Научная статья на тему 'MUHAYYIR IJODIDA IQTIBOS SAN‟ATINING O„RNI'

MUHAYYIR IJODIDA IQTIBOS SAN‟ATINING O„RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUHAYYIR IJODIDA IQTIBOS SAN‟ATINING O„RNI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

MUHAYYIR IJODIDA IQTIBOS SAN'ATINING O'RNI

M. Sh. Akbarova

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o'qituvchisi, O'zbekiston

O'zbek adabiyoti tarixida Qo'qon adabiy muhiti o'z o'rniga ega. Bu adabiy muhit mumtoz adabiyotimiz uchun muhim shaxslar va qimmatbaho asarlarni berdi. Bu muhit ham hayot, ham ijod jihatidan o'rnak bo'ladigan insonlarni tarbiyaladi. Zavqiy, Muqimiy, Nodirabegim, Uvaysiy, Dilshodi Barno, Fazliy Namangoniy, Chustiy singari benazir shaxslar yetishib chiqdi. Asarlarining mavzu ko'lami, ijodiy mahorati bilan ajralib turadigan shunday ijodkorlardan biri Muhayyir hisoblanadi. Muhammadqul Muhammadrasul o'g'li Muhayyir 1842-yilda Qo'qon shahrida tug'ilgan. Shoirning bilim olishida otasining o'rni beqiyos bo'lgan. Po'latjon Qayumov "Tazkirai Qayyumiy" asarida Muhayyirning otasi Qo'qon xoni saroyida kotib bo'lib xizmat qilganligini keltiradi. [4. 549-b.] Boshlang'ich ta'limni otasidan oladi, so'ng Qo'qon madrasasida o'qiydi. Buxoroda 1875-1985-yillar oralig' ida tahsil oladi. Qo'qonga qaytgach vafo tufayli ayoli va besh farzandidan ajraladi, so'ng Rishton tumani Oqyer qishlog'iga imom qilib jo'natiladi. O'sha yerda 1918-yilda vafot etadi. Hozirda Oqyer va Rishtonning boshqa qishloqlarida Muhayyirning boshqa avlodlari yashaydi. [4. 3-b.]

Muhayyirning ijodiy merosi ham boy. Bizgacha uning bir devonining ikki nusxasi (biri qoralama va ikkinchisi birinchi qoralama nusxaning oqqa ko'chirilgan varianti) yetib kelgan. Otasidan xattotlik ilmini o'rgangani bois devonini o'z qo'li bilan ko'chirgan. Bundan tashqari, arba'inchilik an'anasini davom ettirib, Muhammad Puryoniyning forscha tarjimasi asosida qirq hadisni turkiy tilga she'riy yo'l bilan ruboiy (to'rtlik) usulida o'girgan. Filologiya fanlari nomzodi dotsent Akramjon Dehqonovning olib borgan tadqiqotlaridan shu ma'lum bo'ldiki, Muhayyir Navoiydan keyingi qirq hadis tarjimoni bo'ldi. Navoiydan keyin bu ishni hech bir ijodkor qilmagan edi.

Muhayyir she'riyati vaznlar xilma-xilligi jihatidan ham, badiiyat jihatidan ham, she'riyatda qo'llanilgan badiiy san'atlar turfaligi jihatidan ham Qo'qon adabiy muhitidagi zabardast ijodkorlar bilan bir qatorda turadi. Ayniqsa, Muhayyir ijodida badiiy san'atlarning ishlatilishi she'riyatining mazmunini ham oshirishga yordam bergan. Ijodkor devonida 25 dan ortiq badiiy san'at turlarini uchratamiz, har bir badiiy san'atga bir nechtalab baytlar topish mumkin. Muhayyir ijodida shakl va mazmun jihatdan yetuk qo'llanilgan badiiy san'atlardan biri iqtibosdir. Iqtibos mushtarak san'atlar guruhiga kiradi. Iqtibos olimlar nazarida turli talqinda

147

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

ifodalanadi. Masalan, Qutbiddin Sheroziy va Sa'diddin Taftazoniy mashhur maqol yoki masal mazmuniga ishora qilish yoki ularni adabiy matnda keltirish usuli deb aytishadi. Atoulloh Husayniy "Badoyi' us-sanoyi" asarida iqtibosning to'rt xilini aytib o'tadi: ko'chirma aynan keltirilib, mazmuniga muvofiq talqin qilingan; aynan ko'chirilgan matn boshqa ma'noni ifodalashga xizmat qiladigan; iqtibos matni juz'iy o'zgarishga uchragan va iqtibos qilingan matn ham shakl, ham mazmun jihatidan o'zgarishlarga ucharagan shakllarini keltiradi. [2. 428-b.] Iqtibos - Qur'on oyatlari va hadislarni adabiy asarda o'zgarishsiz keltirish san'ati.

Muhayyir ijodida iqtibos san'ati boshqa san'atlarda n ham yuqori turadi desak, adashmaymiz. Chunki keltirilgan iqtiboslar shunday o'rinli va go'zal keltirilganki, she'riy parchalarning xushohangligini oshirgan. Masalan, Sabz o'ldi sahro, qilsun tamosho, "Arsilhu maanayarta' vayal'ab". Ushbu baytdagi keltirilgan iqtibos "Yusuf" surasining 12-oyatidan olingan. Ushbu oyat mazmuni quyidagicha: "Ertaga uni biz bilan yubor, yeb-ichib, o'ynab keladi. Albatta, biz uni muhofaza qiluvchilarmiz", - dedilar" [1. 156-b.] Ukalaridan qutulmoqchi bo'lgan Yusuf alayhissalomning akalari otalari qo'lidan olib chiqib ketish uchun hiyla ishlatadilar va ana shu gapni aytadilar. Sahrodagi quduq qa'riga tashlaydilar, shuning uchun birinchi misrada sahro haqida gap ketmoqda. "Ahsanuttaqviym"gulzoridursen, toza gul, Men erurmen bulbuli sho'ridau nolon senga.

Ushbu baytda e'tibor berishimiz kerak bo'lgan kalima "Ahsanuttaqviym" kalimasidir. "Ahsanuttaqviym" kalimasi qur'oniy kalima bo'lib, "Tiyn" surasi 4-oyatidan olingan. Ya'ni "Batahqiq, biz insonni eng yaxshi suvratda yaratdik" [1. 502-b.] Baytda bu kalima "eng go'zal yaratilgan" ma'nosida ishlatilgan va Rasulimiz sollallohu alayhi vasallamning Hayrul Halqulloh, ya'ni Allohning eng go'zal yaratig'i vasflariga to'g'ri keladi. Bayt mazmuni: Sen "Ahsanuttaqviym" -go'zal yaratiqlar gulzorining eng toza gulisan, men esa senga shaydo bulbulman. Bu baytda yorni gulga, oshiqni bulbulga qiyoslash orqali tashbeh san'ati hosil qilingan.

Quyidagi muxammasida keltirilgan iqtibos esa "A'rof" surasi 23-oyatidan olingan:

Tobishi quyosh bir yon, o't harorati bir yon, Tursa mag'zi sar qaynab, ham ayoq kuyib chandon, "Robbana zolamna" deb xalq bo'lsalar giryon, Anda sen nechuk qilg'ung, ey Muhayyiri nodon, Rahmat istasang o'zni Mustafog'a ummat tut.

148

May 3, 2024

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

Ya'ni Qiyomat kunida Quyosh ters tarafdan chiqadi. Do'zax alangasi yoqiladi. Do'zaxdagi eng yengil jazo sifatida oyoq tagidan o't yoqilishi va uning alangasidan bosh qaynashi aytilgan. Shunday jazo kutib turgan vaqtda butun insonlar "Ey Robbimiz, biz o'zimizga zulm qildik. Agar sen bizni mag' firat qilmasang va bizga rahim qilmasang, albatta, ziyon ko'rganlardan bo'lamiz" [1. 309-b.] -

deyishadi.

Zindonni hech "ahabbu ilayya" demas edi, Yusuf murodi bo'lmasa gar ul zaqanda bor. Ushbu baytda keltirilgan oyat ham "Yusuf' surasi 33-oyatidan olingan. Bu yerdagi "zaqan" so'zi "ilohiy tajalliga mulohaza ila nazar solish lahzasi. Jamol mushohadasi bo'lgan lazzat maqomi" degan ma'noni anglatadi. Oyat mazmuni quyidagicha: "U: "Ey Robbim, ular meni chorlayotgan narsadan ko'ra men uchun qamoq mahbubroqdir, bu (ayol)larning makrini mendan O'zing nari qilmasang, ularga moyil bo'lib, johillardan bo'lib qolaman". [1. 168-169-b.] Baytni tahlil qilamiz: Yusuf alayhissalomga ziyofatdagi ayollar oshiq bo'lib qolgan vaqtda Yusuf alayhissalom ayollar makridan ko'ra zindonni o'zlariga mahbub deb biladilar, agar Allohning tajallisidan murodi bo'lmasa edi, "ahabbu ilayya" demas edi.

Misollardan ko'rinib turibdiki, iqtibos san'ati misralar jozibasini, g'azallarning mazmun ko'lamini oshirishda asosiy vosita bo'lib xizmat qilgan. Mumtoz adabiyotimizda badiiy san'atlar asarda ifodalangan g'oyalarning hayotiyroq, ta'sirchanroq ifodalanishini, lirik va epik timsollarning yorqinroq gavdalantirilishini, misralar, bayt va bandlarning lafziy nazokati, musiqiyligi, jozibadorligini ta'minlovchi vositalardir.

References / Adabiyotlar

1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri hilol. 1-3-6-juz.- Toshkent. Hilol, 2008.

2. Sh.Sirojiddinov, D.Yusupova, O.Davlatov. Navoiyshunoslik.-Т.: "TAMADDUN", 2018.

3. Дехконов Акрамжон Мухдййир хдёти ва ижоди. Филол.фанлари номзоди...дисс. - Т., 2007.

4. Кдйюмов П. Тазкираи Кдйюмий. - Тошкент, 1998.

149

May 3, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.