Научная статья на тему 'ZULFIYA IJODIDA OKKOZIONAL SO`ZLAR DERIVATSIYASI VA KONTEKSTUAL SINONIMLAR'

ZULFIYA IJODIDA OKKOZIONAL SO`ZLAR DERIVATSIYASI VA KONTEKSTUAL SINONIMLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
623
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
okkozionalizm / okkozional so`zlar / derivatsiya / morfema / derivatsiya / poetik nutq / occasionalism / occasional words / derivation / morpheme / derivation / poetic speech

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Hilolaxon Ilxom Qizi Umarova

Ushbu maqola okkozionalizm tadqiqiga bag`ishlangan bo`lib, okkozional so`zlarning vujudga kelishi, okkozional derivatsiya Zulfiya ijodi misolida tadqiq etilgan. Shuningdek, Zulfiya she’rlaridagi kontekstual sinonimlar ham okkozionalizmlar bilan bog`liq holda tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DERIVATION OF OCCASIONAL WORDS AND CONTEXTUAL SYNONYMS IN ZULFIYA'S WORK

This article is devoted to the study of occasionalism, the formation of occasional words, occasional derivation on the example of Zulfiya's work. Contextual synonyms in Zulfiya's poems have also been studied in connection with occasionalism.

Текст научной работы на тему «ZULFIYA IJODIDA OKKOZIONAL SO`ZLAR DERIVATSIYASI VA KONTEKSTUAL SINONIMLAR»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

ZULFIYA IJODIDA OKKOZIONAL SOZLAR DERIVATSIYASI VA

KONTEKSTUAL SINONIMLAR

Hilolaxon Ilxom qizi Umarova

Quva tumani 1-umumta'lim maktabi oqituvchisi Hilolaxonu@gmail. com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola okkozionalizm tadqiqiga bag'ishlangan bo'lib, okkozional so'zlarning vujudga kelishi, okkozional derivatsiya Zulfiya ijodi misolida tadqiq etilgan. Shuningdek, Zulfiya she'rlaridagi kontekstual sinonimlar ham okkozionalizmlar bilan bogTiq holda tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: okkozionalizm, okkozional so'zlar, derivatsiya, morfema, derivatsiya, poetik nutq

DERIVATION OF OCCASIONAL WORDS AND CONTEXTUAL SYNONYMS IN ZULFIYA'S WORK

ABSTRACT

This article is devoted to the study of occasionalism, the formation of occasional words, occasional derivation on the example of Zulfiya's work. Contextual synonyms in Zulfiya's poems have also been studied in connection with occasionalism.

Keywords: occasionalism, occasional words, derivation, morpheme, derivation, poetic speech

KIRISH

Har bir ijodkor uslubida o'ziga xoslikni ko'rsatuvchi so'zlar bo'lib, bu okkozionalizm nomi bilan yuritiladi. Okkozionalizm nafaqat so'z doirasida, balki morfemalar doirasida ham bo'lishi mumkin. Bunda ijodkor mavjud yoki mavjud bo'lmagan morfemalardan foydalanib, yangi hech qa yerda uchramaydigan, takrorlanmas yasama so'zlarni hosil qilishi nazarda tutiladi.

ASOSIY QISM

Okkozionalizm atamasi lotincha "occasonalis" so'zidan olingan bo'lib, lug'aviy ma'nosiga ko'ra "tasodifiy" degan tushunchani bildiradi. Lingvistikaga oid lug'atlarda unga quyidagicha ta'rif beriladi: "Umum tomonidan qabul qilingan

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

qo'llashlarga mos kelmaydigan, yakkalik xususiyatiga ega bo'lgan, maxsus matn tarkibiga singdirilgan usual, qiyos". 1

Zulfiya she'rlarida ham xuddi shuningdek boshqalarga o'xshamaydigan ijodiy individuallik va okkozionalizm sezilib turadi. Uning she'rlarda hech qaerda va hech kimda uchramagan yasama so'zlarni ko'rish mumkin. Masalan, uning "Iqrorga vaqt yetdi" she'rida notugal so'zini qo'llaydiki, bu so'z "chala", "oxiriga yetmagan" va ayni paytda ijodkorning o'zi yozgan she'rdan "ko'ngli to'lmaganlik" ma'nolarini berganligini ko'rishimiz mumkin: Oldda bekatlarning tuyib yo 'qligin,

2

Notugal mashqlarim sochayotirman.

Shoiraning "Izlayman" she'rida no - affiksi bilan bog'liq noshodlik ( Kunlar qancha shodlik, Qancha noshodlik ) yasalmasiga ham shoira ijodxonasida tug'ilgan so'z sifatida qaramoq joiz.

O'zbek tilida qiyos ma'nosini ifodalovchi -simon sifat yasovchi affiksi otlarga qo'shilib, qisman o'xshatish tushunsaini ifoda etadi. Forsiy tilning derivatsiya affiksi bo'lgan bu qo'shimcha shoira ijodida o'ziga xos yasalish tizimini shakllantirganligini ko'rishimiz mumkin. Shoiraning quyidagi "Yulduz" she'rida bu qo'shimcha vositasida kishilik olmoshidan sensimon ko'rinishidagi individual yasama so'z hosil qilgan. Masalan:

Shoira sensimon so'zi orqali yangi so'z yasashga muvaffaq bo'ladi. Bu yangi so'z orqali -simon qo'shimchasidan faqat ot so'z turkumidan emas, olmosh so'z turkumidan ham so'z yasash mumkinligini ko'rsatib berdi. Shu o'rinda yana bir narsani ta'kidlash joizki, shoira aynan -simon qo'shimchasi orqali bir necha o'rinlarda yangi yasama so'zlarni hosil qiladi. Masalan, "Mening tongim" she'rida bizsimon (Toki yashab inson vaqtida, quyoshga tik boqsin bizsimon. ), otdan yasalgan qayiqsimon (Ko'lda suzar qayiqsimon,qurg'oq uzra piyoda. ), yulduzlarsimon (Esimda, chorlashdi yulduzlarsimon Chaqmoq va bijildoq bir davra go'dak, ), yersimon (Hamrohim: intilish, qo'shiq va mehr, Quyosh yo yersimon yo'ldaman har dam. ), toshsimon (Soylarga qulagan toshsimon u g'oyib! ), kapalaksimon(Parang etaklarin ilib tikanlar,O'sardi tanho qiz kapalaksimon.), qurtsimon(Goho qo 'rsiz tunlarimning Uvadasi yig 'indisi - asablarim Shu qurtsimon Boshdan-oyoq birday qamrab Yuragimni tishlay boshlar, Bu azobga tob bermoqqa urinaman. ), dorbozsimon (Nabiram qadamlar! Yosh dorbozsimon. ), orzusimon

1 Розинтель Д.Э., Теленкова М.А. Словарь - справочник линвистических терминов. М.:Просвещение. 1967.С.197

2 Зулфия.Сайланма.Т.:2006.Б.125

Yashnadi bir yulduz xuddi sensimon.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

(Onam bog'i orzusimon turfa rang, Loqayd, bachki bezaklarga edi yot. ) va shu kabilami alohida ko'rsatish mumkin. Shoira tomonidan yaratilgan mazkur so'zlar ichida 2tasi okkozional so'z hisoblanadi: bizsimon va orzusimon. Yana misollar orasida grammatik me'yordan chekinish holatlari ham kuzatiladi. Bu ham yangi so'zning individual jihatlarini belgilashda o'ziga xos ahamiyatga ega: yulduzlarsimon. Asosga so'z yasovchi qo'shimcha bevosita emas, balki bilvosita qo'shilgan. Bu ham so'z yasashning grammatik me'yordan chekingan holda amlaga oshirilganini ko'rsatadi.

Ba'zi o'rinlarda -simon qo'shimchasini III shaxs egalik affiksidan so'ng ham qo'shilganini ko'rishimiz mumkin. Masalan, "Men ishq edim..." deb boshlanuvchi she'rida (Keyin oltingugurt olovisimon, Ko'rinmay hijronning dog'ida yondim... ) va "Yulduzlar allasi" she'rida (Kirib tomiringga sendan ham pinhon,Yoz oftobisimon shodlik yoqilur. ) shu holatga duch kelamiz.

Yana ba'zi o'rinlarda - simon qo'shimchasi sifatdoshdan so'ng qo'llanganligini ko'rishimiz mumkin. Masalan, "Tuhfa" she'rida yoritgansimon tarzida (Quyosh oyning yuzin yoritgansimon, Sendan bahra olib, sir qolgan ko'ngil. ), "Tong" she'rida tug'ilgansimon tarzida (Tabiat naq shu kun tug'ilgansimon Har gal hammayokdayangi jaranglar... ), "Shoshma, hali" she'rida turtgansimon (Yarim tunda, birov turtgansimon, Bir cho 'chiyman, ), chaqqansimon, ichgansimon tarzida (Men o 'zimni his qilaman qaynoq jangda. So 'ngra-so 'ngra xuddi ilon chaqqansimon, So 'ngra, xuddi bir xum aqrab ichgansimon Men o 'zimni o 'ngarolmay to'lg'onaman. ) qo'llanganligini ko'rishimiz mumkin. Shoira -simon qo'shimchasi yordamida sifatdoshlardan ham yangi leksemalar hosil qilgan. Zulfiya she'rlaridagi yana bir o'ziga xos jihat shundaki, u odatiy sifatdosh formalaridan foydalanmaydi, yangi sifatdosh shakllarini kash etadi. Bu o'z navbatida she'rga o'ziga xoslik, orginallik, individuallik baxsh etadi. Masalan, uning "Ekrandagi yurak" she'rida -maydigan sifatdoshning bo'lishsiz shakli -movchi tarzida qo'llanganligini ko'rishimiz mumkin: Bilmayman

Va lekin mening yuragim Yekranga sig 'movchi bir olam siyoq, Bir zayil urmaydi. Misli tilagim Kunu tun tinmovchi sinchkov bir sayyoh.

"Salom tansiq bahor" she'rida esa sifatdoshning -adigan shakli o'rniga -gich morfemasidan foydalanadi. Aslida -gich morfemasi fe'ldan ot yasovchi qo'shimcha, ammo bu o'rinda yangi so'z yasalmasdan, lug'aviy shakl yasovchi bo'lib kelmoqda. Bu o'rinda shoira -gich morfemasining omonimlik xususiyatini kashf etadi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Va sen yana qalbi otashga to 'liq, Tog 'ni talqon qilgich qudrat taningda Bu morfema bilan bog'liq yana ko'plab misollarni keltirish mumkin. Masalan, "Seni kuylayman hayot" she'rida o'qilgich (Har sahfang o'qilgich yangi bir kitob,O'tmishmi, ertami tug'ilar har bob ), "Shoshma, hali" she'rida sirqiratgich, huzurlangich (Ziq yumushda o'tgan kunduz zilligimi, Sirqiratgich og'ir o'yda to'lg'onaman. , Huzurlangich o'sha zo'rlik -Nomi ajal! ) kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin. -gich morfemasining bo'lishsiz shakli sifatida -magichdan foydalanadi: "Sharqning o'zi ona bo'lgan hamisha" she'rida yonmagich, ko'chmagich (Yillar qat, qa'riga fikringiz qadang,Topasiz o'tlarda yonmagich doston! Men unga qilmayman zarra bo'lsin g'ash, Zero, shaharlarim ko'chmagich qasr, ) Ot so'z turkumidagi -gich yasovchi qo'shimchasining qo'llanishida ham shoira yangilik yaratadi. Masalan bu qo'shimcha fe'lning 2-shaxs buyruq -istak formasidan va fe'lning orttirma nisbat shaklidan yangi so'z hosil qiladi. Yuqoridagi misollarda so'z yasalishining bu qonuniyatiga mos kelmaydigan holatlar ham kuzatiladi. Masalan, -gich ot yasovchisi fe'lning bo'lishsizlik formasidan(ko'chmagich), -lan murakkab fe'l yasovchi affiksidan so'ng(huzurlangich) keyin qo'shilib, individualizmlar yaratmoqda. "Kechir, yoshlik" she'rida esa -gich morfemasi -kinchi morfemasiga sinonim bo'lganligini ko'rishimiz mumkin:

So 'ngra, so 'ngra so 'ngan vulqonday sokin Qo 'ydim seni bevaqt keksartib. O 'tgich havaslarga muk tushib lokin Tahqirlarda bo 'lmas qizartib. Ya'ni bu o'rinda o'tgich so'zi o'tkinchi sifatiga ma'no jihatdan teng kelib qolganligini sezishimiz mumkin. Bu shoiraning mahoratidan darak beradi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, shoira ijodida qo'llanilgan no-, -simon, -rang, -gich morfemalari shoira ijodida yasama so'z yasash va grammatik shakl hosil qilishda ko'p o'rinlarda qo'llanilgan bo'lib, bu holat Zulfiyaxonim ijodining o'ziga xos xususiyatini ko'rsatib beruvchi dalil bo'lib xizmat qiladi.

Tilda "ma'nolari bir xil yoki o'zaro yaqin, talaffuz va yozilishi har xil bo'lgan so'zlar sinonim hisoblanadi" . Bir til doirasida o'zaro yaqin ma'noni ifodalovchi bir necha so'z shaklining mavjud bo'lishi tilning mazmun ifodasini kengaytiradi. Sinonim tilning boy imkoniyatlarini ko'rsatuvchi muhim vositalardan biri bo'lib, nutqda ularni to'g'ri qo'llay olish fikrni to'g'i va ta'sirchan ifodalash uchun xizmat qiladi, matnni o'rinsiz takrorlardan xalos qiladi.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Zulfiyaning "O, ijod" she'rida sinonimlarning okkozional namunalari ham uchraydi. Unda lirik qahramon ijodga murojaat qilar ekan u haqdagi o'z qarashlarini bir necha hukm shaklida ifoda etadi: dardginam(l-hukm), uyqusiz tunlarni yoritar, chiroq(2-hukm), tandagi zilzilam(3-hukm), tanholik habibi(4-hukm), umrimning egovi(5-hukm), qalbim dardiga bir malham (6-hukm). Bu hukmlar tarkibidagi ot lekesmalar tarkibida qo'llanayotgan 1 -shaxs egalik qo'shimchasi ijod to'g'risidagi bu tasvirlar faqat so'zlovchi shaxsigagina tegishli ekanligini anglatish uchun qo'llangan. Ilhom individual tarzda namoyon bo'lar ekan, beixtiyor ilhom iztirobi va zavqini shoira boshqalardan qizg'anayotgandek tasavvur uyg'otadi. Ana shu fahmiy jarayon ham egalik qo'shimchasi ta'sirida, yashirin kommunikatsiyada ifoda topadi.

Ilhom iztiroblari har bir ijodkor shaxsida o'zgacha talqin etilishi, anglanishi mumkinligini ham aynan ana shu qo'shimchalarning matn tarkibida ifoda etilayotgan ma'nosiga yuklaydi. Ko'rinib turibdiki, har bir so'z yoxud qo'shimcha shunchaki til birligi sifatida qo'llanilmaydi. Nutqda tinglovchiga axborot yetkazishning rang-barang imkoniyatlari sifatida namoyon bo'ladi.

Qizig'i shundaki, ijodning lirik qahramon uchun nima ekanligi to'g'risidagi sinonim ayni paytda bir biriga antonim hamdir. Oromim raqibi-^ tunlarim yoritgan nur, chiroq; tandagi zilzilam ^ tanholik habibi, umrimning egovi^ qalbim dardiga bir malham. Bu ziddiyat shoira tomonidan "Goh chorlab, goh deyman, ket yiroq" jumlasida o'z ifodasini topadi.

O, ijod, dardginam,

Sen mening oromim raqibi,

Uyqusiz tunlarim yoritgan nur, chiroq!

Tandagi zilzilam,

Muqaddas tanholik habibi,

Goh chorlab, goh deyman, ket yiroq.

O, mening umrimning egovi,

O, qalbim dardiga bir malham,

Men uyqu istayman!

Lirik qahramon ijodni dardga, oromining raqibiga, uyqusiz tunlarini yoritgan nurga, chiroqqa, tanidagi zilzilaga,tanholikning habibiga, umrining egoviga, qalb dardiga malhamga mengzaydi. Shoira ijodni sifatlarini aytib, unga murojaat qilar ekan, o'zining ayni paytdagi istgini izhor etadi: "Men uyqu istayman!" ijodga berilgan ta'riflardan uyqusiz tunlarim yoritgan nur, chiroq, tanholik habibi, qalbim dardiga bir malham so'zlari ijobiy ottenka tashisa, dard, oromim raqibi, tandagi

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

zilzilam,umrimning egovi so'zlari esa salbiy ma'noni yuzaga chiqishi uchun xizmat qilmoqda va ayni paytda ular bir-biriga antonim bo'lib, bir-birini to'ldirmoqda. Bu esa shoiraning so'z qo'llash borasidagi yuksak mahoratidan darak beradi. Bu sinonim so'zlar faqat kontekst ichida sinonim bo'lib kontekstdan tashqarida sinonimlik yo'qolganligi tufayli bu so'zlarni kontekstual sinonimga misol qilib keltirishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Розинтель Д.Э., Теленкова М.А. Словарь - справочник линвистических терминов. М.:Просвещение. 1967.С.197

2. Зулфия.Сайланма.Т.:2006.Б.125

3. Алдашева Ш. Поэтик шакл ва ижодкор индивидуаллиги//Узбек тили ва адабиёти.2013.2-сон,54-бет.

4. Бадиий тил муаммолари.// «Инкилоб ва адабиёт» Т. 1977

5. Болтабоев X,. Шарк мумтоз поэтикаси // Тил ва услуб масалалари. - Тошкент,

6. Сиёэв С. Суз кадрини билмаган// "Узбек адабиёти ва санъати" газетаси 1997 ийл 11 апрел №15

7. Зулфия. Асарлар: 3 жилдлик. 1-жилд: Шалола. Г.Гулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти .Тошкент. 1985.

8. Зулфия. Асарлар: 3 жилдлик. 2-жилд: Мушоира. Г.Гулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти .Тошкент. 1985.

9. Зулфия. Асарлар: 3 жилдлик. 3-жилд: Камалак. Г.Гулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти .Тошкент. 1986.

10. Йулдошев Б. Зулфия шеъриятида айрим фраземаларнинг кулланиш хусусиятлари хдкида//Нутк маданияти ва узбек тилшунослигининг долзарб масалалари. Андижон - 2015 Б.76

11. Гофуров И. Зулфия сиймоси. Макола. Хуршид Дарвон кутубхонаси. 2014

2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.