Научная статья на тему 'MADANIYAT MARKAZLARIDA YOSHLAR BO‘SH VAQTINI TASHKIL ETISH ZARURATI'

MADANIYAT MARKAZLARIDA YOSHLAR BO‘SH VAQTINI TASHKIL ETISH ZARURATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
15
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
madaniyat markazi / yoshlar / bo‘sh vaqt / milliy an’ana va qadriyatlar / ma’naviy qadriyatlar / madaniy-ma’rifiy tadbirlar / metod va vositalar / havaskorlik ijodi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Humoyunmirzo Zaxriddinbobir O‘G‘Li Umarov

Mazkur maqolada madaniyat markazlari faoliyatida yoshlar bilan ishlash, yoshlar bilan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish zarurati bayon qilingan. Shuningdek, yoshlar bilan olib boriladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda qo‘llaniladigan metod va vositalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MADANIYAT MARKAZLARIDA YOSHLAR BO‘SH VAQTINI TASHKIL ETISH ZARURATI»

MADANIYAT MARKAZLARIDA YOSHLAR BO'SH VAQTINI TASHKIL

ETISH ZARURATI

Humoyunmirzo Zaxriddinbobir o'g'li Umarov Namangan davlat universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada madaniyat markazlari faoliyatida yoshlar bilan ishlash, yoshlar bilan madaniy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish zarurati bayon qilingan. Shuningdek, yoshlar bilan olib boriladigan madaniy-ma'rifiy tadbirlarda qo'llaniladigan metod va vositalar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: madaniyat markazi, yoshlar, bo'sh vaqt, milliy an'ana va qadriyatlar, ma'naviy qadriyatlar, madaniy-ma'rifiy tadbirlar, metod va vositalar, havaskorlik ijodi

NEED TO ORGANIZE YOUTH LEISURE TIME IN CULTURAL CENTERS

Humayunmirza Zakhriddinbabir oglu Umarov Namangan State University

Abstract: This article describes the need to work with young people in the activities of cultural centers, to organize cultural and educational activities with young people. Also, the methods and tools used in cultural and educational events with young people are described.

Keywords: cultural center, youth, free time, national traditions and values, spiritual values, cultural and educational events, methods and tools, amateur creativity

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan kundan boshlab barcha sohalar qatori madaniyat va san'at sohalariga ham e'tibor qaratildi. Xalqimizning manaviy hayoti, o'zbeklarning ko'p yillik an'ana va udumlari, bayram va marosimlari, og'izdan og'izga o'tib kelayotgan nomoddiy meros durdonalari qayta tiklandi va ularni kelgusi avlodlarga yetkazish uchun qator muhim ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizning madaniyat tizimida o'quvchi yoshlar va bolalarni milliy ruhda tarbiyalash, ularning estetik ongini shakllantirish va vatanparvarlik ruhida ulg'aytirish madaniyat tizimining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. Bu borada madaniyat muassasalari hamda ijodiy jamoalarni moddiy-texnik baza bilan ta'minlanishi e'tiborga molik holatdir.

Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo'lidan ma'lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo'lishi o'sha davlatda

yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e'tibor darajasiga bog'liq. Xuddi shu borada mamlakatimizda ta'lim tarbiya sohalarida qilingan ishlar, yoshlarga e'tibor naqadar balandligidan dalolat beradi.

Darhaqiqat, mamlakatimizda yoshlarni ta'lim tarbiya olishlari, o'zlari istagan va qiziqqan sohalarini chuqur o'rganishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Zero, zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga ola biladigan, maqsadga intiluvchan va serg'ayrat barkamol yoshlarni tarbiyalash bugunning eng muhim vazifalaridan biridir. Ana shunday yetuk yoshlarni tarbiyalashda esa madaniyat va san'atning o'rni beqiyosdir. Bu jarayonda esa madaniyat muassasalarining ham munosib o'rni bor. Mazkur imkoniyatlarni Prezidentimiz tomonlaridan chiqarilgan bir qator farmon va qarorlaridan bilib olish mumkin. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3391-sonli qarori, 2020-yil 26-maydagi "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi o'rni va ta'sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6000-sonli farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2 fevraldagi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-112-son qarorining qabul qilinishi bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi. Ushbu qarorga muvofiq o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ularning qiziqishlariga ko'ra aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko'rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yo'lga qo'yish, madaniyat va san'at sohasida iste'dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo'llab-quvvatlash, ta'lim muassasalarini milliy cholg'ular, musiqa darsliklari, notalar to'plamlari va o'quv-metodik adabiyotlar bilan ta'minlashning yaxlit tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini «Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq 2022/2023 o'quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o'quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko'nikmalarini oshirish, ularning qalbida milliy madaniyatga bo'lgan muhabbatni shakllantirish, yosh iste'dodlarni aniqlash va qo'llab-quvvatlashga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga e'tibor bersak, ularning asosini millat kelajagi bo'lmish yoshlarga bo'lgan e'tibor tashkil qiladi. Xususan,O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 19-mart kuni ilgari ilgari surgan 5 muhim tashabbusi doirasida olib borilayotgan ishlar, ular orasida aynan birinchi o'rinda madaniyat va san'atning ta'kidlab o'tilgani, har bir mahallaga yoshlar yetakchilari jalb qilib, ularning asosiy vazifalaridan biri ham yoshlar o'rtasida

san'atning turli yo'nalishlarida to'garaklar, ko'rik tanlovlar, festivallar o'tkazishdan iborat ekanligi ham davlatimizda madaniyat va san'atga bo'lgan e'tibor yetarlicha ekanligini ko'rsatadi.[1.] O'sib kelayotgan yosh avlodni boy madaniy merosimiz va qadriyatlarimizga hurmat, mustaqil vatanimizga mehr muhabbat ruhida tarbiyalash muhim va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu o'rinda milliy musiqa va cholg'u ijrochiligi san'atini o'rgatish, kamolga yetayotgan yosh avlodni ma'naviyatini va milliyligini shakllantirishda asosiy omil hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda maktablarda, o'quvchi va tarbiyalanuvchilarga cholg'u ijrochiligini o'rgatish, asosiy va dolzarb ishlardan biridir.

Bolalar tarbiyasi bilan oila, bolalar bog'chasi, maktab va boshqa bilim yurtlari shug'ullanishi barchaga ma'lum. Biroq ularning, ayniqsa, bilim yurtlarining tasarrufidan tashqarida yoshlarning o'qishdan, ishdan tashqarigi bo'sh vaqti qolmoqda. Bo'sh vaqtda esa bolalar xohlagan narsalari bilan shug'ullanmoqda. Bekor qolgan bolalarning muayyan qismi salbiy oqibatlarga olib keluvchi «faoliyatlar» bilan ham mashg'ul bo'lishmoqda.

Insonning ijtimoiylashuvida bir qator omillar, jumladan, ijtimoiymadaniy omillar, biologik omillar, texnologik omillar, iqtisodiy omillar muhim faktor hisoblanadi.[2.]

Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishda madaniy-ma'rifiy muassasalar, jumladan, madaniyat markazlarining imkoniyati kattadir. O'quv yurtlari, asosan, bolalarga bilim-ta'lim berish bilan shug'ullansa, madaniy-ma'rifiy muassasalar ularning bo'sh vaqtlarini maroqli o'tkazishga ko'mak beradi. Biroq joylardagi madaniyat muassasalari aholining barcha qatlamlari uchun umumiy tadbirlar tayyorlashmoqda.

Hozirgi paytda yoshlarning bo'sh vaqtini samarali, ijtimoiy foydali qilib uyushtirish maxsus tadqiqotlarga molik muammolardan biri bo'lib, u olimlarimiz va mutaxassislarimiz tomonidan jiddiy e'tiborni kutib turibdi. Bu boradagi madaniy-ma'rifiy muassasalar tajribasi maxsus o'rganishni, umumlashtirishni, tahlil va targ'ib qilishni talab qilmoqda.

Madaniy-ma'rifiy faoliyati muassasalari yoshlarning sevimli maskani sifatida ma'naviy-ma'rifiy, g'oyaviy-siyosiy, badiiy havaskorlik ishlarni va bo'sh vaqtini mazmunli uyushtirishda muhim rol o'ynamoqda.

Ma'lumki, madaniyat markazlari o'z faoliyatlarini yoshlarning bo'sh vaqtida olib boradi. U yoshlarni asosiy ishi, o'qishdan tashqari har xil mazmun va shakldagi «ikkinchi» faoliyat bilan shug'ullanishlariga imkoniyat yaratadi. Bu ko'ngilli faoliyat yoshlarning hordiq chiqarishga, bilimni, dunyoqarashini o'stirishga, ijodkorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.

Xullas, madaniyat muassasalari, yoshlar uchun quyidagi vazifalarni bajaradi:

Ma'naviy-ma'rifiy ishlami olib borish.

Havaskorlik ijodini uyushtirish.

Madaniy dam olishni tashkil qilish.

Madaniyat markazlarida yoshlar uchun tadbirlar uyushtirishdan oldin mahalliy yoshlarning:

- ma'naviy ehtiyojlari,

- qiziqishlari,

- bilim darajalari, kasbi,

- madaniy saviyalari,

- ijodiy imkoniyatlari,

- vaqt byudjeti va bo'sh vaqti,

- tashabbuskorligi va uyushqoqligi kabi ko'plab omillar hisobga olinmog'i darkor.

Aks holda madaniyat markazda tayyorlanadigan tadbirlar yoshlar uchun qiziqarli bo'lmay qoladi. Mazkur omillarni hisobga olish, o'rganish, bilish uchun yoshlar o'rtasida yozma va og'zaki so'rovlar, suhbatlar, kuzatishlar o'tkazilishi lozim. So'rovlarda yoshlarga:

qaysi mavzular,

qanday shakllar (tadbirlar),

qaysi ta'sirchan g'oyaviy-badiiy va texnik vositalar yoqishini o'rganmoq lozim.

Yoshlarni qiziqtirgan mavzularni muayyan mantiqiy tizimga solib, ularning mazmuniga mos shakllar tanlab, yoshlar uchun maxsus tadbirlar rejasini tuzish lozim. Zamonaviy yoshlarni quyidagi mavzular qiziqtirishi mumkin:

1. Tarixiy mavzular.

2. Milliy qadriyatlar.

3. Xalq an'analari.

4. Odob, axloq.

5. Kiyinish madaniyati.

6. Do'stlik va do'stlikni saqlash.

7. Qizlar va yigitlar munosabatlari.

8. Muhabbat, sevish va sevilish.

9. Bo'sh vaqtni foydali o'tkazish.

10. Mehmondo'stlik.

11. Ozodagarchilik va tozalik.

12. Ichkilikbozlik va giyohvandlik oqibatlari.

13. Oila fayzi va hokazolar.

Madaniyat xodimlari yoshlarni qiziqtirgan mavzuni mantiqiy tizimga solganidan so'ng ularga qanday shakllar-tadbirlar yoqishini ham aniqlash kerak. Madaniyat muassasalarining ishi, shakllari esa ko'p va rang-barangdir: ma'ruza, ma'naviy

muloqot, doklad, axborot, suhbat, seminar, munozara, konferensiya, ijodiy uchrashuvlar, savol-javob kechalari, og'zaki, jurnal, kecha, konsert, spektakl, ommaviy tomosha, xalq sayillari, bayramlar, karnavallar, raqs kechalari, festival, diskotekalar, ekskursiya, madaniy sayr, viktorina, ko'rgazma, ko'rik-tanlov va hokazolar.

Aytaylik, yoshlar ko'proq dam olish kechalari, ijodiy bahs, uchrashuvlar, diskoteka, estrada konsert, teatrlashgan tomosha, xalq sayillari, sayohat kabi shakllarni tanlashdi. Klub xodimlari ko'proq ana shu shakllardan foydalanmog'i kerak.

Yoshlarni qiziqtirgan shakllar aniqlangandan so'ng, madaniyat xodimlari mahalliy joydagi yoshlar tashkilotlari bilan birgalikda yillik tadbirlar rejasini tuziladi. Rejada tadbir o'tkaziladigan sana, tadbir nomi, shakli, o'tkazilish joyi va javobgar shaxslar ko'rsatiladi.

Tadbirlar rejasi yoshlar ehtiyoji va mahalliy sharoitdan kelib chiqib boyitilishi yoki o'zgartirilishi mumkin. Qanday bo'lmasin mahalliy madaniyat markazu va yoshlar qo'mitasi bilan rejalashtirilgan tadbirlar yoshlarni qiziqtirish, mavzuiga jalb etish lozim. Vaqt o'tishi bilan klub tadbirlari ham yoshlar sinovidan o'tadi. Shundan kelib chiqib kelgusi yilgi rejada qaysi tadbirlarga ko'proq, e'tibor berishni hayotning o'zi ko'rsatadi.

Respublika madaniy-ma'rifiy muassasalari, jumladan, madaniyat markazi, madaniyat va istirohat bog'lari yoshlarning bo'sh vaqtini uyushtirishda, ularni har xil badiiy havaskorlik to'garaklari va uyushmalariga jalb etib, turli bayramlar, teatrlashgan tomoshalar, sayillar, dam olish kechalar, raqs kechalari kabi turli tadbirlar tashkil qilish borasida yaxshi tajriba to'plashgan.

Madaniy-ma'rifiy muassasalarda yoshlar bo'sh vaqtida qatnashadigan tadbirlar doirasi anchagina keng. Ular orasida muloqotli, ko'ngilochar - «Dam olish kechasi», «Shanba oqshomida», «Kulgi kechasi», «Do'stlik kechasi», «Qizlar davrasida» kabilar; San'at bilan bog'liq bo'lgan - «She'riyat kechasi», «Doston kechasi», «Qo'shiq va raqs oqshomi», «Musiqa ohangi», «Teatr ko'zgusi» kabilar; Bayramona dam olishga oid sayillar - «Bog' sayli», «Tog' sayli», «Lola sayli» kabilar; Odatda bunday dasturlar ikki qismdan tashkil topadi: birinchi bo'limda yoshlarni qiziqtiradigan mavzu tanlanib, bunda axborotlar badiiy shaklda tomoshabinlarga havola qilinadi. Ko'pincha bu qismga odamlarni o'ylantiradigan va hayajonga soladigan muammolar ham olinadi. Dasturning ikkinchi qismida esa maroqli dam olish uchun o'nlab turli qiziqarli o'yinlar, topishmoqlar, viktorinalar, qo'shiqlar va hokazolardan foydalaniladi. Musiqali-raqsli tadbirlar, asosan, musiqa, ashula va albatta raqslardan tashkil topadi. Bunday tadbirlarda bu san'at turlarining eng yaxshi namunalari targ'ib qilinadi. Unda eng yaxshi raqs uchun musiqa bilimdonlari va sevimli qo'shiq ijrosi uchun omma o'rtasida tanlovlar o'tkazilishi mumkin.

Yoshlar uchun maxsus tadbirlar tayyorlashda madaniy-ma'rifiy muassasalar va yoshlar tashkiloti hamkorlikda faoliyat olib borgandagina yaxshi natij alarga erishiladi. Tashkilotchilar yoshlar uchun tadbirlar uyushtirayotganida an'analar, tajribalardan foydalanish bilan bir qatorda yangilik, ijodkorlik, tashabbuskorlikka alohida e'tibor bermoqlari zarur. Yoshlar ijod va yangilik shaydosi ekanligini unutmaslik kerak.

Shuni qayd qilish kerakki, turli joyda yoshlarni vaqti, ehtiyoji, qiziqishi har xil bo'lishi mumkin. Bir hududda shuhrat topgan tadbir, boshqa joyda qiziqish uyg'otmasligi mumkin. Shuning uchun har joyning o'z tadbirini topishga intilish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xolmo'minov, Mo'minmirzo Zokir O'g'li. Madaniyat markazlarida to'garaklarni tashkil etish muammolari.//Oriental Art and Culture 3.3 (2022): 104105. https://cyberleninka.ru/article/n7madaniyat-markazlarida-to-garaklarni-tashkil-etish-muammolari

2. Инатуллаев Бахромжон Бокижонович. Инсон ижтимоийлашув жараёнининг ижтимоий-маданий омиллари.// НамДУ илмий ахборотномаси -Научный вестник НамГУ 2019 йил 10-сон 166.https://namdu.researchcommons. org/cgi/ viewcontent.cgi?article=1806&context= journal

3. Туракулова И. "Талабаларнинг маънавий-иммунологик тарбиясини такомиллаштириш технологиялари" мавзусидаги педагогика фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация.-Тошкент, 2011- йил -Б.24.

4. Узбекистон миллий энциклопедияси.-Тошкент: 2006, -Б. 814.

5. Укувчи маънавиятини шакллантириш-Тошкент: Шарк, 2000. -Б. 89-91.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.