Научная статья на тему 'MUHANDISLIK GЕOMЕTRIYASI VA KOMPYUTЕR GRAFIKASI FANI LOGOTIPINING QANDAY KO‘RINISHDA BO‘LGANI MA’QUL'

MUHANDISLIK GЕOMЕTRIYASI VA KOMPYUTЕR GRAFIKASI FANI LOGOTIPINING QANDAY KO‘RINISHDA BO‘LGANI MA’QUL Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Logotip / emblema / gerb / piktogramma / ramzlar / aroxmatik va xromatik ranglar. / Logo / emblem / coat of arms / icons / symbols / aromatic and chromatic colors.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sherzod Abdurahmonov, Shonazarov Adxamjon Odiljonovich

Maqolada logotip va emblemani kelib chiqish tarixi hamda muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi kafedrasi logotipiga tushiriladigan rasmning qanday bo‘lishi kerakligi haqida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PREFERRED DESIGN OF ENGINEERING GEOMETRY AND COMPUTER GRAPHICS LOGO

The article discusses the history of the origin of the logo and emblem, as well as the idea of what the image should be for the logo of the Department of Engineering Geometry and Computer Graphics.

Текст научной работы на тему «MUHANDISLIK GЕOMЕTRIYASI VA KOMPYUTЕR GRAFIKASI FANI LOGOTIPINING QANDAY KO‘RINISHDA BO‘LGANI MA’QUL»

УДК 378: 681.14: 371-3

MUHANDISLIK GEOMETRIYASI VA KOMPYUTER GRAFIKASI FANI LOGOTIPINING QANDAY KO'RINISHDA BO'LGANI MA'QUL

Sh. Abdurahmonov, ped.f.n., dots.,

Shonazarov Adxamjon Odiljonovich, o'qituvchi,

E-mail: [email protected]

Annotatsiya. Maqolada logotip va emblemani kelib chiqish tarixi hamda muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi kafedrasi logotipiga tushiriladigan rasmning qanday bo'lishi kerakligi haqida fikr yuritilgan.

Аннотация. В статье рассматривается история возникновения логотипа и эмблемы, а также представление о том, каким должно быть изображение логотипа кафедры инженерной геометрии и компьютерной графики.

Annotation. The article discusses the history of the origin of the logo and emblem, as well as the idea of what the image should be for the logo of the Department of Engineering Geometry and Computer Graphics.

Kalit so'zlar. Logotip, emblema, gerb, piktogramma, ramzlar, aroxmatik va xromatik ranglar.

Ключевые слова. Логотип, эмблема, герб, значки, символы, ароматические и хроматические цвета.

Key words. Logo, emblem, coat of arms, icons, symbols, aromatic and chromatic colors.

Keyingi yillarda shaxslar, guruhlar, jamoalar, korxonalar, shaharlar, tashkilotlar, jo'g'rofiy hududlar va h.k. orasida o'zlari uchun betakror bir logotip o'ylab topib, undan o'rinli joylarda foydalanib yurish amali urfga kirdi. Xususan, Namangan muhandislik-qurilish institutining ma'lum muddat boshqa nom bilan atab kelingan, lekin 2022 yilning sentyabr oyidan yangi "Muhandislik va kompyuter grafikasi" nomi bilan qayta tashkil etilgan eski kafedralaridan biri uchun tez bir logotip ishlab chiqish masalasi paydo bo'ldi, 2 - 3 kun ichida logotip tayyor bo'ldi (3-rasm). Logotipdagi rasm kompyuterda kafedra o'qituvchisi, mustaqil tadqiqotchi, ushbu ilmiy maqola mualliflarining biri A. Shonazarov tomonidan yaratildi. Logotipdagi rasm asosida 1x1,5 m o'lchamda banner tayyorlandi va u o'quv binosi qavatining kafedra uchun ajratilgan xonalari boshlanadigan qismidagi ko'rinadigan bir joyga ilib qo'yildi.

Shu bilan kafedraning o'z logotipiga ega bo'lish yo'lidagi qizg'in izlanuvchilik ruhida o'tgan qisqa muddatli xatti-harakati, logotip rasmining qanday bo'lishi ma'qulligi to'g'risida mutaxassislar orasida kechib turgan jo'shqin bahslar nihoyasiga yetdi. Lekin bitta harakat -muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi fani yoki shu fan bo'yicha ilmiy-pedagogik faoliyat yurituvchi kafedraning logotipiga tushiriladigan rasm qanday bo'lishi kerak? - degan savolga javob izlash harakati to'xtamadi.

Ushbu ilmiy maqola muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi kafedrasi logotipiga tushiriladigan rasmning qanday bo'lgani ma'qul? - degan savolga javob tariqasida yozilmoqda.

1-rasm. 2-rasm. 3-rasm.

Avvalo, "logotip" deganda nima tushuniladi, shu haqda biroz to'xtalishga to'g'ri keladi. Logotip - bir qism ramziy va bir qism obrazli ma'nolarga ega bo'lgan tasviriy san'atga oid ijod mahsulotidir. Logotip qadimiy yunoncha Aóyo^ (so'z) va xúno^ (iz, bo'yoq izi) - hududiy uyushmalar, savdo idoralari, tashkilotlar va alohida shaxslar tomonidan ularning ijtimoiy muhitda o'ziga o'xshashlardan ajralib ko'rinib turishida qo'llaniladigan grafik belgi (знак -belgi). Ijtimoiy uyushma yoki shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotga qadab qo'yiladigan birka, emblema, piktogramma kabi ramziy (символик) belgilarni yasashda, uyushma a'zolari taqib yuradigan taqinchoq (значёк) larni, hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlovchi tamg'a (печать) lar yasashda, orden va medallarga mazmun berishda, allegoriya kabi ramziy ma'noga ega antiqa tasviriy san'at asarlarini yaratishda hamda reklama va afishalar tayyorlashda logotipdagi rasmdan keng foydalaniladi.

Logotip uning buyurtmachisi ishtirokida buyurtmachi faoliyati mohiyatini chuqur anglaydigan, logotip yaratish san'ati mahoratini yetuk darajada egallagan rassom tomonidan tayyorlanadi. Lozim va munosib deb topilgan sharoitlarda logotip intellektual mulkni himoya qilish idoralari orqali rasmiylashtirilib, uning muallifi mualliflik guvohnomasi bilan ta'minlanishi ham mumkin.

Logotip shaxslar va jamoalar uchungina emas, balki muhabbat, qalb, adolat, janjal, shon-shuhrat, urush, tinchlik, o'lim kabi mavhum tushunchalar yuzasidan ham tayyorlanishi mumkin. Bunda rassom, masalan, "urush" tushunchasiga bag'ishlab ramziy tasvir chizayotgan bo'lsa, u urush qurollari tasvirlaridan, bahor, yoz, kuz, qish kabi yil fasllari yuzasidan ramziy tasvir yaratayotgan bo'lsa, gullar va mevalarning rasmlaridan yoki fasliga qarab ishlatiladigan mehnat qurollarining rasmlaridan, "adolat" tushunchasi yuzasidan ramziy tasvir chizishda ko'zi bog'log'lik va qo'lida tarozi ushlab turgan ayol rasmidan foydalanadi. Faqat bunday hollarda ramziy rasm "logotip" deb emas, "emblema" deb yuritiladi.

"Emblema" lotincha so'z bo'lib, tarjimada "murassa" (inkrustatsiya - bir tur materialga boshqa tur material bo'laklarini yopishtirib hosil qilingan tasvir) ma'nosini beradi. Emblemada mavhum tushuncha muayyan jismlar yoki buyumlar vositasida tasvirlanadi. Emblema tasviriy san'at asarlari yaratishning barelef (bir tur material sathida o'ymakorlik yoki birinchi materialga boshqa materialni yopishtirish yo'li bilan bo'rtma rasm hosil qilish) usulida yasaladi.

Emblemada ramz deb ko'rsatilayotgan rasmdagi narsa ramz egasi bilan qandaydir umumiylikka ega bo'lmasligi ham mumkin. Masalan, Venetsiya shahri-ning emblemasi

gulsapsardir. Avstriya-Vengriya imperiyasi (1867 - 1915) gerbining asosiy badiiy detallari bo'lib ikki tarafga qarab turgan ikki boshli burgut tasviri xizmat qilgan. Xuddi shunday tasvir Rossiya imperiyasining gerbi (1856 - 1917) da va Rossiya Federatsiyasi gerbi (1993 yildan buyon) da ham mavjud. Ramz sifatida nega aynan shunday tasvirlar qabul qilingani haqida tegishli tarixiy hujjatlardan asosli ma'lumotlar topish mumkin.

Shaxslarga, jamoalarga, faoliyatlarga va har xil mavhum tushunchalarga bag'ishlab emblemalar ijod qilish o'zining qiziqarli va sermazmun tarixiga ega. Bunday tarixiy ma'lumotlardan yaqindan xabardor bo'lish yangi logotip yaratayotgan ijodkor uchun juda boy ma'naviy ozuqa bo'lib xizmat qiladi.

O'shandek ma'lumotlardan biri ustida qisqa to'xtab o'taylik. Ilk bor 1964 yilda chop etilgan va dunyoning turli tillarida hozirga qadar tinimsiz qayta-qayta nashr etib kelinayotgan XX asr sufiylarining buyuk shayxi Sayyid Idris Shoh (1924 - 1996) ning "Sufiylar" kitobi uchun "So'zboshi" yozgan taniqli ingliz shoiri va adibi Robert Greyfs (1895 - 1985) ning yozishicha, o'sha yillardagi dunyo sufiylarining soni 50 millionni tashkil etgan. Bunday ma'lumotni R. Greyfs dunyo qarashi, fikr yuritishi va turmush tarzi bilan sufiylarnikiga juda o'xshab ketuvchi, hozirgi kunda 4 million nafarni tashkil etuvchi masonlar haqidagi fikrni bayon etib ketish uchun keltirgan.

Bizning mavzuimiz nuqtayi nazaridan XVIII asrning boshlarida paydo bo'lgan, ibtidosi Sharqdagi sufiylik maktablari g'oyalariga borib taqaladigan, keyingi asrlarda butun Yevropaga, Rossiyaga va hatto dunyoning katta qismiga qadar tarqalgan masonlar ("Ozod tosh teruvchilar", "Ma'ruflar") jamiyatining o'zidan ko'ra ham emblemalari kuchli e'tiborga sazovor.

Tashqaridan qaraganda pinhona faoliyat yuritayotgandek ko'rinuvchi bu jamiyatning asosiy maqsadi, sodda qilib aytganda: har bir insonni komil inson darajasiga qadar tarbiyalab, shu yo'l bilan butun Yer yuzida oliyjanob insonlarning yagona jamiyatini tarkib toptirishlikdir. Bu jamiyatning aksariyat a'zolari tegishli davrning eng peshqadam ziyolilari: davlat arboblari, milliarderlar, harbiylar, siyosatchilar, olimlar, yozuvchilar, shoirlar, san'at namoyandalari kabi taniqli shaxslardir. Masonlar o'z maqsadlariga erishishning asosiy yo'li deb, o'zlarini o'rnak qilib, namuna qilib ko'rsatib, barchani yuksak ma'naviyatlar egasi qilib tarbiyalashni biladilar. Ularning asosiy maslagi - siyosiy va diniy masalalarda bahs yuritmaslik.

Bugungi kunda har bir davlatda masonlarning qanchadandir lojalari (15 nafardan 200 nafarga qadar masonni jamlagan hududiy to'garaklar) faoliyat yuritadi. Har bir loja o'z faoliyatini namunaviy nizom asosida tashkil etadi. Lojalar o'zlaridan yuqori darajadagi lojalar rahanmoligida ish yuritishadi. Har bir davlatdagi Oliy Loja sharoitiga qarab, iyerarxik tartibda tizimlashtirilgan quyi lojalar faoliyatiga rahnamolik qiladi.

E'tiborli joyi - masonlik jamoalarining ko'plab betakror emblemalarga va mavjud emblemalarning har xil variantlariga egaliklaridir.

1. Shoh Sulaymon ibodatxonasi rasmi. Bu emblema asosini mil. avv. 950 - 586 yillarda faoliyat yuritgan Shoh Sulaymon ibodatxonasi rasmi (4-rasm) tashkil etadi. Emblema bilim va taraqqiyot ramzi, shuningdek, masonlar ittifoqining yagonaligi ramzi hisoblanadi. Emblemadagi ibodatxona rasmi muqaddas maqsad sari yo'l va shu yo'lning boshlanish joyini anglatadi. Masonlik harakati Shoh Sulaymon ibodatxonasiga mutlaqo bog'liq, deb aytiladi.

4-rasm.

5-rasm. 6-rasm. 7-rasm.

8-rasm.

9-rasm.

10-rasm.

11-rasm.

Misollarga murojaat qilaylik.

2. "G" harfi, pargor va go'niya rasmlari majmui. Masonlikning eng birinchi emblemalaridan bo'lib, u (5-rasm) jamiyatning turli marosimlarida keng qo'llaniladi. Emblemadagi pargor (sirkul) - aniqlashtirish va cheklash tamoiyli ramzi, shuningdek, u bepoyon chegaralar ramzi ham hisoblanadi. Go'niya (burchak rostlagich) - yer va ashyo ramzi. Emblemadagi «G» harfl «God» (xudo) va «Geometry» (geometriya) so'zlarining bosh harfi. Bu harf xudoga va geometriya faniga e'tiqod ramzi hisoblanadi. Geometriya tabiat sirlarini va mo'jizalarni anglashda yordam beradi.

3. Shoqul (Shovun). Shoqul - tosh (g'isht) teruvchilik hunarining asosiy asboblaridan biri (6-rasm). Masonlikda shoqul - xudo oldida barcha insonlarning bab-baravarligi ramzi hisoblanadi. Shoqul butun umr davomida har bir insonning boshqalar bilan teng bo'lib yashashi lozimligini uqtirib turadi.

4. Hamma narsani Ko'rib Turuvchi Ko'z. Masonlikda xudoni Koinotning Buyuk Me'mori deb atashadi. Emblemadagi uchburchak va ko'z tasvirlari (7- va 8-rasmlar) - hamma narsani bilib va ko'rib turuvchi xudoning nazari deb tushuniladi. Bu emblemadagi rasm sal o'zgartirilib, AQSH dollari bankomatlaridan birini rasmlar bilan bezashda foydalanilgan (11-rasm).

5. Ko'z, pargor va go'niya rasmlari majmui. Bu emblemada 5-rasmda tasvirlangan emblemadagi "G" harfi o'rniga "Hamma narsani Ko'rib Turuvchi Ko'z" joylashtirilgan.

6. "Mehnat" emblemasi. Bu emblema (10-rasm) masonlarcha umrguzaronlik tarziga va jamoalardagi birodarlikka sodiqlik ramzi hisoblanadi. Inson o'zi va atrofidagilarning o'sib-unishidan manfaatdorligini faqat halol mehnat orqali isbotlay oladi. Jamoalarning har bir a'zosi o'z majburiyatlariga ega. Masonlarning qoidalari rioya qilinishi shart bo'lgan qoidalardir. Masonlarning e'tiqodiga ko'ra faqat beg'araz mehnat va yuksak oliyjanoblik asosidagina jamiyatning gullab-yashnashiga erishish mumkin.

Shular qatorida masonlikda "Qo'zichoq terisidan tayyorlangan peshband" - niyatlarning pokligi va xulqning benuqsonligi ramzi, "Oq qo'lqoplar" - "g'isht teruvchilar ishining

ulug'vorligi uning chin yurakdan toza qo'l bilan bajarilishida" - degan g'oya ramzi, "Chaqnoq yulduz", "Hamisha yashil bargli akatsiya daraxti shoxchasi", "Kedr (zarang) daraxti", "Yog'du" kabi atributlar asosida yaratilgan logotip va emblemalar talaygina.

Logotip va emblemalar yaratishning tarixi va tajribasi bilan tanishish jarayoni bizdan rasmlarda qayd etilgan ramzlar haqidagi ilmiy va ommabop adabiyotlarga ham bir qur nazar tashlab qo'yishni talab etdi. Tanishilgan adabiyotlarning eng ko'p ma'lumot berganlari sifatida mualliflar I.Prokopenko[1], S.S.Bulatov va M.S.Soipova[2], V.M. Roshal[3] larning adabiyotlarini ko'rsatish mumkin:

Ushbu adabiyotlar bilan tanishish jarayonida biz Konfutsiyning bir aforizmiga ham duch kelib qoldik. Unda: «Dunyoni g'oyalar va fikrlar emas, belgilar va ramzlar boshqaradi» deyilgan edi. Bizning ramzlar mohiyati bilan yaqindan tanishishga bag'ishlangan bu mashg'ulotimiz ana o'sha fikrni tasdiqlayotgan edi.

Izlanishlarimizni bizdan boshqa o'quv yurtlari o'z emblemalarini qay ko'rinishda yaratishgan ekan, degan savolga javob izlash bilan davom etdirdik. Ular quyidagilardan iborat:

Dunyo miqyosida mashhur universitetlarning emblemalari;

Uzoq xorijiy davlatlardagi universitetlarning emblemalari;

Yaqin xorijiy davlatlardagi universitetlarning emblemalari;

Yaqin xorijiy institutlarning emblemalari;

Universitet va institutlarning fakultetlari va bo'limlari emblemalari;

O'rta maxsus ta'lim maktablarining emblemalari;

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining emblemalari;

Maktabgacha ta'lim muassasalarining emblemalari;

Maktabdan tashqaridagi ta'lim muassasalarining emblemalari.

Ramzlarning aksariyati tasviriy shamoyilga ega bo'lib, ular qo'llaniladigan joylar (masalan, yo'l harakati belgilari, kompyuterlarning piktogrammalari) sonining yuzlab va minglab miqdorlardan oshib ketishi, ramz sifatida foydalanilayotgan tasvirlarga qo'yiladigan talablar tizimiga ehtiyojning paydo bo'lishi, shu talablarga javob beruvchi rasmlarni yaratishning nazariy asoslarini ishlab chiqish yo'lida maxsus fan - semiotika paydo bo'ldi. Semiotika oldida turli-tuman sohalarga tegishli mavjud ramziy tasvirlarni tadqiq etishdek qiziqarli ilmiy masala ham paydo bo'ldi [4].

Semiotika har qanday rasmni va uning tashkil etuvchilari (badiiy detallari) ni qandaydir ramziy ma'noga ega deb qaraydi va o'sha ma'noni aniqlash bilan shug'ullanadi. Buning natijasida odamning tana a'zolari va tana a'zolarining ko'rinishlarini o'rganuvchi maxsus fiziognomika, fizionomiya va xiromantiya kabi noilmiy, lekin qiziqarli parapsixologik ta'limotlar ham yuzaga kelgan.

Masalan, semiotikaning allegoriyalar deb ataluvchi rasmlarni qanday sharhlashi yoki tadqiq etishiga e'tibor beraylik. Ma'lumki, allegoriyalarda e'tiqod, ramziy ma'nolarga ega tasvirlarning yana bir turini emblemalar tashkil etadi.

Emblema (qadimgi yunonchada s^-ß^n^a — kiritilgan qism, ichki qism) — mazmunini to'g'ridan-to'g'ri, ikonik tarzda tasvirlab bo'lmaydigan mavhum tushuncha, g'oyaning chizma yoki haykalning an'anaviy tasviri degan ma'noni bildiradi. Shuning uchun semiotikada emblema ikonik bo'lmagan yoki an'anaviy belgilar sifatida tasniflanadi. Lug'atda timsol, allegorik obraz sifatida talqin etiladi: tasvir, allegoriya. Biroq, bu ta'rif turli tushunchalarni chalkashtirib

yuboradi: allegoriya, ramz, emblema. A.N. Chudinov, "Rus tiliga kiritilgan xorijiy so'zlar lug'ati" da (1910) juda oqilona tushuntiradi: "Emblem - bu qandaydir mavhum tushunchaning moddiy tasviridir".

Emblema tarixan paydo bo'lgan va tasviriy san'at chegaralarida mavjud: chizmachilikda, o'ymakorlikda, bo'rtma tasvirda. Lekin uning boshqa tasviriy shakllardan farqi shundaki, u nihoyatda umumlashgan tasviriy obraz bo'lib, uning ma'nosi tasvirning o'zi ifodalaydigan ob'yekt (ob'yektlar guruhi, ularning detallari) mazmunidan ancha kengroqdir. Masalan, iris guli Florensiya shahrining timsoli, ikki boshli burgut - Avstriya-Vengriya va Rossiya imperiyalarining timsoli (Vizantiya hech qachon o'z gerbiga ega bo'lmagan), pentagramma -Pifagoriyaliklarning gerbi, sakkiz burchakli xoch - Malta ordeni emblemasi. "Bunda gerbning ma'nosi ramzga yaqin. Biroq, tasviriy ramz va allegoriyalardan farqli o'laroq, belgining umumiy tushunchasidan farqli o'laroq, timsol mavhum va konkretni o'ziga xos kompozitsion shaklda bog'laydi. Belgi to'g'ridan-to'g'ri belgilangan hodisani tasvirlamaydi, balki unga ko'rinadigan o'xshashlikka ega emas; Ikonik (tasvirli) belgilar tasvirlangan ob'ektga o'xshaydi. Allegoriya bilvosita, ramziy atributlar yordamida ishora qilingan narsa haqida gapiradi.

Ramz (yunoncha ou^ßoXov, asli identifikatsiya belgisi, keng ma'noda esa belgi) - shakl (ramzning ko'rinishi) va mazmun (belgi ma'nosi) birligini bildiruvchi majoziy ma'noga ega bo'lgan tasvir, an'analarda mustahkamlangan ijtimoiy-madaniy belgi, muayyan ma'lumotlarni etkazish kabi tushunchalarni bildiradi. Belgi uch xil ma'noga ega: informatsion, kommunikativ va konservativ. Adabiyotda u allegoriya va boshqalar bilan birga allegoriya figuralaridan biridir. Deyarli barcha simvolizm ijtimoiy xususiyatga ega. Ramzlar turli xil mazmunga ega va har qanday darajadagi ijtimoiy jamoalar va ijtimoiy institutlarga tegishli. Simvolizm ijtimoiy munosabatlarning turli tomonlarini, jumladan, ijtimoiy aloqalarni aks ettiradi.

Piktogramma, kompyuterda esa bu grafik belgi bo'lib, jismoniy obyektga tasviriy o'xshashligi tufayli o'z ma'nosini bildiradi. Piktogrammalar ko'pincha yozma va grafik tizimlarda qo'llaniladi, ularda belgilar asosan grafik ko'rinishga ega. Piktogrammadan dam olish, turizm va geografiya kabi mavzularda ham foydalanish mumkin.

Piktografiya - mixxat yozuvi va ma'lum darajada ieroglif yozuviga o'xshash tasviriy naqshlardan foydalanadigan yozuv shakli bo'lib, unda fonetik harflar yoki qofiyalarni aniqlovchi naqshlar ham qo'llaniladi. Ba'zi piktogrammalar, masalan, xavf piktogrammalari rasmiy tillarning elementlari hisoblanadi.

Gerb (polyak herb, nemis tilida Erbe - "meros", hind-evropagacha bo'lgan davrga *orbh qaytadi) - vizual (ya'ni, birinchi navbatda tasvir shaklida mavjud) identifikatsiya belgisi (kichik turi). Bir mulkdorni (shaxs, oila, urug'; aholi punkti, shahar, hudud, shtat, davlatlararo birlashma; jamoat, kasbiy, ijtimoiy yoki boshqa korporatsiya) boshqalardan ajratishga xizmat qiladigan geraldika qoidalariga muvofiq tuzilgan va qo'llaniladi. Belgi - bu biror narsaga ma'lum bir ma'no yoki ma'no berish uchun kelishuv (aniq yoki yashirin).

Belgi, shuningdek, ma'lumotni uzatish uchun bunday kelishuvdan foydalanishning aniq holatiga ham tegishli. Belgi kompozit, ya'ni u bir nechta boshqa belgilardan iborat

bo'lishi mumkin.

Harflar tovushlarning belgisi bo'lib, so'zlar bilan birga inson tilini xosil qiladi. Yu.M.Lotmanning ta'kidlashicha, belgilar ikki guruhga bo'linadi: an'anaviy va majoziy.

So'nggi 2 - 2,5 ming yillik tarixiy jarayonda "Optika" ("Ko'rish haqidagi fan") va "Geometrik yasashlar" deb ataluvchi ikkita fanning oliymaqom gibridi sifatida o'z davrining peshqadam me'morlari, muhandislari, tasviriy hamda amaliy san'at namoyandalari va olimlari hamjihatligi davrasida paydo bo'lib, ne-ne daholar parvarishida rivojlanishning yuksak cho'qqilarini zabt etgan bir fan bor. Bugungi kunda u ishlatishga noqulay, lekin birini ikkinchisidan ajratib bo'lmaydigan qo'shaloq nom bilan "Chizma geometriya va muhandislik

grafikasi" deb yuritilmoqda.

O'rni kelganda "Chizma geometriya va muhandislik grafikasi" fanlarining logotipi qanday bo'lishi kerak degan masalaga to'xtalib o'tishga to'g'ri keladi. Shu maqsadda kafedra o'qituvchiari o'rtasida qizg'in bahs-munozara boshlanib ketdi. Dastlabki eskizlar chizildi (12,13-rasmlarga qarang). Unda uchta proektsiyalar tekisligi va o'rtada proektsiyalar yo'nalishini ko'rsatib turuvchi strelkalar ramziy tasvirlar sifatida qabul qilindi. Ramziy strelkalar kub ichiga shunday joylashtirilganki ularning oralig'uda bo'shliq topolmaysiz. Proektsiyalar tekisliklari fazoviy ko'rinishda berilib, uning orqa fonida esa epyurdagi tasviri (yoyilmasi) berilgan.

Yaratilgan logotipning dastlabki eskizi hali mukammal emas edi. Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan yana turli hil takliflar bildirildi. Bildirilgan takliflarga ko'ra proektsiyalar yo'nalishini ko'rsatib turuvchi ramziy strelkalarni kubni tomonlariga parallel ravishda va proektsiyalar tekisliklariga perpenduklyar qilib joylashtirish kerakligi aytib o'tildi. Chunki ortogonal proektsiyalash metodiga ko'ra proektsiyalovchi nurlar proektsiyalar tekisliklariga nisbatan perpenduklyar yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Kafedra professori Sh. Abdurahmonov esa logotipda uchi proektsiya tekisliklariga nisbatan perpenduklayar joylashtirilgan qalamlar va bu qalamlarni ushlab turgan inson qo'lining ramziy tasviri hamda ushbu logotipning markazida inson ko'zining ramziy tasviri bo'lishi maqsadga muofiq bo'lishini taklif qildi.

Kafedra proffesor-o'qituvchilarinig ushbu fikrlarini inobatga olgan holda logotip yana bir bor qayta ko'rib chiqildi. Kafedra o'qituvchisi A. Shonazarov ushbu logotipni yangi dizaynini yaratdi. So'nggi dizaynga ko'ra logotipning markaziga ramziy ko'z tasviri va uchta qalam ushlagan inson qo'li hamda proektsiyalar tekisligi tasvirlandi. Ularning orqasiga doira shakladagi fonning tepa va pastki qismiga "Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi" so'zi yozib qo'yildi. Oxirigi variantda logotipning xromatik ranglarini (14-rasmga qarang) asosan axromatik ranglarga (15-rasmga qarang) almashtirildi.

12-rasm B-rasm

Yaratilgan yangi logotip avvalgi yaratilgan logotip (3-rasmga qarang) dan dizyn jihatdan tubdan farq qiladi. Uning mazmuni, shakli va dizayni fanning xususiyatlariga mos tushadi deb hisoblaymiz. Shu bilan kafedraning - muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi fani yoki shu fan bo'yicha ilmiy-pedagogik faoliyat yurituvchi kafedraning logotipiga tushiriladigan rasm qanday bo'lishi kerak? - degan savolga javob topildi deb hisoblaymiz. Yaratilgan logotip - bir qism ramziy va bir qism obrazli ma'nolarga ega bo'lib, kafedraning ijod mahsuloti bo'ldi.

14-rasm 15-rasm

ADABIYOTLAR

1. Прокопенко И. Сакральная геометрия. Энергетические коды гармонии. - М.: АСТ, 2003. - 308 с. (В книге охарактеризовано более чем 600 символов, изображенных в рисунках

2. Рамзлар энциклопедияси. Тузувчилар Булатов С.С. ва Соипова М.С. - Т.: "Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi", 2021. - 928 бет. (Китобда рамз-ларни тасвир ёрдамида к;айд этиш йули билан богли; булган 500 га як;ин суз таджик; этилган).

3. Энциклопедия символов / сост. В.М. Рошаль. - М.: АСТ; СПб, Сова, 2008. - 1007 с. (Книга содержит анализ более 700 символов).

4. Абдурахмонов Ш. Тасвирий санъат семиотикаси ва унинг кадимий расм-ларга шарх тузишга татби;и //Бадиий таълим тизимида долзарб муаммолар ин-теграция ва исти;бол тенденциялари халкаро илмий-амалий конференция мате-риаллари туплами. -Низомий номидаги ТДПУ, 22.04.2021. - 254 - 258-бб.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.