Научная статья на тему 'ZAMONAVIY MADANIY TADBIRLARDA IFODAVIY VOSITALAR BADIIY KONTENT SIFATIDA'

ZAMONAVIY MADANIY TADBIRLARDA IFODAVIY VOSITALAR BADIIY KONTENT SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
50
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
madaniy tadbir / ifodaviy vosita / badiiy bezak / rejissor / rejissura / ommaviy sahna

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nodira Eshquvatovna Mamatqosimova

Zamonaviy madaniy tadbirlarda foydalaniladigan badiiy-ifodaviy vositalar mazkur maqola obyekti sifatida tadqiq etilgan. Maqolada badiiy-ifodaviy vositalardan foydalanish usullari, ularning nazariy jihatlari, madaniy tadbir rejissyorining ta’sirchan badiiy vositalar ishlash amaliyoti yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY MADANIY TADBIRLARDA IFODAVIY VOSITALAR BADIIY KONTENT SIFATIDA»

ZAMONAVIY MADANIY TADBIRLARDA IFODAVIY VOSITALAR

BADIIY KONTENT SIFATIDA

Nodira Eshquvatovna Mamatqosimova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Zamonaviy madaniy tadbirlarda foydalaniladigan badiiy-ifodaviy vositalar mazkur maqola obyekti sifatida tadqiq etilgan. Maqolada badiiy-ifodaviy vositalardan foydalanish usullari, ularning nazariy jihatlari, madaniy tadbir rejissyorining ta'sirchan badiiy vositalar ishlash amaliyoti yoritilgan.

Kalit so'zlar: madaniy tadbir, ifodaviy vosita, badiiy bezak, rejissor, rejissura, ommaviy sahna

EXPRESSIVE MEANS AS ARTISTIC CONTENT IN MODERN CULTURAL

EVENTS

Nadira Eshkuvatovna Mamatkasimova Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: Artistic and expressive tools used in modern cultural events are researched as the object of this article. The article describes the methods of using artistic and expressive tools, their theoretical aspects, and the effective practice of working with artistic tools of the cultural event director.

Keywords: cultural event, means of expression, artistic decoration, director, director, public stage

Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari odimlayotgan yangi O'zbekistonda olib borilayotgan tub isloxotlarning asosiy maqsadi uchinchi renesseans poydevorini yaratish, unda insonlarning yaxshi yashashi uchun barcha sharoitlarni yaratish, fuqarolarning iqtisodiy-siyosiy va madaniy manfaatlarini, orzu-istaklarini ro'yobga chiqarishga qaratilgan bo'lib, bu borada muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan boshqaruv siyosati alohida ahamiyat kasb etadi.

Olib borilayotgan islohotlar bevosita madaniyat va san'at sohasi rivojiga, shuningdek zamonaviy madaniy tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish jarayoniga ham ijobiy ta'sir ko'rsatib, badiiy-ifodaviy vositalar orqali zamonaviy madaniy tadbirlar professional darajada sahnalashtirilmoqda.

Inson badiiy tafakkuri va fantaziyasi asosida XXI-asr madaniy tadbir va tomoshalari, xususan madaniy tadbirlari yuksak badiiylik va so'nggi texnologiyalar

ta'sirida tomoshabinlarga emotsional ta'sir etib, ularning ma'naviy va estetik dunyoqarashini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Zamonaviy madaniy tadbirlar nafaqat insonlarga maroqli dam olish olish sifatida, balki yaxshi kayfiyat ulashib kelmoqda. Bevosita ana shu kayfiyat orqali tomoshabin ruhiyatiga ta'sir ko'rsatuvchi badiiy vositalar mavjudki, u soha tilida badiiy-ifodaviy vositalar deb yuritiladi. Badiiy-ifodaviy vositalar rejissyor tomonidan qo'llanilishiga qarab tomoshabinni hayajonga soladi, uni larzaga keltiradi.

Madaniy tadbirlarning tarbiyaviy funksiyasi, bevosita unda qo'llanilayotgan badiiy-ifodaviy vositalar orqali vujudga keladi. Madaniy tadbirlar orqali tomoshabinni eng sodda va eng murakkab usullarda tarbiyalash mumkin.

Zamonaviy madaniy tadbirlar - o'ziga xos hodisa bo'lib, borliq bilan san'atni sintezlab, u yoki bu real voqeani badiiy jihatdan bezaydi. Rejissyor madaniy tadbirni yaratish jarayonida, teatrlashtirishning mag'zini ochib beruvchi aktyorlar va tomoshabinlar tasavvurida kattalashtirilgan ramzlarni qo'llaydi. Shu sabab bu badiiy vositalar tomoshabin ongiga tez ta'sir ko'rsatib, ularni ma'lum maqsad sari yetaklaydi, tarbiyalaydi.

Badiiy-ifodaviy vositalarsiz biror bir tomosha yoki madaniy tadbirni badiiy ifoda etib bo'lmaydi. Negaki, muomila vositasi hisblnauvchi so'z va uning badiiy ijrosi asosiy vositadir. Shu sababli madaniy tadbirlarda qo'llaniladigan ta'sirchan vositalarni o'rganish, ulardan foydlanishning zamonaviy usullarini tahlil qilish soha uchun muhim vazifadir.

Zamonaviy madaniy tadbirlarda badiiy-ifodaviy vositalar haqida O'zbekiston, Rossiya va boshqa hamdo'stlik mamlakatlarida ko'plab tadqiqotchi olimlar: I.G.Sharoyev, D.M.Genkin, B.N.Petrov, N.M.Tumanov, G.Kristi, A.I.Chechyotin, N.P.Oxlopkov, G.P.Cherniy, B.S.Sayfullayev, U.X.Qoraboyev, F.E.Ahmedov, J.Dushamov, V.Q.Rustamov, X.SH.Po'latovlar ilmiy izlanishlar olib borganlar. Mashhur rejissyor G.A.Tovstanogov teatr san'atining ifodaviy vositalari sifatida sahna maydoni, so'z, xatti-harakat, chiroq, musiqa, ritm va boshqalarni ko'rsatib o'tadi.

Pedagogika fanlari nomzodi, rejissyor Farhod Ahmedov fikriga ko'ra badiiy-ifodaviy vositalar bu - "Adabiyotda - so'z, tasviriy san'atda - chiziqlar, rang-tasvir, musiqada - tovush, haykaltaroshlikda esa plastik shakllar va h.k. ta'sirchan vosita va material bo'lib xizmat qiladi" [1, 110].

Jumanazar Dushamov o'zining "Ommaviy tadbirlar rejissurasi" kitobida "Libos, rekvizit, musiqa, yorituvchi chiroq va proyeksiyalar - bular hammasi an'anaviy, badiiy ifodaviy vositalar hisoblanib, tomoshaviy san'atning barcha turlarida, badiiy obraz yaratishda ishlatiladi" [2, 62] - deb yozgan bo'lsa, Farhod Ahmedov esa «Tomosha san'atida badiiy obrazni yaratish uchun kostyumlar, rekvizitlar, musiqa,

nur, video materiallar va proyeksiyalar badiiy badiiy-ifodaviy vositalar bo'lib xizmat qiladi" [1, 112] - deb ta'riflaydi.

"San'atning qaysi turi (kino, teatr, sirk, musiqa, qo'shiq, raqs, tasviriy san'at, haykaltaroshlik va h.k.) bo'lmasin insonning ko'zini yashnatib, kayfiyatiga, ongiga, vujudiga, qalbiga va ruhiyatiga ta'sir etishi uchun qo'llaniladigan barcha vositalar badiiy-ifodaviy vositalar deyiladi" [1, 113].

Mazkur sohada ilmiy va amaliy faoliyat olib borgan olim va mutaxassislarning fikrlariga qo'shilgan holda ommaviy bayramlar rejissurasida ta'sirchan vositalarga quyidagicha ta'rif berish mumkin: Bayram mazmun-mohiyatini tomoshabinga yetkazishda, uning ichki va tashqi dunyosida badiiy mo'jizalar yaratish uchun ishlatiladigan har bir detal va harakat ta'sirchan vositalar deyiladi [3, 112].

Hech bir ilmiy asar va hech bir mutaxassis yo'qki ommaviy madaniy tadbirlar rejissurasida qo'llaniladigan badiiy-ifodaviy vositalarning aniq sonini ko'rsatib o'ta olgan.

Madaniy tadbirlar nazariyotchilaridan A.I.Chechyotin shunday yozadi, «Yangidan yangi badiiy-ifodaviy vositalarni o'ylab topishni deyarli imkoni yo'q, bo'lgan taqdirda ham bu juda kamdan kam sodir bo'ladi» [5, 155].

Badiiy-ifodaviy vositalarsiz madaniy tadbirlarni sahnalashtirib bo'lmaydi. Bu badiiy-ifodaviy vositalar o'ziga xos usullarni talab etadi. Yana shuni ta'kidlab o'tish kerakki, rejissyor bu vositalar yig'indisini birdaniga qo'llash imkoniyatlariga ega. Tomoshaviy san'atda esa bu dramatik spektakl bo'lsin, opera, balet, operetta yoki ommaviy teatrlashgan tomosha bo'lsin, uning asosiy ta'sirchan vositasi va materiali sifatida harakat namoyon bo'ladi.

Harakat yordamida tomosha san'ati o'zining badiiy obrazlari va badiiy asarlarni yaratadi. Aynan harakat tilida tomosha san'atida tasvirlangan insonlar hayotini insonlarga hikoya qilib berish mumkin. Aynan harakat inson obrazining fikrini, g'oyasini, sezgilarini, so'zi va o'zini jismonan to'g'ri bilishni bir butun qilib jamlay oladi.

Madaniy tadbirlarning o'ziga xos xususiyati shundaki, u o'zi uchun san'atning boshqa turlaridan ko'plab turli shakllar va badiiy-ifodaviy vositalarni tanlashi mumkin. Masalan, adabiyotdan, musiqadan, tasviriy san'atdan, arxitekturadan va h.k.

Madaniy tadbirning yaratuvchisi - jamoa ya'ni, rejissyor boshchiligidagi ijodiy guruh hisoblanadi. Aynan rejissyor barcha ijodiy jarayonni boshqaradi. Rejissyor ixtiyoridagi so'z, musiqa, harakat, rang va shakllar faqatgina xatti-harakatni to'ldiruvchi, boyituvchi sifatidagina qo'llanilmay, balki madaniy tadbirning umumiy g'oyasini to'liq ochib berishga yordam beruvchi ta'sirchan vosita sifatida ishlatiladi.

Madaniy tadbirlarda an'anaviy badiiy-ifodaviy vositalardan tashqari, transport va barcha turli (samolyot, vertolyot, raketa, havo shari, tank, xarbiy razvetka mashinasi, piyodalarning jangovor mashinasi, havo desanti mashinasi va hokazo)

texnika vositalari, olov va suvning tabiiy kuchi, tabiiy yorug'lik, pirotexnika, qushlar, ot, sigir, qo'y, echki, eshak, tuya va boshqa uy hayvonlar va hokazolar kabi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan boshqacha vositalar ham ishlatiladi.

Madaniy tadbirlarda teatrlashtirishning o'ziga xos tilini vujudga keltirishda ramz, metafora va allegoriya yetakchi badiiy-ifodaviy vositalar bo'lib xizmat qiladi. Bu vositalar orqali rejissyor to'laqonli, ko'pqirrali estetik boyliklar dunyosini vujudga keltiradi.

Rejissyor madaniy tadbirni yaratish jarayonida, teatrlashtirishning mag'zini ochib beruvchi aktyorlar va tomoshabinlar tasavvurida kattalashtirilgan ramzlarni qo'llaydi.

Rejissyor tomonidan yaratilayotgan tadbirda asosiy badiiy-ifodaviy vositalar, ramz, metafora, allegoriya muhim yordamchi vazifani bajaradi.

(«Ramz» so'zi (simvol) - yunonchada «belgi» degan ma'noni bildiradi. Ramz ko'p ma'noli shakl bo'lib, o'zining boshlang'ich tub ma'nosini tarixiy davr ichida o'zgartirib, o'zga hodisalarni anglata boshladi). Ramz belgi bo'lib, ijodkor tomonidan borliqdagi ko'p ma'noli, predmetli obrazlarni birlashishidir. Asrlar davomida bir qancha kishilar guruhlari yoki jamoaning bir-biri bilan muloqoti jarayonidagi predmetlar, g'oya va ma'lumotlar shartli belgilarni vujudga keltirgan. (Masalan, muchallar yoki buqa - qadimgi Misrning ramzi, bug'u - Oltoy o'lkasining ramzi va h.k.).

Ramz allegoriya va metafora singari o'zining yangi ko'rinishida namoyon bo'ladi. Bunday paytda biz ularning yaqinligini, ular orasidagi predmet va voqealarning aloqasini qandaydir so'z, belgi, predmet va voqealarga ko'chganini sezamiz.

Lekin ramz allegoriya va metaforadan umuman farq qiladi. Avvalam bor o'zida ko'plab belgilar borligi, (behisobligi) va har bir ramziy obrazda ishtirok etib, bir-birining orasida o'zini namoyon qilib o'tadi.

Ramz va metaforaning ramziy farqi shundaki, metafora bizning ko'z oldimizda vujudga keladi: biz qanday so'zlar, tushunchalarning tenglashtirilganining guvohi bo'lib, qaysi tushunchalar ularni birlashtirib, uchinchi yangisini vudjudga keltirganini tushunib yetamiz. Ramz-metaforik qurilish tizimiga kirishi mumkin, lekin u bu unga majburiy emas.

Rejissyor B.Yo'ldoshev sahnalashtirgan B.Vasilyevning «Ro'yxatlarda yo'q...» spektaklidagi sahnaga joylashgan tomoshabin Brest qal'asining yerto'lasidagi omborxonada o'tirgandek tasavvur qiladi. Bu omborxona o'q teshib o'tgan devorlar (shartli), «Vatan» allegoriyasi deb qarasak, uning «himoyachilari to'kkan qon», tomoshabinlarning ishtirokchilarga aylanishi, ajoyib, realistik ramz darajasiga ko'tarilgan.

Tomoshada har bir epizodni hal etishda ramz va assotsiatsiya ishlatilishi rejissyor tomonidan real hayotiy materialni fikr qila olib, uning asosida teatrlashtirilgan harakatning obrazli-metaforik qatorini yaratishga imkon beradi.

Masalan, rejissyor F.Ahmedov tomonidan sahnalashtirilgan «Bobolar ruhiga ta'zim» nomli teatrlashtirilgan tomoshadagi Momo yer ramziy obrazi, bashoratchi sifatida Darvesh obrazining bashorati metaforik tarzda olingan bo'lib, tomoshaning obrazli qatorini vujudga keltiradi.

Rejissyor B.Yo'ldoshev tomonidan sahnalashtirilgan «Navro'z-2005» madaniy tadbir tomoshasidagi prologda ramziy qish bilan bahor o'rtasidagi kurash, quyosh (bola), oy (qiz) ramziy timsollarining bir-biri bilan uchrashuv epizodi tomoshabinlarga emotsional ta'sir etdi.

Madaniy tadbirlarda ba'zi detallarning boshqasi bilan qo'shilishi natijasida ramziy umumlashma vujudga keladi. Masalan, 2001 yil rejissyor B.Sayfullayev tomonidan sahnalashtirilgan «Mustaqillik» madaniy tadbiri tomoshasida sahna maydoniga yozilgan mato O'zbekiston xaritasiga aylanadi. Mato ostida joylashgan raqqosalar yordamida yerning nafas olishi (xalq timsoli) ramziy namoyish etiladi.

Rejissyor uchun eng ahamiyatli vositalardan biri - bu metaforadir. Metafora -predmetlarning umumiy alomatlaridan kelib chiqqan holda, bir predmetni ikkinchisi bilan taqqoslashdir.

Biz og'zaki gapirganimizda metaforani deyarli sezmaymiz. Metaforalar bizning nutqimizda odat bo'lib qolgan. («Vaqt uchmoqda», «hayot o'tib ketdi»). Badiiy ijodiyotda metafora faol ishtirok etib, ijodiy tasavvurni rivojlantirib, g'oyaviy fikr qilishga undaydi. Metafora sahnaviy obrazlarni yaratish vositasi ekanligi uchun rejissyorga juda ham qadrlidir.

Har qanday metafora aynan qabul qilishga mo'ljallanmay, balki tomoshabindan vujudga kelayotgan obrazli emotsional effektlarni tushunish va sezish qobiliyati talab qilinadi.

Bu yerda tomoshabin metaforaning ikkinchi planini-yashirin taqqoslashni ko'ra olishi ldozim. Chunki, ba'zan yangi, kutilmagan, chuqur g'oyaga ega bo'lgan metaforalarni tushuna bilmaslik holatlari yuzaga kelishi mumkin.

Qani, o'ylab ko'raylik: nima sababdan rejissyor metaforani ishlatadi, nima sababdan faqatgina qiyoslanadigan predmetning nomi yoki g'oyasi aytilib, asosiy predmetning nomi yoki g'oyasi aytilmaydi? Bu ish tomoshabinning tasavvuri faol ishlashi uchun qilinadi. Metafora bizning ma'naviy boy bo'lishimizni talab qiladi.

Spektakllarda metaforani qo'llash diapazoni juda ham kengdir: bu tashqi bezakdan tortib spektaklni obrazli yaratishgacha bo'lgan jarayondir. Ommaviy madaniy tadbir va tomoshalar rejissyorlariga esa, bu juda ham katta ahamiyatga ega. Kundalik real hayotni badiiy talqin etish, uni bezash, tahlil qilishga, real qahramonni tanishga metafora to'liq garmoniya bera oladi.

Allegoriya, har doim ommaviy madaniy tadbir va tomoshalar rejissurasida o'zining alohida o'rniga ega bo'lgan. Allegoriya real ommaviy harakat rejissurasida katta ahamiyatga ega bo'lib, ikki yoqlama planlashtirilgan. Birinchi plan - badiiy obraz, ikkinchi plan - kinoya, sharoitni aniqlash, tarixiy sharoit, taassurotlarni birlashtirish.

Allegoriya, ayniqsa, o'rta asr san'atiga xarakterli bo'lib, uyg'onish san'ati, barokko, klassitsizmda o'z aksini topgan. Allegorik obrazlar fransuz revolyusiyasi madaniy tadbirlarida asosiy o'rinlardan birini egallagan.

Madaniy tadbirlarda badiiy-ifodaviy vosita sifatida ramz, metafora allegoriyani ishlatish muhim zaruratdir.

Badiiy-ifodaviy vositalarni to'g'ri tanlash, san'at turlarining, alohida nomerlarning harakatga organik qo'shilishi syujetni to'ldirib, mavzuni rivojlantirishi ommaviy tomoshalar rejissurasining asosi bo'lib xizmat qiladi. So'z, illyustratsiya (tasvirlash), raqs, musiqa va h.k. ramz, metafora va allegoriyani vujudga keltiradi.

Xulosa sifatida qayd etish lozimki, madaniy tadbirlarning badiiyligi ta'minlovchi bir qancha omillar bo'lib, ular orasida badiiy-ifodaviy vositalar aynan estetik va badiiy didni shakllantirishdagi birlamchi omildir. Madaniy tadbirlar xoh u sahna uchun, xoh may don uchun mo'ljallanmasin albatta badiiy-ifodaviy vositalarsiz amalga oshirilmaydi. Badiiy-ifodaviy vositalar bu madaniy tadbirning mazmunini yanada oydinlashtiruvchi, ta'sirchanligini yanada oshiruvchi badiiy kontent bo'lib o'z ijodkori, o'z nazariyasi va amaliyoti, o'rganuvchisi va tadqiqotchisi, eng muhimi muxlisi bor.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ahmedov F.E. Ommaviy madaniy tadbirlar rejissurasi asoslari. - Toshkent: Aloqachi, 2008. - 424 b.

2. Dushamov J. Ommaviy tadbirlar rejissurasi. - Toshkent: G'.G'ulom, 2002. -144 b.

3. Mamatqosimov J.A. Estrada va ommaviy tomoshalar rejissurasi. O'quv qo'llanma. - Toshkent: Donishmand ziyosi, 2023. - 176 b.

4. Qoraboyev U. O'zbek xalqi bayramlari. - Toshkent: Sharq, 2002. - 240 b.

5. Chechyotin A.I. Osnovi dramaturgii teatralizovannix predstavleniy. - M.: Iskusstva, 1965. - 302 str.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.