Научная статья на тему 'TARJIMADA MILLIY O„ZIGA XOSLIK'

TARJIMADA MILLIY O„ZIGA XOSLIK Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

117
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarjima / аsliyat / аdabiy aloqalar / tаrjimon mahorati va mas‟ulyati / milliy kolorit / adabiy jarayon / translation / originality / literary relations / skills and responsibilities of translator / national character / literary process

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — G‟Ulom Atadjanov

Ushbu maqolada qoraqalpoq yozuvchisi Kengesboy Karimovning “Og‟abiy” romani tarjimasida milliy koloritning saqlanishi haqida gap ketadi. Tarjimadagi o‟ziga xos jihatlar haqida so‟z yuritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article examines the preservation of the national character in the translation of the novel “Og‟abiy” by the Karakalpak writer Kengesbay Karimov. Peculiarities of the translation are discussed

Текст научной работы на тему «TARJIMADA MILLIY O„ZIGA XOSLIK»

TARJIMADA MILLIY O'ZIGA XOSLIK

G'ulom Atadjanov

CHDPU O'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada qoraqalpoq yozuvchisi Kengesboy Karimovning "Og'abiy" romani tarjimasida milliy koloritning saqlanishi haqida gap ketadi. Tarjimadagi o'ziga xos jihatlar haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: tarjima, asliyat, adabiy aloqalar, tarjimon mahorati va mas'ulyati, milliy kolorit, adabiy jarayon.

ABSTRACT

The article examines the preservation of the national character in the translation of the novel "Og'abiy" by the Karakalpak writer Kengesbay Karimov. Peculiarities of the translation are discussed.

Keywords: translation, originality, literary relations, skills and responsibilities of translator, national character, literary process.

KIRISH

Tarjimachilik juda mas'ulyatli, mashaqqatli va shuning bilan bir paytda murakkab, qiyin sohalardan biri hisoblanadi. Bir xalqning asarini ikkinchi bir xalqqa yetkazish oson ish emas, albatta. Ayniqsa tarjima asari bir biriga yaqin, qardosh tillardan o'girilgan bo'lsa. Tarjimon asarni yo'q qilishi yoki aksincha maromiga yetkazib tarjima qilishi tarjimonga bevosita bog'liq jarayondir. "Tarjimon ikki milliy adabiyot o'rtasidagi aloqachi, vositachi hisoblanadi.Voqealar oqimini original asar muallifi qanday tasavvur qilsa, u ham shu oqim ichiga avtor singari kirib borishi lozim." [Salomov,1979:142 ] Shunday yaxshi tarjima qilingan asarlardan biri bu -Kengesboy Karimovning "Og'abiy" romanidir. Tarjimon qoraqalpoq xalqining milliy koloriti, milliy qadriyatlari, urf-odatlari, cho'l tabiatini va hakazolarni a'lo darajada maromiga yetkazib tarjima qila olgan. Asarni o'qigandan undan aynan qoraqalpoq realiyalari uf urib turishini bilib olamiz. Asar avvalida Qayir haqida gap ketar ekan shunday deyiladi:

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA O'zbekcha tarjimada: "Mol junidan yasalgan kopto'k, chillak, oshiq o'yinida gerdayganlarning adabini berib

November, 2022

231

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

qo'yadigan, erkatoy, ota-onasining yolg'izi Qayirning eng yaxshi ko'radigan mashg'uloti ot minish bilan ovga chiqish edi".[Karimov,2020:14 R.Musurmon tarjimasi]

Asliyatda: "Qasharman top, shullik, asiq o 'yinda girlegenlerdin ' adebin berip qo'yatuwg'in, erke osken, ata-anasinin' jalg'izi Qayirdin' en' jasi ko'retuwg'in narsesi at miniw menen an 'shiliq edi. " [Karimov,2017:7] "Har qanday asarni qaysi xalq mahsuli ekanligini, uning milliy xususiyatlarini ikkinchi bir xalq ma'naviyatidagi tegishli xususiyatlar bilan almashtirib yubormaslik uchun o'sha asardagi milliy o'ziga xoslikni va realiyalarni to'liq qayta tiklash tarjimaning asosiy shartlaridan biridir" [Abdullayeva,2012:72] -Kishe, go'sht pishdimi? - dedi cho'ntagidan tuzoqlarni yerga tashlab, bir-biridan ajratar ekan. -Turdingmi, Oqjigit? -dedi savol bilan javob qaytarib ayol (shu sahifa). Kishe so'zining tarjimasi sifatida u so'zning o'zbek tilidagi aynan muqobilidan ya'ni checha yoki bo'lmasa yanga so'zlaridan foydalanishi ham mumkin edi. Lekin tarjimon bu so'zni o'z holicha qoldiradi va qorqalopoq milliy o'ziga xosligini ko'rsatib beruvchi bir vosita o'laroq namoyon qiladi. Bunda ham milliy kolorit saqlangan deya ishonch bilan aytishimiz mumkin. Qoraqalpoqlarda ilgaridan kelayotgan odat bo'yicha esini taniguncha onasi tarbiyalagan o'z bolasining otini aytmay buning o'rniga o'ziga mos va xos tarzda biron bir yoqqan ism yoki sifat bilan chaqirish odati mavjud. Asarda esa ona o'z farzandiga "Oqjigit" tarzida murojaat qiladi. Bu odat nafaqat onalar uchun balki bolalar ham o'z onasini boshqa bir ism yoki bo'lmasa o'ziga ma'qul bir sifat bilan murojaat qiladi. Asarda ham buning yaqqol misolini ko'rishimiz mumkin. Masalan: ona bolasiga "Oqjigit" desa bola esa onasiga "kishe" deya murojaat qiladi. Keyingi gapda ham xuddi shunday. Erepboy uyiga keladi. Qarasa tuyasi yo'q.Ayoliga shunday murojaat qiladi.

O'zbekcha tarjimada: -Mayli, oshingni tayyorlayver. Men tuyani qidirib,topib kelayin. Aytmoqchi, qora bolang qayoqda? - Sening qora bolang-ku,-deb kuldi Sarbeka. Shu yerda yurgandir. Azondan beri ko 'rinmaydi (258-bet)

Asliyatda: Meyli, asin 'di tayyarlayber. Men ingendi qidirip tawip keleyin. Aytpashaq, "qara balan '"qayaqda?- Senin ' "qara balan ' g'oy "-deb kuldi Sarbiyke.-Jurgen shig'ar usi atrapda. Azannan berli kozime tesmedi.(176-bet) Bu yerda Qayirning ota -onalari farzandini o'z ismi bilan atamasligini "Qora bola" deganlardan ham bilsa bo'ladi. Ovqatlanish odati va odobini ham aynan asliyatdagi ma'noni beradigan holda tarjima qilingan. Xizmatkor yigit qo'liga sochiq olib, qo'liga suv quyishga hozirlanayotgan paytdagi Qulchining gapini

qiyosiy

tahlil

November, 2022

qilamiz.

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

O'zbekcha tarjimada: -Taqsir, marhamat, sizdan bo'lsin,-dedi Qulchi biy odob yuzasidan Imonberdi oxunga burilib. Mehmon otangdek ulug', deyishgan, Qulchibiy, daryo kechib, aziz avliyolar qadamjosini hatlab, olisdan qidirib kelib turibsiz, sizdan bo 'lsin, -deb oldiga qo 'yilgan chilobchinni surdi. (81- bet)

Asliyatda: Taqsir, marhamat,sizden bo'lsin,-dedi Qulshi biy, adep juzesinen Iymanberdi oxung'a burildi. Miyman atan'day ulli, degen Qulshi biy, daryo keship, awliye atlap, alisdan izleb kelip otirsiz,sizden bo'lsin aldina qo'yilg'an shilapshindi aqrini sirdi. (54-bet) "Romanda taomlanishdan tashqari, dasturxon boshidagi odob-axloq, sarqit berish, izn olish,safar chog'idagi an'analar shuningdek mehmondorchilik urf-odatlari kabi qoraqalpoq xalqi uchun xos bo'lgan barcha udumlar voqealar jarayoni bilan parallel ravishda ko'rsatib o'tilgan." [Allamberganov,2020:66] Asliyat matnda ishlatilgan yana bir milliy qoraqalpoq realiyalaridan biri "sarqit" so'zidir. Ushbu milliy realiya ishtirok etgan o'ringa e'tiborimizni qaratamiz. Asliyatda: "Qulshi biydin' shan'arag'inda ataqli biylerdin' sarqitin jew adeti bar bolip, qo'naqlar ketgen son' asirese balalar, kelinler bas tabaqtan, tetetabaqtan awiz tiyip, sol biylerdey, batirlarday, sheshenlerdey boliwdi, analar solarday azamat perzent keriwdi tiler edi. Kep etpey, Janimqiz sarqit jegiziwge Erejepti yertip, uyge kirdi" [4.169]

O'zbekcha tarjimada: "Qulchi biyning chang'arog'idan atoqli biylarning sarqitini yeyish odati bor edi. Qo'noqlar ketgandan so'ng ayniqsa bolalar, kelinlar bosh toboqdan, teta toboqdan og'iz tegib, shu biylarday, botirlarday, chechanlarday bo'lishni,onalar shularday azamat farzand ko'rishni tilar edilar. Ko'p o'tmay Jonimqiz sarqit yeyishga Erejebni ergashtirib uyga kirdi" [3.249]

"Sarqit" so'zi qoraqalpoq tilining izohli lug'atida shunday izohlanadi: "Sarqit - ot. Bir zattan', awqattan qaldirip basqalarg'a berilatug'in belek belim. Minaw anaw jayda otirg'anlarg'a sarqit bolsin. (J.Aymurzaev) . ( Qaraqalpaq tilining tusindirme so'zligi Qaraqalpaqistan. N.1982. B. 181) Demak, qoraqalpoq xalqi orasida ulug' insonlardan mehmonlardan ortib qolgan yemish va uning shu yerda o'tirganlarga ulashtirilishi "sarqit" deyilar ekan. Ya'ni izzatli mehmonning qadri boshqalarga ham yuqsin ma'nosida, shunday maqomga erishib yurish nasib etsin degan ma'noda qoraqalpoqlar orasida bu milliy udum hozirgi kungacha davom etib keladi.

"Sarqit" o'zbek -qoraqalpoq xalqlari orasida ishlatiladigan so'zlardan biri hisoblanadi. Ammo o'zbek xalqi orasida "sarqit" milliy udumi yo'q. Ammo "sarqit" so'zining o'zi o'zbek tilida ishlatiladi. "Sarqit" o'zbek tilida salbiy ma'noda ishlatiladi. R.Musurmon ushbu milliy realiyani asliyatdan

to'g'ridan - to'g'ri o'zini olgan, ammo roman matnida bu so'zga

November, 2022

izoh bermagan. Nazarimizda, "sarqit" milliy udumiga tarjimon yoki matn ichida, yoki matn oxirida izoh berishi kerak edi.

Roman matnida uchraydigan milliy realiyalardan yana biri "Shan'araq" dir. Bu so'z qoraqalpoq tilining izohli lug'atida shunday izohlanadi: "Shan'araq - at. 1. Qara uydin' uwiqlarin biriktirib uslap turatug'in tog'innan islengen den'elek shen'ber. Shan'araqtan basqa jerden heshqanday samal kiretug'in emes (T.Qaybipbergenov) . 2. Awis. Xo'jaliq, uy, semya. Taqsir telewge keshirmesi joq shan'iraqlar qsytedi (K.Sultonov) Demak, qoraqalpoqlarning o'tov uyining eng tepa qismi "Shan'araq" deb nomlanadi. Ikkinchi ma'nosi esa, "oila" ma'nosida keladi. Mutarjim R.Musurmon "Shan'araq" milliy realiyasini o'zbek tilida "chang'aroq" deb beradi. Binobarin, o'zbek tilida "chang'aroq" so'ziga shunday izoh berilgan: "Chang'aroq - o'tovning ustki qismidagi tuynuk chambaragi. O'tov chang'arog'idan dasturxonga taftli nur tushdi. T.Murod. "Yulduzlar mangu yonadi" . Demak, R.Musurmon "Shan'araq" so'zini "chang'aroq" deb to'g'ri tarjima qilgan. Ammo, so'zning qoraqalpoq tilida ikkita ma'nosi bor. Roman matnida bu so'zning har ikkala ma'nosi qo'llanilgan. Asliyatda: "Shan'araqqa tusken jaqtidan setem alg'an Bektemir oyanip ketti" .[4.3] O'zbekcha tarjimada: "Bektemir chang'aгoqqa tushgan yoгug'likni sezib,uyg'onib ketdi" [3.8].

Mazkur parchada "Shan'araq" so'zining birinchi ma'nosi qo'llanilgan va uni tarjimon o'zbek tilida to'g'ri bera olgan. Aslida, "Shan'araq" va "chang'aroq" so'zlari fonetik jihatdan nihoyatda bir-biriga yaqin talaffuz qilinadi. R.Musurmon "Shan'araq" so'ziga muqobil ekvivalent qo'llay olgan.

XULOSA

Mana shunday milliy ruhni, milliy koloritni asar tarjimasida ham bera olgan desak yangilishmagan bo'lamiz. Bunday o^in^ asaráa ko'plab uchraydi. Biz maqolamizning imkoniyatidan kelib chiqqan holda eng e'tiboгga tortadigan nuqtlarinigina tahlilga tortishga harakat qildik. Umuman olganda Kengesboy Karimovning "Og'abiy" гomanida qoгaqalpoq xalqining milliy urf odatlari ananalari biг so'z bilan aytganda milliy koloriti juda kuchli гavishda tasviгlab beгilgan. Tarjimada esa asliyatga monand tarzda o'zbek kitobxonlariga qoraqalpoq milliy koloriti yo^in ko'reatib beгilgan.

REFERENCES

1. Allamberganov A. "Gullayotgan checha^^' T; Adabiyot nashriyoti 2020-yil

November, 2022

234

2. Abdullayeva R. "Shiller va o'zbek adabiyoti"(Adabiy aloqa,tarjima va adabiy ta'sir masalalari) T;Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti.2012

3. Kengesboy Karimov "Og'abiy" romani.(Rustam Musurmon tarjimasi) T; G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2020-yil.

4. Kengesboy Karimov "Og'abiy" tariyxiy roman. 1-2 kitaplar (Ekinshi basilim) Nukus "Bilim". 2017-jil.

5. Jo'rayev K. " Tarjima san'ati" T; Fan nashriyoti. 1982-yil.

6. Salomov G' va boshqalar. "Tarjima mahorati" .T; Fan nashriyoti.1979-yil.

7. Atadjanov, G. (2020). FRIENDSHIP OF LITERATURE - FRIENDSHIP OF NATIONS. International Scientific Journal Theoretical & Applied Science, 10(90), 201-203.

8. Atajanov, G. (2020). ASLIYATNI QAYTA YARATISH MUAMMOSI. UzACADEMIA, 1(1), 72-75.

9. Davlatova, A. R. (2021). IMAGE OF MENTALITY IN ABDULLA ORIPOV'S LYRICS. International Scientific Journal Theoretical & Applied Science, 11(103), 904908.

10. Davlatova, A. R. (2022). PHILOSOPHY OF ABDULLA ORIPOV'S LYRIC. International Journal of Advanced Research in Management and Social Sciences, 10(11), 259-264.

11. Davlatova, A. R. (2022). THE ROLE OF WORLD LITERATURE IN THE DEVELOPMENT OF ABDULLA ORIPOV'S POETIC THINKING. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1027-1032.

12. Murodova, R. (2022). Ona tili darslarida nostandart testlardan foydalanish usullari. Til va adabiyot ta'limi, 1(1), 11-12.

13. Murodova, R. (2022). TIL VA MADANIYATNING TALQINI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK NIGOHIDA. CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH, 2(5), 895-903.

14. Murodova, R. I. (2022). NON-STANDARD TESTS IN MOTHER TONGUE EDUCATION AND IMPROVEMENT OF METHODOLOGY OF THEIR USE. GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ), 10(5), 21-36.

15. Rahmanova, N. A. (2022). CHIN ELIDEK BODAPARAST ET MENI..." YOKI TASAVVUFIY CHIN MAVZUSI HAQIDA. "FILOLOGIYA MASALALARI, 1(1), 224-227.

16. Raxmanova, N. (2022). ALISHER NAVOIYNING EPIZODIK OBRAZLAR YARATISH MAHORATI. International Conference on Developments in Education, 1(1), 114-118.

17. Usmanova, Z. I. (2022). FURQATNING ALISHER NAVOIY G AZALIGA BOGLAGAN TATABBUSI. CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH, 2(1), 221-225.

18. Tojiboyeva, G. A. (2021). JADID ADABIYOTIDA AYOLLAR TIMSOLI. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 1495-1502.

November, 2022

235

19. Tojiboyeva, G. A. (2022). MAHMUDXO'JA BEHBUDIYNING "PADARKUSH" DRAMASIDA AYOLLAR OBRAZI. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 66-70.

20. Tojiboyeva, G. A. (2022). XX ASR BIRINCHI CHORAGIDA BUXORODA IJTIMOIY-IQTISODIY, SIYOSIY MADANIY HAYOT, JADIDCHILARGA QARSHI MA'NAVIY HAMDA JISMONIY KURASH. Academic Research in Educational Sciences, 5(5), 590-593.

21. Usmanova, Z. I. (2021). Она тили дарсликлари такомиллашмокда. Экономика и социум, 4(83), 521-525.

22. Usmonova, Z. (2022). Zamonaviy ta'limning negizi. Til va adabiyot ta'limi, 2(1), 15-17.

23. Usmonova, Z. I. (2021). YANGI DAVR DARSLIKLARI. Academic Research in Educational Sciences, 2(11), 282-287.

24. Атаджанов, F. (2022). ШАКЛАН УХШАШ ВА АЛДО^ЧИ СУЗЛАР МУАММОСИ. "УЗБЕК ФИЛОЛОГИЯСИНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ ВА УНИ УЩТИШМЕТОДИКАСИМУАММОЛАРИ, 7(1), 561-564.

25. Ачилова, Э. С. (2021). РОЛЬ УРОКОВ ЛИТЕРАТУРЫ В ФОРМИРОВАНИИ КЛЮЧЕВЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ УЧАЩИХСЯ. Научные исследования, 2(3), 46-49.

26. Усманова, З. И. (2022). ОНА ТИЛИ ТАЪЛИМИДА ГРАММАТИК ТУШУНЧА, МАШЦ, САВОЛ ВА ТОПШИРЩЛАРНИНГ БЕРИЛИШИГА ОИД УЦУВ МАТЕРИАЛЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ПЕДАГОГИК МУАММО СИФАТИДА. CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH, 2(1), 251-259.

27. Муйдинова, А. (2022). МУВАШШАХ,ЧИЛИК АНЪАНАСИ. Academic Research in Educational Sciences, 5(3), 1042-1046.

28. Муйдинова, А. У. (2022). МИЛЛИЙ УЙFОНИШ ДАВРИ УЗБЕК АДАБИЁТИДА МУВАШШАХ,ЛАРГА ДОИР АДАБИЙ МУНОЗАРАЛАР.

"Экономика и социум, 6(97), 1-7.

29. Muydinova, A. (2022). A LOOK AT THE HISTORICAL ROOTS OF MUVASHSHAH ART. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 72(05), 358-361.

30. Muydinova, A. (2022). Muavashshaxchilikda an'ana va individuallik. TiL VA

ADABIYOT TA'LIMI, 4(1), 47-48.

31. Х,икматов, Х. С. (2021). МУЛО^ИЗА^О ПЕРОМУНИ ТАРЗИ ТАЪЛИМИ ИБОРА. Academic Research in Educational Sciences, 2(12), 307-314.

32. Х,икматов, Х. С. (2022). ТАФСИРИ МУХТАСАР МЕБОЯД. Academic Research in Educational Sciences, 2(10), 1008-1013

33. Hikmatov, H. S. (2022). Recomendations for writing test speaker in the 9 class.

Экономика и социум, 5(94), 48-52.

34. Hikmatov, H. S. (2022). SOME COMMENTS ON THE METHODOLOGY OF TEACHING THE TAJIK LANGUAGE IN PRIMARY SCHOOL. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 72(05), 349-354.

November, 2022

236

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.