Научная статья на тему 'ABOUT THE PLACE OF INDIVIDUALISMS IN LANGUAGE SYSTEM'

ABOUT THE PLACE OF INDIVIDUALISMS IN LANGUAGE SYSTEM Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
440
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
INDIVIDUALISM / OCCASIONAL WORDS / UNSTABLE WORDS / SPEECH EVENT / PERSONAL WORD-FORMATION

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Алимова З. В., Имомова Ш.

В данной статье рассматриваются вопросы лексического анализа художественных окказионализмов, присущих индивидуальной речи. Также, высказывается мнение о неустойчивости, единожды использованных автором, индивидуальных слов.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

О МЕСТЕ ИНДИВИДУАЛИЗМОВ В ЯЗЫКОВОЙ СИСТЕМЕ

In given article are considered questions of the lexical analysis of the art nonce words inherent in individual speech. Also, it is expressed the opinion on the instability individual words, once used by the author.

Текст научной работы на тему «ABOUT THE PLACE OF INDIVIDUALISMS IN LANGUAGE SYSTEM»

Ученый XXI века • 2015 • № 12 (13)

УДК 4+413

LEKSIKINDIVIDUALIZMLARNING TIL SISTEMASIDAGI O'RNI

З.В. Алимова1, Ш. Имомова2

Annotatsiya

Mazkur maqolada individual, yakka nutqqa tegishli badiiy okkazionalizmlar leksik tahlil qilingan. Shunungdek, individual so'zlarning beqarorligi, ijodkor tomonidan bir marta qo'llanishi haqida fikr bildirilgan.

Kalit so'zlar: individuallik, okkazional so'zlar, beqaror so'zlar, nutqiy hodisa, shaxsiy so'z yasalishi.

Til kishilarning eng muhim aloqa vositasi sifatida jamiyat tarixiy taraqqiyoti bilan bog'liq ravishda doimo o'zgarib, rivojlanib boradi. Shuning uchun ham til dinamik xarakterga ega bo'lgan ochiq sistemadir. Tilning dinamik tabiatini e'tiborga olgan V.Gumboldt, F.Sossyurlar unda o'zgarmaslik va o'zgaruvchanlik antinomiyasi amal qilinishini ta'kidlagan edi [1].

Buning ma'nosi shuki, tilning har bir sathi uzoq davrlardan buyon xalqning ma'naviy merosi sifatida saqlanib kelayotgan barqaror, markaziy (yadroviy) birliklar bilan birga, til tarixiy taraqqiyotining muayyan davri uchun xos bo'lib, markaziy birliklar atrofida joylashgan chegara birliklarga ham ega bo'ladi. Demak, uzluksiz rovojlanishda, o'sishda bo'lgan tilning har bir sathi markaziy va chegara birliklar munosabatidan tashkil topgan sistema sanaladi. Markaziy birliklar tilning uzluksiz davomiyligini, barqarorligini, chegara birliklar esa uning o'zgaruvchanligini, dinamikligini ta'minlaydi.

Barqaror birliklarni o'rganish tilshunoslik uchun qanchalik zarur bo'lsa, o'zgaruvchan birliklarni o'rganish ham shunchalik ahamiyatlidir. O'zgaruvchan birliklarning ayrimlari davrlar o'tishi bilan barqaror birliklar qatoridan o'rin olishi, ayrimlari esa muvaqqatlik belgisini saqlagan holda qisqa muddatda iste'moldan chiqib ketishi mumkin.

"Qisqa muddatlilik" va "doimiylik" belgisi lingvistik birliklarni uzual va okkazional turlarga bo'lishga imkon beradi.

"Uzuallik - okkazionallik" tilning dinamik aspektini belgilovchi omillardan biri ekan, ma'lum bir tilning muayyan bir davridagi holatini ham ana shu aspektda o'rganish tilning tadrijiy takomilidagi "barqarorlik - o'zgaruvchanlik" dialektikasini ochishda qulay imkoniyat tug diradri.

Har bir davr buyuk adiblarga ega. Bu adiblar o'z asarlarida ona tilining boy imkoniyatlaridan foydalanish bilan birga o'zlari ham bu tilning boyishi, jilvalanishi uchun o'z hissalarini qo'shadilar. Har bir muallifning yaratgan individual lingvistik birliklari ham shu davr tilining o'zgaruvchan birliklari tarkibidan o'rin oladi.

Xalq yaratgan so'zlar tilshunoslikda og'zaki nutq okkazionalizmi, ma'lum ijodkor tomonidan yaratilgan so'zlar esa individual -yakka nutqqa xos, ya'ni badiiy okkazionalizmlar deb yuritiladi [2].

Nutq faoliyati natijasida yaratilgan so'zlar til lug'atiga kirsa ham, tilning lug'aviy morfemalar tarkibiga kirmasligi mumkin [3].

Til birliklarining serqirra tomonlarini yoritishda adabiy tilda qo'llanilayotgan neologizm tushunchasi bilan bir qatorda «okkazionalizm» va «individualizm» tushunchalari ham o'zining munosib o'rniga ega. Umumtil neologizmlari tilda umumiste'mol so'zga aylanishi, neologizmdan chiqishi oson. Individual nutq neologizmi odatiy, normativ so'zga aylanishi uchun u avvalo, umumtil faktiga o'tishi lozim bo'ladi. Individual nutq neologizmlari alohida adiblar, shaxslar tomonidan favqulodda yaratilgan so'zlardir. Shu tufayli bunday so'zlar tilshunoslikda okkazionalizmlar (okkazional so'zlar, okkazional leksika) deb yuritiladi. Okkazionalizm-nutqiy hodisadir. Tilshunoslikda o'rganilayotgan bu terminga tilshunoslar turlicha izoh beradilar. V.N. Xoxlachyova: «Tilning lug'at sostavidan o'rin olmagan, jonli modellar tufayli yuzaga kelgan yoki «noqonuniy», individual so'z okkazional bo'lishi mumkin» deb ta'rif bergan bo'lsa, A.G.Likov okkazional so'zlarga quyidagicha ta'rif beradi: "Okkazional so'zlar o'zida tasodifiylik, nutqqa tegishlilik,

iAraMOBa 3ap^a Baxo6oBHa - старший преподaвaтель, Ферганский госудaрствен-ный университет, Узбекистан.

2Имомовa Шaхрузa - Ферганский госудaрственный университет, Узбеки стан.

Филологические науки

sinxron-diffuzlilik, ijodiylik, normativlashmaganlik, nutq stili yoki muloqotning ayni shu holatda yuz beradigan, funksional bir marta qo'llanishlik, so'z yasashlik xususiyatlarini mujassam etgan nutqiy ekspressiv birliklardir" [4].

Yaratuvchanlik okkazional, ya'ni individual so'zning o'ziga xos nutqiy belgilaridan biridir. Demak, individual so'z sof nutqiy hodisa bo'lib, u tilga taalluqli emas, u modelga asoslangan holda qayta ishlab chiqarilmaydi, balki individual yaratiladi [5].

Individul va okkazional so'zlarning tabiati bir tomondan, til va nutq, til va marom, ikkinchi tomondan, umumiy doimiy qonuniyatlar shaxsiy ijodiy qo'llanishlar, uchinchi tomondan, tartiblilik, odatiylik va tartibsizlik, g'ayriodatiylik o'rtasidagi ziddiyatli munosabatlar asosida belgilanishi ta'kidlanadi. Quyidagi asosiy belgilar okkazional va individual so'zlarga xos umumiy xususiyatlar sifatida qayd etiladi:

1) nutqiy hodisa, nutq vaziyati va maqsadi bilan bog'liq; 2) uzuallik va umumadabiy maromga nisbatan g'ayriodatiy, maromsiz; 3) bir marta qo'llanishga mo'ljallangan; 4) til ijodkorligi bilan bog'liq; 5) shaxsiy o'z yasash va qo'llash bilan bog'liq; 6) yasalishi va ishlatilishi asoslangan; 7) ta'sirchanlik uchun xizmat qiladi [6].

G'ayriodatiy so'zlar asosan tildagi barqaror (uzual) yoki tasodifiy (okkazional) andozalarga, ayon bir so'z tarkiblanishiga o'xshatib olish yo'li bilan yaratiladi. Lekin o'z lisoniy andozasi, namunasiga xos umumiy, doimiy mezonlardan chetga chiqadi: nimasi bilandir ularga o'xshamaydi - analogiyaning tabiiy lisoniy amal qilish tarzi, morfem bog'lashuvi (valentligi) me'yori buziladi.

G'ayriodatiy so'z yasalishi o'zbek tilida mavjud so'z yasash vositalari va qonun-qoidalarining ham, so'z morfem tarkiblanishidagi fonomorfologik va semantik o'zgarishlar (trasformatsiya, deformatsiya, dekorrelyatsiya)ning ham, o'zlashtirma so'zlarga xos morfem tarkiblanish bilan bog'liq qayta fahmlashlarning ham nutq jarayonida o'ziga xos tarzda amal qilishidir. Okkazionalizmlarning tildagi yasalish andozalari, so'z yasash materiali, so'z yasash vositalari va so'z yasash sharoitlari nuqtai nazaridan tahlili ularning yasalishiga ko'ra quyidagi turlarini farqlashga imkon beradi:

1.0'zbek tilidagi unumli va kamunum yasalish andozalariga muvofiq yasalgan okkazionalizmlar yoki individualizmlar. Bunday yasalmalar so'z yasalishi paradigmasi talablariga muvofiqlik va nomuvofiqlik oppozitsiyasi asosida yuzaga keladi: osmondosh, kirdosh, joydosh, cho'ldosh, dumdosh, kulgidosh, sezgidosh kabi yasalishlar yasalish andozasi tarkiblanishiga muvofiq lekin yasalish paradigmasiga xos ma'noviy cheklash (valentlik) talabiga nomuvofiqdir [7].

2. Muayyan so'z yoki so'zlar (ko'pincha olinmalar) tarkiblanishi namunasi asosida yasalgan okkazionalizmlar yoki individualizmlar: otayo'l (avtobus nomi) -onayo'l.

3.Matnda ishlatilgan ma'lum bir tasviriy ifodani (so'z birikmasini) qisqartirish, soddalashtirish orqali yasalgan okkazionalizmlar: osmonkor, malikazor va shu kabilar.

4. Analogiya asosida so'z qo'shish yoki so'z birikmasining lug'aviy birlikka aylantirish yo'li bilan yasalgan qo'shma okkazional yasamalar: donishmandlik, balandtuyoq, botqoqvujud, yolg'onpo'sh, qulzulmat, xasratrang, yomg'irrang. Tun. Yulduzkosadan tomar so'nggi suv (X. Abdurahmon). 5.Muayyan so'zni shakliy -ma'noviy jihatdan o'zgartirib olish asosida yasalgan okkazionalizmlar. Nazarda tutilgan ma'noni ifodalash uchun so'z fonomorfologik jihatdan o'zgartiriladi: Bu yigitning to'la nomi Ishlarbek Xudoyberganovich Sapchaboshevdar. Ba'zi oshnalari Ishlarbek emas, Shilarbek, Xudoyberganovich mas, Xudoyurganovichsan, deyishardi (Mirmuhsin). Mustaqillikka erishdik, mustaqullikdan qutuldik (S. Sayyid). U asli ijodkor emas, ijodxor (T. Sulaymon) [8].

6.Tilda mavjud yasama yoki ikki bo'g'indan ortiq tub so'zning morfem tarkiblanish fahmiy - shuuriy tahlili o'zgacha tushunish, talqin etish tufayli yasalgan okkazionalizmlar: kovush kiyilavergach, tishlari yemirilib "kal" bo'lib, ya'ni kalish bo'lib qoladi (N. Boqiyev). "Bekqasam " deb qo'ydi otni. Beqasam, bezavol ko'ngil (Z. Oxunova) [9].

7. Kontaminatsiya asosida - teleskopik usulda yasalgan okkazionalizmlar:.... baqabullar sayramay qo'ydi (А. Ayub): baqa + bul,.... so'tilib ketar (I. Otamurod): suqilmoq + sitilmoq, hashanda, hasharot + darranda (kushanda).

8. Kalkalab olish, tarjima qilish tufayli yuzaga kelgan okkazionalizmlar. "Xandobus" so'zi (gazeta - jurnallarda rukn o'rinda, ishlatilmoqda) ruscha "satirobus" rubrikasining o'zbekcha muqobili sifatida yaratilgan. Okkazional yasalishlarning boshqa ko'rinishlari ham mavjud (masalan, xalq etimologiyasi ishtiroki) bo'lib, ular

Ученый XXI вега • 2015 • № 12 (13)

nutqiy - matniy jarayonar tarkibiy qismi sifatida yuzaga keladi. Bunda uzual lisoniy yoki okkazional nutriy andoza analogiya uchun namuna vazifasini o'taydi. Ba'zan esa muayyan bir andozasiz, morfem tarkiblashuvisiz (noderivatsion usul) ham okkazional yasalma yuzaga kelishi mumkin.

Xullas, okkazional yasalish bilan bog'liq nutqiy jarayonlar xilma - xil bo'lib, ularni uch asosiy yo'nalishini farqlash mumkin: 1) okkazional so'z yasash (derivatsiya) amali sifatida, 2) aynan bir so'zining morfem tahlili va talqini bilan bog'liq ma'no o'zgarishi sifatida, 3) fonomorfologik va semantik o'zgarishlar natijasi sifatida yangi so'z yaratiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. A.Nurmonov. Lingvistik ta'limotlar tarixi. Tanlangan asarlar.Toshkent. Akademnashr nashriyoti, 2012 -yil, 309-bet.

2. O.Yu.To'xtasinova. O'zbek tilida leksik okkazionalizmlar va ularning badiiy-estetik xususiyatlari. Fil.f.n. olish uchun avtoreferati.Toshkent, 2007-yil, 3-bet

3. S.I.Toshaliyeva. O'zbek tilida okkazional so'z yasalishi. Filologiya fanlari nomzodligi uchun aftoreferati. Toshkent 1998-yil, 3-bet.

4. Mo'minov S. Nutqiy nominatsiyada motivatsiyaning o'r ni. F.f.n. ishi Toshkent. 1991-yil. ( A.Г.Лыков. Соврeмeннaя руссгая лексикология(русское оккaзионaльноe слово)М., 1976, гл.И. 11-бет.

5. A.Г.Лыков. Соврeмeннaя руссгая лексикология(русское оккaзионaльноe сло-во)М., 1976, глЛ. 12-бет.

6. S.I.Toshaliyeva. O'zbek tilida okkazional so'z yasalishi. NDA. Toshkent 1998-yil, 14-bet.

7. S.I.Toshaliyeva. O'zbek tilida okkazional o'yz yasalishi. NDA. Toshkent 1998-yil, 14-bet.

8. S.I.Toshaliyeva. O'zbek tilida okkazional so'z yasalishi. Filologiya fanlari nomzodligi uchun aftoreferati. Toshkent 1998-yil, 15-bet.

9. S.I.Toshaliyeva. O'zbek tilida okkazional so'z yasalishi. Filologiya fanlari nomzodligi uchun aftoreferati. Toshkent 1998-yil, 16-bet.

© З.В. Aлимовa, Ш. Имомовa, 2015.

УДК 4+413

О МЕСТЕ ИНДИВИДУАЛИЗМОВ В ЯЗЫКОВОЙ СИСТЕМЕ

З.В. Алимова, Ш. Имомова

Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы лексического анализа художественных окказионализмов, присущих индивидуальной речи. Также, высказывается мнение о неустойчивости, единожды использованных автором, индивидуальных слов.

Ключевые слова: индивидуализм, окказиональные слова, неустойчивые слова, речевое событие, личное словообразование.

© З.В. Алимова, Ш. Имомова, 2015.

UDC 4+413

ABOUT THE PLACE OF INDIVIDUALISMS IN LANGUAGE SYSTEM

Z.V. Alimova, Sh. Imomova

Abstract. In given article are considered questions of the lexical analysis of the art nonce words inherent in individual speech. Also, it is expressed the opinion on the instability individual words, once used by the author.

Keywords: individualism, the occasional words, unstable words, speech event, personal word-formation.

© Z.V. Alimova, Sh. Imomova, 2015.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.