Научная статья на тему 'TEATRLASHGAN OMMAVIY BAYRAM TOMOSHALARINING STSENOGRAFIYASI VA UNING NAZARIY ASOSLARI'

TEATRLASHGAN OMMAVIY BAYRAM TOMOSHALARINING STSENOGRAFIYASI VA UNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
543
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ommaviy bayram / teatrlashgan maydon tomoshalari / stsenografiyasi va badiiy bezaklar / teatrning tashkil qilinishi / teatrlashgan ommaviy bayramlarning rivojlanishi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xojiakbar Maxamadali O‘G‘Li Oxundedayev

Maydon tomoshasi va O‘zbekistonda teatrlashgan ommaviy bayramlar evalyutsiyasi, stsenografiya san’ati jarayoni, tomosha saxnasining badiiy jarayonlari, teatr va ommaviy bayramlarning bir biriga bog‘liqligi ilmiy va taxliliy nazariyasi xaqida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEATRLASHGAN OMMAVIY BAYRAM TOMOSHALARINING STSENOGRAFIYASI VA UNING NAZARIY ASOSLARI»

TEATRLASHGAN OMMAVIY BAYRAM TOMOSHALARINING STSENOGRAFIYASI VA UNING NAZARIY ASOSLARI

Xojiakbar Maxamadali o'g'li Oxundedayev Xoj ioxon87@gmail .com Kamoliddin Bexzod nomidagi MRDI

Annotatsiya: Maydon tomoshasi va O'zbekistonda teatrlashgan ommaviy bayramlar evalyutsiyasi, stsenografiya san'ati jarayoni, tomosha saxnasining badiiy jarayonlari, teatr va ommaviy bayramlarning bir biriga bog'liqligi ilmiy va taxliliy nazariyasi xaqida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: ommaviy bayram, teatrlashgan maydon tomoshalari, stsenografiyasi va badiiy bezaklar, teatrning tashkil qilinishi, teatrlashgan ommaviy bayramlarning rivojlanishi

SCENOGRAPHY OF THEATRICAL PUBLIC HOLIDAY SPECTACLES AND ITS THEORETICAL FOUNDATIONS

Khojiakbar Makhamadali oglu Okhundedayev Khoj iokhon87@gmail.com NIFAD named after Kamoliddin Bekhzod

Abstract: The evaluation of Maidan spectacle and theatrical public holidays in Uzbekistan, the process of scenography art, the artistic processes of the performance stage, the interdependence of theater and public holidays are analyzed in terms of scientific and analytical theory.

Keywords: public holiday, theatrical field performances, scenography and artistic decorations, organization of theater, development of theatrical public holidays

Yurtimizda ommaviy bayramlarning teatrlashtirish o'tgan XX-asrning oxirlarida ommalashgan. Turli bayramlar keng miqyosda sahnalashtirilib xalqga taqdim etilgan. Teatrlashgan ommaviy bayram tomoshalarining stsenografiyasi va uning nazariy asoslari bilan bir qancha olimlar shug'ullangan. Ko'plab manbalar, kitoblar yozilgan. Bayram tomoshalarining stsenografiyasi nazariy asoslari teart faoliyati bilan ham chambarchas bog'liq. Uning nazariy asoslari, sahnalashtirish, sahna dekoratsiyasi, musiqa va boshqalar bayram mohiyati va uning ahamiyati bilan ham bog'liq.

"Sharqning buyuk olimi Mahmud Qo'shg'ariy «Bayram - xalqning shodlik va xursandchilik kunidir», degan edi. Biron-bir muhim ijtimoiy voqea, sanani ko'pchilik bo'lib, ko'tarinki ruhda va xursandchilik bilan nishonlash bayram deb tushiniladi.

XX-asrda bayramlar bilan ko'plab olimlar shug'ullanishgan. Bayramlar mohiyatini tog'ri anglash, tarixi va hozirgi kundagi hayotini tushunishda, ayniqsa, M.M.Baxtin tadqiqotlari muhim. «Bayram hamma vaqt dunyoni teran idrok etish mazmuniga ega bo'lib kelgan. Ijtimoiy mehnat jarayonini tashkil etish va mukammallashtirishdagi «mashqlar», «mehnat o'yinlari», mehnatdagi dam olish yoki nafasni rostlash hech qachon o'z holicha bayram bo'la olmaydi. Ularning bayram bo'lishi uchun borliqning boshqa sohasi, ma'naviy-mafkuraviy sohasidan nimadir qo'shilishi shart. Ular moddiy dunyo va zarur shart-sharoitlaridan emas, inson hayotining buyuk maqsadlari dunyosidan, ya'ni ideallar dunyosidan da'vat va quvvat oladi». Shu soha olimlari XX asrdagi bayramlarga baho berar ekan, M.M.Baxtin kontseptsiyasiga tayangan holda ish ko'radilar. «Bayram -bu ma'lum vaqtdagi ideal hayotdir» - deb ta'kidlaydi. I.I.Mazayev «Bayram - har bir fuqaro va butun jamiyat hayotini aks ettiruvchi o'ziga xos ijtimoiy hodisadir» - deb ta'rif bergan D.M.Genkin bu fikrlarini yanada oydinlashtirib shunday deb yozadi, «Bayram - bu voqealik bilan san'atni uyg'unlashtiruvchi, u yoki bu real hayotiy voqeani badiiy bezab ko'rsatuvchi o'ziga xos antiqa hodisadir». «Bayram dunyo madaniyatida yig'ilgan eng qimmatli boyliklarni o'zida uyg'unlashtiradi» - deb fikr yuritadi A.I.Amoldov. Bayramshunos olim filologiya fanlari doktori, professor U.Qoraboyev «O'zbekiston bayramlari» nomli kitobida va mazkur kitobning qayta ishlanmasi sifatida yaratgan «O'zbek xalqi bayramlari» kitobida o'zbek bayramlarining xususiyatlari haqida to'laqonli ta'rif bergan. O'zbek bayramlari mohiyatan boshqa xalqlar bayramlaridan farq qilmaydi, ular ham orzu, mehnat, kurash ifodasi, an'analar, go'zallik ko'zgusi, tinchlik, hamjihatlik, tenglik, hayotning davomi, muhim qismidir. U.Qoraboyev xalq bayramlari mohiyatini belgilovchi bayramlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, bayramning uchta asosiy xususiyatini belgilaydi:

1. Bayram holati (bayram kayfiyatining) paydo bo'lishi, bayramga bo'lgan ehtiyojning tug'ilishi;

2. Bayramona holat, kayfiyatning paydo bo'lishi - bu hali bayram degani emas. Shu kayfiyatni, shu holatni, intilishni ro'yobga chiqarish uchun bayramni tashkil etish kerak. Ommaning bayram ishtirokchisiga aylanishidir.

3. Bayram bu - teatrlashtirilgan namoyishlar, tomoshalar, kontsertlar, ko'rik-tanlovlar bellashuvlar, ya'ni rang-barang ommaviy tadbirlar birligidir."

Teatrlashgan namoyishlar asosan katta miqyosdagi bayramlarda kuzatiladi. Ta'bir joiz bo'lsa, davlat tadbiri darajasiga ko'tarilgan bayramlar katta va maxsus sahnalarda nishonlanadi. Bunday bayramlarni umumxalq bayramlari deb atasak bo'ladi. Aslida har bir bayram o'z tarixi, mazmun-mohiyatiga ega. Har bir bayramni keng miqyosda nishonlash mumkin. Lekin bayramlarni mohiyatiga ko'ra shartli ravishda bir necha turkumga ajratish mumkin: davlat bayramlari, kasb bayramlari va diniy ruhdagi bayramlar. Shu turkumga ko'ra bayramlarni jamiyatning u yoki bu

qatlami o'zicha nishonlaydi. Masalan, kasb bayramlari ayni biror kasb vakillari tomonidan biroz tor doirada nishonlansa, diniy ruhdagi bayramlar esa biror dinga e'tiqod qiluvchilar tomonidan bayram qilinadi. Lekin umummilliy bayramlar juda keng doirada davlat miqyosida nishonlanadi. Umummilliy bayramlarni keng sahnalarda maxsus ssenariy asosida tashkil etishga sabab, bunday bayramlar zamirida xalqning asrlik an'analari, orzulari va quvonchlari mujassam bo'ladi. Shuningdek, umummilliy bayramlar dunyoga biror xalqning milliyligini, tarixini, afsonalarini namoyish etishni eng yaxshi yo'li hisoblanadi. Bunday bayramlar sahna stsenografiyasi nazariy jihatdan teatrlashtirilgan tomoshalarga suyanadi. Ammo g'oyaviy, badiiy jihatdan originalligi bilan keskin ajralib turadi. Har bir bayramni mazmun-mohiyati, g'oyasi, xalq hayotida tutgan o'rniga ko'ra shu bayram shodiyonalari keng miqyosda sahnalashtiriladi. Masalan, Navro'z bayramini bahoriy unsurlar, sumalak, xalq o'yinlarisiz tasavvur qilish qiyin. Bahoriy dekoratsiya, yorqin ranglar, quvnoq kuy-qo'shiq va raqslar uyg'unligida tashkillashtiriladigan ushbu bayram xalq kayfiyatini aksi bo'ladi. Nazariy jihatdan bayramlar stsenografiyasi bir biriga o'xshash bo'lishi mumkin. Bayram, xalq tomoshalarini sahnalashtirayotgan rejissyor va badiiy maslahatchilar bayramni asl mohiyatidan kelib chiqib o'ziga xoslik, alohida element hamda chiqishlarni tashkillashtiradilar. Bu jarayonda rejissyor, sahna rassomi, bastakor, baletmeyster va boshqa ijodkorlarni umumiy mehnati bayramni yanada shukuhli chiqishini ta'minlaydi. Bayramlarni ommaviy tomosha shaklida sahnalashtirishdan avval bayramni asl mohiyatini tushunib olish lozim.

Professor U.Qoraboyev «O'zbek xalqi bayramlari» kitobida quyidagi fikrni bildirgan - «Bayramning o'ziga xos xususiyati unda keng ommaning ishtirok etishidir. Bayram avvalo ko'pchilik uchun uyushtiriladi va u bevosita odamlarning ishtirokida o'tadi. Teatrlar, konsert zallari, televideniya ko'rsatuvlari, radio eshittirishlarida omma faqat tomoshabin va tinglovchi rolini bajarsa, bayramlarda esa faol ishtirokchi sifatida qatnashadi. Bayramlarda hamma o'z qobiliyatini namoyish qilishi mumkin. Kishilar bayram tadbirlarini ishtirokchi sifatida kuzatadi va bo'lgan voqealarga o'z munosabatini bildira oladi. Bayramlarning o'ziga xos yana bir xususiyati ularning bir necha (kompleks) tadbirlar sintezidan tashkil topishidir. Har bir bayram ko'plab tadbirlar asosida uyushtiriladi. Bayramning tashkil qilinishi -uning mavzusi, g'oya, yo'nalishi maxsus shakl, tadbir va marosimlar orqali namoyon etishdir. Odatda har bir ommaviy (ayniqsa, ochiq joylardagi) bayramning ochilish marosim-tadbiri bo'ladi. Undan so'ng, bir joyda - bayram ko'rgazmalari, ko'rik-tanlovlari; ikkinchi joyda - dor o'yini, polvonlar chiqishlari; uchinchi joyda - askiya va qiziqchilar chiqishlari, qo'g'irchoq teatri tomoshalari; to'rtinchi joyda - badiiy havaskorlik jamoalari, folklyor etnografik ansambllari konsertlari; beshinchi joyda -sport musobaqalari kabilar tashkil qilinadi. An'analar, marosimlar, teatrlashtirilgan

konsert va tomoshalar, karnavallar, namoyishlar, xalq o'yinlari bayramlarining asosiy tarkibiy qismi sanaladi. Ommaviy bayramlar shu kabi tadbirlar asosida o'tkaziladi». Bayram - o'ziga xos, ko'p tomonli ijtimoiy hodisa bo'lib, har bir insonning, jamiyatning hayotini namoyon etadi. Uning barcha dunyo xalqlari orasida tarqalganligidan, bayramlarning inson va jamiyat uchun hech narsaga almashtirib bo'lmaydigan bebaho boylik ekanligiga amin bo'lamiz. «Bayram jamiyat hayotining organik bo'lagi bo'lib, shu bilan bir qatorda, har bir insonning hayoti va faoliyatini tenglashtirib, omma erkin hayot faoliyatining markaziga aylanib, alohida olingan shaxsning emotsional tarangligini oluvchi raziyad funksiyasini bajaradi». «Bayram» -turkcha so'zdan olingan bo'lib, to'y, marosim, xursandchilik degan ma'nolarni bildiradi. Bayram so'zining turli talqinlari bor. Falsafiy ensiklopediyada berilgan «Bayram» - insonlar xursandchiligining yig'indisi», - degan talqin eng to'g'risi deb hisoblanadi. Bayram ijtimoiy mahalliy hayotning eng muhim qismlaridan bo'lib, shodiyona, xursandchilikni vujudga keltiradigan voqealarni nishonlaydi. Ommaviy bayramlarning ommabopligi shundaki, birinchi navbatda, u amaliy namoyish etilganda, o'zining chuqur ijtimoiy - psixologik va tarbiyaviy ildiziga ega ekanligi namoyon bo'lib, sahnalashtirish jarayonida tasodifiy hol va elementlarga yo'l qo'yilmaydi. Shuni aytib o'tish joizki, ommaviy bayramlar tarixi, ayniqsa O'zbekiston bayramlari tarixining kelib chiqish genezisi, uning turlari to'liq o'rganilmagan. Tarix shunday fanki, qanchalik chuqur o'rgansak, shunchalik kam bilishimizga ishonchimiz komil bo'ladi. Ayniqsa ommaviy bayramlar tarixi juda ham kam o'rganilgan.

Bugungi kunga kelib ko'plab bayramlar, tomoshalar katta maydonlarda tashkil etilmoqda. Unda ko'plab ijodkorlar ishtirok etadi. Bunday tomoshalar ham shaklan ham mazmuman bayram mohiyatinini ochib beradi. Biroq bayramlarni katta tomoshalar shakliga kelgunicha bir qancha vaqt kerak bo'lgan. Aslida har bir bayram ham keng miqyosda, maydonlarda tashkil etilavermaydi. Bunday bayramlar asosan davlat tadbirlari darajasidagi tomoshalar hisoblanadi. Bayramlarni jamiyat hayotidagi o'rni beqiyos. Bayramlar xalq qarashi, hayoti mazmuni va asrlik orzu-umidlarni ifodasi hamdir. Avvalo bayram, tomosha, tadbirlar tushunchasiga e'tibor qaratsak:

Bayram deganda, hayotdagi muhim voqea, sanani ko'tarinki ruhda, xursandchilik bilan nishonlash tushuniladi, ya'ni «bayram» turkcha so'zdan olingan bo'lib to'y, marosim, xursandchilik degan ma'noni anglatadi.

Tomosha - tomoshabin ko'z oldida namoyish etilgan, yuqori saviyada badiiy jihatdan bezatilgan, effektli ijro uslublaridan mohirona foydalanilgan, tomoshabin ko'rib estetik zavq oladigan va bevosita shu tadbirda ishtirokchiga aylanadigan madaniy tadbirdir.

Tadbir esa ana shu bayram va tomoshalarning u yoki bu darajada tashkil etilishidir. U ma'lum sanaga, ma'lum bir mavzuga va boshqa jihatlarga bag'ishlangan

bulishi ham mumkin. Lekin bu uchta tushunchani bir-biridan alohida-alohida ajratmaslik ham mumkin, chunki bular hamisha bir-birlarini to'ldirib turadilar.

Ommaviy bayramlarni keng miqyosda tashkil etishda ham o'ziga xos ramziylik, milliy ruhiyat, xalq birdamligi kabi tushunchalar hisobga olinadi. Bayramlarni katta tomoshalarga aylantirish xalq hayotida alohida o'rin tutadi. Ammo har qanday bayram ham ommaviy tomoshalar shaklida tashkil etilmaydi. Masalan, davlat bayramlari, milliy qadriyatlarga yo'g'rilgan xalq bayramlari yoki biror shahar, hudud tarixi, unda ijod qilgan biror alloma yubileyi ham katta tomoshalar bilan nishonlanishi mumkin. Xalq bayramlarini davlat miqyosida o'tkazilishiga sabab jamiyatdagi milliylik tuyg'usini rivojlantirish, xalqdagi o'z yurtiga, zaminiga bo'lgan faxr-iftihor tuyg'ularini o'stirish, jamiyatdagi birdamlik tuyg'ularini mustahkamlash hisoblanadi. Ommaviy tomoshalarni ahamiyati har davrda, hamma jamiyatda ulkan hisoblangan. Birinchidan, bu bir g'oyani xalq ongiga singdirish, unda o'z bayramlariga va tarixiga bo'lgan hurmat tushunchalarni o'stiradi. Ikkinchidan, ommaviy tomoshalar orqali dunyoga o'z madaniyati, tarixi, milliy an'analarining naqadar qimmatli ekanligini ko'z-ko'z qilishdir. Bundan tashqari biror bayramni ommaviy keng miqyosda tashkil etish xalq madaniyati, dunyoqarashini ham shakllanishida alohida o'rin tutadi. Bayramlardan aniq g'oya, maqsad bilan foydalanish kelajakda yaxshi natijalarga olib keladi. Xalq, millat bayramlarini katta maydonlarda tashkil etish avvalo xalqdagi milliylik tuyg'usini o'stiradi. Millatga, vatanga bo'lgan muhabbatni shakllantiradi, tarixni o'rganishga, milliy o'zlikni anglashga ulkan xizmat qiladi. Bayramlarni ommaviy shaklda tashkil etishda o'ziga xos qoidalar mavjud. Avvalo bayram omma uchun tashkil etiladi. Shunday ekan uning tomoshabinbopligiga alohida e'tibor qaratish lozim. Har bir ommaviy tomosha xalq qalbidan, ko'nglidan joy olishi, uzoq vaqt xotirasida saqlanib qolishi lozim. Hatto o'sha bayramda yangragan kuy-qo'shiqlar xalq orasida mashhur bo'lishi kerak. Bayramlarni ommaviy shaklda tashkil etishda u o'tkaziladigan maydon, joy katta ahamiyatga ega. Maydon tomoshalarida bayram rahbari va bosh rejissyor rahbarligida yuzdan ortiq turli toifa sahnalashtiruvchi ijodkorlar - ommaviy tomoshalar bosh rejissyorlari, bosh baletmeyster, badiiy lavhalar bosh baletmeysterlari, orkestrlar va ansambllar rahbarlari, muvofiqlashtiruvchi rejissyorlar, sahnalashtiruvchi rejissyorlar, shuningdek qator sahnalashtiruvchi baletmeysterlar, rassomlar, suxandonlar, ovoz rejissyorlari, ovoz operatorlari, ijodiy-tashkiliy guruh, liboschilar, pardozlovchilar, texnik ta'minotchilar bayramni tayyorlash va o'tkazishdek sermashaqqat ishni amalga oshiradilar. Ommaviy bayramlarda har bir jihatga alohida e'tibor qaratiladi. Musiqa, sahnalashtirilgan chiqishlar, dekoratsiya, bayram tadbirining ssenariysi bir butun asar hisoblanadi. Har bir ommaviy tomoshada g'oyasi va mazmuniga muvofiq ishlaydigan katta ijodiy guruh faoliyat olib boradi. Har bir ijodiy guruh o'z yo'nalishi bo'yicha ijodiy asar yaratadi. Barcha ijodkorlar

uyg'unlikda bir ssenariy asosida ish olib borishi tomoshaning muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Bayram tomoshalarni tashkil etishdagi o'ziga xoslik har bir bayramga individual yondashuvda ko'zga tashlanadi. Milliy bayramlar, madaniy tadbirlar, tarixiy sanalar, xalq bayramlarini tashkil etishda turlicha yondashuvlardan foydalaniladi. Bunda bayram mazmun-mohiyati hisobga olinadi. Bayramlarni keng omma uchun tashkil etishda ko'p jihatlar hisobga olinadi. Avvalo bayram milliy ruhda, xalq orzu-umid, kelajakka bo'lgan ishonchini aksi bo'lishi kerak. Yana shunday bayramlar borki ularni tashkil etishda bir necha bloklarga bolinadi. Ommaviy tomosha va ko'plab sahnalarda qiziqarli dasturlat tashkil etiladi. Xalqimiz uchun bebaho meros hisoblangan Navro'z bayrami ham turli hududlarda turlicha nishonlanadi. Markazlashgan shaharlarda Navro'z keng miqyosda, maydonlarda teatrlashgan tomoshalar shaklida nishonlanadi. Kichiq qishloqlarda esa bu bayram biroz boshqacharoq shalkda o'tkaziladi. Xalq o'yinlari, sayillar tashkil etiladi. Doshqozonlarda milliy qadriyatlar belgisi hisoblangan sumalak, halimlar pishiriladi. Sayillar shaklida o'tadikan ommaviy bayramlarda raqs, teatr va boshqa san'at turlarini musiqasiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ommaviy bayram va tomoshalarda musiqaning turli janrlari ishtirok etishi mumkin. Undan tashqari bunday tadbirlarda musiqali jamoalar, vokal cholg'u ansambillari, musiqalardan parchalar, aloxida musiqali nomerlar, voqeaning rivojlanishi uchun, tadbir yoki tomoshaning temporitmini ushlab turishi uchun musiqa san'atidan foydalaniladi. Hozirgi kunda ommaviy bayram va tomoshalar rejissurasida musiqa muhim vositalardan biri bo'lishi bilan birga undan foydalanish, uni yaratish, uni qo'llash ma'lum qiyinchiliklar bilan bog'liqdir. Ayniqsa, ochiq havoda, noan'anaviy sahnaviy maydonlarda o'tkaziladigan tadbirlar musiqadan foydalanish biroz mushkul bo'ladi. Bundan tashqari texnik vositalarning hali yetarli darajada to'liq talabga javob bera olmasligi eng asosiy qiyinchiliklaridan biridir. Bayram yoki tomosha uchun alohida musiqa yozish qiyin kechadigan jarayondir. Shuning uchun ko'pgina rejissyorlar tayyor musiqa asarlarini tanlaydilar va shu musiqa asosida ish olib boradilar. Ba'zan tez fursatda yangi musiqa asari yaratishga to'g'ri keladi. Bunday sharoitda rejissyor va bastakorning qarashlari, nuqtai nazarlarining bir-birlariga mos kelishi yangi musiqiy asar o'tkazilayotgan bayramga mos bo'lishi yangi musiqani tez va muvaffaqiyatli yaratilishiga asos bo'ladi. Hozirgi kunda ochiq maydonlarda o'tkaziladigan bayram va tomoshalarning barchasida fonogrammadan foydalaniladi. Fonogrammadan foydalanishning qulay tomoni shundaki, unda matn va musiqalar aniq va ortiqcha shovqinlarsiz, pauzalarsiz tomoshabinga yetkaziladi. Agar rassom ijodi ko'z bilan ko'rish va estetik zavqlanish imkoniyatini bersa, bastakorlik faoliyatida esa eshitish orqali zavqlanish mumkin. Sahnada ijro etilayotgan barcha xatti-harakatlar musiqa jo'rligida amalga oshirilishi -yangilik emas. Boshlovchilarning chiqishlari, kuy, qo'shiqlar, tantanali qutlovlar, dialog va monologlardagi musiqalar, raqslar va boshqa barcha ijodiy jarayonlar

musiqa jo'rligida, musiqaning hamohangligida amalga oshiriladi. Musiqa barcha san'atlar ichida katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan vosita hisoblanadi. Ommaviy bayram va tomoshalarda musiqaning ro'li va ahamiyati yanada globallashadi. Ba'zan musiqa ma'lum bir tarixiy va ramziy ijod namunasi sifatida namoyon bo'lishi ham mumkin. Musiqa albatta plastika, raqs, chiroq va boshqa ta'sirchan vositalar uyg'unligida ham badiiy obraz yaratish imkoniyatlariga ega. Musiqalashtirilmagan spektakl yoki bayram tomoshabinga kerakli effektni bera olmaydi. Tadbir, bayramlarda musiqaning ifodaviy va tasviriy imkoniyatlari to'liq namoyon bo'lgan bo'lsa, asarni tomoshabin emotsional va to'laqonli ravishda qabul qiladi.

Badiiy fon ommaviy bayramlarning ajralmas qismi bo'lib, stsenografiya tomoshalarda ta'sirchan vositalaridan biri hisoblanadi. Badiiy fon maydonda bo'layotgan voqealarni rejissyorlik g'oyaviy talqini asosida ochib berishga yordam beradi. Har bir voqeani badiiy jihatdan to'ldirib, ta'sirchanligini oshiradi shu o'rinda "Ommaviy bayram va tomoshalarda badiiy fon 1948-yildan boshlab ishlatib kelinmoqda. " Bayram tomoshalarida badiiy fonning rassomi bayram ssenariysidan kelib chiqib rejissyor bilan har-bir epizodga va blokga fonda tasvir yaratadi. Bu tasvirlar esa bevosita rassom bilan ishlanib, har bir epizod uchun eskizlar yaratiladi. Orqa fon qatnashchilari, sharoitga qarab fonda tasvir yaratish uchun q o'llarida 50x50 yoki 50x60 hajmdagi ikki tomoniga tayoqcha urnatilgan turli rangdagi bayroqchalar ishlatadilar. Bundan tashqari ko'zgu, fonarlar ishlatilishi mumkin. Fon guruhi maydonda gorizontal, frontal, parallel va qarama-qarshi harakatlarni bajarish mumkin. Bundan tashqari fon guruhidan sinxron, bir xil harakat qilish talab qilinadi. Badiiy fonni yaratishda rassomning o'rni nihoyatda katta. Rassom butun sahnani tomoshabin ko'zi bilan ko'ra olishi lozim. Badiiy fondagi harakatlar tomosha mazmuni va jozibasiga hissa qo'shadi. Bu borada rassomdan mas'ulyat talab etadi, sababi sahnaning eskizidan to dekoratsiyaning qurilishi jarayonida o'zini namoyon qilishi zarur, rassomning asosiy vazifasi tasviriy bezatish emas balki, bayram senarisidan kelib chiqib maydondagi ranglar, siluet va konflikt qarashlar asosida dastur g'oyasini ochib berish senografiya san'ati deyiladi. Shu o'rinda tarixga nazar solsak ommoviy maydon, tomoshalarning tarixi qadimgi yevropaning Yunonuston va Rim xududlarida keng nishonlangan "Yunonlar tomonidan kashf etilgan xozirgi kunda tomosha zalining eng ko'p tarqalgan shakli xisoblanadi, antik orxestra (tomoshabinga qaragan saxna maydonchasi) xamon ba'zi mamlakatlarda makoniy saxna sifatida ishlatiladi. "

Ommaviy bayram, tadbir va tomoshalarda teatrlashtirish alohida ahamiyatda ega. Teatrlashtirish aniq maqsadga qaratilgan, badiiy obrazli tashkil etilgan, teatr qonuniyatlari asosida, dramaturgiya va stsenografiya talablariga javob bera oladigan bo'lishi lozim. Teatrlashtirilgan bayram tadbirida g'oyaviy-badiiy syujet va

kompozitsion tuzilish bo'lishi kerak. Teatrlashtirilgan tomoshalarda kompozitsion syujet: prolog, asosiy voqea, qarama-qarshilik, voqealar rivoji, kulminatsiya va final komponentlaridan tashkil topishi lozim. Ammo ba'zi bayramlar mazmuni, kayfiyatiga ko'ra uni teatrlashtirishda ramzlardan, yengil syujetlardan foydalanish ham mumkin. Tarixga bog'liq bo'lmagan, biror hodisa ortidan shakllanmagan bayramlarda teatrlashtirish jarayoni murakkab kechadi. Lekin xalq dardi, orzu-umidlari aksi hisoblangan bayramlarni ommaga taqdim etayotganda uni teatrlashtirish, obrazlarni kuchaytirish, ijro orqali bayram mohiyatini ochib berish muhim ahamiyatga ega. Masalan G'alaba, Mustaqillik kabi ommaviy bayramlarda teatrlashtirilgan ma'lum syujetga ega sahna ko'rinishi bayram mazmunini to'la qonli ochib berishi mumkin.

Teatrlashtirilgan tomosha teatr va dramaturgiya qonunlari asosida tuzilgan badiiy obrazli kompozitsiyaga ega bo'lgan madaniy-ommaviy tadbirlardir. Teatrlashgan ommaviy tomoshalarda assosiy tayanch bloklari mavjud bu borada Vahobjon Rustamov nazariyasiga tayanish mumkun

Demak, biz bayram yoki tomoshani to'g'ri tashkil qilish uchun qaysi sohalarga e'tibor berishimiz kerak?

Birinchidan, bayram va tomoshaning dramatik asosi bulgan ssenariy, uning yozilishi jarayonlari, senaristlar haqida;

Ikkinchidan, tomoshabinning nazari darrov bayram yoki tomosha o'tkaziladigan joyning bezagiga tushadi. Demak, bunda biz ommaviy bayramlarning badiiy bezagi, tasviriy san'at, rassomlar ijodi, dekoratsiyalar yaratilishi haqida;

Uchinchidan, kuy, qo'shiqlar va musiqa barchamizning hayotimizga shunday singib ketganki, bayramlarni san'atning bu turisiz tasavvur qilish mumkin emas. Demak musiqa, uning ommaviy bayram va tomoshalarda tutgan o'rni va ro'li, bastakorlik ijodi haqida:

To'rtinchidan, hech bir bayram va tomoshani raqslarsiz amalga oshirish mumkin emas, demak, xoreografiya san'ati, baletmeysterlar, ularning ijodiy faoliyatlari, raqslarning bayram va tomoshalarda tutgan o'rni haqida;

Beshinchidan, ommaviy bayram va tomoshalarda badiiy fon va fon guruhlarining ahamiyati, ularni tashkil qilish va boshqarish to'g'risida;

Oltinchidan, hozirgi kunda har qanday bayram va tomoshalarda, konsertlarda teatrlashtirish usullaridan foydalanish va qo'llash an'anaga aylangan. Demak, teatrlashtirish usullari va shu sohada faoliyat ko'rsatayotgan ijodkorlar tug'risida;

Yettinchidan, bayram qatnashchilarini kiyintirish, mavzuga mos ravishda libos tanlash jarayoni ham bayram yoki tomoshada tomoshaviylikga erishishining muhim shartidir. Demak, liboslar va ulardan foydalanish to'g'risida fikr yuritamiz.

Mana shu yettita faoliyat (soha) ommaviy bayramlar rejissurasi va uni to'g'ri tashkil etishning asosiy mezonidir

Teatrlashgan ommaviy bayramlarning shakilanishi teatrlar dargoxlarining o'rni beqiyos desak ham bo'ladi, sababi yurtimizning barcha xududlarning ommaviy bayramlari ijodiy guruhi asosan teatr sohasiga yaqin mutaxassislar va ular tomonidan tashkillanadi.

Yurtimizga o'zbek teatri va dramaturgiyasi 1916- yillarda kirib kela boshladi. Shu davrlarda Turkistondagi muhit qaltis vaziyat xolati edi, turli xududlar bo'ylab fuqarolarni, ilimliy va ziyolilarni tashvishga sola boshlagan. Shu tariqa ozodlik yo'lida qadamlari, ongni rivojlantirish maqsadida savodxonlik va dunyoviy ilimlarni o'rgatish yo'lida turli maktablar tashkil qilinishi, bosma xonalarning tashkil topishi qisman bo'lsa ham insonlarning savodxonligini oshirdi, ammo marifatini yanada rivojlantirish maqsadida teatr dramaturgiyasini tashkillash zarur edi, Dilafro'z Raxmatullayevaning "Tarix va Teatr" kitobidagi bitiklarda shunday deyilgan "Ma'rifat uchun birgina maktab kifoya qilmasdi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq, millat va vatanning axvolidan, kundalik xayotidan ogoh bo'lmoq kerak edi. Binobarin, millat uchun shunday oyna kerak ediki, unda u o'z qaboxatini xam, maloxatini xam ko'rsin"

Mana shu xayotiy ehtiyoj va zaruriyat tufayli bu xarakat tarafdorlari teatr san'atiga yuz burdilar. Biroq, tan olish lozim, Yevropa tepidagi o'zbek teatrining Maxmudxo'ja Bexbudi, Abdulla Avloniy, Minabbarqori Abdurashidxonovlarning hizmatlari katta bo'ldi. Aynan ularning sa'y-harakatlari tufayli juda tez fursatda ushbu san'at bilan bog'liq yangi adabiyot turi, saxna asari shaklida katta ommani o'z qamroviga oldi. Ilmiy adabiyotlarda yangi shakldagi o'zbek teatri deya ,,Turon,, truppasi nazarida tutilib, o'zining birinchi mavsumini Muxammadho'ja Bexbudiy qalamiga mansub "Padarkush" yohud o'qimagan bolaning xoli spektakili bilan boshlanganligi xaqidagi fikrlar o'z tasdig'ini topgan bo'lsada ushbu xarakatlarga zamin bo'lgan xolatga yanada oydinlik kiritish mumkin. Xususan, "Turkiston viloyatining gazeti" ning 1910 yil 28 yanvar sanasida "Teatr dramatic to'garagi" nomli xabarda o'qiymiz: "Tez fursatda Toshkent shaxrida tuyotr, ya'ni muqallud o'yni o'ynalaturg'on musulmon jamiyat ochilar emish. U jamiyat musulmon zabonida birinchi marotaba o'ynaturg'on teatrlaruda" Egasi xam hizmatkor (to'g'rirog'i, X.Zabiriyning "Ho'ja xam prikazchik" asari-D.R.) degan muqallidni o'ynar ekanlar. "O'tkan yili kuzda "Kommercheskoe sobraniye"da o'ynalg'on muqallidlarga qarog'onda, Toshkent shaxridagi musulmon jamiyatlarning oralarida teatr ilmiga muhabbat qilib va muqallid bo'lishiga hiyla xunarmand odamlar bo'lib va ularni muqallid o'yunlarga bosh bo'lmoqg'a kish ko'rg'on odam bo'lgan sababdin musulmonlar teatr jamiyati keladurg'on vaqtlarda taraqqiy qilib,yahshi rivoj topsa ajab emas..."

Ushbu xavaskorlar 1912-yilga kelib, turppa xolda shakillanadi va 1913-yil 3-yanvar kuni Toshkent shahrining rus qismida joylashgan "Jamoat

uyi"("Obshestvennoy sobrane") binosida teatr, o'zbek, ozarbayjon, lezgin vakillari ishtirokida o'tkazilgan "Sharq kechasi" da tomoshabinlar ommasiga o'zbekcha "Zarkokil" etnografik komediyasi namoyish etiladi. "Turkiston viloyatining gazeti" da berilgan maqolada 7 pardadan iborat tomoshada milliy to'y marosimi bilan urf-odat va udumlar namoyish etilgani anglashiladi.

Binobarin, bilamiski bu zaminda turli shakildagi sohalar o'tmishi bo'lgani kabi teatrning xam ilk qadami yurtimizga XX- asrning boshlarida kirib kelgan ,buning asoschilari sifatida faqatgina yuqorida nomi zikr etilganlar deb bo'lmaydi, bu evalyutsiyada boshqa jadidchilarnig ham mehnatlari beqiyos. Misol uchun, Ismoilbek Gaspirali, Abdrauf Fitrat, Ashurali Zoxiriy, Xamza Xakimzoda, Niyoziy Sadridin Aynilarni va boshqa ajdodlarimizning nomlarini ko'rishimiz mumkun, undan oldingi davrlarda ommaviy tomoshalar sayil shaklida bo'lganligi unda asosan dorvozlar, masxaravozlar, mashoqlar va milliy xalq cholg'ulardan iborat jamoalar tomonidan xalqga namoyish qilishgan, qolaverasa o'zbek zodagonlari tomonidan uyishtirilagan yirik to'ylarda bugungach an'ana bo'lib qolgan milliy o'yinlar va uloqlar tashkil qilingan, aholiga katta doshqozonlarda urfga aylangan taomlar tarqatilgan. Bunday marosimlar O'rta Osiyoning turli burchaklarida turli ko'rinishda bo'lgan va ommaviy shakilda davom etgan.

O'zbekiston xududida milliy urf-odatlar va bayramlarning shakllari ko'pligiga qaramasdan ommaviy bayramlarning professional darajada bo'lmagan, o'sha davrlarda oddiy xalq qatlami tomonidan namoyish etilgan marosimlarning, XX-asrga kelib dramaturgiya va teatr san'ati kirib kelishi ommaviy tamoshalari yangicha ko'rinish berdi. Ssenariy, aktyor, rejissyor, sahna rassomi va professional kasb egalari shakllandi. Shu o'rinda bir ma'lumot, O'zbekiston san'at arbobi rejissyor Karim Yo'ldashevning takitlashicha "Yurtimizga ilk teatr dramaturgiyasi kirib kelgan yillarda aktyorlar mahaliy aholidan tanlab olinib ularni o'qitilgan. O'sha yillarda libos, sahna dekoratsiya, grimlarga sharoit yoqligi sababli bu narsalarning hammasini aholi tomonidan qilingan, sahna dekoratsiya asosan xalq ustalari tomonidan yasalgan, sahna liboslarni aktyorlarning kundalik liboslaridan foydalanilgan, hozirginga o'xshab baza shakllanmagan. Bularning xammasi xalq xashari asosida tashkillangan" Rossiya imperiyasi xonliklarning ustidan g'alaba qozonish va ularning tugatilishi Turkiston gineral gubernatorligi tashkil topilishi yurtimizda turli-xil shaklldagi zulumlar ko'paygan davrni xamma yaxshi eslasa kerak shu o'rinda o'sha davrda yurtimizga Yevropa usulidagi teatrlar tashkil qilana boshlangan, ommaviy tomoshalarning turlaridan sirk tomoshalari paydo bo'ldi. Sirk tomoshasi aylana shaklldagi sahnadan iborat, dasturlarda janklyorlar, akrabatchilar, turli xayvonlarni o'rgatuvchilar va dorvozlar bu tomosha turi o'zbek xalqiga yangilik sifatida namoyon bo'ldi. Ilk sirkchilar jamoasi Yevropaning turli xududlaridan kelgan jamoalar yurtimizga gastrollar uyushtirishdi va shu yerda mahaliy musulmon

tomosha jamosi bilan birgalikda ishlash va tajriba almashish natijasida bugunga kelib o'zbek milliy sirki tashkil topdi. Teatr, sirk va maydon tomoshalari ma'lum bir manoda bir-biriga o'xshash desak ham bo'ladi, masalan, sahna bezaklari, rikvizit, sahnadagi aktiyorlar va dasturlar jixatidan bir-biriga yaqin, bularning barchasi stsenografiya deyiladi. Shu sabab ham ommaviy bayramlarning tayanchi sifatida teatr desak ham bo'ladi. Binobarin, so'ngi yillarda ommaviy teatrlashgan maydon tomoshalar va festivallarga yanada kengaydi, bu albatta turli ko'rinishdagi san'at va xunarmand ijodkorlar o'z asarlarni jaxonga olib chiqishlarga zamin yaratyapti va o'zbek xalqining milliy g'ururi va obro'sini ko'tarmoqda.

Foydalangan adabiyotlar

"Ommaviy bayramlar rejissurasida sahna madaniyati" TOSHKENT - 2009, JAHONGIR MAMATQOSIMOV, 10-12 b.

"Ommaviy bayramlar rejissurasida sahna madaniyati", TOSHKENT - 2009, Mamatqo simov.J.

"OMMAVIY BAYRAMLAR REJISSURASI ASOSLARI" TOSHKENT-2008 ,FARHOD AHMEDOV.

"XX ASR O'ZBEK TEATRI STSENOGRAFIYASI",Toshkent-2009,''SAN'AT jurnali nashriyoti,Dilafro'z Qodirova.23-b.

"EagHHH-OMMaBHH Tag6npnap" -T.: YKHTyBHH, 1986. Kopa6oeB y.x, 159-6.

Qosimboy B.,Milliy uyg'onish:jasorat, ma'rifat,fidoyilik.-

t.:''Manaviyat' ',2002.219-b

"OMMAVIY BAYRAMLAR REJISSURASI VA SAHNALASHTIRISH ASOSLARI",V.Rustamov.

"Tarix va Teatr" G'fur G'ulom nomidagi nashriyot- matbaa ijodiy uyi,Toshkent-2022,Dilfuza Raxmatullayeva.18-19 b.

"Turkuston viloyatining gazeti" 1913- yil, 10 yanvar soni.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.