Научная статья на тему 'MUALLIF NUTQI NEOLOGIZMLARI (SIROJIDDIN SAYYID SHE’RLARI MISOLIDA)'

MUALLIF NUTQI NEOLOGIZMLARI (SIROJIDDIN SAYYID SHE’RLARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
152
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Kilichev Bayramali Ergashovich, Rustamova Muhayyo Saidovna

Mazkur maqola Sirojiddin Sayyid asarlarida qo‘llangan muallif nutqi neologizmlari, okkazional birliklar tahliliga bag‘ishlangan. Unda yangi hosilalarning yaratilishi va nutqiy ahamiyati bilan bog‘liq tahlillar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUALLIF NUTQI NEOLOGIZMLARI (SIROJIDDIN SAYYID SHE’RLARI MISOLIDA)»

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

MUALLIF NUTQI NEOLOGIZMLARI (SIROJIDDIN SAYYID SHE'RLARI MISOLIDA)

Kilichev Bayramali Ergashovich

Buxoro davlat universiteti o'zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi professori filologiya fanlari nomzodi E-mail: buxara-1@,inboxru Rustamova Muhayyo Saidovna Buxoro davlat universiteti o'zbek tilshunosligi va jurnalistika kafedrasi magistranti E-mail: [email protected]

Annotatsiya: Mazkur maqola Sirojiddin Sayyid asarlarida qo'llangan muallif nutqi neologizmlari, okkazional birliklar tahliliga bag'ishlangan. Unda yangi hosilalarning yaratilishi va nutqiy ahamiyati bilan bog'liq tahlillar berilgan.

Kalit so'zlar: neologizm, yangi so'z, yangi tushuncha, okkazional, lisoniy birlik, oksiomoron, individualnutq neologizmlari, so'zyasash qolipi.

Аннотация: Данная статья посвящена анализу неологизмов и окказиональных единиц авторской речи, используемых в произведениях Сироджиддина Сайида. С статье изложен анализ, связанный с созданием новых производных и их дискурсивной значимостью.

Annotation: This article is devoted to the analysis of neologisms and occasional units of the author's speech used in the works of Sirojiddin Sayyid. The article presents an analysis related to the creation of new derivatives and their discursive significance.

Ключевые слова: неологизм, новое слово, новое понятие, окказионал, языковая единица, оксюморон, неологизмы индивидуальной речи, схема словообразования.

Keywords: neologism, new word, new concept, occasional, linguistic unit, oxymoron, neologisms of individual speech, pattern of wordformation.

Til - jamiyat hayotining ajralamas qismi sifatida doim taraqqiy etib boradigan tabiiy tirik hodisa. Har qanday millat, jamiyat hayotida ro'y beradigan har qanday yangilanishlar, eng avvalo, tilida, uning leksikasida aks etadi. Shunga ko'ra, leksika umumiste'mol so'z va yangi so'zlar kabi turlarga ajratiladi. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng o'zbek tili minglab yangi so'zlar bilan boyidi. Yangilik bo'yog'iga ega bo'lgan, yangi narsa va hodisa va tushunchalarni ifodalash uchun hosil qilingan leksemalarga neologizm yoki yangi so'zlar deyiladi (yunoncha neos - "yangi"). Neologizm tilga umuman mansub bo'lishi yoki yakka shaxs nutqiga xos bo'lishi mumkin. Birinchisi umumtil neologizmi deb, ikkinchisi individual nutq neologizmi

https://doi.ors/10.5281/zenodo.7622513

JOl 1RNA L-RESEA RCHS. COM

I

133

FEBRUARY, 2022

I

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

deb yuritiladi. Leksemikada asosan umumtil neologizmi o'rganiladi. Individual nutq neologizmi uslubga xos hodisa deb qaraladi.

Har qanday neologizm dastlab individual nutqda yuzaga keladi. Bunday neologizm ko'pchilik tomonidan tan olinsa, tilning taraqqiyot qonunlariga mos tarzda hosil qilingan bo'lsa va tilda ma'lum ma'noni anglatish uchun zarur deb qaralsa, shundagina umumtil neologizmiga aylanadi, yakka nutq doirasidan chiqadi.[Rahmatullayev Sh. 2006, -B.93].

O'zbek tilshunosligida okkazional so'zlarning nazariy jihatlari vujudga kelishi [TomanHeBa C.H., 1998], ularning badiiy estetik xususiyatlari birmuncha tadqiq etilgan. Bu borada O.To'xtasinovaning tadqiqotida quyidagicha ta'rifnu kuzatuish mumkin: "Okkazional so'zlar o'zida sinxron-diaxron qorishiqlik, anomallik, nutq uslubi yoki muloqotning ayni shu daqiqasida yuz beradigan, so'z yasalish xususiyatlarini o'zida mujassam etgan ekspressiv nutqiy birlikdir". [TyxTacHHOBa O., 2007, -B.12]. Tilshunoslikda atoqli otlar, jumladan, toponimlar ham neologizm bo'la oladimi, degan savol javobsiz qolmoqda. Biz bu haqdagi tahlillarimizni alohida chiqishimizda bayon etamiz [Kilichev B.].

O'tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab tilshunoslikda "okkazionalizmlar" termini neologizmlarning nutqdagi ko'rinishiga nisbatan qo'llanilgan. Okkazionalizm (lot occasionalis - tasodifiy) - umumiste'molga muvofiq, tog'ri kelmaydigan, individual tarzdagi ma'noga ega bo'lgan til birligi. Okkazional ma'no leksemaning tildagi ma'nosiga xos bo'lmagan, ma'lum bir shaxsning (muallifning) nutqiy vaziyatdan kelib chiqib, shu leksema mazmuniga yangicha ma'no yuklash natijasida yuzaga keltirilgan sun'iy ma'nodir. Okkazional ma'noga ega so'zni hosil qiishda ijodkor turli xil so'z yasash usullari va so'z yasash qoliplari, xususan [so'z+affiks], [perifiks+so'z], [so'z+so'z] kabi konstruktiyalardan samarali foydalanadi. Bu esa muallif ijodidagi o'ziga xos uslubiy xususiyatlarni namoyon etadi. Shu ma'noda Sirojiddin Sayyid asarlarida qo'llangan okkazionalizmlar ham o'ziga xos. Bizning shoir asarlari matni yuzasidan olib borgan kuzatishlarimiz ularda bir qator xarakterli okkazional so'zlar mavjudligini ko'rsatdi. Undagi okkazionalizmlarni hosil bo'lish usuliga ko'ra ikkiga ajratish mumkin: 1) semantik okkazionalizmlar; 2) affiksatsiya usulida hosil qilingan okkazionalizmlar.

Semantik okkazionalizmlar tilda mavjud ba'zi so'zlarni yangicha ma'noda qo'llash natijasida yuzaga keladi. Masalan,

Bunda har bir nihol kelinchak bo'lgay,

Oftobtaxtim mening, oytaxtim mening.

Ko'priklar evrilib kelajak bo'lgay,

Olamga ostonam - poytaxtim mening ("Toshkent oqshomi" -B.41).

Keltirilgan she'riy parchada narsani boshqa narsaga nisbatlash, o'xshatish yo'li bilan ya'ni (fors-tojikcha) oftob so'ziga (fors) tilidan olingan taxt so'zini qo'shish [so'z+so'z] qolipi asosidagi yangi qo'shma so'z hosil qilingan. Ijodkor she'r ta'sirchanligini oshirish, hamda ona yurt tavsifini yanada kengroq ifodalash maqsadida shu misraning o'zida bir xil qolipdagi okkazional birlikni keltiradi. Turkiy oy so'ziga (fors) taxt so'zini qo'shish orqali ohori to'kilmagan o'xshatishlarni qo'llagan.

Bugun choy o'rniga xotira damlab

Yasharsiz goh shodon,

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

G'amginsiz goho,

Sakson yoshli o'smir Matyoqub domla,

Sakson yoshli bola Nazarmat bobo ("Faxriylar" -B.31).

Yuqoridagi qolip asosidagi neologizmlarni davom ettirgan holda shoir ijodida kompozitsiya usulida yasalgan qo'shma fe'lga ham duch kelamiz. Xotira damlab qo'shma fe'li okkazional birlik sifatida qo'llangan bo'lib, keksa yosh vakillari o'tgan umrining goh shodon, goh g'amli kunlar esga olishlari tasvirini beradi. Xirmonjoyda charx uradi bir butun olam,

Aylanardik qo'sh ho'kiz-u biz yana otam ("Somon yo'li somonlari" -B.65). Xirmon (tojik) so'z bo'lib, bug'doy tashlanadigan uyum, joy ma'nosini beradi. Ammo shoir xirmon so'ziga joy so'zini qo'shish orqali butun-bo'lak munosabatidagi o'rin-joy oti yasagan. Bu orqali she'rda ma'nonini kuchaytirish nazarda tutilgan. Qomatingdan zar yog'ar, Siyminbadan, atlasnigor, Ko'ylagingning zarlaridan

Menda ko'ngil zorlari ("Menga ko'ngil torlari..." -B.143).

Keltirilgan misrada siymin [forscha. kumush kabi, oppoq] poetikada kumushrang, kumushga o'xshash narsaga nisbatan qo'llangan. Badan [arabcha. tan, tana] so'zlarining qo'shilishidan okkazional qo'shma so'z hosil qilingan. Misrada yorning go'zalligini tasvirlashda siyminbadan kumushdek oq tan birikmasi qo'llangan.

Shoir shu misradaning o'zida takror okkazional birlikdan foydalangan. Bu orqali yorning tasvirini kuchaytirib ta'kidlash ma'nosini yuklaydi. Atlas [tekis,silliq, ipakdan to'qilgan mayin mato]. Nigor [yozuvchi, yozib oluvchi; sevikli; go'zal tavsif] so'zlarining qo'shilishidan neologizm hosil qilingan.

Sog' bo'ling, ey do'st-u hamxonam mening, Tugaydir bir kuni hangomam mening, Balki bu shamnomam - sevinchlarimdir,

Balki bu shamnomam - g'amnomam mening ("Sog' bo'ling, ey do'st..." -B.221). Kompozitsiya usulida yasalgan shamnoma va g'amnoma kabi qo'shma so'zlari okkazional birlik sifatida qo'llangan. Sham [to'ng'adigan yoki quyuqlashgan yog'dan o'rtasiga pilik qo'yib yasalgan tayoqchasimon chiroq]. Noma [rasmiy yozishma, maktub, xat]. Adib o'zi ta'kidlaganidek, "Bu to'rtliklarni men osmondan olib yozmadim. Yozilmagan katta she'rlarimning parchalaridir, balki kunlarim va tunlarimning bo'laklaridir" deya keltiradi. Ya'ni tunlari sham ostida yozilgan g'amli maktub shaklida yaratgan.

Kuzatishlarimiz natijasida shoir ijodida affiksatsiya usuli bilan yasalgan okkazionalizmlar qo'llanganini ko'ramiz. Bu esa shoir she'rlarining ta'sirchanligini oshirib, she'rning o'qishli, ohangdor bo'lishini ta'minlagan. Bu jihatlarni shoirning Abdulla Qahhorga bag'ishlab yozilgan " Haq so'z " she'rida ko'rish mumkin: "Chorak asr hamnafas" emas, Chorak asr dildosh, og'riqdosh Bo'lib yashagansiz Kibriyo opa. Yosh shoirlar o'qir - ko'zlarida yosh.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Shaxs oti yasovchi -dosh qo'shimchasi og'riq so'ziga qo'shilib, ish-harakat,holati, xususiyati umumiy bo'lgan okkazional so'z yasalgan. Bu orqali shoir Abdulla Qahhorning turmush o'rtog'i Kibriyo Qahhorovaning holatini juda ta'sirli ifodalagan.

Shoir affiksatsiya usulida hosil qilgan [ot+dosh] qolipidagi neologizmlardan samarali foydalanadi.

Men bilan ellikka kirdi suvlarim, daryolarim, Menga bu tildosh ila

qardosh bugun ellikdadir ("Ellik yosh g'azali" -B. 180).

Bunda -dosh affiksi yordamida tildosh ( bir til egalari) nazarda tutilgan. Ya'ni ellik yoshga yetgandan kishilarning so'zlari bir-biriga to'g'ri kelishi nazarda tutilgan. Xudo menga bergan bolam, Nigohboni bilan kelgan ("Dil" -B.64).

Ushbu misrada ot yasovchi -bon qo'shimchasi biror narsaga qarab turuvchi, qo'riqlovchi ma'nosini bildiruvchi shaxs oti yasagan. Bu qo'shimcha odatda aniq otlarga qo'shilib shaxs oti yasagan bo'lsa shoir she'rida esa mavhum otga qo'shilib ma'noni kuchaytirishga xizmat qilgan shaxs oti yasagan.

Ko'yingda onchalar dahr ichra qilmishdir bu dil zori, Ki yaxlit lolarang bo'lmish xarobot birla kulzori, Alamlar tarqalib butkul, tuganmish ranj-u ozori,

Yuzing, ey sarv, jonim gulshanning toza gulzor ("Bahor ayyomidur..." -B.111). Shoirning Zahiriddin Muhammad Bobur g'azaliga muxammas shakida bitilgan "Bahor ayyomidur" g'azalida insonning ko'ngli bahor kelishini intiq kutib, lolarangdek qon bo'lganini, yonib kulga aylanib xarobot bo'lganini e'tirof etadi. Misra talabi bilan adib o'rin-joy ma'nosini ifodalaydigan yangi [ot+zor] qolipi asosida yangi okkazional birlik kulzor so'zini keltiradi.

Affiksatsiya usulida hosil qilingan okkazional so'zlardan yana biri o'rin -joy ma'nosidagi ota yasovchi qo'shimcha -iston yordamida yasalgan. Ne sharafdir, bu hayot bo'stoniga ziynat berib, Odam olamga ziyo, keltirsa har insonga tong Ezgulik karvonlarin yo'llab, muyassar aylagay O'zbekistonni bahoriston, quyoshistonga tong ("Tong" -B.153).

Keltirilgan "Tong" she'rida O'zbekistonni quyoshli yurt degan ma'nodagi quyoshiston (o'rin-joy oti)ni yasaydi. Adibning "Bir soniya meni..." she'rida yana shunday -iston qo'shimchasi yordamida yangi okkazional birlik hosil qilinganligini ko'rishimiz mumkin. Xush dardining mayiga menmen qadah, Garchi meni mastlarga xon qiladir. Shul-chun shakaridan oladirman tun- kun, Toki laqabimni shakariston qiladir.

-zoda qo'shimchasi biror mansabga xoslik ma'nosini ifodalaydi.Masalan, xonzoda xonlar avlodi mansub degan ma'noni ifodalagan. Shoirning "Ulug' bobong Navoiy..." deb boshlanuvchi she'rida quyidagicha keltirgan.

Nechun yolqinlanib kelgay bu to'fonzoda toychoqlar?

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Ular farzandlaringga Boychibor-u ham G'irot bo'lgay ("Ulug' bobong Navoiy" -B.154).

Bunda Boychibor va G'irot kabi zotli otlarning asl zoti to'fonzodalarga borib tarqalishini ta'kidlaydi. -zoda qo'shimchasi yordamaida ohang talabi bilan ham okkazional birlik yasalgan. Vatan bo'stonlaring ozoda bo'lgay, O'g'il ham qizlaring jonzoda bo'lgay. Sultonday qad rostlar har bir daraxting, Ochilgan har guling xonzoda bo'lgay.

Shoir she'rlarida tahlil qilish jarayonida [ot+zoda ] qolipi asosidagi so'zlarning faol yasalganligini kuzatamiz.

Xulosa qilib aytganda, Sirojiddin Sayyid asarlarida o'ziga xos qolipdagi okkazionalizlar yaratilgan bo'lib, ular ham nominativ hamda uslubiy ma'no berish uchun xizmat qilgan. Mazkur nutqiy hosilalar til me'yorlari asosida shakllangan, bu esa lug'at qatlamimizning boyishiga olib keladi. Shoir ijodidan keltirilgan neologizmlar o'quvchiga estetik zavq berish bilan bir qatorda ijodkorning badiiy niyatini ifodalashga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Rahmatullayev Sh. Hoirgi adabiy o'zbek tili. -T.: Universitet. 2006. - 476 b.

2. Йулдошев Б. Бадиий матн ва лингвопоетик та^лил асослари. -Т.: Фан, 2007. -

Б.31.

3. Kilichev B.E., Safarova M.Z. Bukhara region's typical toponyms transformed by means the names of nations. International Scientific Journal Theoretical & Applied Science. Philadelphia, USA. 2021 02 94.

4. Kilichev B.E., Safarova M.Z. International Journals of Sciences and High Technologies. Vol. 25 No. 1 February 2021, pp. 104-107.

5. Kilichev B.E., Safarova O. Study of toponyms in the language of the work. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal (GIIRJ) ISSN (E): 2347-6915. Vol.10/ Issue

1, Jan. (2022) 92-95.

6. Kilichev B.E., Bafoyeva N. A. Some characteristics of onomastic units in Abdullah Qodiriy's novel "Bygone days" Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities. ISSN: 2249-7315 Vol. 12, Issue 01, January 2022

7. Kilichev Bayramali, Khojaoglu Timur, Adizova Nodira Classification of Oykons (On the Example of Bukhara Region) International Journal of Culture and Modernity ISSN 2697-2131, 2022, Volume 16 https://iicm.academiciournal.io/index.php/ijcm

8. Розикова Г. Окказионал лисоний бирликлар ^акида// Тил ва адабиёт таьлими. 2014. 6-сон.

9. Сирожиддин С. Суз йули. Икки жилдлик танланган асарлар. 2-жилд. -Т.: Шарк, 2008. - 383 б.

10. Тошалиева С.Н. Узбек тилида окказионал суз ясалиши: филол.фанл.номз...диссер. -Т., 1998. -Б.27.

11. Тухтасинова О. Узбек тилида лексик окказионализмлар ва уларнинг бадиий-эстетик хусусиятлари: филол.фанл.номз...диссер. -Т., 2007. -Б.12].

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

12. Узбек тилининг изох,ли лугати. 5 жилдли. Т.: "Узбекистан миллий энсиклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 2007.

13. Uz.m. wiktionary.org.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.