Научная статья на тему 'NEMIS TILI O'RGANISHDA TA'LIMIY O'YINLARNING AHAMIYATI'

NEMIS TILI O'RGANISHDA TA'LIMIY O'YINLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
483
71
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta'limiy o'yinlar / innovatsion texnologiyalardan foydalanish / interfaol metodlar / o'quvchi bilan ishlash. / educational games / use of innovative technologies / interactive methods / work with students.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Zulfizar Jumanazarova, Shaxnoza Dusmamatovna Razakova

Ushbu maqolada nemis tili darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda ta'lim samaradorligini oshirish, dars jarayonida ta'limiy o'yinlar, o'quvchilarni faol ishtirokiga erishish yo'llari ko'rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article shows ways to increase the effectiveness of teaching in German language classes using pedagogical technologies,games in the classroom, the active participation of students.

Текст научной работы на тему «NEMIS TILI O'RGANISHDA TA'LIMIY O'YINLARNING AHAMIYATI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-395-399

NEMIS TILI O'RGANISHDA TA'LIMIY O'YINLARNING AHAMIYATI

Zulfizar Jumanazarova

Chirchiq davlat pedagogika instituti Turizm fakulteti

Xorijiy til va adabiyoti:nemis tili yo'nalishi talabasi

Shaxnoza Dusmamatovna Razakova

Chirchiq davlat pedagogika instituti Turizm fakulteti Xorijiy til va adabiyoti:nemis tili o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada nemis tili darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda ta'lim samaradorligini oshirish, dars jarayonida ta'limiy o'yinlar, o'quvchilarni faol ishtirokiga erishish yo'llari ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: ta'limiy o'yinlar, innovatsion texnologiyalardan foydalanish, interfaol metodlar, o'quvchi bilan ishlash.

ABSTRACT

This article shows ways to increase the effectiveness of teaching in German language classes using pedagogical technologies,games in the classroom, the active participation of students.

Keywords: educational games, use of innovative technologies, interactive methods, work with students.

KIRISH

Ta'limiy o'yinlar til o'rganuvchilar orasida sevimli ish turi hisoblanadi. O'ynash va o'rganish biz uchun qarama-qarshi holat sifatida ko'rinishi mumkin, lekin bu chet tilini o'rganish va o'rgatishning eng oson yo'lidir. O'ynash bolalarcha hech qachon jiddiy qabul qilinmaydi, ammo o'rganish jiddiy, ko'p mashaqqat talab qiladigan holat hisoblanadi. Har bir pedagog bilishi shart bo'lgan narsa shuki, o'yinlar bolalar miyasida, ijobiy taassurot qoldiradi va shu orqali bolada tilga qiziqish uyg'onadi. Har birimiz o'yinlar bolalar rivojlanishi uchun qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini bilamiz va o'yinlar, shu bilan birgalikda qiziqarli videoroliklar nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham tobora ko'proq ta'sir qilmoqda.

Nemis tili darslarida o'yinlar odatda, dars yakuniga hali bir necha daqiqa qolgan bo'lsa, bo'shliqni to'ldirish uchun ishlatiladi. Ammo chet tilini o'rganish

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-395-399

birinchi navbatda, mashg'ulot bo'lib, unda mashq shakli sifatida o'ynash katta ahamiyatga ega. O'rganilgan materialni mashq qilish va qo'llash asosiy muammolardan biridir. Chet tilini o'rgatishda gap,faqat o'rganilayotgan tilni bilish emas, balki undan yetarlicha foydalana olishdir. Gans Aebli aytganidek, "Mashq qilish-takrorlash demakdir".

Unutishga qarshi kurashish kerak, o'rganilgan narsalarni mustahkamlash va uni avtomatlashtirish kerak. Agar yozma mashqlar o'quvchi uchun zerikarli bo'lsa, unda hilma-hil amaliy mashqlarni qo'llash kerak. Buning uchun mashqlarning turli va rag'batlantiruvchi shakllaridan foydalanish zarurdir.Ta'lim o'yinlari bu yerda muhim qo'shimcha hisoblanadi. Chet tilini o'rganishda har bir metod muhim ahamiyatga egadir:xotira o'yinlaridan tortib keng ko'lamli ro'lli o'yinlargacha. Ushbu o'yinlar va viktorinalar bilan o'ynab va zavq bilan nemis tilini o'rganamiz.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI

Bolalar o'yin orqali o'z shaxsiyatini rivojlantiradilar. Ular o'zlarining kuchli tomonlari va qobiliyatlari haqida bilimga ega bo'lishadi, shuningdek ularning cheklovlari haqida ham mulohaza yuritish, boshqalar bilan hamkorlik qilish, tinglash va muzokaralar qoidalari kabi ijtimoiy va til qobiliyatlari bolalarga shaxslararo munosabatlarni shakllantirishga yordam beradi. Agar mojarolar yuzaga kelsa, o'yinda turli xil yechim strategiyalarini sinab ko'rish mumkin. Shu bilan birgalikda bolalarning dunyo qarashi kengayadi. Dunyoga boshqacha nazar tashlay boshlashadi. O'yin orqali bolalar o'zlarining butun faoliyati uchun diqqatni jamlash, ijodkorlik va mustaqil fikrlash kabi ajoyib hislatlarga ega bo'lishadi. Bolalardagi uyalish, tortinchoqlik va qo'rquv hislatlari asta-sekin yo'qoladi va o'z fikrini bayon etishni boshlashadi. Turli xil ta'limiy o'yinlar tufayli mantiqiy fikrlash rivojlanadi. Shu qatorda o'quvchini rag'batlantirib turish zarur. Nafaqat o'qituvchilar, balki ota-onalar ham o'z bolasini rag'batlantirish kerak.

Darslarni innovasion texnologiyalardan foydalanish asosida tashkil etish ijobiy natija beradi, chunki oqituvchi innovasion faoliyat yuritgandagina ta'lim mazmuni o'zgaradi. Nemis tili fanidan mashg'ulotlarni olib borishda pedagog xodimlarning ixtisosi, bilimi va ko'nikmalari, kasbiy mahirat darajasi, dunyoqarashi, shaxsiy psixologik xususiyatlarni hisobga olgan holda, innovasion texnologiyalardan foydalanish zamonaviy dars berishning asoslarini yaratishdek ulkan pedagogik g'oyalarga zamin bo'lishi mumkin. Bugungi kunda o'quv mashg'ulotlari samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi usullar qo'llanilmoqda: "Klaster", "Aqliy hujum", "Kichik guruhlarda ishlash", "Rolli o'yin", "Press usuli", "BBB",

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-395-399

"Orfografik estafeta", "6x6x6", "Yumaloqlangan hor","Sinkveyn", "Zigzag", "Yozma bahslar", "Qarorlar shajarasi", "Baholovchi munozara","Oxirgi so'zni menga bering", "Modelli dars", "Yakun chiqaruvchi plakat", "Yelpig'ich","Charxpalak", "Fikrlovchi qalpoqcha", "Mendan faxrlanaman" kabi. Nemis tili darsida interfaol metodlar va ta'limiy o'yinlardan foydalanish o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan bir qatorda ularni fanga bo'lgan qiziqishlarini ham orttiradi.Quyida biz ana shunday metodlardan ayrimlari haqida fikr yuritib, ulardan namunalar keltiramiz:

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mashg'ulotni o'tkazish tartibi, muammo o'zi nima degan savol asosida mavzuga kirib boriladi. Muammo bilish va bilmaslikning o'rtasi bo'lib, bunda muammoning dolzarbligi va o'ziga xosligi nazarda tutiladi. Bir mavzuga oid qator muammolar olinib, undan eng dolzarblari ajratiladi. Mashg'ulotda o'qituvchi ishtirokchilarni guruhlarga ajratib, darsni o'tkazish tartib-qoidalari va talablarini tushuntiradi. Chunki, ushbu texnologiyani amalga oshirish jarayoni bosqichli ketma-ketlik asosida olib boriladi.Ishtirokchilar dars davomida yakka, juftlikda va kichik guruhda faoliyat olib borishlari tushuntiriladi.

Muammoli ta'lim texnologiyasi bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar va bosqichlar ketma-ketligi:

- o'quvchilarni kichik guruhlarga ajratish;

- mavzular matnini guruh ishtirokchilariga tarqatish;

- tanlangan mavzudagi asosiy muammoni ajratib olish;

- shu muammoning kelib chiqish sabablarini o'zaro o'rganish va bir to'xtamga kelish;

- muammoning yechim yo'llarini ishlab chiqish;

- bajarilgan ishni o'zaro guruhda ko'rib chiqish va taqdimot qilish uchun tayyorlash;

- guruhlar taqdimotini o'tkazish;

- yondosh guruhlarning bajargan ishlarini tahlil qilish va munosabat bildirish;

- muammoli ta'lim texnologiyasi bo'yicha umumiy xulosa chiqarish.

Turli o'quv fanlari bo'yicha dars jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilish va ularni yechish usullarini oldindan ko'zda tutish.

Muammoli vaziyat yaratish usullari:

-o'qituvchi o'quvchilarga dars mavzusi bilan bog'liq ziddiyatli holatni tushuntiradi va uni yechish yo'lini topishni taklif qiladi;

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-395-399

-bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi;

-hal etish uchun yetarli bo'lmagan, ortiqcha ma'lumotlar bo'lgan yoki savolning qo'yilishi noto'g'ri bo'lgan masalalarni yechishni taklif etadi va boshqalar. Muammoli vaziyatni hal etish darajalari: -o'qituvchi muammoni qo'yadi va o'zi yechadi;

-o'qituvchi muammoni qo'yadi va uning yechimini o'quvchilar bilan birgalikda topadi;

-o'quvchilarning o'zlari muammoni qo'yadilar va uning yechimini topadilar. Muammoli vaziyatni yechishda qo'llaniladigan usullar: -muammoni turli nuqtai-nazardan o'rganish, tahlil qilish; -solishtirish, umumlashtirish; -faktlarni aniqlash va qiyoslash; -vaziyatga bog'liq xulosalar chiqarish; -o'quvchilarning o'zlari aniq savollar qo'yishi va boshqalar. Bu amaliy mashg'ulotda tinglovchilar quyidagi vazifalarni bajarishlari tavsiya qilinadi:

- O'qituvchilar o'z mutaxassislik fanlari bo'yicha o'zlari tanlagan mavzuda darsni eng maqsadga muvofiq muammoli o'qitish turlaridan foydalanib o'tkazish yuzasidan dars ishlanmasi tayyorlaydilar va uning asosida guruh ishtirokida shu mashg'ulotni qisqa bayon qilib beradilar va tegishli muhokama o'tkaziladi.

- Bunda o'quvchilarning quyidagi masalalar bo'yicha bilim, ko'nikma malakalarini yanada mustahkamlash nazarda tutiladi:

- O'quv fani va darslar mavzusini o'rgatishda ular bilan bog'liq muammoli masalalarni belgilash, ulardan muammoli vaziyatlar hosil qilish va amalda foydalanishni oldindan rejalashtirib borish. O'quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olish. Zarur o'quv vositalarini tayyorlash. Muammoli vaziyatdagi mavjud ziddiyatni ko'rsatish, topshiriqni va uni yechish uchun yetarli shartlarni aniq bayon qilish.

XULOSA

Nemis tili darslarida Muammoli ta'lim texnologiyasidan foydalanib o'quvchilarda ijodiy va mustaqil fikr yuritishni rivojlantirishda innovatsion yondashish o'quvchi va o'qituvchining izlanishlariga poydevor sanaladi, hamda ta'lim sifatining natijaviyligini ta'minlaydi. Biroq, ko'pincha aniq maqsad uchun to'g'ri o'yinni topish oson emas. Darhaqiqat, mashg'ulotga u yoki bu o'yin omilini kiritish orqali o'yinlarni o'zingiz o'ylab ko'rish odatda oddiyroq va maqsadga

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-395-399

muvofiqdir. Boshlash uchun siz o'yinni sinfdagi muayyan vaziyatlarga moslashtirish uchun ularni "ovqatga tayyor" o'yin sifatida ishlatmasdan, shablon sifatida taqdim etilgan o'yinlardan foydalanishga harakat qilishingiz mumkin. Shunday qilib, siz zerikmasdan ba'zi o'yin turlaridan qayta-qayta foydalanishingiz mumkin

REFERENCES

1.UsmonovA.I. Zamonaviy axborot texnologiyalari,-T: "Akademiya", 2007y.

2.Abdiyev Sh. Ta'lim sifat samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalarining o'rni. Uslubiy ko'rsatma.-VXTXQTMOI, Samarqand, 2015y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.