgan, ularning bilim olishlari kuzatuv asosida bosqichma-bosqich amalga

Ы> 3 ]>£>

не

"Talqin va tadqiqotlar" Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8

oshirilgan. Avloniyning naqadar mahoratli, zukko pedagog bo'lganligi, maktabning sharoiti esa muallimning dars berish jarayoniga ta'sir o'tkaza olmaganligiga guvoh bo'lamiz. Zero, jamiyat taraqqiyotining asosi ta'lim bilan bog'liq masaladir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Begali Qosimov. Milliy uyg'onish: jasorat, ma'rifat, fidoyilik. - Toshkent, "Ma'naviyat", 2002.

2. Ulug'bek Dolimov."Milliy uyg'onish pedagogikasi" «Noshir» Tошкент -2012.

3. R. Mavlonova, N. Vohidova, N. Raxmonqulova. "Pedagogika nazariyasi va tarixi" darslik. Toshkent -2010.

*<b> >*

-^fV-iir f---^SfV-^ï f.—

ii i

jW^ У

q ж**

ЩУ>

!> jjh

j

j*4>

i

q >01 Щ >

q

^H >

im

Ы:>

q >j#

Ы >

q

j>

q >£>■ >

Ы >

ЦМ >

q

|:H> Ы >

q ж**

Ы > q i>í>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.