Научная статья на тему 'MUMTOZ ADABIYOT NAMUNALARI TARJIMASI MUAMMOLARI'

MUMTOZ ADABIYOT NAMUNALARI TARJIMASI MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3404
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mumtoz adabiyot / tarjimon / tarjima / so‘z / ibora / tusmol ekvivalent. / classical literature / translator / translation / word / phrase / idiom equivalent.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ochilov, Ergash

Maqola qardosh xalqlar mumtoz adabiyoti namunalari tarjimasidagi muhim muammolardan biri – arabcha-forscha so‘z va iboralar tarjimasi bilan bog‘liq xato-kamchiliklar tahliliga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS OF TRANSLATION OF SAMPLES OF CLASSICAL LITERATURE

The article devoted to the analysis of one of the important issue such as common mistakes in the translation of Arabic-Persian words and phrases which were used in the cognate nations classic literature

Текст научной работы на тему «MUMTOZ ADABIYOT NAMUNALARI TARJIMASI MUAMMOLARI»

MUMTOZ ADABIYOT NAMUNALARI TARJIMASI

MUAMMOLARI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-278-285

F.f.n., dots. Ergash OCHILOV,

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi

Tel: +998946204764;

E-mail: e-ochilov@mail.ru.

Annotatsiya. Maqola qardosh xalqlar mumtoz adabiyoti namunalari tarjimasidagi muhim muammolardan biri - arabcha-forscha so'z va iboralar tarjimasi bilan bog'liq xato-kamchiliklar tahliliga bag'ishlangan.

Kalit so'zlar: mumtoz adabiyot, tarjimon, tarjima, so 'z, ibora, tusmol ekvivalent.

Аннотация. Статья посвящена анализу одной из важных проблем перевода образцов классической литературы братских народов - анализу ошибок и недостатков которые связанных с переводом арабо-персидских слов и словосочетаний.

Ключевые слова: классическая литература, переводчик, перевод, слово, фразеологизм, приблизительный эквивалент.

Abstract. The article devoted to the analysis of one of the important issue such as common mistakes in the translation of Arabic-Persian words and phrases which were used in the cognate nations classic literature

Key words: classical literature, translator, translation, word, phrase, idiom equivalent.

Mumtoz asarlar tarjimasi bilan bog'liq muammolar ko'p bo'lib, ularning aksariyati hali tadqiqot mavzusiga aylanmay, ochiq qo'riq bo'lib yotibdi. Mazkur maqolada biz ulardan bittasi - qardosh xalqlar mumtoz adabiyoti namunalari tarjimasidagi arab va fors tillaridan kirgan so'z va iboralar tarjimasi bilan bog'liq muammolar xususida fikr yuritmoqchimiz.

Ma'lumki, turkiy xalqlar adabiyoti asrlar davomida arab va fors tillari hamda adabiyotining kuchli ta'siri ostida rivojlangan. Binobarin, xuddi Navoiy, Bobur, Mashrab, Munis, Ogahiy asarlari kabi ularning tilida ham arabcha va forscha so'z va iboralar ko'p uchraydi. Aksar tarjimonlarimiz esa turk, ozar, turkman, qozoq, qirg'iz, tatar, boshqird, qoraqalpoq tillarini bir qadar bilganlari holda, mazkur asarlarda qo'llangan arabcha va forscha

278

so'zlarni tushunmaydilar. Natijada aksar taxmin asosida ish ko'radilar. Bu tarjimalarda xato talqinlarning ko'pligi shundan. Bunday qusurlarni yaqin tillardan tarjima qiladigan deyarli barcha tarjimonlarimiz faoliyatida kuzatamiz. Jumladan, atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli, mashhur ozar so'z san'atkorlari Nasimiy va Voqif, qoraqalpoq yozma adabiyoti asoschisi Berdaq asarlarining barcha tarjimalarida shunday xato-kamchiliklarni ko'ramiz. Xuddi shu narsa bizni ayni muammoni ko'tarishga undadi.

Mumtoz va zamonaviy adabiyot tarjimasining o'ziga xos tafovutlari bor. Mumtoz so'z san'ati namunalari tarjimasiga qo'l uradigan tarjimon asliyat tilidan tashqari, yana arab va fors tillari, din va tasavvufdan ham muayyan darajada xabardor bo'lishi taqozo qilinadi. Chunki mumtoz adabiyot namunalarida arabcha va forscha so'zlar ko'p qo'llanibgina qolmay, ular diniy va tasavvufiy istiloh va tushunchalardan ham xoli emas.

Yaqin tillardan tarjimada arabiy va forsiy so'zlar tarjimasida to'rt holatni kuzatamiz: birinchisi - o'zi tushunmagan so'zni bilib-bilmay noto'g'ri talqin qilish, ikkinchisi - o'quvchiga tushunarli-tushunarsizligidan qat'i nazar so'zlarni hech qanday sharhu izohsiz aynan qoldirish, uchinchisi - tarjimonning o'zi tushunmagan so'zlarni saqlab qolib, ularga izoh berishi, to'rtinchisi - asrlar davomida ma'no doirasini toraytirgan yo kengaytirgan, ba'zida hatto o'zgartirgan so'zlarni o'zicha qoldirish orqali o'quvchini chalg'itishdir.

O'tgan asr o'rtalaridayoq Maxtumquli asarlarini birinchi bo'lib o'zbek tiliga tarjima qilgan yirik tarjimashunos Jumaniyoz Sharipov uning "Yaman ishdir bug'z bolmak er erden", ya'ni "Mardning mardga kek saqlashi yaxshi emas" ma'nosidagi misrasi tarjimasida kek, gina, adovat, dushmanchilik ma'nosidagi arabcha "bug'z" so'zini "bo'g'oz" deb tushunib, "Yomon ishdir bo'g'oz bo'lmoq er erdan" tarzida mantiqsiz va bema'ni tarjima qilgan edi. M.Ahmad esa ipak, shohi, nafis mato ma'nosidagi arabcha "qumosh" so'zini "qamish" deb talqin qiladi: "Duzak turar al kumashbiR, sim zeriR" - "Aldash-chun olib chiq qamish, sim-zaring". Ko'rinib turibdiki, bu yerda qamishning siymu zar (kumush va oltin) bilan sira ham aloqasi yo'q. Aslida bu misra quyidagicha tarjima qilinishi kerak: "Tuzoq qurar mol-mato, siymu zaring".

Muzaffar Ahmad turkman tilini boshqa tarjimonlarga qaraganda birmuncha yaxshi bilsa-da, fors-tojik tili va islomiy istilohlardan yetarli darajada xabardor emasligi uning tarjimalarida ham qator xatolarning kelib chiqishiga sabab bo'lgan. Chunki Maxtumquli she'rlarida forsiy-arabiy so'z va iboralar ham, diniy atama va tushunchalar ham nihoyatda ko'p ishlatilgan. "Xaydari safdar Albi - shiri Xudanti gerdYm-s" misrasi tarjimasida esa "sher" so'zi tushib qolishi natijasida Haydar Ali Xudoga aylanib qolgan: "Haydari safdori Ali Xudoni ko'rdim". Bu yerda "safdar" so'zi ham "safdor" tarzida noto'g'ri qo'llangan bo'lib, u dushman safini tor-mor qiluvchi, majozan esa pahlavon, jangovar ma'nosini bildiradi va misraning mazmuni "Dushmanning dodini beruvchi Haydarni - Xudoning sherini ko'rdim" tarzidadir. Haydar - Hazrat Alining laqabi bo'lib, "sher" ma'nosini bildiradi. Bundan tashqari, M.Ahmad "hazoron" (minglarcha) so'zini - "hozirun", "marg'zor" (ko'kalamzor)ni - "murg'zor" (qushzor), "kishti kor" (ekinzor)ni - "kasbu kor", "taht us-saro" (er osti)ni - "taxti saro", "besh" (ortiq, ziyoda)ni - "pesh", "muqaddar" (taqdir qilingan, belgilangan)ni - "miqdor", "mekem" (maqom)ni - "mahkam" deb noto'g'ri talqin qiladi va hokazo.

Maxtumqulining "ko'ngul" radifli g'azali tarjimasida M.Kenjabek "baxtim qorasidir" mazmunidagi "bagtbim siyasidir" jumlasini "boqtim: siyosiydir" deb o'zbekchalashtiradi:

Necha msxrem binovalar tapdbilar andan nova, Manug eden andan meni bagtbim sbyasbdir, kenul.

Necha mahram benavolar topdilar andin navo, Man' edan andan meni boqdim siyosiydir, ko'ngul. Holbuki, bunda forscha "siyoh" - "qora" so'ziga "i" egalik qo'shimchasi qo'shilib, "siyosi" - "qorasi" ko'rinishini olgan. Tarjimon esa uni "siyosiy" deb tushungan. Baxtning siyosiy yoki ijtimoiysi ham bo'ladimi?

Bu yerda "mahram" so'zi ham noto'g'ri qo'llangan - mantiqan u "mahrum" bo'lishi kerak. O'shanda baytning o'zbekchasi quyidagicha jaranglaydi:

Necha mahrum benavolar topdilar undan navo, Menga man' etgan uni baxtim qarosidir, ko'ngil.

Tarjimonlar o'zlari tushunmaganlari tufayli o'xshashiga nisbat berib, mana bu ma'noni anglatsa kerak deb taxmin bilan tarjima qiladigan so'zlarni Z.Isomiddinov "tusmol ekvivalentlar" deb ataydi [3,161-163].

"Xayyat" - "bichiqchi" degani. Barcha tarjimonlar uni "hayot" deb noto'g'ri talqin qiladilar. Bu holni Abdumo'min Jumaev va Jumanazar Zulpiev tarjimalarida ham ko'ramiz: "Ma'ni bozorinda hayotga (?) do'ndim, Shirin g'azal to'nin bichdim, yoronlar". Bu tarjimonlar tarjimasida ko'plab arabcha va forscha so'zlar yo tarjimasiz qoldirilgan, yo buzib tarjima qilingan. Misol uchun, "so'nggi, oxirgi" ma'nosida kelgan "xotam" (xatam) so'zini Hotam deb kishi nomiga aylantirib yuboradilar. Hotam - saxiyligi bilan dong taratgan arab qabila boshliqlaridan biri. She'rda esa Muhammad alayhissalom xususida so'z borib, uning payg'ambarlarning so'nggisi ekanligi aytilmoqda. Yoki arab tilidagi "saqar" (uchinchi do'zaxning nomi) so'zini "sahar", "madd" (arab yozuvidagi harflarning ustiga qo'yiladigan cho'ziqlik belgisi)ni - "matn" deb tarjima qilishadi. "Qolu maqol" ("galmagal") - "gap-so'z, bahs, tortishuv, janjal" ma'nosini bildirib, uni bir marta ham to'g'ri tarjima qilishmagan: "toshqin sel", "ozurda hol", "bemahal" deb har gal noto'g'ri talqin etishgan. Forscha "zer" (ost, tag, tub)ni - "zirh", ""marg'zor" (murgzor) - "maysazor, ko'kalamzor" ma'nosidagi so'zni "murg'zor" -"qushzor (tovuqzor)" deb berishadi. "Kohi" ("gexi") - "somoni" so'zini "gohi" deb o'girishadi va hokazo.

A.Boyqo'ziev Voqifning quyidagi baytida "ro'y" - "yuz" so'zini "ruh" deb o'qigan:

Hasratinda za 'farona do 'nsa ro 'yim, yo'x ajab, Qo 'ymush hijronda mani, bir gul'uzorim galmamish.

Hasratida za'farona do 'nsa ruhim, ne ajab, Kuydirib hijron o'tida guluzorim kelmamish. Baytda hijronda qolgan oshiqning diydor hasratida yuzi za'faronga aylanishi, ya'ni sarg'ayib, so'lg'in bir holga kelishi tasvirlangan. Tarjimada esa "yuz" o'rnini "ruh" egallaydi. Ruh esa moddiy narsa bo'lmay, uning sarg'ayishi mumkin emas.

Quyidagi misrada yashnab turgan, tarovatli gul ma'nosidagi "guli serob" birikmasini tushunmay "guli sir ob" tarzida qo'llaydiki, undan bir

narsani tushunib bo'lmaydi: "Orazing istar, guli serobi go'rmaz go'zlari" - Orazing istar, guli sir obni ko'rmas ko'zlari".

Tarjimada talqin va so'zning o'rni beqiyos: o'zing ma'nosini to'g'ri anglab ololmagan matnni o'quvchiga to'g'ri yetkazib berolmaysan. Birgina topib qo'llanilgan so'z uzukka mos ko'zday matnning husnini ochib borishi, noto'g'ri ishlatilgan so'z esa mazmunni xiralashtirishi, hatto butunlay buzib yuborishi mumkin. Mumtoz shoir sifatida Maxtumquli o'z asarlarida ko'plab arabiy, forsiy so'zlarni qo'llaganki, ularni tarjimasiz aynan qoldirish o'zini oqlamaydi:

Magtbimgulbi aydar Xaka setayush, Xer mYshgil ishime sen-sen kYshayush, Gijeyu-gyndizge berip nemaybish, Xurshbit ile maxb-taban yaratdb. Mirzo Kenjabek tarjimasi: Maxtumquli aytar Haqqa sitoyish, Har mushkul ishimga sensan kushoyish, Kechayu kunduzga berib namoyish, Xurshid bilan mohitobon yaratdi.

Bu yerda qofiya bo'lib kelgan "sitoyish", "kushoyish" va "mohitobon" so'zlarining birortasi hozirgi o'quvchiga tushunarli emas, yana hech bir zaruratsiz "xurshid" so'zini ham aynan qoldirgan - qofiya bo'lib kelmagani uchun uni bemalol "oftob" yoki "quyosh" so'zlaridan biri bilan almashtirish mumkin edi. Bundan tashqari, bu yerda "namoyish" so'zi ham biz tushungandan boshqacha ma'noda kelayapti: kechayu kunduzni shu holda yaratdi, bir-biriga bog'liq qilib qo'ydi va hokazo. Bunday hollarda qofiyalarni almashtirish, ya'ni ularni o'zbekchalashtirish taqozo qilinadiki, bu butun bandning tuzilishini o'zgartirish, boshqacha aytganda, she'rni chinakamiga tarjima qilish degani bo'ladi. Bu esa, tabiiyki, ter to'kish, zahmat chekish, ijodiy izlanishni talab etadi [11,74]. Qardosh tillardan tarjimada tarjimonlarimiz ko'pincha ana shu oddiy haqiqatni tushunib yetmaydilar yoki istamaydilar, balki buni ortiqcha, keraksiz ish deb hisoblaydilar. Holbuki, mana bunday "tarjima" qilib, har bir tushunarsiz so'zga matn ostiga izoh bergandan ko'ra, asliyatning o'zini zarur sharhu izohlar bilan nashr etgan yaxshi emasmi? Bir tert atlbi geldi, barbi sebzebaz,

Asalarbiyashul, atbi teblebaz...

Mirzo Kenjabek tarjimasi:

To 'rtta otliq keldi, bari sabzaboz,

Asolariyashil, oti tablaboz...

Ko'rinib turganidek, bu yerda bor-yo'g'i ikkitagina so'z o'zbek o'quvchisiga tushunarsiz bo'lib, tarjimon esa o'shalarni ham tarjima qilish o'rniga aynan qoldirib, matn ostida izoh bergan: sabzaboz - yashil kiyimli, tablaboz - o'ynoqi.

"Agar yaqin tillardan tarjima - matnda mavjud barcha tanish so'zlarni o'z tilimizga o'tkazib, notanish so'zlarni satr ostida "izohlash"dan iborat bo'lsa, o'z-o'zidan, tarjimaning bu turi nuqul nusxa ko'chirishdan iborat ekan, degan xulosa kelib chiqadi. Basharti, chindan ham shunday bo'lsa, yaqin tillardan tarjima qilib o'tirishga hech qanday zarurat qolmaydi, desa ham bo'ladi. Aslida esa, bunday emas. Qardosh tillar bilan ish ko'rganda ham, qardosh bo'lmagan tillarga murojaat etganda ham tarjimaning qoidasi bitta: asl nusxani boshqa tilga o'tkazib - qayta yaratish" [11,73].

Afsuski, M. Kenjabek tarjimasi uchun bu xos xususiyat: u ko'plab fors-tojikcha, arabcha va qadim turkiy so'zlarni aynan qoldirib, matn ostida ularga izoh berib ketaveradi.

Nasimiyning birgina "sig'mazam" radifli mashhur g'azali tarjimasida esa lomakon, kavnu makon, farsh, kofu nun, absam, bidoyat, zann, asanji, hashr, qumosh, raxt, bahr, muhiti a'zam, kun-fakon, Tur, dahr, anjum, chor, panj, shash, shams, qamar, barot, ruhi ravon, tir, pir, javon, jovidon kabi 33 ta tushunarsiz so'z o'zbekchaga o'girilmay aynan qoldirilgan. Chunonchi, quyidagi baytu misralarni tarjima deb bo'larmikan: Arsh ila farshu kofu nun, manda bilindi jumla chun, Kes so 'zingni va absam o 'l, sharhu bayona sig 'mazam. Ham sadafam, ham injuyam, hashru sirot asanjiyam, Buncha qumoshu raxt ila man bu do'kona sig 'mazam. Zarra o'zim, quyosh o'zim, chor ilapanju shash o 'zim... Tir o 'zim, kamon o'zim, pir o 'zim, javon o 'zim...

Voqifning "Qurboniman men" nomli mashhur she'ri tarjimasida ham ""siyah mo'yli". "oftob ro'yli", "jannat ko'yli". "yuzi sharli", "gulzor barli", "kun tal'atli" iboralari na o'zbekcha, na o'quvchiga tushunarli. Bu tarjima emas, transliteratsiya bo'lgan, ya'ni bir yozuv harfidan boshqasiga

283

o'tkazib qo'yilgan. Holbuki, bu she^ hofiz^ soziga tushib, ulaming гepeгtuaгidan mustahkam o'rin egallagan. O'ynoqiligi va jaгangdoгligi uchun xalq ham bu qo'shiqni sevib tinglaydi.

Bu boradagi muammolaráan yana bin shundaki, Ыг qatoг so'zlaг mumtoz adabiyotda boshqa, hoziïgi tilimizda boshqa ma'nolaгda keladi. Tarjimada bu omilni hisobga olish kerak bo'ladi. Masalan, "mehnat" so'zini biz hoziï asosan ish ma'nosida qo'llaymiz, holbuki, o'tmishda u aynan shu ma'nosida deyarii ishlatilmagan, balki mashaqqat, qiyinchilik; dará, g'am; tashvish, balo ma'nolarida istifoda etilgan. Xuddi shunday "hunaf' so'zi ham hozkgiday faqat "kasb" emas, balki fazilat, xislat ma'nolarini ham bildiгgan. "Yaqin" so'zi esa haqiqat, to'g'ri, ishonchli degani, ya'ni biz hoziï tushunadigandek, uzoqning ziddi emas. "G'ayrat" so'zi rashk, hasad ma'nolarini bildiradi. "G'ash" so'zi garó, g'uboг; bulg'anch, iflos ma'nolarida qo'llanadiki, biz uning faqat ko'ngildagi noxushlik, daráu iztimb ma'nolaгini bilamiz. Tarjimonlarimiz esa masalaning shu tomoni bilan ko'pda hisoblashmay, o'z tarjimalarida ularni tarjima qilmay, o'ziday qo'llab ketaveradilar Jumladan, Maxtumquli she'riari taqimasida J.Jabboгovning haг gal "mehnat" so'zini aynan qoldirishi shoiг fikгining noto'g'ri talqin qilinishiga sabab bo'lgan. Masalan: "Birovga beгibdiг qayg'u-g'am, mehnat..." - "Qayg'u, mehnat bilan chiqadi joni..." Ko'гinib tuгibdiki, haг ikki o'rinda ham g'am va qayg'uga ma'nodosh so'z qo'llanishi kerak. M.Ahmad taqimalarida ham bu holni ko'ramiz ("Pes xotin boshga mehnatdir"). Yoki '^'tibo^' so'zi hoziг obгo', qadг-qimmat ma'nosida tushuniladi. Holbuki, mumtoz she'riyatda u ko'pincha ishonch, e'timod ma'nosida keladi. Shunday ekan, Maxtumqulining "Gmre в^б^г yok, nege yatbip sen?" misrasini "Umгga e'tiboг yo'q, nega yotibsan?" (M.Ahmad) taгzida emas, balki "Urn^a e'timod yo'q, nega yotibsan?" deb tarima qilgan maqsadga muvofiq. Yoki "haromi" so'zi o'tmish adabiyotida "g'oratga^ yo'lto'saг, hiylagaг" ma'nosida qo'llanib, hoziïgi o'quvchi uni deyaгli "zino mahsuli bo'lgan bola" ma'nosida tushunadi va haqorat so'z deb biladi. Shunday ekan, tarjimada bu so'zni aynan qoldirish o'zini oqlamaydi: Yej badi-ssba, msndsn ildt jars sdlami, Shol gsmzshriserbsdsnu, yejni hsrami.

Ey bodi sabo, mandan elit yora salomi,

R

от

Ulg'amzalari shu 'badachi, ko 'zi haromi. Tahlillar mumtoz adabiyot namunalari tarjimasi bilan bog'liq muammolarni sinchiklab o'rganish va ularni hal qilish yo'llarini ko'rsatish muhimligini ko'rsatadi.

Xulosa. Ma'lumki, qardosh xalqlar so'z san'atidan faqat zamonaviy adabiyot namunalari emas, balki mumtoz adabiyot namunalari ham tarjima qilinadi. Mumtoz adabiyotga oid asarlar tarjimasiga qo'l uradigan tarjimon esa asliyat tilidan tashqari arab va fors tillarini ham bir qadar bilishi, mumtoz poetika asoslari, xususan, aruz vazni va badiiy san'atlardan ham u yoki bu darajada xabardor bo'lishi, islom ta'limoti va tasavvuf falsafasidan ham ozmi-ko'pmi tasavvur hosil qilishi, bugina emas, o'zbek mumtoz adabiyotini ham yaxshi bilishi va yana hammasidan muhimi, uning o'zida mumtoz adabiyot ruhi bo'lishi taqozo etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Вокиф. Танланган асарлар (Миртемир, Шухрат, Ж.Жабборов таржималари). - Тошкент, 1969.

2. Имадэддин Нэсими. Сечилмиш эсэрлэри. - Баки, 1973.

3. Исомиддинов З. "Алдокчи сузлар" билан бахс \\ Таржима санъати ( Маколалар туплами ). 5-китоб. - Тошкент: Г.Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1980.

4. Махтумкули. Танланган асарлар (Ж.Шарипов таржимаси). - Тошкент: "Фан", 1958.

5. Махтумкули. Сайланма ( М.Кенжабек таржималари). - Тошкент, 2004.

6. Махтумкули. Дунё утиб борадир (Ж.Шарипов, Ж.Жабборов, М.Кенжабек, М.Ахмад, Э.Очилов таржималари). - Тошкент: "Шарк", 2007.

7. Махтумкули. Сайланма (А.Жумаев, Ж.Зулпиев таржималари). - Тошкент: "Узбекистан", 2008.

8. Магтым^лы. Шыгырлар. Y4 томлук - Ашгабат, 1992-1994.

9. Мулла Панох Вокиф. Сечилмиш эсерлари (араб ёзувида). - Баку, 1968.

10. Насимий. Асарлар (Миртемир, Х.Расул ва АДосимовлар таржималари). -Тошкент: Г.Гулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977.

11. Саломов F. Таржима назариясига кириш. - Тошкент: "Укитувчи", 1978.

12. www-kh-davron.uz

13. Khudoyorovich, K. K., Rasuljanovna, I. N., Khalmuratovna, R. Z., & Eshkobilovna, K. D. (2020). The Issues of Word Choice in Fiction Translation. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(04).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.