Научная статья на тему 'MUAMMOLI TA’LIM MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH'

MUAMMOLI TA’LIM MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Verbal-lingvistik intellekt-so`z xotirasi / intellekt-hisoblash / kuzatish / solishtirish / tahlil / umumlashtiris.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Raxmonova Manzura Shokirovna, Vaxobov Obidjon Abduraxim O‘G‘Li, Baxodirov Bekzod Baxodir O‘G‘Li, Robiljonov Eldorbek Tavakkal O‘G‘Li

Ushbu maqolada ta'lim boshqaruviga muammoli ta'limni kiritish orqali muassasalar o'quvchilarga yo'naltirilgan ta'limni rivojlantirishi, tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini oshirishi va talabalarni haqiqiy muammolarga tayyorlashi mumkin. Muammoli ta’lim o‘quvchilarni o‘z bilimlarini egallashga, tengdoshlari bilan hamkorlikda ishlashga, bugungi murakkab va tez o‘zgarib borayotgan dunyoda muhim bo‘lgan tahliliy va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga undaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUAMMOLI TA’LIM MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH»

MUAMMOLI TA'LIM MASHG'ULOTLARINI TASHKIL ETISH

VA BOSHQARISH

1Raxmonova Manzura Shokirovna, 2Vaxobov Obidjon Abduraxim o'g'li, 3Baxodirov Bekzod Baxodir o'g'li,, 4Robiljonov Eldorbek Tavakkal o'g'li

1Qo'qon davlat pedagogika instituti katta o'qituvchisi 2,3,4Maktab menejmenti yo'nalishi talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11237369 Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim boshqaruviga muammoli ta'limni kiritish orqali muassasalar o'quvchilargayo'naltirilgan ta'limni rivojlantirishi, tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini oshirishi va talabalarni haqiqiy muammolarga tayyorlashi mumkin. Muammoli ta'lim o'quvchilarni o'z bilimlarini egallashga, tengdoshlari bilan hamkorlikda ishlashga, bugungi murakkab va tez o 'zgarib borayotgan dunyoda muhim bo'lgan tahliliy va muammolarni hal qilish ko'nikmalarini rivojlantirishga undaydi.

Kalit so^zlar: Verbal-lingvistik intellekt-so'z xotirasi, intellekt-hisoblash, kuzatish, solishtirish, tahlil, umumlashtiris.

Abstract: By incorporating problem-based learning into educational management, this article suggests that institutions can foster student-centered learning, enhance critical thinking skills, and prepare students for real-world challenges. Problem-based learning encourages students to acquire their own knowledge, work collaboratively with their peers, and develop analytical and problem-solving skills that are important in today's complex and rapidly changing world.

Key words: verbal-linguistic intelligence-word memory, intelligence-calculation, observation, comparison, analysis, generalization.

Muammoni yechish taxminlarini shakllantirishda o'quvchi o'zlashtirgan bilimlari asosida kuzatish, solishtirish, tahlil, umumlashtirish, xulosa chiqarish kabi aqliy faoliyatlarni bajaradi. Muammoli ta'lim mashg'ulotlarini tashkil etish va boshqarish quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:

-o'quv fani va darslar mavzusini o'rgatishda ular bilan bog'liq muammoli masalalarni belgilash; -ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan rejalashtirib borish; -o'quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish; -zarur o'quv vositalarini tayyorlash; -muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni ko'rsatish; -topshiriqni va uni yechish uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish;

-o'quvchilarning muammoni hal etishda yo'l qo'yayotgan xatolarini, ularning sababini va xususiyatini ko'rsatish;

-o'quvchilarning noto'g'ri taxminlari asosida chiqargan xulosalari oqibatini muhokama etib, to'g'ri yo'lni topishlariga ko'maklashish va boshqalar. Muammoli ta'lim jarayonini quyidagi uchta asosiy bosqichga ajratish mumkin:

1. Muammoli vaziyat hosil qilish.

2. Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish.

3. Yechimning to'g'riligini tekshirish (olingan yechim bilan bog'liq axborotni tizimlashtirish orqali).

Muammoli vaziyat hosil qilishda quyidagilar hisobga olinishi lozim: Muammolar nazariy yoki amaliy yo'nalishda bo'ladi.

Darsda hosil qilinadigan muammoli vaziyat hamda o'quvchilarga hal etish taklif etiladigan muammoga qo'yiladigan eng asosiy talab - o'quvchilarning qiziqishini oshiradigan, eng kamida esa, o'quvchilarda qiziqish hosil qiladigan bo'lishi kerakligidan iborat. Aks holda ko'zda tutilgan natijaga erishish imkoni bo'lmaydi.

Muammo o'quvchilarning bilim darajalariga hamda intellektual imkoniyatlariga mos bo'lishi shart.

Hosil bo'lgan muammoli vaziyatni yechish uchun topshiriqlar yangi bilimlarni o'zlashtirishga yoki muammoni aniqlab, yaqqol ifodalab berishga yoki amaliy topshiriqni bajarishga yo'naltirilgan bo'ladi.

O'quvchilarning muammoli vaziyatni tushunishlari, uning kelib chiqishi sabablari hamda nimalarga, qanchalik darajada bog'liqligini idrok qila olishlari natijasida hosil bo'ladi. Bunday tushuna olish esa o'quvchilarga mustaqil ravishda muammoni ifodalay olish imkoniyatini beradi.

Aqliy faoliyatdagi asosiy jarayon fikrlash jarayoni bo'lib, fikrlashning sifati uning mantiqiyligi, mustaqilligi, ijodiyligi, ilmiyligi, asosliligi, uzviyligi, tejamliligi, maqsadliligi, tezligi, tahliliyligi, qiyosiyligi, umumlashtirilganligi, xususiylashtirilganligi, kengligi, chuqurligi, ishonarliligi, realligi, haqqoniyligi darajasi bilan belgilanadi.

Shu bilan birga intellektual sifatlar xotira, tasavvur, anglash va shu kabi psixologik jarayonlarning tezligi hamda boshqa parametrlari bilan bog'liq.

Intellektual taraqqiyot darajasi o'qituvchilarda hamda o'quvchilarda qancha yuqori bo'lsa, shunchalik yaxshi natijalarga erishish imkoniyati hosil bo'ladi.

Shunga ko'ra o'quvchilarda muammoni sezish, uni aniqlash, yechimiga doir taxminni to'g'ri belgilash va yechimning to'g'riligini tekshirish qobiliyatlari rivojlanib boradi. Muammoni hal etishni 3 ta bosqichga ajratish mumkin:

1. Isbotlash - bu muammoning ilgari to'g'ri deb tan olingan sabablar bilan bog'liqliklarini topish asosida amalga oshiriladi.

2. Tekshirish - buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil bo'lishi to'g'riligini asoslash bilan amalga oshiriladi.

3. Tushuntirish - bu muammoning yechimi nima uchun to'g'riligini tasdiqlovchi sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi.

O'quvchilarning ijodiy tafakkur va ijodiy qobiliyatlarini ostirishda muammoliy talimdan unumliy foydalanish uchun uninig ayrim nazariy asoslari sifatida B.Blumning yuqoridagi emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlar taksonomiyasi (tafakkurning bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajasi)ga hamda G.Gardnerninig intellekt kopligi nazariyasiga asoslsnish maqsadga muvofiq. Intellekt kopligi nazariyasining qisqacha bayoni quidagicha:

Bu nazariyani amerikalik psixolog Govard Gardner (1943 yil 11 iyulda tug'ilgan) ishlab chiqqan.[3]

Bu nazariya har bir odam turli darajada ifodalangan kamida sakkizta tipdagi intellektga ega ekanligini ochib berdi. Ular quyidagilar:

1. Verbal-lingvistik intellekt-so'z xotirasi, soz boyligi yaxshi, oqishni yaxshi ko'radi, soz bilan ijod qilishni yoqtiradi. Bular shoir, yozuvchi, notiqlar.

2. Mantiqiy-matematik intellekt-hisoblash va sonlar bilan ishlashni, mantiqiy masalalar, boshqotirmalarni echishni, shaxmat o'ynashni yaxshi ko'radi, tengqurlariga nisbatan koproq abstrakt darajada fikrlaydi, sabab-oqibat bog'liqliklarini tushunadi. Bular matematik, fizik va boshqalar.

3. Vizual-fazoviy intellekt-ko'rish obrazlari bilan fikrlaydi, karta, sxema, diagrammalarni tekstga nisbatan oson o'qiydi, xayolga berilish, rasm chizish, modellar konstrukstiyalashni yaxshi koradi. Bular rassom, haykaltarosh, me'mor, ixtirochi, shaxmatchilar.

4. Motor-harakatli intellekt-yuqori sport natijasiga erishadi, boshqalarning harakatlari, mimikasi, odatlarini yaxshi takrorlaydi, hamma narsaga qol tekkizish, buyumlarni qismlarga ajratish va yig'ish, yugurish, sakrash, kurash tushishni yaxshi koradi. Hunarlarga qobiliyatli. Bular raqqos, mim, artist, sportchilar.

5. Musiqiy-ritmik intellekt-qo'shiqlar, kuylarni eslab qoladi, ovozi yaxshi, musiqa asbobini chaladi, xorda ashula aytadi, harakatlari va sozlashi ritmli, ozicha sezmasdan kuylaydi, biror ish qilayotib, stolni ritmik chertadi. Bular bastakor, musiqachi, qo'shiqchi, raqqoslar.

6. Shaxslararo intellekt-tengqurlari bilan muloqotni, boshqa bolalar bilan o'ynash va ularga o'rgatishni yaxshi ko'radi, turli holatlarda yetakchi bolib qoladi, hamdardlikni, boshqalarga g'amxo'rlik ko'rsatishni biladi, boshqa bolalar unga sherik bo'lishga intiladilar. Bular diniy xodim, siyosatchi, diplomatlar.

Ayrim bolalar ozlaridagi eng ustun intellekt tipi orqali boshqalarga nisbatan osonroq oqishlari mumkin. Har bir boladagi oz vaqtida aniqlangan va rivojlantirilgan talant unga hayotda yuksak cho'qqilarga erishish uchun yo'l ochib beradi.

Xulosa qilib aytganda, ta'lim jarayoni bolalarga intellektning har xil tiplarini jalb qilishni talab etadigan tajribalar orttirish imkoniyatini beradigan holda tashkil etilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. M. U. Kurbanov. (2023). Analysis of the functions of the pedagogical team. Conferencea,14-18 https://conferencea.org/index.php/conferences/article/view/2945

2. Sharifjon PULATOV, Muzaffar KURBANOV, Ohista TUYCHIYEVA. (2023). Schools Established Under The Institution Of Higher Education - As A New Stage In The Development Of Education. Onomazein, (62 (2023): December), 2450-2454. Retrieved from http://www.onomazein.com/index.php/onom/article/view/489

3. Umarovna, Rajabova Gavkhar."Improving The Performance Management Of The Higher Education System In The Republic Of Uzbekistan. "Open Access Repository 8.112022 81-8.

4. Ustadjalilova, X. (2023). Pedagogik tadqiqotlar metodlari va statistik gipotezalarning nazariy jihatlari. Scientific journal of the Fergana State University, (6), 21-21.

5. Rahmonova, M. (2023). The understanding of human capital index and analysis of its situation in uzbekistan. Interpretation and researches, 1.

6. Shokirovna, r. M. (2023). Organizational and economic mechanisms of administrative activity in the field of education. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(11), 1041-1044.

7. Saidova, Kh. "Organizational and pedagogical features of educational quality control system in advanced foreign countries." Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities 2.1.5 Pedagogical sciences (2022).

8. Xusnida, Madaminova. "SPECIFIC ASPECTS OF THE DEVELOPMENT OF TEACHERS'PROFESSIONAL DEVELOPMENT IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.12 (2023): 176-181.

9. Otajonova, Maftuna. "VAQTNI BOSHQARISH VA HAYOT MAQSADLARI." Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук 2.11 (2022): 53-58.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.