Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL BILISHL QOBLIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYASINING O‘RNI'

O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL BILISHL QOBLIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYASINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

245
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qobliyat / rivojlantirish / bilish / tarbiya / tafakkur / texnologiya / didaktika / metod / ijod / shaxs / intellekt / qunt / dastur / izchillik / prinsp / g‟oya / fikr / ability / development / knowledge / upbringing / thinking / technology / didactics / method / creativity / personality / intellect / perseverance / program / consistency / principle / idea / thought

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sardor Mardanaqulovich Abduxamidov, Narimanov Jasurbek Muradovich, Sohibjamol Dexqonboy Qizi Arabboyeva

Muammoli ta‟lim o'quvchi intellektual kuchining rivojlantiruvchi ta'limni tashkil qilishning pedagogik-psixologik yo'llari va usullarini, muammoli vaziyatlarning roli va ahamiyatini aniqlash o'quvchi faol fikrlash faoliyatining pedagogik-psixologik qonuniyatlarini izchil ravishda hisobga olish asosida o'quv jarayonini qayta qurish g'oyasiga olib keladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Problem-based learning Re-identification of pedagogical-psychological ways and means of organizing the development of intellectual capacity of students, the role and importance of problem situations leads to the idea of construction

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL BILISHL QOBLIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYASINING O‘RNI»

O'QUVCHILARNING MUSTAQIL BILISHL QOBLIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYASINING

O'RNI

Sardor Mardanaqulovich Abduxamidov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, Pedagogika fakuliteti "Pedagogika va menejment" kafedrasi katta o'qituvchisi

Narimanov Jasurbek Muradovich

Ta'lim muassasalari boshqaruvi 2-kurs magistranti

Sohibjamol Dexqonboy qizi Arabboyeva

Pedagogika va psixologiya ta'lim yo'nalishi 2-kurs 20/2-guruh talabasi

ANNOTATSIYA

Muammoli ta'lim o'quvchi intellektual kuchining rivojlantiruvchi ta'limni tashkil qilishning pedagogik-psixologik yo'llari va usullarini, muammoli vaziyatlarning roli va ahamiyatini aniqlash o'quvchi faol fikrlash faoliyatining pedagogik-psixologik qonuniyatlarini izchil ravishda hisobga olish asosida o'quv jarayonini qayta qurish g'oyasiga olib keladi.

Kalit so'zlari: qobliyat, rivojlantirish, bilish, tarbiya, tafakkur, texnologiya, didaktika, metod, ijod, shaxs, intellekt, qunt, dastur, izchillik, prinsp, g'oya, fikr.

ABSTRACT

Problem-based learning Re-identification of pedagogical-psychological ways and means of organizing the development of intellectual capacity of students, the role and importance of problem situations leads to the idea of construction

Keywords:. ability, development, knowledge, upbringing, thinking, technology, didactics, method, creativity, personality, intellect, perseverance, program, consistency, principle, idea, thought

KIRISH

Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish uchun ta'limiy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi.

June, 2022

107

O'zbekistonda muammoli ta'limni qo'llash bo'yicha bir necha asrlar davomida maktab va madrasalarda suqrotona savol-javob usulidan keng foydalanish asosida o'quvchilarda ziyraklik, hozirjavoblik sifatlari hamda go'zal nutq tarkib toptirilgan.

Muammoli ta'lim texnologiyasi juda qadim zamonlardan shakllanib kelmoqda. Jumladan, qadimgi Gretsiyada muammoli savol-javoblar, qadimgi Hindiston va Xitoyda muammoli bahs-munozaralardan keng foydalanilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Muammoli ta'limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog Dj.Dyui 1894 yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo'llagan. XX asrning 60-yillarida bu yo'nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80-yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi.

Muammoli ta'limning asosiy g'oyasi bilimlarni o'quvchilarga tayyor holda berish emas, ular tomonidan dars mavzusiga tegishli muammolar bo'yicha o'quv -tadqiqotlarini bajarish asosida o'zlashtirilishini ta'minlashdan iborat.

Suqrotona savol-javob usuli hozirgacha eng samarali ta'lim usullaridan biri sifatida qo'llaniladi. Bunda o'quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va to'g'ri so'zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga o'rgatilgan. Masalan, suqrotona suhbatlar deganda o'qituvchining o'quvchini mustaqil va faol fikrlash jarayoniga olib kirishi hamda uning fikrlashidagi noto'g'ri jihatlarni ziyraklik bilan aniqlagan holda ularni tuzatish yo'liga olib chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi. Bunday suhbat bosqichlarini quyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin;

1-Savol-javoblar orqali o'quvchining bilim darajasi va fikrlash qobiliyatini umumiy tarzda aniqlash.

2-O'rganilayotgan mavzuning mazmunini o'quvchi motivlariga muvofiqlashtirish. Bu, asosan, o'quvchining qiziqish va qobiliyatlariga mos bo'lgan misollar tanlash orqali amalga oshiriladi.

3-O'quvchini faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan rag'batlantirish usullaridan foydalaniladi.

4-O'qituvchi o'zini bilmaydigan odamdek, o'quvchidek tutib, savollar berib boradi.

5-O'quvchining to'g'ri fikrlarini maqtash orqali uni yanada erkin va chuqurroq fikrlashga, so'zlashga jalb qilish.

6-O'quvchining xato fikrlarini aniqlab borish.

7-O'quvchining xato fikrlariga nisbatan to'g'ri fikrni o'qituvchi tomonidan yaqqol mantiqiy -asoslangan shaklda bayon

June, 2022

108

qilish yoki tushuntiгish oгqali o'quvchi uchun muammoli vaziyat yaгatiladi va o'quvchini o'z xatolarini o'zi tuzatishiga yo'naltiгiladi.

Bundan ko'гinib tuгibdiki, ushbu usul yuqoгi natija beгishi shubhasiz bo'lib, ammo buning jiddiy shartlari ham mavjud. Bulaг o'qituvchining keng bilimga va ijodiy fikrlash qobiliyatiga, yuqori muloqot madaniyatiga, pedagogik mahoratga ega bo'lishi kabilaráan iboгat.

Muammoli ta'lim texnologiyalari o'quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan.

Muammoli ta'lim texnologiyasining asosi - insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarni aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi.

Muammoli ta'lim o'quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o'stirishda jiddiy ahamiyatga ega.

Muammoli ta'limning bosh maqsadi - o'quvchilarning o^ganilayotgan mavzuga doiг muammolarni to'liq tushunib yetishiga erishish va ulami hal eta olishga o^gatishdan iborat.

Muammoli ta'limni amaliyotda qo'llashda asosiy masalalaráan biгi o'гganilayotgan mavzu bilan bog'liq muammoli vaziyat yaratishdan iboгat.

TAHLIL VA NATIJALAR

Turii o'quv fanlaгi bo'yicha o'qituvchilar dare^ jaгayonida muammoli vaziyatlar hosil qilishni va ulami yechish usullaгini oldindan ko'zda tutishlari keгak. Muammoli vaziyat yaratish usullari:

-o'qituvchi o^uvchila^a daTs mavzusi bilan bog'liq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yo'lini topishni taklif qiladi;

-bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi;

-hal etish uchun yetarii bo'lmagan yoki ortiqcha ma'lumotlaг bo'lgan yoki savolning qo'yilishi noto'g'ri bo'lgan masalalami yechishni taklif etadi va boshqalar Muammoli vaziyatni hal etish darajalari: -o'qituvchi muammoni qo'yadi va o'zi yechadi;

-o'qituvchi muammoni qo'yadi va uning yechimini o^uvchi^ bilan birgalikda topadi;

-o'quvchilarning o'zlari muammoni qo'yadi^ va uning yechimini topadilar Muammoli vaziyatni yechishda qo'llaniladigan usullar:

-muammoni turli nuqtai-nazaráan o'гganish, tahlil qilish; -solishtirish, umumlashtirish; -faktlarni aniqlash va qiyoslash;

June, 2022

lG9

-vaziyatga bog'liq xulosalar chiqarish;

-o'quvchilarning o'zlari aniq savollar qo'yishi va boshqalar.

Muammoli ta'lim mashg'ulotlarini tashkil etish va boshqarish

Muammoli ta'lim mashg'ulotlarini tashkil etish va boshqarish quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:

-o'quv fani va darslar mavzusini o'rgatishda ular bilan bog'liq muammoli masalalarni belgilash;

-ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan rejalashtirib borish;

-o'quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish; -zarur o'quv vositalarini tayyorlash; -muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni ko'rsatish; -topshiriqni va uni yechish uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish; -o'quvchilarning muammoni hal etishda yo'l qo'yayotgan xatolarini, ularning sababini va xususiyatini ko'rsatish;

-o'quvchilarning noto'g'ri taxminlari asosida chiqargan xulosalari oqibatini muhokama etib, to'g'ri yo'lni topishlariga ko'maklashish va boshqalar.

Muammoli ta'lim jarayonini quyidagi uchta asosiy bosqichga ajratish mumkin:

1-Muammoli vaziyat hosil qilish.

2-Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish.

3-Yechimning to'g'riligini tekshirish (olingan yechim bilan bog'liq axborotni tizimlashtirish orqali).

Muammo o'quvchilarning bilim darajalariga hamda intellektual imkoniyatlariga mos bo'lishi shart.

Hosil bo'lgan muammoli vaziyatni yechish uchun topshiriqlar yangi bilimlarni o'zlashtirishga yoki muammoni aniqlab, yaqqol ifodalab berishga yoki amaliy topshiriqni bajarishga yo'naltirilgan bo'ladi.

O'quvchilarning muammoli vaziyatni tushunishlari, uning kelib chiqishi sabablari hamda nimalarga, qanchalik darajada bog'liqligini idrok qila olishlari natijasida hosil bo'ladi. Bunday tushuna olish esa o'quvchilarga mustaqil ravishda muammoni ifodalay olish imkoniyatini beradi.

Muammoni yechish taxminlarini shakllantirishda o'quvchi o'zlashtirgan bilimlari asosida kuzatish, solishtirish, tahlil, umumlashtirish, xulosa chiqarish kabi aqliy faoliyatlarni bajaradi.

Aqliy faoliyatdagi asosiy jarayon fikrlash jarayoni bo'lib, fikrlashning sifati uning mantiqiyligi, mustaqilligi, ijodiyligi,

June, 2022

110

ilmiyligi, asosliligi, uzviyligi, tejamliligi, maqsadliligi, tezligi, tahliliyligi, qiyosiyligi, umumlashtirilganligi, xususiylashtirilganligi, kengligi, chuqurligi, ishonarliligi, realligi, haqqoniyligi darajasi bilan belgilanadi.

Muammoni hal etishni 3 ta bosqichga ajratish mumkin:

1-Isbotlash - bu muammoning ilgari to'g'ri deb tan olingan sabablar bilan bog'liqliklarini topish asosida amalga oshiriladi.

2-Tekshirish - buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil bo'lishi to'g'riligini asoslash bilan amalga oshiriladi.

3-Tushuntirish - bu muammoning yechimi nima uchun to'g'riligini tasdiqlovchi sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi.

Ma'lumki, shaxsning har tomonlama va garmonik rivojlanishining muhim ko'rsatikichi - yuqori darajada fikr yuritish qobiliyatining mavjudligidir. Agar ta'lim ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga olib borsa, u holda uni so'zning zamonaviy ma'nosida rivojlanuvchi ta'lim deb hisoblash mumkin.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, ta'lim jarayoni bolala^a intellektning har xil tiplaгini jalb qilishni talab etadigan tajribalar orttirish imkoniyatini beradigan holda tashkil etilishi lozim.

REFERENCES

1. R.Ishmuxammedov "Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari" Toshkent-2004 y.

2. Abduxamidov S.M, "BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA AHLOQIY FAZILATLARNI SHAKLLARTIRISH" "Maktab va hayot" jurnali ISSN 20105460, 2-son, 2019y, 17-bet.

3. Abduxamidov S.M, "BOLALAR UCHUN ART-TERAPIYA USULLARINING IMKONIYATLARI" "MUG'ALLIM HEM UZLIKSIZ BILIMLENDIRIO'" jurnali, № 2/1. Nukus: 2021-^tm, ISSN 2181-7138, 129-130-131-132-betlar.

4. Ishmuhamedov J. "Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari" -T.: TDPU, 2004-yil.

5. Abduxamidov S.M, "Ethical Issues In The Works Of Bahauddin Naqshbandi" International Lournal of Reserch. ISSN: 2348-6848 Vol-5, Special issue-18. 2nd Edulndex, International Conference on Science Changes the World held on 28-29 th June 2018 at Edupedia Publications Pvt Ltd, New Delhi in Association with www.tadqiqod.uz of the Repablic of Uzbekistan. 96-97-98 pej.

June, 2022

111

6. Hakimova M.F. Pedagogik texnologiyalar. O'quv qo'llanma. T.TDIU., 2013, 230 -bet

7. Abduxamidov S.M, "METHODOLOGY OF IMPROVING INDEPENDENT LEARNING SKILLS OF FUTURE FINE ART TEACHERS (ON THE EXAMPLE OF STILL LIFE IN COLORFUL PAINTINGS)". International Journal of Psychosocial Rehablitation, Vol 24, Issue 05, 2020. ISSN 1475-7192. DOI: 10.37200/IJPR/V2415/PR201880. Received: 18 Feb 2020/ Revised: 12 Mar 2020/ Accepted: 23 Mar 2020

8. Abduxamidov S.M, "TECHNOLOGIES FOR THE DEVELOPMENT OF ARTISTIC AESTHETIC THINKING OF STUDENTS THROUGH ART WORKS". JournalNX. [email protected], A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, Reserch for Revolution, ISSN №-2581-4230, Impact Factor-5.785. June - 2020. 684-687-betlar.

9. Abduxamidov S.M, "ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАР ОР^АЛИ ТАЪЛИМ БЕРИШНИНГ ПСИХОЛОГИК ЖИДАТЛАРИ". УзМУ Ba Ломоносов нoмидaги Мoсквa Дaвлaт университети филиaли xдмкoрлигидa "АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ УЗБЕКСИТАНСКОЙ ПСИХОЛОГИИ" посвященной 75 - летию прoфeссoрa Бaтырa Рaxмaнкулoвичa Кaдырoвa. (Нaучнo-прaктичeскoй конференции ), 2018 йил 377-378-379- бeтлaр. УДК 159.922.8(575.1)(063), ББК 88.53, К 43, ISBN 978-9943-4812-5-1, H 34.

10. Кисeлoвa М.В. "АРТ-ТЕХНОЛОГИЯ В РАБОТЕ С ДЕТЬМИ", Сaнкт-Петербург 2019г. УДК 159.9, ББК 88.4, К44.

11. Abduxamidov S.M. "Тaсвирий сaнъaтдa тур, жaнр Ba ок^^ир^ Узбекистон Республитаси Адлия вaзирлиги к;oшидaги интeллeктуaл мулк aгeнтлиги. DGU 2020 0868, DGU 59858, 04.06.2020 YIL. [email protected]. № ED-5-11. Mutaxasis N.A.Yakubov tomonidan berilgan.

12. Abduxamidov S.M. "Tasviriy va amaliy san'at (tasviriy san'at o'qitish metodikasi)", O'zbekiston respublikasi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-sonli buyrug'iga asosan 676-116-sonli Guvohnoma ro'yxatga olingan.

13. Internet ma'lumotlar

June, 2022

112

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.