Научная статья на тему 'MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI TALABALARI UCHUN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKILLASHTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMYATI'

MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI TALABALARI UCHUN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKILLASHTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
35
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
"digital technology" / "educational technologies" / "computer modeling" / "multimedia".

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tojiboyev Jasurbek Zokirjon Oʻgʻli

Shu paytga qadar mavjud ta'lim tizimida o‘qitish ustuvor sanalgan bo‘lsa, ayni paytda jamiyatning axborotlashuvi davrida raqamli texnologiyalardan foydalanish kata ahamyat kasb etmoqda ustuvorlik – o‘qishga o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Shu sababdan ta'limning o‘qituvchi-darslik-talaba paradigmasi talaba-darslik-o‘qituvchi paradigmasi bilan o‘rin almashishi zarurdir. OTMlarda muhandislik komp'yuter grafikasi fanini dasturlarini o‘zaro qiyoslash metodi asosida o‘qitish yuzasidan olib borilgan ishlarning kamchiliklari tuzatildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI TALABALARI UCHUN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKILLASHTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMYATI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

MUHANDISLIK VA KOMPYUTER GRAFIKASI TALABALARI UCHUN MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKILLASHTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING

AHAMYATI Tojiboyev Jasurbek Zokirjon o'g'li

Xalqaro Nordik universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.10159333

Annotatsiya. Shu paytga qadar mavjud ta'lim tizimida o'qitish ustuvor sanalgan bo'lsa, ayni paytda jamiyatning axborotlashuvi davrida raqamli texnologiyalardan foydalanish kata ahamyat kasb etmoqda ustuvorlik - o'qishga o 'rgatishgayo'naltirilgan. Shu sababdan ta'limning o'qituvchi-darslik-talaba paradigmasi talaba-darslik-o'qituvchi paradigmasi bilan o'rin almashishi zarurdir.

OTMlarda muhandislik komp'yuter grafikasi fanini dasturlarini o'zaro qiyoslash metodi asosida o'qitishyuzasidan olib borilgan ishlarningkamchiliklari tuzatildi.

Keywords: "digital technology", "educational technologies", "computer modeling", "multimedia".

Abstract. Until now, teaching has been considered a priority in the existing education system, but at the same time, the use of digital technologies is becoming more important in the era of information society. For this reason, it is necessary to replace the teacher-textbook-student paradigm of education with the student-textbook-teacher paradigm.

The shortcomings of the work carried out in the field of training of engineering computer graphics science programs based on the method of mutual comparison have been corrected.

Kalit so'zlar: "raqamli texnologiya", "ta'lim texnologiyalari", "kompyuterli modellashtirish", "multimedia".

Аннотация. До сих пор преподавание считалось приоритетом в существующей системе образования, но в то же время использование цифровых технологий становится все более важным в эпоху информационного общества. По этой причине необходимо заменить парадигму образования «учитель-учебник-ученик» на парадигму «ученик-учебник-учитель».

Исправлены недостатки проведенной работы в области подготовки программ инженерной компьютерной графики на основе метода взаимного сравнения.

Ключевые слова: "цифровые технологии", "образовательные технологии", "компьютерное моделирование", "мультимедиа".

Kirish: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi «Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi» PQ-3775-son qarorining 11-bandi 3-xat boshida, o'quv mashg'ulotlarini talabalarni innovatsion fikrlashga yo'naltiradigan o'qitish texnologiyalari va interfaol uslublarni joriy etish asosida tashkil etish, asosiy e'tiborni talabalarning mustaqil ta'lim olishi bilan bog'liq mexanizmlarni amalga oshirishga qaratish aytilgan.(1)

Shu paytga qadar mavjud ta'lim tizimida o'qitish ustuvor sanalgan bo'lsa, ayni paytda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik - o'qishga o'rgatishga yo'naltirilgan. Shu sababdan ta'limning o'qituvchi-darslik-talaba paradigmasi talaba-darslik-o'qituvchi paradigmasi bilan o'rin almashishi zarurdir. Zamonaviy pedagog kadrlar yangi mavqega ega bo'lib, uning vazifasi eng

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

avvalo talabalarni mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil etishga, bilimlarni mustaqil egallashga va ularni amaliyotda qo'llash malakalarini shakllantirishga qaratilmog'i lozim.(2) O'qituvchi bunday maqsadlarda o'qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlash kerakki, ular talabalarga nafaqat tayyor bilimlarni o'zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan mustaqil egallashlari, o'zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va erishilgan bilimlarni yangi bilimlar olishlarida foydalanish malakalariga ega bo'lishlari lozim.

Tahlil va natijalari: Bilimlarni o'zlashtirish fikrlashni rivojlantiruvchi muhim omil hisoblansa-da, ammo bilimlarni har qanday o'zlashtirish yoki egallash talabaning fikrlashiga rivojlantiruvchi ta'sir ko'rsatmaydi. Buning uchun bilimlarni, faoliyat shakllarini faollashtirish lozim. Egallangan bilimlarni oddiy qaytarish talabalarning fikrlashlarini rivojlantirishda yetarli bo'lmaydi. Faol bilish, mustaqil fikrlash faoliyati juda zarurdir. Bilimlarni mustaqil egallash faoliyati va olingan bilimlarni qo'llash jarayoni yangi bilimlarning shakllanishiga, talabaning samarali fikrlashi manbaiga aylanadi.

L.N.Anisimovaning fikriga ko'ra, talabalarning kasbiy kompetentsiyalarini, grafik tayyorgarligini muvaffaqiyatli shakllantirish uchun kompyuter texnologiyalari va interaktiv ma'ruzalardan va mustaqil ta'lim olishga asoslangan innovatsion yondashuvdan foydalanish kerak.(3)

«Muhandislik kompyuter grafikasi» fani bo'yicha talabalarni muvaffaqiyatli tayyorlash shartlaridan biri ularning mustaqil bilim olishlarini tashkil etishdir. Bu jarayon talabalar tomonidan o'quv materialini o'zlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan. Kompyuter grafikasining intensiv texnologiya sifatida eng muhim afzalligi shundaki, u talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini namoyish etish, stereotiplarni va fikrlash inertsiyasini yengish maqsadida mashg'ulotlarni tashkil etishda o'zgaruvchan va individual yondashish imkoniyatiga ega.

Yuqoridagilarni inobatga olib, mustaqil ta'lim faoliyat ekan, mustaqil ishni ham faoliyat turi deb hisoblash mumkin. Talabalarning mustaqil bilim olishlarini to'g'ri tashkillashtirish va nazorat qilish, o'qitilayotgan fanning oldida turgan vazifalarga erishishning samarali vositasi deb hisoblaymiz. Chunki bugungi kunda har bir fan uchun ajratilgan vaqtning yarimi mustaqil ta'limga mo'ljallangan.

Masalan, Yevropa, AQSh va Yaponiya davlatlarida ham talabalarning mustaqil ta'lim olish soatlari umumiy o'quv soatining 50-60%ni tashkil qiladi. (4)

I.Kovalevskiy mustaqil ishlarning ikki turini ajratadi: (5)

- auditoriyada bajariladigan ishlar (mustaqil ish o'quv mashg'ulotlarida o'qituvchining bevosita rahbarligi ostida va uning topshirig'i bilan bajariladi);

- auditoriyadan tashqarida bajariladigan ishlar (mustaqil ish o'qituvchining topshirig'i bilan, lekin uning bevosita ishtirokisiz bajariladi)

Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib, muhandislik kompyuter grafikasi fanidan talabalarning mustaqil ishlari mohiyati va ularni tashkillashtirish masalasini keltirish mumkin.

«Bilim - voqelikni bilishning, uning inson tafakkurida to'g'ri aks etishining isbotlangan natijasidir» - yaqin-yaqingacha ajdodlar tomonidan to'plangan bilimlar, o'qish va tinglash orqali, asta-sekin va uzluksiz birinchi so'zdan oxirigacha idrok etish orqali qabul qilingan. Insoniyat to'plagan bilimlarni yetkazishning bunday shakli ta'lim dasturlarini qurishning chiziqli tamoyilini belgilab berdi. Unda ma'lumotlar ierarxik va chiziqli shakllarda taqdim etiladi, yakuniy natija doimo oldindan belgilanadi.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

Ta'limning an'anaviy vosita va texnologiyalari aksariyat hollarda chiziqli bo'ladi. Ularga darsliklar, metodik qo'llanma va ko'rsatmalar, o'rgatuvchi kompyuter dasturlar misol bo'la oladi. Bularning barchasi uzviylik tamoyili asosida tayyor bilimlarni uzatishga asoslanadi.

Mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda, ijodiy faoliyatni rivojlantirishuvchi va faollashtiruvchi samarali vosita talabalarning mustaqil ishlaridir.

Ta'lim jarayonida chiziqli bo'lmagan bilimlarni ifodalash vositalaridan (masalan, entsiklopediyalar) va sun'iy bilimlarni ifodalash usullaridan (masalan, bilimlar bazasi, multimedia) foydalanish o'qitishning chiziqli va chiziqli bo'lmagan shakllari o'rtasidagi farqni yaqqol ko'rsatadi. Mustaqil ta'limni tashkillashtirishda chiziqli bo'lmagan ta'lim texnologiyalaridan foydalanish, talabalar tomonidan o'z bilimlarini faol qurilishiga yordam beradi. Ushbu yangi usullarni qo'llashda talabalar o'zlarining vazifalarini bir xil muhitda bajaradilar, ammo chiziqli bo'lmagan texnologiyaning maqsadi talabalar uchun turlicha yakuniy natijaga erishish imkonini berishdir.

Shu bilan birga, mutaxassisning muhandislik va ijtimoiy faoliyatida ijodiy muvaffaqiyatning asosiy omillari sifatida fikrlash erkinligi, ko'p o'lchovli tizimli tafakkur, murakkab tizimlarning ishlash printsiplari va sharoitlarini tushunish, ilmiy dogmatizmning yo'qligi va ijodiy fikrlash metodologiyasiga ega bo'lish kabi shahsiy fazilatlarni inobatga olish mumkin.

Talabaning mustaqil fikrlash qobiliyati rivojlanishini 4 darajaga bo'lish mumkin:

Birinchi daraja - mustaqil fikrlashning eng oddiy darajasi. Bunda talaba berilgan vazifani qonun-qoida va namunaga asosan bajaradi;

Ikkinchi daraja - variativ mustaqil fikrlash. Bu bir necha qoida va ta'riflardan birini tanlash va ulardan berilgan vazifani bajarish jarayonida foydalanish ko'nikmasi;

Uchinchi daraja - qisman izlanuvchan. Bunda talabada muammoni yechishning mavjud qonun va qoidalari asosida kengroq doiradagi masalalarni yechishning umumlashgan usullarini shakllantirish ko'nikmasi namoyon bo'ladi;

To'rtinchi daraja - ijodiy-izlanuvchan.

Ta'limning rivojlantiruvchi, tadqiqot yo'nalishlari (faol ta'lim metodlari) o'qitish texnologiyalarini tayyor bilimlarni uzatishga emas, balki bilish metodlariga quradi. Boshqacha qilib aytganda, talabaning shaxsiy modelini shakllantirishga chiziqli bo'lmagan bilimlar modeli ta'sir ko'rsatadi.

Mustaqil ta'limni shu ko'rinishda tashkillashtirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Talabalarning fan bo'yicha mustaqil bajaradigan vazifalarini shunday mazmunda tuzish kerakki, ularni berilgan vazifani bajarish davrida erkin ijodiy fikrlashga undashi kerak.

Chiziqli bo'lmagan ta'lim texnologiyalariga quyidagi ta'lim metodlarini o'z ichiga oluvchi ta'lim turlari kiradi: loyiha metodi, kompyuterni o'rganish vositasi sifatida qo'llash, kompyuterli modellashtirish, laboratoriya amaliyoti, misollarni namoyish qilish usuli, gipermedia tizimlari bilan ishlash.

D.Xenning fikriga ko'ra, chiziqli bo'lmagan tuzilmalar axborot texnologiyalarida keng qo'llanila boshlandi.(6) Ularning tamoyiliga asoslanib, kompyuter dasturlarida kontekstual ma'lumotnoma tizimlari Professional technology system (PTS) platformasida quriladi, bu esa talabaning individual ta'lim traektoriyasi bo'yicha mustaqil bilim olishiga imkon beradi. PTS platformasidan foydalanib, grafik dasturlar o'zlashtirilsa, yuqori samaraga erishilinadi. Keltirilgan tizim kompyuterni o'rganish vositasi sifatida qo'llash imkonini beradi.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2G23-yil 22-noyabr

Bunday vositalar quyidagilarni o'z ichiga oladi: ma'lumotlar bazalari, katta formatli elektron jadvallar, semantik tarmoqlar, ekspert tizimlari, multimedia vositalari, avtomatlashtirilgan kompbyuterli loyihalash tizimlari, kompyuter grafikasi tizimlari, kompyuterli video telekonferentsiyalar, amaliy dasturlar.

Shularni inobatga olgan holda, muhandislik kompyuter grafikasi fanida bilish vositasi sifatida quyidagilardan foydalanish mumkin:

- bir tomondan, tasvirlarni modellashtirishga imkon beruvchi, boshqa tomondan, ko'pincha o'zlari gipermedia darsliklar hisoblanadigan grafik tizimlar;

- to'plangan tajribani umumlashtirib, bilim hosil qilish imkonini beruvchi namoyish va modellashtirish dasturlari;

- to'plangan bilimlarni umumlashtirish va rasmiylashtirish, tezkor qidiruvni amalga oshirish va ma'lumotlarni filtrlash imkonini beruvchi ma'lumotlar bazalari;

- hisoblash jarayonini osonlashtiruvchi, oraliq ma'lumotlarni tezkor grafik tasvirlash, modellashtirish imkonini beruvchi elektron jadvallar.

O'rganilayotgan materialning hajmi kattaligi tufayli talabani o'rganilayotgan tizimning barcha xususiyatlari bilan to'liq tanishtirish imkoni yo'q. Shuning uchun u kelajakda mustaqil o'qishni davom ettirishi va o'quv kursiga kiritilmagan materialni tushunib olishi uchun mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish muhim.

Bu maqsadga erishishning eng samarali usullaridan biri, shubhasiz, talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish, hamda, ularning mutaxassislik kafedralari loyihalarida ishtirok etishidir. Bu esa o'quvchiga bo'lajak kasbining xususiyatlari bilan, shuningdek, ushbu sohadagi so'nggi ilmiy ishlanmalar bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Yetakchi olimlarning fikricha, oliy ta'limning mohiyati mustaqil ilmiy ishlar bilan tavsiflanadi. Har bir talaba ilmiy ishning samarali uslubini o'zlashtirishi, mustaqil ijodiy faoliyatga layoqati va tayyorligini, ilmiy bilimlarni mustaqil o'zlashtirishi va takomillashtirish va uni amaliyotda ijodiy qo'llay olish qobiliyatini rivojlantirishi lozim. Ilmiy faoliyat va ta'limni uzluksiz takomillashtirish oliy ma'lumotli har bir mutaxassisning shaxsiy ehtiyojiga aylanishi lozim. Maqsad - talabalarni o'qishning dastlabki yilidan boshlab muvaffaqiyatli ijodiy faoliyat qoidalari va usullari bilan tanishtirish.

Bizningcha, ilmiy tadqiqotga yo'naltirilgan mustaqil ta'lim texnologiyasi quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:

1) muammoning qo'yilishi;

2) qo'yilgan muammo doirasidagi manbalarni ko'rib chiqish;

3) vazifani bajarilishini rejalashtirish;

4) vazifaning yechimini modellashtirish;

5) natijalarni tahlil qilish, xulosalar va bajarilganlik hisobotini tayyorlash;

6) berilgan muammo doirasidagi bilimlarini tizimlashtirish va umumlashtirish.

Birinchi bosqich. Pedagog tomonidan muammoning to'g'ri qo'yilishi, talabaning ijodiy

fikrlashiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Talabalarga muhandislik kompbyuter grafikasi fanidan beriladigan vazifalarni taqqoslash metodiga asosan berilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Masalan, detalning berilgan ortogonal proektsiyasi asosida uning yaqqol tasvirini qurish so'ralsa, talaba an'anaviy (qo'lda) usul bilan, dastur yordamida qurishni yoki dasturlarni o'zaro qiyoslashi mumkin.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

Qiyoslashni talaba ixtiyoriy ko'rinishda amalga oshiradi. Masalan, shu vazifani bajarish uchun sarflanadigan vaqtni yoki bajariladigan amallar sonini taqqoslashi mumkin.

Ikkinchi bosqich. Talaba qo'yilgan muammo doirasida amalga oshirilgan ilmiy ishlar, adabiyotlar va internet tarmog'idan ma'lumotlarni qidiradi va to'playdi.

Uchinchi bosqich. Talaba to'plangan ma'lumotlar asosida qo'yilgan muammoni yechishning bir necha usullarini aniqlaydi va ixtiyoriy birini tanlaydi va vazifani bajarilishini rejalashtiradi.

To'rtinchi bosqich. Qo'yilgan muammoning yechimini shakllantiradi. Beshinchi bosqich. Bu bosqichda talaba qo'yilgan muammoning yechimini referat, maqola yoki hisobot qo'rinishida tayyorlaydi. Talabada ilmiy faoliyat haqida tushuncha shakllanadi, fanga va mutaxassisligiga bo'lgan qiziqishi ortadi.

Oltinchi bosqich. Talaba qo'yilgan muammo yuzasidan mutaxassisga aylanadi. Chunki, talaba muammoni yechimini izlash mobaynida ko'plab ilmiy ma'lumotlarni o'qiydi, muammoni yechishning barcha yo'llarini xayolidan o'tkazadi. Buning barchasi uni kelgusi ilmiy izlanishlariga turtki bo'la oladi.

Bo'lajak mutaxassislar o'zlarining ish faoliyatlarida duch kelishi mumkin bo'lgan muammolarni mustaqil ravishda bartaraf etish yo'llarini topadilar. Bundan tashqari talabalar oliy ta'lim muassasalarini bitirgach doimiy ravishda o'z ustlarida ishlab, mustaqil izlanishlar olib bora oladilar.

Xulosa: Yuqorida keltirilgan ma'lumotlarga asoslanib, mustaqil ta'limni chiziqli emas, balki, tadqiqotga yo'naltirilgan (chiziqli bo'lmagan) texnologiyaga asosan tashkillashtirish, talabaning vazifani bajarishga ijodiy yondashishiga zamin yaratadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi «Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi» PQ-3775-son qarori. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2018 yil 11 iyun, 23-son, 474-modda.

2. Хмарова Л.И., Усманова Е.А. Применение компьютерных технологий при изучении графических дисциплин. Теория и методика профессионального образования. Вестник ЮУрГУ. Серия «Образование. Педагогическая наука». 2014, том 6. - № 2. - С 59-63.

3. Анисимова, Л.Н. Инновационный подход к профессионально-графической подготовке будущих учителей технологий и предпринимательства / Л. Н. Анисимова // Вестник МГОУ. - 2014. - № 1. -С. 13-20.

4. Высшее образование (словарь). - Т.: Малия, 2003. - 456 с.

5. Ковалевский И. Организация самостоятельной студенческой работы // Высшее образование в России. - Москва, 2000. - № 1. - С.114-115.

6. Xen D. School of the future: from principles to planning and creation./ INFO, 1996. №2.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.